Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.44965

Ключевые слова:

хлопково-текстильный кластер фермерская хозяйства деҳканское хозяйство животноводство бенчмаркинг

Аннотация

В статье рассматриваются вопросы предоставления агроконсультационных услуг в направлениях сельского хозяйства, животноводства и садоводства в хлопково-текстильных кластерах, внедрения передовых знаний в производство с целью также повышения эффективности по местной особенности производства сельскохозяйственной продукции.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

75


PAXTA-

TO‘QIMACHILIK KLASTERIDA AGROKONSALTING XIZMATLARI

NI

RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLI YO‘NALISH

LARI

Kudratova Iroda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Samarqand filiali

ORCID: 0009-0004-7200-8922

irodakudratova@mail.ru


Annotatsiya.

Maqolada paxta-

to‘qimachilik klasterlarida mahalliy darajada de

hqonchilik,

chorvachilik va bog‘dorchilik yo‘nalishlarida konsalting xizmatlari ko‘rsatish va tajribalar

benchma

rkingini yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishining mahalliy

xususiyatlarini hisobga olgan holda samaradorlikni ham oshirish

maqsadida ilg‘or bilimlarni

ishlab chiqarishga joriy etishni ko‘zda tutuvchi agrokonsalting xizmatlarini ko‘rsat

ish masalalari

yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

paxta-

to‘qimachilik klasteri, fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi, chorvachilik,

tajribalar benchmarkingi, agrokonsalting.

ПЕРСПЕКТИВНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ РАЗВИТИЯ АГРОКОНСАЛТИНГОВЫЕ

УСЛУГИ В ХЛОПКОВО

-

ТЕКСТИЛЬНОМ КЛАСТЕРЕ

Кудратова Ирода

Самаркандский филиал Ташкентского

государственного экономического университета

Аннотация.

В

статье

рассматриваются

вопросы

предоставления

агроконсультационных услуг в направлениях сельского хозяйства, животноводства и

садоводства в хлопково

-

текстильных кластерах, внедрения передовых знаний в

производство с целью также повышения эффективности по местной особенности

производства

сельскохозяйственной продукции.

Ключевые слова:

хлопково

-

текстильный кластер, фермерская хозяйства,

деҳканское хозяйство, животноводство, бенчмаркинг, агроконсалтинг.

A PROMISING DIRECTION OF DEVELOPMENT AGRICULTURAL CONSULTING

SERVICES IN THE COTTON-TEXTILE CLUSTER

Kudratova Iroda

Samarkand branch of the Tashkent State

University of Economics

Annotation.

The article discusses the issues of providing agro-consulting services in the

areas of agriculture, animal husbandry and horticulture in cotton and textile clusters, the

introduction of advanced knowledge into production in order to also increase efficiency according

to the local characteristics of agricultural production.

Keywords:

cotton and textile cluster, farming, rural economy, livestock, benchmarking,

agroconsulting.

UO

K: 338.43

III SON - MART, 2024

75-81


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

76

Kirish.

Bozor munosabatlarining qaror topishi bilan milliy iqtisodiyotning agrar tarmog‘ida

chuqur ijtimoiy-

iqtisodiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Qishloq xo‘jaligi

yerlarining qariyb 62 foizi

xususiy mulkka asoslandi, qishloq xo‘jaligi korxonalari mu

s

taqil xo‘jalik yurituvchi sub

yektlar

sifatida fermer xo‘jaliklariga aylantirildi. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida

yangicha iqtisodiy munosabatlari shakllandi (

Фармон

, 2023).

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida mulkchilikning asosiy

tashkiliy-huquqiy shakli dehqon-

fermer xo‘jaliklari, shuningdek hisoblanadi. Biroq, ushbu

fermer xo‘jaliklarining agrar ishlab chiqarishdagi sezi

larli ulushiga qaramay, ularning iqtisodiy

faoliyati samaradorligi qator tashkiliy, agrotexnik, agrokimyoviy va agrobiologik, tadbirkorlik

sohalaridagi muammolar tufayli pastligicha qolmoqda. Shu tufayli aholining ekologik xavfsiz

oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat va yengil sanoatni tarmoqlari uchun paxta xomashyosini

yetishtirishni har tomonlama qo‘llab

-quvvatlash, ularning barqaror faoliyat yuritishi uchun

zarur bo‘lgan zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan yangi tuzilmalarni, shu

