Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
40
O’ZBEKISTONDA MAXSUS IQTISODIY HUDUDLARNING SHAKLLANISHI VA ISTIQBOLLARI
Nurboyev Jaloliddin Mamadiyevich
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada maxsus iqtisodiy hududlarning nazariy-uslubiy asoslari
o
‘rgani
lgan bo
‘
lib, erkin iqtisodiy hamda maxsus iqtisodiy zonalarning farqli jihatlari keltirilgan.
Maqolaning maqsadi
Jahon
xo’jaligida maxsus iqtisodiy hududlarning shakllanishi, ya’ni tashkil qilish va
jahon xo’jaligida maxsus iqtisodiy hududlar faoliyatini rivojlantirish orqali “iqtisodiy mo’jiza”ga erishgan
va milliy iqtisodiyot taraqqiyotida tashqi savdo-sotiq siyosatini ilmiy nuqtai nazardan tadqiq etish, uning
ijobiy tomonlarini umumlashtirish asosida O’zbekistonda maxsus iqtisodiy hududlarni tashkil qilish va uni
rivojlantirish istiqbollari, hamda maxsus iqtisodiy hududlarlarni tashkil etishdagi jahon tajribasidan
O’zbek
istonda foydalanish imkoniyatlari borasida takliflar ishlab chiqishdan iboratdir. Tadqiqot
natijasida quyidagi xulosa va takliflar shakllantirilgan: erkin iqtisodiy zonalar ham maxsus
iqtisodiy zonalarning bir turi bo
‘lsa,
erkin zonalar erkin portlar faoliyatini tavsiflaydi; xorijiy
mamlakatlar amaliyotida maxsus iqtisodiy zonalarning erkin savdo zonalari, erkin ishlab chiqarish
hududlari, erkin iqtisodiy hududlar, texnologik-innovatsion parklar va boshqa turlari ken
g qo‘ll
aniladi.
Kalit so
‘
zlar:
erkin iqtisodiy zona, maxsus iqtisodiy zona, erkin port, erkin eksport hududi,
erkin zona,
“
Bojxona tartib-tamoyillarini soddalashtirish va uy
g‘unl
ashtirish to
‘
g
‘
risid
a”gi Xa
lqaro
konvensiya.
ФОРМИРОВАНИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ СПЕЦИАЛЬНЫХ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ЗОН В
УЗБЕКИСТАНЕ
Нурбоев Жалолиддин Мамадалиевич
Деновский предпринимательско педагогический
институт
Аннотация
.
В данной статье рассматриваются теоретические и методологические
основы особых экономических зон и представлены различные аспекты свободных экономических
и особых экономических зон. Целью статьи является исследование с научной точки зрения
внешнеторговой политики, совершившей «экономическое чудо» за счет образования в мировом
хозяйстве особых экономических зон, то есть организации и развития деятельности
специальных экономических зон в мировом хозяйстве и развитии национальной экономики, на
основе обобщения ее положительных сторон разработать предложения по созданию в
Узбекистане специальных
экономических зон и перспективам ее развития, а также
возможности использование мирового опыта создания особых экономических зон в Узбекистане.
В результате исследования были сформированы следующие выводы и предложения: свободные
экономические зоны
также являются разновидностью особых экономических зон, а свободные
зоны характеризуют деятельность свободных портов; в практике зарубежных стран широко
используются зоны свободной торговли, зоны свободного производства, свободные
экономические зоны, технико
-
внедренческие парки и другие виды особых экономических зон.
Ключевые
слова:
свободная экономическая зона, особая экономическая зона, свободный
порт, зона свободного экспорта, свободная зона, международная конвенция об упрощении и
гармонизации таможенных процедур.
VI SON - OKTABR, 2023
UO‘K
: 339.543.027.2
40-44
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
41
FORMATION AND PROSPECTS OF SPECIAL ECONOMIC ZONES IN UZBEKISTAN
Nurboyev Jaloliddin Mamadiyevich
Denov entrepreneurship and pedagogical institute
Abstract.
