АНАЛИЗ ТЕКУЩЕГО СОСТОЯНИЯ ГОСУДАРСТВЕННОГО ФИНАНСОВОГО КОНТРОЛЯ

Аннотация

Практика показывает, что управление государственными финансами постоянно развивается, меняются организационно-правовые формы бюджетных учреждений, а также порядок их финансирования, также развивается государственная поддержка коммерческих организаций. Можно наблюдать, что это, в свою очередь, повышает актуальность вопроса совершенствования государственного финансового контроля. В данной статье представлен анализ современного состояния работ, проводимых в системе государственного финансового контроля в целях реформирования сектора государственных финансов и обеспечения эффективного и рационального расходования бюджетных средств.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Практика показывает, что управление государственными финансами постоянно развивается, меняются организационно-правовые формы бюджетных учреждений, а также порядок их финансирования, также развивается государственная поддержка коммерческих организаций. Можно наблюдать, что это, в свою очередь, повышает актуальность вопроса совершенствования государственного финансового контроля. В данной статье представлен анализ современного состояния работ, проводимых в системе государственного финансового контроля в целях реформирования сектора государственных финансов и обеспечения эффективного и рационального расходования бюджетных средств.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

156


DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING JORIY HOLATI TAHLILI

PhD

Temirov Muxammadali Xamidovich

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

Annotatsiya.

Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, davlat moliyasini boshqarish doimiy rivojlanib

bormoqda, byudjet muassasalarining tashkiliy-huquqiy shakllari o'zgarmoqda, hamda ularni
moliyalashtirish tartibi, tijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash ham rivojlanib

borayapti. Bular esa o'z navbatida davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish masalasi dolzarbligini

oshirayotganligini guvohi bo’lishimiz mumkin. Ushbu maqolada davlat moliyasi sohasini isloh qilish, budjet
mablagʻlarining samarali va oqilona sarflanishini ta’minlash maqsadida davlat moliyaviy nazorati

tizimida amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati tahlili keltirilgan.

Kalit so'zlar:

davlat moliyaviy nazorati, moliyaviy xatoliklar, nazorat tadbirlari, noqonuniy

xarajatlar, mablag’larni o’zlashtirish

АНАЛИЗ ТЕКУЩЕГО СОСТОЯНИЯ ГОСУДАРСТВЕННОГО ФИНАНСОВОГО КОНТРОЛЯ

PhD

Темиров Мухаммадали Хамидович

Международный университет Кимё в г. Ташкенте


Аннотация

.

Практика показывает, что управление государственными финансами

постоянно развивается, меняются организационно

-

правовые формы бюджетных учреждений, а

также порядок их финансирования, также развивается государственная поддержка

коммерческих организаций. Можно наблюдать, что это, в свою очередь, повышает
актуальность вопроса совершенствования государственного финансового контроля. В данной

статье представлен анализ современного состояния работ, проводимых в системе
государственного финансового контроля в целях реформирования сектора государственных

финансов и обеспечения эффективного и рационального расходования бюджетных средств

.

Ключевые слова:

государственный финансовый контроль, финансовые ошибки, меры

контроля, незаконные расходы, хищение денежных средств

.

ANALYSIS OF THE CURRENT STATE OF STATE FINANCIAL CONTROL

PhD

Temirov Mukhammadali Khamidovich

Kimyo international university in Tashkent

Abstract.

Practice shows that public finance management is constantly evolving, the organizational

and legal forms of budgetary institutions are changing, as well as the procedure for their financing and
state support for commercial organizations is also developing. It is obvious that this, in turn, increases the

urgency of the issue of improving the state financial control. This article presents an analysis of the current
state of work carried out in the system of state financial control in order to reform the public finance sector

and ensure the efficient and rational use of budget funds.

Keywords:

state financial control, financial errors, control measures, illegal expenses, theft of funds.

VII SON - NOYABR, 2023

UO‘K: 336.131

156-165


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

157

Kirish.

Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishini shakllantirish va rivojlantirishda davlat tomonidan

tartibga solish muhim rol o'ynaydi. O‘z navbatida, davlat byudjetida siyosiy

-huquqiy chora-tadbirlar

yordamida yo‘naltirilgan moliya tizimi davlatga iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish imkonini

beruvchi mexanizmlardan biridir. Davlat moliyasi mamlakat iqtisodiy faoliyatining eng muhim
vositasidir, chunki mamlakatning rivojlanishi va uning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli ko'p jihatdan

davlatning moliyaviy faoliyat sohasidagi siyosatiga bog'liq bo’ladi.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi bosqichida davlatchilikni izchil

mustahkamlash, islohotlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, boshqaruv funktsiyalarini
yuqoridan pastgacha aniq taqsimlash hokimiyat organlarining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Bunday

sharoitda davlat moliyaviy nazorati organlarining roli sezilarli darajada oshmoqda.

