Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
121
INSON RESURSLARINI RIVOJLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Saidaxmedov Temur
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0006-3014-6539
Annotatsiya.
Ushbu maqolada inson resu
rslarini rivojlantirish yo‘nalishlari, usullari, bu
borada xorijiy olimlarning ilmiy-
nazariy qarashlari, fikrlari o‘rganildi.
Shu bilan birga, inson
resurslarini rivojlantirishda xorij tajribasi tahlil qilindi. Mamlakatimizda inson resurslarini
rivojlantir
ish bo‘yicha muammolar aniqlanib, ularning yechimiga olib boruvchi ilmiy asoslangan
xulosa va takliflar berildi.
Kalit so‘zlar:
inso
n, resurs, kapital, ta’lim, kasb, malaka, ish o‘rni, ishsizlik, raqobat,
mutaxassis, electron tizim, model, rivojlantirish.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ РАЗВИТИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСКИХ РЕСУРСОВ
Саидахмедов Темур
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В данной статье рассмотрены направления, методы развития
человеческих ресурсов, научно
-
теоретические взгляды, мнения зарубежных ученых по
этому вопросу. При этом был проанализирован зарубежный опыт развития человеческих
ресурсов. Выявлены проблемы развития человеческих ресурсов в нашей стране, даны
научно обоснованные выводы и предложения, ведущие к их решению.
Ключевые слова:
человек, ресурс, капитал, образование, профессия, квалификация,
место работы, безработица, конкуренция, специалист, электронная система, модель,
разработка.
IMPROVING THE HUMAN RESOURCE DEVELOPMENT SYSTEM
Saidakhmedov Temur
Tashkent State University of Economics
Annotation.
In this article, directions, methods of development of human resources,
scientific and theoretical views, opinions of foreign scientists were studied. At the same time,
foreign experience in the development of Human Resources was analyzed. Problems for the
development of human resources in our country were identified and scientifically based
conclusions and proposals were made leading to their solution.
Keywords:
human, resource, capital, education, profession, qualification, job,
unemployment, competition, specialist, electron system, model, development.
UO
‘
K: 332.145
III SON - MART, 2024
121-128
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
122
Kirish.
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy r
ivojlantirishning raqobatbardoshligini ta’minl
ash
bo‘yicha O‘zbekiston oldiga oliy maqsadlarni qo‘yish, ularga erishishning eng samarali yo‘llarini
izlash va ulardan foydalanish muhimdir.
Binobarin, O‘zbekiston iqtisodiyotini
yanada
rivojlantirish, asosan, inson resurslaridan samarali foydalanish bilan
bog‘liq. Inson
resurslaridan samarali foydalanish nafaqat O‘zbekiston, balki butun jahon iqtisodiyotining
dolzarb muammosidir.
O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasida
ham jahon miqyosidagi murakkab
jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan tar
aqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda
keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada
oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish,
inson huquqlari va manf
aatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini
shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadi qo‘yilgan
(Farmon, 2022).
Bugungi kunda dunyoning rivojlangan davlatlarida, xususan, AQSh, Buyuk Britaniya,
Kanada, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatning asosiy rivojlanish
sababi bo‘lib inson omilini kuchaytirishga qaratilgan investi
t
siyalash, ya’ni inson saloh
iyati
taraqqiyoti, aholi ta’lim
darajasining oshishi va kadrlarning professional tayyorgarligi
hisoblanadi (Xudoyberdiyeva, 2023).
Mamlakatlarning ustuvor iqtisodiy o‘sishini ta’minlashning yo‘li zamonaviy bosqichda
inson resurslarini rivojlantirishning a
ynan ta’lim sifatini oshirish s
ohasida topiladi.
Shuningdek, ta’kidlash joizk
i, bugungi kunda dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan
davlatlarida ta’lim sohasining rivojlanish tendensiyasi o‘zgarib bormoqda. Osiyo ta’lim
modeliga asosan o‘quv jarayoni na
zariy bilimlar berishdan olingan bilimlarni amaliyotda
qo‘llash ko‘nikmalarin
i rivojlantirishga, axborot texnologiyalari asosida talabalarda mustaqil
ta’lim olish malakalarini shakllantirishga qaratilmoqda.
Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini tubdan takomi
llashtirish, kadrlar tayyorlash
mazmunini zamonaviy talablar asosida tubdan qa
yta ko‘rib chiqish, raqobatbardosh oliy
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash hamda sohani jahon standartlari darajasida
rivojlantirishda oliy ta’lim tizimida innovatsion faoliyatn
i boshqarishni takomillashtirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda (Xudoyberdiye
v
a, 2023). Bu borada asosiy bilim sohalari bo‘yicha
elektron ta’lim resurslari milliy tizimini yaratish, jahonning ta’lim resurslariga kirish va bu
infrastrukturani takomillashtir
ish, o‘quv jarayonida jahonning
va milliy elektron ta’lim
resurslaridan axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari orqali foydalanish, o‘quv yurtlarini
moddiy-texnika bazasini va tarmoqli infratuzilmani rivojlantirish muammolari bugungi kunda
mamlakatimiz oliy
ta’lim tizimida ham dolzarb ah
amiyat kasb etadi.
Adabiyotlar sharhi.
Taniqli iqtisodchi olim Shuls (1961) asarida inson kapitalining shakllanishi va
rivojlanishi, inson kapitaliga investitsiya kiritish, inson kapitalini mehnat bozorida sotish,
mehnat salohiyati, inson kapitalining rivojlanish omillari, inson kapitalining rivojlanish
darajalari kabi masalalar tadqiq qilingan.
Shuningdek, Bekkerning (1993) asarida ijtimoiy rivojlanish nazariyasining metodologik
asoslari, iqtisodiy o‘sish va inson taraqqiyot
i, inson kapitali nazariyasining shakllanishi va
rivojlanishi, inson taraqqiyotini baholashning asosiy mezonlari va ularning xususiyatlari,
insonni rivojlantirishning asosiy mezonlari, insonni rivojlantirish konsepsiyasi bilan bog‘liq
tadqiqotlar olib borgan.
Genkin (2000), inson resurslarini rivojlantirishni daromad manbai sifatida namoyon
bo‘luvchi mehnat unumdorliginining sifatini aniqlovchi ko‘rsatkich sifatida e’tirof etadi. Muallif
bunday sifatlarga sog‘liqni saqlash, ta’lim, kasbiy mahorat va harakat
chanlik xususiyatlarini
kiritadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
123
Yakimchuk (2015) inson resurslari mazmunini ochib berishda, nafaqat inson tomonidan
to‘plangan sog‘lomlashtirish va ta’lim sohasidagi mablag‘lar bilan, balki bevosita kasbiy
mahoratning o‘sishiga va natijada mehnat unumdor
ligini oshirishga yordam beradigan shaxsiy
iste’mol jarayoni bilan taqqoslayd
i.
Solovova (2019) va boshqalarning fikriga ko‘ra, inson resurslarini rivojlantirish juda ko‘p
ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-
psixologik omillar ta’sirida mustaqil ilmiy fan sifat
ida shakllangan
hayotiy strategik funksiyadir.
Iqtisodchi olim Abdurahmonov (2
019) bu borada “Inson resurslari –
mamlakat
aholisining foydali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan jismoniy rivojlanish, aqliy qobiliyatlar
va bilimga ega bo‘lgan qismlar tushuniladi” –
deb ta’rif bergan.
Shuningdek, Bakiyeva (2011) “Inson resurslari
–
bu odamlar, ularning mehnat axloqi va
qo‘yilgan maqsadga erishish uchun intilishi, ularning bilimlari va qadriyatlar tizimi, ijodiy va
novatorlik qobiliyatidir”, –
deb fikr yuritgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy tadqiqotimizning maqsadi inson resurslarini rivojlantirish tizimini
takomillashtirish bo‘yisha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
Maqolada inson resurslarini
rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalarining o‘rni, y
apon modeli
o‘rganildi. Inson resurslarini riv
ojlantirish masalalari yoritib berishda, qiyosiy, tarkibiy,
analitik va statistik ma’lumotlar tahlilidan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ta’lim sifatiga e’tibor bo‘yicha Osiyo mamlakatlaridan Xitoy tajribasi e’tiborlidir. Xitoyda
katta yoshdagi aholining bor-
yo‘g‘i 15–17 foizi savodsiz hisoblanadi. Agar bu ko‘rsatkichni
boshqa Osiyo mamlakatlari bilan taqqoslasak Hindistonda
–
47%; Bangladeshda
–
61%;
Pokistonda
–
59%; Eronda
–
27%; Turkiyada
–
17%; Indoneziyada
–
15% ni tashkil qiladi
(Oripova, 2014).
