Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
98
XALQARO YO‘NALISHLARDA YUKLARNI TASHISHNI TASHKIL ETISHNING
TARNSPORT-TERMINAL TIZIMINI SHAKLLANTIRISH VA UNING
SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Qosimov Sunnat
Jizzax politexnika instituti
ORCID: 0000-0001-6946-0388
Annotatsiya.
Ushbu maqola xalqaro yuk tashishni tashkil etish muamolarini tahlil qiladi.
Ta’kidlanishicha, xalqaro yuk tashishlarda tarnsport
-terminal tizimining iqtisodiy
ko‘rsatkichlari
samaradorligi qu
yidagi ko‘rsatkichlarga bog‘liq: harakatlanuvchi tarkibni tashkillashtirish
va
rejalashtirishning zamonaviy usullaridan foydalanish darajasi, shuningdek avtotransport
korxonasi ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’ati, transport ekpedision va bojxona ombor xizmatlari
bozorining kamchiligi, bu borada barcha jahon mamlakatlarida terminal biznesining yirik
logistik kompaniyalar va transport taqsimlov markazlariga integratsiyalashuvi jarayoni.
Kalit
so‘zlar:
terminal tashishlar, yuklarni etkazib berish, transport tarmoqlari, shakllanish
tamoyillari, samaradorlik, usullar, harakatlanuvchi tarkib, rivojlanish, transport, ombor,
terminal, infratuzilma, mintaqa.
ФОРМИРОВАНИЕ ТРАНСПОРТНО
-
ТЕРМИНАЛЬНОЙ СИСТЕМЫ ОРГАНИЗАЦИИ
ГРУЗОПЕРЕВОЗОК В МЕЖДУНАРОДНЫХ НАПРАВЛЕНИЯХ И ПОВЫШЕНИЕ ЕГО
ЭФФЕКТИВНОСТИ
Касимов Суннат
Джиззакский политехнический институт
Аннотация
.
В данной статье анализируются проблемы организации
международных грузоперевозок. Отмечается, что экономические показатели
транспортно
-
терминальной системы в международных грузоперевозках зависят от
следующих показателей: уровня использования современных методов организации и
планирования подвижного состава, а также темпов роста показателей
автотранспортных предприятий, отсутствие рынка транспортных экспедиционных и
таможенно
-
складских услуг, в связи с этим терминальный бизнес во всех странах мира
представляет собой большой процесс интеграции в логистические компании и
транспортно
-
распределительные центры.
Ключевые слова:
терминальные перевозки, доставка грузов, транспортные сети,
принципы формирования, эффективность, методы, подвижной
состав
развитие
транспорт, склад, терминал, инфраструктура, регион.
UO
‘
K: 656.073
III SON - MART, 2024
98-104
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
99
FORMATION OF TRANSPORT-TERMINAL SYSTEM OF ORGANIZING CARGO TRANSPORT
IN INTERNATIONAL DIRECTIONS AND INCREASE ITS EFFICIENCY
Kasimov Sunnat
Jizzakh Polytechnic Institute
Abstract.
This article analyzes the problems of organizing international cargo
transportation. It is noted that the economic indicators of the transport terminal system in
international cargo transportation depend on the following indicators: the level of use of modern
methods of organizing and planning rolling stock, as well as the growth rate of indicators of motor
transport enterprises, the lack of a market for transport forwarding and customs warehouse
services, in connection with this terminal business in all countries of the world is a large process
of integration into logistics companies and transport and distribution centers.
Keywords:
terminal transportation, cargo delivery, transport networks, principles of
formation, efficiency, methods, rolling stock, development, transport, warehouse, terminal,
infrastructure, region.
Kirish.
Keyingi yillarda avtomobilda yuklarni xalqaro tashish sohasida xorijiy davlatlar bilan
o‘zaro hamkorlik qilish masalalarini tartibga solish bo‘yicha
shartnomaviy-huquqiy bazani
takomillashtirish, milliy tashuvchilarning katta hajmli yuk avtotransport vositalari parkini
yangilash va modernizatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va transport
xizmatlari xalqaro bozorida ularning raqobatbardo
shligini oshirishga yo‘naltirilgan salmoqli
chora-
tadbirlar ko‘rildi.