Moliyaviy nazoratning roli va ahamiyatini ortiqcha baholab bo'lmaydi. Hozirgi vaqtda sanoat va

noishlab chiqarish xarakteridagi deyarli barcha jarayonlar tegishli manbalardan ajratilgan mablag'larni
sarflash sharoitida tashkil etilmoqda. Binobarin, tegishli byudjetlarni rejalashtirishda xarajatlarning

ehtiyojlari va yo‘nalishlarini asoslashdan tortib, maqsadli ijrosini tekshirishgacha bo‘lgan mablag‘lardan

foydalanishning barcha bosqichlarida hisobga olish va nazorat qilish choralarini ko‘rish zarurati payd

o

bo‘ldi (Umanets, 2019).

Adabiyotlar sharhi.

Davlat faoliyatining sifatini kafolatlaydigan va samarali amalga oshirilishini ta'minlaydigan

boshqaruv tizimining muhim qismi bu nazoratdir. Nazorat munosabatlarning bir turi sifatida muayyan

qoidalarga rioya qilish sharoitida subyektning o'z faoliyatiga yoki boshqa sub'ektlar faoliyatiga
munosabatini anglatadi. Nazorat davlat va jamoat bo'lishi mumkin va turli tuzilmalarda, shu jumladan

nodavlat tuzilmalarda ham qo'llanilishi mumkin.

Davlat nazorati hukumatning nazorat obyektining qonuniyligini baholash funksiyalaridan biri

bo'lib, tegishli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli, nazoratning eng to’g’ri ta'rifi
bu “davlat va jamiyat, ularning institutlari va tuzilmalarining turli muassasalar va tashkilotl

ar faoliyatini

hamda qonunlar va davlat tomonidan belgilanishi mumkin bo‘lgan boshqa qoidalarga rioya etilishini
baholash va nazorat qilishning turli mexanizmlaridan foydalanish funksiyasidir” (Miedviedkova, 2016).

Davlat nazoratining bir necha turlari mavjud bo’lib, ular prezident nazorati, parlament nazorati,

ijro hokimiyati nazorati, sud nazorati kabilarga bo’linishi mumkin. Shunga ko'ra, har bir nazorat sub'ekti

nazorat organlarining keng tarmog'iga ega, faqat prezident nazorati bundan mustasno. Ushbu

organlarning funktsiyalarini baholash ularning maqsad va vazifalarida ko'p jihatdan takrorlash
mavjudligini ko'rsatadi (Porfiryeva va Serebryakova, 2013).

Miedviedkovaning (2016) so’zlariga ko’ra davlat nazorati tizimida davlat moliyaviy nazorati

alohida o'rin egallaydi. Bu esa davlat moliyaviy nazorati tizimini rivojlantirish va takomillashtirish

muammolariga yanada ko'proq e'tibor qaratilishini tushuntiradi. Shu munosabat bilan ko'plab
olimlarning ishlari ushbu sohadagi tadqiqotlarga bag'ishlangan.

Davlat mablag‘larini samarali taqsimlash va foydalanish maqsadida davlat moliyaviy nazorati

tizimi shakllantirildi, bu tizim keyinchalik muntazam o'zgarishlarga duch keldi, chunki u ancha og'ir

iqtisodiy va siyosiy sharoitlarda qurilgan va ko'plab kamchiliklarga ega edi. Davlat moliyaviy nazorati
organlarining vazifasi butun davlat byudjet tizimining moliyaviy barqarorligi, ishonchliligi va

samaradorligini ta'minlashdan iborat (Gurtuyeva va boshqalar, 2017). Moliyaviy nazorat davlat
funksiyalarni bajaruvchi organlar tomonidan byudjet mablag'laridan samarali foydalanishni

ta'minlashga qaratilgan; shu sababli, ushbu organlar byudjet mablag'larini to'g'ri sarflashi va moliyaviy

natijalarni moliyaviy hisobotlarda to'g'ri aks ettirishni ta'minlashga yuqori ehtiyoj bor (Safro va Baah-
Mintah, 2013).

Serebryakovaning (2016) fikricha, zamonaviy davlat moliyaviy nazoratini uning tasnifi va o'ziga

xos funksiyalari nuqtai nazaridan ko'rib chiqadigan bo’lsak, shuni ta'kidlash kerakki, u bir tomondan

byudjetlar ijrosini nazorat qilishga (byudjet nazorati), boshqa tomondan, byudjetdan tashqari
munosabatlarda davlat organlari tomonidan moliya intizomi ustidan nazorat qilishga qaratilgan. Shu

bilan birga, byudjet nazorati deganda byudjet jarayoni ishtirokchilarining faoliyati va byudjet
qonunchiligiga rioya etilishiga nisbatan davlat moliyaviy nazoratining bir turi tushuniladi. Byudjet bilan

bog'liq bo'lmagan faoliyatni nazorat qilish - bu byudjet jarayonining ishtirokchisi bo'lmagan
shaxslarning faoliyatini nazorat qilish bo'lib, soliq qonunlari, bojxona qonunlari, sug'urta fondlariga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

158

badallarning to'g'ri to'lanishi va boshqalar ustidan nazoratni o'z ichiga oladi. (Porfiryeva va
Serebryakova, 2013).

