Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
90
TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLARNING VUJUDGA KELISH
SABABLARI
VA O‘ZIGA Х
OS
Х
USUSIYATLARI
Maxmudov Rahimjon Hamid o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarning ko‘p qirrali
masalalari
o‘rganilgan bo‘lib ularning o‘ziga xos xususiyatlarni tushunishga e’tibor qaratgan holda, moliyaviy
institutlarda risklarni boshqarishga doir muhim masalarga qaratilgan. Tadqiqot muammoli kreditlarning
paydo bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillar, ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlari, kredit bozorining sharoitlari, qarz
oluvchiga xos xususiyatlarni va tartibga solish ta’sirini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tadqiqot
muammoli kreditlarning kredit hajmi, turi va garovi kabi o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib chiqilgan va
ularni kreditlardan ajratib turadigan holatlarga oydinlik kiritilgan.Shuningdek tijorat banklari uchun
kreditlarni to‘lamaslik xavfini kamaytirish uchun samarali strategiyalarni ishlab chiqish uchun muhim
yondashuvlaer keltirilgan.
Kalit
so‘zlar:
tijorat banklari, kredit amaliyoti.muammoli kreditlari, yuqori rentabellik,
makroiqtisodiy omillar, kredit risklari.kredit shartnomalari.
ПРИЧИНЫ И ОСОБЕННОСТИ ПРОБЛЕМНЫХ КРЕДИТОВ В КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ
Махмудов Рахимжан Хамид угли
Ташкентский
государственный
экономический
университет
Аннотация
.
В данной статье рассматриваются многогранные вопросы проблемных
кредитов в коммерческих банках, уделяется особое внимание пониманию их специфических
особенностей, акцентируя внимание на важных вопросах, связанных с управлением рисками в
финансовых организациях. Исследование включает факторы, влияющие на возникновение
проблемных кредитов, их экономические показатели, состояние кредитного рынка,
характеристики заемщиков, а также регуляторные эффекты. Кроме того, в исследовании
рассматриваются специфические характеристики проблемных кредитов, такие как объем
кредита, вид и обеспечение, а также выделяются обстоятельства, отличающие их от кредитов.
Кроме того, представлены важные подходы коммерческих банков к разработке эффективных
стратегий по снижению риска невыплата кредитов
.
Ключевые слова:
коммерческие банки, кредитная практика, проблемные кредиты,
высокая доходность, макроэкономические факторы, кредитные риски, кредитные договоры.
REASONS AND FEATURES OF PROBLEM LOANS IN COMMERCIAL BANKS
Makhmudov Rahimjon
К
hamid ugli
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article examines the multifaceted issues of non-performing loans in commercial
banks, focusing on understanding their specific features, emphasizing important issues related to risk
management in financial institutions. The study includes factors influencing the occurrence of problem
loans, their economic indicators, the state of the credit market, characteristics of borrowers, as well as
regulatory effects. In addition, the study examines the specific characteristics of problem loans, such as loan
volume, type and collateral, and highlights the circumstances that distinguish them from loans. It also
presents important approaches of commercial banks to develop effective strategies to reduce the risk of
loan default.
Keywords:
commercial banks, lending practice, problem loans, high profitability, macroeconomic
factors, credit risks, loan agreements.
UO‘K: 336.77
VII SON - NOYABR, 2023
90-98
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
91
Kirish.
Mamlakat moliya tizimining barqarorligi va mustahkamligi uning tijorat banki sektori sog‘lomligi
bilan uzviy bog‘liqdir. Ushbu muhim sohada doimiy tashvish muammoli kreditlarning paydo bo‘lishi
bilan
bog‘liq. Kechiktirilgan toʻlovlardan tortib to defoltgacha boʻlgan noqulaylik belgilarini
koʻrsatadigan ushbu kreditlar ham moliyaviy institutlar, ham tartibga soluvchilar uchun jiddiy muammo
hisoblanadi. Muammoli kreditlarni keltirib chiqaradigan murakkab omillarni tushunish, shuningdek,
ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash risklarni samarali boshqarish va maqsadli choralarni
shakllantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy tizimda tijorat banklari uchun jiddiy risk
tug‘diruvchi bank amaliyotlardan biri muammoli kredit amaliyoti alohida o‘rin tutadi. Ushbu kreditlar
bank sektorida hamda iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatadigan moliyaviy muammo hisoblanib kelmoqda.
Iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirishda tijorat banklarining roli ahamaiyati tobora oshgani sari ularning
samaradorligi umumiy iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan izohlanadi, chunki sog‘lom va
daromadli bank sektori salbiy zarbalarga bardosh bera oladi hamda moliyaviy tizim barqarorligiga hissa
qo‘shadi.