Shu bilan birga respublikaning o‘sib borayot
gan eksport salohiyati va eksport qilinadigan
mahsulotlar qiymatida transport xarajatlarini maqbullashtirish zarurati katta hajmli yuk
avtotransport vositalari parki quvvatini oshirish, mahalliy tashuvchilar faoliyatini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimch
a chora-
tadbirlar ko‘rilishini talab etadi
(Qaror, 2019).
Mamlakatimizda joylashgan logistik markazlarida yuk va
yo‘lovchilarni tashish hajmla
ri
tobora oshib bormoqda. Dunyo savdosining jadal o‘sishida logistika rolining kuchayishi xalqaro
masshtabda amalga
oshiriladigan operatsiyalarning integrallashuvi g‘oyasini amalga
oshirishga mo‘ljallangan global logistikaga alohida e’tibor berishga olib keldi. O‘zbekistonda
tashqi iqtisodiy va boshqa xalqaro aloqalar, shu jumladan yuklar (yo‘lovchilar)ni xalqaro
tashishlar yuqori suratlar bilan rivojlanmoqda. Global logistikada transport-logistika tizimini
boshqarishni modernizatsiyalash milliy iqtisodiyotni internasionallashtirishning muhim
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekistonda avtomobillarda tashis
hlarni
rivojlantirish avtomobil magistrallari va yo‘l infratuzilmasining
sifat darajasini pasayishi,
xalqaro tashishlarda qatnashuvchi mamlaka
tlar o‘rtasida tansport va bojxona tartib qoidalari
sohasida huquqiy me’yorlar bo‘yicha kelishmovchiliklar hamda x
a
lqaro avtomobil yo‘llarini
rivojlantirishdagi to‘siqlarni bartaraf qilish bo‘yicha yetarli darajada bo‘lmagan
muvofiqlashtirish harakatlariga
yo‘l qo‘ymaydi.
2022
–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasining 93
-
maqsadida:
“Mamlakatning xalqaro hamjamiyatda teng huquqli sub’yekt sifatidagi rolini
oshirish, hamkor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan mintaqaviy va global masalalar
bo‘yicha muvozanatli tarzda muloqot olib borish, ular bilan ikki va ko‘p tomonlama
uchrashuv
lar o‘tkazish, siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalarda turli darajadagi
maslahatlashuvlarni tashkil etish, yetakchi davlatlar bilan keng qamrovli hamkorlikni strategik
darajaga olib chiqish hamda ular bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘ri
sidagi
bitimlarni kelishish” belgilangan
(Mirziyoyev, 2022).
Shu munosabat bilan xalqaro yo‘llarda yuk tashishni tashkil etishning tra
nsport-terminal
tizimi mamlakat xo‘jaligining barcha tarmoqlarini, ishlab chiqarish va iste’molni bir butun
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
100
tizimga birlash
tiradi, mintaqalar uchun hayotiy zaruratga aylangan aloqalarni ta’minlaydi,
xalqlarni birlashtirishga yordam beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Park (2019) Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi
infratuzilma
rivojlanishi va logistika ko‘rsat
kichlarining qiyosiy tahlilini olib boradi. Tadqiqot transport,
omborxona va boshqa logistika infratuzilmalariga
investitsiyalar va ta’minot zanjiri
operatsiyalari samaradorligi o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi. Topilmalar shuni
ko‘rsatadiki, yaxshi ri
vojlangan logistika infratuzilmasi savdoni osonlashtirish,
raqobatbardoshlik va iqtisodiy rivojlanishga ijobiy ta
’sir
ko‘rsatadi. Tadqiqot rivojlanayotgan
mamlakatlarning logistika imkoniyatlarini oshirish uchun maqsadli infratuzilma
investitsiyalari zarurl
igiga urg‘u beradi.
