Авторы

  • Замира Абдуллаева

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.44631

Ключевые слова:

высшее образование образовательные услуги конкуренция в сфере высшего образования качество образования подготовка кадров маркетинг образовательных услуг

Аннотация

В данной научной статье описана роль совершенствования системы высшего образования, определены основные задачи рынка образовательных услуг в повышении конкурентоспособности высшего образования и пути их реализации. Кроме того, разработаны предложения и рекомендации по выявлению и оценке особенностей образовательных услуг в деятельности высших учебных заведений.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

5




OLIY

TA’LIM XIZMATLARI BOZORINI TAKOMILLASHTIRISHNING

O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Abdullayeva Zamira Muxtarovna

Sharof Rashidov nomidagi

Samarqand davlat universiteti

Annotatsiya.

Ushbu ilmiy maqolada oliy ta’lim tizimini takomillashtirishning o‘rni, oliy ta’lim

raqobatbardoshligini oshirishda ta’lim xizmatlari bozorining asosiy vazifalarini belgilash va ularni

amalga oshirish

yo‘llari bayon

etilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari faoliyatida ta’lim

xizmatlarining o‘ziga xos jihatlarini aniqlash va baholash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

oliy ta’lim, ta’lim xizmatlari, oliy ta’limdagi raqobat, ta’lim sifa

ti, kadrlar tayyorlash,

ta’lim xizmatlari marketingi.

ОСОБЕННОСТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ РЫНКА ВЫСШЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УСЛУГ

Абдуллаева Замира Мухтаровна

Самаркандского государственного

Университет

имени

Шарафа

Рашидова

Аннотация

.

В данной научной статье описана роль совершенствования системы высшего

образования, определены основные задачи рынка образовательных услуг в повышении
конкурентоспособности высшего образования и пути их реализации. Кроме того, разработаны

предложения и рекомендации по выявлению и оценке особенностей образовательных услуг в
деятельности высших учебных заведений.

Ключевые слова:

высшее образование, образовательные услуги, конкуренция в сфере

высшего образования, качество образования, подготовка кадров, маркетинг образовательных

услуг.

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE IMPROVEMENT OF THE

HIGHER EDUCATIONAL SERVICES MARKET

Abdullayeva Zamira Mukhtarovna

Samarkand State University named after Sharaf Rashidov

Abstract.

This scientific article describes the role of improving the higher education system, defining

the main tasks of the market of educational services in increasing the competitiveness of higher education

and ways of their implementation. Also, proposals and recommendations have been developed for
identifying and evaluating the specific aspects of educational services in the activities of higher education

institutions.

Key words:

higher education, educational services, competition in higher education, quality of

education, personnel training, marketing of educational services.

UO‘K:

378.31

VI SON - OKTABR, 2023

5-8


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

6

Kirish

.

Ishchi kuchi bozoriga oliy ma’lumotli mutaxassislarni yetkazib beradigan oliy ta’lim muassasalari,

shuningdek, ularning bitiruvchilari raqobatbardoshligini oshirish muammolariga qaratilgan tadqiqotlar

kechiktirib bo‘lmas darajada o‘zining dolzarbligi bilan

ajralib turadi. Mamlakat taraqqiyotini malakali

mutaxassislar belgilaydi. Zamon talablariga javob beradigan, ilg‘or fan

- texnika, texnologiya yutuqlarini

egallab olgan kadrlarni yetishtirma

sdan jamiyatni yuksaltirib bo‘lmaydi. 2020

-yil 23-sentyabrda qabul

qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ

-637-

son Qonun va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini

2030-

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi asosida tashkil etilgan uzluksiz ta’lim tizimi,

har tomonlama

bilimli, intellektual salohiyati, ma’naviyati yuks

ak, barkamol avlodni shakllantirish mexanizmi

mamlakatimizda kuchli demokratik davlat barpo etish va rivojlantirishning muhim omili bo‘lib xizmat

qilmoqda. 2022

2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 41

-

maqsadida “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarga sharoit va imkoniyatlarni

kengaytirish orqali ularning ulushini 2026-yilda 8 foizga, shu jumladan 2022-

yilda 3 foizga oshirish”

(

Farmon, 2022)

ko‘zda tutilgan.

Adabiyotlar sharhi.