(Athanasoglou, Brissimis and other, 2005). Xususan, muammoli kreditlar va moliyaviy
barqarorlik kuzatilganda makroiqtisodiy sharoitlar yanada muhimroq bo‘lib, uning ta’siri yanada
mazmunli bo‘lib bormoqda. Xalqaro bank amaliyotlari shuni ko‘rsatmoqdaki Markaziy banklarning
moliyaviy barqarorlik hisobotlarida, bank sektorining moliyaviy barqarorligiga eng katta tahdid
muammoli kreditlari hisoblanmoqda.Tijorat banklari nafaqat o‘z moliyaviy faoliyatini nazorat etishi,
balki moliya tizimining barqarorligiga hissa qo‘shish uchun muammoli kreditlarni sa
marali boshqarish
muhimligini tan olib kelmoqda. Bank sanoati iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun kreditlar berish
orqali iqtisodiy o‘sish va rivojlanishda katta rol o‘ynaydi. Biroq, kredit berishda har qanday kreditorning
asosiy tashvishi moliyaviy
mablag‘larni qay tarzda qaytarishdir (
Do, Ngo, Phung, 2020). Muammoli
kredit amaliyotlarida qarz oluvchilarning qarz shartlari bo‘yicha defolt qilish ehtimolidan kelib chiqadi
va natijada muammoli kreditlarning yuqori darajasiga olib keladi. Moliyaviy bozorlar hamda iqtisodiy
sharoitlar o‘zgarib borar ekan, bank
sektori barqarorligini ta’minlash uchun muammoli kreditlarni
chuqur o‘rganish zaruriyati ortib boradi. Ta’sir etuvchi omillar va o‘ziga xos xususiyatlarning murakkab
jarayonlarini ochib berish orqali ushbu tadqiqot manfaatdor tomonlarni, jumladan, tijorat banklari,
tartibga soluvchilar va iqtisodchilarni muammoli kreditlar ko‘rinishiga qarshi moliyaviy tizimning
chidamliligini mustahkamlash uchun bebaho tushunchalar bilan jihozlashga harakat qiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Tijorat banklarida muammoli kreditlarning vujudga kelish sabablari va o‘ziga hos hususiyatlari
nazariy va amaliy jihatlari, hamda ularni joriy etish masalalari bir qator iqtisodchi olimlar tomonidan
tadqiq etilgan. Shuningdek, tijorat banklarida muammoli kreditlarning vujudga kelish sabablari va
o‘ziga hos hususiyatlari bo‘yicha ko‘plab nazariy ilmiy ishlar qilingan va taʼriflar berilgan.
Xususan, qtisodchi olimlar Ximenez va Saurina kreditlarning tez o‘sishining kredit portlashiga
ta’siri bo‘yicha tadqiqotlarida kreditlarning tez o‘sishi va muammoli kreditlarning ko‘payishi o‘rtasida
kuchli ijobiy bog‘liqlik mavjudligining empirik tahlilla
ri orqali izohlagan (Jimenez and Saurina, 2005).
Tadiqoqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki muammoli kreditlarning bir qancha sabablari bo‘lib
jumladan, iqtisodiy tanazzul, kredit riskini baholashdagi xatolar, garov ta’minotining etarli emasligi va
qarz oluvchiga xos omillardan iborat. Tanqili iqtisodchi olim Mwangining (2012) fikricha kredit riski
tijorat bankirlarni hamda butun biznes olamini tashvishga solishi natijasida savdo hamkorlarining o‘z
majburiyatlarini belgilangan muddatda to‘liq bajarmaganligi boshqa sherikning ishlariga jiddiy xavf
tug‘dirishi mumkin (Mwangi, 2012). Olimning fikricha Ba’zida bu qiyinchiliklar banklar nazorati ostida
bo‘lmagan tashqi hodisalar, xususan, bozor o‘zgarishi, geosiyosiy omillar yoki kutilmagan global
inqirozlar natijasida yuzaga kelishi bilan izohlash mumkin
Xorijlik olimlar Do, Ngo, Phunglarga (2020)
ko‘ra muammoli kreditlar banklar faoliyatini aks
ettiradi. Banklar kredit berish amaliyoti orqali iqtisodiy o‘sishni taraqqqiy etishi va risklarni
kamaytirish uchun zarur himoya choralarini qo‘llab
-
quvvatlash o‘rtasida muvozanatni saqlashga
intiladi. Muamm
oli kreditlar paydo bo‘lganda, tijorat banklari mas’uliyat bilan yondashishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘yadi. Tadqiqotchilar aylanma mablag‘larni boshqarish strategiyalarini o‘rganishda
moliyaviy qarorlarning ta
’minot zanjiri faoliyatiga ta’sirini tushunishda hamda ta’minot zanjiridagi
moliyaviy risklarni minimallashtirishda aylanma mablag‘lar aylanuvchanligini oshirish zarurligini
ta’kidlab o‘tgan.
