Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.48274

Ключевые слова:

отрасль интегральные показатели потенциал экономический потенциал промышленный потенциал

Аннотация

В статье говорится, что эффективность производства в отраслях промышленности является одной из актуальных тем в настоящее время, а также при-водятся отзывы ряда зарубежных и отечественных ученых, направленные на ее повышение. Теоретически освещена работа, которую необходимо провести для повышения эффек-тивности производства промышленных предприятий, даны выводы и предложения по ней.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

211


SANOAT TARMOQLARIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI

OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

PhD, dots.

Raximov Anvar Norimovich

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

ORCID: 0009-0009-2855-4084

sanjar.8548@mail.ru

Avazova Nafisa Namazovna

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Annotatsiya.

Maqolada sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligi hozirgi kundagi

dolzarb mavzulardan biri ekanligi, hamda uni oshirishga qaratilgan bir qancha xorijiy va mahalliy

olimlarning fikr-mulohazalari bayon etilgan. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish

samaradorligini oshirish uchun amalga oshirish lo

zim bo‘lgan ishlar nazariy jihatdan yoritilib

berilgan va bu bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.

Kalit so’zlar:

sanoat tarmog‘i,

integral ko‘rsatkichlar, salohiyat, iqtisodiy salohiyat, sanoat

salohiyati, industriya, struktura, komponentlar, omillar, o

‘zaro munosabatlar, metodologiya,

mantiqiy-metodologik sxema.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ

ПРОИЗВОДСТВА В ОТРАСЛЯХ ПРОМЫШЛЕННОСТИ

PhD

, доц.

Рахимов Анвар Норимович

Экономико

-

педагогический

университет

Авазова Нафиса Намазовна

Каршинский инженерно

-

экономический институт

Аннотация.

В статье говорится, что эффективность производства в отраслях

промышленности является одной из актуальных тем в настоящее время, а также при

-

водятся отзывы ряда зарубежных и отечественных ученых, направленные на ее повышение.

Теоретически освещена работа, которую необходимо провести для повышения эффек

-

тивности производства промышленных предприятий, даны выводы и предложения по ней

.

Ключевые слова:

отрасль, интегральные показатели, потенциал, экономический

потенциал, промышленный потенциал, отрасль, структура, компоненты,

факторы,

взаимосвязи, методология, логико

-

методологическая схема.

THEORETICAL FOUNDATIONS FOR INCREASING PRODUCTION

EFFICIENCY IN INDUSTRIAL SECTORS

PhD, assoc. prof.

Rakhimov Anvar Norimovich

University of Economics and Pedagogy

Avazova Nafisa Namazovna

Karshi Engineering Economics Institute

Annotatsiya.

The article describes the fact that the efficiency of production in industrial sectors

is one of the current topics, as well as the feedback of several foreign and domestic scientists aimed at

increasing it. The work that should be carried out to improve the production efficiency of industrial
enterprises is theoretically covered, and conclusions and proposals are made on this.

Keywords:

industrial network, integrated indicators, potential, economic potential, industrial

potential, industry, structure, components, factors, interaction, methodology, logical-methodological
scheme.

UO

K: 338.33

IV SON - APREL, 2024

211-217


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

212

Kirish.

Jahon miqyosida sanoat korxonalar faoliyatini boshqarishda zamonaviy statistik

uslublardan maqsadli foydalanish, i

qtisodiy salohiyatini integral ko‘rsatkichlar asosida

kompleks baholash va prognozlash hamda iqtisodiy salohiyatini oshirishga doir ko‘plab ilmiy

tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, zamonaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish
hisobiga korxonala

rni innovatsion rivojlanishini ta’minlash, korxonalarning innovatsion

salohiyatini zamonaviy boshqaruv metodologiyasini takomillashtirish, innovatsion-iqtisodiy

salohiyatni tizimli tahlil usullarini qo‘llash masalalariga e’tibor kuchaytirilmoqda. Jahon san

oat

korxonalari iqtisodiy salohiyati va innovatsion faoliyatining rivojlanishi hamda yetakchi

davlatlar sanoat korxonalari iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar va munosabatlarni yanada

takomillashtirishni statistik jihatdan baholash hozirgi davrdagi asosiy ilmiy tendensiyalardan

hisoblanadi.