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqola boshqaruvning nazorat funksiyasining mohiyati va byudjet munosabatlarida

nazoratni amalga oshirish haqidagi nazariy bilimlarga asoslangan. Tadqiqot jarayonida qiyosiy tahlil,

tizimlashtirish, induksiya, deduksiyadan foydalangan holda ilmiy natijalar ishlab chiqildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Har qanday mamlakatning byudjeti davlat boshqaruvi maqsadlarining bajarilishini ta'minlaydi,

shuning uchun ushbu vaziyatda davlat boshqaruvi moliyaviy nuqtai nazardan davlat byudjetining ijrosi

bo'lib, davlat budjeti ijrosini ta’minlaydigan moliyaviy nazor

at instituti uning vazifalaridan kelib chiqadi.

Davlat moliyaviy nazorati orqali davlatning moliyaviy siyosati amalga oshiriladi va moliyaviy
barqarorlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Shu sababli, ijtimoiy takror ishlab chiqarish

jarayonining barcha sohalari va mablag'lar harakatining butun jarayoni, shu jumladan moliyaviy

natijalarni tushunish bosqichi ham nazoratga olinadi (Gadjiev va boshqalar, 2015).

Byudjet muassasalarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarning to'g'ri yuritilishi tizimli

nazoratga olinadi. Amalga oshirilgan barcha moliyaviy-xo'jalik operatsiyalarining qonuniyligi
tekshiriladi, moliyaviy intizomning buzilishi aniqlanadi, moliyaviy resurslarning to'liq va o'z vaqtida

shakllantirilishi, ularning maqsadi tabiati va ulardan foydalanish samaradorligi aniqlanadi. Maqsadli
davlat moliyaviy nazorati byudjet muassasalarining moliyaviy resurslari harakatini doimiy nazorat

qilish va ularning moliyaviy-

xo‘jalik operatsiyalari samaradorligini to‘g‘ri baholash imkonini beradi

(Artemenko, 2013).

Karepinaning (2014) ta’kidlashicha davlat moliyaviy nazorati torroq faoliyat doirasiga ega bo‘lib,

asosan byudjetning daromad va xarajatlar qismlarini shakllantirish sohasiga taalluqli bo‘lib, bu bilan

byudjet mablag‘lari va davlat mulkidan maqsadli va sam

arali foydalanilishi ustidan nazoratni

ta’minlaydi.

Moliyaviy nazorat amal qilish sohasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

- davlat moliyaviy nazorati; bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda

boshqaruv organlari iqtisodiy-

huquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yo’naltirilgan tizimidir.

-

nodavlat moliyaviy nazorat: soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ham qo’shib olgan holda

davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan budjet subsidiyalari va

kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi, shuningdek, hukumat

tomonidan o’rnatilgan (belgilangan) pul hisob

-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni

yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.

Davlat moliyaviy nazoratini tashkil etilish darajasi, nazoratning turlari, shakllari va uni

o’tkazishning metodlari moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali amalga oshirilishiga ta’sir
ko’rsatadi.

Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subyektlarga ko’ra uning quyidagi turlari mavjud

(1-rasm).

1-

rasm. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subyektlarga ko’ra turlari

76

76

muallif tomonidan Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan.

Davlat

moliyaviy

nazorati

umumdavlat

moliyaviy

nazorati

idoraviy

moliyaviy

nazorat

Nodavlat

moliyaviy

nazorat

xo'jalik

ichidagi

moliyaviy

nazorat

jamoatchilik

moliyaviy

nazorati

mustaqil

moliyaviy

nazorat


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

159

Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (Oliy Majlis, Hisob Palatasi, Moliya

vazirligi, Davlat Soliq Qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi.

Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi Davlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi

daromadlarning tushib turishi va davlat mablag’larini sarflashda davlat va jamiyat manfaatlarini

ta’minlashdan iborat.

Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat organlari va mahalliy hokimiyat organlarining

bo’limlari tomonidan o’tkazilib, shu idoraga bo’ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning

faoliyatini qamrab oladi.

Xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy

xizmatlari, xususan buxgalteriya, moliya bo’limlari, ichki audit xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bu yerda moliyaviy nazoratning obyekti sifatida korxona, tash

kilot va muassasalarning xo’jalik va

moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi.

Jamoatchilik moliyaviy nazorati ixtiyoriylik va beg’arazlik asosida guruhlar, alohida shaxslar va

nodavlat tashkilotlari tomonidani amalga oshiriladi. Nazorat ob’yekti tekshiruvchilarning oldilariga

qo’yilgan aniq maqsadlariga bog’liq ravishda belgilanadi.

Mamlakat fuqarolari, fuqarolarning o’zini o’zi

boshqarish organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatga olingan nodavlat

-

notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati sub’yektlari sanaladi.

Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan

o’tkaziladi. Bunda auditorlik faoliyatining asosiy maqsadi tekshirilayotgan sub’yektning moliyaviy

hisobotining ishonchliligi bo’yicha xulosa hamda moliyaviy bozorga ishonchli axbarot berishni
ta’minlashan iborat.

