Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
193
MULKNI BAHOLASHNING HUQUQIY ASOSLARI, MAQSADLARI VA BOSQICHLARI
Yoqubboyev Ilhomjon
Toshkent moliya instituti
yoqubboyevilhomjon240@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mulkni baholashning huquqiy asoslari, maqsadlari hamda
uning bosqichlari haqida qisqacha ma’lumotlar keltirib o’tilgan. O’zbekist
on Respublikasi
mustaqillikka erishgandan so’ng mamla
katimizda baholash sohasi rivojlana boshladi va shu bilan
birga uning huquqiy asoslari ham yangilanishlar kiritlib, takomillashtirildi. Xususan baholash
faoliyatiga oid qonunlar ikki guruhga umumiy va xususiy qonunla
rga bo’lib o’rganiladi. Baholash
faoliya
tini tartibga soluvchi asosiy hujjati “Baholash to’g’risidagi” qonuni, bu faoliyatni
rivojlantirish bo’yicha “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora
-tadbirlari
to’g’risida”gi 2018 yil 1
iyundagi PQ-3764 qarori hamda yanada takomillashtiri
sh bo’yicha 2019
yil 1 iyuldagi “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat
yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-
tadbirlari
to’g’risida” PQ
-4381 qarorlariga ham qis
qacha ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
baholash faoliyati to’g’risidagi qonuni, 22 ta modda, PQ
-3764 huquqiy
hujjatlar, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Yer kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Ye
r
to’g’risida
gi qonun,
Mulkchilik to’g’risidagi qonun
, YaMBS, PQ-
4381, sug’urta summalari.
ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ, ЦЕЛИ И ЭТАПЫ ОЦЕНКИ ИМУЩЕСТВА
Якуббаев Илхомджан
Ташкентский финансовый институт
Аннотация.
В данной статье приводится краткая информация о правовых
основаниях, целях оценки имущества, а также ее этапах. После обретения Республикой
Узбекистан независимости в нашей стране начала развиваться сфера оценки, а вместе
с ней были обновлены и усовершенствованы ее правовые основы. В частности, законы,
касающиеся оценочной деятельности, изучаются в двух группах: общие и частные
законы. Основным документом, регламентирующим оценочную деятельность, является
закон “об оценке”, постановление ПК
-
3764 от 1 июня 2018 года “О мерах по дальнейшему
развитию рынка оценочных услуг”по развитию этой деятельности и постановление
Правительства Российской Федерации
от 1 июля 2019 года “О
совершенствовании
оценочной
деятельности
и
совершенствовании
механизмов
реализации
низкорентабельных и недействующих предприятий с государственным участием".
также приводятся краткие сведения о решениях ПК
-
4381 "о мерах по упрощению
".
Ключевые слова
:
закон Об оценочной деятельности, 22 статьи, правовые акты ПК
-
3764, Конституция Республики Узбекистан, Земельный кодекс, Гражданский кодекс,
закон о Земле, закон о собственности, ЯМБС, ПК
-
4381, страховые суммы.
UO
‘
K: 330.142
III SON - MART, 2024
193-200
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
194
LEGAL BASIS, GOALS AND STAGES OF PROPERTY ASSESSMENT
Yokubboyev Ilkhomjon
Tashkent Institute of Finance
Abstract.
This article summarizes the legal framework, objectives and stages of property
valuation. After the independence of the Republic of Uzbekistan, the field of assessment began to
develop in our country, and at the same time its legal framework was also updated and improved.
Laws Relating specifically to assessment activities are studied into two groups, General and
private laws. The main document regulating the asse
ssment activity is the law “on assessment”,
the decis
ion “on measures to further develop the market of assessment services”of June 1, 2018
PQ-
3764 on the development of this activity, and the decisions “PQ
-
4381” of July 1, 2019 on further
improvement of assessment activities and measures to simplify the mechanisms for the sale of
enterprises with low.
Keywords:
assessment Activities Act, 22 articles, PQ-3764 legal documents, Constitution of
the Republic of Uzbekistan, Land Code, Civil Code, Land Law, ownership law, YaMBS, PQ-4381,
insurance sums.
