Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
27
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ISSIQLIK ENERGETIKA SANOATI
KORXONALARINING INNOVATSION SALOHIYATI
Abduraxmanova Sevara Abduqodir qizi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
ORCID: 0009-0002-5337-2580
Annotatsiya.
Maqolada issiqlik elektr stansiyalarining O‘zbekiston energetika tarmog‘idagi
muhim o‘rni haqida so‘z yuritilib, samaradorlikni oshirish va atrof
-
muhitga ta’sirini k
amaytirish
bo‘yicha olib borilayotgan modernizatsiya ishlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Unda mavjud
quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangi, energiya tejamkor bloklarni o‘rnatishga qaratilgan turli
loyihalar va investitsiyalar ko‘rsatilgan. Matnda us
hbu tashabbuslarning iqtisodiy va operatsion
afzalliklari, jumladan, yoqilg
‘'i sarfini kam
aytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va
texnologik imkoniyatlarni oshirish ta’kidlangan. Maqolada, shuningdek, moliyaviy investitsiyalar va
ushbu loyihalarning quvvat va barqarorlikni yaxshilash nuqtai-nazaridan kutilayotgan natijalari
batafsil tavsiflanadi.
Kalit so
’
zlar:
issiqlik elektr stansiyalari, energetikani modernizatsiya qilish, O
‘
zbekiston
energetika sohasi, energiya samaradorligi, atrof-muhitga ta
’
siri, qayta tiklanadigan energiya,
energetikaga investitsiyalar, texnologik yangilanishlar, energiya ishlab chiqarish quvvatlari, yoqilg
‘
i
sarfini kamaytirish.
ИННОВАЦИОННЫЙ ПОТЕНЦИАЛ ПРЕДПРИЯТИЙ ТЕПЛОЭНЕРГЕТИКИ
РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
Абдурахманова Севара Абдукодир кызы
Ташкентского государственного технического
университета имени Ислама Каримова
Аннотация.
В статье рассматривается значительная роль тепловых
электростанций в энергетическом секторе Узбекистана, подчеркиваются текущие усилия
по модернизации, направленные на повышение эффективности и снижение воздействия на
окружающую среду. В нем описаны различные проекты и инвестиции, направленные на
модернизацию существующих объектов и установку новых энергоэффективных агрегатов.
В тексте подчеркиваются экономические и эксплуатационные преимущества этих
инициатив, включая снижение потребления топлива, увеличение производственных
мощностей и расширение технологических возможностей. В статье также подробно
описаны финансовые инвестиции и ожидаемые результаты этих проектов с точки зрения
повышения потенциала и устойчивости.
Ключевые слова:
тепловые электростанции, модернизация энергетики,
энергетический сектор Узбекистана, энергоэффективность, воздействие на окружающую
среду, возобновляемые источники энергии, инвестиции в энергетику, технологические
обновления, мощности по производству энергии, сокращение потребления топлива.
UO
‘
K: 316.422
IV SON - APREL, 2024
27-35
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
28
INNOVATIVE POTENTIAL OF THERMAL POWER INDUSTRY ENTERPRISES
OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Abduraxmanova Sevara Abdukodir kizi
Tashkent State Technical University
named after Islam Karimov
Abstract.
The article discusses the significant role of thermal power stations in Uzbekistan's
energy sector, emphasizing the ongoing modernization efforts to increase efficiency and reduce
environmental impact. It outlines various projects and investments aimed at upgrading existing
facilities and installing new, energy-efficient units. The text highlights the economic and operational
benefits of these initiatives, including reduced fuel consumption, increased production capacities, and
enhanced technological capabilities. The article also details the financial investments and the
expected outcomes of these projects in terms of capacity and sustainability improvements.
Keywords:
thermal power stations, energy modernization, Uzbekistan Energy Sector, energy
efficiency, environmental impact, renewable energy, investment in energy, technological upgrades,
energy production capacity, fuel consumption reduction.
Kirish.