Anderson (2017) Logistika va uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri bo‘yicha
adabiyotlarni
ha
r tomonlama ko‘rib chiqadi. Tadqiqot logistikaning global savdoni
rag‘batlantirish va
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishdagi ko‘p qirrali roli
n
i o‘rganish
uchun turli nazariy asoslar,
empirik tadqiqotlar va misollarni sintez qiladi. Topilmalar savdo xarajatlarini kamaytirish,
ta’minot zanjiri faoliyatini yaxshilash va umumiy iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishda
samarali logistika tizimlari
muhimligini ta’kidlaydi
Qosimov (2022). Transport logistika xizmatlari bozorida terminal tizimlar orqali yuk
tashishni samarali tashkil qilish muammolari dunyoning qator mamlakatlarida, ayniqsa bozor
munosabatlari shakllangan mamlakatlarda tadqiq qilingan.
Nosirova (2016) “Mamlakatimizda logistik xizmatlar xilma
-xilligi bu tarmoq
tashkilotlarning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini bermoqda.
Logistikaning rivojlanishi avvalombor, avtomobil va temir yo‘llarning rivojlangan tizimi,
ularning samarali faoliyati ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarini kamaytirishning muhim
sharti va omilidir”
Qosim
ov (2023) Terminal xizmatlaridan foydalanuvchilar nafaqat yuk jo‘natuvchilar yoki
qabul qiluvchilar, balki transport operatorlari, ekspeditorlar va logistika faoliyatining boshqa
ishtirokchilari hamdir. Terminallarda ular tashish jarayonida o‘zaro aloqada bo‘lgan boshqa
kompaniyalarning xizmatlaridan, shuningdek, transport vositalarini yuklash va tushirish,
tovarlarni yig‘ish va qisqa muddatli sa
q
lash, transport vositalarini kichik ta‘mirlash va
boshqalar xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotni amalga oshirish jarayonida tadqiqot metodologiyasi sifatida statistik tahlil,
ijtimoiy-iqtisodiy tahlil, mantiqiy statistik yondashuv, statistik kuzatish, tanlanma kuzatuv va
boshqa ko‘plab ilmiy o‘rganish usul va uslubl
aridan atroflicha foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Tadqiqotning maqsadi bo‘lib, transport
-logistika xizmatlari bozorida terminal tizimlar
orqali yuk tashishni samarali tashkil qilish tizimini rivojlantirish uslubiyotini ishlab chiqish
hisobla
nadi va quyidagi ilmiy masalalar o‘z yechimni topgan:
-transport-
yuk kompleksida terminal tizimidan samarali foydalanish yo‘llari
-
logistik xizmat ko‘
rsatish terminal-intermodal texnologiyalaridan foydalanish
-
hududda terminal texnologiyasi bo‘yicha yuklar tashishni tashkil etishning logistik
tizimini takomillashtirish yo‘llari
-transport logistik komplekslarini yaratishning rasiona
l yo‘llari hamda jor
iy va istiqbolli
ehtiyojlarning optimal mutanosibligi (mushtarakligi) asosida olinadigan foydadan samarali
foydalanish usullarini aniqlash;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
101
-multimodal terminal komplekslari, hududiy transport-taqsimlash va axborot-analitik
markazlarni yaratish asosida yuklarni harakatlanish tizimi boshqaruvini takomillashtirishning
yo‘nalishlarini aniqlash:
-yuk tashishlar tizimida transport logistikasining iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
Xozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar,
birinchi
navbatda, ichki va tashqi bozorlarda iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirish, eng
ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda, real sektor tarmoqlarini moderniz
atsiya qilish va
buning uchun ilm-
fan hamda ishlab chiqarish o‘rtasidagi xalqa
ro integratsiya aloqalarini
kengaytirish, terminal tizimini tashkil etish katta ahamiyat kasb etadi.
-yuk tashishni tashkil qilishda terminal tizimning shakllanish va rivojlanish tamoyillarini
tasniflash;
-transport
–
ekspedision xizmat ko‘rsatish tizimini
ng tashkiliy-iqtisodiy tuzilishi hamda
uning shakllanishi va rivojlanishining asosiy tamoyillari
-transport-
logistik xizmatlar ko‘rsatuvchi quvvatlarni rivojlantirish va optimal
joylashtirish
-yuk tashishlarda avtomobil transportini boshqarishning transport logistik tizimini
iqtisodiy baholash uslubiyotini ishlab chiqish.