O‘zbekiston sanoati mamlakat ijtimoiy

-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb

etadi. Zero, sanoat tarmog‘i

-

barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, eksportdan

olinayotgan

daromadlarni oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ustuvor rivojlantirish,

shuningdek ijtimoiy tanglik, ya’ni aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va

pirovardida aholini yashash tarzini yuksaltirishga asos bo‘lmoqda.

Bugungi kunda sanoat tarmog‘i nafaqat yuqori sur’at

larda rivojlanayotgan tarmoq

sifatida, eksportni barqaror oshirib borayotgan, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilayotgan

hamda ishlab chiqarish jarayonlarini modernizsiya va tubdan texnik va texnologik jihatdan

yangilab borayotganligi bilan ham ajralib turadi.

Ammo tahlillarimizga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston sanoat tarmog‘ining mavjud

salohiyati va zahiralaridan to‘liq foydalanilmayapti. Bu esa, sanoat korxonalarining zahiralari

va iqtisodiy salohiyatini chuqur ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq etish dolzarbligini yanada

oshirmoqda.

“2017

-

2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining yanada rivojlantirish Harakatlar

strategiyasi”da ham turli mulkchilikdagi korxonalarning salohiyatidan samarali foydalanis

h,

raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta

’minlash va eksport salohiyatini oshirish kabi

ustuvor vazifalar belgilab berilgan (

Farmon, 2017)

.

Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, bizning fikrimizcha sanoat tarmog‘i

tashkiliy-

iqtisodiy mohiyati, tarkibi, rivojlanishning o‘ziga xos xu

susiyatlarini inobatga olgan

holda sanoat korxonalari uchun iqtisodiy salohiyat tushunchasi, tarkibi va uni baholash

bo‘yicha ko‘rsatkichlarni ilmiy jihatdan shakllantirish va iqtisodiy mo

hiyatini nazariy jihatdan

ochib berish maqsadga muvofiq sanaladi.

Adabiyotlar sharhi.

Ushbu jihatlarni ochib berish uchun avvalambor, “sanoat”, "sanoat salohiyati", "iqtisodiy

salohiyat" tushunchalari bo‘yicha iqtisodchi olimlar talqinlarini tahlil qilib

chiqish lozim.

“Sanoat s

alohiyat

i”

tushunchasi lotinchadan

potential

kelib chiqqan bo‘lib, u kuch,

yashirin imkoniyat ma’nosini bildiradi. Shu o‘rinda umumiy iqtisodiyot nuqtai nazaridan,

Arxipov (2009) shunday ta’rif beradi: “Sanoat salohiyati”

- belgilangan maqsadlar yoki

qo‘yilgan vazifalarni yechish uchun jalb etilishi mumkin bo‘lgan mavjud vositalar, zaxiralar va

manbalar"dir. Olim tomonidan berilgan talqin “Sanoat salohiyati” to‘g‘risida umumiy
tushuncha shakllanishiga asos bo‘lsada, “Sanoat salohiyati”ni shakllantiruvchi omillarning

ta’siri iqtisodiy jihatdan asos

lanmagan.

Korxonalar darajasida "salohiyat" tushunchasiga G.B.Kleyner., B.I.Tambovsev va

R.M.Kachalovlar tomonidan quyidagicha talqin berilgan (Цыбульская, Сотник, 2009), ya’ni

ularning fikricha, muayyan bir korxona salohiyati tashqi ijtimoiy- iqtisodiy muhitdagi

resurslari, holati va harakatini tavsiflovchi tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Fikrimizcha,

ushbu talqin korxonalar iqtisodiy salohiyati mohiyatini ilmiy va nazariy jihatdan aso

s bo‘la

oladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

213

Shu o‘rinda Spirin

(

2004

)

tomonidan

“Sanoat salohiyati” tushunchasiga berilgan ta’rif

e’tiborga loyiq, ya’ni uning fikricha: “Sanoat salohiyati”

- bu resurslargina emas, balki qandaydir

maqsadli yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirish va natija olish uchun imkoniyatdir.

Shuningdek, u “Sanoat salohiyati”ga energetik yondashuv qo‘llanish lozimligini ta’kidlaydi.

Vinogradova, Ionomarenko (2007) korxona salohiyati bo‘yicha quyidagi umumiy

ko‘rinishda, ya’ni “korxona salohiyati maqsadli yo‘naltirilgan ishni bajarish bo‘yicha haqiqiy va

ehtimoliy qobiliyatni bil

diradi” deb ta’riflaydi.