Jahonda mamlakatlar iqtisodiyoti
ning barqaror iqtisodiy o‘sishni taʻminlashda energetika
tarmog‘ini rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. “Dunyo davlatlari tomonidan 2021 yilda
jami ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 62 % ni issiqlik elektr stansiyalarining mavjud
quvvatlar
i hisobiga to‘g‘ri kelgan. Lekin issiqlik elektr stansiyalarining kamchiligi bu atrof
-
muhitga CO2 chiqarishi va iqlim o‘zgarishiga taʻsir ko‘rsatishidir”. Ushbu muammolarni hal etish
maqsadida mamlakatlar miqyosida strategik qarorlarni qabul qilish, issiqlik elektr stansiyalarini
texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va
zamonaviy innovatsion usullarni joriy etish asosida jahon iqtisodiyotining taraqqiy etishiga
erishilmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Ranosz, Robert & Bluszcz, Anna & Kowal, Dominik (2020) maqolasida innovatsion faol
sanoat korxonalari fonida 2016-2018 yillarda tog'-kon sanoati korxonalarining innovatsion
faoliyati tahlili ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari, maqolada tog'-kon sanoati korxonalarining
innovatsiyalar darajasi sohasidagi oldingi topilmalar va tadqiqotlarga havola qilingan. Tog'-kon
sanoati an'anaviy sanoat tarmoqlariga tegishli bo'lishiga va unchalik innovatsion emasligiga
qaramay, u ko'mir yoqilg'isini ishlab chiqarishni bozor raqobatbardoshligiga etkazish,
konchilarning sanoat xavfsizligini ta'minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish zaruratidan kelib
chiqqan holda innovatsion faoliyatni amalga oshiradi. So'nggi yillarda asosan texnologik
innovatsiyalar joriy etildi, bu sanoatni qayta qurish jarayonlari bilan bog'liq. Xatarlarga qaramay,
sanoat mavjud vaziyatdagi imkoniyatlarni tan olishi va undan keyingi innovatsiyalar uchun
foydalanishga harakat qilishi kerak. Polshada toshko'mir qazib olish dasturiga kiritilgan
energetika sektorining asosiy maqsadlari, ayniqsa, yangi bilimlar va innovatsion intensiv
raqobatdosh ustunliklarni yaratish orqali amalga oshirilishi kerak. Polshada toshko'mir qazib
olish uchastkasini tartibga soluvchi hujjatlar qoidalariga muvofiq innovatsion strategiyaning aniq
belgilangan yo'nalishlarini amalga oshirish uning keyingi faoliyati, mamlakatning energiya
mustaqilligi va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta'minlaydi.
Turski,
Sekretning
(2015)
keltirishicha,
Isitish
korxonalarida
texnologiyani
takomillashtirish va innovatsiyalarni joriy etish energiya bozoridagi sharoitlardan (buyurtma
qilingan energiyani qisqartirish, iste'molchilar uchun issiqlik xarajatlarini kamaytirish, qayta
tiklanadigan energiya va iste'molchi energiyasini rivojlantirish) va isitish tizimining ishonchli
ishlashini ta'minlash zaruratidan kelib chiqadi. Shuningdek, issiqlikni yetkazib berish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
29
jarayonining samaradorligi. Shahar issiqlik tarmog'ining energiya samaradorligi va ishonchliligini
oshirish mumkin:
• issiqlik quvurlaridan issi
qlik uzatish yo'qotishlarini kamaytirish,
• turli ish sharoitlarida (gidravlika) quvur tizimlari uchun gidravlik tahlillarni o'tkazish.
sozlash),
• isitish tizimida qo'shma tarmoq uchun bir nechta issiqlik manbalarini ishlat
ish,
• qisqa (ob
-havo ma'lumotlariga ko'ra) va uzoq muddatda issiqlik talabini prognozlashning
IT vositalarini joriy etish,
• issiqlik va energiya kogeneratsiyasi (CHP) tizimlarini qurish. ) foydalanish mumkin bo'lgan
issiq suvga bo'lgan talabdan kelib chiqib,
• issiqlikka bo'lgan t
alabning o'zgarishini muvozanatlash uchun issiqlik rezervuarlaridan
(ayniqsa issiqlik va elektr stansiyalarida) foydalanish (Turski, Sekret, 2015).
Rakning (2017) fikricha, isitish tizimlari tashqi omillar ta'siriga qaramay, iste'molchilarni
issiqlik bilan ta'minlashning uzluksizligini kafolatlashi kerak, odatda ishlab chiqaruvchidan va
ichki omillardan mustaqil ravishda, uni boshqarish, shuningdek issiqlik ishlab chiqarish va
tarqatish jarayonlari.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Hozirgi vaqtda respublikaning mavjud elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatining qariyb
92% issiqlik elektr stansiyalari va markazlari ulushiga to‘g‘ri keladi.
Ushbu jarayonda Jamiyat elektr energiyasi ishlab chiqarish vazifasini amalga oshirib,
respublika iqtisodiyoti va aholi
sining ehtiyojlarini qanoatlantirilishini taʻminlash maqsadida
elektr va issiqlik energiyasini belgilangan hajmlarda hosil qilinishini taʻminlaydi.
1-jadval
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning amaldagi va o‘rnatilgan quvvatlari
7
№
IES va IEM nomlari
O‘r
natilgan quvvati,
MVt
Amaldagi quvvati, MVt
1.
