Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
122
AHOLI TURMUSH DARAJASINING IQTISODIY MAZMUNI VA
UNI
O‘
LCHASH K
O‘
RSATKICHLARI
Mamajonova Saida Vaxabjanovna
Guliston davlat universiteti
Annotatsiya.
Hukumat tomonidan amalga oshiriluvchi iqtisodiy siyosatning pirovard maqsadi
aholi turmush darajasini oshirish hiso
blanadi. Aholi turmush darajasi ko‘p qirrali va m
urakkab
iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada aholi turmush
darajasining iqtisodiy mazmuni ochib berilgan va bu borada mualliflik yonlashuvlari ilgari surilgan.
Kalit
so‘zlar:
milliy iqtisodiyot, barqaror
rivojlanish, iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy
ne’matlar, aholi daromadlari, farovonlik, ijtimoiy infratuzilma, turmush darajasi, turmush sifati,
budjet.
ЭКОНОМИЧЕСКОЕ СОДЕРЖАНИЕ УРОВНЯ ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ И
ПОКАЗАТЕЛИ ЕГО ИЗМЕРЕНИЯ
Мамажонова Саида Вахабжановна
Гулистанский государственный университет
Аннотация.
Конечной целью проводимой правительством экономичес
-
кой политики
является повышение уровня жизни населения. Уровень жизни населения
-
многогранная и
сложная экономическая категория. Исходя из этого, в данной статье раскрывается
экономическое содержание уровня жизни населения и выдвигаются авторские подходы в
этом отношении.
Ключевые слова:
национальная экономика, устойчивое развитие, экономический
рост, социальная политика, социальные блага, доходы населения, благосостояние,
социальная инфраструктура, уровень жизни, качество жизни, бюджет.
THE ECONOMIC CONTENT OF THE STANDARD OF LIVING OF THE POPULATION
AND ITS MEASUREMENT INDICATORS
Mamazhonova Saida Vakhabzhanovna
Gulistan State University
Annotation.
The ultimate goal of the Government's economic policy is to improve the standard
of living of the population. The standard of living of the population is a multifaceted and complex
economic category. Based on this, this article reveals the economic content of the standard of living
of the population and puts forward the author's approaches in this regard.
Keywords:
national economy, sustainable development, economic growth, social policy, social
benefits, income of the population, welfare, social infrastructure, standard of living, quality of life,
budget.
UO
‘
K: 331.5.024.54
IV SON - APREL, 2024
122-130
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
123
Kirish.
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi bir qator o‘zaro bog‘liq jihatlar b
ilan tavsiflanadi.
Birinchidan,
aholi farovonligining asosiy xususiy
atlari sifatida turmush darajasi va iste’mol
o‘rtasidagi bog‘liqlikni asoslash davlat iqtisodiy siyosatining strategik maqsadi
-barqaror iqtisodiy
o‘sishga asoslangan aholi turmush darajasi sifatini yaxshila
sh bilan belgilanadi.
Ikkinchidan,
aholining hayot sifatini yaxshilash odatda qaror topgan turmush darajasi bilan
belgilanadi. Turmush darajasi va sifati tovarlarni iste’mol qilish bilan chambarchas bog‘liq,
shuning uchun aholining turmush darajasi va ist
e’moli o‘rtasidagi bog‘liqlik mexanizmini asoslas
h
o‘zgargan iste’mol tuzilmasi ta’siri ostida turmush darajasini shakllantirish jarayonini bashorat
qilishga imkon beradi.
Uchinchidan,
aholining turmush darajasi va iste’moli o‘rtasidagi munosabatlarning om
illi
bog‘liqligini o‘rganish jamiyat rivojlanishi
ning har qanday bosqichida dolzarblik kasb etadi, shu
bilan bir qatorda, iqtisodiy taraqqiyotning bugungi bosqichida iste’molchilarning xulq
-atvori va
mamlakat aholisining hayotiy ustuvorliklari o‘zgarishi bois, mazkur jihat yangicha ma’noga ega
bo‘ladi,
bu esa o‘z navbatida baholash borasida yangicha yondashuvlardan foydalanishni ko‘zda
tutadi.