Xorijlik iqtisodchi olimlar Singh, Basuki, Setiawan (2021)
larga ko‘ra muammoli kreditlarni
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
92
kamaytirish
bank infratuzilmalari tubdan o‘zgarishi fonida, o‘zgaruvchan biznes modellari, tartibga
solish va muvofiqlik bosimining kuchayishi va innovotsion texnologiyalardan kelib chiqadigan yangi
raqobat tufayli o‘z aktsiyadorlari uchun foyda keltirib boradi. Binobarin moliya bozorlarida o‘z mavqeini
mustahkam pozitsiyasini saqlab turishda muammoli kreditlar amaliyotlarini samarali boshqarish va
nazorat qilsih zarurati otrib bormoqda.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotda ilmiy abstraksiyalash, guruhlash, qiyoslash, retrospektiv va istiqbolli, empirik tahlil
va boshqa uslublardan foydalanildi. Maqolada ilmiy abstraksiyalash usuli yordamida Tijorat banklarida
muammoli kreditlarning vujudga kelish sabablari va o‘ziga hos hususiyatlari
asoslandi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Tijorat banklari qarz oluvchilarga moliyaviy barqarorlikni tiklashga yordam berish maqsadida
kreditni qayta tuzish imkoniyatlarini o‘rganishi, to‘lov muddatini uzaytirish yoki vaqtinchalik
yengilliklarni
ta’minlash uchun qarz oluvchilar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bundan tashqari,
banklar tashqi ekspertlar bilan hamkorlik qilishlari, me’yoriy huquqiy asoslarni himoya vositalarini
qo‘llashi va tartibga soluvchi ko‘rsatmalarga muvofiq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni
qoplash uchun zaxiralar yaratishi mumkin. Bank sektorida muammoli kreditlarning yuqori darajasi va
o‘sish tendentsiyasi ushbu kreditlar bo‘yicha ajratilgan aktivlarning ko‘payishiga va natijada tiojrat
banklar va butun moliyaviy sektorining rentabelligi hamda kapital etarliligining potentsial pasayishiga
olib keladi (Kozarić, Dželihodžić, 2020).
Tijorat banklari iqtisodiy o‘sish va farovonlikka ko‘maklashishda muhim rol o‘ynashini tushungan
holda muammoli kreditlarning o‘z faoliyatiga va kengroq moliyaviy tizimga ta’sirini minimallashtirish
uchun mas’uliyatli kreditlash amaliyoti hamda mustahkam r
isklarni boshqarishga sodiq qolishi alohida
ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklari ushbu muammolarni faol va ehtiyotkorona tarzda hal etish orqali
ishonchli moliyaviy vositachilar va o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan jamiyatlarning iqtisodiy farovonligiga
hissa
qo‘shuvchi sifatidagi rolini qo‘llab
-quvvatlashni maqsad qilib boradi.
Muammoli kreditlar tijorat banklarning ishlash standartini aks ettirgan holda halqaro me’yoriy
huquqiy asoslarga ko‘ra, moliyaviy institutlar tavakkalchilik darajasi va to‘lanmagan kredit sifatini
anglatuvchi ko‘rsatkich sifatida o‘z ishlamaydigan kreditlarning umumiy kreditlar nisbati to‘g‘risida
hisobot berishini nomoyon etadi. Ko‘rsatkichlarning yuqori darajada aks etishi bank qarz summalarini
undirmasa, yo‘qotish riski katta ekanligini anglatadi, kichik nisbat esa to‘lanmagan kreditlar bank uchun
past
riskini tug‘diradi.
1-
rasm. Muammoli kreditlarni samarali boshqarish yo‘llari
52
Muallif tomonidan mustaqil ishlab chiqilga
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
93
Yuqoridagi 1-
rasmga ko‘ra tijorat banklarida muammoli kreditlarni samarali boshqarish usullari
keltirilgan. Unga ko‘ra bugungi kunda tijorat banklarida o‘z kapitalini saqlash, yuqori likvidlik, risklarni
yumshatish hamda normativ muvofiqlik kabi omillar nafaqat muammoli kreditlarni boshqarishda balki
bank moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlarini pozitiv holatiga olib kelishda aks etadi.
Kapitalning saqlanishi:
Muammoli kreditlar to‘liq to‘lanmaslik xavfi ostida bo‘lgan aktivlarni
ifodalab tijorat banklari o‘z kredit portfelining muhim qismi to‘lanmaydigan kreditlar bo‘lsa, u boshqa
yo‘l bilan yangi kreditlar va investitsiyalar uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan kapitalni bog‘laydi.
Muammoli kreditlarni samarali boshqarishda bank kapitalining noto‘g‘ri ishlayotgan aktivlarga
bog‘lanib qolmasligini ta’minlaydi, bu uning moliyaviy barqarorligi uchun zarurdir. Ushbu holatda bank
sektorining mol
iyaviy barqarorligi o‘zining joriy va kelajakdagi faoliyatida jiddiy buzilishlarsiz,
moliyaviy natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan zarbalarni o‘zlashtira oladigan jarayonni anglatadi.