“Sirdaryo
IES”
AJ
3 215
3 050
2.
“Toshkent
IES”
AJ
2 230
2 000
3.
“Navoiy
IES”
AJ
2 068
1 750
4.
“Taxiatosh
IES”
AJ
980
900
5.
“Farg‘ona
IEM”
AJ
329
250
6.
“Muborak
IEM”
AJ
60
50
7.
“Toshkent
IEM”
AJ
57
50
8.
“Talimarjon
IES”
AJ
1 700
1 650
9.
“To‘raqo‘rg‘on
IES”
UK
900
900
JAMI:
11 539
10 600
Jamiyat takibiga kiruvchi IES va IEMlarning jami
o‘rnatilgan
quvvati 11 539 MVtni,
amaldagi quvvati 10 600 MVtni tashkil etmoqda.
Investitsiya dasturiga muvofiq, 5 ta investitsiya loyihalari
bo‘yicha
81,97 mln. dollar
miqdorida investitsiyalar
o‘zlashtirildi,
shundan hukumat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalarni
o‘zlashtirilishi 60,31 mln.
dollarni tashkil etdi. Mavjud quvvatlarning modernizatsiya qilinishi va
zamonaviy yangi energiya tejamkor
bug‘
-gaz qurilmalarining ishga tushirilishi natijasida 2021 yil
yakuniga kelib yangi ishga tushirilgan energotejamkor uskunalarning quvvati 6 309 MVt,
yaʻni
o‘rnatilgan quvvatlarning 53,9 % tashkil etdi.
7
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning maxlumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
30
2-jadval
Yangi ishga tushirilgan energotejamkor uskunalarning quvvati
8
Korxona nomi
Energoqurilma
Ishga tushgan yili
Quvvati, MVt
To‘raqo‘rg‘on
IES
BGQ-1
2019
450
BGQ-2
2020
450
Talimarjon IES
BGQ-1
2016
450
BGQ-2
2017
450
Navoiy IES
BGQ-1
2013
478
BGQ-2
2019
450
Toshkent IES
BGQ-1
2018
370
Taxiatosh IES
BGQ-1
2020
280
BGQ-2
2021
280
Toshkent IEM
GTQ-1
2014
27
Farg‘ona
IEM
GTQ-1
2020
7
GTQ-2
2020
17
Sirdaryo IES (1,2,3,4,5,6,9,10- son
energobloklar)
8 bl x 325 MVt
2015-2021
2600
JAMI
6309
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning faoliyatida
2022-yilda amalga oshirilgan ishlar
quyidashilardan iborat:
Birinchidan
–
55,9 mlrd kVt.soat elektr energiyasi hamda 5,1 mln Gkall issiqlik energiyasi
ishlab chiqariladi (tovar mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 18,3 trln.
so‘m). Bunda, elektr
energiyasini ishlab chiqarish uchun solishtirma yoqilg‘i sarfini tashkiliy va texnik chora
-
tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 309,28 gramm/kVt.soatga pasaytirildi.
Ikkinchidan
–
mahalliylashtirish dasturi doirasida 21,9 mlrd
so‘mlik
jami 140 ta loyihalar
amalga oshirildi (o‘tgan yilga nisbatan 141,8 %);
Uchinchidan
–
mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hisobiga
rejalashtirilgan import x
arajatlari 15,6 mln dollarga kamaytirildi (o‘tgan yilga nisbatan 138 %);
To‘rtinchidan –
4 ta loyiha bo‘yicha jami 170,5 mln
.
dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi
(100,0 %).
Beshinchidan
–
Yoqilg‘i
-energetika resurslarini tejash dasturi doirasida 750,4 mln.m3 tabiiy
gaz, 129,81 mln.kVt.soat elektr energiyasi va 1174.7 tonn neft mahsulotlarini iqtisod qilindi.
Oltinchidan
–
ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxi 1147,1 mlrd.so‘mga
pasaytirildi.
Ye
ttinchidan – 1 058 mlrd so‘m sof foyda olinishi taʻminlandi.
Sakkizinchidan – hisobot davrida 49 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
To‘qqizinchidan - umumiy hisobda 5 163 xodim malakasini oshirildi.
O‘ninchidan
–
umumiy qiymati 2 874,61 mln.AQSh dollariga teng
bo‘lgan
jami 6 ta yirik
investitsiya loyihalari doirasidagi amalga oshirilgan
obʻektlarni
Davlat qabul komissiyasiga
topshirildi.
O‘n birinchidan
-
umumiy qiymati 1 935,42 mln.AQSh dollariga teng bo‘lgan jami 4 ta yirik
investitsiya loyihalari amalga osh
irilishini taʻminlash va barcha moliyalashtirish manbalari
hisobidan 170,50 mln. AQSh. dollarga teng rejaning bajarilishini taʻminla
ndi.