1-rasm. Mamlakatimizda mehnat resurslari soni
53
1-
rasm ma’lumotlaridan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki mamlakatimizda
yildan-yilga mehnat resurslari soni doimiy ortib borishda davom etmoqda. Buning natijasini
O‘zbekistonda aholining
turmush darajasi yaxshilanishi bilan izohlash mumkin. Shu bilan birga
mehnat resurslarining ortib borishi kelajakda ish bilan bandlik muammolarni ham keltirib
53
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi; Oʻzbekiston
Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va
bandlik vazirligi rasmiy web sahifasi ma'lumotlari
https://siat.stat.uz/reports-filed
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
124
chiqaradi. Aholini ish bilan bandliga ko‘maklashis
h maqsadida davlat dasturlarini ishlab
chiqish zaruratini shakllantiradi va albatta natijada inson resurslarini ham zamon talablaridan
kelib chiqqan holda rivojlantirishga ehtiyojni tug‘diradi. Ba’zi kasblarga ehtiyoj kamayib
ishsizlikni keltirib chiqaradi (2-rasm).
2-rasm. Mamlakatimizda ishsizlar soni
54
2-
rasmda ko‘rish mumkinki, mehnat resurslariga nisbatan oladigan bo‘lsak 2022
-yilda
ishsizlik darajasi 6,8 %ni tashkil qilmoqda, 2020-
yil bilan solishtirganda bo‘ ko‘rsatkich 8,1 %ni
ya’ni 1,3 %ga kamayganini ko‘rishimiz mumkin. Demak mamlakatimizd
a olib borilayotgan
aholini ish bilan bandlik natijalari o‘zi
ning ijobiy natijalarini bermoqda. Inson resurslari ham
malaka, bilim jihatidan rivojlanib bormoqda natijada bandlik darajasi ham ortmoqda. Inson
res
urslarini samarali rivojlantirishda ta’lim bil
an qamrovni kengaytirish, inson resurslarini
rivojlantirish va bandlik masalalarini hal etishda yordam berishi mumkin.
Inson resurslarining shakllanishi va rivojlanishi doimiy, uzluksiz, uzoq muddatli
jarayonli
gini hisobga olgan holda, iqtisodiy o‘sishi uc
h
un muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yangi
innovatsion texnologiy
alar bilan bir xil yoki undan ham ko‘proq foyda keltiradi. Inson
resurslarining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy
-demografik,
institutsional, integratsiya, ijtimoiy-ruhiy, ekologik, iqtisodiy, ishlab chiqarish, demografik,
ijtimoiy-iqtisodiy omillari mavjud.
Shu sababli, inson resurslari milliy, mintaqaviy, tarmoq darajasida, shuningdek, korxona
va shaxs darajasida tahlil qilinishi zarur. Bunda inson resurslarini shakllantirish va
rivojlantirish bo‘yicha dunyo tajribasini o‘rganis
h asosida tahlil etish muammoni aniqlashda
yanada ko‘
mak beradi.
Dunyoning barcha mamlakatlarida inson kapitalini shakllantirishda eng asosiy e’tibo
r
ta’lim tizimiga qaratiladi. Inson
resurslarining ahamiyati turli xil yondashuvlar asosida
baholanadi. Iqtisodiy nuqtayi nazardan esa bu ta’lim olgan kishilarning daromadi darajasiga
ko‘ra aniqlanadi.
Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, har bir qo‘shimcha ta’lim yili inson daromadini
o‘rtacha 1
0
foizga oshiradi. Bunda ta’lim sifati muhim ahamiyatga ega (Erkayeva, 2023).
Mamlakatimizda inson resurslarini rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim bilan qamrov ham
kengaymoqda va ta’lim xizmatlari bozori rivo
jlanib bormoqda 3-rasm.
54
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi; Oʻzbekiston
Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va
bandlik vazirligi rasmiy web sahifasi ma'lumotlari
https://siat.stat.uz/reports-filed
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
125
3-rasm. OTMlar bakala
vriat ta’lim yo‘nalishida har 100 o‘ringa qabul
qabul qilingan talabalar soni
55
Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish inson resurslarini rivojlantirishda birinchi amaliy
qadam bo‘ldi. Davlat va xususiy OTMlar ta’lim xizmatlarini ko‘rsatib, aholining sa
vodxonlik
darajasini oshirishga xizmat qilmoqda.
Inson resurslarini rivojlantirishda, inson resurslarini boshqarish vazifalarini belgilashni
talab etadi va unga quyidagilar kiradi (Djurayeva, 2023):
- tashkilotni zarur kadrlar bilan
ta’minlash;
- jamoani
ng imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish;
-
kadrlar uchun qulay mehnat sharoitlarini ta’minlash;
- jamoada ijobiy shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish;
- jamoa barqarorligini mustahkamlash;
- inson resurslarin
ing martaba o‘sishi uchun sharoit yaratish.
Shunday qilib, inson resurslarini boshqarish faoliyati tashkilotni yuqori sifatli, samarali
va o‘z vaqtida kadrlar bilan ta’minlash va zarur shart
-
sharoitlarni yaratishga qaratilgan bo‘lishi
kerak.
Inson resursl
arini rivojlantirish doimo istalgan xo‘jalik f
aoliyatini tashkil qilishda eng
muhim muammolardan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Shu sababdan, inson
resurslarini rivojlantirish muammolarini to‘g‘ri, mantiqiy va aniq hal qili
sh kadrlar menejmenti
asoslarini professional darajada o‘zlashtir
ishni taqozo etadi.
Bu borada Yapon tajribasiga nazar soladigan bo‘lsak, korpora
tsiyalarda inson resurslarini
rivojlantirish yo‘nalishlarini uch guruh bilan ifodalash mumkin
(Abrosimov, 2012):
1. Inson resurslarini rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy jihatlari jamiyatni davlat
tomonidan boshqarishning ijtimoiy mohiyati, uning ichki va xalqaro munosabatlardagi
manfaatlari bilan asoslanganligini ochib beradi.
2. Yapon korporasiyalarida inson resurslarini rivojlantirishning tarkibiy-funksional
jihatlari muay
yan xo‘jalik bo‘g‘inida boshqaruv tizimi tarkibini, uning maqsadli vazifalarini va
real faoliyat jarayonida faoliyat yuritish tartibini belgilab beradi.
3. Rahbarning boshqaruv faoliyatini takomillashtirish ushbu faoliyat tavsifini aniqlab
beradi. Normativ hujjatlar va uslubiy tavsiyalarda yapon korporatsiyalari inson resurslarini
rivojlantirish jihatlarining ushbu guruhi, odatda, boshqaruv faoliyatining quyidagi jihatlari
bilan ifodalanadi: boshqaruv faoliyatini huquqiy tartibga solish; shaxsiy faoliyatga yondashuv;
faoliyat natijalariga ta’sirning aniqligi; boshqaruv faoliyatining motivatsiyalash va
rag‘batlantirishni o‘z ichiga oladi.
