Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.44971

Ключевые слова:

пандемия «Covid-19» туризм Всемирная туристская организация инвестиции кризис

Аннотация

В данной статье рассмотрено туристический потенциал Египта, его роль в экономике и влияние пандемии «Covid-19». Также применяются негативные последствия пандемии на средства размещения в стране и смежных отраслях.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

105


MISR MAMLAKATI IQTISODIYOTIDA TURIZM SOHASINING ROLI

HAMDA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Ravshanov To‘yli

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0000-8357-6061

tiu_1990tuyli@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Misr mamlakatining turizm salohiyati, uning iqtisodiyotdagi

o‘rni hamda “Covid

-

19” pandemiyasi ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, pandeniyaning

mamlakatdagi joylashtirish vositalari va unga yondosh sohalarga salbiy oqibatlari tadbiq etilgan.

Kalit so‘zlar

:

“Covid

-

19” pandemiyasi, turizm, Butun jahon turizm tashkiloti,

investitsiyalar, inqiroz.

РОЛЬ И ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ ТУРИСТИЧЕСКОЙ ОТРАСЛИ

В ЭКОНОМИКЕ СТРАНЫ ЕГИПЕТ

Равшанов Тўйли

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В данной статье рассмотрено туристический потенциал Египта, его

роль в экономике и влияние пандемии «Covid

-

19». Также применяются негативные

последствия пандемии на средства размещения

в стране и смежных отраслях.

Ключевые слова

:

пандемия «Covid

-

19», туризм, Всемирная туристская

организация, инвестиции, кризис.

THE ROLE AND DEVELOPMENT TRENDS OF THE TOURISM INDUSTRY

IN THE ECONOMY OF THE COUNTRY OF EGYPT

Ravshanov Tuyli

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article is examined the tourism potential of Egypt, its role in the economy,

and the impact of the “Covid

-

19” pandemic. Also, the

negative consequences of pandemia on the

means of placement in the country and related sectors are applied.

Key words:

“Covid

-

19” pandemic, touri

sm, World Tourism Organization, investments, crisis.

Kirish.

Misr mamlakati qadimiy madaniyat va

arxitekturaning o‘chog‘i hisoblaniladi. U har doim

butun dunyodan sayyohlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda. Ko‘pchilik bu yerga ming yillik qadimiy

obidalarni k

o‘rishga, Misrning issiq iqlimida dam olishga hamda Qizil dengizda sayohat qilish

uchun tashrif buyuradi.

Butun jahon turistik tashkiloti (UNWTO) tahlilchilari tomonidan berilgan hisobotlariga

ko‘ra, Misr mamlakati so‘ngi yillarda xorijiy turistik oqimlar bo‘yicha eng katta o‘sishga ega
bo‘lgan 10 davlatlar biri bo‘lmoqda.

UO

K: 338.48 (575.1)

III SON - MART, 2024

105-111


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

106

Misr mamlakatining turizm salohiyati yildan-yilga rivojlanib bormoqda hamda hukumat

tomonidan ushbu tarmoqni iqtisodiyotning eng yatakchi sohasiga aylantirish, zaruriy

infratuzilmalarni rivojlantirish uchun investitsiyalar kiritish borasida tizimli ishlar amalga

oshirilmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

“Covid

-

19” pandemiyasining Misr turizm sohasiga dastlabki ta’siri hamda uning

oqibatlari, uning salbiy oqibatlari natijasida kutilayotgan iqtisodiy qiyinchiliklar, turizm va

sayyohlik sanoatining zamonaviy tendensiyalari haqida o‘zlarining fikr va mulohaza

lar bayon

qilingan (Abdesalam & Elbelehi, 2020).

Misr turizmi tarmog‘ining rivojlanishi iqtisodiy, ijtimoiy

-madaniy hamda atrof-muhitga

bog‘l

i

gligi hamda tashqi ta’sirlarga beruluvchanligi va bunday inqirozlar turizm hamda unga

yondosh sohalarga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tilgan

(Bakar & Rosbi, 2020).

