Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.44966

Ключевые слова:

молодежь занятость конкурентоспособность постоянные рабочие места потенциал

Аннотация

В данной статье проанализированы вопросы обеспечения эффективной занятости безработной молодежи, их экономико-социальной поддержки, ориентации молодежи на предпринимательство и опыт зарубежных стран, научно-теоретические взгляды ученых на эту тему. В результате был изучен зарубежный опыт обеспечения занятости безработной молодежи и показаны перспективы внедрения его в экономику нашей страны.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

69


XORIJIY MAMLAKATLARNING ISHSIZ YOSHLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH

BORASIDAGI TAJRIBALARI VA ULARNING YURTIMIZDA QO‘LLANILISHI

Komilova Sarvinoz

Guliston davlat universiteti

ORCID: 0009-0004-8178-6988

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ishsiz yoshlarni ish bilan samarali bandli

gi ta’min

lash,

ularni iqtisodiy-

ijtimoiy qo‘llab

-

quvvatlash masalalari, yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va bu

borada xorijiy davlatlar tajribalari, olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari tahlil qilindi. Natijada

ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash

b

o‘yicha xorij tajribalari o‘rganilib, ularni mamlakatimiz

iqtisodiyotiga joriy qilish istiqbollarni ko‘rsatib berildi.

Kalit so

‘zlar:

yoshlar, ish bilan bandlik, raqobatbardoshlilik, doimiy ish o‘rinlari, salohiyat,

ta’lim, aholi, tadbirkorlik, ko‘nikma

, iqtisodiyot.

ОПЫТ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН ПО ПОВЫШЕНИЮ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ

БЕЗРАБОТНОЙ МОЛОДЕЖИ И ИХ ПРИМЕНЕНИЕ В НАШЕЙ СТРАНЕ

Камилова Сарвиноз

Гулистанский государственный университет

Аннотация.

В данной статье проанализированы вопросы обеспечения

эффективной занятости

безработной молодежи, их экономико

-

социальной поддержки,

ориентации молодежи на предпринимательство и опыт зарубежных стран, научно

-

теоретические взгляды ученых на эту тему. В результате был изучен зарубежный опыт
обеспечения занятости безработной молодежи и показаны перспективы внедрения его в

экономику нашей страны.

Ключевые слова:

молодежь, занятость, конкурентоспособность, постоянные

рабочие места, потенциал, образование, население, предпринимательство, навыки,
экономика.

EXPERIENCES OF FOREIGN COUNTRIES IN IMPROVING THE COMPETITIVENESS OF

UNEMPLOYED YOUTH AND THEIR APPLICATION IN OUR COUNTRY

Komilova Sarvinoz

Gulistan State University

Annotation.

This article analyzed the issues of effective employment of unemployed youth,

their economic and social support, the orientation of young people to entrepreneurship and the

experiences of foreign countries in this regard, the scientific and theoretical views of scientists. As

a result, foreign experiments on employment of unemployed youth were studied, and the

introduction of them into the economy of our country showed prospects.

Keywords:

youth, employment, competitiveness, permanent jobs, capacity, education,

population, entrepreneurship, skills, economy.

UO

K: 331.538.2

III SON - MART, 2024

69-74


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

70

Kirish.

Bugungi kunda iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida dunyo mamlakatlari barcha

sohalarda, barqaror taraqqiyot yo‘lida o‘zlarining o‘rinlariga ega bo‘lib bormoqda. Albatta,

bunda har bir davlatning tabiiy va iqtisodiy omillari bilan birga, inson omili, jumladan, yosh

avlodlarni tarbiyalash, shart-sharoitlar yaratish, ularning intellektual salohiyatidan samarali
foydalanish muhim.

Davlat va jamiyat boshqaruvida ham, biznesni taraqqiy ettirishda ham, umuman, barcha

soha rivojida salohiyatli yoshning alohida o‘rni bor. Sababi,

ular jamiyat uch

un “yangi qon”

vazifasini o‘taydi. Yangidan

-yangi tashabbus-

g‘oyalarni ilgari surish, zamonaviy ish yuritish

uslublarini joriy qilishda ana shu qatlam yigit -

qizlarning nuqtai nazari va sa’y

-harakatlari

alohida ahamiyat kasb etadi. Dunyo miqyosida 1,8 milliard yosh avlod vakillari bor. Jumladan,

O‘zbekiston aholisining deyarli teng yarmidan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etadi

(Nabiyev, 2020).