This article examines the theoretical and methodological foundations of special economic
zones, and presents the different aspects of free economic and special economic zones. The purpose of the
article is to research the foreign trade policy from a scientific point of view, which has achieved an "economic
miracle" through the formation of special economic zones in the world economy, that is, the organization and
development of the activities of special economic zones in the world economy, and the development of the
national economy. on the basis of summarizing its positive aspects, it is to develop proposals for the
establishment of special economic zones in Uzbekistan and its development prospects, as well as the
possibilities of using the world experience in the establishment of special economic zones in Uzbekistan. As a
result of the research, the following conclusions and proposals were formed: free economic zones are also a
type of special economic zones, and free zones describe the activity of free ports; in the practice of foreign
countries, free trade zones, free production zones, free economic zones, technological-innovation parks and
other types of special economic zones are widely used.
Keywords:
free economic zone, special economic zone, free port, free export zone, free zone,
International Convention on the Simplification and Harmonization of Customs Procedures.
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo
vazirligi, Moliya vazirligi va Navoiy viloyati hokimligining Navoiy shahri xalqaro aeroporti hududida
“Navoiy” erki
n industrial-
iqtisodiy zona (keyingi o‘rinlarda –
EIIZ) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari
asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi. So’ngra Vazirlar Mahkamasi turli
qaror, nizom va dasturlar ishlab chiqdi va shu asosda Navoi
viloyati hududida “Navoi” EIIZ tashkil qilish
ishlari boshlab yuborildi.
“
Navoiy
”
EIIZ hududida davlat organlarining faoliyati va O’zbеkiston Rеspublikasi qonun
hujjatlarining qo’llanilishi "Erkin iqtisodiy zonalar to’g’
risida"gi (Farmon, 2008)
O’zbеkisto
n
Rеspublikasi Qonunida, O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining "Navoiy" erkin in
dustrial-iqtisodiy
zona tashkil etish to’g’risida" 2008 yil 2 dеkabrdagi PF
-4059-son Farmonida va uni ijro etish maqsadida
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda, va VM Nizomi
da, invеstitsiyalash to’g’risidagi xalqaro
shartnomalar va bitimlarda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshirilmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
"Navoiy" EIIZ tashkil etilgan hudud "Navoiy" EIIZ mavjud bo’lishining butun davrida foydalanish
va boshqarish uchun
Ma’muriy kеngashga
bеriladi.
“Navoiy” erkin industr
ial-
iqtisodiy zona Ma’muriy kengashiga:
❖
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tanlov asosida, EIIZ direksiyasi sifatida xalqaro
e’tirof etilgan boshqaruvchi kompaniyani tanlash va unga shartnoma asosida EIIZni boshqarish;
❖
Xizmatlar ko‘rsatishdan olinga
n daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa
tushumlar hisobiga, shunin
gdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda uning
foydalanishida va boshqaruvida bo‘lgan yerlar, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan
tushumlarning bir qismi hisobiga shakllantiriladigan erkin industrial-iqtisodiy zonaning mustaqil
budjetini shakllantirish;
❖
Mustaqil budjet doirasida, mablag‘lari infratuzilmani rivojlantirishga va erkin industrial
-
iqtisodiy zonaning faoliyati samaradorl
igini oshirishga yo‘naltiriladigan Erkin industrial
-iqtisodiy
zonani rivojlantiris
h jamg‘armasini tashkil etish huquqi berilgan.
“Navoiy” erkin industrial
-iqtisodiy zonasini tashkil qilishdan asosiy maqsad quyidagilardan
iborat:
(Farmon, 2008)
❖
Jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab
chiqarishni ta’minlash;
❖
Zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
❖
Xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri investitsiyalarni jalb
etish;
Zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-
uskunalar va tеxnikani, tеxn
ologiya liniyalari va
modullarni, innovatsion tеxnologiyalarni joriy etish hisobiga yuqori tеxnologiyali, jahon bozorlarida
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
42
raqobatbardoshli mahsulotlarning kеng doirasini ishlab chiqarish "
Navoiy" EIIZ qatnashchilari
faoliyatining asosiy yo’nalishi hisobl
anadi
10
.
