Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar
www.e-itt.uz
166
MAMLAKATDA NODAVLAT VA NOTIJORAT TASHKILOTLARNI
MOLIYALASHTIRISH MASALALARI
PhD
Xusanov Otabek Nishonovich
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT
va fuqarolik jamiyatlarining boshqa institutlarini
qo‘llab
-quvvatlash jamoat fondi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat granti shaklida
moliyaviy
qoʻllab
-
quvvatlash masalalari tahlil qilingan va tizimni takomillashtirish boʻyicha
takliflar berilgan.
Kalit
soʻzlar:
nodavlat notijorat tashk
ilotlar, moliya, pul mablagʻlari, davlat granti.
МЕТОДЫ ФИНАНСИРОВАНИЯ НЕГОСУДАРСТВЕННЫЙ И
НЕКОММЕРЧЕСКИХ ОРГАНИЗАЦИЙ В СТРАНЕ
PhD
Хусанов Отабек Нишонович
Общественного фонда поддержки ННО и других
институтов гражданского общества при Олий
Мажлисе Республики Узбекистан
Аннотация
.
В данной статье анализируются вопросы финансовой поддержки
негосударственных некоммерческих организаций в виде государственных грантов и
предлагаются предложения по совершенствованию системы.
Ключевые слова:
негосударственные некоммерческие организации, финанс,
денежные средства,
государственный
грант.
METHODS OF FINANCING NON-GOVERNMENTAL AND NON-PROFIT
ORGANIZATIONS IN THE COUNTRY
PhD
Khusanov Otabek Nishonovich
The public fund for the support of NGOs and
other institutions of civil society under the
Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan
Abstract.
This article analyzes the issues of financial support of non-governmental non-
profit organizations in the form of state grants and offers suggestions for improving the system.
Key words:
non-Governmental non-profit organizations, finance, funds, state grant.
Kirish.
2030-
yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga
erishishida fuqarolik jamiyati
institutlarining oʻrni va rolini oshirish, OAVning huquq va
erkinligini taʼminlash, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarning lozim dar
ajada
bajarilishida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini
mustahkamlash masalasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
I SON - YANVAR, 2024
UO‘K:
336.647/.648
166-171
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar
www.e-itt.uz
167
Bu borada Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi va fond mablagʻlarni boshqarish boʻyicha
Parlament
komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq
deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat
komissiyalari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda –
NNT) va
fuqarolik jamiyati boshqa institutlariga tanlov asosida davlat grantlari ajratib kelinmoqda.
Davlat granti nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga
qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun tanlov asosida Oʻzbekiston Res
publikasi Davlat
byudjeti mablagʻlari hisobidan beriladigan pul mablagʻlari va moddiy resurslardir.
Davlat grantlarini ajratish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, shuningdek
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va
Toshkent shahar
Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlarini qoʻllab
-
quvvatlash jamoat fondlari (keyingi oʻrinlarda —
hududiy jamoat fondlari)
orqali amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan.
Adabiyotlar sharhi.
Nodavlat notijorat tashkilotining tashkiliy-
huquqiy shakliga taʼrif berish uchun uni
aniqlab beruvchi har bir belgini tahlil qilish zarur.
Tashkiliy huquqiy shakli bir-
biriga oʻxshash boʻlgan notijorat yuridik shaxslarning
huquqiy holatini aniqlash va bir-biridan farqlash
uchun Oʻzbekiston Respublikasining
Fuqarolik kodeksi va maxsus qonun hujjatlarida (Axborotnoma, 1999) notijorat yuridik
shaxslarga xos boʻlgan barcha zarur belgilarga eʼtibor qaratish, ularning aniq taʼrifini tushunib
olish zarur. Nazarovning (2012) fikricha, har qanday jamoat tashkiloti ijtimoiy va, eng avvalo,
huquqiy normalarga asoslanadigan tashkiliy birlik sifatida namoyon boʻladi. Jamoat
tashkilotlari ongli ravishda tizimlashgan ichki tashkiliy munosabatlar yigʻindisi
va ijtimoiy
voqelikka maqs
adga muvofiq tarzda taʼsir etish uchun zarur boʻlgan tashkiliy usullarning butun
bir kompleksiga ega boʻlgan institut sifatida maydonga chiqadi.