Shu bilan birga, ushbu pandemiya butun dunyoning talab hamda taklif zanjiriga jiddiy

ta’sir etganligi, ko‘plab mamlakatlarda mahalliy iste’moli keskin kamayib ketganligi, barcha

mahalliy va xorijiy sayyohlik dasturlari bekor qilinganligi sababli turistik tashkilotlarning

daromadlari sezilarli tushgan (Yasmin va Negida, 2020).

Iqtisodchi olim Tarek Muhammadning (2020) fikricha, Misr hukumati tomonidan uzoq va

qisqa muddatlarda turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarini har

tomonlama qo‘llab

-quvvatlash borasida tizimli ishlarni amalga oshirishi hamda Misr Markaziy

banki tomonidan “Turizm tashabbusi” loyihasi doirasida uzoq va qisqa muddatlarga past foizli

qarzlar berilishi lozim hisoblaniladi.

Shu bilan birga, Misr mamlakatida so‘ngi uch dekadada turizm sohasini sezilarli

rivojlanganligi, tarmoqqa to‘g‘ridan

-

to‘g‘r

i kiritilayotgan investitsiyalar miqdorining ortib

borayotganligi, turizm sohasidagi daromadlarning ortishi makroiqtisodiy ko‘rsatkic

hlarning

ko‘payishiga xizmat qilganligini ta’kidlagan

(Rixter & Stayner, 2008).

“Covid

-

19” pandemiyasining Misr mamlakati i

q

tisodiyotiga ta’siri, uning salbiy

oqibatlarini bartaraf etish uchun hukumat tomonidan amalga oshirilgan say-harakatlar,

moliyaviy qiyinchiliklar hamda xalqaro moliyaviy institutlardan ushbu inqirozni bartaraf etish

uchun jalb qilingan moliyaviy ko‘maklar

va qisqa va o‘rta muddatdagi istiqbolli rejalar bayon

qilingan (Haidar, 2020).

Umuman olganda, “Covid

-

19” singari pandemiyalar to‘g‘

ridan-

to‘g‘ri bitta tarmoqqa ta’sir

etish bilan cheklanib qolmasdan, iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab olishi hamda

h

ukumat darajasida qo‘llab

-quvvatlash ishlari amalga oshirilmasa, sezilarli oqibatlarga olib

kelishini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot ishini bajarishda kuzatish, ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, taqqoslash,

xorijiy olimlarn

ing Misr turizm sohasini rivojlantirish borasidagi iqtisodiy qarashlari, “Covid

-

19” pandemiyasi sababli vujudga kelgan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha

izlanishlari hamda sohaga doir qonuniy va me’yoriy

-

huquqiy hujjatlar o‘rganilib, xulosa va

takliflar ishlab chiqildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Misr mamlakati o‘zingiz tarixiy va zamonaviy turistik maskanlari bilan bir necha o‘n

yillardan buyon xorijiy turistlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra,

2022-yilda Misrga kelgan sayyohlar soni tahminan

11,7 millionni tashkil etgan bo‘lsa, 2023

-

yilda ularning soni sakkiz millionni tashkil etgan.

“Covi

d-

19” pandemiyasi sababli 2020

-yilda ushbu mamlakatga atiga 3,62 million xorijiy

sayyohlar tashrif buyurgan. Ushbu pasayishning asosiy sabablaridan biri albatta koronavirus

tufayli amalga oshirilgan sayohat cheklovlari bilan bog‘liq hisoblaniladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

107

Umuman o

lganda so‘ngi yigirma yil ichida Misrga tashrif buyurayotgan turistlarning soni

doimiy ravishda sezilarli darajada o‘zgarib turg

an. Xususan, ushbu vaqt mobaynida

mamlakatga kelgan turistlar oqimi ikki marotaba asosiy pasayishini boshidan kechirgan.