Yoshlar har qanday jamiyatning ajralmas qismidir va raqamlashtirish davrida

avvalambor uning muammolari birinchilarda

n bo‘lib yuzaga chiqadi. Insoniyatning global

muammolari, globallashuvning real jarayonlari va shakllarini aniqlashda, birinchi navbatda,

yoshlar parametri turadi. Aynan yoshlar iqtisodiy va ijtimoiy tomondan aziyat chekadilar va

mojarolar markaziga borib qolishlari mumkin. Avvalo, yoshlar yangilanib borayotgan dunyoviy

etikani puxta egallab, uning asosida yashashni o‘rganishlari kerak. Mustaqil hayotga kirib

kelayotgan yoshlarimiz tinchlik madaniyatini anglashlari va tushunib yetishlari muhimdir.

O‘zb

ekiston iqtisodiyotini modernizasiya qilish vazifalarini hal etishning asosida yangi

bilimlar

va

texnologiyalarni

yaratish,

barcha

ishlab

chiqarish

jarayonlarini

intellektuallashtirish yotadi. Bu yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ulardan
foydalanish

muammosini hal qilish bilan bog‘liq. Amaliyotdan ko‘rib turganimizdek, bugungi

kunda ishsizlik muammosi nafaqat oliy, balki o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining

bitiruvchilari o‘rtasida ham keskin turibdi. Shu bilan birga hatto yaxshi bil

im va malakaga ega

bo‘lish hamma vaqt ham yosh mutaxassislarni

ng mehnat bozorida talab etilishini

kafolatlamaydi. Bunday vaziyat O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish vazifalari va

ushbu vazifalarni yoshlarning intellektual salohiyatini amalga oshirish orqali ha

l etish o‘rtasida

ziddiyatlar yuzaga kelayotganligidan dalolat berib turibdi. Buning sabablaridan biri

mehnat

bozorida yosh mutaxassislar raqobatbardoshligining past darajasidir.

Jahon miqyosidagi yoshlar sonining o‘sishi kutilayotgan bo‘ls

a-da, yoshlar uchun, ayniqsa,

rivojlanayotgan mamlakatlarni

ng iqtisodiy jihatdan turg‘un qishloq joylarida yashovchilar

uchun ish va tadbirkorlik imkoniyatlari cheklanganib qolmoqda.

Qishloq yoshlarining aksariyati norasmiy iqtisodiyotda oilaviy yordamchi, yordamchi

fermer, kasanachilik yoki past malakali ishchi sifatida ishlaydi. Ular kam ish haqi olishga, odatiy

yoki mavsumiy ishlarda ishlashga moyil bo‘lib, ko‘pchilik shaharlarga ko‘chib o‘tishga majbur

qiladigan xavfli, ko‘pincha ekspluatasiya qilin

adigan mehnat sharoitlariga duch kelishadi.

Yoshlarni qishloq

xo‘jaligiga qayta jalb qilish, tirikchilik qilish uchun duch keladigan ko‘plab

to‘siqlarni bartaraf etishni talab qiladi.

Adabiyotlar sharhi.

Beglova (2010) yoshlar ishsizligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va oqibatlarini ilmiy-

nazariy jihatdan asoslab bergan. Abraamova, Verxapovskayalar (2006) ish beruvchilarning

yoshlarga qo‘yayotgan talablari va oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayy

orlashning

bugungi holati hamda yoshlarning kasbiy qiziqishlarini so

siologik so‘rovlar o‘tkazish yo‘li bilan

tahlil qilganlar.

Popova (2011) yoshlar bandligidagi tarkibiy nomutanosibliklarning yuzaga kelish

sabablari va uni bartaraf etish yo‘llari haqida mualliflik nuqtai nazarini ishlab chiqqan bo‘lsa,

Zerchaninovaning (

2011) ishlarida ta’lim muassasalari tomonidan mehnat bozoridagi talabga

mos yosh kadrlar tayyorlash masalalari o‘rganilgan. Rodionova (2011) tomonidan yuqori


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

71

darajada industrlashish davrida xodimlar boshqaruviga innovatsion yondashuv tamoyillari
tadqiq etilgan.