jumladan agrokonsalting axborot tuzilmalarini yaratish zarurati tobora oshib bormoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Xorijlik tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarida

agrokonsalting xizmatlari “...qishloq

xo‘jaligida iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab

-quvvatlashning zamonaviy vositalaridan biri

hisoblanadi. Agrokonsalting avvalo qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga sohaviy

maslahatlar berishga qaratiladi. Shu bilan birga agrokonsalting qishloq joylarni rivojlantirishga

qaratilgan malakali axborot-

maslahat xizmati hamdir” sifati

da izohlangan (Tamuliene, Vilma

va boshq, 2017

). Agrokonsalting “...fermer xo‘jaliklariga mavjud resurslardan samarali

foydalanish bo‘yicha zaruriy bilim, malaka va ish tajribalar haqida ma’lumotlar berish, zarur

hollarda o‘rgatish xizmati” ni ifodalaydi (

Mitskevich va boshq, 1999). Shu bilan birgalikda

manbalarda agrokonsalting tushunchasi

qishloq xo‘jaligi sohasida konsalting sifatida izo

hlanib,

“...qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari

va qishloq aholisiga tavsiyaviy harakterga ega

bo‘lgan yoki qisman ko‘maklashishni ko‘zda tutuvchi, shu bilan birga yangi imkoniyatlarni joriy

etish, qo‘llash, o‘zgarishlarga moslashish yo‘nalishid

agi axborot-

maslahat xizmatlarini o‘z

ichiga olishi” keltirilgan (

Demishkevich, 2009).

O‘zbekistonlik tadqiqotchilardan

ilmiy ishlarida

mazkur yo‘nalishidagi tadqiqotlar

qishloq

xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma sifatida “... bevosita va bilvosi

ta qishloq

xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarga mahsulot ishlab chiqarish va iste’molchilarga (qayta

ishlash kor

xonalariga, aholiga) yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarda shart

-sharoitlarni

ta’minlovchi xizmatlar majmuidan iborat” ekanligi (

Hamrayeva, 2019), shuningdek agroxizmat

sifatida “... moliyaviy

resurslar manbalariga ega

bo‘lgan,

yerlarning meliorativ holatini

yaxshilash, texnika va jihozlarni

ta’mirlash,

ilmiy

asoslangan o‘g‘itlash asosida hosildorlikni va

zooveterinariya tadbirlarini amalga oshirish orqali chorva mollari zotini yaxshilash, ularning

mahsuldorligini oshirishga qaratilgan hamda mahsulot qiymatini va uning samaradorligini
oshiradigan, shuningdek, axborot

ta’minoti

va konsalting hamda

sug‘urta

va reklama xizmatini

o‘z

ichiga oladigan qishloq ishlab chiqarish va ijtimoiy

infratuzilma ob’ektlari ko‘rsatayotgan

xizmatlar majmui” nuqta

yi nazaridan tadqiq qilingan (Ibragimov, 2023).

Yuqorida qayd etilgan ilmiy tadqiqotlarda agrokonsalting xizmatlarini ko‘rsatish

masalalari

tizimli yondashuv asosida o‘rganilmaganligi bu borada tadqiqotlar ko’lamini yanada

kengaytirish zaruratini keltirib chiqaradi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot davomida induksiya va deduksiya, guruhlash, mantiqiy tahlil usullardan

foydalanilgan. Tadqiqot natijalarini umumiy yaxlit tarzda ifodalash maqsadida jadval va

rasmlardan foydalanilgan. Tadqiqot gipotezasi paxta-

to‘qimac

hilik klasterlari samaradorligini

texnik-texnologik innovatsiyalarni joriy yetish va tegishli axborot bazasini shakllantirish


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

77

sohaga oid ilg‘or bilimlarni ishlab chiqarishga joriy etishni ko‘zda tutuvchi agrokonsalting
xizmatlarini ko‘rsatish orqali oshiri

sh mumkinligiga asoslanadi

Tahlillar va natijalar muhokamasi.

Xorijda agrokonsalting xizmatlarini ko‘rsatish asosan xususiy sektorga taalluqli bo‘lib,

aynan bir yo‘nalish yoki texnik xizmatlar ko‘rsatishga chuqur ixtisoslashganligi bilan ajralib

turadi.