Birinchisi, 2015-yilda Sinay yarim orolida rus samolyoti halokatga uchrashi natijasida

mazkur mamlakatga kelayotgan turistlar soni 2016-yilda sezilarli darajada kamayishiga olib
kelgan.

Ikkinchisi, 2020-

yilda “Covid

-

19” pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ch

eklovlarning joriy

qilinishi mamlakatga kelayotgan turistlar oqimining keskin kamayishiga olib kelgan.

2020-yildan buyon, Misr Afrika ma

mlakatlari orasida eng ko‘p turist tashrif buyuratgan

davlatlardan biri hisoblaniladi. Misrning ushbu qit’adagi asosiy r

aqobatchisi Marokash davlati

bo‘ladi. 2019

-yilda ushbu mamlakatga 12,9 million turistlar tashrifi kuzatilgan.

2022-yilda Misr mamlakatining kirish turizmi xarajatlari 12,2 mrld. AQSh dollariga

yetgan bo‘lsa, Marokash davlatining kirish turizmi xarajatlari

12,2 mrld. AQSh dollarini tashkil

etgan.

1-rasm. 2019-2023-yillarda Afrikaning yalpi ichki mahsulotida

sayohat va turizmning ulushi

40

Yuqorida keltirilib o‘tilgan rasmdan ham ko‘rish mumkinki, Afrika qit’asining yalpi ichki

mahsulotida tuizm va sayohat xizmatlarining hissasi yuqori hisoblaniladi.

Xususan, 2019-

yilda pandemiya boshlanmasdan oldin ushbu qit’a YaIMdagi turizm

sohasining ul

ushi 7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020

-va 2021-yillarda mos ravishda 3,8 va 4,4

foizga teng bo‘lgan.

2022-va 2023-

yillarda pandemiya bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarning bekor qilinishi

sababli YaIMdagi turizm sohasining ulushi mos ravishda 5,9 va 6,5 f

oizga o‘sishga erishgan.

Umuman olganda, mazkur yillarda mobaynida turizm sohasining Misr YaIMdagi ulushi

turli xil omillar ta’sirida o‘zgarib borgan. Yuqorida keltirilgan rasmdan ham ko‘rish mumkinki,

2008-yilda Misr YaIMda turizmning ulushi eng yuqori darajaga chiqib, 16,2 foizni tashkil etgan.

Misr iqtisodiyotining diversifivatsiya qilinishi natijasida keyingi o‘n yilliklar davomida

turizm va sayohat xizmatlarining YaIMdagi hissasi qisqarib borgan.

40

https://www.statista.com/statistics/1320400/share-of-travel-and-tourism-in-africas-gross-domestic-product/

7,0%

3,8%

4,4%

5,9%

6,5%

0,0%

1,0%

2,0%

3,0%

4,0%

5,0%

6,0%

7,0%

8,0%

2019

2020

2021

2022

2023


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

108

2-rasm. 2008-2023-yillarda Misrning yalpi ichki mahsulotida sayohat va

turizmning ulushi

41

Xususan, 2015-yilda Sinay yarim orolida rus samolyoti halokatga uchrashi natijasida

mazkur mamlakatga kelayotgan rus va mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlaridan tas

hrif

buyurayotgan turistlar sonining keskin kamayshi YaIMdagi turizm sohasining ulushini 2016-
yilda 6,2 foizga tushirib yuborgan.

2018-2019-yillarda Misr mamlakatida turizm sohasidan olinadigan daromad 12,6 mlrd.

AQSh dollarini tashkil etgan. Shu bilan birga, tarmoqning sof soydasi 2018-yilda 174,1 mlrd.

misr funtiga tenglashgan hamda 2017-

yilga nisbatan 124 foiz o‘sishga erishgan.