Rossiyalik iqtisodchi olim Odegovning (2015) mehnat bozorida yoshlar

raqobatbardoshligini oshirish masalalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan bo‘lib, u

raqobatbardoshlik mehnat resurslari sifati, shaxsning ijodiy imkoniyatlari, ish bilan bandlik va

ish kuni davomiyligi kafolatlanganligi, daromad miqdori bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tgan.

Tak’idlash joizki, bugungi kunga qadar mamlakatimiz olimlari tomonidan m

azkur

yo‘nalishda juda ko‘p tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, profess

orlar

Xolmo‘

minov va

Xomitov (2020)

o‘zlarining tadqiqotlarida yoshlarni ish bilan ta’minlashning mualliflar

tomonidan ishlab chiqilgan samarali tashkiliy mexanizmlarining ta’siri aniq

sosiologik

baholangan. Uning asosida yoshlarni ish bilan ta’minlashning

zamonaviy turlari va vositalarini

rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish, tayyorlash va

qayta tayyorlashning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati ochib berilgan.

Yana bir tadqiqotchi Mirzakarimova (2017) tomonidan ishga joylashtirish, yoshlar

bandligi

bu davlat ahamiyatiga molik masala ekanligi, chunki aynan yoshlar mamlakat kadrlar

salohiyatini tashkil qilishi, yoshlar bandligini ta’minlas

h davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining

dolzarb va uzoq muddatli vazifasi ekanligi alohi

da ta’kidlangan. Bugungi kunda inson

salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish ko‘p jihatdan yoshlar mehnatidan foydalanish

sohasidagi milliy strategiyaga bog‘liq e

kanligi, mehnat bozoridagi yoshlar ahvolini baholash

zarurati yoshlar

bu mamlakat kelajagi ekanligi va butun jamiyatning istiqboldagi rivojlanishi

ular faoliyatining boshlang‘ich sharoitlariga bog‘liqligi bilan belgilanishi, bugungi yoshlar ko‘p

jihatdan

jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsata

olishi, shu bilan

bir qatorda, yoshlar ishga joylashishda katta qiyinchiliklarga uchrayotgan ijtimoiy nochor

toifalardan biri hisoblanishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy maqolani tayyorlash jarayonida ma’lumotlarni guruhlas

h, qiyosiy tahlil, analiz va

tizimli tahlil, taqqoslash hamda analitik baholash usullaridan unumli foydalanildi. Bundan

tashqari, monografik kuzatuv va uning natijalari tahlili o‘rganilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Ishga joylashtirish, yoshlar bandligi

bu davlat ahamiyatiga molik masala, chunki aynan

yoshlar mamlakat kadrlar salohiyatini tashkil qiladi (Mirzakarimova, 2017). Yoshlar bandligini

ta’minlash davlat ijtimoiy

-iqtisodiy siyosatining dolzarb va uzoq muddatli vazifasi hisoblanadi.

Bugungi kunda inson salo

hiyatining raqobatbardoshligini oshirish ko‘p jihatdan yoshlar

mehnatidan foydalanish sohasidagi

milliy strategiyaga bog‘liqdir.

Mehnat bozoridagi yoshlar ahvolini baholash zarurati yoshlar mamlakat kelajagi ekanligi

va butun jamiyatning istiqboldagi rivo

jlanishi ular faoliyatining boshlang‘ich sharoitlariga

bog‘liqligi bilan belgilanadi. Bugungi yoshlar ko‘p jihatdan jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va
ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi.

Bozor munosabatlari xususiyatlariga qarab, ko‘p

lab mamlakatlarda davlat ish bilan

bandlik xizmatining funksiyalari va faollik darajasi belgilab beriladi.

Masalan, Shvetsiya, Kanada, Germaniya, Yaponiya va boshqa bir qator mamlakatlarda ish

bilan bandlik sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, ishch

i kuchiga bo‘lgan

talab va uning taklifi o‘rtasidagi regulyator roli ushbu xizmatga yuklatilgan.

Shu bilan bir

paytda, Buyuk Britaniya, Avstraliya va AQShda davlat ish bilan bandlik xizmatining roli u qadar

faol emas, chunki bu mamlakatda ishga joylashtiri

sh bo‘yicha xususiy pullik byurolar ham

faoliyat ko‘rsatadi, ish qidirish bo‘yicha javobgarlik ishsizlarning o‘ziga yuklatiladi (Zikriyayev,

2018).