To‘rtinchidan,
turmush darajasini shakllantirish jarayonlari va shu jumladan iste’molga turli
tabiatga ega bo‘lgan omillar ta’sir qiladi, bu turmush darajasi va iste’mol darajasining o‘zaro ta’sir
sohalarini aniqlashga imkon beradigan uslubiy vositalarni ishlab chiqish va asoslashning asosiy
omili sifatida maydonga chiqadi.
Beshinchidan,
davlat iqtisodiy siyosatining aniq belgilangan maqsadlari doirasida amalga
osh
irilayotgan aholi turmush darajasining barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash mahalliy davlat
hokimiyati organlarining aholi daromadlari va iste’molini tartibga soluvchi ta’sir yo‘nalishlari va
vositalarini ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Aholi turmush darajasini tadqiq qilish masalalari har doim iqtisodchi olimlar va
mutaxassislarning diqqat markazida
bo‘lib
kelgan. Hukumat tomonidan amalga oshiriluvchi
iqtisodiy siyosat va ijtimoiy islohotlarning pirovard maqsadi mamlakat aholisining turmush
darajasini yaxshilash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, aholining iqtisodiy faolligini
rag‘batlantirish
hisoblanadi. Aholi turmush darajasi
to‘g‘risida
to‘xtalar
ekanmiz rossiyalik
mutaxassis Shimov va Bogdanovichlar (2002)bu boradagi qarashlari qiziqish
uyg‘otadi.
Ularning
fikricha, aholi turmush farovonligi
iste’molning
yuqori darajasini ifoda etadi. Mahalliy
tadqiqotchilardan Abdullayeva (2020) aholi turmush darajasini moddiy va
ma’naviy
ehtiyojlarni
qondirish darajasi sifatida tavsiflaydi. Aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida
aholi turmush shart-sharoitlarining yaxshilanib borishi bilan
bog‘liq
jarayon ekanligi borasida
Rustamov (2015)
o‘z
tadqiqotlarida
to‘xtalib
o‘tadi.
Aholi turmush darajasi hududiy tavsifga ega ekanligi borasida tadqiqotchi D. Tadjiyevaning
qarashlari real iqtisodiy voqelikka bir muncha mos keladi (Tadjiyeva, 2023).
Bir qator xorijlik tadqiqotchilar aholi turmush darajasini muayyan shaxs yoki uy
xo‘jaligining
farovonlik darajasi bilan baholaydilar (Pearce, Atkinson, Dubourg, 1994).
Turmush darajasi
ko‘rsatkichlar
tizimidan tashkil topishi va bu
ko‘rsatkichlar
doimiy
ravishda
to‘ldirilib
borilishi borasida amerikalik iqtisodchi Engerm
an o‘z ilmiy izlanishlarida
gapirib o‘tadi, uning fikricha a
holi turmush darajasini insonparvarlik nuqtai nazaridan tahlil qilish
maqsadga muvofiq hisoblanadi (Engerman, 1997).
Umuman olganda tadqiqotchilar tomonidan aholi turmush darajasini
o‘rganish
borasida
keng qamrovli tadqiqotlar amalga oshirilganligiga qaramasdan, iqtisodiy islohotlarning yangi
bosqichida mazkur tushunchani ilmiy bilishning zamonaviy usullaridan foydalangan holda tahlil
qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
124
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur maqolaning asosiy kontseptsiyasini aholi turmush darajasining iqtisodiy mazmun-
mohiyatini ochib berish tashkil qiladi. Tadqiqot kontseptsiyasidan kelib chiqqan holda, aholi
turmush darajasining talqini borasida turli mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning qarashlari
o‘
zaro solishtirildi, ularning farqlovchi va
o‘
xshash jihatlari alohida guruhlarga ajratilgan holda,
aholi turmush darajasi borasida mualliflik yondashuvi ishlab chiqildi. Maqolada ilgari surilgan
mualliflik yondashuvlari va qarashlarini asoslash maqsadida ilmiy bilishning analiz va sintez,
induktsiya va deduktsiya, tarixiylik, umumlashtirish,
o‘
zaro taqqoslash kabi usullaridan keng
foydalanishga harakat qilindi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Mehnat iqtisodiyotining rivojlanishi asnosida uning kontseptual va kategorik apparatida
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ularning shakllanishi va rivojlanish shart-sharoitlari va
omillarini o‘rganish, tahlil qilish va baholashga asos sifatida xizmat qiluvchi kategorik va
kontseptual apparatlar tizimi shakllandi. Mazkur tushunchalar majmui orasida “aholi
turmush
darajasi” tushunchasi alohida o‘rin tutadi, undan foydalanish iqtisodiy tizimlar va ijtimoiy sohani
rivojlantirish, shu jumladan bandlik, daromadga ega bo‘lish va jamiyat tomonidan yaratilgan
tovarlarni iste’mol qilish bborasida ilmiy izlanishlarni
olib borishning muhim sharti sanaladi.