Joʻrayeva
(2009)
fuqarolik jamiyati institutlarining vazifalari sifatida koʻproq siѐ
siy-
huquqiy jihatiga eʼtibor qaratadi. Jumladan, “aholining siѐsiy haѐtda faol ishtirok etishiga
koʻmaklashish oʻz taʼsir doirasidagi fuqarolarni hukumat tomonidan qabul qilingan ѐki
tayѐrlanaѐtgan qarorlar toʻgʻrisida xabardor qilish, qaror qabul qilish jaraѐniga taʼsir koʻrsatish
yoʻllarini tushuntirish”deb qayd etilgan.
Xolmanova (2012)
nodavlat notijorat tashkilotlarining paydo boʻlishi xayriya
jamgʻarmalari bilan bogʻliq ekanligini keltirib oʻtgan.
Nelyubinaning (2010) qayd etishicha, nodavlat tashkilotlarning asosiy vazifasi davlat
tomonidan va jamiyatning ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy
-madaniy sohalariga jalb
qilingan ishtirokchilari tomonidan inson huquqlariga rioya qilinishi uchun fuqarolik nazoratini
taʼminlashdan iborat
Salamon va Sokolovski (2016)
tomonidan oʻtka
zilgan tadqiqotlarda nohukumat
tashkilotlar davlat va biznes bilan bir qatorda “uchinchi sektor”ni tashkil qilishini qayd
etganlar. Ular nodavlat tashkilotlarning yana boshqa nomlanishi sifatida fuqarolik yoki
notijorat tashkilotlar degan tushunchalar mavj
udligini ham eʼtirof etishadi.
Nodavlat notijorat
tashkilotlarini moliyaviy munosabatlari boʻyicha judda kam ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada induksiya va deduksiya, monografik kuzatish, omilli tahlil, sintez va boshqa
usullardan keng foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Davlat grantlari ajratish uchun Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining asosiy moliyaviy
manbasi davlat byudjetining respublika darajasidagi byudjeti hisobidan shakllansa, Hududiy
jamoa
t fondlarining manbasi esa asosan mahalliy byudjet hisobidan taʼminlanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar
www.e-itt.uz
168
2008-
yilda 7 ta NNT va fuqarolik jamiyati institutlariga 379 mln. soʻm davlat granti
ajratilgan boʻlsa, 2018
-
yilda bu koʻrsatgich 231 ta 6 mlrd. 550 mln. soʻm, 2022
-yilda esa 160 ta
tashkilotga 12 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.
1-
rasm. 2008-2023-yillarda davlat granti tanlovlarida moliyalashtirilgan
loyiha vaajratilgan mablagʻlar
52
Shu bilan bir qatorda Parlament komissiyasi va Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi
tomonidan 2020-2023-
yillarda hududlarda davlat grantlari toʻgʻrisida 200
dan ziyod oʻquvlar
va “mahorat darslari” tashkil etilgan. Natijada, 2021
-yildan boshlab hududiy vakillik organlari
huzuridagi NNT va fuqarollik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻl
lab-quvvatlash Hududiy
jamoat fondlari toʻlaqonli faoliyatini boshlagan. Joylarda ijtimoiy hamkorlikni qoʻllab
-
quvvatlash maqsadida 2021-yilda maxalliy byudjetlardan 313 ta loyixa 9 mlrd. 377 mln.
soʻmga, 2022
-
yilda 241 ta loyiha 9 mrld. 23 mln. soʻmga mol
iyalashtirilib 2023-yilda 250 dan
ortiq loyixalarni 13 mrld. soʻm yaqin mablagʻlar bilan moliyalashtirish rejalashtirilgan.
Qoʻllab
-quvvatlangan davlat granti loyihalari doirasida kuyidagi ijtimoiy muammolarni
xal etish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlarni koʻ
rish mumkin:
2-
rasm. Davlat granti loyihalarining ijtimoiy muammolarni
h
al etish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar
53
52
Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi maʼlumotnomasi
53
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi ma
ʼlumotlari asosida tuzildi.
379
1138
4750
9200
11900
12000
17000
7
124
251
237
290
160
192
2008
2010
2015
2020
2021
2022
2023
Ajratilgan mablag‘ mln. so‘m
Loyihalar soni
6,2
7,1
9,2
6,6
6
7,4
7,6
Aholini bandligini taʼminlashga koʻmaklashish
- 110 ta loyiha
Islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga
yetkazish, ijtimoiy ong va dunyoqarashini
oʻzgartirish - 124 ta loyiha
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy-
maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash - 163 ta loyiha
Obodonchilikni tʼminlash, tibbiy va ekologik
madaniyatni yuksaltirish - 116 ta loyiha
Yoshlarning maʼnaviy-ruhiy va intellektual
salohiyatini oshirish - 105 ta loyiha
Inson xuquqlari, muloqot madaniyatini
shakllantirish - 130 ta loyiha
Madaniy meroslar, tibbiy va ekologik
madaniyatni yuksaltirish - 134 ta loyiha
mlrd
.