Shu o‘rinda, korxonaning moliyaviy

-

xo‘jalik faoliyati nuqtai nazaridan Bogataya (2001)

tomonidan korxona salohiyati ta’rifiga buxgalteriya jihatdan talqin berilgan. Uning fikricha,
“korxona salohiyati

- moliyaviy-

xo‘jalik faoliyat

yakunida aktivlar, uning shakllanish manbalari

va ularning qobiliyati ma’lum moliyaviy natijalarga olib keladi”. Bogataya (2001) tomonidan

berilgan talqin, bugungi bozor munosabatlari sharoitida dolzarb bo‘lib, bugungi kunda

korxonalarning moliyaviy natij

alarni boshqarish ustuvor masala bo‘lib qolmoqda.

Iqtisodchi-olim Buxalkov (2000)

fikricha, “har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati

rejalashtirilgan ishlar, xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tashkilot ixtiyorida bo‘lgan resurslar

tarkibi: mehnat, mod

diy, moliyaviy va boshqalarni o‘zida aks ettiradi”. Fikrimizcha, Buxalkov

(2000)

tomonidan berilgan tushuncha qiziqarli bo‘lsada, u tor ma’noda talqin etilgan.

Rayzberg (2008) fikricha, “iqtisodiy salohiyat maksimal darajada foyda olish u

chun

korxonaning jami mavjud cheklangan resurslaridan samarali foydalanishni izohlaydi hamda

ishlab chiqarish va iqtisodiy tizim salohiyatining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi”.

Shmalen (1996) o‘zining ilmiy ishida iqtisodiy salohiyatni mavjud resurslar

tizimidan

foydalangan holda korxonaning uzoq muddatli faoliyat yuritishi va strategik maqsadlarga

erishish qobiliyati sifatida talqin etadi. Sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyati bo‘yicha

tayyorlangan ilmiy ishda, quyidagi yondashuv berilgan: “korxona iq

tisodiy salohiyati

o‘zida

mehnat aktivlari, asosiy ishlab chiqarish jamg‘armalari, aylanma mablag‘lar, nomoddiy aktivlar

va yer resurslari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar natijasida shakllanadigan “qobiliyat”ni aks
ettiradi”.

Morozova (2009) fikricha, “iqt

isodiy salohiyat - bu tabiiy, moddiy, moliyaviy, mehnat va

intellektual resurslarga asoslangan iqtisodiy-ishlab chiqarish faoliyatini (mahsulot, xizmatlar

ishlab chiqarish, aholi talablarini qondirish, ishlab chiqarish va iste’molni rivojlanishini
ta’minla

sh) amalga oshiris

hning aniq tizimlarini o‘zida aks ettirgan umumiy qobiliyatni

anglatadi”.

Tadqiqot metodologiyasi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, u tomonidan quyidagi ta’rif beriladi: “korxonaning

iqtisodiy salohiyati - bu mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda tashqi va ichki

muhitning o‘zaro munosabati, barqaror o‘sishni ta’minlash va strategik maqsadlarga erishish

bilan ifodalanadigan umumiy qobiliyat va mavjud imkoniyatlarga ega bo‘lish xususiyatidir”.

Shu nuqtai nazardan, bizning fikrimizcha, sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyati

tushunchasiga yuqorida keltirilgan yo‘nalishlarni uyg‘unlashtirgan holda uchinchi alohida

yondashuvni berish mumkin. Ushbu yondashuvda sanoat korxonalarining mavjud resurslari

maksimal darajada foydalanish va belgilangan samardorlikka erishish qobiliyatini ham

inobatga olish maqsadga muvofiq.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Sanoat, industriya

xalq xoʻjaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti

darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; Sanoatning oʻzi uchun hamda xalq

x

oʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish,

shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yogʻoch tayyorlash,

Sanoat

da yoki qishloq xoʻjaligida oling

an mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash

bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

214

majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial

oʻsishni taʼminlaydi. 20

-asrning 80-yillari

da qabul qilingan tasniflashga koʻra, Sanoat

yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi: elektroenergetika; yoqilgʻi Sanoati; qora metallurgiya;

rangli metallurgiya; kimyo va neft kimyosi Sanoati; mashinasozlik va metallga ishlov berish;

oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyulozaqogʻoz sanoati; qurilish materiallari sanoati;

qurilishkonstruksiyalari va detallari sanoati; oyna va chinnifayans sanoati; yengil sanoat; oziq-

ovqat sanoati; mikrobiologiya sanoati; unyorma va aralash yem sanoati; tibbiyot sanoati;

poligrafiya sanoat tarmoqlari ham oʻz navbatida –

ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat

turlariga guruhlanadi.