Xorijiy mamlakatlar mehnat bozorida faol dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor

qaratil

gan, ya’n

i resurslarning sezilarli qismi faol dasturlar foydasiga (AQSh va Kanadada YaIM


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

72

0,4%idan Shvesiyada 2%gacha) (Zikriyayev, 2018) qayta taqsimlanadi va bu bir qator sabablar
bilan izohlanadi.

Birinchidan, faol pozitsiyadagi ishni yo‘qotganlarni qo‘

llab-quvvatlas

hdan ko‘ra har bir

fuqaroning ish joyini izlashga qaratilgan faolligini rag‘batlantiradi, bu esa, o‘z navbatida,

ijtimoiy to‘lovlar hisobiga daromadlarni qo‘llab

-

quvvatlashga bog‘liqlikni qisqartiradi (o‘z

navbatida, davlat byudjeti xarajatlarini ham kamay

tiradi), ishsizlarning og‘ir psixologik holati

bilan bog‘liq jamiyatdagi keskinlikni pasaytiradi

(hatto ular yetarli darajada yuqori foyda olishi

shartlarida ham).

Ikkinchidan, faol pozitsiya mehnat unumdorligini oshiradi, xususan, iqtisodiyotni tarkibiy

qayta qurishga xizmat qiladi, shu tariqa mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini

oshira

di, chunki uning asosiy vazifasi uning ish samarasi eng yuqori bo‘ladigan, ya’ni uning

alqiy va jismoniy qobiliyatlariga optimal ravishda mos keladigan ish joyini maksimal darajada
tez topishidan iborat.

Bevosita ishsiz yoshlarning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan ishlarga keladigan

bo‘lsak, bu jarayon bir nechta bosqichni qamrab oladi. Ularning orasida –

ish bilan bandlarning

kasbiy-malakaviy tarkibi

prognozlarini tayyorlash ham mavjud bo‘lib, bu ta’lim muassasalariga

va ularda tahsil oladigan talabalarga u yoki bu kasbda bitiruvchidan talab qilinadigan bilim,

malaka va ko‘nikmalarni ishlab chiqqan holda muayyan ishchi kuchiga kutilayo

tgan ehtiyojga

as

osiy e’tiborni qaratgani holda tayyorgarlikni ta’minlash imkonini beradi

Shvetsiya modeli quyidagicha. Ishsizlik darajasining maksimal darajada pasayishiga olib

keladigan bandlik sohasidagi faol davlat siyosatini olib borish ko‘zda tutilad

i. Bu model ishsizlik

darajasini minimal qilishga qaratilgandir

. Ushbu modelning asosiy yo‘nalishi

ishsizlikning

oldini olishdir. To‘liq bandlikka quyidagilar erishishni taklif qiladi (Volkov, 2015):

-

kam daromadli korxonalarni qo‘llab

-quvvatlashga qaratilgan siyosatni cheklash;

- ish haqi birdamlik siyosatini amalga oshirish. Teng ish uchun teng ish haqi;

-

raqobatbardosh bo‘lmagan ishchilarni qo‘llab

-quvvatlash uchun faol mehnat bozori

siyosati;

-

iqtisodiyot tarmoqlarida bandlikni qo‘llab

-quvvatlashda kam ishlab ko

‘p d

aromad qilish

va ijtimoiy muammolarni hal qilishni o‘z ichiga oladi.

Shu bilan birg

a Yapon modelini ko‘rib chiqsak. Yapon modelida mehnat munosabatlari

55-

60 yoshgacha bo‘lgan “umrbod bandlik” tamoyiliga asoslanadi. Daromad va ijtimoiy

nafaqalar miqdori ish

lagan yillar soniga bog‘liq. Kompaniya ichida kasbiy rivojlanish, rejaga

muvofiq y

angi ish joyiga o‘tish, bu mehnatga ijodiy munosabat, vatanparvarlik, fidoyilik va

mas’uliyatni anglatadi. Agar kerak bo‘lsa, ishlab chiqarishning qisqarishi

xodimlarning ishdan

bo‘shatilishi bilan emas, balki ish kunining davomiyligini qisqartirish yoki ba’zi xodimlarni ular

bilan kelishilgan holda boshqa korxonalarga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida XMT yoshlarni bandlikka

ko‘makla

shish masalasini

ishtirokchi mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy strategiyasining mark

aziga qo‘yishga

chaqiradi. XMT ularni ishsizlikning keyingi o‘sishini oldini olish uchun makroiqtisodiy

vositalaridan foydalanish uchun javobgar qiladi.