Yuqori rentabellik:
Muammoli kreditlar foiz daromadlarining pasayishi bilan bog‘liq va ko‘p
hollarda moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha zaxiralarni hisobdan
chiqarishni talab qiladi.
1.
Muammoli kreditlarni samarali boshqarish ushbu kreditlarni qaytarish yoki hal qilish
strategiyalarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bank o‘z rentabelligini oshirishi, kreditlar bo‘yicha foizli
daromad olishni boshlashi va muammoli kreditlarni boshqarish bi
lan bog‘liq xarajatlarni kamaytirib
boradi. Muammoli kreditlar nisbatining pasayishi davlat sektori banklari va xususiy sektor banklari
yuqori rentabellik ko‘rsatkichlari sifati yaxshilanganidan dalolat beradi. Shuningdek, xorijlik iqtisidchi
olimlar Stuti
va Bansallar o‘z ilmiy tadqiqotlarida muammoli kreditlar umumiy kreditlarga nisbatining
oshishi tijorat banklarini xavotirga solishi lozimligini ta’kidlab o‘tkan (Stuti & Bansal, 2013)
.
2.
Riskni yumshatish:
Muammoli kreditlar tijorat banklarida kredit riskining ajralmas
ko‘rinshlaridan biri hisoblandi. Risklarni noto‘g‘ri boshqarish banklarning ish faoliyatini salbiy
munosabatlarni nomoyon qilish natijsida muammoli kreditlar va boshqa moliyaviy inqirozlar ortib
borish tendentsiyani ko‘rsamoqda (Haneef, 2012). Agar ushbu moliyaviy risk to‘g‘ri boshqarilmasa,
to‘lovga layoqatsizlik riski va moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Muammoli kreditlarni
samarali boshqarish, ushbu kredit xavfini kamaytirishga yordam beradi va bankni beqarorlashtirishi
mumkin bo‘lgan kredit to‘lamaslikning domino effektini oldini oladi.
3.
Normativ muvofiqlik
: Bank regulyatorlari tomonidan bank ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan
muammoli kreditlar darajasiga talablar qo‘yadi. Kredit tavakkalchiligini miqdoriy baholashda tijorat
banklari potentsial ravishda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan turli xil yondashuvlar mavjud
bo‘lib, ular
ham ichki kapitalga, ham risklarni boshqarishga, shuningdek, kapitalning minimal talablarini tartibga
solishga ta’sir qiladi (Erdinç, Gurov, 2016).
Bugungu kunga kelib muammoli kreditlarni samarali boshqarish tijorat banklar va moliya
institutlarining samaradorligi hamda barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib ushbu
kreditlarni muntazam nazorat qilish banklarning uzluksiz ishlashi va uzoq muddatli daromadlilik
tsiklini va hayotiyligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Muommoli kreditlarning makro va mikro darajadagi tasodifiy omillarni aylanish sikli boy’icha
xorijiy olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra barqaror o‘sishga mustahkam bank
tizimisiz erishib bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
Shuningdek, yuqori qarz odatda o‘sishni sekinlashtiradi va moliyaviy beqarorlikka olib keladi
(Kumar and Woo, 2010) (2-rasmga qarang).
2-rasmdan
ko‘rinib turibdiki muammoli kreditlarni makroiqtisodiy indikatorlar, xususan aholi
jon boshiga past va yuqori foiz stavkalari qarz oluvchilarning to‘lov qobiliyatining pastligiga olib keladi
hamda oxir-
oqibat umidsiz qarzlarning yig‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Muammoli kreditlarning
makroiqtisodiy sabablari energiya inqirozi, siyosiy beqarorlik, ishsizlik, YaIM o‘sish sur’ati, inflyatsiya
va yuqori foiz stavkasi kabi omillarni o‘z ichiga oladi (
Ikram & Sadiq, 2016).
Moliya institutlarida muammoli kreditlar zaxira kreditlar bo‘yicha kutilayotgan zararlarni nazorat
qilish mexanizmi sifatida qaraladi. Xorijiy amaliyotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, zaxiralar kreditlar bo‘yicha
sukut bo‘yicha intsidentlarga sabab bo‘ladi, muammoli kreditlar darajasi yuqori bo‘lgan zaxiralarning
yuqori stavkalari bilan bog‘liq. Shuningdek, muammoli kreditlarni boshqarish nafaqat moliyaviy
muammo, balki tijorat banklari samaradorligi, rentabelligi va umumiy barqarorligiga bog‘liq bo‘lgan
asosiy ustundir (Hosna, Manzura, Juanjuan, 2009).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
94
2-rasm. Muammoli kreditlarning makro va mikro darajadagi tasodifiy
omillar ishtirokidagi aylanish sikli
Ilmiy ishlanmalar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki muammoli kreditlar turli sabablarga ko‘ra paydo
bo‘lgan va unga ko‘ra tijorat banklar uchun
kredit riskini samarali boshqarish va kamaytirish uchun juda
muhimdir. Tijorat banklaridagi muammoli kreditlarning keng tarqalgan sabablari yuqoradigi rasmda
keltirilgan (3-rasmga qarang).