“Sanoat salohiyati” tushunchasiga bo‘lgan keng ma’noli talqinlar hamqand

ay vositalar,

zahiralar va manbal

arning kuchi to‘g‘risida fikr yuritilayotganligidan kelib chiqqanholda, uni

ilm-

fan va xo‘jalik yuritishning turli sohalariga qo‘llash uchun imkon beradi.

“Sanoat salohiyati” mohiyatiga bunday ta’rif berilishi tashkilot va

korxonalarning

iqtisodiy faoliyat

ining turli yo‘nalishlariga kengroqqo‘llash imkonini beradi va uni "iqtisodiy

salohiyat" deb nomlash mumkin.

“Iqtisodiy salohiyat” tushunchasini iqtisodiy kategoriya toifa sifatida o‘rganish va tahlil

qilish natijasida shuni aytish mumkinki, u nafaqat nazariy ahamiyatga, balki amaliy xususiyatga

ham ega. Shu o‘rinda “iqtisodiy salohiyat” mohiyati va tarkibini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash

dasturlarini amalga oshirilishi, respublika sanoatining rivojlanishiga imkoniyatlar yaratdi. Shu

bilan birga, sanoatning yanada barqaror rivojlanishi uchun quyidagilar zarur:

-

ilg‘or mahalliy texnologiyalarni ishlab chiqish, zamonaviy axborot

- kommunikatsiya

texnologiyalarini joriy etish hisobiga mahsulotlarnnig raqobatbardoshligini oshirish;

- tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni

mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va amalga oshirishda mahalliylashtirish darajasini

to‘xt

atib turuvchi kamchiliklarni bart

araf etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga to‘sqinlik

qiluvchi zarur tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar importini qisqartirish;

-

kichik biznes sub`ektlarining ishlab chiqarish faoliyatini har taraflama qo‘llab

-

q

uvvatlash va rag‘batlantirish.

Sanoat korxonasi iqtisodiy salohiyati - bu mavjud resurslardan samarali va oqilona

foydalangan holda uzoq muddatli barqaror rivojlanishni ta’minlash hamda tashqi muhit bilan

o‘zaro munosabatlar jarayonida bozordagi sanoat mahsulotlariga bo‘lgan talabni

shakllantirish, aniqlash va qondirish qobiliyatidir.

Xalqaro amaliyotda turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning iqtisodiysalohiyatini

tizimli yondashuv asosida shakllantirish, statistik baholash, tahlil qilish va prognozlash

bo‘yicha uslubiy qoidalar ishlab chiqilgan bo‘lib, u turli ilmiy maktablar va yo‘nalishlarning

o‘zaro bog‘liqligini va olingan natijalarining ishonchliligini ta’minlaydi.

Korxonaning iqtisodiy salohiyatini statistik o‘rganish bo‘yicha mavjud

yondashuvlarning

tahlili ular orasida eng obyektiv tizimli yondashuv hisoblanadi. Uni amalga oshirishda maxsus
tizimlar, usullar majmuasi, tizimlarni tahlil qilish va ushbu tizimlarni tahlil qilish orqali

obyektlarnitadqiq qilish kabi tizimli tahlillar mavjud (

Ғуломов

, 2000).

Iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish jarayonida tadqiqotning kengaytirilgan mantiqiy-

metodologik sxemasi taklif qilinmoqda, bu olib borilgan tadqiqotning imkoniyatlari,

yo‘nalishlari, vazifalari va maqsadlarini tasavvur qilish imkonini

beradi (1-rasm).

Tavsiya etilgan sxema tadqiqot yo‘nalishlari va ularning natijalarini o‘zaro bog‘liqligini

hisobga olish imkonini beradi hamda har bir yo‘nalish ham tizimli statistik yondashuv

holatidan kelib chiqadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

215







1-rasm. Iqt

isodiy salohiyatni o‘rganishning kengaytirilgan mantiqiy

-metodik sxemasi

O‘rganilayotgan konsepsiyaning ko‘p qirrali va ko‘p o‘lchovli xususiyati bilan bog‘liq

bo‘lgan mohiyati va

uning tarkibiy qismlarining ochib berilmaganligi, ushbu kategoriyani talqin

qilishda sezilarli farqlarning mavjudligi hamda terminologiya bazasining yetarli darajada

haligacha rivojlanmaganligi korxonaning iqtisodiy salohiyatini o‘rganish konseptualasoslar

ini

aniqlashtirishni talab qiladi.

