Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.44974

Ключевые слова:

всемирная торговая организация тарифные и нотариальные барьеры экспортный потенциал импортный потенциал внешнеторговый оборот

Аннотация

В данной статье описывается статус членства нашей страны в ВТО и его цели. После вступления в организацию будут тщательно проанализированы достижения и недостатки нашей страны. В ходе обсуждения также будут рассмотрены рекомендации по совершенствованию объема мероприятий, реализуемых в этой области исследований в Узбекистане.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

82


JAHON SAVDO TASHKILOTI VA O‘ZBEKISTON: ISTIQBOL VA TAHLIL

Po‘latov Xojiakbar

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0009-4031-3670

xojiakbar.polatov@mail.ru

Aanotatsiya.

Mazkur maqolada mamlakatimizning JSTga a’zolik maqomi, undan

koʻzlangan maqsadlar bayon qilinadi. Tashkilotga a’zolikdan soʻng yurtimizga keladigan yutuq

va kamchiliklar chuqur t

ahlil qilinadi. Muhokama chogʻida tadqiqotning Oʻzbekistonda mazkur

sohada amalga oshirilayotgan chora-

tadbirlar ko‘lamini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ham

koʻrib chiqiladi.

Kalit soʻzlar:

jahon savdo tashkiloti, tariff va notarif toʻsiqlar, eksport salo

hiyati, import

salohiyati, tashqi savdo aylanmasi, toʻlov balansi.

ВСЕМИРНАЯ

ТОРГОВАЯ ОРГАНИЗАЦИЯ И УЗБЕКИСТАН:

ПЕРСПЕКТИВА И АНАЛИЗ

Пулатов Хожиакбар

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В данной статье описывается статус членства нашей страны в ВТО

и его цели. После вступления в организацию будут тщательно проанализированы

достижения и недостатки нашей страны. В ходе обсуждения также будут рассмотрены

рекомендации по совершенствованию объема мероприятий, реализуемых в этой

области

исследований в Узбекистане.

Ключевые слова:

всемирная торговая организация, тарифные и нотариальные

барьеры, экспортный потенциал, импортный потенциал, внешнеторговый оборот,

платежный баланс.

WORLD TRADE ORGANIZATION AND UZBEKISTAN:

PERSPECTIVES AND ANALYSIS

Pulatov Khojiakbar

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article describes the status of our country

s WTO membership and its goals.

After joining the organization, the achievements and shortcomings of our country will be
thoroughly analyzed. During the discussion, recommendations for improving the scope of

measures implemented in this field of research in Uzbekistan will also be considered.

Keywords:

World Trade Organization, tariff and notary barriers, export potential, import

potential, foreign trade turnover, balance of payments.

UO

K: 339.543

III SON - MART, 2024

82-88


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

83

Kirish.

Maʼlumki, jahon xoʻjaligida davlatlar tashqi savdo aloqalarini qaytadan tashkil etish,

ayrim tarmoq va sohalarda tarkibiy oʻzgarishlarni chuqurlashtirish zarurati borligi ham

ayon

b

oʻlmoqda. Natijada, keyingi yillarda global va mintaqaviy darajada dunyo tashqi savdosida

yangi yoʻnalishlarda siljishlar va tranformatsiya roʻy bermoqda. Davlatlarning tashqi savdo
strategiyalarida ham tub oʻzgarishlar namoyon boʻlmoqda.

Jahon xo‘ja

ligida davlatlar tashqi savdo aloqalarini qaytadan tashkil etish, ayrim tarmoq

va sohalarda tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish zarurati borligi ham ayon bo‘lmoqda.

Natijada, keyingi yillarda global va mintaqaviy darajada dunyo tashqi savdosida yangi

yo‘na

l

ishlarda siljishlar va tranformatsiya ro‘y bermoqda. Davlatlarning tashqi savdo

strategiyalarida ham tub o‘zgarishlar namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 4 fevral kuni qishloq

xo‘jaligi mahsulotlarini ch

uqur qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari sifatini oshirish

masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Shu yig‘ilish jarayonida ham Jahon savdo

tashkiloti standartlariga eksport tovarlarimizning javob bermasligi hamda import tovarlarning

kirib kelish payti

ularni tekshiruvdan o‘tkazish qiyinchilik tug‘dirayotgani haqida gapirildi.