O‘n ikkinchidan
-
“Manzilli ro‘yxat” ga kiritilgan 30 ta ob
y
ektlar bo‘yicha 204,7 mlrd.so‘mlik
kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirilishini taʻminlash bilan qurilishi yakunlanmagan obʻektlar qiymati
kamaytirilishiga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasining 2022-
2026 yillarga mo‘lja
llangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda
investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish
to‘g‘risida”gi PQ
-72-sonli qaroriga asosan Jamiyat tomonidan umumiy quvvati 2,3 ming MVt
8
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning maxlumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
31
bo‘lgan yangi bug‘
-
gaz, gaz turbina qurilmalari qurilishi bo‘yicha
4 ta loyihani amalga oshirish
rejalashtirilgan, jumladan:
1.
“Talimarjon
IESni umumiy quvvati 900 MVt dan kam
bo‘lmagan
navbatdagi ikkita
bug‘
-gaz
turbinasini qurish bilan
kengaytirish”
investitsiya loyihasi (2024- 2025 yillarda ishga tushirilishi
rejalashtirilgan);
2.
“Toshkent
IEMda quvvati 32 MVtli 2 ta Gaz turbina qurilmasi
qurish” investitsiya
loyihasi (2024 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan);
3.
“Navoiy IES» AJ da quvvati 650 MVt bo‘lgan uchinchi bug‘
-gaz qurilmasi
qurilishi”
investitsiya loyihasi (2025 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan);
4.
“Navoiy IES» AJ da quvvati 650 MVt bo‘lgan to‘rtinchi bug‘
-
gaz qurilmasi qurilishi”
investitsiya loyihasi (2026 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan).
Shuningdek, Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalardan tashqari xorijiy kompaniyalar
bilan hamkorlikda bir nechta loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda, jumladan:
Tizimidagi elektr stansiyalari va markazlarini “ekologik toza” kombinatsiyalashgan energiya
uskunalarni o‘rnatgan holda quvvatlarini oshiris
h, elektrostansiyalarni modernizatsiyalash va
qayta jihozlash, mavjud energobloklarning texnik resurslaridan maksimal darajada foydalanishga
imkon beruvchi va ularning texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilovchi, energo tizimning eng
yuqori yuklamalarini qoplashda ularning generatsiya quvvatlarini rostlash rejimida ishlatish
imkonini beruvchi qurilmalar joriy qilish,
xodimlar malakasini oshirish maqsadida Italiyaning “AC
BOILERS S.p.A”, “ANSALDO ENERGIA” va IMAGRO kompaniyalari bilan Jamiyat o‘rtasida
Memorandum imzolandi.
Mavjud eskirgan quvvatlarni modernizatsiya qilish
yo‘nalishida esa anʻanaviy
energoqurilmalarning muhim texnik salohiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda ularning
iqtisodiy va samarali ishlashini taʻminlash
maqsadida 2030 yilgacha IES va IEMlardagi mavjud
jismonan eskirgan energobloklarni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni amalga
oshirish ham rejalashtirilgan (Khasanovna, 2019).
Mavjud quvvatlarni davlat kafolatisiz moliyalashtirgan holda modernizatsiya qilish hisobiga
quyidagilarga erishiladi:
-
energoqurilmalarning ishlab chiqarish quvvatini qariyb 3 barovarga oshadi;
-
engergoqurilmalar FIK 31 % dan qariyb 60 %ga oshadi;
-
isteʻmol
qilinadigan tabiiy gaz miqdorini 2 barobarga kamayadi;
-
energoqurilmalar ishlash davrini 25-30 yilga uzaytiradi;
-
qurilish xarajatlarining nisbatan kamligi (1 kVt soat uchun
o‘rtacha 500 AQSh
dollari).
Jumladan:
-
Toshkent IESda mavjud
bug‘
turbinasidagi quvvatlar 1 yoki 2 va 7 yoki 8-sonli
energobloklarida modernizatsiya ishlarini bajarish bilan 340 MVt
bo‘lgan
bitta gaz turbinasi
qurilmasini
o‘rnatish
(monoblok). Bunda ikkita energoblokning umumiy quvvati 990 MVt (GT-
340+PT-155=495*2=990 MVt) yetkaziladi.
-
“Taxiatosh IES” AJda (7
- va 8-
son energobloklar) va “Navoiy IES” AJda (11
- va 12-son
energobloklar) larini modernizatsiya qilishda mavjud bug‘ turbinalariga har birining quvvati 200
MVt ega ikkita gaz turbinasi o‘rnatish (Double blok), jami quvvat 60
0 MVt (GT-200+GT-200+BT-
200=600 MVt).