Davlat moliyaviy nazorat obyektlariga respublika va mahalliy budjetlar, budjet mablag’larini

taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamg’armalari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari

jamg’armalari kiradi (2

-rasm)







2-

rаsm. Mоliyаviy nаzоrаt оbyektlаri

77

Davlat moliyaviy nazorati

davlat moliyasini boshqarishda moliyaviy intizom, shaffoflik,

samaradorlik va mas’uliyatni ta’minlashga qaratilgan chora

-tadbirlar va mexanizmlar majmuidir.

Davlat moliyaviy nazorati byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining davlat moliyaviy nazorati obyektlari
tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo’l qo’ymaslik, shuningdek byudjet

sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida davlat moliyaviy nazorat
organlari tomonidan amalga oshiriladi.

77

muallif tomonidan Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ma’lumotlari asosida

tayyorlangan.

Moliyaviy nazorat

obyektlari

Respublika byudjeti

Mahalliy byudjetlar

Byudjet mablag'larini

taqsimlovchilar

Davlat maqsadli jamg'armalari

Byudjet tashkilotlarining

byudjetdan tashqari mablag'lari


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

160

Byudjet nazorati moliyaviy nazoratning eng muhim shakllaridan biri bo’lib, bir tomondan

byudjetlarni tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlash bosqichida

davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish

uchun masʼul bo’lgan vazirlik va idoralarga, boshqa tomondan esa

byudjet xarajatlarini amalga

oshirishda

davlat byudjeti mablagʻlaridan foydalanuvchi vazirlik va idoralarga, shuningdek, byudjet

mablagʻlari foydalanuvchilari bo’lgan korxonalar, tashkilotlar va banklarga nisbatan qoʻllaniladi.

Byudjetni ijro etish jara

yonida byudjet mablag’larini taqsimlashning o’z vaqtida bajarilishi, ularning

maqsadli va samarali qo’llanilishi nazorat qilinadi.

Byudjet nazorati o’z ichiga quyidagi jihatlarni qamrab

oladi:

- Byudjetni rejalashtirish: Davlat byudjetlarini ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonini nazorat

qilish, shu jumladan byudjet xarajatlari va daromadlarining mamlakatning strategik ustuvor

yo‘nalishlari va ehtiyojlariga muvofiqligini tekshirish.

- Byudjet ijrosi: Byudjetning amaldagi ijrosini nazorat qilish, xarajatlar va daromadlarni kuzatish,

rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan chetlanishlarni tahlil qilish.

-

Monitoring va audit: Byudjet mablag‘larining to‘g‘ri va qonuniy foydalanilishini ta’minlash,

shuningdek, huquqbuzarlik yoki suiste’mollik holatlarini aniqlash maqsadida audit va taftish o‘tkazish.

- Davlat xaridlari ustidan nazorat: davlat xaridlarini amalga oshirishda shaffoflik, raqobat va

samaradorlik tamoyillariga rioya etilishini hamda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan

nazoratni ta’minlash.

-

Qonunchilikka rioya qilish: davlat moliyasidan foydalanishda qonunlar va me’yoriy hujjatlarga

rioya etilishini nazorat qilish.

- Loyiha va dasturlar: Davlatning aniq loyihalari va dasturlarining samaradorligi, byudjet

mablag‘laridan foydalanish va belgilangan maqsadlarga erishish bo‘yicha amalga oshirilishini

monitoring qilish.

- Hisobdorlik va oshkoralik: jamiyatning byudjet resurslarini boshqarish samaradorligini

baholash imkoniyatiga ega bo'lishi uchun davlatning moliyaviy faoliyati to'g'risida jamoatchilikka

hisobot taqdim etish.

Byudjet mablag‘larini boshqarishda korrupsiya, suiste’mollik va kamchiliklarning oldini olishda

byudjet nazorati muhim o‘rin tutadi. Bu davlatning moliyaviy barqarorlikga erishishi, shuningdek,

jamiyat ehtiyojlarini qondirish va strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Byudjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi - byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini

shakllantirishni xaqqoniyligini aniqlash va tahliliy axborotlarni shakllantirishdan iborat bo’lib quyidagi
vazfilarni o’z ichiga oladi:

1. Byudjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning ma‘lumotlari

haqqoniyligini aniqlash;

2. Byudjet ijrosi jarayonida muomalalarni to’liq va to’g’ri hujjatlashtirilishini aniqlash;

3. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti daromadlari va harajtlarini rejalashtirish hamda ushbu

ma‘lumotlarning haqqoniyligini aniqlash

4. Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish holati va harakatini

to’g’riligini aniqlash;

5. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirilishi va

natijalarni shakllantirilishi to’g’riligini tekshirish;

6. Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalar to’g’risidagi to’liq

hamda aniq ma‘lumotlarni shakllantirilishini tekshirish;

7. Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarini to’g’ri umumlashtirilishi va hisobtlarni

haqqoniyligini tekshirish;

8. Tekshiruv natijalarini umumlashtirish (Qo’ziyev va boshqalar, 2022).

Byudjet nazoratining xususiyatlari tashkilot turiga va nazorat darajasiga qarab farq qilishi

mumkin. Byudjet nazoratining asosiy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin
(3-rasm):

Doimiy jarayon: Byudjet nazorati nafaqat byudjetni tuzish bosqichida, balki butun moliyaviy

davrd mobaynida doimiy ravishda amalga oshirilishi kerak. Bu rejalardan chetlanishlarni tezda aniqlash

va tegishli tuzatish choralarini ko'rish imkonini beradi.