Bu asosan “...irrigatsiya va

tuproq unumdorligini saqlab qolish, qishloq xo‘jaligi

mexanizatsiyasi va ekinlarni joylashtirishning global tizimlari(GPS, GLONASS)ni qo‘llashga

qaratilgan”

(Bergamaschi, 2012)

. Biroq, so‘nggi yillarda kabi agrokonsalting xizma

tlari

ko‘rsatishning iqtisodiy faoliyat turiga aylanib ulgurganligi, ushbu sub’ektlar o‘rtasida uzviy

bog‘liqligning yo‘qligi tufayli berilayotgan maslahat va tavsiyalar qishloq xo‘jaligi

muammolarini hal qilishda jiddiy xatoliklarga olib kelayotganligini

ham e’tiborga olish

zarurdir

. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasi amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda

aksariyat “...mayda kichik dehqon xo‘jaliklarida dehqon (fermer) xo‘jaliklari, birinchi navbatda,

asosiy qishloq xo‘jaligi resurslari hisoblangan

yer, ishchi kuchi, moddiy-texnik baza va shu

kabilarning yetarlicha samara bilan foydalanilmasligi” (

Azizkulov, 2019) tufayli

dehqonchilikning samarali tashkiliy shaklga aylanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Buning natijasida
mayda fermer xo‘jaliklarida kichik

ishlab chiqarishni samarali tashkil etish murakkabligicha

qolmoqda.

Bugungi kunda respublikamiz paxtachilik sohasida ham allaqachon bozor mexanizmi

shakllandi, fermer xo‘jaliklari o‘zini o‘zi moliyalashtirishi, yetishtirilgan paxta xomashyosini

mustaqil tasarruf

etish imkoniyatlari kengaydi. Integratsiyalashuvning kichik darajasi bo‘lgan

yangi

xo‘jalik

yuritish tizimi sifatida paxta xomashyosini yetishtirish va tayyor mahsulotga

aylantirish borasida shahar, tuman va viloyat ichida joylashgan bir xil soha koxonalarini va ular

bilan yagona texnologik zanjirda bo‘lgan ta’lim, ilmiy, injiniring, konsalting, standartlashtirish,

sertifikatlashtirish, boshqa xizmatlarni uyg‘unlashtirish innovatsion ishlab chiqarishni tashkil

etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratish hamda mavjud mehnat resurslarini ish bilan

ta’minlashdek muhim jihatni o‘zida namoyon etadigan paxta

-

to‘qimachilik klasterlari tashkil

qilindi. Paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilar va paxta-

to‘qimachilik klasterlari o‘rtasidagi

munosabatlar yangicha shak

lda yo‘lga qo‘yish, Paxta xomashyosini yetishtiruvchi xo‘jaliklar va

klasterlar o‘rtasida xomashyo yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuproq

hosildorligi normativlari doirasida O‘zbekiston respublika tovar

-

xomashyo birjasining “paxta

xomashyos

i seksiyasi”da har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan savdolar natijalariga

ko‘ra tuzish asosida joriy yilgi hosil mavsumidan boshlab paxta xomashyosi ishlab

chiqaruvchilar va paxta-

to‘qimachilik klasterlari o‘rtasidagi munosabatlarni yangic

ha shaklda

yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratildi.

So‘nggi yillarda paxta

-

to‘qimachilik klasterlarining faoliyatida ilmiy, bozor va texnologik

ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan zamonaviy dehqonchilik usullarini qo‘llash, chorva

komplekslarida zamonaviy

veterinariya, naslchilik, zootexniya yo‘nalishidagi agrokonsalting

xizmatiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga ahamiyat berilmoqda. agrokonsalting xizmatlarining

shakllanishi va uning agrar soha samaradorligiga ijobiy ta’siri iqtisodiy adabiyotlarda kam

yoritilgan, tizimli amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar yetarli emas, aksariyat hollarda qisqa

muddatga mo‘ljallangan grantlar va startap

-loyihalar shaklida amalga oshirilgan. Ushbu

masalaning o‘ta jiddiyligi shundan iboratki, bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sa

maradorligini

oshirish, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy yetish, boshqa turdagi

xizmatlardan foydalanishni klaster yondashuvisiz tasavvur qilish qiyin (Xoliqova, 2022), shu

bilan birga uning tarkibidagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruv

chilariga doimiy ravishda

agrokonsalting xizmatlari ko‘rsatishi shart hisoblanadi.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, paxta-

to‘qimachilik klasterlarida paxtachilik

xo‘jaliklarini ijtimoiy

-iqtisodiy rivojlantirish, paxta xomashyosini yetishtirish samaradorligini

oshirish (Topildiyev, 2023), shuningdek, iqtisodiyotning turdosh tarmoqlariga integratsiyasini


