Авторы

  • Зокир Содиков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.44641

Ключевые слова:

Всемирная торговая организация (ВТО) национальная экономика экспорт развитые и развивающиеся страны прямые иностранные инвестиции

Аннотация

В данной статье исследуются тенденция создания Всемирной торговой организации, действующей в глобальном масштабе и играющей важную роль в развитии международного рынка, и ее влияние на ускорение деятельности стран в международной торговле. Сегодня в этой структуре активно действуют 164 члена организации, и на их долю приходится более 95% мировой торговли. Поэтому исследование тенденций формирования и развития данной системы, основных результатов деятельности и проблем возникающих при вступлении в организацию, составление аналитических выводов является актуальной задачей.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

63



JAHON SAVDO TASHKILOTINING MILLIY IQTISODIYOTLAR INTEGRATSIYALASHUVIGA

TA’SIRLARI

I.f.n.

Sodikov Zokir Rustamovich

O‘zbekiston

xalqaro islom akademiyasi

Annotatsiya

.

Annotatsiya: Ushbu maqolada global miqyosda faoliyat olib borayotgan va xalqaro

bozorning rivojlanishida muhim rol o

’ynayotgan Jahon Savdo Tashkilotining vujudga kelish tendensiyasi

va uning mamlakatlarni xalqaro savdodagi faoliyatini jadallashtirishga ta’

siri tadqiq qilingan. Zero,

bugungi kunda bu tuzilmada 164 ta a’zodan iborat ishtirokchilar faoliyat olib borayotgan

bo‘lib, ular

jahon savdosining 95%dan ortiq qismini amalga oshirmoqda. Shu bois bunday tizimning shakllanish va

rivojlanish tendensiyasi muntazam ravishda tadqiq qilinishi va erishilayotgan natijalar hamda kelib

chiqayotgan muammolar ko‘rsatilib, tahliliy

xulosalar qilib borilishi dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Kalit

so‘zlar

:

Jahon savdo tashkiloti (JST), milliy iqtisodiyot, eksport, rivojlangan va rivojlanayotgan

mamlakatlar, to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar,

xalqaro savdo, integratsiya, iqtisodiy salohiyat.

ВЛИЯНИЕ ВСЕМИРНОЙ ТОРГОВОЙ ОРГАНИЗАЦИИ НА ИНТЕГРАЦИЯ

НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ

К.э.н.

Содиков

Зокир

Рустамович

Международной

исламской

академии

Узбекистана

Аннотация

.

В данной статье исследуются тенденция создания Всемирной торговой

организации, действующей в глобальном масштабе и играющей важную роль в развитии

международного рынка, и ее влияние на ускорение деятельности стран в международной
торговле. Сегодня в этой структуре активно действуют 164 члена организации, и на их долю

приходится более 95% мировой торговли. Поэтому исследование тенденций формирования и
развития данной системы, основных результатов деятельности и проблем возникающих при

вступлении в организацию, составление аналитических выводов является актуальной задачей.

Ключевые слова

:

Всемирная торговая организация (ВТО), национальная экономика,

экспорт, развитые и развивающиеся страны, прямые иностранные инвестиции, международная
торговля, интеграция, экономический потенциал.

THE EFFECTS OF THE WORLD TRADE ORGANIZATION ON THE INTEGRATION

OF NATIONAL ECONOMICS

PhD

Sodikov Zokir Rustamovich

International islamic academy of Uzbekistan

Annotation.

In this article, the tendency of the creation of the World Trade Organization, which

operates on a global scale and plays an important role in the development of the international market, and

its influence on accelerating the activities of countries in international trade are studied. Today, 164
members of the organization are active in this structure, and they carry out more than 95% of world trade.

Therefore, it is an urgent task to regularly research the trend of the formation and development of such a
system, to show the achieved results and emerging problems, and to draw analytical conclusions.

Keywords:

World Trade Organization (WTO), national economy, export, developed and developing

countries, foreign direct investments, international trade, integration, economic potential.

UO‘K: 339.9

VI SON - OKTABR, 2023

63-69


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

64

Kirish.

Bugungi kunda jahon xo‘jaligining globallashuvi muntazam ravishda chuqurlashib, milliy

iq

tisodiyotlarning o‘zaro integratsiya bo‘lishi va bog‘liqligi izchil ravishda ortib

bormoqda. Mazkur

jarayonlarda axborot texnologiyalari va internet tizimi vositachiligida Jahon savdo tashkilotining

mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga va mil

liy xo‘jaliklarda aholi turmush farovonligini

oshirishga qo‘shayotgan xizmatining m

ohiyatini ochib berish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi. Ayni

paytda, bu maqsadga erishish uchun qator vazifalar bajarildi. Xususan, JSTning tashkil etilishi bilan
mamlakatlarning global savdo tizimiga integratsiyalashuvi, JSTning asosiy tamoyillari va axloq kodeksi,

Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon yalpi ichki mahsulotlarida ulushining o‘zgarish

tendensiyasi, ularning eksport hajmlari va jahon eksportida ulushining dinamikasi, shuningdek,

rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning j

ahon to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalaridagi

ulushi va hajmi tahliliy jihatdan tadqiq qilindi. Jahon savdo tashkiloti global iqtisodiyotdagi faoliyati va

qamrovi bil

an milliy iqtisodiyotlarning eksport salohiyatini oshirishga va to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri

xorijiy

investitsiyalar jalb etishni jadallashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan 160 dan ortiq mamlakatlar

bozorini yagona mexanizm asosida birlashtirgan tuzilma hisoblanadi.