Iqtisodiy tanazzul mamlakat makroiqtisodiy indikatorlari tarkibiga kiruvchi ish o‘rinlarining
kamayib ketishiga, aholi daromadlarning pasayishiga va tadbirkorlik faoliyatidagi muvaffaqiyatsizlikka
olib kelishiga sabab bo‘ladi. Qarz oluvchilar ushbu qiyin davrlarda kredit to‘lovlarini amalga oshirishda
ma’lum qiyinchiliklarga uchraydi hamda muammoli kreditlarning ko‘payib borishiga olib keladi.
Evropolik iqtisodchi olim R Mileris ilmiy ishlarida Litva davlatida tijorat banklari kredit portfelida
muammoli kreditlarning yuqori ulushi muammosiga duch kelganini izohladi. Olimning tadqiqotlar
natijalari shuni ko‘rsatdiki, 2008 yildagi iqtisodiy tanazzuldan oldin muammoli kreditlar ulushi 4,6%
bo‘lgan bo‘lsa, 2009 yilda bu ko‘rsatkich 19,3% gacha o‘sgan va 2012 yilgacha ushbu ko‘rsatkich 18%
yuqori darajani saqlanib qolgan (Asfaw, Bogale, Teame, 2016).
Kredit riskini salbiy baholash natijasida banklar zarur kreditga layoqatlilik mezonlariga javob
bermaydigan qarz oluvchilarga kreditlar amaliyotlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.Ushbu holatda
kredit
tavakkalchiligini ishonchsiz baholash, daromadlarni noto‘g‘ri tekshirish, garov ta’minotini
noto‘g‘ri baholash, noto‘g‘ri kredit reytingi hamda kreditlarni to‘lamaslik ehtimoli yuqori darajada
bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Kredit riskini salbiy baholash bu kredit tavakkalchiligi bilan bog‘liq
hodisalarning moliya institutiga ta’sirini nazorat qilish jarayoni bo‘lib, potentsial yo‘qotish darajasini
aniqlash, tushunis, miqdorni aniqlash va natijada kredit riskini kamaytirish uchun tegishli choralarni
ko‘rishni o‘z ichiga oladi (Asfaw, Bogale, Teame, 2016).
Muammoli kreditlani amalga oshirishda kredit tavakkalchiligini muvaffaqiyatli boshqarishni
ta’minlash uchun kredit tashkiloti o‘zining kredit riski strategiyasiga muvofiq har tomonlama
boshqarishni ishlab chiqishi va joriy qilishi talab etiladi.
Banklar kredit riski va boshqa risklar o‘rtasidagi munosabatlarni ham hisobga olishlari kerak.
Kredit tavakkalchiligini muvaffaqiyatli boshqarish risklarni boshqarishga yaxlit yondashuvning muhim
elementi bo‘lib, har qanday bankning uzoq muddatli muvaffaqi
yati uchun zarurdir.
53
Muallif tomonidan mustaqil ishlab chiqilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
95
3-rasm. Muammoli kreditlarning kelib chiqish sabablari
Qarz oluvchilarni to‘liq tekshirish o‘tkazilmasligi muammoli kreditlarga olib kelishi mumkin.
Banklar qarz oluvchining to‘lov
qobiliyatini etarli darajada baholamasligi yoki anderrayting jarayonida
muhim moliyaviy ma’lumotlarni e’tiborsiz qoldirishi noto‘g‘ri tekshirish oqibatlari bo‘lib muommoli
kreditlani yanada oshishiga olib keladi. Shuningdek, iqtisodchi olimlar Jozef va boshqalar tomonidan
qilingan tadqiqotlarga ko‘ra salbiy kredit siyosati muammoli kredit tahlilining zaifligi va risklarni
noto‘g‘ri boshqarish asosiy ta’sir qilivchi omillar sifatida qaralgan (
Joseph, Edson & other, 2012).
Kreditning kamayishi monitoringi, banklar tomonidan kreditlar berilgandan so‘ng, banklar qarz
oluvchining faoliyatini doimiy ravishda kuzatib borishi zarur aks holda noto‘g‘ri monitoring kreditga
layoqatlilikning yomonlashuvini kech aniqlashga va to‘lovni to‘lash ehtimolini pasayishiga olib keladi.
Banklardagi muammoli kreditlarning haddan tashqari yuqori darajasi korporativ boshqaruvning
yomon usullari, kredit kamayish monitoring jarayonlarining sustligi va kredit risklarini boshqarish
amaliyotining mavjud
emasligi yoki ularga rioya qilmaslik bilan ham bog‘liq bo‘ladi (Hamisu, Ibrahim
&
other, 2021).