Kirish.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish chora-tadbirlari jadal sur'atlar bilan boshlandi. Shu o'rinda aytib o'tish
kerakki, davlat tasarrufidagi mulkni xususiylashtirish uchun baholash faoliyatiga bevosita talab
tugʻiladi. Bundan tashqari, rivojlanayotgan har qanday mulk bozorida kechadigan
munosabatlarning barchasi baholash faoliyatining rivojlanishini taqozo etadi. Demak o'z-
o'zidan demokratik davlatda xususiylashtirish jarayonlari, bozor va mulkiy munosabatlar
qancha jadal rivojlansa, baholash faoliyati ham shu jarayon o'sishiga qarab rivojlanib
boraveradi.
Adabiyotlar sharhi.
Mulkni baholashning huquqiy asoslari, maqsadlari va bosqichlari to’g’risida
mamlakatimiz iqtisodchilari
o’z maqola,
darsliklari hamda monografiyalarida fikr bildirib
o’tishgan. Bular G‘ulomov (2005) Ko‘chmas mulkni baholash, To’ychiyev, Mirhoshimov, Plaxtiy
(2017)
Ko’chmas mulkni baholash asoslari o’quv qo’llanmasida, Shoha’zamiy (2021). “Mulk
nazariyasi, qiymati va nar
xning nazariy asoslari” va “Mulk nazariyasi, qiymati va narxi,”
monografiyalarida o’z fikrlarini berib o’tishgan. Baholash obyekti bo’lgan nomoddiy a
ktivlarni
xorij olimlari quyidagicha ta’rif beradilar.
Prof. Sheremet (1996) nomoddiy aktivlarga umumiy hol
da “…moddiy qiymatga ega
bo’lmagan yuridik va boshqa huquqiy munosabatlarni o’zida namoyon etuvchi, o’z egasiga
ma’lum vaqt davomida foyda (daromad)
keltiruvchi, foydalanuvchilar uchun qulayliklarni
yaratuvchi aktivlardir” deb ta’rif beradi.
R.Entoni nomo
ddiy aktivlarni “yakka tartibda sotiluvchi aktivlar va korxona bilan birga
sotiluvchi aktivlar”, deb e’tirof etadi. Yakka tartibda aks ettiriluvchi a
ktivlar barcha huquqlarni
o’zida namoyon etsada, mahsulotlar belgilari, uning xilma
-xilligi korxonaning umumiy
qiymatiga qo’shiladi deb hisoblaydi
(Yoqubboyev, 2024).
Xorij iqtisodchi-olimlaridan Nidlz, Anderson va Kolduellar (1996) esa
“nomoddiy aktivlar
–
jismoniy ko’rinishga ega bo’lmagan, sotib olinayotgan aktivlar tarkibida kapital qo’yilmalarni
tashkil e
tuvchi asosiy aktivlar” deb qaraydilar
.
Xususan Benjamin Grehem va Djeyms Ri (1974) fundamental tahlil usulidan voz kechib,
yangicha yondashuvni ishlab chiqqanlar. Ularning fikricha, fond bozori effektiv (samarali)
bo‘lganligi sababli, noeffektiv qismlari kamayib bormoqda, bu esa o‘z navbatida aniqlanishi
mumkin bo‘lgan Ba’zi noeffektiv kompaniyalar aksiyalari bilan bog‘liq. Shu maqqsadda ular
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
195
bunday k
ompaniyalarni aniqlash uchun ma’lum kriteriylar (mezonlar) to‘plamini taklif qildilar.
Grehem-Ri (2017) yon
dashuvini mexanik tarzda qo‘llash mumkin, chunki firmaning joriy
moliyaviy holatini formal tekshirish va moliyaviy hisobotlaridan olingan Ba’zi ko‘rsatkichlarni
firmaning aksiyalarini joriy kursi va daromadliligini obligatsiyalarning AAA reytingi bilan
solishtirishdan iboratligini takidladilar.