Mavzuni o‘rganish jarayonida ilmiy

-uslubiy asoslardan va xalqaro tuzilmalarning statistik

materiallaridan foydalanilib, JSTning faoliyati natijasida rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy

salohiyati izchil ortib borayotganligi va eksport imkoniyati mustahkamlanayotganligi asoslangan.

Adabiyotlar sharhi.

Jahon savdo tashkilotining shakllanish asoslari, faoliyatlari va uning rivojlanish tendensiyalari

mavzusini turli jihatlar va shart-

sharoitlar bo‘yicha tadqiq qilish har soha va tarmoq nuqtayi

-nazaridan

dolzarb ahamiyatga ega. Shuningdek, ushbu tashkilot doirasida erishilayotgan muvaffaqiyatlarni va

muammolarni o‘rganish tadqiqot yo‘nalishi sifatida katta ilmiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Xususan bu

borada mamlakatimizning salohiyatli mutaxassis-olimlari va tadqiqotchilari tomonidan turli aspektlar

bo‘yicha ilmiy

izlanishlar va o ‘rganishlar olib borilayotganligini ko‘rish mumkin. Jumladan, “Jahon

savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayoni hamda uning qonuniy asoslari (Ismailova va boshqalar, 2021)”

mavzusida jarayonning tashkiliy jihatlari va huquqiy asoslari tahlili

y tadqiq qilinib, o‘ziga xos xulosalar

keltirilgan bo‘lsa, “O’zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo’shilishi nimani anglatadi (

Fayzulloyev,

2023

)”

mavzusida tizimga kirish va jarayonning qanday vaziyatlarga olib kelishi tahliliy asosda

yoritilgan,

shun

ingdek, “Jahon savdo tashkilotiga a’zolikning mamlakatlar tashqi savdosi uchun

afzalliklari (Ismailova, 2022)” mavzusidagi maqolada esa bu tashkilotga kirishning milliy tashqi savdoga

ta’sirlari tahlil qilingan hamda ilmiy asosga ega xulosalar o‘rtaga tash

langan. Lekin tadqiqotlarda

mazkur tuzilmaning jahonda

milliy iqtisodiyotlarning integratsiyalashuviga ta’sirlari va uning

tendensiyasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi bois ushbu maqolada a

na shu jihatlar tadqiq qilingan.

Tadqiqot metodologiyasi.

JST tashkil etilganidan keyin global savdoni liberallashtirish va uni institutsional doirada

rivojlantirish borasida sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Biroq, JSTning ko'p tomonlama savdo siyos

ati

uchun asos yaratish, ziddiyatlarni samarali tarzda bartaraf etish va jarayonlarni muntazam nazorat

qilish asosida maqsad qilingan erkinlashtirish muvaffaqiyatlariga yetarli darajada haligacha
erishilmagan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Bretton-Vuds institutlari deb nom olgan Xalqaro valyuta

ja

mg‘armasi va Jahon banki tashkil etilishi orqali xalqaro moliya sohasidagi hamkorlik aloqalari

shakllantirilishi bilan bir qatorda dunyo miqyosida xalqaro savdoni erkinlashtirish borasida 1947-yilda

GATT, ya’ni, Tariflar va savdo boʻyicha Bosh kelishuv (umumiy Tariflar va savdo bitimi) toʻgʻrisidagi

shartnoma tuzilgan boʻlib, unda mamlakatlararo tovarlar savdosining koʻp tomonlama erkin harakatini
ta’minlaydigan qoidalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Sh

uningdek, GATT doirasida uzoq yillar

mobaynida olib borilgan muzokaralar raundlari natijasida 1994-yilda Jahon savdo tashkiloti (JST)
tashkil etildi.