soʻm
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar
www.e-itt.uz
169
Ajratilgan mablagʻlar natijasida, 17
886 ta davra suhbatlari va tadbirlar tashkil etilgan va
ularda 2 459 973 nafar fuqaro qamrab olingan hamda 1 810 na
far koʻngilli jalb etilgan. 13
322
nafar fuqaroga ijtimoiy, xuquqiy, tibbiy, psixologik yordam, 77 899 nafar fuqaroning bilim,
koʻnikmalari oshirilgan va kasbga oʻqitilgan, 6
414 nafar fuqaroni bandligi taʼminlangan hamda
546 ta fuqaroga kredit ajratilishi
ga yordam koʻrsatilgan
.
Shu bilan birga, 19
977 nafar fuqaro sanʼat va kitobxonlikka jalb etilgan. 180 nafar
nogironligi boʻlgan shaxslar sportning paralpimpiya
turiga va 13
778 nafar fuqaro sogʻlom
turmush tarziga jalb etilgan. 27 ta sport maydonchasi va 19 ta mahallani obodonlashtirishga
koʻmaklashilgan. 15
ta kutubxona, va 8
ta oʻquv kurslari va toʻgaraklar tashkil qilingan. 500
ta
brayl yozuvli kitoblar chop etilgan. 120 ta audio kitoblar jamlanmasi shakllantirilgan. 7 902
nafar fuqaro ichimlik suvi bil
an taʼminlangan. 100
048 ta tarqatma materiallar ishlab chiqilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev xotin
-
qizlarni qoʻllab
-quvvatlash
tizimini yangi bosqichga koʻtarish va ayollarning jamiyatdagi oʻrnini yanada yuksaltirish va
mustahkamlash, shuningdek, ularning
ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zoʻravonlikning
oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan
oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Oʻzi yoki qaramogʻida nogironligi bor yaqini boʻlgan
xotin-qizlarg
a ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, ularni kasbga oʻqitish borasida, nodavlat notijorat
tashkilotlariga berilayotgan grantlar miqdori 5 baravarga oshirilib, 200 mln. soʻmgacha
yetkaziladi” deb taʼkidlandi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan davlat granti shaklida bir loyiha uchun
ajratiladigan mablagʻlarning miqdori loyihaning maqsad vazifalari va amalga oshiriladigan
ishlarning koʻlamidan kelib chiqib 2018
-2019-
yillarda 18 mln. soʻmdan 30 mln. soʻmgacha,
2020-2021-yillarda 2
5 mln. soʻmdan 40 mln. soʻmgacha va 2022
-2023-yillar kelib bir loyiha
uchun 50 mln. soʻmdan 100 mln. soʻmgacha mablagʻlar ajratilgan
54
.
Shuningdek, ushbu ajratilgan mablagʻlar doirasida turli sohalarda qisqa muddatli va oʻrta
muddatli loyihalar amalga oshir
ilgan. Soʻngi toʻrt yil
davomida ajratilgan davlat granti
loyihalarini oʻrganishlar natijasiga koʻra qisqa muddatli loyihalarni 6 oygacha, oʻrta muddatli
loyihalarni 12 oygacha boʻlgan muddat etib belgilasak boʻladi. 2020
-2022-yillarda ajratilgan
loyihalarni tahlilidan quyidagil
arni koʻrish mumkin
55
:
- 2020-
yilda 35 ta grant loyihalari 6 oygacha, 202 ta loyihalar 7 oydan 12 oygacha boʻlgan
muddatda;
- 2021-yilda 11 ta grant loyiha 5 oydan 6 oygacha, 279 ta loyiha 7 oydan 12 oygacha
boʻlgan muddatda;
- 2022-yilda 160 ta
loyiha 8 oydan 12 oygacha boʻlgan muddatda;
- 2023-
yilda 192 ta loyiha 8 oydan 12 oygacha boʻlgan muddatda amalga oshirilmoqda.
Oʻtkazilgan tahlillardan koʻrinib turibdiki, davlat granti shaklida bir loyiha uchun
ajratiladigan mablagʻlarning mi
qdori oshirilgan sari NNTlar tomonidan taqdim etilayotgan
loyihalarni amalga oshirish muddatlari ham oshib borgan. Albatta, loyihaga ajratilayotgan
mablagʻlar miqdori loyihaning maqsadi, vazifalari va amalga oshiriladigan ishlarning koʻlamiga
ham oʻz taʼsirini koʻrsat
ishi kerak.