Siyosiy beqarorlik, savdo mojarolari va geosiyosiy keskinliklar iqtisodiy muhitga ta’sir qilishi va
qarz oluvchilarning kreditlarni qaytarish qobiliyatini buzishi banklarda kredit portfeli sifatiga ta’sir
etgan holda muammoli kreditlarning vujudga kelishining yana bir makro darajadagi omillaridan biri
bo‘lib hisoblanamoqda. Makro muhitda geosiyosiy omillar o‘z ichiga oluvchi savdo bahslari, iqtisodiy
noaniqlik, valyuta o‘zgaruvchanligi, biznesdagi uzilishlar, sanoatning zaif tomonlari, mintaqaviy farqlar,
sanksiyalar va cheklovlar hamda kredit portfelini diversifikatsiya qilishdagi kamchiliklar banklarda
muammoli kreditlanring ko‘payishga va moliyaviy zararlarning ortishiga olib keladi.
Valyutalar o‘zgaruvchan mintaqalarda valyuta kursining o‘zgarishi ayniqsa valyutalari
o‘zgaruvchan mintaqalarda, haqiqatan ham qarz oluvchilarning boshqa (4
-rasmga qarang).
54
Muallif tomonidan mustaqil ishlab chiqilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
96
4-
rasm. Banklar va kreditorlar o‘rtasida muammoli kreditlarning vujudga
kelishining ichki omillari
Qarz oluvchining bank bilan aloqaga chiqishdan bo‘yin tovlashi banklar va kreditorlar o‘rtasidagi
ochiq muloqotda moliyaviy muammolarni hal qilish va kreditlarning muammoli bo‘lib qolishida defolt
holatini nomoyon
etishiga sabab bo‘ladi. Ushbu holatda kreditor bilan aloqa yo‘qligi sababli muammoli
kreditlarning paydo bo‘lishi qarz oluvchi uchun qo‘shimcha salbiy moliyaviy oqibatlarga olib kelishi
masalan, hisoblangan foizlar, jarimalar va hatto agar kredit kafolatla
ngan bo‘lsa, garovni yo‘qotishiga
olib keladi.
Qarz oluvchi moliyaviy holati bo‘yicha maʼlumotlarni kech hamda to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim
etishi, agar qarz oluvchi o‘z moliyaviy ahvoli to‘g‘risida o‘z vaqtida ma’lumot bermasa bank kreditorning
kreditni to‘lash qobiliyatidagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lmasligi mumkin. Ma’lumotlarning bunday
kechikishi kreditni samarali boshqarishda qiyinchiliklarga olib kelishiga sabab bo‘ladi (Maxmudov
,
2023).
Asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi muammoli
kreditlarning vujudga kelishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Unga ko‘ra yig‘ilgan qarz,
kreditorning moliyaviy tangligi, qarzlarning to‘planishi yuridik harakatlar riski, to‘lovlarni o‘tkazib
yuborishi, kreditor va bank o‘rtasidagi munosabatlarining keskinlashuvi hamda salbiy kredit hisoboti
kabi omilar bevosita ta’sir o‘tkazadi.
Asosiy qarz va hisoblangan foizlarning kelishilgan muddatda to‘lanmasligi muammoli kreditlar
paydo bo‘lishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. To‘lov majburiyatlarini bajarmaslik bir qator
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
55
Muallif tomonidan mustaqil ishlab chiqilgan.
Banklar va
kreditorlar
o'rtasida
muammoli
kreditlarni vujudga
kelishining ichki
omillari
Qarz oluvchining
bank bilan
aloqaga
chiqishdan
bo‘yin tovlashi
Qarz oluvchi
moliyaviy holati
bo‘yicha
maʼlumotlarni
kech va (yoki)
to‘liq bo‘lmagan
hajmda taqdim
etishi
Asosiy qarz va
foizlar bo‘yicha
to‘lovlarning o‘z
vaqtida amalga
oshirilmasligi
Kredit bo‘yicha
monitoringni
amalga oshirish
uchun zaruriy
moliyaviy
hisobotlarni taqdim
etilmasligi
Qarz oluvchining
tijoriy, operatsion
va (yoki)
moliyaviy
qiyinchiliklari
;
Kredit
shartnomasi
shartlarining
buzilishi
Kreditorning
moliyaviy ahvoli
yomonlashganligi
sababli kredit
shartlarini qayta
ko‘rib chiqish
bo‘yicha qilgan
murojaati
Qarz oluvchi
haqida maʼlum
bo‘lgan salbiy
maʼlumotlar
Qarz oluvchining
moliyaviy
holatiga salbiy
taʼsir ko‘rsatishi
mumkin bo‘lgan
tashqi omillar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
97
Xususan to‘lanmaslik kreditorning pul oqimiga ta’sir etib, bu kredit tashkiloti uchun moliyaviy
qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi, o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar to‘planib qolishi, natijada qarzdorning
kredit reytingi va moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga yuzaga keladi. Shuningdek, asosiy qarz
va foizlarni to‘lamaslik qarz oluvchining kredit tarixi bo‘yicha salbiy hisobotga olib kelishi, buning
natijasida qarz oluvchining kelajakdagi kreditlarini ta’minlash qobiliyatiga uzoq davom etadigan
oqi
batlarga olib kelishiga sabab bo‘ladi.