Mazkur tadqiqot jarayonida JSTning tashkil etilishi, uning tashkiliy tuzilishi, asosiy tamoyillari va

faoliyati bilan bir qatorda global iqtisodiyot va uning xalqaro savdo tizimiga oid asosiy mulohazalar va

kuzatishlar bayon qilinadi. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, GATTni vujudga kelishidan boshlab JSTni
tashkil etilishigacha bo'lgan jarayonlar tahlil qilinib, undan keyin jahondagi rivojlangan va

rivojlanayotgan mamlakatlarning GATT va JSTga a'zoligi hamda JSTning eng muhim funktsiyalaridan
bo'lmish ziddiyatlarni va nizolarni hal qilish mexanizmi ko'rib chiqildi. Shu asosda global savdo tizimi

va uning rivojlanishiga taalluqli fikr-mulohazalar va xu

losalar o‘rtaga tashlangan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

65


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Bugungi kunda jahon savdosining 95 foizini qamrab olgan va 164 ta davlat aʼzosi boʻlgan JSTning

tashkil etilganidan buyon oʻtgan qariyb 30 yil mobaynid

a, global savdo tizimining faoliyatida sezilarli

yutuqlarga erishildi. Lekin, xalqaro savdo bilan bog‘liq

ayrim vaziyatlar va jarayonlarda

erkinlashtirishning kutilayotgan natijalari yuzaga chiqmaganligi to‘g‘risida mulohazalar mavjud.

Global hamjamiyatda 20-

asrda birinchi jahon urushidan chorak asr o‘tib insoniyat uchun mislsiz

fojia bilan yakunlangan Ikkin

chi jahon urushi tinchlik va osuda hayot uchun zarur bo‘lgan muhitni

ta’minlashga qaratilgan harakatlar barbod bo‘lganligini va yangi tizim yaratish mu

him ahamiyat kasb

etishini namoyon qildi. Qolaversa, xalqaro hamkorlik va birdamlik nafaqat siyosiy jihatdan, balki

iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda, hatto fan va ta’lim sohalarida dolzarbligi va eng ustuvor vazifa
ekanligi borasida yakdil to‘xtamga

kelingan.

Xalqaro hamjamiyatning ikkinchi jahon urushining salbiy oqibatlaridan xalos bo'lish maqsadida

o'tkazgan Bretton-Vuds konferensiyalarining eng muhim natijalaridan biri bu 1947-yilda tuzilgan

Tariflar va Savdo bo'yicha Bosh kelishuv (GATT - The General Agreement on Tariffs and Trade)

hisoblanadi. Zero "Bojxona tariflari va boshqa xalqaro savdo to'siqlarini pasaytirish" maqsadida
tuzilgan GATT bu Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVF) va Jahon banki bilan birgalikda global iqtisodiy

tizimning uchta eng mu

him tuzilmalaridan biri bo‘lgandir.

Ma’lumki, GATT doirasida tashkil etilgan global savdo tizimi bir qato

r savdo muzokaralari va

raundlar orqali ishlab chiqilgan tizim hisoblanadi. Zero, GATT muzokaralari boj tariflarini pasaytirish
mavzusi bilan boshlanib, keyin jarayonga antidemping va notarif choralar kabi usullarni ham qamrab

olgan mexanizmdir.

Jahon amaliyotida GATTning 1986-1994-

yillar mobaynida oʻtkazilgan Urugvay raundi natijasida

1995-yil 1-yanvarda tashkil etilgan Jahon savdo tashkiloti (JST) eng yosh xalqaro tashkilotlardan biri

boʻlsa

-

da, Tariflar va savdo boʻyicha Bosh kelishuvning vorisi hisobla

nadi. Shu bois, GATT doirasida

tashkil etilgan koʻp tomonlama savdo tizimi 70 yildan ortiq tajribaga ega tizim hisoblanadi.

Zero, global savdo tizimida beqiyos o'sish kuzatilgan so'nggi 70 yil ichida jahonda tovarlar

eksporti yiliga o'rtacha 6% ga o'sganligi qayd etilgan. Global savdodagi bu o'sish umumiy

iqtisodiyotning kengayishi va o‘sishi uchun kuchli lokomativ vazifasini bajargan. Xususan, xalqaro savdo

global iqtisodiyotdan har yili o'rtacha 1,5 barobar ustunroq o'sganligi qayd qilingan. Aynan statistik

ma’lumotlarga binoan jami global eksport hajmi 2019 yilda 1948 yildagi ko'rsatkichdan 250 baravarga

ortganligi qayd etilgan.

GATT va JST misli ko'rilmagan darajada global savdoning o'sishiga hissa qo'shgan kuchli va

samarali savdo tizimini yaratishga s

ababchi bo‘lgan tuzilma hisoblanadi. Jahondagi ko‘plab mamlakatlar

GATTning Urugvay raundida ishtirok etib, yakunida Marokashda JSTni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni
ma’qullashgan va ular JSTning ta'sischi a'zosi sifatida qabul qilingan.

JSTning eng asosiy maqsadi - bu global savdoni erkinlashtirish va teng sharoitlarda raqobat

muhitini yaratish uchun barcha a'zo davlatlarga xos xalqaro savdo tizimini qayta ko'rib chiqish orqali

global tartibni ta'minlashdan iboratdir.