2018-yilda Butun jahon sayohat va turizm kengashi tomonidan taqdim etilgan statistik

ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yilda Misrda turizm va sayohat xizmatlarini ko‘rsatish

tarmoqlarida 3,1 mln. kishi faoliyat olib borgan.

2018-

yilda Misrga rekord darajadagi, ya’ni 9,8 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurishi

kuzatilgan hamda ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 48 foiz

ga ortgan.

Ushbu mamlakatga tashrif buyurayotgan turistlarning 59 foizi Germaniya, Ukraina va

Buyuk Britaniya fuqarolari, 22 foizi Saudiya Arabistoni va Iordaniya va 7 foizi boshqa Afrika

mamlakatlari fuqarolari tashkil qilgan.

Shuni alohida ta’kidlab o‘ti

sh joizki, ushbu mamlakatga tashrif buyurayotgan xorijiy

turistlarning mamlakatda qolish muddatlari va kunlari ham yildan-yilga ortib bormoqda.

Xususan, 2017-

yilda o‘rtacha bitta turistning mamlakatda qolish muddati 7,9 kechani tashkil

etgan bo‘lsa, 2018

-y

ilga kelib ushbu ko‘rsatkichni 10,8 kechaga y

etgan.

Xorijiy turistlarning mamlakatda bo‘lish muddatlaridagi mablag‘larning sarflanish

tendensiyalariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, sarf

-xarajatlarning qariyb yarmi mehmonxona va

uning restoran uchun amalga os

hirilgan to‘lovlarga ketganligi, uchdan biri

transport xizmatlari

uchun sarflanganligi hamda qolgan xarajatlar esa asosan muzeylarga borish, tarixiy joylarga

tashrif buyurish va boshqa mahsulotlarni sotib olish uchun ishlatilganligiga guvoh bo‘lish

mumkin.

41

https://www.statista.com/statistics/1317338/contribution-of-travel-and-tourism-to-gdp-in-egypt/

16,2%

14,4%

13,9%

11,0%

10,1%

7,4% 7,3%

6,8%

6,2%

9,3%

9,8%

8,5%

4,3%

5,1%

7,7%

8,3%

0,0%

2,0%

4,0%

6,0%

8,0%

10,0%

12,0%

14,0%

16,0%

18,0%

2006

2008

2010

2012

2014

2016

2018

2020

2022

2024


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

109

Butun jahon turizm tashkiloti tomonidan “Cov

id-

19” pandemiyasi boshlanmasdan oldin

qilingan iqtisodiy prognozlarda, 2019-

yilda Misr turizm sanoatida katta o‘sishlar kuzatilishi

taxmin qilingan.

2022-yilda Misrda sayyohlik xarajatlari 12,2 milliard AQSh d

ollarini tashkil qilgan. O‘tgan

yilga nisbatan

bu 5,9 milliard AQSh dollariga ko‘pdir. Mamlakatda turizm xarajatlari

o‘zgaruvchan hisoblaniladi. Bunga asosiy sabablardan biri albatta mamlakatning turli xildagi

ijtimoiy va siyosiy voqealarga ta’siri yuqori

ekanligi bilan baholanadi.

3-rasm. 2008-2022-

yillarda Misrda turistik xarajatlarning o‘zgaruvchan

tendensiyalari

42

Ushbu yuqoridagi rasmdagi tendensiyalardan ham ko‘rish mumkinki, mazkur

mamlakatdagi turistlar sarf-

xarajatlari o‘ta o‘zgaruvchan hisoblan

iladi. Xarajatlar

tendensiyalari turli yillar d

avomida kamayib gohida esa yana ortib borganligini ko‘rish

mumkin.

Misol uchun, Misrning turizm sektoriga 2011-yildan buyon bir qancha omillar, jumladan

arab bahorining siyosiy notinch davri salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

2016- va 2020-yillarda xarajatlar sezilarli darajada kamaygan. 2016-yildagi pasayish

2015-

yilda “

Sharm-al-

Shayx” xalqaro aeroportidan uchib ketgan Rossiya samolyoti halokati

bilan bog‘liq hisoblaniladi.