Kredit monitoringi uchun zarur moliyaviy hisobotlarni taqdim etmaslik jismoniy shaxslar hamda
korxonalar uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi. Kredit monitoringi moliyaviy salomatlikning muhim
jihati hisoblanadi, chunki u kreditorlarga kredit amaliyotiga layoqatliligini baholashga va kredit berish
bo‘yicha ongli qarorlar qabul qilishga imkoniyat yaratadi. Unga ko‘ra kredit baliga salbiy ta’sir,
kreditorlar bilan ishonchni yo‘qotish, potensial huquqiy oqibatlar, moliyalashtirishning qiyinligi hamda
moliyaviy
xizmatlarga kirishning cheklanganligi kabi omilar ta’sir etuvchi sifatida izohlanadi.
Muammoli kreditlarda ssuda shartnomasi shartlarini buzishda, qarz oluvchining kredit
shartnomasida ko‘rsatilgan shart va talablarga rioya qilmaslik holatlari tushuniladi. Bu qarz oluvchi va
qarz beruvchi uchun turli xil muammolarga olib keladi. Unga ko‘ra
qarz oluvchi kredit shartnomasi
shartlarini buzsa, bu kreditor uchun xavf darajasini oshiradi. Buning sababi, qarz oluvchi moliyaviy
beqarorlikni yoki o‘z majburiyatlarini bajara olmasligini ko‘rsatadi. Shuningdek, ba’zi hollarda
kreditorlar qarz oluvchi b
ilan kreditni qayta tuzish yoki to‘lovni yanada qulayroq qilish uchun shartlarni
o‘zgartirish bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor bo‘lishi mumkin. Bu kredit muddatini uzaytirish,
foiz stavkalarini o‘zgartirish yoki boshqa o‘zgarishlarni o‘z ichiga ol
adi (Mamadiyarov, 2020).
Qarz oluvchi o‘z majburiyatlarini bajarishda qiynalayotgan muammoli kreditlar bo‘lsa,
kreditorlar qarz oluvchining moliyaviy ahvoli yomonlashgani sababli kredit shartlarini qayta ko‘rib
chiqish to‘g‘risida murojaat qiladi. Ushbu holatda kreditor birinchi
navbatda qarz oluvchining moliyaviy
ahvolini to‘liq baholaydi. Bu moliyaviy hisobotlarni, kredit hisobotlarini va boshqa tegishli hujjatlarni
ko‘rib chiqishni o‘z ichiga olishi mumkin.
Qarz oluvchi haqidagi salbiy ma’lumotlar haqiqatan ham muammoli kredit holatlariga olib keladi.
Ushbu salbiy ma’lumot odatda moliyaviy beqarorlikni yoki kredit majburiyatlarini bajarmaslik tarixini
ko‘rsatadigan harakatlar yoki holatlarga tegishli bo‘lib ular, kechiktirilgan to‘lovlar, kreditlar bo‘yicha
defolt, bankrotlik holati, garovga qo‘yish, qaytarib olish, sud qarorlari hamda kreditdan yuqori darajada
foydalanish kabi omillarni o‘z ichiga oladi.
Xulosa va takliflar.
Muammoli kreditlar ko‘p hollarda qarz oluvchining nazorati ostida bo‘lmagan bir qator tashqi
omillar bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu tashqi omillar qarz oluvchining moliyaviy barqarorligiga va uning
kredit majburiyatlarini bajarish qobiliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
1.
Xususan, iqtisodiy tanazzullar, tabiiy ofatlar, global hodisalar yoki pandemiyalar bozor
raqobati, ta’minot zanjiri uzilishlari, valyuta kursining o‘zgarishi, foiz stavkalarining o‘zgarishi hamda
huquqiy yoki tartibga solish masalalari kabi omillar banklarda muammoli kreditlarni yuzaga kelishida
tashqi omillar sifatida qaraladi.
2.
Tijorat banklarida muammoli kreditlarning paydo bo‘lishi ko‘p qirrali masala bo‘lib, iqtisodiy,
sohaga oid, tartibga soluvchi va qarz oluvchi bilan bog‘liq omillar kombinatsiyasi ta’siri ostida vujudga
keladi.
3.