Keyinchalik iqtisodiyot sohasidagi Nobel mukofoti sovrindorlari Leo Gurvits (Leo
Hurwicz), Rojer Meyerson (Roger Myerson) va Erik Maskin (Eric Maskin)lar (2003
) e’tiroficha,
iqtisodiyot sohasida faoliyat ko‘rsat
uvchi har qanday subyektlarning munosabatini taqozo
etadi va bu munosabat iqtisodiyot shaklining mexanizmidir.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur tadqiqot ishida baholash sohasiga oid mulkni baholashning huquqiy asoslari,
baholashning maqsadlari hamda baholash bosqichlari tahlili, baholash sohasining bugungi
kundagi ahamiyati va baholash sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlari
to’g’risidagi
ma’lumotlar
keng yoritib berilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Mulkni baholashning huquqiy asoslari, maqsadlari
va bosqichlari to’g’risida
mamlakatimiz iqtisodchilaridan
Shoha’zamiy
ning (2015)
“Mulk nazariyasi, qiymati va narxi”
monografiyasida
, “Mulk nazariyasi, qiymati va narxning nazariy asoslari”
kitobida hamda
baholash sohasi bo’yicha ilmiy ish olib borayotgan
Nosirov, Shovkatov va Aktamovlar (2021)
tomonidan yozilgan
“
Baholash ishi
” (2021)
darslik
larida ma’lumotlar keltirib bu bo’yicha
izohlar berib o’tilgan. Xususan yana qo’shimcha tarzda “Baholash faoliyati to’g’risidagi”
qonunda to’liq ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
Ushbu Qonunning maqsadi baholash faoliyatini
amalga oshirganda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonun
baholash obyektlari bilan bog‘liq bitimlar tuz
ish yoki boshqa xatti-harakatlar uchun davlatga,
jismoniy va yuridi
k shaxslarga tegishli boʻlgan baholash obyektlariga nisbatan baholash
faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi. Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu
Qonun, Yagona milliy baholash standartlari va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Mamlakatimizda baholash faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uni tubdan joriy qilish va
takomillashtirish maqsadida bir qator me’yoriy hujjatlar, qonunlar, Prezident qarorlari,
Vazirlar mahkamasi qa
rorlari, Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi qarorlari qabul qilind
i.
Jumladan baholash faoliyatining tubdan joriy qilish, uni yo‘lga qo‘yish maqsadida 1999
-yil 19
avgustda “Baholash faoliyati to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Bundan tashqari O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2008-
yil 24 apreldagi “Baholovchi tashki
lotlar faoliyatini yanada
takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning ma’suliyatini oshirish
to‘g‘risida” PQ
-843-son qarori, Vazirlar Maxkamasining 2003-yil 8 maydagi 210-sonli
“Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Q
arori, va shu qaror asosida ishlab chiqilgan
“Baholash faoliyatini litsenziyalash” to‘g‘risida Nizom, 1998
-yil 21 yanvardagi 18-sonli
“Jismoniy shaxslarga mulk huquqi tegishli bo‘lgan bino va inshootlar bo‘yicha ro‘yxatga olish
-
baholash ishlarini amalga os
hirish to‘g‘risida” qarori, 2009
-
yil 21 dekabrdagi “Mol
-mulkni
baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash xaqida”gi qarori, 2008
-
yil 28 iiyuldagi “Baholash
to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish mexanizmini tasdiqlash
haqida” qarori, Davlat mulki, 2009
-
yil 22 apreldagi “Intellektual mulk obyektlarini baholash
tartibi t
o‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori, “Mulkni baholash milliy standartlari” va
boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2009-yil 31 dekabrdagi 343-sonli qaroriga asosan davlat tashkilotlari va davlat
unitar korxolari balansida bo‘lgan asosiy vositalarni, ya’ni ko‘char mulklarni sotish tartibi
belgilab berildi.
