Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
80
ERKIN IQTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
VA INVESTITSIYALARNI JALB QILISH MASALALARI
Jumaqulov Ozodbek Shuhrat o'g'li
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Annotatsiya.
Maqolada mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy yuksalish uchun asosiy omil hisoblangan erkin
iqtisodiy zonalar, ularning jozibadorligi va yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish,
hududlarni raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni
o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik
-
kommunikatsiya, yo‘l
-transport, ijtimoiy
infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash uchun to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni kengaytirishning eng muhim omili sifatida erkin iqtisodiy zonalarni izchil
rivojlantirish borasida yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik,
eksport salohiyatini oshirish diversifikatsion siyosatni kuchaytirish mintaqalar iqtisodiyotini barqarorligini va
mamlakatimizdagi hozirgi holati yoritib berilgan.
Kalit
so’zlar
:
investitsiya, investitsion jozibadorlik, harakatlar strategiyasi, salohiyat, bozor
konyukturasi, strategik dastur, iqtisodiy zona, sanoat zona.
РАЗВИТИЕ СВОБОДНЫХ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ЗОН И
ВОПРОСЫ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНВЕСТИЦИЙ
Жумакулов Озодбек Шухрат
угли
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация.
В статье рассмотрены свободные экономические зоны, которые считаются
основным фактором социально
-
экономического развития страны, их привлекательность и
организация новых высокотехнологичных производств, более активное вовлечение регионов в
развитие производства конкурентоспособной и экспортной продукции. Изучена ориентация на
современную промышленную продукцию, производство, машиностроение являются благоприятными
условиями для последовательного развития свободных экономических зон как важнейшего фактора
расширения привлечения прямых иностранных инвестиций для обеспечения опережающего развития
связи, автомобильного транспорта, социальной
инфраструктуры и логистических услуг. Кроме того,
в статье анализируются такие вопросы, как создание, особенно малого бизнеса и частного
предпринимательства, повышение экспортного потенциала, усиление политики диверсификации,
устойчивости региональной экономики и текущей ситуации в нашей стране
.
Ключевые слова:
инвестиции, инвестиционная привлекательность, стратегия действий,
потенциал, рыночная ситуация, стратегическая программа, экономическая зона, промышленная
зона.
DEVELOPMENT OF FREE ECONOMIC ZONES AND ISSUES OF INVESTMENT ATTRACTION
Jumakulov Ozodbek Shuhrat ugli
Samarkand Institute of Economics and Service
Annotation.
The article discusses free economic zones, which are considered the main factor in the socio-
economic development of the country, their attractiveness and the organization of new high-tech industries,
more active involvement of regions in the development of the production of competitive and export products.
The focus on modern industrial products, production, and mechanical engineering have been studied as
favorable conditions for the consistent development of free economic zones as the most important factor in
expanding the attraction of foreign direct investment to ensure the rapid development of communications, road
transport, social infrastructure and logistics services. In addition, the article analyzes such issues as the creation,
especially of small businesses and private entrepreneurship, increasing export potential, strengthening
diversification policies, the sustainability of the regional economy and the current situation in our country.
Key words:
investments, investment attractiveness, action strategy, potential, market situation, strategic
program, economic zone, industrial zone.
VII SON - NOYABR, 2023
UO‘K: 339.168
80-83
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
81
Kirish.
Erkin iqtisodiy zonalar jahon iqtisodiyotining noyob rivojlanish shakliga aylandi va ko‘plab
mamlakatlarda keng tarqalgan. So‘ngi 5 yil mobaynida rivojlangan
va rivojlanayotgan mamlakatlarda
EIZlar tashkil etilishining faol
o‘sish tendensiyasi
kuzatilmoqda. Bugungi kunda mavjud 5400 ta
EIZlarning qariyb 1000 ga yaqin turli xil turdagi zonalari qayd etilgan muddatda tashkil etilgan
bo‘lib,
yana 500 tasi 2021 va undan keyingi yillarda tashkil etish boskichidadir. Butun jahon eksport ishlab
chiqarish zonalari assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, jahon savdosining 30% dan ortig‘i erkin
iqtisodiy zonalar orqali amalga oshiriladi. Erkin iqtisodiy zonalar eksport komponentini oshirish, xorijiy
investitsi
yalar oqimini ko‘paytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish
orqali mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Erkin iqtisodiy hududlar
to‘g‘risidagi tushunchalar va ularning mazmunmohiyati borasida
tadqiqotlar olib borgan xorijiy va mahalliy olimlarning ayrim fikrlari turlicha ekanligining guvohi
bo‘lamiz.