“Navoi” EIIZ iqtisodiyotimizni kompleks rivojlantirish, transport kommunikatsiyasi va
infratuzilma taraqqiyoti uchun muhim nuqta hisoblanadi. Logistik hab bu hududning asosiy bo’gi
ni
hisoblanadi. Chunki aynan shu hab havo va temir yo’llarni bir
-
biriga bog’lovchi transport
-ekspeditorlik
markaz sifatida faoliyat ko’rsatadi. “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi Dehli, Bankok,
Moskva yo’nalishlari bo’yicha yuk tashishni mo’ljallamoqda va SkyTeam deb nomlanuvchi global
aviatsiya aliansiy
a qo’shilishga qizg’in tayyorgarlik ko’rmoqda va bu istiqbolladagi ishlar ulkan
ekanligini namoyon qiladi (Farmon, 2008).
“Navoiy” EIIZ quyidagi tartib qoidalar asosida shakllantirilmoqda
(Farmon, 2008):
EIIZ faoliyati davomida uning hududida alohida bo
jxona, valuta va soliq rejimlari, O‘zbekiston
Respublikasi norezident fuqarolarining uning hududiga kirish, hududda bo‘lish va chiqib ketishning,
shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishning
soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi (
Дьюар
, 1997).
“Navoiy” EIIZ zona direksiyasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga EIIZ hududida yer uchastkalarini
subijaraga topshirish, o‘z huquq va majburiyatlarini ijara shartnomasi bo‘yicha boshqa shaxsga berish,
ijara huquqini garovga qo‘yish, ularni
ulush sifatida us
tav kapitaliga qo‘shish huquqisiz ijaraga beradi.
EIIZ hududida yer uchastkalarini sotish va boshqacha tarzda o‘zgaga berish taqiqlanadi.
“Navoiy” EIIZda beriladigan imtiyozlar va yengilliklar quyidagicha
(Farmon, 2008):
1) “Navoiy” erkin
industrial-iqtis
odiy zonada ro‘yxatdan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar
ularga kiritilgan to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri investitsiyalar hajmi quyidagicha bo‘lgan taqdirda yer solig‘i, mulk
solig‘i, daromad solig‘i, obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i,
yagona soliq to‘lovi
(kichik korxonalar uchun), Respublika yo‘l jamg‘armasi va Respublika maktab ta’limini rivojlantirish
jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan ozod
etiladi:
1.
3 million yevrodan 10 million yevrogacha
–
7 yilga;
2.
10 million yevrodan 30 million yevrogacha
–
10 yilga. Keyingi 5 yil davomida foyda solig‘i va
yagona soliq to‘lovi hajmi amaldagi stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi;
3.
30 million yevrodan ortiq bo‘lganda –
15 yilga. Keyingi 10 yil davomida foyda solig‘i va yagona
s
oliq to‘lovi hajm
i amaldagi stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi.
2) Bojxona to’lovlari bo’yicha imtiyozlari
(Farmon, 2008)
:
1.
EIIZda ro‘yxatga olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlar EIIZ faoliyat ko‘rsatadigan butun
muddatga eksportga yo‘naltirilgan mah
sulot ishlab chiqarish maqsadida mamlakatga olib kelinayotgan
asbob-
uskunalar, shuningdek, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan
(bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinadi (
Tsjou Chibo,
2006).
3) “Navoiy” erkin industrial
-
iqtisodiy zonada ro‘yxatdan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga
quyidagilar ruxsat etiladi:
11
1.
Ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va kontraktlar bo‘yicha hisob
-
kitob va to‘lovlarni EIIZ
hududida xorijiy valutada amalga oshirish;
2.
O
‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan
yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ish va xizmatlarning haqini erkin almashtiriladigan valutada
to‘lash;
3.
Eksport va import qilinadigan tovarlar uchun
haq to‘la
sh va hisob-kitob qilishning ularga qulay
shartlari va shakllaridan foydalanish.
4.
“Navoiy” erkin industrial
-
iqtisodiy zonada ro‘yxatga olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga
nisbatan O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligining soliq to‘lovch
ilar ahvolini yomonlashtiruvchi
hujjatlari tatbiq etilmasligi belgilab qo’yilgan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarning soliqqa tortilishini
tartibga soluvchi hujjatlar bundan mustasno (Vey Kayian, 2006).
Tahlil va natijalar muhokamasi.
EIIZ ni
O’zbekistan, xususan Navoi viloyatida yaratishga asos bo’luvchi omillar:
12
Birinchidan, hududning joylashuvi
–
Yevroosiyoning markazi:
10
O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining Nizomi “Navoi” EIIZ to’g’risida. Umum
iy qoidalar, 3-band
11
O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining Nizomi “Navoi” EIIZ to’g’risida. Umumiy qoidalar, 3
-band.