Bu esa ko‘char mulklarni baholashga bo‘lgan talabini oshirdi. Mulk qiymatini
baholashni tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasining «Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
196
Qonuni alohida o‘rin t
utadi, unda baholash faoliyati, baholash obyektlari, baholash obyekti
qiymatning turlari va ularni qo‘llash sohalari tushunchalari bilan bog‘liq masalalarning keng
doirasi qonun yo‘li bilan
tartibga solish mexanizmlari izohlangan. [7]
Baholash faoliyati respublikamizda mustaqillikka erishilgan davrdan boshlab asta-sekin
rivojlana boshladi. Boshlang‘ich davrlardagi xalqaro talablarga mos keladigan milliy davlat
baholash andozalarini ishlab ch
iqish va amalda qo‘llash borasidagi ijobiy tajriba haqida gapira
tu
rib, ayni vaqtda baholovchi ekspertlar faoliyatini ma’lum tartib va qoidalarga
bo‘ysundiruvchi tegishli to‘la me’yoriy negizning, uni boshqarish va nazorat qilishni samarali
tizimining amal
da mavjud bo‘lmaganligini ta’kidlab o‘tish zarur. Baholashni o‘rgan
ish uchun
avvalo ma’lum iqtisodiy, texnik bilimlarga ega bo‘lish, baholash faoliyatining mazmun
-
mohiyatini tushunib etish, mulk va mulk egasini aniqlash va nihoyat, aynan, baholash sohasi
b
o‘yicha tahsil olishi zarur. Buning uchun baholash faoliyatini o‘rganish, ma’lum bir tajriba
orttirish va bilim maskanlarida o‘qish tavsiya etiladi. Baholash faoliyatini amalga oshirishda
baholash sertifikatiga ega, malakali baholovchi va shu bilan birga baholash faoliyatini amalga
oshirish litsenziyasiga ham ega bo‘lishini talab qiladi (“Baholash faoliyati to‘g‘risi”dagi
Qonunning 4-
moddasi). Baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi malakali mutaxassislarni
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshir
ish masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Bu maqsadni amalga o
shirish uchun o‘quv adabiyoti, texnik va boshqa vositalarning tegishli
majmuasini tayyorlash kerak. Bundan tashqari, baholovchi ekspertlarni tegishli professional
darajada o‘qitish va attestatsiyadan o‘tkazish, baholash faoliyatining ilmiy negizini ta’minl
ovchi
uslubiy materiallarni tayyorlash va ishlab chiqish, chet el professional andozalarini milliy
zamonqviy sharoitlariga moslashtirishni tashkil etmay turib, baholash faoliyatini
rivojlan
tirishni amalga oshirib bo‘lmaydi.
1-rasm. Baholash faoliyatiga oid qonun hujjatlari
71
71
Baholash faoliyatiga oid qonun hujjatlari. lex.uz
O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi
O’zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksi
O‘zbekiston Respublikasi “Yer
kodeksi
O‘zbekiston Respublikasi
“Yer to‘g‘risida”gi
Qonun 20.06.1990y
(O‘zgartirish
07.05.1998y)
O‘zbekiston Respublikasi
“Mulkchilik to‘g‘risida”gi
Qonun 31.10.1990y
O’zbekiston Respublikasining
“Baholash faoliyati
to’g’risida”gi Qonuni
2019 yil 1 iyuldagi“Baholash
faoliyatini yanada
takomillashtirish hamda past
rentabelli va faoliyat
yuritmayotgan davlat
ishtirokidagi korxonalarni
sotish mexanizmlarini
soddalashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”PQ-4381-son
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi
Davlat aktivlarini
boshqarish agentligining
Yagona milliy baholash
standartlari
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Baholash
xizmatlari bozorini
yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari
to’g’risida”gi 2018 yil 1
iyundagi PQ-3764
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
197
O‘zbekistonda baholash faoliyati ma’lum darajada rivojlanmoqda, negaki sotish va sotib
olish, ijara, garov, sug‘urta, asosiy jamg‘armalarni qayta baholash,
korxonalarning birlashuvi va
jalb etilishi, merosxo‘rlik huquqining bajarilishi, sud hukmining ijro etilishi uchun o‘z vaqtida
obyektni baholash zarur bo‘ladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylash
tirish chora tadbirlari jadal sur’atlar bilan boshlandi. Shu
o‘rinda aytib o‘tish lozimki, davlat tasarrufidagi mulkni xususiylashtirish uchun baholash
faoliyatiga bevosita talab tug‘iladi. Bundan tashqari, rivojlanayotgan har qanday mulk bozorida
kechadigan munosabatlarning barchasi baholash faoliyatining rivojlanishini taqozo etadi.
Demak o‘z
-
o‘zidan demokratik davlatda xususiylashtirish jarayonlari va bozor munosabatlari
qancha jadal rivojlansa, baholash faoliyati ham shu jarayon o‘sishiga qarab rivojlan
ib boradi.
Baholash tashkilotida baholovchilar o’z faoliyatini olib boruvchi
xodimdir. Baholovchi
belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga
ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir. Baholovchining malaka sertifikatini
berish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Baholovchi baholash ishlarini
o‘tkazishga, agar u baholovchi tashkilotning shtatida turgan bo‘lsa yoki baholovchi tashkilot u
bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzga
n bo‘lsa, baholovchi tashkilot tomonidan jalb
etilishi mumkin.Baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar
o‘tkazadigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar
o‘rtasida tuzilgan shartnoma asos
idagina mutaxassis sifatida ishtirok etishi mumkin.