JSTning asosiy tamoyillari orasida eng qulay davlat rejimi, shaffoflik tamoyili, maslahatlashuv va

nizolarni hal qilish, o'zaro hamkorlik va muzokaralar tamoyili mavjud. Muzokaralar tamoyilga ko'ra,
ta'sis va asosiy kelishuvi sifatida tavsiflangan JST bitimining, amalga oshirish jarayonida kerak bo'lgan

vaziyatda mazmunni aniqlashtirilishi, yangi ehtiyojlar va tushunchalarga ko‘ra takomillashtirilishi yoki

ishlab chiqilishi doirasida, JST a'zolari tomonidan olib boriladigan muzokaralarda ilgari suriladi.

JSTning eng muhim tamoyillaridan biri bo'lgan eng qulay davlat rejimi ro'yxatidan o'tkazishning

esa ikkita majburiyati mavjuddir. Birinchidan, a'zo davlat, hech bo'lmaganda bitta a'zo davlatga bergan
qulayliklarni yoki imtiyozlarni boshqa a'zo mamlakatlarga ham so'zsiz yoki bir xil shartlar asosida

darhol qo'llashi kerak bo‘ladi. Ikkinchidan, a'zo davlat uchinchi tomonlarga nisbatan qo'llagan qulay

qoidani boshqa a'zo mamlakatlarga ham darhol qo'llashi talab etiladi.

JSTning axloq kodeksi doirasida, barcha a’zo davlatlar dempingga, subsidiy

alarga va miqdoriy

cheklovlarga, ya’ni. notarif to‘siqlarning barcha shakllariga qarshi taqiq qo‘yadilar.

Bundan tashqari, milliy amaliyot tamoyili qo'llaniladi. Shunga ko'ra, milliy savdoga oid

qonunchilik va amaliyot nuqtayi-nazaridan mahalliy va import tovarlari o'rtasida hech qanday farq

bo'lishi mumkin emas.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

66

Davlat mulkiga asoslangan iqtisodiyotlarning bozor iqtisodiyoti bilan birga yashashi raqobat

muhitini buzmasligini kafolat ostiga olish maqsadida "Davlat savdosi"ning tenglik asosida amalga

oshirish ham JSTning axloq kodeksi yoki xatti-harakatlar qoidalaridan biri hisoblanadi.

Xalqaro savdoni institutsionallashtirilishda va nizolarni hal etilishida muhim yutuqlarga erishgan

Urugvay raundi natijasida tashkil etilgan JSTning nizolarni hal qilish mexanizmi global savdoning
muammosiz oqimini ta'minlashda muhim vazifani o'z zimmasiga olgan. O'tmishdan hozirgacha JSTga

a'zo barcha mamlakatlar manfaat ko'rib kelayotgan ziddiyatlarni bartaraf qilish mexanizmi 2019 yildan
beri o'z vazifasini bajarolmayotganligi tufayli bu borada faoliyat qoidalarini yangitdan belgilanishi

muhimligi va dolzarbligi turli axborot vositalarida bayon etilgan.

JSTda islohot boʻyicha muhokama qilinadigan mavzulardan biri boʻlgan va mamlakatlar uchun

ustuvor ahamiyatga ega hisoblangan masala 12-Vazirlar konferensiyasida kun tartibiga kiritilib, 2 yil
mobaynida nizolarni hal qilish tizimining barcha a'zo mamlakatlarga oid yangitdan faol holatga

keltirilishiga doir zarur muhokama va tadqiqotlarni oʻtkazish majburiyati belgilangan

.

JSTda 2023-

yil yanvar oyidagi maʼlumotlarga koʻra, AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlari eng koʻp

shikoyat qiluvchi mamlakatlar sifatida namoyon bo‘lgan. Shunga ko'ra, AQSh tomonidan berilgan

shikoyatlar soni va shikoyat qilingan murojaatlar soni mos ravishda 124 ta va 157 ta, Yevropa Ittifoqi

esa 110 ta va 91 ta bo‘lgan. 2001 yilda JSTga a'zo bo'lgan Xitoyning esa 23 ta shikoyati va 49 ta shikoyat

murojaati bo‘lgan. Mazkur belgilangan davr mobaynida Turkiya oltita holatda ziddiyatlarni hal qilish

borasida shikoy

at qilgan bo‘lsa, o'n ikkitasida shikoyat qilingan mamlakat sifatida jami 18 marta

shikoyat masalasida qayd etilgan. Bu shikoyatlardan sakkiztasi maslahatlashuv bosqichida hal qilingan

bo‘lsa, qolganlari esa kengashga kiritilgan. Bundan tashqari, Tur

kiya jami 106 ta nizoda uchinchi tomon

sifatida ishtirok etgan.

Mintaqaviy hamkorlikka asoslangan milliy iqtisodiyot va uning sektorlarini himoyalashga

yo‘nalgan protektsionistik siyosatdan iborat aralash tizim Bretton

-

Vudsda oʻrnatilgan koʻp tomonlama

liberalla

shtirish tizimining oʻrnini egallamoqda.