XMTning bandlik sohasidagi maqsadlari (Ermolaeva, 2015):

- hamkorlarga mehnat bozori va iqtisodiyot holatini tahlil qilish uchun zarur vositalar

bilan ta’minlash, bandlikni rivojlantirishning samarali siyosatini ishlab chiqish;

- kichik korxonalarni rivojlantirish orqali yoshlar bandligini oshirish;

-

ayollarga ish topishda ko‘maklashish;

- markazlashtirilgan rejalashtirish iqtisodiyotidan, ayniqsa mehnat bozori, inson

resurslarini rivojlantirish masalalarida o‘tish bo‘yicha maslahatlar berish;

- yoshlar, nogironlar, muhojirlar va mahalliy aholi kabi ishchilar toifalari uchun ularni

munosib is

h bilan ta’minlash maqsadida maqsadli dasturlarni qabul qilish yoki kengaytirish.

Barcha rivojlangan mamlakatlarda yoshlarning mehnat bozoriga chiqquniga qadar

raqobatbardosh ishchi kuchini

shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatilgan chora

-tadbirlar bilan bir


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

73

qat

orda ta’lim yordamida ishsiz yoshlarning ishchi kuchi sifatini oshirishga ham muhim

ahamiyat beriladi, buning uchun katta hajmda mablag‘lar ajratiladi. Biroq so‘nggi paytla

rda

mehnat bozori

ga zarur muayyan kasbga o‘qitishgina emas, belgilangan hajmda nazar

iy

bilimlarni albatta o‘zlashtirgan holda yanada kengroq kasbiy, ijtimoiy va kommunikativ

qobiliyatlar shakllantirishga ehtiyoj tobora ko‘proq his qilinmoqda.

Mehnat bozorida shiddatl

i o‘

z

garishlar ro‘y berayotgan sharoitlarda faqat shunday

tayyorgarlikgina yoshlarni ishga joylashtirish imkoniyatini, shuningdek, ularning

harakatchanligini oshirishni ta’minlashga qodir. AQSh va Yevropaning rivojlangan

mamlakatlarida bilimlar iqtisodiyotiga a

lohida e’tibor qaratilgan. Bilimlarga asoslangan

jamiyat yuqori texnologiyalarga va yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirishga

investitsiyalarning o‘sishi va yuqori malakali ishchi kuchi mavjudligi bilan tavsiflanadi, buning

oqibatida samaradorlik d

arajasi yuqori bo‘lgan iqtisodiyot vujudga keladi. Hozirgi paytda

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) mamlakatlarida YaIMning 50 foizi bilimlar
tomonidan yaratiladi (The World Bank, 2012).

Rivojlangan mamlakatlarda ishga joylashtirish

bo‘y

i

cha agentliklar ham faoliyat ko‘rsatib,

ularning asosiy funksiyasi

ishchi kuchi sotuvchilari va xaridorlari uchrashuvini ta’minlash

hisoblanadi. Bo‘sh ish o‘rinlariga ega bo‘lgan tadbirkor ishning mohiyati, zarur malaka va
boshqalarni ko‘r

satgan holda agen

tlikka talabnoma jo‘natishi mumkin. Ishsiz yoki ish o‘rnini

almasht

irish istagida bo‘lgan yoshlar bu haqida agentlikdan so‘rash huquqiga ega, buning

uchun u mos keluvchi qayd qilish varaqasini to‘ldirishi lozim.

Agentlik mutaxassislari bo

‘sh

ish o‘ri

nlari va qayd qilish varaqalarining bir-biriga

muvofiqligi ta’minlangani

holda dastlabki tanlovni amalga oshiradi. Deyarli barcha davlatlarda

ishga joylashtirish bo‘yicha xizmat xodimlar uchun ham, tadbirkorlar uchun ham bepul

hisoblanadi.