Baholash faoliyati rivojlanib borishi bilan birga baholashning huquqiy asoslari ham yangilanib va
takomillashib bormoqda.
Baholash faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat bu “Baholash faoliyati to’g’risida”gi
Qonun hisoblanadi. Ushbu Qonun baholash faoliyatini amalga oshirish
bilan bog‘liq
munosabatlarni tartibga soladi. “Baholash faoliyati to’g’risida”gi Qonun O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 1999- yild 19 avgustdagi Qarori bilan tasdiqlangan. Mazkur hujjat
22 ta moddadan iborat bo‘lib, baholash faoliyati maqsadi, tu
shunchasi, baholash obyektlari,
baholanayotgan obyekt qiymatining
turlari, baholash andozalari, baholashni o‘tkazish va uning
natijalaridan foydalanish huquqi, baho
lashni o‘tkazishning shartligi, baholashni o‘tkazish
asoslari, baholash shartnomasiga qo‘yil
adigan talablar, baholovchining huquq va
majburiyatlari, baholovchining mustaqilligi, hisobotning mazmuniga qo‘yiladigan umumiy
talablar, hisobotning aniqligini, ba
holovchining mas’uliyati, baholovchilarning fuqarolik
mas’uliyatini
sug‘urtalanishi, baholov
chilarning professional birlashmalari va bahslarning hal
qilinishini aks ettiradi. Shu bilan birga baholash faoliyati ichki tuzilmasi haqida malumotlar
berilgan.
2-rasm. Baholash faoliyati ichki tuzilishi
72
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari kamida ellikta baholovchi
tashkilotning a’zoligiga asoslangan, baholovchilarning professional darajasini oshirishga va
saqlab turishga
ko‘maklashish, ularning professional manfaatlarini himoya qilish, shu jumladan
sudlarda himoya qilish maqsadida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlaridir
(Qonun, 2000).
72
Baholash ishi darslikdan olingan.
Baholovchi
tashkilotlarning
professional
jamoat
birlashmasi
Baholovchi
tashkilot
Baholovchi
Baholovchining
yordamchisi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
198
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari Baholovchi tashkilot
nazorat qiladi shu bilan birga ularni huquqlarini himoya qiladi. Baholovchi tashkilot baholash
faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir. Baholovchi tashkilot o‘z faoliyatida mustaqildir.
Xizmatlarning iste’molchisi yoki boshqa manfaatdor sh
axslarning baholovchi tashkilot
faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Baholovchi tashkilot qonunc
hilikda nazarda tutilgan
istalgan tashkiliy-
huquqiy shaklda tashkil etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin,
aksiyadorlik jamiyati bundan mustasno.
Bunda quyidagi majburiy shartlarga rioya etilishi kerak:
❖
baholovchi tashkilotning rahbari baho
lovchi bo‘lishi;
❖
baholovchi tashkilotning shtat birligi tegishli malakaga ega bo‘lgan baholovchilarning
shtatdagi eng kam soniga doir, qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi;
❖
baholovchi tashkilotda qonunchilikda nazarda tutilgan miqdordagi ustav fondining
mavjudligi;
❖
baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‘urta
qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi
sug‘urta polisining mavjudligi;
❖
baholovchi tashkilotlarning profes
sional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo bo‘lish;
❖
Baholovchi (baholovchilar) faqat bitta baholovchi tashkilotning muassisi
(ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin.