Maqsadlar va standartlarni belgilash: Byudjet nazorati maqsadlar va samaradorlik standartlarini

belgilaydi, ular asosida byudjet faoliyati baholanadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

161







3-rasm. Byudjet nazoratining xususiyatlari

78

Og'ishlarni aniqlash: Byudjet nazoratining asosiy maqsadi haqiqiy natijalar va rejalashtirilgan

ko'rsatkichlar o'rtasidagi tafovutni aniqlashdir. Bu og'ishlarning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf

etish choralarini ko'rish imkonini beradi.

Tuzatish choralarini ko'rish: og'ishlar aniqlanganda, tuzatish choralarini ko'rish kerak

bo’ladi

.

Bunga resurslarni qayta taqsimlash, boshqaruvni takomillashtirish, jarayonlarni soddalashtirish yoki

strategiyani o‘zgartirish kiradi.

Mas'uliyat va nazorat: Byudjet nazorati jarayonida aniq byudjet ko'rsatkichlarining bajarilishi

uchun mas'ul shaxslar belgilanadi. Maqsadlarga erishish uchun javobgarlik boshqaruvning turli

darajalari va bo'limlari o'rtasida taqsimlanadi.

Samaradorlik tahlili: Byudjet nazorati, shuningdek, tashkilotning byudjetlashtirish va moliyaviy

boshqaruvi samaradorligini baholash imkonini beradi. Haqiqiy ko'rsatkichlar va nazorat natijalari

to'g'risidagi ma'lumotlardan foydalanib, belgilangan maqsadlarga qanchalik muvaffaqiyatli
erishilganligi va rejalashtirish va nazorat qilish jarayonini takomillashtirish bo'yicha qanday choralar

ko'rish mumkinligi haqida xulosa chiqarish mumkin.

Shaffoflikni ta'minlash: Byudjet nazorati shaffoflik va ma'lumotlarning aniqligi bilan amalga

oshirilishi kerak. Bu jarayon ishonchni ta'minlash va mumkin bo'lgan firibgarlik yoki nomuvofiqliklarni
aniqlash uchun muhimdir.

Doimiy takomillashtirish: Byudjet nazorati doimiy takomillashtirishni talab qiladigan dinamik

jarayondir. Tashkilotlar atrof-muhitdagi yangi omillar va o'zgarishlarga moslashish va resurslarni

samarali boshqarish uchun ularni hisobga olishlari kerak.

Byudjet nazoratining ushbu xususiyatlari byudjet resurslaridan samarali foydalanishni

ta'minlaydi, ortiqcha va rejalashtirilmagan moliyaviy inqirozlarning oldini olishga yordam beradi,
shuningdek tashkilotning strategik maqsadlariga erishishga yordam beradi.

Qayd etish joizki, byudjet nazoratini amalga oshirish va samarali byudjet tizimini qurish uning

samaradorligi va shaffofligini ta'minlaydigan muayyan tamoyillarni talab qiladi. Bu tamoyillar ularga

rioya etilishini va mamlakat byudjeti mablag‘larini boshqarishning huquqiy asosi bo‘lishini ta’minlash

maqsadida huquqiy me’yoriy hujjatlarda mustahkamlanishi zarur.

Umumiy ma'noda “tamoyil” (lotincha principle

- asos, boshlanish) odatda har qanday

nazariyaning, ta'limotning asosiy, boshlang'ich pozitsiyasi, faoliyatning asosiy qoidasi sifatida
tushuniladi. Belyanskaya va Shepelevalarning (2019) fikricha byudjet nazorati tamoyillarini uch

guruhga bo'lish mumkin:

- umumiy huquqiy (qonuniylik, adolatlilik);

- tarmoq (rejalashtirish, sub'ektlari o'rtasidagi yurisdiksiyani chegaralash);

78

muallif tomonidan Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan.

Doimiy jarayon

Maqsadlar va standartlarni belgilash

Og'ishlarni aniqlash

Tuzatish choralarini ko'rish

Mas'uliyat va nazorat

Samaradorlik tahlili

Shaffoflikni ta'minlash

Doimiy takomillashtirish


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

162

- maxsus (samaradorlik, maqsadlilik, uzluksizlik, vakolatlilik, mustaqillik, moslashuvchanlik).
Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu tamoyillar iqtisodiyotni rivojlantirishda alohida rol o'ynaydi va

“moliyaviy faoliyat jarayonida davlat va mahalliy byudjet mablag’laridan samarali va malakali
foydalanish” tendensiyalarini belgilab beradi (Shepeleva, 2016).

Shu oʻrinda, Davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan 2018–

2022- yillarda olib borilgan

nazorat tadbirlari tahliliga e’tibor qaratamiz (

4-rasm).