Oziq-

ovqat mahsulotlarini sinash bo‘yicha Jahon savdo tashkilotining talablariga mos 775 ta

standart bo‘lsa, mamlakatimizda ularning 100 tasi joriy qilingani, 100 dan ortiq

laborat

oriyadan atigi 10 tasi xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tgani tanqid qilindi. Bu

korxonalarimiz mahsulotlarini eksport qilish imkoniyalarini qiyinlashtirishi haqida ham qayd

etildi. Shu bilan birga ularga tegishli chora-

tadbirlar ko‘rilishi va yo‘l xa

ritalari belgilab berilishi

bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi

(Ismailova va Dadabayev, 2023). Yuqoridagi standartlarni joriy

qilinishi ham biz uchun Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bosqichlarimizni bir muncha

yengillashtiradi.

Adabiyotlar sharhi.

XIX а

s

r оxiri vа XX аsr bоshlаridаgi fаn

-

texnikа tаrаqqiyоti tаʼsiri оstidа ishlаb chiqаrish

munоsаbаtlаrining keskin о‘zgаrishi klаssik iqtisоdiy mаktаbning tаshqi sаvdо jаrаyоnlаrigа

оid tаdqiqоt yо‘nаlishlаrini tаkоmillаshtirishgа sаbаb bо‘ldi.

Xeksher (2006)

vа Оlinning

(2004)

“ishlаb chiqаrish оmillаri” nаzаriyаsidа ushbu ustuvоrlik tо‘liq аks etаdi. Adam Smit va

David Rikardolarning (1776)

nazariyalaridan farqli oʻlaroq, bu ikki olim ishlab chiqarish

omillari, ayniqsa kapitalning mamlakatlara

ro koʻchi

b yurishini ilmiy asoslab bergan. Adam Smit

va David Rikardolarning nazariyalariga ko‘ra ishlab chiqarish omillari xalqaro darajada

migratsiyaga uchramaydi, ammo keying maktab vakillari esa ba’zan kapital va ishchi kuchi

omili xalqaro harakatga kelishi mum

kinligini izohlab o‘tadi (

Olin, 1933).

XIX asrning 30-40-yillarida Mill (2011)

Angliyadan kapital eksportining jadal oʻsib

borayotganini kuzatadi. Ushbu hodisaning sabablarini u "Siyosiy iqtisod asoslari" (1848 y.)

kitobida izohlab, ba’zan

iqtisodiy taraq

qiyot natijasida yuzaga kelgan ortiqcha mablagʻlarning

mamlakatda passiv toʻplanib qolishi bu mablagʻlardan foyda olish darajasi pasayish

tendentsiyasi bilan bo

gʻlaydi.

Mill (2011), kapitalning rentabellikni pasaytirayotgan qismi eksport qilinishi zarur deb

hisoblaydi. Maslan, kapital metropoliyadan eksport qilinib xom ashyo ishlab chiqarish uchun

koloniyalarga yuboriladi. Bu metropoliyada mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytiradi

va yuqorida ta’kidlangan kapital rentabellig

ining tushib ketishi ten

dentsiyasini susaytiradi. Oʻz

navbatida, kaloniyalarda kapital importi mamlakatlarning ishlab chiqarish ixtisoslashuvini

yaxshilaydi va tashqi savdoni kengaytirishga yordam beradi (Smit, 1776).

Mill (2011)

birinchi boʻlib tayyor mah

sulotlar ham, kapital ham xalqaro miqyosda mobil

ekanligini isbotlab berdi.