Terminal komplekslarini ishlab chiqarish, nafaqat qayta ishlanayotgan yuklarning hajmi
va assortimentini oshirishga, balki ularning funksional imkoniyatlarni asta-sekin kengaytirilib
borish
iga, ayniqsa ta’minot–sotish va ekspedisiya xizmatlari ko‘rsatilishining ortib borishiga
qaratilgan bo‘lishi kerak.
Terminal tizimi faoliyat ko‘rsatish sohalarining kengayib bo
rishi, texnologik nuqtai
–
nazardan qaraladigan bo‘lsa bu qonuniyatdir. Bu hol
at xuddi shunday tendensiyalar va jahon
tajribasiga mos keladi. Yirik shaharlarning aglomeratsiyalari zonalaridagi terminal tizimlari
ko‘p turdagi maqsadlarga xizmat qilib, o‘z tarkilarida yuklarni guruhlashtirib jo‘natuvchi
terminallar bilan bir qatorda ta
’minlash –
sotish va ko‘tara –
chakana savdo omborxonalariga
ham egadirlar. Bunga misol qilib, Parijdagi GAPOHOP terminal kompleksini ko‘rsatish mumkin,
bu kompleks turli xususiy va davlat kompaniyalari tomonidan ijaraga olingan 30 dan ortiq turli
xil maqsadlarga xizmat qiluvchi omborxonalarni konsentratsiyalashtiradi (birlashtiradi).
Bunga o‘xshash terminal komplekslarini konstruksiyalash va joylashtirish tamoyillari yanada
keng
roq bo‘lgan kommersiya logistikasi ideyalari doirasida shakllangan. U xo‘jalik
tizimlarining
moddiy boyliklar oqimi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar kompleksini qamrab oladi.
Shunday qilib, logistik tizimning boshqalardan ajratib turuvchi belgisi bu sotib olishda,
tashishda, omborxonaga joylashtirishda, sotishda, ba’zi holatl
arda esa xom ashyo, yarim
fabrikat va tayyor mahsulot ishlab chiqarishda o‘zaro harakatlarni muvofiqlashtirishga
e’tiborni qaratishdan iborat.
Logistik tizimning amal qilish doirasiga ham ishlab chiqarish, ham almashuv sohalari
kiradi. Bunda logistik tizim
faoliyatining samaradorligi mezoni bo‘lib transport –
taqsimlov
opresiyalariga qilingan umumiy xarajat miqdori sanaladi.
Agar xom ashyo, yarim fabrikat va tayyor mahsulot xizmatlarining barcha bosqichlari
ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, uni quyidagi bir qato
r logistik shahobchalarga (podsistemalarga)
ajratish mumkin bo‘ladi:
-
birinchidan, ta’minot sohasiga. Bu shahobchada (podsistemada) moddiy predmetlarni
sotib olinish punktidan ularni qayta ishlovchi ishlab chiqarish korxonalariga harakati
(tashilishi) amalga oshiriladi;
-ikkinchidan, ishlab chiqarish sohasi, bu sohada yetkazib kelinayotgan moddiy qayta
ishlanishi amalga oshiriladi;
-uchinchidan, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlarni sotish;
-shu bilan bir qatorda, mahsulotlarning jismoniy siljishlarini t
a’minlovchi transport
sohasini alohida ajratib ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
102
Moddiy oqimlar harakatini va moddiy zahiralar holatini boshqarish tradision
yondoshuvlar doirasida bir-biridan ajratilgan holda amalga oshirilgan. Logistik yondoshuv esa
mahsulotlarni
ng tashilishi va saqlanishini, ayniqsa, sotish, ishlab chiqarish, ta’minot, saqlash va
transportirovka qilish sohalari o‘rtasidagi muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor
ni
talab qiladi.