2020-

yildagi pasayishning eng asosiy sababi albatta “Covid

-

19” pandemiyasi bilan

b

og‘liq

bo‘lgan cheklovlarning joriy etilishi ushbu yildagi turizm x

arajatlarining boshqa pasayishiga

asosiy sabab bo‘lgan.

Misrda “Covid

-

19” pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan dastlabki holatlar 2019

-yilning

fevral oyida kuzatilgan. 2020-yilning mart oyidan

boshlab Yevropa bo‘ylab ushbu

pandemiayning keng yoyilishi natijasida mazkur davlatlardan kelayotgan turistlar soni keskin

kamayib ketgan.

Yevropalik turistlar tomonidan 70 va 80 foiz oldindan bron qilingan mehmonxonalar

bekor qilingan. Butun dunyo bo‘yl

a

b pandemiya bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarning joriy

qilishi va vaziyatning yomonlashishi natijasida Misr hukumati tomonidan 2020-yil 18-martida

barcha mehmonxonalar, restoranlar va tungi klublar yopilgan.

42

https://www.statista.com/statistics/971622/egypt-tourism-expenditure/

10,99 10,76

12,53

8,71

9,94

6,05

7,21

6,07

2,65

7,78

11,62

13,03

4,4

8,9

12,2

0

2

4

6

8

10

12

14

2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

110

Misr turizm va antik ishlar vazirligi tomonidan

taqdim etilgan statistik ma’lumotlarga

ko‘ra, ushbu

cheklovlarning joriy etilshi davlat budjetiga har oyda qariyb 1,0 mlrd. AQSh

dollariga teng mablag‘larning tushmasligiga sabab bo‘lgan.

Umumiy cheklovlarning joriy qilinshi ayrim tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davom

ettirishlari uchun jiddiy qiyinch

iliklarni vujudga keltirdi. Natijada “Nil” daryosida sayohatlarni

amalga oshiruvchi turistik tashkilotlar va unga yondosh bo‘lgan umumiy ovqatlanish, restotan,

kafelae va boshqa turistlarga xizmat ko‘rsa

t

adigan tadbirkorlar o‘zlarining faoliyatlarini

to‘xtatishga sabab bo‘lgan.

1-jadval

Misrning turizm sohasi ta’minot zanjiriga “Covid

-

19” pandemiyasi ta’siri

43

Tarmoq nomi

Covid-

19 pandemiyasi ta’siri

Joylashtirish vositalari

70 va 80 foiz bron qilingan mehmonxonalar bekor qilindi;

Ko‘plab

hududlarda turar-

joylarni ijaraga berish to‘xtatildi;

Bekor qilingan reservlar uchun to‘lovlar qaytarildi;

Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘rsatmalariga

binoan joylashtirish vositalarini tozalash ishlari amalga
oshirildi.

Transport

Hukumat global pandemiya sababli mamlakatga kiruvchi

va undan tashqariga keladigan reyslarni bekor qildi.

Turagentlar va
turoperatorlar

“Nil” daryosi bo‘ylab o‘tkaziladigan sayohatlar bekor

qilindi;

Umra ziyoratini yoki Payg‘ambari

miz masjidiga tashrifni

tashkil etuvchi sayyohlik agentliklariga buyurtmalar uchun

to‘lovlarni o‘z mijozlariga qaytarish majburiyatini yukladi;

Onlayn sayyohlik agentliklari va onlayn bronlash

platformalari ham tranzaktsiyalar sezilarli darajada

sekinlashgani sababli inqirozga uchradi.

Umumiy ovqatlanish

shoxobchalari

Oziq-ovqat

va

umumiy

ovqatlanish

xizmatlarini

ko‘rsatuvchi shoxobchalar faoliyati cheklandi;

Restoran va kafelarning kechki 7 dan ertalabki 6 gacha

bo‘lgan faoliyatlari to‘xtatildi.