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

78

ta’minlashda konsalting xizmatlarini takomillashtirish lozim. Mazkur zaruratni birinchi

navbatda paxta-

to‘qimachilik klasterlari faoliyatining quyidagi ustuvor yo‘nalishlari bilan

asoslantirishimiz mumkin:

-

qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari hamda paxta xomashyosini qayta ishlashning

uzluksiz qiymatlar zanjirini o‘zida aks ettiruvchi paxta

-

to‘qimachilik klasterlari yaratildi;

- paxta xomashyosi va undan yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni

kengaytirish, chorva komplekslarida mahsuldorlikni oshirish va fermer xo‘jaliklarining

rentabelligini oshirishda ixtiyoriy kooperatsiyalar tuzish orqali qishloq xo‘jaligi tovar ishlab

chiqaruvchilarining zamonaviy bozor muhitiga moslashuvchan tashkiliy tuzilmalari
shakllantirildi;

aholi va sanoat korxonalarining yuqori sifatli oziq-ovqat, sanoatning sifatli xom ashyoga

bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun ekologik

toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarning

mavjud ekanligi;

paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida chorva mollarining ozuqa bazasini

mustahkamlash, sug‘oriladigan yerlar maydonlaridan unumli foydalanish (

Aliyev, 2028),

paxta-

to‘qimachilik kla

sterlari negizida tashkil etilgan chorva kompleksi va aholining chorva

mollari va parrandalarni parvarish qilishni yaxshilash orqali ushbu tarmoqlarni ham barqaror

rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha chora

-tadbirlar tizimining ishlab chiqilganligi.

1-r

asm. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga agrokonsalting

xizmatlari ko‘rsatish modeli

35

Fikrimizcha, paxta-

to‘qimachilik klasterlarida ijtimoiy

-iqtisodiy samaradorlikni oshirish

nafaqat tashkiliy, agrotexnik, ishlab chiqarish va boshqa chora-t

adbirlarni yo‘lga qo‘yish, balki

agrar sohaning agrokimviy, agrobiologik yo‘nalishlardagi yutuqlari,

texnik-texnologik

innovatsiyalarni joriy yetish va tegishli axborot bazasini shakllantirish orqali, shu bilan birga

ilg‘or bilimlarni ishlab chiqarishga joriy etishni ko‘zda tutuvchi agrokonsalting xizmatlarini
ko‘rsatish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Agrokonsalting xizmatlarini amalga oshirish

quyidagi sub’ektlar tomonidan amalga oshiriliadi:

35

Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Agrokonsalting xizmatlari

agrokonsultant-

menejer

dala maslahatchlari

agroservis konsultantlari

aholi

Fermer

xo‘ja

liklari

Dehqon xo‘jaliklari


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

79

- dala maslahatchlari

klaster tarkibidagi fermer xo‘jaliklariga o‘zaro shartnoma asosida

yoki mustaqil ravishda agroservis yo‘nalishida xizmatlar ko‘rsatuvchi y

uqori malakali

zootexniya, veterinariya, agronomiya sohasi mutaxassislari;

- agroservis konsultantlari

eng ilg‘or fermer xo‘jaliklari bilan o‘zaro tajrib

a-sinov va dala

laboratoriya rejimida ish olib boruvchi, ilg‘or tajribalar bo‘yicha master

-klass va seminarlar

tashkil etuvchi mutaxassislar;

- agrokonsultant-menejer

yuqori malakali mutaxassislar va soha olimlarining uslubiy

ishlanmalari, ilmiy va ta’li

m tashkilotlari bilan hamkorlikda innovatsiyalarni moslashtirish,

ularni joriy etish metodologiyasini ishlab chiqish va tajriba-

namoyish ob’ektlarini tashkil etish

ishlarni amalga oshiradilar (1-rasm).