Ma’lumki, ta’lim sohasi

dagi islohotlar mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy

islohotlarning uzviy va hal qiluvchi yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. “Oliy ta’lim –

ilm-fan

ishlab

chiqarish o‘rtasida

uzilishlar mavjud, integrasiya ta’minlanmagan. Ilmiy

-tadqiqot institutlari oliy

ta’limda kadrlar tayyorlash jarayoniga zarur darajada jalb etilmagan, ularda ilmiy izlanishlar iqtisodiyot

sohalarining real ehtiyojlaridan kelib chiqmasdan amalga oshirilmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-

pedagog kadrlarning tizimli tayyo

rlanmasligi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatining

pasayishiga olib kelmoqda”

(

Qaror, 2017)

. Ma’lumki, ta’lim sohasidagi raqobatbardoshlikni oshirish

masalasi tayyorlanadigan oliy

ma’lumotli mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalari ularning shaxs

sifatida shakllanishida hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda asosiy ijtimoiy

-iqtisodiy omil ekanligi

bilan izohlanadi. Shu sababli, tabiiyki, ko‘plab ilmiy soha olimlari tomonidan ta’lim mu

ammolarini,

uning iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyoti bilan o‘zaro

aloqadorligini doimiy tadqiq qilib keladilar.

Jumladan, O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimining holati, rivojlanish tendensiyalari, ularni boshqarish va

moliyalashtirish, marketing va menejment

i, ta’lim bozorini rivojlantirish masalalari iqtisodchi olimllar

tomonidan tadqiq etilgan. Jumladan, oliy ta’limni rivojlantirish vazifalari

(Vaxabov, Imamov,

2007)

,

bozor munosabatlariga o‘tish davrida ta’lim tizimining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’siri

(

Eshboyev, 2008)

, ta’lim xizmatlari bozorida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish

(

Usmonova,

2011)

, tadbirkorlik sohasi uchun oliy ma’lumotli mutax

assislarni tayyorlashda boshqarishning

tashkiliy-iqtisodiy omillarini takomillashtirish (

Kucharov, 2006)

kabi yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar

olib borilgan. Maksimovning (

2005)

o‘zgacha, qiziqarli qarashlari mavjud bo‘lib, “bitiruvchining

raqobatbardoshligi

bu asosiy kompetensiyalar majmuyini, muhim, qimmatli yo‘nalishlarini namoyon

etib, shax

sga jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishiga imkoniyat yaratib beradigan, shaxsning

umumiy, ajralmas sifatlari” deb hisoblaydi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqolada oliy ta`lim xizmatlar bozorini tahlil qilishda raqamli statistika, so`rovnoma va

amaliy tahlil usullaridan foydalangan holda aholining turli qatlamlarida oliy ta`limga bo`lgan talab va

uning qamrov darajasiga ta`siri bo`yicha tahlil - natiijalar keltirilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Ta’lim tizimidagi xizmatning asosiy iste’molchisi, ya’ni bilim (ko‘nikma) beruvchi (kasb

o‘rgatuvchi) shaxs

-

bu bilim (ko‘nikma)ga talab qiluvchi, shuningdek ularni takror ishlab chiqarish va

boshqa mehnat faoliyatida undan foydalanish uchun bilim olishni istagan, shuningdek, ishchi kuchi
bozor

ida raqobatbardoshligini oshirishni xohlaydigan shaxs. Ushbu bozor maydonining o‘ziga xos

xususiyati shundaki, iste’molchi xizmatni yaratishning faol sub’yekti hisoblanadi. U iste’molchi va ta’lim
jarayonining ishtirokchisi. Bularning barchasi iste’molchining roliga alohida ahamiyat beradi, u o‘zining

kelajakdagi ixtisosligi, o‘qitish vaqti, joyi va shakli, uni moliyalashtirish manbalari, shuningdek,

kelajakdagi ish

joyini tanlashni aniq belgilaydi. Shuning uchun, o‘quv yurti reytingini oshirish

strategiyas

ini ishlab chiqishda talabaning (hozirgi va potensial iste’molchining) shaxsiyati diqqat

markazida, turli texnologiyalar, axborot oqimlari va boshqa marketing komm

unikatsiyalari bo‘lishi

kerak.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

7

Ta’lim xizmatlarini takror ishlab chiqarishda turli tashkilot, korxonalar muhim rol o‘ynaydi.