Aholi turmush darajasi va iste’mol o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq qilish o‘z tabiati va
mazmuni borasida xolisona yondashuvni talab qiladi.
“Aholi turmush darajasi” tushunchasi
borasida mualliflik yondashuvini shakllantirish borasida bir qator mahalliy va xorijiy olimlarning
mazkur sohada amalga oshirgan tadqiqotlari o‘rganildi, tahlil natijalari bu borada izlanishlar olib
borgan mualliflarning qarashlari deyarli bir-
biriga o‘xshash ekanligini ko‘rsatadi.
1-jadval
Mahalliy va xorijiy
mutaxassislarning ilmiy izlanishlarida “aholi turmush darajasi”
tushunchasining talqin qilinishi
№
“Aholi turmush darajasi” tushunchasining
mazmuni
Manba
1
Aholi turmush farovonligi, iste’molining sifat jihatdan
yuqori darajasi; asosiy ehtiyojlar tizimini qondirish
darajasini belgilab beruvchi shartlar va ob’yektiv
nazorat qiluvchi ko‘rsatkichlar ma
jmuidir
Шимов
В. Н., Богданович А. В., Ткачев С. П.
Устойчивое развитие: проблемы,
императивы, механизмы достижения. –
2002.
2
Farovonlik va iste’molning yuqori darajasi, yakka
tartibdagi
ehtiyojlarning
qondirilish
sifatini
aniqlashtiruvchi omilli bog‘liqlik va ko‘rs
atkichlar tizimi
Халиуллина Р. Ф., Рябчук П. Г. К задаче
идентификации понятий «уровень жизни»
и «качество жизни» //Новая наука:
Современное состояние и пути развития. –
2016.
–
№. 12
-2.
–
С. 180
-183.
3
Umumiy ehtiyojlar tizimini qondirish
ko‘lami
Лебедев О.В. (2007) Формирование и
оценка эффективности инвестиций в
социальную сферу : дис. –
Белгородский
государственный технологический
университет им. ВГ Шухова, 2007.
4
Moddiy va ma’naviy
-madaniy ehtiyojlarni qondirish
darajasi
Абдуллаева, М., & Адилов, Б. (2020).
Аҳоли турмуш даражаси ва унга таъсир
этувчи омиллар.
Архив научных
исследований
,
1
(13). извлечено от
https://ejournal.tsue.uz/index.php/archiv
e/article/view/1514
5
Aholi turmush darajasi
–
ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya
bo‘lib,
u kishilarning moddiy va madaniy-maishiy
ehtiyoji qondirilishi va ijtimoiy turmush sharoiti
yaxshilanib borishi kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Рустамов Н. И. Аҳоли турмуш даражаси ва
Ўзбекистонда уни ошириш имкониятлари.“
//Иқтисодиёт ва инновацион
технологиялар” илмий электрон журнали. –
2015.
–
Т. 5. –
С. 1
-9.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
125
6
Muayyan hudud aholisining iqtisodiy taraqqiyot
darajasidan kelib chiquvchi hayot sifatini ta’minlash
tizimi
Таджиева Диёра Рустамовна УРОВЕНЬ
ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ ЧЕРЕЗ ПРИЗМУ
ДОХОДОВ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН //
Экономика и финансы (Узбекистан). 2023.
№3 (163). URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/uroven-
zhizni-naseleniya-cherez-prizmu-dohodov-v-
respublike-
uzbekistan (дата обращения:
17.04.2024).
7
Yakka tartibdagi ehtiyojlar tizimini qondirishning sifat
va miqdor darajasi; ilmiy asoslangan standartlarga
nisbatan iste’mol darajasini belgilaydi
Одегов Ю. Г., Руденко Г. Г., Лунева Н. К.