12
Nomura Research Institute LTD. “Navoida transport habini rivojlantirish bo’yicha strategik loyihalashtirish” 2008 y. Mart
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
43
1-
rasm. O’zbekiston
- Yevroosiyoning markazi
13
❖
Evropa va Osiyoning o’rtasida joylashganligi uning asosiy 5ta o’sib borayotgan b
ozorlar - MDH,
Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlariga
chiqish imkoniyatlarini yaratadi;
❖
O’zbekistonning geografik joylashuvi yevropa va osiyolik yirik yuk tashuvchilarga Markaziy
Osiyoda vaqtinc
halik to’xtash imkonini bergani holda ularni o’ziga jalb etadi.
Ikkinchidan, iqlim sharoiti jihatidan:
❖
Tumanli kunlar oz bo’lgan juda ham qulay
ob-havo sharoiti. Bu ayniqsa havo transporti uchun
o’ng keladi;
❖
Navoi viloyatining yumshoq iqlimi, shuningdek q
uyoshli kunlar o’rtacha 255 kunni (o’rtacha 3
ming soatni) tashkil etishi aeroportdan muqim darajada foydalanish imkonini yaratadi va zamonaviy
aeronavigatsion sistemalar “nol” darajadagi havoda ham samolyatlarni qo’ndirish imkonini yaratadi.
Uchinchid
an, O’zbekistonning geografik markazi jihatidan:
❖
Navoi va unga qo’shni viloyatlar O’zbekistondagi eng tez rivojlanayotgan hududlar hisoblanadi.;
❖
Viloyat o’zining mehnat resurslari va past darajadagi operatsion harajatlari asosida
infrastrukturani rivojlani
shi ushun to’g’ridan
-
to’g’ri horijiy investitsiyalarni jalb etadi. O’zbekistonning
investitsiyalarni qabul qilish qobiliyati juda ulkan bo’lib,
keyingi 5 yil davomida hajmi 24 mlrd.$ dan ortiq
300dan ziyod proyektlarni amalga oshirish ko’zda tutilmoqda;
❖
Na
voi geografik jihatdan O’zbekiston Respublikasining markazida joylashgan. Shuning
Samarqand va Buxoro kabi shaharlar undan unchalik uzoq emas, taxminan 100-150 km masofada
joylashgan.
To’rtinchidan, sanoat va tijorat korxonalari va xom
-ashyo bazasi jihatidan:
❖
Yirik to’g
-metallurgiya, kimyo va yengil sanoat korxonalari, qurilish materiallarini ishlab
chiqaruvchi hamda chuqur qayta ishlashga moslash
gan korxonalarning mavjudligi. “Qililqumsement”,
“Nurotamramor”, Navoiy IES, “Navoiyazot”, “Elektroximzavod”kabi
lar;
❖
Tog’
-kon sanoatining avzalliklari va potentsialidan foydalangan holda kelajakda xalqaro
hamkorlikning barqaror va doimiy rivojlanishiga imkon mavjud. Ulkan xom-ashyo resurslarining
mavjudligi transport xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. O’zkis
tonning energetik salohiyati milliy
iqtisodiyotning talablarini minimum 100 yil ta’minlay oladi.
13
Navoi guide -
www.navoi-fiez.uz
Yevropa
Yaqin Sharq
Afrika
Janubiy Osiyo va
Jabubi-Sharqiy
Osiyo
Sharqiy Osiyo
London
Paris
Berlin
Moscow
Beijing
Tokyo
Seoul
Delhi
Singapore
Jakarta
Manila
Bangkok
Dhaka
Phnom Penh
Muscat
Cairo
Abu Dhabi
Doha
Jerusalem
Bagdad
Damascus
Riyadh
Amman
Teheran
Uzbekistan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
44
Beshinchidan, syosiy barqarorlik jihatidan:
❖
Diniy kelishmovchilik va ijtimoiy nizolardan holi ekanligi mintaqaning siyosiy barqarorligini
ta’minlaydi.