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda qishloq xo‘jaligida agrokonsalting xizmatlari ko‘rsatish

ma’lum darajada davlat tomonidan tartibga solish orqali amalga oshirimoqda, chunki ekologik

standartlarga rioya qilish, qishloq jo

ylarda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan

mahsulotlar ishlab chiqarish, ekinlarning kasallik, zararkunanda hamda hasharotlar bilan

zararlanishiga qarshi biomahsulotlar va kimyoviy vositalarni qo‘llash

, yem-xashaklarga

qo‘shiladigan oqsil qo‘

shimchalarni ishlab chiqarish (Xaydarov, 2024) da milliy va xalqaro

standartlarga rioya qi

lish muhimdir. Shu bilan birga konsalting xizmatlari va qishloq xo‘jaligi

ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil etish shakllarini ham

rag‘b

atlantirish lozim (1-jadval).

1-jadval

Paxta-

to‘qimchilik klasterlarida agrokonsalting xi

zmatlarini tashkil

qilishning strategik yo‘nalishlari

36

Agrokonsalting

yo‘nalishlari

Xizmat turlari

Iqtisodiy yo‘nalishdagi

agrokonsalting xizmatlari

buxgalteriya hisobi, mulkiy masalalar, investitsiyalarni jalb qilish,
agroaktivlarni sotish va harid qilish, ijara, arenda, lizing

Chorvachilik yo‘nalishidagi

agrokonsalting xizmatlari

zootexniya, zooveterinariya, naslchilik,

Dehqonchilik yo‘nalishidagi

agrokonsalting xizmatlari

suvni tejash texnologiyalari, resurs tejamkor texnika va innovatsion
texnologik jarayonlar, tuproq unumdorligini tiklash, ekologiya,

biologik, biodinamik, organik va adaptiv dehqonchilik, zararkunanda
hamda hasharotlar bilan zararlanishiga qarshi biomahsulotlar va

kimyoviy vositalarni qo‘llash

Raqamlashtirish

yo‘nalishidagi

agrokonsalting xizmatlari

“dala sensorlari”, iqlim stansiyalari, kuzatuv

-

tadqiqot dronlar, sun’iy

yo‘ldoshlar, sun’iy intellekt tizimlarini qo‘llash hamda

qishloq

xo‘jaligida ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MMBT)ni joriy

etish

Huquqiy yo‘nalishidagi

agrokonsalting xizmatlari

er ajratish, ekin maydonini kengaytirish, ijara, arenda, lizing

munosabatlarini huquqiy qo‘llab

-quvvatlash

Tashkiliy yo‘n

alishidagi

agrokonsalting xizmatlari

biznes-rejalashtirish, startap loyihalar ishlab chiqish, agrar
boshqaruv,

agrar soha xodimlari malakasini oshirish, qo‘shilish va

birlashish amaliyoti, klaster munosabatlarini takomillashtirish

Fikrimizcha agrokonsalting xizmatlarining asosiy vazifasi

qishloq xo‘jaligida tomorqa

egalari, dehqon-

fermer xo‘jaliklarini zamonaviy

agrotadbirlar va texnologiyalarga doir yangi

bilim, malaka va o‘quvlarga o‘rgatish, ularning so‘rovlari asosida ma’lumot, qarorlar qab

ul

qilish va ularni ijrochilarga yetkazish, shuningdek nazoratga asoslangan ishlab chiqarish

tizimlarini boshqarishni tak

omillashtirish bo‘yicha sa’y

-harakatlarini safarbar qilishdan iborat

bo‘lishi kerak.

36

Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

80

Xulosa va takliflar.

Agrokonsalting

qishloq xo

‘jaligida hosildorlik va chorva mahsuldorligiga erishishga

qaratilgan iqtisodiy faoliyat turi hisoblanadi. Ilg‘or xorij amaliyotida fermer xo‘jaliklari,

tomorqa egalari, shu jumladan qishloq aholisi uchun qishloq xo‘jaligi faoliyati turlari

(veterinariya,

qishloq xo‘jaligi, agronomiya va boshqalar) bo‘yicha agrokonsalting xizmatlarini

tashkil etish orqali kasallik, zararkunanda hamda hasharotlar bilan zararlanishiga qarshi

biomahsulotlar va kimyoviy vositalarni qo‘llash, sohani raqamlashtirish bo‘yicha

agro

konsalting xizmatlari ko‘rsatish kengayib bormoqda.

