Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
103
MINTAQA TABIIY XOM-ASHYO RESURSLARI - INVESTITSIYALARNI
JALB QILISH OMILI SIFATIDA
PhD
Norqobilov Nusratilla Norsaitovich
Termiz davlat universiteti
ORCID:
0009-0005-5032-
960С
Annotatsiya.
Maqolada O‘zbekiston respublikasining janubiy mintaqasi Qashqadaryo va
Surxondaryo viloyatlari tabiiy xom-ashyo resurslari-investitsiyalarni jalb qilish omili sifatida
o’rganilgan, investitsiyalarni jalb qilish, investitsi
ya imkoniyatlarini tahlil qilingan hamda tegishli
xulosalar keltirilgan. Mintaqalarda tabiiy, yer, suv, mehnat resurslardan samarali foydalanilgan
holda innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish, ixtisoslashgan tarmoqlarga investitsiyalarni
diversifikat
siyalash va uni oʼzaro kooperatsiy
a aloqalari asosida muvozanatli rivojlantirish
strategik rejalashtirishga moslashtirilgan yondashuvni taqozo etadi.
Oʻzbekistonga xos boʻlgan
nazariy asoslar, metodologik yondashuvlar va real amaliyotlarni tahlil qilib, ushbu maqola
mamlakat mintaqalarida
iqtisodiy oʻsishni va barqaror rivojlanishni ragʻbatlantirish uchun
strategik rejalashtirishdan qanday samarali foydalanish mumkinligi haqida tushuncha beradi.
Kalit so’zlar:
tabiiy xom-ashyo resursi, investitsiya qarori, investitsion siyosat, investitsiya
muhiti, infratuzilma holati, hududlarning investitsion reytingi, xorijiy investitsiyalar.
ПРИРОДНЫЕ РЕСУРСЫ РЕГИОНА
-
КАК ФАКТОР
ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНВЕСТИЦИЙ
PhD
Норкабилов Нусратилла Норсаитович
Термезский государственный университет
Аннотация:
В статье исследованы Кашкадарьинская и Сурхандарьинская области
южного региона Республики Узбекистан как фактор привлечения природно
-
сырьевых
инвестиций, проанализированы инвестиционная привлекательность, инвестиционные
возможности и представлены соответствующие выводы.
Организация инновационного
производства с эффективным использованием природных, земельных, водных и трудовых
ресурсов в регионах, диверсификация инвестиций в специализированные отрасли и
сбалансированное их развитие на основе взаимного сотрудничества требуют
адаптированного подхода к стратегическому планированию. Анализируя теоретические
основы, методологические подходы и реальную практику, характерную для Узбекистана,
данная статья дает представление о том, как стратегическое планирование может
эффективно использоваться для содействия экономическому росту и устойчивому
развитию в регионах страны.
Ключевые слова:
природно
-
сырьевые ресурсы, инвестиционные решения,
инвестиционная политика, состояние инфраструктуры, инвестиционной среды,
инвестиционный рейтинг регионов, иностранные инвестиции.
UO
‘
K: 544(075)
VI SON
—
IYUN, 2024
103-108
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
104
NATURAL RESOURCES OF THE REGION- AS A FACTOR OF
INVESTMENT ATTRACTION
PhD
Norkabilov Nusratilla Norsaitovich,
Termiz State University
Abstract.
In the article, the Kashkadarya and Surkhandarya regions of the southern region
of the Republic of Uzbekistan are studied as a factor of attraction of natural raw materials-
investments, investment attraction, investment opportunities are analyzed and relevant
conclusions are presented. Organization of innovative production with effective use of natural, land,
water, and labor resources in the regions, diversification of investments in specialized industries
and balanced development of it based on mutual cooperation requires an adapted approach to
strategic planning. Analyzing theoretical frameworks, methodological approaches and real
practices specific to Uzbekistan, this article provides insight into how strategic planning can be
effectively used to promote economic growth and sustainable development in the country's regions.
Key words:
natural raw materials resources, investment decisions, investment policy,
investment environment, infrastructure condition, investment rating of regions, foreign
investments.
Kirish.
Mintaqalar iqtisodiyotni rivojlantirish uchun investitsion siyosatni amalga oshirish
maqsadida har yili investitsion dastur qabul qilinadi. Ushbu dasturlarda tabiiy xom-ashyo
resurslari investitsiyalarni jalb qilish omili sifatida, ustuvor tarmoqlarga investitsiyalar kiritish,
korxonalarning investitsion faoliyatini jadallashtirish, modernizatsiya qilish hamda texnologik
jihatdan qayta qurollantirish boʼyicha xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ulardan samarali
foydalanish, ya
ngi ish oʼrinlarini yaratish va shu asosida resp
ublika iqtisodiyotini barqaror
rivojlantirishni
taʼminlashga qaratiladi.
Mintaqada investitsiyalar samaradorligini oshirish uchun investitsiya qarorlarini qabul
qilishning barcha bosqichlarida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, tanlab olish va amalga
oshirishning muntazam, tugal bir tizimini shakllantirishga to’g’ri keladi. Bunda amalda sinalgan
tajribalarga tayanib, investitsiya loyihalarini baholash va tahlil qilish jahon mamlakatlarida
qabul qilingan standart uslubga asoslanishi maqsadga muvofiq b
o’ladi.