Turizm biznesi (turistik

joylar, savdo markazlari va

hunarmandchilik

ustaxonalari)

Barcha turistik hududlarni yopdi;

Muzey va madaniy tadbir tashkilotlari katta moliyaviy

qiyinchilikka yuzma-

yuz bo‘lishdi;

Yirik film festivallari bekor qilindi.

Turizm sektori umuman olganda turli xil tashqi va ichki omillarga beriladigan eng zaif

tarmoqlardan biri hisoblaniladi. Bunda mamlakatlar o‘z chegaralarini yopadi va xalqaro tashrif

buyuruvchilarning sayohatlarini taqiqlaydi, natijada reyslar ommaviy ravishda bekor qilinadi.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib aytganda, turizm Misr malakatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim

ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini

yanada oshirish uchun turizm salohiyatidan foydalanish hamda uni musulmon mamlakatlarida

yana kengroq targ‘ibot qilish talab etiladi. Yuqoridan kelib chiqqan holda quyidagi

mamlakatimizda ham ushbu taklif etiladi:

43

file:///C:/Users/tuyli.ravshanov/Downloads/20201224122949_OSCM_2020_48_FULL_PAPER%20(2).pdf


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

111

1.

Turizm sohasini iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilash hamda

uning rivojlanishi va barqaror amal qilishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish;

2. O‘zbekistonning turizm uchun jozibador mamlakat sifatida qiyofasini shakllantirish

hamda milliy turmahsulotlarni Misr mamlakatida ham targ’ib qilish ishlarini yanada kuc

hliroq

e’tibor qaratish;

3. “Covi

d-

19” pandimiyasi sharoitida turistik tashkilotlar va unga yondosh sohalarda

faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo’llab

-quvvatlash maqsadga muvofiq

hisoblaniladi.

Adabiyotlar / Литература/ Reference:

Ala Abdesalam hamda Chehab Elbelehi (2020)

“The early impact of covid

-19 on tourism

industry” 1

-2 p.

Bakar, N.A. and Rosbi, S. (2020) ‘Effect of Coronavirus disease

(COVID-19) to tourism

industry’, International Journal of Advanced Engineering Research and Scie

nce (IJAERS), (April).

doi: 10.22161/ijaers.74.23.

Jamal Ibrahim Haidar (2020) How did Egypt soften the impact of Covid-19. pp.1-11.

Negida, A. (2020) ‘Estimation of COVID

-

19 burden in Egypt’, The Lancet Infectious Diseases.

Elsevier Ltd, 2019(20), p. 30329

.

Tarek Muhammadning

(2020) “COVID

-19: Egyptian Government Financial Assistance

Measures”. pp. 3

-4

Thomas Richter and Christian Steiner (2008) “Politics, Economics and Tourism Development

in Egypt” pp. 939

-959.

Библиографические ссылки

Ala Abdesalam hamda Chehab Elbelehi (2020) “The early impact of covid-19 on tourism industry” 1-2 p.

Bakar, N.A. and Rosbi, S. (2020) ‘Effect of Coronavirus disease (COVID-19) to tourism industry’, International Journal of Advanced Engineering Research and Science (IJAERS), (April). doi: 10.22161/ijaers.74.23.

Jamal Ibrahim Haidar (2020) How did Egypt soften the impact of Covid-19. pp.1-11.

Negida, A. (2020) ‘Estimation of COVID-19 burden in Egypt’, The Lancet Infectious Diseases. Elsevier Ltd, 2019(20), p. 30329.

Tarek Muhammadning (2020) “COVID-19: Egyptian Government Financial Assistance Measures”. pp. 3-4

Thomas Richter and Christian Steiner (2008) “Politics, Economics and Tourism Development in Egypt” pp. 939-959.