Bu borada iqtisodchi olim, Xujamkulov (2019) erkin iqtisodiy hududlarning mazmuni, maqsadi,
me‟yoriy
-huquqiy asoslari, tasnifiy jihatlari, erkin iqtisodiy hududlarda investitsiya muhiti va logistika
infratuzilmasi, bojxona rasmiylashtiruvi, erkin iqtisodiy hududlar faoliyatining rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlar tajribalari, offshor hududlar hamda O‘zbekistonda erkin iqtisodiy
hududlarning rivojlanish xususiyatlari ko’rib chiqilgan va tahlil
qilingan.
Shuningdek, Pavlov Maxsus hududiy subektlarni tashkil etishi, faoliyat
ko‘rsatishi va faoliyatini
tugatish sohasidagi jamoat munosabatlarini tartibga soluvchi xuquqiy normalarni birlashtiradigan
mustaqil muassasadir (Zaynalov, Aliyeva, Ruzibayeva, 2020).
Vaxabov (2010) fikricha, Erkin iqtisodiy
zona bu davlatda qabul qilingan xo‘jalik faoliyatining
tartibiga nisbatan
imtiyozli soliq rejimi qo‘llaniladigan geografik hudud. Boshqacha qilib aytganda, bu
milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo‘lib, u yerda uning boshqa qismlarida ishlamaydigan malum
imtiyozlar tizimi qo‘llaniladi va bu hududda davlatning iqtisodiy
jarayonlarga aralashuvi kamayadi .
Karimqulov (2019) fikricha, Erkin iqtisodiy hududlar deganda, muayyan iqtisodiy faoliyatni amalga
oshirishda kengaytirilgan mustaqillikka, boshqaruvning maxsus rejimi va investorlar iqtisodiy faoliyati
uchun qulay
sharoitlarga ega bo‘lgan hududni tushunish mumkin. Fikrimizcha ushbu umumiy
ta’rif,
jahon amalyotida uchraydigan turli xil va shakllardagi erkin iqtisodiy hududlar va ularga berilgan
ta’riflarni bitta umumiy qatorda joylashtirish imkonini beradi .
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, tahlil qilish, sintez qilish va
prognozlashtirish usullari qo‘llanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Mamlakatimiz hududlarining ishlab chiqarish, resurs salohiyatidan kompleks va samarali
foydalanishni taʼminlash, transport, muhandislik
-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarning alohida oʻrni
bor.
Hozirgi kunda
O‘zbekiston
Respublikasida
24 ta maxsus iqtisodiy
zonalar (MIZ) mavjud bo‘lib, ulardan 23 tasi sanoat, 1 tasi qishloq xo‘jaligi
ixtisoslashgan. 2008-yildan 2022-
yilgacha bo‘lgan davrda maxsus iqtisodiy zonalar hududlarida 3,2
milliard dollarlik jami 604 ta loyihalar amalga oshirildi. Umumiy summadan 896,9 mln dollarni
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar tashkil etadi. Loyihalar hisobiga 55 mingga yaqin yangi ish
o‘rinlari yaratildi. Ushbu loyihalarning eng yirigi Angren EIZ (1038,2 mln dollarlik 84 ta loyiha),
“Navoiy” EIZ (495,0 mln dollarlik 73 ta loyiha), “Urgut” EIZ (335,9 mln dollarlik 77 ta loyiha), va
“Qo‘qon” EIZda (280,2 mln dollarlik 84 ta loyiha) amalga oshirildi.Ko‘rib chiqilayotgan davrda EIZ
ishtirokchi korxonalar 13,7 trln so‘mlik 500 turdan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab
chiqarib, 283,1
mln dollarlik mahsulotlarni eksport qildilar, 2022-
yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 114 foizga oshdi.Erkin
iqtisodiy zonalar rivojlanishini tartibga soluvchi meʼyoriy
-
huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha
keng ko‘lamli ishlar olib borild
i.