4-rasm. 2018-2022 yillarda aniqlangan moliyaviy xato va

kamchiliklarning o’sish dinamikasi

(mln.so’m)

79

Yuqorida keltirilgan rasm

da 2018 yildan 2022 yilgacha bo’lgan davr

mobaynida aniqlangan

moliyaviy xatoliklar va kamchiliklar aks ettirilgan bo’lib, ushbu ma’lumotlar pul mablag’lari va moddiy

boyliklarni kamomadi va byudjet mablag’larini o’zlashtirishlarni hamda tashkilot va muassasalar

tomonidan amalga oshirilgan noqonun

iy xarajat va ortiqcha to’lovlarni o’z ichiga olgan.

Ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida quyidagi holatlar aniqlandi:

Moliyaviy xatoliklar:

2019 yilda moliyaviy xatoliklar o’tgan yilga nisbatan 109,4 foizga o’sib, 142591,9 mln.so’mni

tashkil etgan;

2020 yilda esa o’sish ko’rsatkichi 72,5% ni tashkil etgan va 245956,4 mln.so’mga yetgan;

2021 yilda 335,8% ga keskin sakrash kuzatilib, moliyaviy xatoliklarning jami summasi 1072120

mln.so’mni tashkil etgan;

2022 yilda esa moliyaviy xatoliklar 2021 yilga nisbatan 9,1% kamayib, 974882 mln.so’mni tashkil

etgan;

shundan,

Pul mablag’lari va moddiy boyliklarni kamomadi va o’zlashtirishlar:

2019 yilda pul mablag’lari va moddiy boyliklarni kamomadi va o’zlashtirishlar o’tgan yilga

nisbatan 94,4% ga o’sib 30348,6 mln.so’mga yetgan.

2020 yilda 168% ga sakrash kuzatilgan va 81354,2 mln.so’mni tashkil etgan.

2021 yilda 53,1% ga o‘sish kuzatilgan va 124562 mln.so’mga yetgan.

2022 yilda o’tgan davrga nisbatan 33,6% ga oshib 166391 mln.so’mni tashkil qilgan.

Noqonuniy xarajat va ortiqcha to’lovlar:

2019 yilda noqonuniy xarajat va ortiqcha to‘lovlar miqdori 2018 yilga nisbatan 113,8% ga oshib,

112243,3 mln.so’mni tashkil etdi;

79

muallif tomonidan Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan.

0

200000

400000

600000

800000

1000000

1200000

2018y.

2019y.

2020y.

2021y.

2022y.

Moliyaviy xatoliklar, shundan:

68104,1

142591,9

245956,4

1072120

974882

Pul mablag’lari va moddiy

boyliklarni kamomadi va

oz’lashtirishlar

15608,9

30348,6

81354,2

124562

166391

Noqonuniy xarajat va ortiqcha

to’lovlar

52495,2

112243,3

164602,2

947558

808491


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

163

2020 yilda o’tgan davrga nisbatan 46,6% ga o’sish kuzatilgan va 164602,2 mln.so’mga yetgan;

2021 yilda noqonuniy xarajatlar va ortiqcha to’lovlar miqdori 2020 yilga nisbatan keskin

oshganini, ya’ni 475,6% ga o’sib 947558 mln.so’mni tashkil etganini guvohi bo’lishimiz mumkin;

2022 yilda esa 14,7% ga pasayish kuzatilib, 808491 mln.so’m noqonuniy xarajat va ortiqcha

to’lovlar aniqlangan.

Umumiy tendensiyada 2018 yildan 2021 yilgacha moliyaviy xatolarning o’sishini, keyin esa 2022

yilda nisbatan pasayishini ko’rishimiz mumkin. Pul mablag’lari va moddiy boyliklarni kamomadi va
o’zlashtirishlar, shuningdek, noqonuniy xarajat va ortiqcha to’lovlar ham ko‘rib chiqilayotgan davrda

ayrim tebranishlar bilan o‘sganligini ko‘rsatmoqda. 2022 yilda moliyaviy xatolarning umumiy miqdori
kamayishiga e’tibor qaratish muhim, bu ularning oldini olish va nazorat qilish bo’yicha samarali

choralar ko’rilayotgan

idan dalolat berishi mumkin.

Quyida keltirilgan diagrammaga (5-rasm

) e’tibor qaratadigan bo’lsak, unda byudjet

tashkilotlarida o’tkazilgan moliyaviy nazorat tadbirlarining samaradorligi dinamikasida o’zgarishlarni
ko’rishimiz mumkin.

Rasm

ma’lumotlariga tayangan holda, 2018

-2022 yillarda byudjet tashkilotlarida

o’tkazilgan moliyaviy nazorat natijalarida tiklangan mablag’lar miqdori hamda huquqni muhofaza

qiluvchi organlarga berilgan nazorat tadbirlari materiallarining miqdoriy qiymatini yildan yilga oshib

borganligini ta’kidlashimiz mumkin.