Sanoati rivojlangan m

amlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlat ish bilan bandlik

x

izmati mehnat bozoridagi jarayonlarni tartibga solish tizimining markaziy bo‘g‘ini

hisoblanadi. U ishchi kuchini kasbga tayyorlash va undan foydalanishni doimiy ravishda

maqsa

dli yo‘na

ltirilgan tarzda tartibga solish uchun tashkil qilinadigan maxsus organlar

tuzilmasini ifodalaydi. Davlat xizmatining funksiyalari va faollik darajasi ko‘plab

mamlakatlarda bozor munosabatlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan.

Buyuk Britaniya, Avstraliya va AQShda davlat ish bilan bandlik xizmatining roli u qadar

yuqori emas: bu yerda ishga joylashtirish bo‘yicha pullik byurolar mavjud bo‘lishiga yo‘l

qo‘yilgan, ish izlash uchun javobgarlik esa bevosita ishsizlarning o‘ziga yukl

atilgan.

Fikrimi

zcha bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazlariga mahalliy m

ehnat

bozorini o‘rganish, uning rivojlanish yo‘nalishlari va tendensiyalarini aniqlash va shu asosda

salbiy jarayonlar rivojlanishining oldini olish yoki yumshatish bo‘yich

a chora-tadbirlar ishlab

chiqish bilan bog‘liq funksiyalarning qaytarish lozim. Chun

ki mamlakatning har bir hududi

o‘ziga xos xususiyatlarga ega, shu bilan birga mehnat bozoridagi vaziyat rivojlanishining barcha

jihatlarini amalda oldindan ko‘rib bo‘lmaydi

.

Xulosa va takliflar.

Yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori kasb-

hunarlarga tayyorlashni tizimli yo‘lga

qo‘yish, ularning munosib ish topishiga ko‘maklashish orqali ko‘plab ijtimoiy va iqtisodiy
muammolar hal bo‘ladi.

Buning uchun nafaqat davlat ta’lim

muassasalari, balki mingdan ziyod nodavlat kasb-

hunar ta’limi markazlarini ham jalb qilish zarur. Yoshlarning samarali ish bilan bandligini

ta’minlash va ular orasida ishsizlik darajasini kamaytirish mexanizmi ijtimoiy

-iqtisodiy

mexanizmlarning eng asosiylaridan hisoblanadi. Uning samarali faoliyat olib borishi quyidagi

chora-tadbirlarni bajarishni talab etadi:

hududiy yoshlar mehnat bozoridagi o‘ziga xos, xususiy muammolarni yechishda

mahalliy boshqaruv organlari rolini kuchaytirish;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

74

yoshlar o‘rtasi

da yuqori ishsizlik darajasi kuzatilgan hududlarda davlat byudjeti hamda

byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlar hisobidan hududda ijtimoiy iqtisodiy dasturlarni amalga

oshirish;

monoiqtisodiy tuzulmaga ega aholi punktlari, shahar va sanoati rivojlangan hududlarda

yoshlarning ommaviy ishsizligining salbiy asoratlarini bartaraf etish;

yosh xodimlarni ommaviy ishdan bo‘shatilishlarini oldini olish, yoshlar uchun mavjud

ish o‘rinlarini saqlab qolish va yangilarini yaratish, yangi progressiv ishlab chiqarish

tuzilmalari

uchun yosh kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni istiqbolli rejalashtirish;

iqtisodiy jihatdan nochor korxonalar yosh ishchilarining mehnat huquqlarini

ta’minlash, ish joyini yo‘qotgan yoshlarni samarali qo‘llab

-quvvatlash;

malaka oshirish hamda ijtimoiy h

imoyalash maqsadida kerakli bo‘lgan infratuzilmaga

ega yirik “yoshlar qurilishlari”ni tashkil etish;

yoshlar va ayollar uchun barqaror yangi ish o‘rinlari yaratishni rag‘batlantirish shular

jumlasidandir.

Adabiyotlar / Литература /

Reference:

Mirzakarimova M. (2017). Ta'lim xizmatlari bozori va mehnat bozorini muvofiqlashtirish

yoshlar bandligi omili sifatida // Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar ilmiy elektron jurnali.

№ 1, yanvar

-fevral.

Nabiev Olimjon Abdisalomovich (2020) Yoshlarning beqaror ish bilan bandligiga ta'sir

etuvchi omillar

T.: "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi",

114-117 b.

The World Bank (2012) Constructing Knowledge Societies Mew Challenes for Tertiary

Education. Wash., DC: The World Bank.