Jahon yalpi ichki mahsuloti (YaIM) uzoq yillar mobaynida Rivojlangan mamlakatlar zarariga

o'zgarib bormoqda. Keltirilgan statistik ma’lumotlardan ko'rinib turibdiki, so'nggi 20 yil mobaynida

rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi sezilarli
darajada yaqinlashib bormoqda. Qayd etilgan davrda jahon yalpi ichki mahsulotida rivojlangan

mamlakatlarning ulushi 78,8% dan 57,8%ga, ya’ni, 21%ga kamaygan bo'lsa, rivojlanayotg

an

mam

lakatlarning ulushi 21,2%dan 42,2%ga, ya’ni, ikki baravarga ortganligini ko‘rish mumkin.

1-jadval

Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon yalpi ichki mahsulotlaridagi ulushi

(joriy baholarda % da,)

27

Mamlakatlar

2001

2011

2021

Rivojlangan

78,8

68,5

57,8

Rivojlanayotgan

21,2

31,5

42,2

Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon jami eksportidagi ulushi uzoq yillar mobaynida

muntazam ortib borayotganligi keltirilgan ma’lumotlardan ko'rinib turibdiki, 2001

-yilda jahon umumiy

eksportida rivojlanayotgan mamlakatlarning ulushi taxminan 2 trln. AQSh dollarini, rivojlangan
mamlakatlarniki esa 4,1 trln. AQSh dollarini tashkil qilib, ularning jahon eksportidagi nisbiy ulushi mos

ravishda 33% va 68% ga teng bo‘lgan.

2-jadval

Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning eksport hajmlari (trln.AQSh $)

28

Mamlakatlar

2002

2008

2014

2018

2021

Rivojlangan

4,1

9,2

9,7

9,9

10,8

Rivojlanayotgan

2,0

6,8

9,2

9,4

11,3

27

IMF. (2023, 15-yanvar). World Economic Outlook Database

28

ITC Trademap. (20-yanvar, 2023,).

https://www.trademap.org/Index.aspx


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

67

Jahon xo‘jaligida muntazam ravishda globallashuv jarayoni

shiddat bilan avj olib borayotgan 2020

yilga kelib, har ikkala toifa o'rtasidagi farq keskin darajada qisqarib, o‘zaro tenglashish tendensiyasiga

ega bo‘lganligini kuzatish mumkin. Xususan, 2021

-

yil natijalariga ko‘ra jahon eksportida

rivojlanayotgan mamlakatlarning salohiyati 11,3 trln. AQSh dollarini, rivojlangan mamlakatlarniki esa

10,8 trln. AQSh dollarini tashkil qilgan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar 500 mlrd. AQSh dollari
darajasida ortiqcha eksport qilgan.

Shuning uchun keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra jahon eksportida 2021

-yilda birinchi marta

rivojlanayotgan mamlakatlar ulushi rivojlangan mamlakatlar ulushidan ortib ketgani qayd qilingan.

Jumladan, 2021-yilda rivojlanayotgan mamlakatlarning jami eksporti 11,3 trln. AQSh dollari,
rivojlangan mamlakatlarning eksporti 10,8 trln. AQSh

bo‘lib, ularning jahon eksportidagi ulushi mos

ravishda 50,9 va 49,1 foizni tashkil etgan.

3-jadval

Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning jami jahon

eksportidagi ulushi

29

(%)

Mamlakatlar

2001 2002

2008

2012

2014

2018

2020

2021

Rivojlangan

67,4

67,2

57,5

51,4

51,3

51,3

50,9

48,9

Rivojlanayotgan

32,6

32,8

42,5

48,6

48,7

48,7

49,1

51,1

Jahon savdosida mamlakatlar samaradorligining muhim ko'rsatkichlaridan biri ularning

to'g'ridan-

to'g'ri xorijiy investitsiyalardagi ulushida namoyon bo‘ladi. Glo

bal hamjamiyatda 1995-yildan

buyon rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon miqyosidagi toʻgʻridan

-

toʻgʻri xorjiy investitsiyalardagi

ulushining oʻsish tendentsiyasi kuzatilgan boʻlsa

-da, rivojlangan mamlakatlarning bu boradagi ulushida

davriy ravishda jiddiy

oʻsish emas, balki, pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda.

Mazkur jarayonning global miqyosdagi tendensiyasidan ko‘rinib turibdiki, 2014

-yilda jahon

to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmida rivojlanayotgan mamlakatlar ulushi qariyb rivojlangan

mamlakatlar ulushiga tenglashib, uning hajmi 49,1% ni tashkil etgan.