Paxta-

to‘qimchilik klasterlarida agrokonsalting xizmatlarini tashkil

qilishning strategik

yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni taklif etishimiz mumkin:

biologik, biodinamik, organik va adaptiv dehqonchilik tizimlarini rivojlantirish,

veterinariya-

sanitariya xavfsizligi bo‘yicha startap loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha

taklif va

tavsiyalar berish.

chorvachilik, baliqchilik va parrandachilikda samarali ozuqa ratsionini ishlab chiqishni

tashkil etish, chorvachilik ozuqa ratsionining iqtisodiy samaradorligini va maqsadga

muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatish.

fermer (dehqon) xo‘jaliklari hamda qishloq aholisiga hosildor ekin navlarini,

chorvachilik sanoatida mahsul

dor zotlarni qo‘llash, naslchilikda zamonaviy yondashuvlarni

qo‘llash asosid hayvonlar va o‘simliklarning genetik salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha

maslahatlar berish, tajribalarni o‘rgatish.

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining optimal sotish narxlari

ni shakllantirish, ishlab

chiqarish, qayta ishlash va sotishni faoliyatini davlat tomonidan soliqlar, subsidiyalar orqali

qo‘llab

-

quvvatlash, fermer (dehqon) xo‘jaliklari va qishloq aholisining qishloq xo‘jaligi ishlab

chiqarish sohasidagi moddiy manfaatlari huquqiy va iqtisodiy himoya qilish, agrar soha

xodimlari malakasini oshirish, agrar sohada kasbiy faoliyat nufuzini os

hirishga yo‘naltirilgan

tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish.

qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish borasida “dala sensorlari”, iqlim stansiyalari,

kuzatuv-

tadqiqot dronlar, sun’iy yo‘ldoshlar, sun’iy intellekt tizimlarini qo‘llash hamda qishlo

q

xo‘jaligida ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MMBT)ni joriy etish, iqtisodiy samarasiz

bo‘lgan an’anaviy qishloq xo‘jaligi k

asblarini robotlashtirish va avtomatlashtirish, sohada AT-

dasturchilar, Internet texnologiyalari mutaxassislarining faoli

yatini rag‘batlantirish bo‘yicha

maslahatlar berish.

zamonaviy agrosanoat, resurs tejamkor texnika va innovatsion texnologik jarayonlarni

rivojlantirish asosida chorvachilik komplekslari va parrandachilik fermalarining iqtisodiy
salohiyatini tiklash va rivojlantirish, dehqonchilik sohasining texnik-texnologik

modernizatsiyasini rag‘batlantirish bo‘yicha chora

-tadbirlarni ishlab chiqish.

Ushbu tavsiyalarni amaliyotda qoʻllash paxta

-

to‘qimchilik klasterlarida agroservisni

rivojlantirish, agrokonsalting xizm

atlarini ko‘rsatish orqali ularning ijtimoiy

-iqtisodiy

samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Adabiyotlar / Литература /

Reference:

Bergamaschi, M. (2012). Agrishow: palco para a agricultura paulista. Agroanalysis FGV

Magazine, 32(6): 40-45.

Ibragimov Gʻ.A.

(2023)

. Agroxizmat korxonalari va fermer xoʻjaliklari oʻrtasidagi iqtisodiy

munosabatlar samaradorligini oshirish. Iqtisodiyot fanl

ari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

dissertatsiyasi avtoreferati, Berdaq nomidagi QDU, Nukus

60 b.

Tamuliene, Vilma & Raupeliene, Asta & Kazlauskiene, Egle. (2017). Farmers’ Preferences

Selecting Agricultural Consulting Services. Montenegrin Journal of Economics. 13. 79-87.

10.14254/1800-5845/2017.13-4.6.

Азизкулов Б.Х. (2019) Пахтачиликда агротехник тадбирлар иқтисодий

самарадорлигини оширишнинг асосий йўналишлари. 08.00.04

-

Қишлоқ хўжалиги


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

81

иқтисодиёти Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси
автореферати, ТИҚХММИ. Тошкент, –56 б.

Алиев Я.И.

(2018)

. Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари, агроресурслар ва агрохизматлар

бозорларини ривожлантиришнинг илмий

-

амалий асосларини такомиллаштириш.

08.00.04-

Қишлоқ хўжалиги иқтисодиёти Иқтисодиёт фанлари бўйича фан доктори (DSc)

диссертацияси автореферати,

ТИҚХММИ. Тошкент, –81 б.