Oltinchidan, infrastruktura va kengayish imkoniyatlari:
❖
Aeroportning atrofida xaliqit beradigan obyektlarning yo’qligi hududning kelajakda
yanada
kengaytirish imkoniyatini yaratadi;
❖
Aeroportni shahar bilan bog’lovchi avtomobil yo’lining mavjudligi hamda shu yo’lg
a parallel
ravishda 1,3 km masofada xalqaro masshtabdagi
Xulosa va takliflar.
Maxsus iqtisodiy hududlar
asosiy mohiyati mintaqani jadal ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish uchun
ichki va tashqi kapitalni, istiqbolli texnologiyalar va boshqaruvga oid tajribalarni jalb etish maqsadida
tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus
ajratilgan hududlarni anglatadi.
O’zbekiston sharoita MIHlar tashkil qilishga bo’lgan xarakatlar va hozirgi kundagi istiqbolli reja
lar
juda muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekistonning iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda va
ayrim nozik jihatlarni hisobga olgan holda MIHlarning tashkil etilishi kelajakdagi yutuqlarga podevor
bo’lib xizmat qiladi. MIHlar tashkil qilishdan turli
mamlakatlar turlicha maqasadlarni k
o’zlaydilar.
M
IHni tashkil etishdan ko’zlangan asosiy maqsadlar quyidagicha:
✓
mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyasini jalb etish, ayniqsa to’g’ridan
-
to’g’ri
investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay imkoniyat;
✓
chet el investorlari ishtirokida mam
lakat tadbirkorlari faoliyatini yo’lga qo’yish va oqibatda
tovar va xizmatlar eksporti hajmini oshirish;
✓
mamlakatning ichki bozoriga yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlar, yangi texnika va
texnologiyalarning kirib kel
ishi va tadbiq qilinishini ta’minlas
h;
Jahon xo’jaligida maxsus iqtisodiy hududlarning shakllanishi, ya’ni tashkil qilish va jahon
xo’jaligida maxsus iqtisodiy hududlar faoliyatini rivojlantirish orqali tarqqiyotga erishish va milliy
iqtisodiyot yuksalishida tashqi savdo-sotiq siyosatini ilmiy nuqtai nazardan tadqiq etish, uning ijobiy
tomonlarini umumlashtirish asosida O’zbekistonda maxsus iqtisodiy hududlarni tashkil qilish va uni
rivojlantirish istiqbollari, hamda maxsus iqtisodiy hududlarlarni tashkil etishdagi jahon tajribasidan
O’zbeki
stonda foydalanish imkoniyatlari borasida quydiagi
takliflarni
bildirib o’tamiz:
“Navoiy” EIIZdagi xalaro intermodal logistik habning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va
hududning sanoat ishlab chiqarish hududida jahon standardlariga javob beradigan va raqobatga dosh
beradigan eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish, hamda import o’rnini bosuvchi tovarlarni ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yish eng ustivor vazifalardan hisoblanadi.
“Navoiy” EIIZ dasturining samara berishi o’z
-
o’zidan kompleks rivojlanish u
chun turtki beradi.
Chunki hududni tashkil etishining bevosita foydalaridan tashqari, bilvosita foydalari ham mavjud. Shu
sababdan eng katta e’tibor aynan mana shu zonani tez va sifatli ravishda tashkil qilish hamda unin
g
faoliyatini kengaytirish yo’lidagi
sa’y
-xarakatlarga qaratilgan.
Adabiyotlar / Литература / Literature
:
Farmon (2008)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Navoiy viloyatida erkin industrial
-
iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida” (04.12.2008 12:01) farmoni
Farmon (2008) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Fa
rmoni “Navoi viloyatida erkin industrial
-
iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida”
02.12.2008 y.N PF-4059
Navoi guide - www.navoi-fiez.uz
Tsjou Chibo
(2006)
“
XXRda MIH bo’yicha chet el mutaxassislari”, “Guandundagi sotsiologiya”
jurnali/Tsjou Chibo,
С 47
-47
Vey Kayian, (2006)
“XXRdagi 5ta MIH rivojlanishini o’rganish”, Iqtisodiy boshqaruv nashri, С 68
-74
Дьюар С. (1997) «СЭЗ
-
возможности и ограничения». Деловой партнер №7,
С 55
-57
Мозиас П. “Свободные экономические зоны: тенденции мирового опыта”. Финансовый бизнес.
1994. -
№3
;
С 21
-23