-
“Farg‘ona IEM” AJda mavjud 3
-son (foydalanilmaydigan) PT-60-90/13 tipidagi
turboagregat o‘rniga (yordamchi qurilmalaridan to‘liq foydalangan holda) yangi quvvati 50 MVtga
teng K-50-
1,3 turbinasi o‘rnatish va natijada 6
- yoki 7-
turboagregatlardan to‘liq foydalanish;
-
Muborak IEMda quvvati 100 MVt bo‘lgan gaz
-porshen qurilmasi ishga tushirilishi hisobiga
Muborak IEMning umumiy quvvati 60 MVtdan
160 MVtgacha qo‘paytirish ko‘zda tutilmoqda.
Generatsiya quvvatlarini 2030 yilgacha prognoz
ko‘rsatkichlari
ham ishlab chiqilgan va u
quyidagi 2.4-jadvalda keltirilgan.
Energotizim bo‘yicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirilishi,
yangi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
32
gidro elektr stansiyalarining qurilishi, shamol va quyosh elektr stansiyalari asosida elektr
energiyasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishi hisobiga, IES va IEMlarning jismonan eskirgan
energoqurilmalari bosqichma-bosqich texnik konservatsiyaga chiqarish amalga oshiriladi.
Natijada 2030 yilga kelib Jamiyat tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi
–
51,0
mlrd. kVt.
soatga to‘g‘ri kelib, ishlab chiqarishda mutloq energosamarador uskunalar ulushiga
to‘liq o‘tiladi.
3-jadval
Generatsiya quvvatlarini 2030-yilgacha prognoz
ko‘rsatkichlari
9
Ko‘rsatkich
nomi
2022-y 2023-y 2024-y 2025-y 2026-y 2027-y 2028-y 2029-y 2030-y
O‘rnatilgan
quvvat, MVt
11 539 12 724 13 933 13563 13848 13353 12277 12368 12308
Zaxiraga chiqariladigan
eski quvvatlar, MVt
210
1 445
1 750
2 220 2 685
3 180
4 135 4 165 4 225
Energosamarador
quvvatlar, MVt
6 309
9 664
10178 11278 12 028 12 028 12028 12 028 12 028
Elektr energiyasi ishlab
chiqarish, mlrd.kVt.s
55,9
52,2
42,0
43,3
44,6
46,0
47,4
48,8
51,0
Issiqlik energiyasi ishlab
chiqarish, ming Gkal
5067,9 4797,9 4797,9 4738,4 4713,4 4713,4 4713,4 4713,4 4713,4
Shartli
yoqilg‘ining
solishtirma sarfi, gr/kVt.s
309,28 303,61 288,27 241,70 241,63 240,46 238,71 238,13 237,4
Yoqilg‘i
isteʻmoli,
jumladan:
- Tabiiy gaz, mlrd.m
3
14,5
13,4
10,5
9,3
9,6
9,9
10,1
10,4
10,8
- mazut, ming tonna
500
375
225
135
135
135
135
135
135
Ishlab chiqarishni maxalliylashtirish va kooperatsiya aloqalari yshnalishida Jamiyat tizim
korxonalari uchun importdan keltirilayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirish maqsadida,
“O‘zbekenergotaʻmir” AJda
qiymati 1,9
mln.dollar bo‘lgan 22 turdagi yangi zamonaviy stanok
qurilmalarini xarid qilish rejalashtirilgan
bo‘lib,
buning natijasida qiymati 3,7 mln.dollar
bo‘l
gan 48 turdagi import mahsulotlarni mahalliylashtirishga erishiladi.
Kooperatsiya aloqalarini kengaytirish maqsadida, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim
korxonalari uchun importdan keltirilayotgan 70 turdagi mahsulotlarni mahalliy ishlab
chiqaruvchilar bilan xamkorlikda
mahalliylashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida
importni optimallashtirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlash
belgilangan.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020- yil 27- oktyabrdagi PF-6096-son
farmoniga asosan tizim korxonalarida transformatsiya jarayonlari davom ettirilmoqda.
Jamiyat va tizim korxonalarini operatsion samaradorligini oshirish maqsadida McKinsey
xalqaro kompaniyasi tomonidan 60 ta tashabbus ilgari surilib, ularni 2021-2025 yillarda amalga
oshirish natijasida 1,6 -
3,7 trln. so‘m miqdorida samaradorlikka erishiladi, jumladan:
-
yoqilg‘i
samaradorligi;
-
doimiy xarajatlarni optimallashtirish;
-
tashkiliy samaradorlik;
-
texnik xizmat
ko‘rsatish
va
taʻmirlash;
-
qo‘shimcha
daromad manbalarini yaratish;
-
investitsiya dasturini takomillashtirish.