Adabiyotlar sharhi.
Mintaqalar tabiiy xom-ashyo resurslaridan
samarali foydalanish barqaror o’sishini
ta’minlashda ichki va tashqi investitsiyalardan samarali foydalanish mezonlari va ularni
hisoblash bo’yicha bir qancha olimlar tomonidan ilmiy
izlanishlar olib borilgan. Xususan,
professor Karimovning (2010) mamlakatlar hududida yangi korxona yaratish, mavjud
korxonalarni zamonaviylashtirish, eng yangi texnika va texnologiyalarni o'zlashtirish yuzasidan
olib borgan tadqiqotlarida, Mustafaqulovning (2017) ilmiy ishlarida mintaqalardagi tabiiy
resurslar zahirasi, investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar, infratuzilma holati, hududlarning
asosiy salohiyati investitsiyalar hajmi yuzasidan taklif va tavsiyalarini ta’kidlash mumkin.
Shuningdek, tadqiqotchi Valiev (2021)
tomonidan O’zbekistonda hududlar iqtisodiyotini
barqaror rivojlantirishda investitsiya salohiyatini oshirish mexanizmi, Maxmudov (2022)
mintaqa iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlar samaradorligini oshirish investitsiyalar va ulardan
samarali foydalanish mezonlari va ularni hisoblash usullari masalalari tadqiq etilganligini
keltirish mumkin.
Biroq mintaqa iqtisodiyotiga investistsiyalarni jalb qilish tabiiy xom-ashyo resurslari
investitsiyalaridan samarali foydalanish borasidagi ilg’or xori
j tajribalaridan ijodiy foydalanish
imkoniyatlari bilan bog’liq masalalar alohida mustaqil ilmiy tadqiqot ob’ekti sifatida
o’rganilmagan. Ushbu ilmiy muammoni iqtisodiy adabiyotlarda etarli darajada
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
105
aniqlashtirilmaganligi va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligi mazkur maqolaning mavzusini
tanlashga asos bo’ldi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot ishini bajarishda kuzatish, maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, qiyosiy tahlil,
tizimli tahlil, statistik guruhlash, sintez, induktsiya va deduktsiya usullari, mahalliy va xorijiy
olimlarning sugʻurta faoliyatidagi iqtisodiy qarashla
ri, sohadagi muammolar va ularning
yechimlari boʻyicha izlanishlari hamda sohaga doir qonuniy va meʼyoriy
-huquqiy hujjatlar
oʻrganilib, xulosa va takliflar ishlab chiqildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
2023 yilda mintaqada O‘zbekiston yalpi ichki mahsu
lotining 10,6 foizi, shuningdek, qishloq
o‘rmon va baliqchilik xo‘jalik mahsulotining16,8 foizi, sanoat mahsulotining 5,6 foizi, elektr
-
energiyaning 14,7 foizi, oziq-
ovqat mahsulotlarining 8,6 foizi, to‘qimachilik mahsulotlarining va
12,6 foizi, kimyo mahsulotlarining 13,5 foizi ishlab chiqarilgan
37
.
Bundan tashqari, mamlakatda ishlab chiqarilgan iste’mol mollarining 4,8 foizi,
xizmatlarning 8,3 foizini, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 11,2 foizi, aholi jon
boshiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar chaka
na savdo tovar aylanma hajmining 12,5 foizi hamda
respublika tashqi savdo aylanmasining 4,3 foizi mazkur mintaqa hissasiga to‘g‘ri keldi.
Mintaqa iqtisodiyoti hozirgi vaqtda mintaqa yuksak iqtisodiy salohiyatga molik bo‘lgan
mintaqalardan biri hisoblanadi. Mintaqadagi mavjud tabiiy-iqtisodiy salohiyat quyidagicha
ifodalanadi .
Tabiiy sharoit va tabiiy resurslarga baho berishda xususan ularning mavjudligi, miqdori,
balki bu boylikning turi hududiy joylashuvi va majmualariga katta ahamiyat qaratish kerak
(1-jadaval).
1-jadaval
Janubiy mintaqaning tabiiy sharoit va tabiiy resurslarga iqtisodiy
geografik baho berish shkalasi
Tabiiy
geogafik
komponentlar
Ijtimoiy-iqtisodiy sohalar
Relef
Qishloq
xo’jaligi
Sanoat
Transport
Aholi
joylashuvi
Rekreatisiyalar
va turizm
Mineral xom
ashyo
resurslari
+
+
+
-
+
Yer resurslari
+
++
_
_
+
Suv resurslari
+
+
+
+
+
Mehnat
resurslari
++
+
+
+
+
Iqlim
++
+
+
+
+
O’simlik
duniyosi
+
_
_
_
+
Hayvonot
dunyosi
+
_
_
_
+
Izoh:
++ ta’siri kuchli , + ta’siri bor,
-
ta’siri deyarli yo‘q.