Jumladan,

Qo’shimcha xisoblanib qayta tiklangan mablag’lar:

2019 yilda o’tgan davrga nisbatan 62,3% ga pasayish kuzatilib, 12731 mln.so’mni tashkil etgan;

2020 yilda 144,5% ga o’sish kuzatilib, 31125,3 mln.so’mni tashkil qilgan;

2021 yilda 395,3% ga keskin sakrash kuzatilib, 154160 mln.so’mga oshgan;

2022 yilda bu ko’rsatkich 2,4% ga kamayib, 150500 mln.so’mni tashkil qilgan;

5-rasm. 2018-

2022 yillarda byudjet tashkilotlarida o’tkazilgan moliyaviy

nazorat tadbirlarining samaradorligi dinamikasi

(mln.so’mda)

80

Tiklangan mablag’lar:

2019 yilda 2018 yilga nisbatan 152,6% ga o’sish kuzatilgan va 129138,8 mln.so’mga yetgan;

2020 yilda 30,7% ga o’sish kuzatilgan va 168771,1 mln.so’mga teng bo’lgan;

2021 yilda o’sish ko’rsatkichi 77,1% ga teng bo’lgan va 298870 mln.so’mga yetgan;

2022 yilda esa o’tgan yilga nisbatan 54% ga oshib, 460254 mln.so’mni tashkil etgan;

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berilgan nazorat tadbirlari materiallari:

2019 yilda o‘sish surati 2018 yilgan nisbatan 115,6% ni tashkil etib, 129621,7 mln.so’mga yetgan;

2020 yilda 84,8% ga keskin o’sish kuzatilgan va 239534,9 mln.so’mga teng bo’lgan;

80

muallif tomonidan Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan.

0

100000

200000

300000

400000

500000

600000

2018y.

2019y.

2020y.

2021y.

2022y.

Qo'shimcha xisoblanib tiklangan

va iqtisod qilingan mablag'lar

33703

12731

31125,3

154160

150500

Tiklangan mablag'lar

51090,1

129138,8

168771,1

298870

460254

Huquqni muhofaza qiluvchi

organlarga berilgan nazorat

tadbirlari materiallari

60127,1

129621,7

239534,9

329019

525600


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

164

2021 yilda 37,4% ga o‘sish kuzatilib, 329019 mln.so’mga yetgan;

2022 yilda bu ko’rsatkich 59,8% ga oshib, 525600 mln.so’mni tashkil qilgan.

Qo’shimcha xisoblanib qayta tiklangan mablag’lar ko’rsatkichi 2019 yilda pasaygan, ammo

keyingi yillarda o’sib borganligini, hamda 2022 yilga kelib biroz pasayganini ko’rishimiz mumkin.

Tiklangan mablag’lar hamda h

uquqni muhofaza qiluvchi organlarga berilgan nazorat tadbirlari

materiallari ko’rsatkichlari 2018 yildan 2022 yilga qadar barqaror o’sishni ko’rsatmoqda.

Bu

mablag’larni tiklash va qaytarishga qaratilgan nazorat faoliyati, shuningdek, moliyaviy muammolarni

hal qilish uchun huquqni muhofaza qilish

organlari bilan o’zaro hamkorlik samaradorligini ko’rsatishi

mumkin.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak so‘nggi yillarda byudjet mablag‘larini sarflashda qonun buzilishi

holatlari ko‘payib bormoqda. Bunga byudjet jarayonining murakkabligi, qonunchilikdagi o‘zgarishlar,
samarali nazorat mexanizmlarining yo‘qligi kabi turli omillar sabab bo‘lishi mumkin. Asl sabablarni

aniqlash va tegishli profilaktika choralarini ishlab chiqish uchun ushbu qoidabuzarliklarni yanada

chuqurroq tahlil qilish kerak.

Tahlil qilinayotgan davr mobaynida vazirlik va idoralarda ichki audit nazorati tizimi yo‘lga

qo‘yilganiga qaramay, byudjet mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish holatlari saqlanib qolmoqda.

Ehtimol, mavjud tekshirish mexanizmlari yanada takomillashtirish yoki islohotga muhtojdir.

Shuningdek, ichki auditorlar ishining samaradorligini baholash va ularning yondashuvlari va

metodologiyalarida mumkin bo’lgan o’zgarishlar to’g’risida savol ko’tarilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Davlat moliyaviy nazorati sohasida olib borilgan islohotlarning ijobiy jihati shundaki, tekshiruvlar

samaradorligi sohdi. Bu qoidabuzarliklar va kamchiliklarni yaxshiroq aniqlashga yordam beradigan

yangi usullar, texnologiyalar va tahliliy vositalarning jo

riy etilishi bilan bog’liq. Yana bir muhim yutuq

-

budjet mablag‘larini qoplash darajasi oshdi. Bu noqonuniy harakatlar natijasida yetkazilgan zararni

tiklash bo’yicha samaraliroq choralar ko’rilayotganidan dalolat beradi. Byudjetga mablag‘larni

maksimal darajada qaytarish uchun bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish lozim.

Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqgan holda, quyidagi tavsiyalarni berishni maqsadga

muvofiq deb xisoblaymiz:

- asl sabablarni aniqlash uchun qonun buzilishining tuzilishi va xarakterini batafsilroq tahlil qilish;

- ichki audit tizimini takomillashtirish, jumladan, metodologiyani takomillashtirish va xodimlarni

o’qitish masalalarini ko’rib chiqish;

-

huquqbuzarliklarni yanada samarali nazorat qilish va oldini olish uchun ilg‘or texnologiyalar va

tahliliy vositalardan foydalanish;

-

noqonuniy va maqsadsiz sarflangan byudjet mablag’larini qaytarish mexanizmlarini

kuchaytirishni davom ettirish.