2020-

yilda butun dunyo miqyosida 35 foiz darajasida qisqarish hisobiga toʻgʻridan

-

toʻgʻri xorijiy

investitsiyalar hajmi 936 mlrd. AQSh dollariga tushgan va natijada rivojlanayotgan mamlakatlar ulushi
66,9 foizga yetgan. Ayni paytda 2021-yilda jami

toʻgʻridan

-

toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi 64 foizga

o‘sib, 1,6 trln. AQSh dollarini tashkil etgan va unda rivojlanayotgan mamlakatlarning ulushi esa 52,9
foizga teng bo‘lgan.

4-jadval

Rivoj

langan va rivojlanayotgan mamlakatlarning to‘g‘ridan

-

to‘g‘

ri

xorijiy investitsiyalardagi ulushi

30

(%)

Mamlakatlar

2005

2010

2015

2018

2019

2020

2021

2022

Rivojlangan

66,2

54,6

50,9

49,3

58,5

32,8

40,4

29,2

Rivojlanayotgan

33,8

45,4

49,1

50,7

41,5

67,2

59,6

70,8

Jahonda toʻgʻridan

-

toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimi borasidagi ma’lumotlarga ko‘ra

mamlakatlar guruhlari bo'yicha so'nggi 20 yil mobaynidagi o'zgarish tendentsiyasi ko'zga

tashlanmoqda. Shu bois taraqqiy etayotgan bozorlar va rivojlanayotgan mamlakatlarning to'g'ridan-

to'g'ri investitsiyalari miqdori o'sish tendentsiyasiga ega bo‘lib, ular boshqa mamlakatlar guruhlariga

qaraganda global inqirozdan va COVID-

19 epidemiyasidan nisbatan kamroq zarar ko‘rgan.

Rivojlanayotgan iqtisodiyotlarning va yuksalib

borayotgan bozorlarning toʻgʻridan

-

toʻgʻri xorijiy

investitsiyalari miqdori 15 yil mobaynida 3 baravariga koʻpaygan boʻlsa, rivojlangan mamlakatlar va
umuman dunyoning toʻgʻridan

-

toʻgʻri xorijiy investitsiyalari miqdori qariyb ikki baravariga oshgan.

2008-yildagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan so'ng, ayniqsa G20 mamlakatlarida tobora

kuchayib borayotgan protektsionistik siyosat va amaliyotlarga e'tibor qaratilmoqda. G20 mamlakatlari

savdosiga ta'sir qiluvchi chora-tadbirlar va amaliyotlar JST tomonidan yiliga ikki marta e'lon qilinadi.
Shu nuqtayi nazardan, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish usullari va instrumentlarida ham, ularni

29

ITC Trademap. (20-yanvar, 2023,).

https://www.trademap.org/Index.aspx

30

World Investment Report (2022)

https://unctad.org/data-visualization/global-foreign-direct

investment-flows-over-last-30-years.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

68

qamrab olgan hududlarida ham sezilarli o'zgarishlar kuzatilmoqda. Ular orasidagi proteksionistik
choralar savdoni qulaylashtiradigan choralardan ustun hisoblanadi.

5-jadval

Mamlakatlar toifalariga ko‘ra to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi

31

(mln. AQSh $)

Yillar

Jahon

Rivojlangan

iqtisodiyotlar

Rivojlanayotgan

iqtisodiyotlar

1990

204887,7

171279,5

33608,23

2000

1356685

1133974

222711,3

2005

954072,5

631232,2

322840,3

2010

1393014

760395,1

632619,1

2015

2056416

1310140

746276,5

2016

2003454

1343604

659849,7

2017

1644872

943166,5

701705,4

2018

1375437

678199,8

697237,1

2019

1707830

998715,8

709114,3

2020

961983,2

315461,3

646521,9

2021

1478137

597242,8

880894,2

2022

1294738

378320,3

916417,9

2020-

yildan boshlab JSTi aʼzolari tomonidan, ayniqsa, eksport boʻyicha yangi cheklovlarni amalga

oshirish surʼati avvaliga

pandemiya, keyin ayrim mintaqadagi notinchlik va oziq-ovqat xavfsizligi

inqirozi tufayli jadallashgan. Ushbu eksport cheklovlarining bir qismi asta-sekin olib tashlangan bo'lsa-

da, oziq-ovqat, ozuqa va o'g'itlarga eksport cheklovlarining 44 foizi va pandemiya bilan bog'liq eksport
cheklovlarining 63 foizi G20 mamlakatlari tomonidan davom ettirib kelinmoqda.

Uzoq yillardan beri mintaqaviy savdo bitimlari soni ortib bormoqda, buni keltirilgan ma’lumotlar

asosida ko'rish mumkin. Jahon hamjamiyatida 2023 yil fevral holatiga ko'ra jami 355 taga yetgan

mintaqaviy savdo bitimlari sonining ko'payishi bilan bir qatorda, ularning butun dunyo bo'ylab
tarqalishi va rivojlanishi ham diqqatga sazovor jarayon hisoblanadi. Ko'pgina mintaqaviy savdo

bitimlari Yevropada, undan keyin Osiyo va Amerikada (xususan, Janubiy Amerikada) tuzilgan.