Mahsulotlarning harakatlanishida ishtirok etuvchi kontragentlar harakatidagi har bitta
nomuofiqlik, bu sohalarning har qaysisidagi harajatlarning ortishiga va ko‘rsatiladigan
xizmatlar va yetkazib beriladigan mahsulotlar sifatining pasayishiga olib keladi. Bu mahsulotni
sotish va ishlab chiqarish sferasidagi zahira miqdorlarining ortib ketishi, texnologik
“nomuvofiqlik” (yuklarni upakovka qilish) yuklash –
tushurish va saqlashning o‘ziga xos
xususiyatlari, transportirovkaga nisbatan qo‘yiladigan talablar bilan bog‘liq bo‘lgan
“nomuvofiqliklar”), boshqaruv organlari
va uslublarining mos kelmasligi va hokazolar
oqibatida yuz beradi. Shuni ham unutmaslik kerakki, logistik usulublarning rivojlanishida bir
qancha to‘siqlar ham mavjud. Ular, eng
avvalo ishlab chiqarish, transportirovka qilish va
taqsimlash jarayonlari ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlaridagi qarama-qarshiliklar bilan
bog‘liq. Transport tashkilotlari harakatlanuvchi qismning yuk ko‘tarish qobiliyati va bosib
o‘tadigan yo‘lidan
to‘liqroq foydalanishga, ta’minot –
sotish tashkilotlari
–
buyurtmaning
bajari
lishi vaqtini qisqartirishga, zahiralar aylanishi me’yorini orttirishga harakat qiladilar.
Ishlab chiqarishda esa rezervlar miqdorini qisqartish yo‘li bilan bir birlik mahsulotn
i ishlab
chiqarishga bo‘ladigan solishtirma xizmatlarni kamaytirishga intiladi
lar. Iqtisodiy
manfaatlarning qarama-
qarshiligi bir tomonning yutug‘i ikkinchi tomon uchun xarajatlarning
ortishiga olib kelishi oqibatida yuzaga keladi.
Bunday holda umumiy xarajatlar ortishi mumkin. Ishlab chiqarish, transportirovka qilish
va saqlash jarayoni qatnashchilarining tashkiliy tarqoqlik sharoitida moddiy oqimlar
harakatlanishi va zahiralar shakllanishida maksimal darajadagi kelishuvga erishishning aslo
iloji yo‘q.
Log
istik tizimlar rivojlanishining jahon tajribasi ko‘rsatadiki, odatda ular o‘zl
arining
rivojlanishida ko‘rib chiqilayotgan jarayonlarning integratsiyalashuvchi darajasi bo‘yicha bir
-
biridan farq qiluvchi bir qator bosqichlarni bosib o‘tadilar. Bunda butun l
ogistik tizimning
samaradorligi u rivojlangan sari ortib boradi.
Birinchi, eng
oddiy bo‘lgan bosqichda, odatda tayyor mahsulot sotilishi sohasida, saqlash
va transportirovka qilish jarayonlarini o‘zaro bog‘lashga erishiladi. Logistik tizim o‘z ichiga
sotis
h tashkilotlarida tayyor mahsulotni saqlash va ularni iste’molchilarga yetkazi
b berishni
oladi. Birinchi bosqichda tizimga ishlab chiqarish sohasi ham jalb etiladi. Bu hamda logistika
mahsulot ishlab chiqaruvchidagi zahiralar va ishlab chiqarishning o‘ziga
texnologik
xususiyatlarini ham qamrab oladi. Yanada rivojlanganroq logistik ti
zimlar o‘ziga ta’minot
sohasini ham qo‘shib oladi. Shu narsa ravshanki, logistik tizimlarda erishiladigan texnologik
muvofiqlashtirish, boshqaruv jarayonlarini muvofiqlashtirishga asoslanadi. Kommersiya
logistikasi mazmunan moddiy oqimlar harakatining va xom ashyoni olishdan boshlab, to tayyor
mahsulotni iste’mol qilishgacha bo‘lgan bosqichlarni boshqarishni muvofiqlashtirishdan
iborat. Bunday kelishuvli bog‘lanishga o‘zaro hamko
rlik qiluvchi tomonlarning bir-birlariga
ma’lum bir yon berishlari natijasida
e
rishiladi., bunga erishish esa zarur bo‘lgan tashkiliy shart
-
sharoitlarni yaratmay turib mumkin emas.