Baholash faoliyatida yana bir muhim qonun hujjatlarida biri bu O‘zbekiston Resp
ublikasi
Prezident
ining 2019 yil 1 iyuldagi “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past
rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini
soddalashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida” PQ
-4381-son Qarori (
Qaror,
2019) va
“Baholash
xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 2018
-yil 1 iyundagi PQ-
3764 bo’lib unda bir qator muammo va kamchiliklar professional baholash xizmatlari bozorini
yanada rivojlantirishga hamda baholovchi tashkilotlarg
a bo‘lgan ishonchni oshirishga
to‘sqinlik qillinyotgani aytilgan va quyidagilar sanab o’tilgan
(
Qaror, 2018)
:
Birinchidan, baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish funksiyasini
xususiylashtirish sohasidagi davlat boshqaruvi organi zimmasiga yuklash oqibatida baholash
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish jarayonida yuzaga keladigan manfaatlar
to‘qnashuvining mavjudligi;
Ikkinchidan, baholovchi tashkilotlar kapitalining eng kam miqdoriga bo‘lgan yuqori
talablarning mavjudligi professional mutaxassislarning baholash xizmatlari bozoriga kirishini
cheklamoqda, buning oqibatida baholash ishlari sifati ularga, ayniqsa, biznesni baholash hamda
bank va sug‘urta faoliyatida ortib borayotgan talablarga mos kelmasligi;
Uchinchidan, baholovchilar malakasi va kasbiy mahoratining qoniqarsiz darajadaligi,
shuningdek, turli obyektlar qiymatini baholashning alohida shartlarini hamda ularning
yutuqlarini rag‘batlantirishni hisobga olmaydigan baholovchilarni tayyorlash va qayta
tayyorlash tizimining samarasizligi;
To‘rtinchidan, baholashga yagona yondashuvni va bozor konyunkturasini hisobga olishni
ta’minlamaydigan, tez o‘zgarib borayotgan bozorning zamonaviy shartlariga javob
bermaydigan, ularning xalqaro standartlar bilan yetarlicha uyg
‘unlashmagan mulkni baholash
milliy standartlarining mavjudligi;
Beshinchidan, jamoat birlashmalarining baholash faoliyatini yanada rivojlantirish va
takomillashtirish, baholash haqidagi hisobotlar sifatini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab
chiqishda faolligining yetarli emasligi.
Shu bilan birga qonun hujjatida baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish,
baholovchilarning professionallik darajasi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish,
mazkur sohada bajariladigan ishlarning xolisligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish
maqsadida 15 band mavjud. Ulardan eng ko’zga ko’rinarli 5 va 6 bandlari bo’lib unda sug‘urta
qoplamasi va baholovchilarni toifalash haqida so’z borgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
199
Baholovchi tashkilotning javobgarligini sug‘urta qili
sh shartnomasi amal qilishi davrida
sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urtalovchining sug‘urta qoplamasi to‘lovini amalga
oshirishi yuzasidan majburiyati bo‘yicha sug‘urta puli:
❖
ko‘char mulkni baholash uchun, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, intell
ektual mulk
obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlar bundan mustasno - bazaviy hisoblash miqdorining 2
000 baravaridan;
❖
ko‘chmas mulkni baholash uchun, mulkiy kompleks sifatidagi korxona bundan
mustasno - bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravaridan;
❖
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy
aktivlarni) baholash uchun -
bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 baravaridan kam bo‘lmasligi
kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi
Oʻzbekiston
Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida”gi 1999
-yil 19-avgustdagi 811-I-sonli, 1999-yil
19-avgustdagi 812-I-sonli va 2009-yil 9-
aprelda qabul qilingan OʻRQ
-208-so
nli Qarori o’rniga
23-dekabr 2023-
yilda project.gov.uz saytida e’lon qilinishicha Oʻzbekiston Respublikasi
“Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi QL
-1292/23-4 sonli qonun loyihasi ishlab chiqildi va bunga
ko’ra loyiha 9 bob, 57 moddadan iborat.
Oʻzbekiston Re
spublikasining 2021-yil 12-
oktabrdagi “Litsenziyalash, ruxsat berish va
xabardor qilish tartib-
taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul
qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga oʻzgartish
va
qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ
-721-sonli Qonunining (2021) bekor qilishdan asosiy
maqsad baholash sohasini yanada rivojlantirish hamda baholash kompaniyalarini O’zbekiston
Respublikasining barcha viloyatlarida shuningdek Qoraqalpog’iston Respublika
si hududida
ham baholash kompaniyalarini ochishdir. Bu bilan qiymatni ishonchliligi va aniqligiga xizmat
qilishi kutilgan.
Xulosa va takliflar
.
Xulosa qilib aytganda, mulkni baholashning huquqiy asoslari, maqsadlari va bosqichlari,
mulkning adolatli va obyektiv baholanishini ta'minlash uchun belgilangan tartiblardir. Bu
asoslar har bir mamlakatning qonun hujjatlari va moliyaviy tiklanishlari doirasida joylashgan
bo'lishi lozim. Mulkni baholashning huquqiy asoslari, maqsadlari va bosqichlari mulkni adolatli
va obyektiv baholashning ta'minlanishiga yordam beradi. Ushbu tartiblar orqali mulk egasiga,
moliyaviy institutlarga va boshqa shaxslarga mulkning qiymatini aniqlash va moliyaviy
qarorlar qabul qilish imkoniyatini ta'minlab beradi.