(2007) Рынок труда (практическая
макроэкономика труда). –
2007.
8
Farovonlik, tovarlar va xizmatlar is
te’moli darajasining
yuqori darajasi, aholi turmush darajasining yuqoriligi
jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning taraqqiy
etishiga xizmat qiladi
Курпаяниди К. И., Мухсинова Ш. О. Анализ
уровень жизни населения Республики
Узбекистан //Экономика и бизнес: теория и
практика. –
2021.
–
№. 9
-1.
–
С. 154
-159.
9
Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga mos
keluvchi turmush shart-sharoitlarining sifat va miqdor
xususiyatlari
Султонов Ш. А., Шомуродова Ш. Ш. ХИЗМАТ
КЎРСАТИШ СОҲАСИДА
ТАДБИРКОРЛИКНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ ВА АҲОЛИНИНГ
ТУРМУШ ДАРАЖАСИ ВА СИФАТИНИ
ОШИРИШ ЙЎЛЛАРИ //Новости
образования: исследование в XXI веке. –
2023.
–
Т. 1. –
№. 12. –
С. 248
-252.
10
Shaxsiy hayot kechirish sifati (masalan, oziq-ovqat
mahsulotlari yoki kiyim-kechak sotib olish, shaxsiy
avtomashinaning mavjudligi va shu kabilar)
Sen A. The standard of living.
–
Cambridge
University Press, 1988.
11
Muayyan bir shaxs yoki uy xo‘jaligining farovonlik
darajasi. Iqtisodiy tahlilda
turmush darajasi iste’mol
qilinadigan tovarlar va xizmatlar miqdori (shu jumladan
bo‘sh vaqt) bilan belgilanadi.
Pearce D. W., Atkinson G. D., Dubourg W. R. The
economics of sustainable development
//Annual review of energy and the
environment.
–
1994.
–
Т
. 19.
–
№.
1.
–
С. 457
-
474.
12
Ko‘pgina
asosiy
ko‘rsatkich
tizimlari,
boshqa
tushunchalar bilan birlashib, farovonlik, qoniqish, ya’ni
hayot
sifatini
tashkil
qiluvchi
unsurlarning
insonparvarlik jihatdan talqin qilishni anglatadi.
Engerman S. L. The standard of living debate in
international perspective: measures and
indicators //Health and welfare during
industrialization.
–
University of Chicago Press,
1997.
–
С
. 17-46.
13
Turmush darajasi sifati inson hayoti turli qirralarining
qay darajada
to‘kis ekanligini o‘lchash bilan bog‘liq
masalalarni qamrab oladi. Mazkur baholashlar moddiy,
hissiy qoniqishni ko‘zda tutadi
Diener E. et al. Subjective well-being: Three
decades of progress //Psychological bulletin.
–
1999.
–
Т
. 125.
–
№.
2.
–
С. 276.
14
Turmu
sh sifati ko‘pincha farovonlik tushunchasi bilan
bir o‘rinda qo‘llaniladi
Van Zanden J. L. Wages and the standard of
living in Europe, 1500
–
1800 //European
review of economic history.
–
1999.
–
Т
. 3.
–
№.
2.
–
С. 175
-197.
15
Farovonlik odatda aholining amalda turmush kechirish
shart-sharoitlari, hayot sifatini tavsiflaydi, turmush
sifati borasida insonlarning sub’yektiv qarashlari bilan
cheklanadi.
Исматов Ш. А. ҲАЁТ СИФАТИНИНГ АҲОЛИ
ТУРМУШ ДАРАЖАСИ БИЛАН
БОҒЛИҚЛИГИНИ АНИҚЛАШ
//TADQIQOTLAR. UZ.
–
2024.
–
Т. 35.
–
№. 2. –
С. 130
-139.
16
Turmush sifati kategoriyasi noaniq va yetarlicha
murakkab bo‘lgan tushuncha bo‘lib, uni aniqlash
borasida izchillik talab etiladi. Bundan tashqari, ba’zi
tadqiqotchilar
“
turmush darajasi
”
tushunchasini
aniqlashtirib bo
‘lmasligini ta’kidlashadi.