Демишкевич, Г.М. (2009) Формирование и развитие системы сельскохозяйственного

консультирования [Текст] / Г.М. Демишкевич. –

М.: ФГУ РЦСК, –

296 с.

Мицкевича А., Фрайдина М. (1999) Консультации в сфере агробизнеса: учебное

пособие [Текст] / под ред. А. Мицкевича и М. Фрайдина. –

Щецин

-

Горки, –

95 с.

Топилдиев, С. (2023). АГРАР СОҲАНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ УСТУВОР ЙЎЛЛАРИ.

Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 1(2), 294

300.

https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/76

Фармон (2023) Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Қишлоқ хўжалигида

эркин бозор муносабатларини янада ривожлантиришнинг қўшимча чора

-

тадбирлари

тўғрисида” Фармони, 12.12.2023 йилдаги ПФ

-205-

сон

Хайдаров, И. (2024). Пахта

-

тўқимачилик кластерларида экспортбоп маҳсулотлар

ишлаб чиқаришни кўпайтиришда диверсификациялаш стратегиясини қўллаш
самарадорлиги. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(2), 661–

664.

https://doi.org/10.60078/2992-

877X-2024-vol2-iss2-pp661-664

Холиқова Р.С. (2022) Пахта

-

тўқимачилик ишлаб чиқаришини кластер асосида

ривожлантиришнинг

ташкилий

-

иқтисодий

механизмлари.

08.00.03-

Саноат

иқтисодиёти (иқтисодиёт фанлари).

Иқтисодиёт фанлари бўйича

фалсафа доктори

(PhD) диссертацияси автореферати,

ТТУ. Тошкент, –59 б.

Библиографические ссылки

Bergamaschi, M. (2012). Agrishow: palco para a agricultura paulista. Agroanalysis FGV Magazine, 32(6): 40-45.

Ibragimov Gʻ.A. (2023). Agroxizmat korxonalari va fermer xoʻjaliklari oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar samaradorligini oshirish. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati, Berdaq nomidagi QDU, Nukus – 60 b.

Tamuliene, Vilma & Raupeliene, Asta & Kazlauskiene, Egle. (2017). Farmers’ Preferences Selecting Agricultural Consulting Services. Montenegrin Journal of Economics. 13. 79-87. 10.14254/1800-5845/2017.13-4.6.

Азизкулов Б.Х. (2019) Пахтачиликда агротехник тадбирлар иқтисодий самарадорлигини оширишнинг асосий йўналишлари. 08.00.04 - Қишлоқ хўжалиги иқтисодиёти Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати, ТИҚХММИ. Тошкент, –56 б.

Алиев Я.И. (2018). Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари, агроресурслар ва агрохизматлар бозорларини ривожлантиришнинг илмий-амалий асосларини такомиллаштириш. 08.00.04-Қишлоқ хўжалиги иқтисодиёти Иқтисодиёт фанлари бўйича фан доктори (DSc) диссертацияси автореферати, ТИҚХММИ. Тошкент, –81 б.

Демишкевич, Г.М. (2009) Формирование и развитие системы сельскохозяйственного консультирования [Текст] / Г.М. Демишкевич. – М.: ФГУ РЦСК, – 296 с.

Мицкевича А., Фрайдина М. (1999) Консультации в сфере агробизнеса: учебное пособие [Текст] / под ред. А. Мицкевича и М. Фрайдина. – Щецин-Горки, – 95 с.

Топилдиев, С. (2023). АГРАР СОҲАНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ УСТУВОР ЙЎЛЛАРИ. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 1(2), 294–300. https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/76

Фармон (2023) Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Қишлоқ хўжалигида эркин бозор муносабатларини янада ривожлантиришнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида” Фармони, 12.12.2023 йилдаги ПФ-205-сон

Хайдаров, И. (2024). Пахта-тўқимачилик кластерларида экспортбоп маҳсулотлар ишлаб чиқаришни кўпайтиришда диверсификациялаш стратегиясини қўллаш самарадорлиги. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(2), 661–664. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss2-pp661-664

Холиқова Р.С. (2022) Пахта-тўқимачилик ишлаб чиқаришини кластер асосида ривожлантиришнинг ташкилий-иқтисодий механизмлари. 08.00.03-Саноат иқтисодиёти (иқтисодиёт фанлари). Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати, ТТУ. Тошкент, –59 б.