Xatarlarni proaktiv boshqarish, oqilona kreditlash amaliyoti va muammoli kreditlar paydo
bo‘lishiga sabab bo‘layotgan omillarni chuqur anglash tijorat banklar uchun bu muammoni samarali
tarzda yumshatish va boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ushbu muammolarni hal
qilish orqali banklar sog‘lom kredit portfelini saqlash va ularning uzoq muddatli moliyaviy
barqarorligini ta’minlashga harakat qilishi maqsadga muvofiqdir.
4.
Tijorat banklari kredit tavakkalchiligini baholash jarayoniga to‘liq tekshirish, garovni
baholash, sanoat tahlili, pul oqimlarini tahlii, risklarni baholash tizimi,hamda muntazam portfel
tekshiruvlari amaliyotlarni tizimli ravishda kiritish orqali potentsial risklarni yaxshiroq aniqlash va
boshqarish mumkin, bu esa kredit portfelining sog‘lom va barqaror bo‘lishiga olib keladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
98
Аdаbiyоtlаr/Литература/Reference:
Asfaw A. S., Bogale H. N., Teame T.T. (2016) Factors affecting non-performing loans: case study on
development bank of Ethiopia central region //International journal of scientific and research
publications.
–
2016.
–
Т. 6. –
№. 5. –
С. 656
-670.
Athanasoglou, P.. Brissimis, S N., and Delis, M D. (2005), “ Bank
-specific, industry specific and
macroeconomic determinants of bank profitability” , MPRA Paper No. 153
Do H., Ngo T., Phung Q. (2020) The effect of non-performing loans on profitability of commercial
banks: Case of Vietnam //Accounting.
–
2020.
–
Т. 6. –
№. 3. –
С. 373
-386.
Do H., Ngo T., Phung Q. (2020) The effect of non-performing loans on profitability of commercial
banks: Case of Vietnam //Accounting.
–
2020.
–
Т. 6. –
№. 3. –
С. 373
-386.
Erdinç D., Gurov A. (2016) The effect of regulatory and risk management advancement on non
-
performing loans in European banking, 2000
–
2011 //International advances in economic research.
–
2016.
–
Т. 22. –
С. 249
-262.
Hamisu M., Ibrahim M.A., Zango A.G. (2021) Credit Risk Management and Financial Performance of
Selected Banks in Nigeria //POLAC ECONOMIC REVIEW (PER).
–
2021.
–
Т. 1. –
№. 1. –
С. 1
-12.
Haneef S. et al. (2012) Impact of risk management on non-performing loans and profitability of
banking sector of Pakistan //International Journal of Business and Social Science.
–
2012.
–
Т. 3. –
№. 7. –
С. 307
-315.
Hosna A., Manzura B., Juanjuan S. (2009) Credit risk management and profitability in commercial
banks in Sweden //rapport nr.: Master Degree Project 2009: 36.
–
2009.
Ikram, A., Su, Q., & Sadiq, M. A. (2016). Technical Efficiency And Its Determinants: An Empirical Study
Of Surgical Instruments Cluster Of Pakistan. Journal of Applied Business Research (JABR), 32(2), 647.
doi.org/10.19030/jabr.v32i2.9601
Jimenez, G. and Saurina, J., (2005), Credit cycles, credit risk and prudential regulation, s.l.: Bank of
Spain
Joseph, M.T., Edson.G, Manuere, F., Clifford, M., & Michael, K. (2012). Non-Performing Loans in
Commercial Banks: A case of CBZ Bank Limited in Zimbabwe. Interdisciplinary Journal of Contemporary
Research in Business, Volume 4.
Kozarić K., Dželihodžić E. Ž. (2020) Effects of macroeconomic environment on non
-performing loans
and financial stability: Case of Bosnia and Herzegovina //Journal of Central Banking Theory and Practice.
–
2020.
–
Т. 9. –
№. 2. –
С. 5
-17.
Kumar, M., and J. Woo. (2010). “Public Debt and Growth.” Working Paper 10/174, International
Monetary Fund, Washington.
Mamadiyarov, Z. (2020). Тижорат банкларида муаммоли кредитларнинг вужудга келиш
сабаблари ва уларни камайтириш йўллари.
Архив научных исследований, (26).
Mwangi G. N. (2012) The effect of credit risk management on the financial performance of
commercial banks in Kenya : дис. –
University of Nairobi,, 2012.
SINGH S. K., BASUKI B., SETIAWAN R. (2021) The effect of non-performing loan on profitability:
Empirical evidence from Nepalese commercial banks //The Journal of Asian Finance, Economics and
Business.
–
2021.
–
Т. 8. –
№. 4. –
С. 709
-716.
Stuti, M., & Bansal, (2013). S. An analysis of non-performing assets in Indian Banking sector
Махмудов С. Логистика корхоналарининг активлари таркиби динамикасининг таҳлили
//Economics and Innovative Technologies.
–
2023.
–
Т. 11. –
№. 1. –
С. 105
-117.