Bundan tashqari, JSTning tashkil etilishi bilan importga nisbatan joriy etilgan tarif stavkalarining

pasayishi kuzatildi. Yana bir e’tiborga molik masala, bu, so‘nggi yillarda nafaqat mintaqaviy savdo
bitimlari soni ko‘paydi

, balki ularning qamrovi ham kengaydi va yaxshilandi. Global iqtisodiyotda kun

tartibi va savdo siyosatining o'zgarishi bilan mintaqaviy yoki ikki tomonlama kelishuvlar qoidalari
kengayib, sarmoya, intellektual mulk huquqlari, raqobat va atrof-muhit, shuningdek, tariflarni

pasaytirish kabi mavzularni qamrab olmoqda.

Iqtisodiy diplomatiyaning vositalaridan biri hisoblangan raqobatbardosh axborot tashqi savdoga

va uning rivojlanishiga sezilarli darajada ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Jahondagi mamlakatlar, muassasalar,

korxonalar turli iqtisodiy jarayonlarni boshqarish maqsadida axborotga va ma'lumotlar tahliliga oid
strategiyalarni ishlab chiqadi. Zero, raqobatchilardan ajralib turish va ulardan bir qadam oldinda bo'lish

uchun trendlar tez-tez o'zgarib turadigan b

ugungi kunda ma'lumotlarni qo‘lga kiritish va tahlil qilish

muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, tahlil qilinayotgan ma'lumotlar (mamlakatlar, muassasalar,

korxonalar) qisqa, o'rta va uzoq muddatli strategik harakatlar va tadbirlar orqali amaliyotda
qo'lla

nilishi kerak bo‘ladi.

Milliy iqtisodiyotning tashqi savdodan maqsadi inobatga olinganda eksport hajmini oshirish va

global savdo jarayonidan ko'proq ulushga ega bo‘lish uchun tashqi savdoda qo'llaniladigan

raqobatbardosh axborotlar katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu bois raqobatbardoshlikni qo'lga
kiritilishi va rivojlantirilishi eksportni yuksaltirish uchun majburiyatga aylangan. Afsuski,

raqobatbardoshlik darhol erishib bo'ladigan vaziyat emas. Raqobatbardoshlikni shakllantirish keng va
qamrovli strategiya orqali uzoq muddatli transformatsiya jarayonini talab etadi.

31

World Investment Report (2022)

https://unctad.org/data-visualization/global-foreign-direct

investment-flows-over-last-30-years.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr

www.e-itt.uz

69

Rivojlangan iqtisodiyotlarning barcha turli-tuman strategiyalari bitta maqsadga xizmat qiladi,

ya’ni, ularning global savdo jarayonidan ko'proq ulush olishiga zamin yaratishga. Ana shu maqs

adda

raqobat kuchli boʻlgan xalqaro bozorlar toʻgʻrisida toʻplangan maʼlumotlar, ularni tahlil qilish va

amaliyotga joriy etilishi muvaffaqiyatli biznes yuritishning asosiy strategiyasini tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda ma'lumotlarni qo‘lga kiritish juda oso

nlashdi, ammo aniq ma'lumotlarga erishish

va ularni tahlil qilish uch

un turli xil ma'lumotlar manbalaridan foydalanish kerak bo‘ladi. Shu sababdan

ham bu jarayonlarning barchasini qamrab oluvchi “raqobat axboroti”ning bugungi kun iqtisodiyotida

ahamiyati muntazam ortib bormoqda. O'tmishdan hozirgi kungacha barcha davlatlar raqobatbardosh

axborot masalasida turli usullardan foydalanganlar. Bugungi kunda o'z kuchini saqlab qolgan bu
usullarga kun sayin rivojlanayotgan texnologiyalar natijasida yangilari ham ilova qilinmoqda.


Xulosa va takliflar.

Ushbu tadqiqotda GATT shartnomasi tuzilgandan JST tashkil etilgandan buyon mamlakatlar milliy

iqtisodiyotlarining yalpi ichki mahsuloti, eksporti va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalari rivojlanish

tendensiyasiga ko'ra, jahon savdo tizimi va uning xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonining

chuqurlashuviga ta’siri borasida asosiy mulohazalar bildirildi.

Shu nuqtayi-nazardan, ayniqsa, JST tashkil etilgandan so'ng jahon savdosidagi asosiy cheklovlar

olib tashlanishi natijasida uzoq yillar mobaynida rivojlanayotgan mamlakatlar eksport salohiyatini

oshirish va yalpi ichki mahsulotini ko‘paytirish bilan bir qatorda jahon savdosidan ham, to'g'ridan

-

to'g'ri xorijiy investitsiyalardan ham muntazam ravishda o‘sib borayo

tgan ulushini olmoqda.