Olib borilgan tadqiqo
t natijalariga ko’ra quyidagi takliflar shakllantirildi:
Huquqiy asoslaridan yana biri bu Yagona milliy baholash standartlaridir. Xususan bu
stand
artlarda kamchiliklar mavjud. Kamchilikligi avtomobillarni baholash bo’yicha alohida
standart yo’qligidir. Bu
kamchilikni bartaraf etish uchun avtomashinalar uchun alohida
standart yaratilishi lozim, shundagina baholovchilar tomonidan baholanayotgan
avtomashinani qiymati ishonchli baholanadi. Taklif etilgan kamchiliklarni bartaraf etish
baholash sohasining sezilarli darajada rivojlanishga erishishga yordam beradi.
Adabiyotlar / Литература / Reference:
G‘ulomov S.S.
(2005)
Ko‘chmas mulkni baholash
. T.: -Fan.
Graham, R.I., Wilson, K. and Wu, K. (2017) Structure and transcription of the Helicoverpa
armigera densovirus (HaDV2) genome and its expression strategy in LD652 cells. Virology Journal,
14 (1).
Leo Gurvits, Rojer Meyerson, Erik Maskin (2003) Нобелевский комитет сопровождает
присуждение премии по экономике публикацией статьи, в которой кратко излагаются
основные достижения теории, за которую присуждена премия, и приводится
чрезвычайно
обширный
обзор
литературы:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, mart
www.e-itt.uz
200
nobel_prizes/economics/laureates/2007/ecoadv07.pdf. См. также: Jackson M. A
Crash Course in
Implementation Theory // Social Choice and Welfare. 2001. Vol. 18, No 4. P. 655
—
708; Jackson M.
Mechanism Theory // Encyclopedia of Life Support Systems / U. Derigs (ed.). Oxford, UK: EOLSS
Publishers.
Nosirov Egamqul Ismailovich, Shovka
tov Nodir Ne’matjon o’g’li, Aktamov Bo
birjon Mardon
o’g’li. (2021) Baholash i
shi darslik (1-qism)
–
T: “NIHOL PRINT” OK.
Qaror (2018)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Baholash xizmatlari bozorini
yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”g
i 2018 yil 1 iyundagi PQ-3764.
Qaror (2019) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 01.07.2019 yildagi PQ
-4381-
son.
Qonun (2000) O’zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to’g’risida”gi Qonuni.
https://lex.uz/ru/docs/-24703?ONDATE=21.04.2021%2000
Shoha’zamiy Sh.Sh.
(2012) “Bozor asoslari” dars
lik. -
T: “fan texnologiya”.
Shoha’zamiy Sh.Sh. (2012) “Mulk nazariyasi, qiymati va narxi” monografiya.
-
T: “Fan
texnologiya”, –
264 bet.
Shoha’zamiy Sh.Sh. (2015) “Mulk nazariyasi, qiymati va narxning nazariy asoslar”
tanlangan ma’ruzalar
-
T: “Iqtisod
-moli
ya”.
To’ychiyev N.J., Mirhoshimov A.M., Plaxtiy K.A.
(2017)
Ko’chmas mulkni baholash asoslari
o’quv qo’llanmasi
.
«NISO POLIGRAF» –
TOSHKENT
–
. 208 bet.
Yoqubboyev Ilhomjon G’ulomjon o’g’li. (2024). MULKNI BAHOLASHDA TURLI
YONDASHUVLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI. Miasto
Przyszłości,
45,
531
–
537.
Retrieved
from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/2668
Yoqubboyev Ilh
omjon G’ulomjon o’g’li.
MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE
EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH: xalqaro ilmiy konferensiyaning ilmiy ishlari to'plami
(11
October
2023).
Berlin:
-2023.
27-soni.
–
215
bet.
https://interonconf.org/index.php/ger/article/view/7299
Нидлз Б., Андерсон Х., Колдуэлл Д. (1996) Принципы бухгалтерского учета. –
М.:
«Финансы и статистика», –
С. 227.
Шеремет А., Рахман З.
(1996) Бухгалтерский учет в рыночном экономике. –
М.:«Инфра
-
М»,. –
С. 135.