Ularning ta’lim muassasalariga nisbatan vazifalari quyidagilar:

ta’lim muassasalarini ma’lum mutaxassisliklarga bo‘lgan talab to‘g‘risida xabardor qilish;

tashq

aridan ta’lim xizmatlari va ishchi kuchi sifatiga talablarni

belgilash kasbiy talablar;

ta’lim sifatini baholash, xarajatlarni qoplash, ko‘rsatilgan ta’lim xizmatlari uchun to‘lov.

Aholining ta’lim olish imkoniyatlari o‘sishi mamlakatda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining

jadallashuviga olib kelsada, bizning fikrimizs

ha, aholi turli qatlamlarining uzluksiz ta’lim tizimi bilan

qamrab olish darajasining pasayishi, to‘plangan bilimlarni amaliyotga joriy etishdagi oqsoqliklar

mamlakatning innovatsion taraqqiyotig

a salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Xalqaro tadqiqotlar

s

huni ko‘rsatadiki, ta’lim tengsizlikni kamaytirishga yordam beradi. Xususan, qo‘shimsha bir yil tahsil

olish Djini koeffitsiyentini 1,4 punktga qisqartirish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida imti

yozli kreditlar

ajratish asosida kam ta’minlangan oilalarning

farzandlariga ta’lim olishlari ushun imkoniyatlar taqdim

qilish, shuningdek, mehnat bozori talablaridan kelib shiqqan katta yoshdagilar ushun ta’lim xizmatlari
bozorini rivojlantirishni ko‘zda t

utadi.

Qashshoqlik, ishsizlik va ta’lim chambarchas bog‘liq.

Buning sababi shundaki, kambag‘allik

bolalarning maktabga borishlariga imkon bermaydi, ularga kelgusida zarur bo‘ladigan bilim va
ko‘nikmalarning egallashlariga to‘sqinlik qiladi. Dunyo mamlakatlari tajribasiga e’tibor qaratadigan

bo‘lsak, kambag‘allik shegarasida kun keshiruvshi aksariyat insonlar boshlang‘ish ta’limga ham ega
emaslar. Kambag‘al oilalarning bolalari ko‘pincha maktabni tashlashga majbur bo‘ladilar, bu esa doimiy

takrorlanib turuv

shi jarayon sifatida kambag‘al oilalarning farzandlari yana kambag‘allar safini

to‘ldirishiga zamin yaratadi. Sifatli boshlang‘ish ta’lim butun dunyoda kambag‘allikni qisqartirishning

muhim omili sifatida qaraladi. Oliy ta’limning mavjudligi esa insonlarga

yuqori maoshli ish topishga

imkon beradi va qashshoqlik domidan shiqib olishlariga imkon beradi.

Jahon banki tomonidan 2018-

yilda o‘tkazilgan “O‘zbekiston fuqarolariga quloq tutib” so‘rovidan

mikrodata asosida olingan kambag‘allikning ta’lim darajasiga nisbatan o‘rtasha darajasi to‘g‘risidagi

dastlabki ma’lumotlar

1-rasmda keltirilgan.

1-rasm. Savodxonlik darajasidan kelib chiqqan holda, kambag

allar

toifasiga kiritilgan uy xo

jaliklari ulushi, % da

1

Statistika shuni ko‘rsatadiki, oliy ma’lumotlilarga qaraganda, boshlang‘ish ma’lumotli uy

xo‘jaliklarida kambag‘allik darajasi ustun turadi. Bu ko‘rsatkish ta’lim darajasi oshgani sayin
kamayishini ko‘rishimiz mumkin. Kambag‘allarning 93% ga yaqini o‘rta umumiy va to‘liqsiz ma’lumotli

kishilar guruhiga kiradi. Boshlang‘ish ta’limga ega bo‘lgan uy xo‘jaliklarining

atigi 40% i kuniga jon

boshiga 3,2 dollardan kam mablag‘ sarflaydi.

1

www.stat.uz

O‘zbekiston Respublikasi davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

8

Bu ko‘rsatkich o‘rta ma’lumotli uy xo‘jaliklari ushun 34% va ikkinshi kasb

-hu

nar ma’lumotiga ega

bo‘lgan uy xo‘jaliklari ushun 26% ni tashkil etadi. Oliy ma’lumotli uy xo‘jaliklarining a

tigi 12 foizida

kunlik xarajatlar kam. Oliy ta’limga ega bo‘lish ishsizlik darajasidan qat’iy nazar kambag‘allik domiga

tushib qolish xavfini 18 foizga kamaytiradi.