Keyns (1926)

ingliz iqtisodchisi, keynschilik nazariyasi asoschisi kapital oqimlari va

mamlakatning toʻlov balansi holati oʻrtasidagi munosabatlarini oʻrganadi. Keynsning oʻzi

kapital harakati odatda tu

rli mamlakatlarning toʻov balansi muvozanatining buzilishidan kelib


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

84

chiqadi, degan fikrni ilgari suradi. U mamlakatdan kapital eksporti tovarlar va xizmatlar
ek

sporti importdan oshib ketganda amalga oshiriladi, deya ta’kidlaydi. Ush

bu jarayon buzilgan

taqdirda, davlat aralashuvi zarur, deb hisoblaydi.

Xarrod (1951)

oʻzining “Iqtisodiy dinamika” modeli

da kapitalga boy mamlakat iqtisodiy

oʻsish sur’ati qanchalik past boʻlsa, uni eksport qilish tendentsiyasi shunchalik kuchli

bo'lishini

ta’kidlaydi.

Neo-Keyneschilar nazariyasi bozor iqtisodiyoti sharoitida Afrika, Osiyo va Lotin

Amerikasi mamlakatlarining rivojlanishiga yordam berish siyosati asoslaridan biriga aylandi.

Darhaqiqat, ushbu nazariyaga koʻra, kapitalni rivojlanayot

gan mamlakatlarga eksport qilish

eksport qiluvchi va import qiluvchi mamlakatlarda ishbilarmonlik faolligini kuchaytiradi.

Biroq, ushbu eksportga koʻplab rivojlanayotgan mamlakatlarda kuchli xavf va boshqa toʻsiqlar

toʻsqinlik qilayotganligi sababli, Gʻarb

hukumatlari eksport qilinishi ke

rak boʻlgan kapitalni,

davlatlar kafolati ostida rivojlanayotgan mamlakatlarga yuborishlari kerak, deb hisoblaganlar.

Buyuk depressiyadan

beri global moliyaviy tartibga solish tizimi sezilarli oʻzgarishlarga

duch keldi. A

mmo bu oʻzgarishlar yetarli boʻlm

adi, aksincha ular xaddan tashqari aralashuving

yangi muammolarini yuzaga keltir

di. Buyuk depressiya bilan bog’liq iqtisodiy oqibatlarni o‘sha

davrning kuchli iqtisodchisi Keynsning (1926) bir qator asarlarida tadqiq etilib, xalqaro kapital

harakati va o‘z

aro moliyaviy munisabatlari tatibga solindi.

О‘zbekistоn xalqaro iqtisodiy sаlоhiyаtini tizimli tаrtibdа о‘rgаnish vа mаzkur yо‘nаlishdа

strаtegik vаzifаlаrni аmаlgа оshirishgа dоir tаdqiqоt izlаnishlаri Vаxоbоv,

Tаdjibаyevа,

Xаjibаkiyevlаr

(2015)

tоmоnidаn аmаlgа оshirilgаn bо‘lib, tаdqiqоtchilаr ekspоrt fаоliyаtini

rаg‘bаtlаntirishdа shаrtnоmаviy munоsаbаtlаrning rоlini оshirishgа ustuvоrlik berish
zаrurligini tаʼkidlаydilаr.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot metodologiyasi mahalliy va xorijiy mualliflarning takofulning turli jihatlariga

bag‘ishlangan konsepsiyalariga asoslanadi.

Tadqiqotning uslubiy asosini strukturaviy-

funksional va jahon iqtisodiyotida neoliberal yondashuv tashkil etadi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Jahon savdo tashkiloti (JST) globalizatsiya va xalqaro integratsiyaning kuchayishi

oqibatida, mamlakatlar o‘r

tasidagi savdo munosabatlarini tartibga solish, xalqaro savdoni

oshirish va mamlakatlar o‘rtasida savdo nizolari yuzaga kelsa, ularni bartaraf etish maqsadida

tuzilgan. JSTning

tashkil etilishi yarim asrdan ko‘proq tarixga ega. Ikkinchi Jahon urishidan

so‘

ng, mamlakatlar iqtisodiyotini jonlashtirish maqsadida, 1947-yilda 23 ta mamlakat

tomonidan Jeneva shahrida Tariflar va savdo bo‘yicha Bosh kelishuv (GATT) tuzilgan bo‘lib,