Logistik tizimlarning rivojlanishi tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, odatda t
ransport
ularning strukturasida hal qiluvchi o‘rinda turadi. Bir tomondan bu t
ransport tashkilotlariga
o‘z faoliyatlari doirasini kengaytirishga va transport xizmatlari bozorida mustahkam
o‘rnatishga, ikkinchi tomonda, sanoat korxonalarini ularga xos bo‘lm
agan faoliyatlardan ozod
bo‘lishlariga imkoniyat yaratiladi. Bunda korxonalarn
ing xarajatlari kamayadi va u butun
kuchlarni ularning asosiy bozorlariga qaratishga imkoniyat vujudga keladi.
O‘zbekiston ilm
-
fani bugun bozorning o‘zgarib borayotgan ehtiyojlar
iga tez moslasha
oladigan, mamlakatimiz va butun dunyoda xaridorgir bo‘lgan il
m talab, yuqori texnologik
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
103
mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan tom ma’nodagi innovasion iqtisodiyotning
texnologik bazasini yaratish uchun katta imkoniyatlarga ega.
Shu munosabat, iqtisodiyotni modernizatsiyalashda avtotransportdan foydalanishning
samaradorlik darajasini yanada oshirish, avtotransport xizmatida raqobat muhitini
shakllantirish, kelgusida transport xizmatiga bo‘lgan talabni yanada chuqurroq o‘rganish,
avtotransport korxonalarida innovasion faoliyatni yanada rivojlantirish sohasidagi vazifalarni
hal qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bundan tashqari, transport sohasi shiddatli
rivojlanayotgan iqtisodiyotda innovasion jarayonlarning ahamiyati tobora oshib borayotgan
bir vaqtda ularni joriy etish va tartibga solish usullarini tadqiq qilish, shubhasiz, dolzarblik kasb
etadi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda transport logistika xizmatlari bozorini samarali
boshqarish hisobiga yuklarni tashishda avtomobil transporti faoliyatini optimallashtirishni
qator masalalarini tadqiq qilish va ularni yechimini topish hozirgi vaqtda ham dolzarbdir.
Birinchi navbatda bu yuklarni tashishni boshqarishning transport-logistika tizimini
kengaytirish, takomillashtirish va uni baholashning ilmiy uslubiy asoslarini yaratish hamda
ichki va tashqi tashishlarda transport faoliyatini optimalashtirish, transport bozori faoliyatini
baholash, logistik tizim sharoitlarida avtotransportda yuklarni tashishning optimal hajmini
aniqlash, avtotransportda yuklarni tashish tizimida transport logistikasining iqtisodiy
s
amaradorligini baholash uslubi va uslubiyotini ishlab chiqish masalalariga ta’lluqlidir.
Xulosa va takliflar.
Hozirgi vaqtda amaliy holda xalq xo‘jaligida kuc
hli va samaradorligi yuqori darajada
bo‘lgan infrastruktura rivojlanmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti
ni modernizatsiyalash, uning
baqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minash va yangi ichki mahsulotning oqilona tarkibini
shakllantirish, xo‘jalik sub’yektlarining faoll
igini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar va logistik
xizmatlar bozoridan keng ko‘lamda samarali
foydalanish taqazo etiladi. Eng oddiy bosqichda
saqlash va tashish jarayonlarining bog‘lanishi, qoida tariqasida, tayyor mahsulotni sotish
sohasida amalga oshiriladi. Logistika tizimi bu holatda tayyor mahsulotlarni savdo
tashkilotlarida saqlash va ularni i
ste’molchilarga etkazib berishni qamrab oladi. Birinchi
bosqichda ishlab chiqarish sohasi ham tizimga jalb qilingan. Bunda logistika mahsulot ishlab
chiqaruvchining zahiralarini va ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlarini qamrab oladi.
Eng rivojlang
an logistika tizimlari ta’minot sektorini ham o‘z ichiga oladi. Ko‘rinib turibdiki,
logistika tizimlarida erishilgan texnologik muvofiqlashtirish boshqaruv jarayonlarini
muvofiqlashtirishga asoslanadi. Tijorat logistikasi, mohiyatiga ko‘ra, xom ashyoni qa
bul
qilishdan tayyor mahsulot iste’moligacha bo‘lgan moddiy oqimlar harakatining barcha
bosqichlarini va tovar-moddiy zaxiralar holatini shunday muvofiqlashtirilgan boshqarishni
anglatadi. Ushbu bog‘lanish o‘zaro ta’sir qiluvchi tomonlarning ma’lum imtiyoz
lari evaziga
amalga oshiriladi, bu zarur tashkiliy shartlarni yaratmasdan mumkin emas (Qosimov, 2022).