Bir tomondan NNTlarni qoʻllab
-quvvatlash ikkinchi tomondan mamlakatdagi ijtimoiy
muammolarni xal etish uchun yoʻnaltirilayotgan davlat granti mablagʻlaridan samarali
foydalanish masalalari ham mavjud. Oʻzbekiston Respublikasining “J
amoatchilik nazorati
toʻgʻrisida”gi qonuni 2018
-
yilda qabul qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari,
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda
roʻyxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, omma
viy axborot vositalari jamoatchilik
nazorati subyektlari hisoblanadi. Yaʼni NNTlar oʻzlari tomonidan amalga oshirilayotgan
loyihalarni jamoatchilik nazorati subyekti sifatida oʻzlarini oʻzlari nazorat qilishlari mumkin,
ammo bu nazorat haqqoniy va samarali
boʻladimi? Shu sababli,
NNTlar va fuqarolik jamiyati
54
Oliy Majlis
huzuridagi jamoat fondi maʼlumotnomasi
55
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi maʼlumotlari asosida tuzildi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar
www.e-itt.uz
170
institutlari tomonidan davlat koʻmagida amalga oshirilgan loyiha va dasturlarning natijalari
yuzasidan jamoatchilik oldidagi hisobdorlikni oshirish, samaradorlikni baholash
56
masalasi
“Oʻzbekiston –
2030
” strategiyasining qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat
boshqaruvini tashkil etish yoʻnalishi boʻyicha 2023
-
yilga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasiga
kirgani oʻrinli deb hisoblaymiz.
Xulosa va takliflar.
Amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda tadqiqot olib borish jarayonida NNT
va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oldida yechimi kutayotgan dolzarb muammolar
xam mavjud.
1. Davlat granti hisobiga faoliyatini yuritadigan NNTlar moliyaviy manbalaridan va
barqarorligidan kelib chiqib mehnat munosabatlarini amalga oshiradi va bunda quyidagi
qiyinchiliklar paydo boʻlishi mumkin:
-
aksariyat NNTlar “grantdan
-
grantgacha” prinsipiga asoslangan holda ishlashga oʻrganib
qoladi. Grant tanlovlarida gʻolib boʻlib, tavsiya etilmagan taqdirda ustavid
a belgilangan
faoliyatini ham maromida bajarmaslik;
-
baʼzi hollarda faqat davlat granti mablagʻlari evaziga ishlaydigan va yashaydigan
NNTlarning xodimlari bir loyihadan boshqa loyihaga oʻtib ishlaydi yoki bir xodim bir vaqtning
oʻzida bir nechta lavozim
vazifalarini bajarishi amaliyoti mavjud. Bu esa xodimlarni samarali
boshqarishga va loyihalarning maqsad va vazifalariga erishishga ham oʻz taʼsirini oʻtkazadi;
- grant hisobiga faoliyat yuritadigan NNTlarda moliyaviy resurslar tanqisligi paydo
boʻlgan hollarda NNT rahbarlari ish beruvchi sifatida oʻz qonuniy majburiyatlarini bajara
olmaydigan vaziyatlar boʻladi. Ayniqsa grant loyihasining byudjetida bunday xarajatlar koʻzda
tutilmagan boʻlsa, ish vaqtidan tashqari ish uchun kompensatsiya va qoʻshimcha haq toʻlashga
imkoni boʻlmaydi.
2.
Har yilgi eʼlon qilinadigan davlat granti mavzularining yoʻnalishlari ochiq jamoatchilik
muhokamasiga asoslanib belgilanadigan tizimni joriy etilishi zarur deb hisoblaymiz. Davlat
granti mavzularining yoʻnalishlari moliya yil
ining boshida ochiq platformada hamda OAVlarda
keng yoritish orqali jamoatchilik muhokamasiga qoʻyish taklif etiladi.
Buning natijasida joylardagi bugungi kundagi dolzarb muammolarni hal eta oladigan
loyihalarga va sohalarga koʻproq eʼtibor qaratilishiga e
rishiladi.