Bundan tashqari, mamlakatlar tashqi savdo siyosatini amalga oshirishda faqat global platformalar

bilan kifoyalanmasdan, balki ikki tomonlama yoki mintaqaviy integratsiyaga ham katta ahamiyat
bermoqda. Darhaqiqat, ikki tomonlama yoki mintaqaviy integratsiya jarayonlari turi va ko'lami

muntazam ravishda rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, JSTda nizolarni hal qilish mexanizmini isloh qilish

borasida boshlangan muhokamalar va uning asosiy funktsiyalari bajarilganligi haqida bo‘lgan tanqidlar

natijasida mazkur jarayon yanada faollashgan deyish mumkin.

“Yangi normal holat” deb atalgan global savdo tizimini joriy doirada davom ettirishni maqsad

qilganlar bilan bir qatorda boshqa jarayonlarni boshlashni ustuvor hisoblovchilar mavjud. Shu bois
JSTning ko'p tomonlama savdo tizimidan ajralib chiqmasdan ikki tomonlama va mintaqaviy savdo

aloqalarini rivojlantirishda yetakchi bo‘lishi kutilmoqda. 1980

-

yillarning oʻrtalaridan boshlab xalqaro

savdoni liberallashtirish borasida Ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil etilgan mavjud tizimda muhim

oʻzgarishlar amalga oshirilgan

bo‘lib, ular Bretton

-

Vudsning koʻp tomonlama va eng qulay davlat rejimi

oʻrnini ikki tomonlama va imtiyoz berish tamoyillari egallagan.

Ko'p tomonlama, mintaqaviy va proteksionistik keli

shuvlardan iborat aralash tizimda qat’iy aniq

bo'lgan yagona narsa bu yangi xalqaro iqtisodiy siyosatning paydo bo'lishidir. Tadqiqotlar natijasida
olingan yana bir xulosa shundan iboratki, inson huquqlari, atrof-muhit, salomatlik va energetika kabi

global muammolar, ayniqsa iqlim o'zgarishi ham JSTni, hamda mintaqaviy savdo integratsiyalari va

kelishuvlarining eng ustuvor va dolzarb masalasi bo‘lishi kerak.

Adabiyotlar / Литература / Literature:

Fayzulloyev, Sh.J. (2023). O’ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA QO’SHILISHI NIMANI

ANGLATADI. ROSSIYA TAJRIBASI: EKSPERT FIKRLARI.

Евразийский журнал права, финансов и

прикладных наук,

3(2), 205

209.

https://in-academy.uz/index.php/EJLFAS/article/view/10720

IMF. (2023). World Economic Outlook Database.

Ismailova N.S. Uchqun Ro

Zimurod O

G

Li Rashidov, Abror Ro

Zimurod O

G

Li Rashidov (2021) JAHON

SAVDO TASHKILOTIGA QO'SHILISH: QO'SHILISH JARAYONI HAMDA UNING QONUNIY ASOSLARI
//Scientific progress.

№.

2.

ITC Trademap. (2023). https://www.trademap.org/Index.aspx.

Nilufar, I. (2022). JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIKNING MAMLAKATLAR TASHQI SAVDOSI

UCHUN

AFZALLIKLARI.

Архив

научных

исследований,

2(1).

извлечено

от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/560

Sodikov Z.R. (2021) Globallasuv sharoitida tashqi savdoning rivojlanish tendensiyasi. Monografiya.

T.:

C

omplex print”, 202

1. 84 b.

World Investment Report (2022)

https://unctad.org/data-visualization/global-foreign-direct

investment-flows-over-last-30-years.

World Trade organisation. (2022). Report on G20 Trade Measures.

https://www.wto.org

Библиографические ссылки

Fayzulloyev, Sh.J. (2023). O’ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA QO’SHILISHI NIMANI ANGLATADI. ROSSIYA TAJRIBASI: EKSPERT FIKRLARI. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 3(2), 205–209. https://in-academy.uz/index.php/EJLFAS/article/view/10720

IMF. (2023). World Economic Outlook Database.

Ismailova N.S. Uchqun Ro’Zimurod O’G’Li Rashidov, Abror Ro’Zimurod O’G’Li Rashidov (2021) JAHON SAVDO TASHKILOTIGA QO'SHILISH: QO'SHILISH JARAYONI HAMDA UNING QONUNIY ASOSLARI //Scientific progress. – №. 2.

ITC Trademap. (2023). https://www.trademap.org/Index.aspx.

Nilufar, I. (2022). JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIKNING MAMLAKATLAR TASHQI SAVDOSI UCHUN AFZALLIKLARI. Архив научных исследований, 2(1). извлечено от https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/560

Sodikov Z.R. (2021) Globallasuv sharoitida tashqi savdoning rivojlanish tendensiyasi. Monografiya. –T.: “Complex print”, 2021. 84 b.

World Investment Report (2022) https://unctad.org/data-visualization/global-foreign-direct investment-flows-over-last-30-years.

World Trade organisation. (2022). Report on G20 Trade Measures. https://www.wto.org