Joriy yilda yoqilg‘i samaradorligi
tashabbusi bo‘yicha, shartli yoqilg‘ining solishtirma sarfini
real vaqtda monitoringini olib borish uchun analog-raqamli konvertorlar va dasturiy
taʻminot
Toshkent IESning 4
–
blokiga sinov
tariqasida o‘rnatildi va
shartli yoqilg‘ining
solishtirma sarfi
2,49 gr/kVt.s ga yoki 2022 yil 1-
choragida 209,9 mln.so‘mlik 318 ming m3 tabiiy gaz iqtisod
qilishga erishildi. Hozirda ushbu l
oyiha “Taxiatosh IES” dagi 8
-son energoblokida joriy qilinishi
9
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning maxlumotlari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
33
boshlandi.
Tashkiliy samaradorlik tashabbusi bo‘yicha, “O‘zbekenergotaʻmir” AJ bazasida yagona taʻmir
korxona tashkil etilib,
taʻmirlash ishlarida tashqi pudrat tashkilotlardan
qisman voz kechish
orqali
taʻmir
ishlariga sarflanayotgan
mablag‘lar samaradorligini oshirish va amalga
oshirilayotgan taʻmir ishlarini sifatini yaxshilashga
erishildi.
Investitsiya dasturini takomillashtirish tashabbusi
bo‘yicha tadbirlarni bajarilishi natijasida
“Toshkent IEM” va “Navoiy IES”larini modernizatsiya qilish loyihalarini optimallashtirish,
jumladan xarid qilinadigan uskunalar narxini pasaytirish hisobiga loyihaning umumiy qiymatidan
24 million AQSh dollaridan ortiqroq mablag‘lar tejab qolindi. Jamiyat va t
izim korxonalarida
transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni sohaga tatbiq etish
maqsadida markaziy
apparat qoshida 4 malakali mutaxassisdan iborat “loyiha
ofisi”
tashkil
etilgan.
Korrupsiyaga qarshi
“KOMPLAYENS”
tizimi tatbiq etildi. Jamiyat tomonidan korrupsiyaga
qarshi boshqaruv tizimi ISO 37001 va sifat menejmenti tizimi ISO 9001 xalqaro standart
sertifikatlari olindi. Jamiyatlarda xaridlarga oid korporativ firibgarlik va korrupsiyani aniqlash
maqsadida “Katta to‘rtlik”
ka kiruvchi KPMG xalqaro audit kompaniyasi tomonidan forenzik audit
xulosalari olindi.
Audit kompaniyasi tomonidan olib borilgan tahlillarda shartnomalarni rasmiylashtirishda
xatoliklarga yo‘l qo‘yish, elektron reyestrlarni yuritmaslik, yetkazib beruvchil
arni malakasini
Yetarlicha o‘rganmaslik, ayrim issiqlik elektr stansiyalarda yagona meʻyoriy hujjatlarning mavjud
emasligi, yagona aylanma hujjat va avtomatlashtirilgan xarid tizimi mavjud emasligi aniqlangan.
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun asosida
yagona xarid qilish tartib- tamoillari nizomi,
yetkazib beruvc
hilarning dastlabki malaka nizomi, marketing tadqiqotlarini olib borish bo‘yicha
yo‘riqnoma ishlab chiqildi
.
U
mumlashtirilgan
elektron
shartnomalar
reyestri
yuritilishi
yo‘lga
qo‘yildi,
avtomatlashtirilgan omborlar hisoboti tizimi (1S: Korxona) tatbiq etildi. Jamiyatning moliyaviy va
buxgalteriya hisobotlari xalqaro standartlar asosida tuzilmoqda.
Jamiyat markaziy apparati va tizim jamiyatlarini transformatsiyasini amalga oshirish uchun
“Katta
t
o‘rtlik”ka
kiruvchi KPMG xalqaro kompaniyasi jalb
qilingan bo‘lib, jamiyatni 2030 yilgacha
rivojlantirish strategiyasi hamda moliyaviy modeli ishlab chiqildi. Jamiyat va tizim korxonalarini
buxgalteriya va moliya hisobotlarini yagona tizimda hisobini yuritish maqsadida markazlashgan
“1S Korxona” raqamlash
tirilgan dasturi joriy qilindi. Raqamli transformatsiya jarayonlarida
jamiyatlararo lokal tarmoq infratuzilmalari yaratildi, “1S
-
Buxgalteriya” tizimi korxonalarga
tadbiq etildi va markazlashtirildi hamda elektron boshqaruv xujjat aylanishi amalga oshirildi.