Schalock R.L. et al. Quality of life: Its
measurement and use //Mental retardation.
–
1989.
–
Т
. 27.
–
№.
1.
–
С. 25.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
126
Tadqiqotchilar tomonidan turmush darajasi tushunchasini aniqlashtirish borasida ilgari
surilgan ta’rif va yo
ndashuvlarning tahlili aholi turmush darajasini aniqlashtirishda moddiy
farovonlik unsurlari emas, balki ijtimoiy-
iqtisodiy ne’matlar muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi
. Bir
qator xorijiy tadqiqotchilarning asarlarida turmush darajasi uy xo‘jaliklarining dar
omadlari va
iste’mol darajasi
bilan bir o‘rinda qo‘llaniladi
(
Schalock et al. 1989
).
Shuni ta’kidlash kerakki, har bir ta’rif to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri turmush darajasi va ehtiyojlarni
qondirish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashtirish imkonini beradi.
Shunday qilib,
yuqorida keltirilgan ta’riflarning mazmunini baholash asosida turmush
darajasining muhim tashkil etuvchilarini aniqlashtirishimiz mumkin bo‘ladi, mazkur tashkil
etuvchilarni tahlil qilish aholi turmush darajasining maqbul ko‘rsatkichini ta’mi
nlash aholi
eh
tiyojlarini qondirilganlik holati bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi (1
-rasm).
1-rasm. Aholi turmush darajasining eng muhim tashkil etuvchilari
Yuqorida bildirilgan qarashlar borasida deyarli barcha tadqiqotchilar yakdil ekanliklarini
ko
‘rish mumkin. Aholi turmush darajasi tushunchasiga berilgan ta’riflarni umumlashtirish asosida
aholi turmush darajasi tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish o‘rinli hisoblanadi: aholi
daromadlari va iste’mol darajasi bilan belgilanuvchi jamiyatda qaror t
opgan farovonlik
ko‘rsatkichi bo‘lgani holda, aholi turmush darajasi jamiyat a’zolarining hayotdan moddiy va hissiy
qoniqishlarini aks ettiradi.
Aholi turmush darajasi va ehtiyojlarni qondirish o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjudligi
tabiiydir va bu isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.
Ushbu holatda aholi turmush darajasi va iste’mol darajasi o‘rtasidagi muhim shart
-sharoit
va omillarni aniqlashtirish talab etiladi (2-rasm).
Umuman olganda, turmush darajasini shakllantirishda ustuvorlik kasb etuvchi omilni
aniqlashtirishga asoslangan aholi turmush darajasini tadqiq qilishning quyidagi asosiy
yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
➢
ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi;
➢
aholi farovonligi;
➢
turmush sifati;
➢
iste’mol darajasi va tuzilmasi;
➢
iste’mol me’yorlari va standartlari.
Aholi turmush darajasini tahlil qilishda iste’mol me’yorlari va standartlari muhim o‘rin
tutadi. Qonunchilikda ko‘zda tutilgan tushunchalarga tayangan holda, aholi turmush darajasini
tavsiflovchi quyidagi jihatlarni ajr
atib ko‘rsatishimiz mumkin:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
127
2-
rasm. Aholi turmush darajasini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
‾
yetarlilik
-
insonning har tomonlama rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi barcha
ne’matlar majmuidan to‘
lqonli foydalana olish imkoniyati;
‾
me’yor
- insonning jismoniy va aqliy salohiyatini qayta tiklash imkonini beruvchi va ilmiy
asoslangan me’yorlar asosida iste’mol;
‾
kambag‘allik
-
ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning eng quyi chegarasida ne’matlarni
iste’mol qilish darajasi;
‾
qashshoqlik
-
insonning shunchaki mavjud bo‘lishiga imkon yaratuvchi darajada
ne’matlarni iste’mol qilish.
Yuqorida keltirilgan tasnifdan kelib chiqqan holda, iste’mol budjetlarini uch turga ajratish
taklif etiladi: yashash min
imumi, tiklovchi iste’mol budjeti
va yuqori iste’mol layoqatini ta’min
etuvchi yetarlicha yuqori daromadli budjet.
Iste’mol me’yorlari va standartlaridan foydalanishga asoslangan yondashuv aholi turmush
darajasi bilan bog‘liq amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, shu jumladan turmush darajasi va iste’mol
omili o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholashda keng qo‘llaniladi
(Ismatov,2024).