1948-

yilda amaliyotga tatbiq etilgan. GATTni rivojlantirish va mahsulotlar uchun o‘

zaro

tariflarni pastlatish maqsadida Urugvay raundi (1986-1994) joriy etilgan. JST 1995-yil 1-

yanvarda tuzilgan va shu yilning o‘zida 125 ta mamlakat a’zo bo‘l

gan. Hozirgi kunda JSTga 164

ta mamlakat a’zo. Xalqaro savdoning 98

-99 % ulushi Jahon savdo tashk

ilotiga a’zo mamlakatlar

hissasiga to‘g‘ri keladi.

Jahon savdo tashkiloti oʻz faoliyatini quyidagi tamoyillar asosida olib boradi:

“Eng maqbul davlat” rejimi —

aʼzo mamlakatla

rning har biri bo

shqa aʼzolarga nisbatan

savdo sheriklari sifatida teng sharoitl

arni qoʻllaydi. Agar biror

-

bir mamlakat oʻzga savdo

sherigiga i

mkoniyat bersa, u holda xuddi shunday rejim JST ning boshqa aʼzo mamlakatlariga

ham qoʻllanishi

shart;

kamsitishsiz savdo

mamlakat savdo sheriklari, xorijiy tovarlar va xizmatlar savdosi

soha

sida shaxslar oʻrtasida diskriminatsiya oʻtkazmasligi kerak;

savdo toʻsiqlarini bartaraf etish —

muzokaralar oʻtkazish orqali mavjud savdo

toʻsiqlarini asta

-sekin bartaraf etish;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

85

bashorat etiladigan savdo - xorijiy investorlar, kompaniya va hukumatlar savdo

toʻsiqlari asossiz joriy etilmasligiga ishonch hosil qilis

hlari shart va bozorni erkinlashtirish

majburiyatlari JST ga “bogʻlanadi”;

raqobatbardoshlikni takomillashtirish - JST qoidalari eksportni subsidiyalash va

demping kabi xalqaro savdodagi “adolatsiz” faoliyatlarga toʻsqinlik qiladi;

rivojlanayotgan mamlakatlar uchun yetarli darajada qulay shart-sharoitlar yaratish

rivojlanayotgan mamlakatlarga oʻtish davri va maxsus rejimlarni taqdim etish koʻzda tutiladi

(Vahobov, 2015).

1-rasm. GATT/JST ning maqsadi va vazifalari

Xalqaro savdo turli

davlatlarning subyektlari oʻrtasida yuz beruvchi savdo

-iqtisodiy

aloqalarni, mamlakatlararo savdo-sotiq va boshqa iqtisodiy aloqa

larning tez surʼatlar bilan

kengayib borayotgan munosabatlarni aks ettiradi. Bu

munosabatlar oʻz ichiga savdo

-sotiq

munosabatlarini: tovarlarni olish-sotish, shuningdek, ish yoki xizmatlarni bajarishga hamda
realizatsiya qilishga (sotishga) qaratilgan har qanday faoliyat turini oladi. Xalqaro savdo

huquqi savdo-sotiq munosabatlari soh

asida turli davlatlarga tegishli subyektlar oʻr

tasidagi

aloqalarda umumiy qoidalarning joriy etilishi orqali, ushbu aloqalarni oʻzaro

muvofiqlashtirishga va shu yoʻl bilan savd

o aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston milliy iqtisodiyotini

yanada rivojlantirish va jahon hamjamiyatidagi

oʻrnini

mustahkamlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bunda tashqi

aloqalar, ayniqsa tashqi savdo aloqalarining ahamiyati beqiyosdir. Shuning uchun

hukumatimiz tomonidan mamlakat eksport

salohiyatini oshirish boʻyicha keng koʻlamli

i

slohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mamlakatimiz oʻzining eksport salohiyatini yanada

oshirishni Jahon savdo tashkilotiga aʼzo

boʻlishda koʻrmoqda.