Uzoq muddatli empirik kuzatishlar natijasi bolalik davridagi ta’lim yetuklik davrida shaxs

daromadlarining 1,3-

3,5 %ga oshishiga sabab bo‘lishini va kishik bolalarning ta’limiga qilingan 1 $lik

investitsiya jamiyat ushun o‘rtasha 8,6 $ foyda keltirishini ko‘rsatdi. Shuni inobatga olish kerakki,
mamlakat darajasida aholi savodining o‘sishi ushun xos bo‘lgan tendensiya hududiy darajada ham

ko‘zga tashlanadi.

O‘zbekistonda 2030

-

yilgasha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim tizimi

ni

rivojlantirish konsepsiyasi faoliyat ko‘rsatayotgan hududlarda davlat va nodavlat oliy o‘quv yurtlarini

ta

shkil etish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish asosida oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini

bosqishma bosqish 50 foizdan oshirishni nazarda tutadi.

Xulosa va takliflar.

Ta’lim xizmatlarining o‘zi ko‘pincha egalari yoki ishlab chiqaruvchilari

ta’lim muassasalari bo‘lgan

moddiy yoki moddiy mahsulotlarni uzatish bilan bog‘liq xizmatlar bilan to‘ldiriladi. Bular axborot,

konsalting, ekspert, muhandislik xizmatlari, lizing (mashinalar, moslamalar va uskunalarni ijaraga
berish, aloqa kanallari, shu

ningdek binolar va hududlar) Ta’lim xizmatlari (yoki mustaqil ravishda) bilan

birgalikda ta’lim muassasalari xodimlari va jamoalarining intellektua

l mulki - ixtirolar, patentlar,

tadqiqot, o‘quv va amaliy ish dasturlari, boshqa innovatsion xizmatlar va mah

sulotlar, shuningdek

bunday xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarning savdo belgilaridir. - ismlar, logotiplar, savdo belgilari va

boshqalar. Yirik o‘q

uv yurtlari, shuningdek, ular ishtirokida yoki ular ishtirokida tashkil etilgan

tashkilotlardan, shu jumladan

qo‘shma korxonalardan reklama maqsadida faol foydalanadilar.

Adabiyotlar / Литература / Literature

:

Eshboyev A.X. (2008). Bozor munosabatlariga o

tish davrida ta

lim tizimining milliy iqtisodiyotni

rivojlantirishga ta

siri: i.f.n. dis. avtoreferati.

T.: - 25 b.

Farmon (2022).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-

yil 28 yanvardagi “2022

-2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF

-60-sonli Farmoni.

Kucharov A.S. (2006). Tadbirkorlik sohasi uchun oliy ma

lumotli mutaxassislarni tayyorlashda

boshkarishning tashkiliy-iqtisodiy omillarini takomillashtirish: i.f.d. ...dis. avtoreferati. -T.:

40 b.

Qaror (2017).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017

-

yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli

mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada

kengaytirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ

-3151-son qarori.

Usmonova

R.M. (2011) Ta’lim xizmatlari bozorida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish (oliy

t

a’lim misolida): i.f.n. ...dis. avtoreferati.

- T.: - 25 b.

Вахабов А., Имамов Э. (2007) Высшее образование в Центральной Азии. Задачи модернизации.

–М.:

-

214 с.

Максимова Е.В. (2005) Развитие конкурентоспособности студента в образовательном

процессе университета: автореф.дис. ...канд.пед.наук. Оренбург, 14

-

16 с

.



Библиографические ссылки

Eshboyev A.X. (2008). Bozor munosabatlariga o‘tish davrida ta’lim tizimining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’siri: i.f.n. dis. avtoreferati. – T.: - 25 b.

Farmon (2022). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28 yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni.

Kucharov A.S. (2006). Tadbirkorlik sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlashda boshkarishning tashkiliy-iqtisodiy omillarini takomillashtirish: i.f.d. ...dis. avtoreferati. -T.: – 40 b.

Qaror (2017). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qarori.

Usmonova R.M. (2011) Ta’lim xizmatlari bozorida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish (oliy ta’lim misolida): i.f.n. ...dis. avtoreferati. - T.: - 25 b.

Вахабов А., Имамов Э. (2007) Высшее образование в Центральной Азии. Задачи модернизации. –М.: -214 с.

Максимова Е.В. (2005) Развитие конкурентоспособности студента в образовательном процессе университета: автореф.дис. ...канд.пед.наук. Оренбург, 14-16 с.