Tahlillarimizga ko‘ra, iqtisodiy salohiyatni o‘rganish uchun ikkita muhim yo‘nalish

mavjud: resursli va natijaviy. Ammoaynan yondashuvlardan faqat biri asosida ish olib borilishi

murakkab jarayon, chunki ta’riflarning katta qismi manba va natija yo‘nalishlarining

xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. Ikkinchisining xususiyatlarini umumlashtiradigan bo‘lsak,

muqobil ravishda “salohiyat” tushunchasini aniqlashga “aralash yondashuv”ni keltirishimiz

mumkin. Korxonaning resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish asosida aniq
natijalarga erishish mumkin.

Ilmiy ishni olib borish jarayonida, bir yoki boshqa turdagi iqtisodiy salohiyatni ajratib

turadigan asosiy tasniflash xususiyatlari tizimlashtiriladi, tadqiqot obyektiga yondashuv

bo‘yicha tasniflash, amalga oshirish darajasi, iqtisodiy aylanishda i

shtirok etish darajasi

aniqlanadi va tasniflashning xususiyatlar tizimi kengaytiriladi (ularni bilish ehtimoli, tizimning

asosiy holati, tizim chegaralari bilan to‘ldirish taklif eti

ladi).

Korxonaning kompleks iqtisodiy salohiyatini shakllantirishga qaratilgan konseptual

yondashuv ichki va tashqi muhitning tizim yaratish omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni

hisobga olgan holda asoslanadi.Turli darajadagi iqtisodiy salohiyatni ifodalovchi indikatorlarni

yaratish imkoniyatini beruvchi takomillashtirilgan

va yangilangan tarkibiy qismlarni o‘z ichiga

olgan omillar taklif etiladi.

Iqtisodiy

salohiyatni har tomonlama o‘rganishning nazariy va uslubiy asoslarini

ishlab chiqish

Sanoat iqtisodiy salohiyatini statistik o‘rganish yo‘nalishlarini dastlabki ko‘rib chiqish

Iqtisodiy salohiyatni o‘rganish yo‘nalishini tanlash

Tadqiqot natijalari:

Iqtisodiy salohiyatni statistik o‘rganish uchun ilmiy jihatdan asoslangan ekonometrik

yondashuvi.

Amaliy iqtisodiy tadqiqot vositalari

Tadqiqot natijalarini obyektiv iqtisodiy baholash yo‘nalishi

Kontsepsiya:

Mohiyat.

Mundarija.

Tasnif

Baholash:

Yondashuvlar.

Metodologiya

Shakllantirish:

Struktura.

Komponentlar

Prognozlash:

Qabul qilishlar.

Usullar.

Metodologiya

Tahlil qilish:

Ma’lumot.

Ko‘rsatkichlar.

Omillar.

O‘zaro

munosabatlar.

Usullar.

Metodologiya

Boshqa

ta’sir

etuvchi omillar


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

216

Iqtisodiy salohiyatining tuzilmasini bir-biri bilan birlashtirib, bir-

birining o‘rnini

egallaydigan tarkibiy qismlarining birligi bilan ifodalash mumkin va ular birlashtirilganda

mu

mkin bo‘lgan sinergetik ta’sirni hisobga olish kerak. Ushbu tarkibiy qismlarning mazmuni

va ahamiyati tekshiriladi.

Korxonaning murakkab iqtisodiy salohiyati turli xususiyatlarga ega

bo‘lgan ko‘plab

unsurlardan tashkil topgan murakkab tizim bo‘lib xizmat q

iladi. Kompleks iqtisodiy

salohiyatning asosiy funksional tarkibiy qismlari (asosiy bir biriga bog‘liqsalohiyat)

quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ishlab chiqarish

- texnologik, tashkiliy va boshqaruv, moliyaviy,

marketing va ekologik salohiyatlar. O‘z navba

tida ishlab chiqarish va texnologik salohiyat mulk,

mehnat, innovatsiya (ilmiy-texnik) salohiyatni, tashkiliy va iqtisodiy salohiyatini tashkiliy

salohiyatni, iqtisodiy salohiyatini, hisobdorlik salohiyatini shakllantiradi. Mazkur bloklar

korxonaning barcha asosiy strategik tarkibiy qismlarini qamrab oladi va ular belgilangan
maqsadlarga erishish imkonini beradi.