Ko‘rinib turibdiki, tadqiqot borasida muayyan bir yondashuvni tanlash turmush darajasini
miqdoriy jihatdan aniqla
shtiruvchi ko‘rsatkichlar tarkibiga bevosita ta’sir ko‘
rsatadi. Bu borada
mavjud ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra, “aholi turmush darajasi”
kategoriyasining mazmunini talqin qilishda tadqiqotchilarning qarashlari bir-biridan bir muncha
farq qiladi.
Bu boradagi fikrlarimizni tasdiqlash maqsadida mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar
tomonidan aholi turmush darajasini baholash borasida taklif etilgan ayrim ko‘rsatkichlar
mazmunini tahlil qilamiz (2-jadval).
Xorijiy
tadqiqotchilarning turmush darajasi borasida qo‘llaydigan ko‘rsatkichlar tizimini
tahlil qilish ular ko‘pincha ko‘rsatkichlarning miqdoriy jihatlariga emas, aksincha sifat bilan
bog‘liq qirralariga katta e’tibor qaratishlarini ko‘rsatadi, bunda erkinlik, b
axtlilik, ekologik omillar,
sog‘liqni saqlash va innovatsiya kabi sifat ko‘rsatki
chlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
128
2-jadval
Xorijiy adabiyotlarda aholi turmush darajasini baholash borasida
keltirib o‘tilgan ko‘rsatkichlar
№
Baholash ko`rsatkichlari
Ма
nb
а
1.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar ko‘pincha makro darajadagi indekslarni ifoda
etsada, shunga qaramay ular keng ko‘lamli rejalashtirish va ijtimoiy
o‘zgarishlarni tahlil qilishda qo‘l keladi. Iqtisodiy farovonlik iqtisodiy
resurslardan
foydalanish va iqtisodiy faoliyat natijasi o‘laroq, insonning
ne’matlarni qay darajada iste’mol qila olish imkoniyatlarini aks ettirsada,
insonning turmush kechirish shart-sharoitlarini baholash uchun yetarli
emas.
Bognar G. The concept of
quality of life //Social theory
and practice.
–
2005.
–
Т
. 31.
–
№. 4. –
С
. 561-580.
2.
Turmush darajasi ko‘rsatkichlari og‘ishlarni aniqlash va zarur hollarda
ijtimoiy chora-
tadbirlar yo‘nalishini o‘zgartirish maqsadida ijtimoiy
tizimni kuzatishda muhim o‘rin tutadi.
Diener E., Suh E. Measuring
quality of life: Economic,
social, and subjective
indicators //Social
indicators research.
–
1997.
–
Т
. 40.
–
С
. 189-216.
3.
Turmush darajasi ko‘rsatkichlarining uchta turi farqlanadi: farovon
-likning
me’yoriy ko‘rsatkichlari, hayotdan qoniqish va/yoki baxt ko‘rsa
tkichlari va
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Turmush darajasi ko‘rsatkichlarining birinchi
turi to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri siyosatni aniqlashning ijtimoiy jihatlariga tegishli
bo‘lgani holda, ular mezon ko‘rsatkichlari, farovonlikning me’yoriy
ko‘rsatkichlari va strategik ko‘rsatkichlar ham deb yuritiladi. Hayotdan
qoniqish va sub’yektiv farovonlik yoki oddiy qilib aytganda baxtlilik
ko‘rsatkichi deb yuritiluvchi turmush darajasi ko‘rsatkichlarining ikkinchi
turi ruhiy qoniqish
va baxtlilik darajasini o‘lchashga xizm
at qiladi. Ijtimoiy
ko‘rsatkichlarning uchinchi turi jamiyat borasidagi qarashlarimizni
oydinlashtirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy o‘lchov va tadqiqotlar olib
borishni ko‘zda tutadi.
Sharpe A. et al. A survey of
indicators of economic and
social well-being.
–
Ottawa :
Centre for the Study of
Living Standards, 1999.
4.