Jamiyat markaziiy apparatida vaziyatli monitoring dispetcherlik markazi yaratildi va xozirgi
kunda ONLAYN monitoring tizimi olib borilmoqda.
2022 yilda ISO 14001 (ekologik boshqaruv tizimi), 45001 (Jamiyatda salomatlik va
xavfsizlikni boshqarish tizimi), 50001 (energiya boshqaruvi tizimi), 26000 (ijtimoiy javobgarlik
tizimi), 44001 (biznes munosabatlarni boshqarish tizimi), 27001 (axborot xavfsizligi tizimi)
xalqaro sertifikatlarni olishga erishildi.
Jamiyat korxonalarini operatsion samaradorligini oshirish maqsadida, tashkiliy samaradorlik
tashabbusi bo‘yicha, tizimdagi korxonalarda moliyaviy, xo‘jalik va tashkiliy jarayonlarni
monitoring qilish va boshqarishga yo‘naltirilgan korporativ axborot tizimi (ERP) loyihasini joriy
etish bo‘yicha texnik topshiriqlardan iborat hujjat ishlab chiqish uchun tanlov eʻlon qilindi. Mazkur
loyihani joriy qilish bo‘yicha g‘olib kompaniya bilan shartnoma imzolanib, 2022 yilda tizimni joriy
qilish ishlariga start berildi.
Shuningdek, tizimda raqamli texnologiyalarni joriy qilish maqsadida axborot xavfsizligini
taʻminlash bo‘yicha DLP va SIEM tizimlari joriy etilishi,“Taxiatosh IES” AJ “To‘raqo‘rg‘on IES” UK va
“Talimarjon IES” AJlarining ifloslantiruvchi manbalariga namuna olish va tahlil qilish bo‘yicha
avtomatik stansiyalarini hamda aholi punktlariga tutash hududlaridagi stansionar kuzatish
punktlarini 2022 yilda yagona geoaxborot maʻlumotlar bazasiga integratsiya qilindi va 2022 yilda
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
34
tizim tarkibiga kiruvchi barcha korxonalarning 2021 yil uchun Moliyaviy hisobotlarni “Katta
to‘rtlik”ka kiruvchi Deloitte xalqaro kompaniyasi tomonidan auditdan o‘tkazildi. Xalqaro kredit
reytingini olish jarayonida konsultant sifatida “KPMG” xalqaro auditorlik kompaniyasi bilan
hamkorlik qilmoqda. Hozirda, xalqaro kredit reyting agentliklari: “S&P Global Ratings” (AQSh),
“Fitch Ratings” (AQSh) va “Moody’s” (AQSh) bilan dastlabki muzokaralar olib borilmoqda.
Jamiyatning yuqori kredit reytingi unga bo‘lgan ishonchning yuqoriligini anglatadi va jamiyat
oldingi hisob-kitoblarni o‘z vaqtida to‘laganligi va hozirda tashkilotning xolati barqarorligini
ko‘rsatadi. Reyting orqali kreditlar soni va chastotasi ustidan jamiyatning o‘zini o‘zi nazorat
qilishga imkoniyatini yaratib beradi. Jamiyatning “Katta uchlik”ga kiradigan kompaniyalarning
kredit reytingini 2022 yilning dekabr oyida oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi PF
-101-son farmoni ijrosi
bo‘yicha
“IES”
AJdagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini xususiylashtirish
ishlarini
tashkillashtirish yuzasidan taʻsirchan choralar ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 martdagi 126-son qarori
ijrosini taʻminlash maqsadida
jamiyatni transformatsiya qilish, korporativ boshqaruvni
takomillashtirish, shaffoflikni oshirish yuzasidan tizim korxonalarini hududiy filiallar sifatida
qayta tashkil etish, shuningdek ortiqcha sarf-harajatlarni oldini olish maqsadida tizim jamiyatlari
balansidagi nosohaviy aktivlarni sotish chora-tadbirlari olib borilmoqda. Xususan:
-
jamiyat kuzatuv kengashilari tomonidan tizim tashkilotlarini Jamiyatning hududiy
filiallari etib qayta tashkil etish
bo‘yicha
tegishli qarorlar qabul qilindi;
-
jamiyat tizim korxonalarida inventarizatsiya ishlari olib borildi;
-
jamiyat tizim korxonalarini filialga aylantirish uchun imtiyozli aksiyalarni qaytarib sotib
olish maqsadida jamiyatlar imtiyozli aksiyalarini bozor bahosini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Jamiyat tashkilotlarning markazlashgan va avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobi tizimini
is
hlab chiqish va joriy etish uchun “ZAYD Group” MChJ bilan belgilangan ishlar amalga
oshirilmoqda. Xozirda “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik j
amiyati tizim tarkibiga kiruvchi
korxonalarda markazlashgan va avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobi tizimi ishlab chiqildi va
joriy etilmoqda.