Ushbu muammo bo‘yicha iqtisodiy adabiyotlar tahlili korxonaning kompleks

iqtisodiy

salohiyatini shakllantirish uchun asos bo‘lgan asosiy xususiyat

larni tizimli va mazmun jihatdan

aniqlab berishi mumkin edi.

Korxonaning kompleks iqtisodiy salohiyatini shakllantirishga taklif qilingan yondashuv

asosida ushbu toifadagi tadqiqotlarni chegaralarini kengaytiradigan turli darajadagi

ko‘rsatkichlarni yarati

sh va ulardan foydalanish mumkin.

Shunday qilib, konseptual modellar ishlab chiqiladi va tashqi muhit ta’sirida

shakllanadigan korxonaning umumiy iqtisodiy salohiyatini baholash sintezi asosida aniqlangan

korxonaning birlashtirilgan iqtisodiy salohiyatining iyerarxik tuzilishi taqdim etiladi.
Korxonaning umumiy iqtisodiy salohiyatining markazida kompleks iqtisodiy salohiyati asosiy

o‘rinni egallab, shuning bilan birga korxonaning mahs

ulotlarga jalb qilish salohiyati hisobga

olinadi.

Ushbu yondashuv korxonan

ing kompleks iqtisodiy salohiyatini shakllantirishda o‘zining

ichki atrof-muhitning turli xil funksional zonalarida yuzaga keladigan barcha asosiy ichki

jarayonlarni qamrab olishga i

mkon beradi, korxonada tizimli kuzatuvni ta’minlaydi, uning

kuchli va zaif tomonlarini aniqlash imkonini beradi va shu asosda korxonaning iqtisodiy

salohiyatini statistik baholash metodologiyasi ishlab chiqiladi.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib aytganda,

“Sanoat iqtisodiy salohiyati” deb nomlangan kategoriyaga bizning

fikrimizcha, iqtisodiy salohiyatni belgilayotib, uning quyidagi asosiy tushunchalarini hisobga

olish va uni bog‘lash kerak: qobiliyati

- bir narsaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun

subyektiv sharoitlar bo‘lgan individual xususiyatlar; imkoniyati

- bu nimani amalga oshirish

uchun zarur bo‘lgan vosita; korxonada mavjud bo‘lgan mahsulotlarni, xizmatlarni, ishlarni

ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslar (me

hnat, moddiy, tabiiy, moliyaviy, axborot)

tizimi; ichki va tashqi muhitning o‘zaro ta’siri; nat

ijalar.

Iqtisodiy salohiyati bir biriga bog‘liq salohiyatlar tizimidan kelib chiqqanligi sababli uni

“korxona kompleks iqtisodiy salohiyati” deb atash mantiqan to‘g‘ri hisoblanadi. Biz so‘ngi

tuzilishni qo‘shimchalar bilan boyitdi va takomillashtirdi va un

ing barcha tarkibiy qismlarni

namoyish qilishga imkon beruvchi tarkibiy qismini taqdim etdik.

Sanoat iqtisodiy salohiyati - maqsadlar, xavflar va sinergiya tizimi tomonidan aniqlangan

resurslar, imkoniyatlar, qobiliyatlar hamda natijalarning ma’lum bir fun

ksiyasidir;

korxonaning kompleks iqtisodiy salohiyati - bu sinergiya tizimi tomonidan aniqlangan - alohida

salohiyatlar, maqsadlar, xavf-xatarlar va natijalar kichik tizimlarning funksiyalari majmuidir;
korxonaning kompleks iqtisodiy salohiyatini shakllantirishga taklif qilingan yondashuv asosida

ushbu toifadagi tadqiqotlarni chegaralarini kengaytiradigan turli darajadagi ko‘rsatkichlarni

yaratish va ulardan foydalanish mumkin.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

217

Adabiyotlar / Литература/ Reference:

Farmon (2017) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947

-sonli

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi

Farmoni. www.lex.uz.

Rakhimov A., Ravshanova M. and Alieva M. (2023) Econometric analysis of increasing

efficiency of industrial enterprises. E3S Web of Conferences 458, 04004 EMMFT-2023.

https://doi.org/10.1051/e3sconf/202345804004

.