Turmush darajasi ko‘rsatkichlariga qulayliklar, sanitariya, hordiq chiqarish
imkoniyatlari, ijtimoiy hamkorlik, ta’lim, madaniy
qadriyatlar, ish muhiti,
moliya, kasb-
hunar ta’limi, bo‘sh vaqt, xavfsizlik va so‘z erkinligi kiradi.
Kekic L. et al. The Economist
Intelligence Unit’s index of
democracy //The
Economist.
–
2007.
–
Т
. 21.
–
С
. 1-11.
5. Turmush darajasi
ko‘rsatkichlari tizimlari haqiqiy vaziyatni to‘laqonli aks
ettira olmaydi. Turmush darajasi jamiyatda tarkib topgan standartlar va
me’yorlar bilan o‘lchanadi.
Swain D., Hollar D.
Measuring progress:
Community indicators and
the quality of life
//International Journal of
Public Administration.
–
2003.
–
Т
. 26.
–
№.
7.
–
С.
789-814.
Xulosa va takliflar.
Tadqiqot jarayonida amalga oshirilgan o‘rganishlar turmush darajasi kabi murakkab va ko‘p
o‘lchovli kategoriyani tavsiflashda muayyan bir ko‘rsatkichlar majmui bilan cheklanib
bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Aholi turmush darajasini sha
kllantirish borasida amalga oshiriluvchi
tadqiqotlarning tavsifi va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, turmush darajasini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar farqlanadi
.
O‘rganish natijalari turmush darajasini ilmiy jihatdan tadqiq qilgan mutaxassis va olimlar
turmush sifatiga aholining iste’mol ne’matlari bilan ta’minlanganlik holati, aholining iqtisodiy
ahvoli va moddiy imkoniyatlari, iste’mol tavsifi va iste’mol qilinayotgan ne’matlar miqdori kabilar
ta’sir qilishi borasida yaxlit qarashlarni ilgari suradila
r.
Shu bilan bir qatorda, maqbul turmush darajasini qaror toptirishda ustuvorlik kasb etuvchi
omillarni ajratib ko‘rsatishda yaxlitlik mavjud emasligini ta’kidlash
imiz lozim. Tadqiqot davomida
aholi turmush darajasini shakllantirish borasida quyidagi muhim omillarga asoslangan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
129
yondashuvlar mavjudligi aniqlashtirildi: ijtimoiy takror ishlab chiqarishning rivojlanganlik
darajasi; milliy farovonlik; turmush darajasi; h
ayot sifati; daromadlarni tabaqalashtirish; iste’mol
darajasi va tuzilmasi; iste’mol me’yorl
ari va standartlari.
Tahlillarimiz aholi turmush sifatining maqbul darajasini ta’minlash ko‘p jihatdan aholi
tomonidan ne’matlarni iste’mol qilish imkoniyatlari va ko‘lamiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Turmush darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimini
tahlil qilish asnosida mazkur
ko‘rsatkichlar tizimini quyidagi ko‘rsatkichlar bilan boyitish taklif qilinadi
:
-
turmush darajasi va hayot sifati o‘lchamlarini baholash, bunday ko‘rsatkichlar sirasiga
ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash borasida davlat xaraj
atlari, ekologiya bil
an bog‘liq ko‘rsatkichlar,
kutilayotgan umr davomiyligi, aholi demografiyasi, tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifati kabilar kiradi;
- muayyan turmush darajasi va hayot sifatini shakllantirish jarayonlarini baholash. Bunda
salbiy ijtimoiy-iqtisodiy holatlarni
ng ko‘payishi, ta’lim, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy
infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, jinoyatchilik ko‘lami kabilar muhim o‘rin tutadi;
- aholi turmush sifatini shakllantirish omillarini baholash.
Bunday ko‘r
satkichlar sirasiga
m
ehnat salohiyati, iqtisodiy faollik, bo‘sh vaqt, pensiya ta’minoti, kambag‘allik darajasi kabilar
kiradi.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Abduvoxidov A., Kamilova S. (2023) Inson kapitali va iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini
tadqiq etishdagi yondashuvlar //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil.
–
Т. 1. –
№. 4. –
С. 12
-21.
Abduvoxidov A., Kamilova S. (2023) INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI
BAHOLASH //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil.
–
Т. 1. –
№.
2.
–
С
. 5-14.
Bognar G. (2005) The concept of quality of life //Social theory and practice.