JST xalqaro savdo munosabatlari uchun qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan

cheksiz imkoniyatlar eshi

gi sanaladi. Qabul qilingan hujjatlar davlatlarning oʻz savdo

siyosatlarini kelishilgan tartibda olib borishlarini talab qiladi.

Bundan koʻzlangan maqsad

jahon savdosida mamlakatda mavjud boʻlgan iqtisodiy tarmoqlarga koʻmak berishdan

iborat.JSTning asosiy funksiyalaridan

boʻlgan savdoni liberallashtirish, savdo bitimlari, xalq

Jaxon savdo

tashkiloti. 1947-

yil tashkil topgan.

Azolari soni

164ta. 1994-yilga

qadar GATT,

1995-yildan JST

GATT ning vazifalari

- tovarlar savdosida

toʻsiqlarni bartaraf

etish.

- jaxon savdosida

barcha turdagi

cheklovlarni bekor

qilish.

- real daromadlar va

talabni oshirish, ishlab

chiqarish va tovar

ayirboshlashni

rivojlantirish.

GATT ning funksiyalari
- davlat savdo siyosatiga

jaxon savdosi

qoidalarini ishlab

chiqish orqali tasir

oʻtkazish.

- savdo munosabatlarini

erkinlashtirish va

muzokaralar uchun

forum yaratish.

- savdo boʻyicha

nizolarni tartibga solish.

JST ning vazifalari

- tovarlar va

xizmatlar savdosi

xajmini oshirish.

- jaxon savdosida tarif

va notarif

cheklovlarni

qisqartirish.

- mumkin qadar

qulaylik yaratish

prinsipi asosida

faoliyat olib borish.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

86

farovonligi uni turmush tarzini yuksaltirishdan iborat. Shuningdek, ichki bozorni

erkinlashtirishni taʼminlash.JST ga aʼzo mamlakatlard

a chet el korxonalarida ishlab chiqarilgan

sifa

tli va arzon mahsulotlar ichki kichik raqobatbardosh boʻlmagan korxonalarning inqirozga

uchrashiga sabab boʻladi.

JSTga aʼzo boʻl

ish uchun har b

ir davlat oʻrtacha 8

-10-

15 yilni tashkil qiladi. Oʻzbekistonda

2017-yildan boshlab ijobiy siljishlar kuzatilmoqda. Ammo iqtisodiyot tarmoqlarining ustuvor

yoʻnalishlarida davlatning yuqori ulushi saqlanib qolmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 4-fevral kuni qishloq

xoʻjaligi mahsulotl

arini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari sifatini oshirish

masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Mazkur yigʻilish doirasida JST standartlariga

eksport tovarlarimizning javob bermasligi hamda import tovarlarning kirib kelish payti ularni

tekshiruvdan oʻtkazish qiyinchilik tugʻdirayotg

ani haqida gapirildi. Oziq-ovqat mahsulotlarini

sinash boʻyicha Jahon savdo tashkilotining talablariga mos 775 ta standart boʻlsa

,

mamlakatimizda ularning 100 tasi joriy qilingani, 100 dan ortiq laboratoriyadan atigi 10 tasi

xalqaro darajada akkreditatsiya

dan oʻtgani tanqid qilindi. Shuningdek, milliy

mahsulotlarimizning eksporti imkoniyalarini qiyinlashtirishi haqida ham qayd etildi.

Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish, aʼzo mamlakatlarga iqtisodiy manfaat k

eltiradi.

Tashkilotga aʼzo boʻlishning ijobiy jihatlari quyidagilar: iqtisodiy manfaat eng avvalo oʻzaro

mahsulot ayriboshlash yoʻlidagi toʻsiqlarni olib tashlashga sharoit yar

atadi; mamlakatdagi

ijtimoiy va siyosiy vaziyatga iqtisodiy nizolar tinch yoʻl bilan hal etilishi evaziga ijobiy taʼsir

qiladi; aholi turmush darajasini yaxshilanishiga turtki beradi, insonlarga sifatli mahsulot