Xolmo'minov Sh.R., Xomitov K.Z. (2020) Qishloq yoshlarini ish bilan ta'minlashning samarali

tashkiliy mexanizmlari ta'sirini aniq sotsiologik baholash // iqtisod va moliya jurnali. 1 son, 86-

95 betlar

Youth employment.

www.fao.org/rural-employment/work-areas/youthemployment/en/

Zikriyaev Zokir Mamirovich (2018) Xorijiy mamlakatlarning ishsiz yoshlar

raqobatbardoshligini oshirish borasidagi tajribalari "Iqt

isodiѐt va innovasion texnologiyalar"

ilmiy elektron jurnali. № 4, iyul

-avgust.

Абраамова Е.М., Верхаповская Ю.Б. (2006) Работадатели и выпускники вузов на

рынке труда: взаимные ожидания// социологические исследования.

-

№4. –с.1

-22

Беглова Е.И. (2010) Безработица молодёжи: первоочередная проблема современного

рынка труда.// Экономические науки. №11, с. 172

-176.

Волков А.М. (2015) Шведская модель: сохранилась она или нет? Тезисы доклада к

заседанию Ученого совета ИМЭМО РАН 25 февраля.

Ермолаева С.Г. (2015) Рынок труда: учебное пособие / С.Г. Ермолаева.—

Екатеринбург : Изд

-

во Урал. ун

-

та,

-

108 с

Зерчанинова Т.Е.

(2011)

Выпускники профессиональных образовательных

учреждений и рынок труда.

URL:http://chinovmir.vapa.ru/modern/

.

Одегов Ю.Г.

(2015)

Экономика труда: учебник –

Москва : Альфа

-

Пресс.

Попова Т.Н.

(2011)

Структурный дисбаланс системы занятости в регионе

//

Современная экономика: проблемы, тенденции, перспективы. №5.

Родионова Е.В. (2011) Инновационный подход к управлению

персоналом.//

Современная экономика: проблемы, тенденции, перспективы. №5

Библиографические ссылки

Mirzakarimova M. (2017). Ta'lim xizmatlari bozori va mehnat bozorini muvofiqlashtirish yoshlar bandligi omili sifatida // Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral.

Nabiev Olimjon Abdisalomovich (2020) Yoshlarning beqaror ish bilan bandligiga ta'sir etuvchi omillar –T.: "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", – 114-117 b.

The World Bank (2012) Constructing Knowledge Societies Mew Challenes for Tertiary Education. Wash., DC: The World Bank.

Xolmo'minov Sh.R., Xomitov K.Z. (2020) Qishloq yoshlarini ish bilan ta'minlashning samarali tashkiliy mexanizmlari ta'sirini aniq sotsiologik baholash // iqtisod va moliya jurnali. 1 son, 86-95 betlar

Youth employment. www.fao.org/rural-employment/work-areas/youthemployment/en/

Zikriyaev Zokir Mamirovich (2018) Xorijiy mamlakatlarning ishsiz yoshlar raqobatbardoshligini oshirish borasidagi tajribalari "Iqtisodiѐt va innovasion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 4, iyul-avgust.

Абраамова Е.М., Верхаповская Ю.Б. (2006) Работадатели и выпускники вузов на рынке труда: взаимные ожидания// социологические исследования. - №4. –с.1-22

Беглова Е.И. (2010) Безработица молодёжи: первоочередная проблема современного рынка труда.// Экономические науки. №11, с. 172-176.

Волков А.М. (2015) Шведская модель: сохранилась она или нет? Тезисы доклада к заседанию Ученого совета ИМЭМО РАН 25 февраля.

Ермолаева С.Г. (2015) Рынок труда: учебное пособие / С.Г. Ермолаева.— Екатеринбург : Изд-во Урал. ун-та, -108 с

Зерчанинова Т.Е. (2011) Выпускники профессиональных образовательных учреждений и рынок труда. URL:http://chinovmir.vapa.ru/modern/.

Одегов Ю.Г. (2015) Экономика труда: учебник – Москва : Альфа-Пресс.

Попова Т.Н. (2011) Структурный дисбаланс системы занятости в регионе // Современная экономика: проблемы, тенденции, перспективы. №5.

Родионова Е.В. (2011) Инновационный подход к управлению персоналом.// Современная экономика: проблемы, тенденции, перспективы. №5