Adabiyotlar/

Литература

/Reference:

Miedviedkova N. (2016). Directions for improvement of state financial control in Ukraine. Baltic

Journal of Economic Studies, 2 (2), p.105-110.

Qo’ziyev I.N., G’aniyev SH.V.,

Ramazonov A.S. (2022) Byudjet hisobi va nazorati: Darslik /; -

T.: «Nihol

print» OK, 2022. 632 b.

Safro, P., Baah-Mintah, R. (2013). Assessing the Effect of the Procurement Act (663) on the Public

Financial Management in Ashanti Region. American Journal of Rural Development, vol. 1(4), pp. 91-98.

Артеменко

Д

.

А

. (2013).

Анализ состояния государственного финансового контроля в

условиях проведения бюджетной реформы. Научный вестник Южного института
менеджмента, (2), 86

-91.

Белянская О.В., Шепелева Д.В. (2019) Особенности выражения и реализации принципов

бюджетного контроля. Legal Bulletin , 4 (2), С. 7

-14.

Гаджиев Н.Г., Ахмедова Х.Г., Гаджиев М.Н. (2015) Финансовый контроль в общественном

секторе экономики: современное состояние и перспективы его развития // Современные

проблемы науки и образования. № 1

-2.

Гуртуева Ж.Х., Хочуева Ф.А., Эдокова М.Х. (2017) Анализ состояния государственного

финансового контроля в

регионах (на примере Кабардино

-

Балкарской Республики) //

Фундаментальные исследования. № 6. –

С. 132

-136;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr

www.e-itt.uz

165

Карепина О.И. (2014) Развитие аудита эффективности государственных расходов //

Международный бухгалтерский учет. № 30.

-C. 52-61

Порфирьева А.В., Серебрякова Т.Ю. (2013) Внутренний контроль: методология сквозного

контроля автономных организаций. М.: ИНФРА

-

М, 182 с

.

Серебрякова Т.Ю. (2016). Тенденции совершенствования государственного контроля.

Бухгалтерский учет в бюджетных и некоммерческих организациях, (1 (385)), 25

-28.

Уманец О.П. (2019) Современная организация финансового контроля. Учет. Анализ. Аудит.

6(5): -C. 46-57. DOI: 10.26794/2408-9303-2019-6-5-46-57

Шепелева Д.В. (2016) Казенное предприятие как субъект финансового права : автореф. дис....

канд. юрид. наук: 12.00.04/ Шепелева ДинаВик

-

торовна. Москва,

-C.3


Библиографические ссылки

Miedviedkova N. (2016). Directions for improvement of state financial control in Ukraine. Baltic Journal of Economic Studies, 2 (2), p.105-110.

Qo’ziyev I.N., G’aniyev SH.V., Ramazonov A.S. (2022) Byudjet hisobi va nazorati: Darslik /; - T.: «Nihol print» OK, 2022. 632 b.

Safro, P., Baah-Mintah, R. (2013). Assessing the Effect of the Procurement Act (663) on the Public Financial Management in Ashanti Region. American Journal of Rural Development, vol. 1(4), pp. 91-98.

Артеменко Д.А. (2013). Анализ состояния государственного финансового контроля в условиях проведения бюджетной реформы. Научный вестник Южного института менеджмента, (2), 86-91.

Белянская О.В., Шепелева Д.В. (2019) Особенности выражения и реализации принципов бюджетного контроля. Legal Bulletin , 4 (2), С. 7-14. Гаджиев Н.Г., Ахмедова Х.Г., Гаджиев М.Н. (2015) Финансовый контроль в общественном секторе экономики: современное состояние и перспективы его развития // Современные проблемы науки и образования. № 1-2.

Гуртуева Ж.Х., Хочуева Ф.А., Эдокова М.Х. (2017) Анализ состояния государственного финансового контроля в регионах (на примере Кабардино-Балкарской Республики) // Фундаментальные исследования. № 6. – С. 132-136;

Карепина О.И. (2014) Развитие аудита эффективности государственных расходов // Международный бухгалтерский учет. № 30.-C. 52-61

Порфирьева А.В., Серебрякова Т.Ю. (2013) Внутренний контроль: методология сквозного контроля автономных организаций. М.: ИНФРА-М, 182 с.

Серебрякова Т.Ю. (2016). Тенденции совершенствования государственного контроля. Бухгалтерский учет в бюджетных и некоммерческих организациях, (1 (385)), 25-28.

Уманец О.П. (2019) Современная организация финансового контроля. Учет. Анализ. Аудит. 6(5): -C. 46-57. DOI: 10.26794/2408-9303-2019-6-5-46-57

Шепелева Д.В. (2016) Казенное предприятие как субъект финансового права : автореф. дис.... канд. юрид. наук: 12.00.04/ Шепелева ДинаВик- торовна. Москва, -C.3