3. Davlat granti shaklida qoʻllab
-quvvatlashning hajmlarini oshirish bunda har bir
loyihaning maqsad vazifalaridan kelib chiqib 200 mln. soʻmgacha bitta loyihani
moliyalashtirish taklif etiladi. Davlat grantining moliyalashtirish hajmlari oshirilishi uning
nufuzini yuksaltiradi, koʻproq NNTlar davlat granti tanlovlarida ishtiroki kengayadi, talabgorlar
koʻpaygan sari esa raqobat kuchayadi. Raqobat bor joyda ochiqlik shaffoflik taʼminlanadi va
loyihalarning sifati oshadi.
4. Davlat granti boʻyicha
qoʻllab
-quvvatlanadigan loyihalarni amalga oshirilishida davlat
organlari bilan ijtimoiy sheriklikni yoʻlga qoʻyish mexanizmini joriy qilish kerak deb
hisoblaymiz. Qoʻllab
-
quvvatlanayotgan grantlarni hajmi oshganidan soʻng uni nazorati ham
kuchaytirilishi
zarur boʻladi. Bunda har bir davlat granti loyihasini sohasidan kelib chiqib
tegishli davlat organlarini ushbu loyiha hamrohlik va ijtimoiy sheriklik prinsiplarida yordam
koʻrsatishi hamda oʻz oʻrnida loyihani byudjet mablagʻlari hisobidan samarali amalga
oshishini
nazoratini yoʻlga qoʻyish mumkin boʻladi.
5. NNTlar tomonidan har bir grant loyihalarini tayyorlashda ijtimoiy muammoni joylarga
chiqqan holda tahlil qilish va loyihaning maqsad vazifalarini belgilashda jamoatchilik fikrini
ham oʻrganish lozim h
isoblanadi. Ushbu tartibda ishlab chiqilgan loyihalar sifati yana ham
yuqoriroq va qoʻyilgan masalani ahamiyati yana ham dolzarbroq boʻladi. NNTlar tomonidan
loyihaning sifatidan tashqari uning barqarorligi va davomiyligiga ham eʼtibor qaratishlari
muhim. Qisqa muddatli loyihalardan asta sekin uzoq muddatli
va ijtimoiy ahamiyati koʻproq
56
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
11.09.2023-yildagi PQ-300-son qarori
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar
www.e-itt.uz
171
saqlanib qoladigan loyihalarni tashkil etish va davlat tomonidan ushbu loyihalar qoʻllab
-
quvvatlanish maqsadga muvofiq hisoblaymiz.
Ilmiy taʼdqiqot natijalari shuni koʻrsata
diki, NNTlar ijtimoiy masalalarni hal eti
sh yoʻlida
o
ʻz faoliyatini olib borar ekan, ularning moliyaviy barqarorligi taʼminlanishida davlat
tomonidan grantlarning ajratilishi, shuningdek, ularni hajmlarini oshirib borilishi
mamalakatda insonparvar demokratik davlat hamda kuchli fuqarolik jamiyati barpo
etila
yotganini koʻrish mumkin boʻladi.
Adabiyotlar / Литература / Reference:
Axborotnoma (1999)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999
-y.,
5-son, 115-modda.
Joʻrayeva S. (2009) Fuqarolarning siѐsiy m
adaniyatini yuksaltirishda fuqarolik jamiyati
institutlarining roli // Demokratlashtirish va inson huquqlari.
–
№ 4. –
B.24
Nazarov Sh. (2012)
. Konstitutsiya va jamoat birlashmalari. / Masʼul muharrir yuridik fanlar
doktori, professor A.X. Saidov.
–
Toshkent: TDYUI,
–
B. 30
Nelyubina Ye.V. (2010)
Garantii i zaщita sotsialnыx prav cheloveka i grajdanina v
Rossiyskoy Federatsii // Gosudarstvo i pravo.
–
№ 5. –
S. 101
–
102.
Salamon L.M. and Sokolowski S.W., (2016) Beyond nonprofits: Re-conceptualizing the third
sector. VOLUNTAS: International Journal of Voluntary and Nonprofit Organizations, 27(4),
–
PP.
1515
–
1545.; Anheier H.K. and Salamon L.M., The nonprofit sector in comparative perspective. The
nonprofit sector: A research handbook, 2, 2006.
–
PP. 90
–
114.
Xolmanova D.R. (2012)
Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat notijorat tashkilotlarning
jamoat birlashmalari tizimidagi oʻrni. Yurid. fan. nom.... dis. TDYUU, Toshkent,
http://diss.natlib.uz/ru-RU/ResearchWork/OnlineView/37583
(Xolmanova D.R. The role of non-
governmental non-profit organizations in the system of public associations in the Republic of
Uzbekistan. Disser. cand. of jur. sciences. TSUL, Tashkent, 2012.)