Xususan, “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Hujjat bilan EIZlarni yaratish, ular faoliyat ko‘rsatishining muddatini uzaytirish va tugatish,
chegaralarini o‘zgartirish tartibi belgilandi hamda ularni bosh
qarish tizimi, shuningdek, EIZ
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
82
ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqildi.Bundan tashqari, hujjatda EIZ
hududida infratuzilma obyektlarini qurish yoki qayta taʼmirlash ishlari markazlashtirilgan hamda
nomarkazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkinligi nazarda tutilgan.EIZlarni
zarur infratuzilma bilan taʼminlash ularning samarali ishlashi va yangi investorlar va tadbirkorlarni o‘z
hududlarida loyihalarni amalga oshirishga jalb qilishning asosiy omili hisoblanadi. Shu munosabat bilan,
2023 yilda mavjud EIZni muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlariga ulash bo‘yicha ishlarni bajarish
uchun 847 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilgan.Xususan, bu EIZdagi investitsiya faoliyatining ijobiy
prognozlari bilan bog‘liq. 2023
-yilda Respublikaning erkin iqtisodiy zonalarida qiymati 983,6 mln
dollarlik 86 ta yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalarni amalga
oshirish natijasida 128 yangi turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab
chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va 13 ta
ming yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Erkin iqtisodiy zonalar hududida imtiyoz va preferensiyalar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 26.10.2016 yildagi
Farmonida erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchi
korxonalari quyidagilardan (Farmon, 2016):
-
yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi,
shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi taʼlim va tibbiyot
muassasalarining moddiy-
texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasig
a majburiy ajratmalaridan;
-
bo‘shab
qoladigan
mablag‘larni
yangi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, mavjud ishlab
chiqarishlarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va texnik, texnologik qayta jihozlash,
kengaytirish, ishlab chiqarish binolarini qurish, o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur xom ashyo
va materiallar xarid qilishga
maqsadli yo‘naltirgan holda o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib
kiriladigan uskunalar, xom ashyo, materiallar hamda butlovchi buyumlarni, mahsulot eksport
qilinganda vujudga keladi
gan qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy summasi qaytarilmasligi huquqi
bilan bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqar
- mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida
O‘zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks
ekspertiza
qilish markazi» DUKning tovarlar ro‘yxatini kompleks ekspertiza qilish natijalari bo‘yicha
ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda chetdan keltiriladigan qurilish materiallarini bojxona to‘lovlaridan
(bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan
mustasno).
EIZda imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan:
❖
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar
—
3 yil
muddatga;
❖
3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar
—
5 yil
muddatga;
❖
5 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar
—
7 yil
muddatga;
❖
10 million va undan ko‘p AQSH dollari hajmidagi investitsiyalar so‘nggi 5 yilda
amaldagi
stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad
solig‘i
va
yagona soliq to‘lovi stavkalari qo‘llangan holda —
10 yil muddatga beriladi.
❖
EIZda ishtirok etayotgan korxonalar erkin iqtisodiy zonalar faoliyati davomida eksportga
yo‘naltiriladigan
mahsulotlar ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan xom ashyo, material va butlovchi
buyumlar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod
etiladi.
❖
Davlat erkin iqtisodiy zonalarning qatnashchilarining muhnadislik- kommunikatsiya
tarmoqlarga, ularni ishlab chiqarish maydonchalariga o‘z vaqtida tutashtirgan holda, kafolatli ulanishini
taʼminlaydi.
Xulosa va takliflar.
Erkin iqtisodiy zonalar asosiy mohiyati mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun
ichki va tashqi kapitalni, istiqbolli texnologiyalar va boshqaruvga oid tajribalarni jalb etish maqsadida
tuziladigan, aniq
belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus
ajratilgan hududlarni anglatadi.