55
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi; Oʻzbekiston
Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va
bandlik vazirligi rasmiy web sahifasi ma'lumotlari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
126
4-
rasm. Mehnat bozorida inson resurslarini rivojlantirishga ta’sir etuv
chi omillar
56
Professional mehnat sohasida muvaffaqiyatga erishish inson resurslarini rivojlantirish
faoliyatida turli xildagi vazifalarni hal qilish natijalari bilan belgilanadi. Bu yerda ehtimoliy
muammoli vaziyat yuzaga kelishining eng muhim tarkibiy qismini topishi lozim. Inson
56
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi; Oʻzbekiston
Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va
bandlik vazirligi rasmiy web sahifasi ma'lumotlari
https://siat.stat.uz/reports-filed
Ijrochi va vakillik hukumati o'rtasida harakatlar
qarama-qarshiliklar
Markaz va mintaqalar o'rtasida siyosiy qarama-
qarshiliklar
Siyosiy
Ichki
Tashqi
XAVF-XATARLAR
Tabiiy kamayish
Ijtimoiy
Mintaqa ijtimoiy siyosati samarasizligi
Bandlik xizmatining samarasizligi
Ishsizlarga yordam ko'rsatilmasligi
Mahalliy kasaba uyushmalar samarasizligi
Mintaqada ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun
mablag'larning cheklanganligi
Ilmiy markazlarning yo'qligi
Investision faolllikning pastligi
Mahalliy soliqlarning yuqoriligi
Mintaqada strukturali deformasiya
Mintaqada ziyon ko'rib ishlaydigan korxonalar
bankrotligi
Iqtisodiy
Zararli ishlab chiqarishlar kengayishini
to'xtatishning samarasizligi
Mintaqada ekologik ifloslanganlik
Ekologik
Demografik
Mintaqada malakali mutaxassislarni qayta
tayyorlashning mavjud emasligi
Mintaqada man'aviy eskirgan
texnologiyalar
Texnik-texnologik
Malaka tarkibi
Jins va yosh tarkibi
Aholining zararli odatlari va yo'l tutishlari
Mehnat resurslarining salbiy tarkibi
Deintegrasiya jarayonlari
Samarasiz soliq siyosati
Loyihalarni davlat tomonidan
moliyalashtirishning yetarli emasligi
Inflyasiya sur'atining yuqoriligi
Iqtisodiy
Xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy bitimlarning
yo'qligi
Faol ish tashlash harakati
Ijtimoiy
Bandlik siyosatining samarasizligi
Ishsizlik darajasining yuqoriligi
Kasaba uyushmalar harakatining samarasizligi
Ijtimoiy dasturlarning etarli darajada
moliyalashtirilmasligi
Siyosiy
To'lovlarning amalga oshirilmasligi
Iqtisodiy o'sish sur'atining pastligi
Nomaqbul xo'jalik tarkibi
Xususiylashtirishning salbiy oqibatlari
Inqirozlar
Demografik
Mehnat resurslari samarasiz tarkibi
Aholi migrasiyasi sur'atining pastligi
Noharakatchan mehnat resurslari
Texnik-texnologik
Samarasiz innovasiya siyosati
Samarasiz investisiya siyosati
Hayotiylik davrlarining pasayish bosqichi
Ekologik
Ekologik auditning ishlab chiqilmaganligi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
127
resurslarini rivojla
ntirish modelini tuzish sohasida muammoni aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf
qilish xo‘jalik yurituvchi subyekt raqobatbardoshligini oshirishning ichki vazifasi deb
hisoblanishi mumkin (Akbarov, 2019). Ushbu vazifani hal etish boshqaruv faoliyatini
optimallashtirish mohiyatini ifodalaydi.
Shu bilan birga inson resurslarini rivojlantirishda to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan
holatlarni ham inobatga olgan maqsadga muvofiq bo‘lar edi (4
-rasm).
Mehnat bozorida 4-rasmda aks ettirilgan xavf-xatarlarni oldini olish orqali inson
resurslarini rivojlantish borasida yuzaga keladigan muammolarga yechim topish mumkin.
Keltirilgan xavf-
xatarlarni bartaraf etish orqali, inson resurslarining o‘z
-
o‘zini rivojlantirish
jarayoniga y
o‘l ochilgan bo‘lardi.
Xulosa va takliflar.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda har qanday texnik-
texnologik, innovatsion o‘zgarishlar bilim,
tajriba va tegishli ko‘nikmalarni o‘z ichiga olgan inson resurslarini rivojlantirish asosida
quriladi. Inson resurslarining rivojlanishi boshqa tizimlar singari mavjud innovatsion
salohiyatning asosiy tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy tizimning innovatsion rivojlanish
yo‘nalishini belgilaydi.