isteʼmol qilish imkonini yaratadi; liberal s

avdo mamlakat va alohida vatandoshlarning

daromadlarini oshiradi; mehnat bandlig

i sohasida ijobiy taʼsir qiladi; savdo sohasida

gi

ortiqcha xarajatni kamaytiradi; isteʼmolchilar uchun tanlash imkoni berib, eksport

qilinayotgan mahsulotlar hisobiga milliy mahsulotlar tannarxini tushirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonning

tashkilotga aʼzo boʻlishi proteksionistik toʻs

iqlar

natijasidagi yuqori narxlarning tushishiga hamda mavjud resurslardan unumli foydalanishda,

mamlakatda raqobat muhitining kuchayishida, korrupsiyaning pasayishida hamda import

kontrabanda tovarlarining qo

nuniy yoʻl bilan mamlakatga kirib kelishida aha

miyat kasb etadi.

Tashkilotga aʼzolik yangi mahsulot va xizmatlar boʻyicha yangi standart, qoidalarni

shakllantiradigan turli xal

qaro tashkilot va bitimlarda ishtirok etishga yoʻl ochadi. Yurtimizda

dunyo mamlakatlariga eksport qilinadigan mahsulotlarning ishlab chiqarish sharoitini yanada

yaxshilanishiga imkon beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-

yildagi “2022

-2026-

yillarga moʻljallangan

yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PQ

-60 son Farmoni bilan

tasdiqlangan 97-maq

sadda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish masalasining kiritilganligidir.

Bunda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlar bilan muzokaralar oʻtkazish;

Oʻzbekistonlik

mutaxassislarning Jahon savdo tashkiloti v

a koʻp tomonlama savdo tizimi sohasida salohiya

tini

oshirish; texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya choralari va intellektual
mulk himoyasi sohalarida milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlarining talablariga

muvofiqlash

tirish boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqish; Oʻzbekistonning Jahon savdo

tashkilotiga aʼzo boʻlishining metallurgiya, toʻqimachilik, oziq

-ovqat, avtomobil ishlab

chiqaris

h sohalariga taʼsirini oʻrganish; Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻl

ishining

milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganish; Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiq boʻlgan ichki

bozorni notarif choralar orqali himoya qilish tizimini rivojlantirish; Jahon savdo tashkiloti

qoidalariga muvofiq boʻlgan eksportni qoʻllab

-quvvatlash va subsidiyalash choralarini ishlab

chiqish

kabi choralarning davlatimiz uchun maqsad qilib olinishi Tashkilotga aʼzolik

ishlarining jadallashishiga olib kelib, ushbu sohani

ng oʻrganilishini yanada chuqurlashtiradi

(Marokash, 1994).

Bugun Oʻzbekiston iq

tisodiyotining oldida turgan muhim masalalardan biri Jahon savdo

tashkilotining teng huquqli aʼzosi boʻlishdir. Oʻzbekistonda JSTga aʼzo boʻlish uchun hozirgi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

87

kunda amaliy vazifalar va turli chora tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshilmoqda. Bu
mamlakatimizning xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda ahamiyatli hisoblanadi.

Hozirgi kunda jahondagi jahon tovar aylanmasining 98,0 foizi JSTga aʼzo mamlakatlar ulushiga

t

oʻgʻri kelgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining 97

,0 foizi

JSTga aʼzo mamlakatlar hissasiga toʻgʻ

ri kelmoqda.

Mamlakatimizning JSTga aʼzo boʻlishi tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy ustuvor

yoʻnalishlaridan biri boʻlib, kela

jakda mamlakatimiz iqtisodiyotini istiqboli aynan shu

jarayonga bogʻliq.

Oʻzbek

istonni

ng JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruh 1998

-yilda tashkil etilgan edi.

Keyingi yillarda ushbu ishchi guruh faqat uch marta uchrashdi va 2000-

yillarning oʻrtalarida

uning xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlari toʻxtatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi JSTga qoʻshilis

h uchun uning kamida 15 ta bitimlarida aks

ettirilgan majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmasiga olishi talab qilinadi. Shu bilan birga, JST

bitimlari keng qamrovli va murakkabdir, chunki ular keng doirada jahon savdosi masalalarini

qamrab oluvchi yuridik hujjatlar hisoblanadi.