O’zbekiston
sharoita EIZlar tashkil qilishga
bo’lgan
xarakatlar va hozirgi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
83
kundagi istiqbolli rejalar juda muhim ahamiyat kasb
etadi. O’zbekistonning iqtisodiy xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda va ayrim nozik jihatlarni hisobga olgan holda EIZlarning tashkil etilishi kelajakdagi
yutuqlarga podevor bo’lib xizmat qiladi. EIZlar tashkil qilishdan turli mamlakatlar turlicha
maqasad
larni ko’zlaydilar. EIZni tashkil etishdan ko’zlangan asosiy maqsadlar
quyidagicha:
✓
mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyasini jalb etish, ayniqsa
to’g’ridan
-
to’g’ri
investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay imkoniyat;
✓
chet el investorlari ishtirokida mamlakat tadbirkorlari faoliyatini
yo’lga
qo’yish va oqibatda
tovar va xizmatlar eksporti hajmini oshirish;
✓
mamlakatning ichki bozoriga yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlar, yangi texnika va
texnologiyalarning kirib kelishi va tadbiq qilinishini
ta’minlash.
Jahon
xo’jaligida
maxsus iqtisodiy hududlarning shakllanishi,
ya’ni
tashkil qilish va jahon
xo’jaligida maxsus iqtisodiy hududlar
faoliyatini rivojlantirish orqali tarqqiyotga erishish va milliy
iqtisodiyot yuksalishida tashqi savdo-sotiq siyosatini ilmiy nuqtai nazardan tadqiq etish, uning ijobiy
tomonlarini umumlashtirish asosida
O’zbekistonda
erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va uni
rivojlantirish istiqbollari, hamda maxsus iqtisodiy hududlarlarni tashkil etishdagi jahon tajribasidan
O’zbekistonda foydalanish imkoniyatlari borasida
quydiagi takliflarni bildirib o’taman: EIZlardagi
xalaro intermodal logistik habning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va hududning sanoat ishlab
chiqarish hududida jahon standardlariga javob beradigan va raqobatga dosh beradigan eksport
mahsulotlarini ishlab chiqarish, hamda import o’rnini bosuvchi tovarlarni ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yish eng ustivor vazifalardan hisoblanadi. EIZ dasturlarining samara berishi o’z
-
o’zidan kompleks
rivojlanish uchun turtki beradi. Chunki hududni tashkil etishining bevosita foydalaridan tashqari,
bilvosita foydalari ham mavjud. Shu sababdan eng katta e’tibor aynan mana shu zonalarni tez va sifatli
ravishda tashkil qilish hamda uning faoliyatini kengaytirish yo’lidagi sa’y
- xarakatlarga qaratilishi lozim.
O‘zbekistonga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va EIZlarning faoliyatini
rivojalantirish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlar muhim hisoblanadi:
❖
soliq mexanizmini yanada yengillashtirish ( Soliq stavkalarini pasaytirish, ba’zi faoliyat turlari
uchun soliq stavkasini kamaytirish)
❖
moliya-kredit mexanizmini yaxshilash (MIZ rezidentlari uchun davlat tomonidan subsidiyalar
ajratish, MIZ rezidentlari uchun kredit foiz stavkalarini pasaytirish)
❖
logistika tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
❖
EIZ rezidentlari uchun imtiyoz muddatini uzaytirish;
❖
eksport bilan
bog‘liq
munosabatlarda davlat tomonidan yordam
ko‘rsatish.
Adabiyotlar/Literatura/Reference:
Farmon (2016) Erkin iqtisodiy zonalar hududida imtiyoz va preferensiyalar O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 26.10.2016 yildagi
Farmoni
Karimqulov J.I. (2019) Erkin iqtisodiy hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rivojlantirish
yo‘nalishlari.
Iqt. fan. dok. ilm. dar. olish uchun yoz. diss. avtoref.
–
T.: BMA,.
–
13 b.
Xujamkulov D.Y. (2019) Erkin iqtisodiy hududlar. Darslik.
–
T.: IQTISODIYOT,
–
408 b.
Zaynalov J.R., Aliyeva S.S., Ruzibayeva N.X. (2020) Darslik/Investitsiya, -480 b.
Вахабов А.В. Хожибакиев Ш.Х., Муминов Н.Г. (2010) Инностранные инвестиции. Учебное
пособие. –
Т.: Молия,.
-
С.180