Logistika tizimlarini rivojlantirish tajribasi shuni ko‘r
satadiki, transport, qoida tariqasida,
ularning tarkibida asosiy o‘rinni egallaydi. Bu, bir tomo
n
dan, transport tashkilotlariga o‘z
faoliyat doirasini kengaytirish va transport xizmatlari bozorida o‘z o‘rnini egallash imkonini
bersa, ikkinchi tomondan, san
oat tashkilotlarini ular uchun odatiy bo‘lmagan ishlardan ozod
qiladi. Shu bilan birga, korxona xarajatlari kamayadi va ularning asosiy bozorlarida kuchlarni
jamlash imkoniyatlari ochiladi.
Terminal tizimini rivojlantirishning umumiy tamoyillari va asosiy istiqbollarini
belgilashda yuqorida tavsiflangan logistika yondashuvidan kelib chiqqan holda uni
kengaytirishni ta’minlash kerak. Bunday kengayish imkoniyati quyidagi holatlardan kelib
chiqadi.
Terminal tarmog‘ining rivojlanishi bilan hal qilinishi mumkin bo‘lgan muammolar guruhi
ham asosan tugun bilan bog‘liq. Bu shaharda omborxonalarning etishmasli
gi, yuk egalarini
yukni yetib kelish joyida saqlashga majbur qiladi. Shaharda yer resurslarining etishmasligi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
104
shahardan tashqarida shaharga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan omborlarni olib
tashlashni talab qiladi. Omborlarni saqlash muammosining asosiy yechimi shaharlar atrofida
yuqori sig‘imli transport va ombor terminallari majmuasini yaratish bilan bog‘liq. Bu shahar
transport uzelining ishini cheklaydi va iqtisodiy kompleks ishini rasionalizatsiya qiladi.
Ko‘rib chiqilgan logistika konsepsiyala
ri asosida transport, ombor va ekspeditorlik
xizmatlarini qamrab oluvchi kompleks tizimlar yaratish, ayniqsa, istiqbolli hisoblanadi. Bunday
tizimlarning asosin
i xalqaro standartlarga javob beradigan keng ko‘lamli xizmatlarga ega
zamonaviy, yuqori mexanizat
siyalashgan ko‘p maqsadli yuklarni saqlash va yuklarni qayta
ishlash terminal majmualari tashkil etishi kerak.
Adabiyotlar/
Литература
/Reference
:
Anderson, R. (2017) Logistics and Economic Development: A Comprehensive Review.Journal
of International Trade and Economic Studies, Vol. 28, No. 2. Pages: 87-105
Mirziyoyev Sh. (2022). 2022
–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekisto
nning Taraqqiyot
Strategiyasining 93-maqsadida:
Nosirova J. (2016)
O‘zbekistonda logistikaning xizmatining rivojlanishi va istiqbollari.
“Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. TDIU.
№ 4, 2016 yil.
www.iqtisodiyot.uz -2 B.
Park, S. (2019) Infrastructure Development and Logistics Performance: A Comparative
Analysis of Developed and Developing Countries. Journal of Transport Economics and Policy, Vol.
42, No. 3. Pages: 165-183
Qaror (2019) Mirziyoyev Sh. “Avtomobil transportda yukl
arni xalqaro tashishlarni yanada
rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil
7 iyundagi PQ-4353-son
qarori.
Qosimov S.H. (2022). Yuklarni tashishni tashkil etish asosida hududlarda terminal
texnologiyasini qo ’llash logistik
tizi
mini shakllantirish. экономика и сосиум, (12
-1 (103)), sayt:
http://www.iupr.ru 214-217.
Qosimov S.H. (2023). Yuklarni tashishda terminal va logistika texnologiyasining hozirgi
holati va uning rivojlanishi. экономика и сосиум, (4
-1 (107)), 255-258.