Bugungi kunda xalqaro savdo munosabatlari ularni tartibga solish konsepsiyaci nuqtai

nazaridan ikki shaklda amalga oshiriladi. Bular xalqaro savdo munosabatlarini ommaviy
huquqiy tartibga solish va xucuciy-huquqiy tartibga solish shakllaridir.

Hozirgi vaqtda

Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro savdo faoliyatni ommaviy

-huquqiy

tartibga solish tashqi iqtsiodiy faoliyatni muctahkamlashga va ichki bozorni muhofaza qilishga

qaratilgan.

Xalqaro savdo munosabatlari tuzilmaci oʻz navbatida xalqaro savdo

-huquqiy

munosabatlar asoslarini tartibga soluvchi tamoyillar; xalqaro (hukumatlararo va nohukumat)
tashkilotlar; xalqaro savdo sohasidagi tashkilotlar va organlarining hujjatlari; savdo

portlarida, dengiz, temir yoʻl, daryo va havo yoʻllarida xalqaro

-huquqiy rejim; savdo nizolarini

halq etishning xalqaro-huquqiy vositalari, tashqi savdo faoliyatini davlat huquqiy tartibga

solinishi kabi asosiy tayan

ch tarkibiy qismlar bilan bevosita bogʻliq.

Shuning uchun ham xalqaro savdo munosabatlarini kompleks tarzdagi tizimlararo

oʻrganilishi lozim boʻlgan soha boʻlib, uning tartibga solish predmeti tabiatiga koʻra turli

-tuman

va xilma-xil shakldagi xalqaro sav

do munosabatlarida namoyon boʻladi (Minnayev, 2006).


Xulosa va takliflar.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining hisob-

kitoblariga koʻra, Oʻzbekiston uchun

JSTga aʼzo boʻlsa, agar tariflar Rossiya darajasiga (5 foizgacha) tushirilsa importning oʻ

sishi 5,8

mln. dollar miqdorida, Qozogʻiston va Qirgʻiziston darajasiga tushirilsa (0 foizgacha)
importning oʻsishi 6,7 mln.

dollar miqdorida yuz beradi.

Oʻzbekistonda notarif toʻsiqlar darajasi va ularning import va ichki ishlab chiqarish

hajmiga taʼsir koʻrsatadi. Davlat sektori farmatsevtika mahsulotlari asosiy import qiluvchisi

hisoblanadi, lekin xaridlari tartibi hali beri

murakkab. Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash

sohasidagi faoliyatning barcha turlari litsenziyalashni taqozo etadi.

JST kelishuvlarida

agarda boshqa davlatlar bilan kelishuv mavjud boʻlgan taqdirda

xalqaro xatto chet el milliy standartlaridan ham foydalanish

taʼkidlab oʻtilgan. Bundan tashqari,

qonunda import qilinayotgan tovarlar sogʻliqni saqlash va xavfsizlik singari umumiy talablar

b

oʻyicha Oʻzbekiston joriy qilgan texnik reglamentlarga mos kelishi koʻzda tutilgan. Bu esa

Oʻzbekistonda standart

lar ham majburiy ham boshqa elementlardan tashkil topganligini

bildiradi va import qilinayotgan mahsulot boshqa elementlarga rioya qilishi shart emas. Shu

bilan birga, Oʻzbekiston umumiy manfaatlarga tegishli boʻlgan masalalr JST tomonidan tan

olingan roʻy

hatga nisbat

an koʻp boʻlib, oʻzaro moslashuv va usullar birligi kabi jihatlarni oʻz

ichiga oladi. Shunday qilib kelishuvga muvofiq davlat tashkilotlari mavjud texnologiyaga mos

kelishini taʼminlashga maʼsuldirlar, vaholanki, boshqa mamlakatlarda ushbu majb

uriyat

xusus

iy tarmoq va bozor kuchlariga yuklatilgan. Maʼmuriy talablarning keng hajmini mavjudligi

standartlarning 80% majburiy standartlar s

ifatida boʻlishining sababi hisoblanadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart

www.e-itt.uz

88

Adabiyotlar / Литература/ Reference:

Harrod R. (1951). The life of John Maynard Keynes. - L.