Shuningdek, inson resurslarini rivojlantirish innovatsiyalar shaklida nam
oyon bo‘luvchi
ilmiy g‘oyalarni ishlab chiqari
sh vazifasini bajaradi. Inson resurslaridan foydalanish
samaradorligini oshirishni faollashtiradi hamda rivojlanishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Inson resurslarining murakkab tarkibiga qaramay, uni shakllantirish va rivojlantirishning
o‘ziga xos xususiyatlari
ilmiy konsepsiya evolyutsiyasi davomida rivojlantirish jarayoni ta’lim
komponentlarining ahamiyatini belgilaydi. Aynan bilim va ko‘nikmalar inson resurslarini
rivojlantirishning asosini tashkil etadi, uni tashuvchisining mehnat bozorida
raqobatbardoshligin
i oshiradi va daromadga ega bo‘lish darajasini belgilaydi.
Adabiyotlar / Литература / Reference:
Abdurahmonov Q.X. (2019) Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot. Darslik.
–
T.: Mehnat
nashriyoti, -204 b.
Akbarov Axral Maxmudovich, Shakirova Nigora Axralovna (2019) Kadrlar salohiyatini
innovasion rivojlantirish modeli (Yaponiya tajribasi misolida) "Iqtisodiyot va innovasion
texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 2, mart
-aprel.
Bakieva I.A. (2011) "Inson resurslari iqtisodiyoti" fani (o'quv qo'llanma).
–
T.: TDIU, -17 b.
Bekker G. (1993) Inson kapitali (kitobning boblari). Inson kapitaliga investitsiyalar
tushumiga ta'siri. AQSh: Iqtisodiyot, siyosat, mafkura, -
№ 11.
Djuraeva, G. (2023). Zamonaviy korxonalarda inson resurslarini boshqarishning
muammolari.
Iqtisodiyot
va
ta'lim, 24(3),
223
–
228.
https://doi.org/10.55439/ECED/vol24_iss3/a34
Erkaeva G.P. (2023) "Inson kapitalini rivojlantirishning xorijiy tajribalari".
https://conference.tsue.uz/index.php/article/article/download/321/30
Farmon (2022) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning "2022
–
2026
yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni.
01.02.2022
Oripova Z.D. (2014) Xitoyda inson kapitaliga investisiyalarni yo'naltirish// zamonaviy
ta'li
m / Sovremennoe obrazovanie, №6,3
-8 b.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidenti
huzuridagi
Statistika
agentligi
;
Oʻzbekiston
Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va ban
dlik vazirligi rasmiy web sahifasi
ma'lumotlari
https://siat.stat.uz/reports-filed
Schultz, T. W. (1961) Investment in Human Capital / T.W. Schultz // The American Economic
Re-view. Vol. 51. P
р
. 1
–
17
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
128
Xudoyberdieva G. (2023) Ta'lim tizimida inson resurslarini boshqarishning o'ziga xos
jihatlari // SAI. №Special Issue 13. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/talim-tizimida-inson-
resurslarini-bosh-arishning-ziga-hos-zhi-atlari
Абросимов Н.В. (2012) Зарубежный опыт инновационного развития кадрового
потенциала организации // Вестник Московского университета имени С.Ю. Витте. Серия
I. Экономика
и управление,
-
№1. –
С.46.
Генкин Б.М. (2000) Экономика и социология труда: учеб. для студ. вузов / 2
-
е изд.,
испр. и доп. –М.: НОРМА; ИНФРА
-
М,
-
400 с.
Соловова Н.В., Гагаринская Г.П., Калмыкова О.Ю., Васяйчева В.А., Новоселова О.В.
(
2019) Управление человеческими ресурсами: учеб. пособие / Н.В. Соловова [и др.]. –
Самара:
Изд
-
во Самарского университета, –
3 с.
Якимчук С.В. (2015) Развитие человеческого капитала: региональный аспект //
Економiчний часопис
-
XXI. №1
-2(1). -
С. 20
-23