Raximov A.N., Eshonqulov J.S. (2022) Саноат корхоналарида ишлаб чиқаришнинг

иқтисодий қувватини ошириш механизми.

Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 6-son.

https://doi.org/10.55439/ECED/vol23_iss6/a65

Архипов В.М.

(2009) Проектирование производственного потенциала

объединений

(теоретические аспекты)

- JL

: Изд. ЛГУ,

-

С.75

-89.

Богатая И.Н.

(2001) Стратегический учет собственности предприятия.

-

Ростовн/Д.: «Феникс»,

-

320 с.

Бухалков

М.И

.

(2000) Внутри фирменное планирование.

-

М.: ИНФРА

-

М,

-

392 с.

Виноградова

В.В., Иономаренко Т.В.

(2007) Оценка экономического потенциала

компании // Социально

-

экономические проблемы развития России и проблемы

глобализации: потенциал возможного.

-

СПб.: Изд

-

во Политех, ун

-

та,

-

С.

17-20

Ғуломов С.

(2000)

Макроиқтисодий статистика. Дарслик. Академик С.Ғуломов

таҳрири остида. Тошкент.,”Дитаф”,

-

36 бет.

Морозова Л.Э.

(2009) Экспертные методы и технологии комплексной оценки

экономического и инновационного потенциала предприятий / Л.Э Морозова, О.А. Бортник,

И.С. Кравчук.

-

М.,

-

81 с.

Райзберг

Б.А.

(2008) Государственное управление экономическими и социальными

процессами.

-

М.: ИНФРА

-

М,

-

384 с.

Спирин

B.C. (

2004

)

Основные черты современных структурных изменений

производственного потенциала предприятия // Консультант директора.

-

№15.

-8

8с.

Цыбульская

Э.И., Сотник А.В. (2009) Теоретические основы экономического

потенциала предприятий /Под.ред.

http://archive.nbuv.gov.ua/portal/soc

_gum/bi/2009_3/58-61.pdf

.

Шмален Г.

(1996) Основы и проблемы экономики предприятия. // Ж.: Финансы и

статистика, С. 31.

Библиографические ссылки

Farmon (2017) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. www.lex.uz.

Rakhimov A., Ravshanova M. and Alieva M. (2023) Econometric analysis of increasing efficiency of industrial enterprises. E3S Web of Conferences 458, 04004 EMMFT-2023. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202345804004.

Raximov A.N., Eshonqulov J.S. (2022) Саноат корхоналарида ишлаб чиқаришнинг иқтисодий қувватини ошириш механизми. Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 6-son. https://doi.org/10.55439/ECED/vol23_iss6/a65

Архипов В.М. (2009) Проектирование производственного потенциала объединений (теоретические аспекты) - JL: Изд. ЛГУ, - С.75-89.

Богатая И.Н. (2001) Стратегический учет собственности предприятия. - Ростовн/Д.: «Феникс», - 320 с.

Бухалков М.И. (2000) Внутри фирменное планирование. - М.: ИНФРА-М, -392 с.

Виноградова В.В., Иономаренко Т.В. (2007) Оценка экономического потенциала компании // Социально-экономические проблемы развития России и проблемы глобализации: потенциал возможного. - СПб.: Изд-во Политех, ун-та, - С. 17-20

Ғуломов С. (2000) Макроиқтисодий статистика. Дарслик. Академик С.Ғуломов таҳрири остида. Тошкент.,”Дитаф”, -36 бет.

Морозова Л.Э. (2009) Экспертные методы и технологии комплексной оценки экономического и инновационного потенциала предприятий / Л.Э Морозова, О.А. Бортник, И.С. Кравчук. -М., - 81 с.

Райзберг Б.А. (2008) Государственное управление экономическими и социальными процессами. - М.: ИНФРА-М, - 384 с.

Спирин B.C. (2004) Основные черты современных структурных изменений производственного потенциала предприятия // Консультант директора. -№15.-88с.

Цыбульская Э.И., Сотник А.В. (2009) Теоретические основы экономического потенциала предприятий /Под.ред. http://archive.nbuv.gov.ua/portal/soc _gum/bi/2009_3/58-61.pdf.

Шмален Г. (1996) Основы и проблемы экономики предприятия. // Ж.: Финансы и статистика, С. 31.