2023-
yilda “ZAYD Group” MChJ bilan Jamiyat xodimlari bilan birgalikda 2022 yil uchun
tuzilgan yillik moliyavi
y hisobotlar olinmaguncha, korxonalarda o‘rnatilgan “1S:Predpriyatiya”
informatsion sistemasini ishga tushirishda yordam berdi.
Markazlashgan va avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobi tizimi quyidagilarning imkonini
beradi:
−
buxgalteriya hisobining ishonchliligini oshirish;
−
yagona metodologiyalarni
qo‘llash;
−
soliq risklarini kamaytirish;
−
hisobotlarni tayyorlashni jadallashtirish (buxgalteriya, soliq, boshqaruv) (Voxidova,
2020).
Xulosa va takliflar.
Asosiy ishlab chiqarish va umumiy korporativ jarayonlari bo‘yicha amalga oshirish uchun
taklif qilingan tashabbuslar nafaqat korxona maqsadlariga mos kelishi, balki elektr
energetikasining tarmoq maqsadlarini amalga oshirishga imkon beradigan hamda korxona
samaradorligini amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Taklif etilayotgan tashabbuslar hozirgi kunda mavjud bo‘lgan barcha asosiy ishlab chiqarish
va umumiy korporativ biznes jarayonlariga t
o‘g‘ridan
-
to‘g‘ri taʻsir qiladi.
Amalga oshirish rejalashtirilgan axborot tizimlarining joriy etilishi bilan birga biznes-
jarayonlarni yuqori darajada raqamlashtirishni taʻminlaydi va ularni
tashkil etishga tubdan ijobiy
o‘zgarishlar
kiritadi. Korxonalar rahbarlari tomonidan qabul qilingan qarorlar olingan
maʻlumotlarning samaradorligi, to‘liqligi, ishonchliligi va o‘z vaqtida bajarilishi uchun yangi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
35
imkoniyatlarga yega bo‘lishda yordam beradi.
Taklif etilayotgan tashabbuslarni amalga oshirish asosiy ishlab chiqarish biznes
jarayonlarini yuqori d
arajada raqamlashtirishni taʻminlaydi, o‘z o‘rnida quyidagi imkoniyatlarni
yaratadi: asosiy ishlab chiqarish jarayonlari uchun IT tizimi avlodlarni monitoring qilish, analitik
modullarni hisoblash (SCADA), texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarni
hisoblash va stansiyalarning
ishlash rejimlarini optimallashtirishni, bozorni bashorat qilish modulini, infratuzilma tashkilotlari
bilan o‘zaro aloqalar modulini o‘z ichiga olgan avlodni boshqarishning kompleks tizimi bo‘lishi
talab etiladi. Energiya savdosida tavsiya etilgan tizimlar raqobatbardosh bozorda ishlash uchun
juda muhimdir.
Texnik xizmat ko‘rsatish va taʻmirlash jarayonlarini
avtomatlashtirish, uskunalar
pasportlarini elektron shaklga o‘tkazish, NSI maʻlumotnomalarini shakllantirish, YeRP
korxonalarini boshqarish tizimini joriy etish, shuningdek nosozliklarni tahlil qilish uchun
ishonchlilikni boshqarish tizimini joriy etish, nosozliklar sabablari va boshqalarni bartaraf
etishdan iborat b
o‘ladi
.
Adabiyotlar / Литература/ Reference:
Khasanovna V. M. (2019) Current Tendency of Innovative Activity in the Country and //Journal
of Accounting and Finance.
–
T. 19.
–
№. 1. –
S. 53.
Rak A. (2017). Selected aspects of hydraulic issues in heating systems. Production Engineering
Archives, 14, 27-32.
Ranosz, Robert & Bluszcz, Anna & Kowal, Dominik. (2020). Conditions for the Innovation
A
ctivities of Energy Sector Enterprises Shown on the Example of Mining Companies. Inżynieria
Mineralna. 1. 10.29227/IM-2020-01-82.
Turski, M., Sekret, R., (2015).
Konieczność reorganizacji systemów ciepłowniczych w świetle
zmian zachodzących w sektorze budo
wlano-instalacyjnym. Rynek Energii, 4, 27-34.
Voxidova M. X., (2020)
BIZNES I., O‘ZARO B. Ekonomika i finansы (Uzbekistan). № 2 (134)
//URL:
https://cyberleninka.
ru/article/n/biznes-innnovatsionrivozhlanish-va-ra-amli-i-
tisodiyotning-zaro-bo-li-ligi (data obrasheniya: 08.06. 2022).