Ismailova N.S., Dadabayev U.A. (2023). O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo

bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari

. Monografiya.

T.: “Ilm

-

fan va innovatsiya”, 152 b.

Marrakesh Agreement (1994). The Rules of Origin Agreement 1994, Apr. 15, 1994,

Establishing the World Trade Organization, Annex 1A, 1867 U.N.T.S. 187, 33 I.L.M. 1153 p-67.

Mill J. (2011). Principles of Political Economy. ISBN. 9788468628974. -726 p.

Smith A. (1776). The wealth of nations. W. Strahan and T. Cadell, London.
Vahabov

А.,

Tadjibayeva D.A., Xajibakiyev Sh.X. (2015) Jahon iqtisodiyoti va xalqaro

iqtisodiy munosabatlar: darslik /A.V. Vaxabov, D.A. Tadjibayeva, Sh.X. Xajibakiyev.

Toshkent:

Baktria press, -286-bet

Кейнс

Ж.

(1926).

Большая советская энциклопедия: в 6

6

т. (65 т. и 1 доп.) / гл. ред. О.

Ю. Шмидт. —

М.: Советская энциклопедия, 1926—

1947.

Минаев

А. (

2006).

Правовое регулирование внешнеторговых сделок юридических лиц.

Автореферат на соискание уч. степени канд. юрид. наук М, –

С. 8

-9.

Олин Б.

(2004)

. Межрегиональная и межд

u

народная торговля. М.: Дело, 416 с. (англ.

Interregi

о

n

а

l

а

nd Intern

а

ti

о

n

а

l Tr

а

de, 1933).

Хекшер Э.

(2006)

. Влияние внешней торговли на распределение дохода =

The Effect

о

f

F

о

reign Tr

а

de

о

n the Distributi

о

n

о

f Inc

о

me

(1919) // Вехи экономической мысли. /Под ред.

А.П.Киреева. М.:ТЕИС, 154

c.

Библиографические ссылки

Harrod R. (1951). The life of John Maynard Keynes. - L.

Ismailova N.S., Dadabayev U.A. (2023). O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari. Monografiya. – T.: “Ilm-fan va innovatsiya”, 152 b.

Marrakesh Agreement (1994). The Rules of Origin Agreement 1994, Apr. 15, 1994, Establishing the World Trade Organization, Annex 1A, 1867 U.N.T.S. 187, 33 I.L.M. 1153 p-67.

Mill J. (2011). Principles of Political Economy. ISBN. 9788468628974. -726 p.

Smith A. (1776). The wealth of nations. W. Strahan and T. Cadell, London.

Vahabov А., Tadjibayeva D.A., Xajibakiyev Sh.X. (2015) Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: darslik /A.V. Vaxabov, D.A. Tadjibayeva, Sh.X. Xajibakiyev. — Toshkent: Baktria press, -286-bet

Кейнс Ж. (1926). Большая советская энциклопедия: в 66 т. (65 т. и 1 доп.) / гл. ред. О. Ю. Шмидт. — М.: Советская энциклопедия, 1926—1947.

Минаев А. (2006). Правовое регулирование внешнеторговых сделок юридических лиц. Автореферат на соискание уч. степени канд. юрид. наук М, – С. 8-9.

Олин Б. (2004). Межрегиональная и междuнародная торговля. М.: Дело, 416 с. (англ. Interregiоnаl аnd Internаtiоnаl Trаde, 1933).

Хекшер Э. (2006). Влияние внешней торговли на распределение дохода = The Effect оf Fоreign Trаde оn the Distributiоn оf Incоme (1919) // Вехи экономической мысли. /Под ред. А.П.Киреева. М.:ТЕИС, 154 c.