–
Т
. 31.
–
№. 4. –
С
.
561-580.
Diener E. et al. (1999) Subjective well-being: Three decades of progress //Psychological
bulletin.
–
.
–
Т
. 125.
–
№. 2. –
С
. 276.
Diener E., Suh E. (1997) Measuring quality of life: Economic, social, and subjective indicators
//Social indicators research.
–
Т
. 40.
–
С
. 189-216.
Engerman S.L. (1997) The standard of living debate in international perspective: measures and
indicators //Health and welfare during industrialization.
–
University of Chicago Press,
–
С
. 17-46.
Kekic L. et al. (2007) The Economist Intelligence Unit’s index of democracy //The Economist. –
Т
. 21.
–
С
. 1-11.
Pearce D.W., Atkinson G.D., Dubourg W.R. (1994) The economics of sustainable development
//Annual review of energy and the environment.
–
Т
. 19.
–
№. 1. –
С
. 457-474.
Schalock R. L. et al. (1989) Quality of life: Its measurement and use //Mental retardation.
–
Т
.
27.
–
№. 1. –
С
. 25.
Sen A. (1988) The standard of living.
–
Cambridge University Press,.
Sharpe A. et al. (1999) A survey of indicators of economic and social well-being.
–
Ottawa :
Centre for the Study of Living Standards.
Swain D., Hollar D. (2003) Measuring progress: Community indicators and the quality of life
//International Journal of Public Administration.
–
Т
. 26.
–
№. 7. –
С
. 789-814.
Van Zanden J. L. (1999) Wages and the standard of living in Europe, 1500
–
1800 //European
review of economic history.
–
Т
. 3.
–
№.
2.
–
С. 175
-197.
Абдуллаева, М., & Адилов, Б. (2020). Аҳоли турмуш даражаси ва унга таъсир этувчи
омиллар
.
Архив
научных
исследований,
1(13).
извлечено
от
https://ejournal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/1514
Исматов Ш. А. (2024) ҲАЁТ СИФАТИНИНГ АҲОЛИ ТУРМУШ ДАРАЖАСИ БИЛАН
БОҒЛИҚЛИГИНИ АНИҚЛАШ //TADQIQOTLAR. UZ. –
Т. 35. –
№. 2. –
С. 130
-139.
Курпаяниди К. И., Мухсинова
Ш. О. (2021) Анализ уровень жизни населения Республики
Узбекистан //Экономика и бизнес: теория и практика. –
.
–
№. 9
-1.
–
С. 154
-159.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
130
Лебедев О.В. (2007) Формирование и оценка эффективности инвестиций в социальную
сферу: дис. –
Белгородский государственный технологический университет им. ВГ Шухова.
Одегов Ю.Г., Руденко Г.Г., Лунева Н.К. (2007) Рынок труда (практическая
макроэкономика труда). –
.
Рустамов Н.И. (2015)
Аҳоли турмуш даражаси ва Ўзбекистонда уни ошириш
имкониятлари.“ //Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали.–
Т. 5. –
С. 1
-9.
Султонов Ш. А., Шомуродова Ш. Ш. (2023) ХИЗМАТ КЎРСАТИШ СОҲАСИДА
ТАДБИРКОРЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВА АҲОЛИНИНГ
ТУРМУШ ДАРАЖАСИ ВА СИФАТИНИ
ОШИРИШ ЙЎЛЛАРИ //Новости образования: исследование в XXI веке. –
Т. 1. –
№. 12. –
С. 248
-
252
Таджиева Диёра Рустамовна (2023) УРОВЕНЬ ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ ЧЕРЕЗ ПРИЗМУ
ДОХОДОВ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН // Экономика и финансы (Узбекистан).. №3 (
163).
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/uroven-zhizni-naseleniya-cherez-prizmu-dohodov-v-
respublike-
uzbekistan (дата обращения: 17.04.2024).
Халиуллина Р. Ф., Рябчук П. Г. (2016) К задаче идентификации понятий «уровень жизни»
и «качество жизни» //Новая наука: Современное состояние и пути развития. –
№. 12
-2.
–
С.
180-183.
Шимов В.Н., Богданович А.В., Ткачев С.П. (2002) Устойчивое развитие: проблемы,
императивы, механизмы достижения.