1-
jadvaldagi ma’lumotlarga asoslanib janubiy mintaqaning mavjud tabiiy
-iqtisodiy
salohiyati xususiyatining quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
37
O’z.stat.uz. ma’lumotlari
asosida muallif ishlanmasi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
106
- mintaqadagi agroiqlim
resurs zaxiralari (quyoshli kunlar ko‘pligi, sovuq kunl
ar kamligi va
boshqa.) qishloq xo‘jalik ekinlari aylanmasida ertapishar, issiqsevar ekinlarni ko‘paytirish
hamda qish mavsumida issiqxona xo‘jaliklari xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi;
- agrar
sektor rivojlanishiga asos bo‘ladigan suv omborlari va
bo‘sh zaxira yerlarining
mavjudligi;
-
tabiiy gaz, toshko‘mir, neft va gaz kondensati zaxiralari ko‘pligi;
-
cho‘l yaylovlari, tog‘li va
tog‘ oldi hududlari mavjudligi, chorvachilikni rivojlantirishga
qulayligi;
- mintaqadagi qadimiy ziyoratgoh qadamjolar,
tarixiy obidalar va so‘lim tabiati turizm
sohasini rivojlantirishga imkon beradi.
Aholi o‘rtacha soni o‘sish ko‘rsatkichlari va mehnat resurslari taklifi ko‘pligi mintaqa
iqtisodiyotini rivojlantirishda yuqori salohiyatga egaligini anglatadi. Janubiy mintaqa tabiiy
resurslar bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan. Asosiy gaz konlari
-
Zevardi, Muborak, Sho‘rton,
Ko‘kdumaloq, Qo‘ltoq, Odamtosh, Uvada, Gʻuzor, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Boysun boshqalar
mavjud. Gaz tarkibida oltingugurt, gaz kondensati bor. Tabiiy gazning umumiy zahirasi uni chet
davlatlarga ham yetkazib berish imkonini beradi. Sho‘rtan gazi Sirdaryo GRES va Toshkent
shahrigacha olib borilgan. Muborak gaz koni O‘rta Osiyo –
Ural va O‘rta Osiyo –
Markaz magistral
gaz quvurlariga ulangan. Boysun va
Sariosiyo tog‘laridan yuqori sifatli toshko‘mir qazib olinadi.
Toshko‘mirning Sharg‘un va Boysun konlari mavjud. Neft (gaz kondensati) konlaridan
Ko‘kayti, Xavdak, Qo‘shquduq va ayniqsa, yirik Ko‘kdumaloq konla
ri mavjud.
Kimyo sanoatining xom ashyosi hisoblanmish kaliy tuz konlari (yirik konlari Tubakat,
Oqbosh) va osh tuzi (yirik koni Boybichakon, Xo‘jaikon) mavjud. Bundan tashqari qurilish
materiallari syement xom ashyosi, gips, qoplamalari qumlar, bentonit tuproqlari, granit, dolomit
keramzit konlari aniqlangan. Umuman olganda mintaqada 118 ta foydali qazilma konlari va
mineral xomashyo zaxiralari mavjud. Jumladan, hozirgi kunda aniqlangan gaz zaxiralari -1452
mlrd. m
3
ni, neft- 85,8 mln. tonna, kondensat 62,0
mln. tonna, ko‘mir
-115,2 mln. tonna, tosh
tuzlari 20361,0 mln. tonna, kaliy tuzlari- 798,7 mln. tonna, syement xom ashyosi - 530,2
mln.tonna, qurilish materiallari -3958,0 mln. tonna, 69,4 mln.tonna metall konlari, 75 mln. tonna
gips, 41 mln. tonna oyna ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, 175 mln. tonna yoda -
brom, 6,5 mln. tonna ohak, 4975 ming ming. m
3
marmar, 1,2 mln. tonna marganes va boshqa
xomashyo zaxiralari aniqlangan.
Bundan tashqari, yuqorida ta’kidlanganidek, neft, osh va kaliy tuzi
, syement xom ashyosi,
marmar, noruda materiallar va boshqa resurslarning katta zaxiralari mavjud.
Janubiy mintaqa O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida qishloq xo‘jalik mahsulotlari hamda
yoqilg‘i resurslari bo‘yicha muhim o‘rinlarni egallaydi. Keyingi yillar
da mintaqada topilgan yangi
neft va gaz konlari mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishi uchun qulay imkoniyat yaratdi. Tabiiy gaz va
boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish sanoatning joylashuvini tubdan o‘zgartirdi. Masalan,
mintaqada yirik sanoat: yoqilg‘i
-ener
getika, kimyo, qurilish materiallari va to‘q
imachilik
materiallari sanoati vujudga keltirildi.
Mintaqa sanoati va uning tarmoqlari. Sanoatni maqsadga muvofiq joylashtirish
mintaqaning boy tabiiy resurslaridan
to‘la
foydalanishga imkon beradi. Jumladan,
Qashqadaryodagi kaliy tuzi konlari negizida kaliyli
o‘g‘itlar
ishlab chiqaradigan Tepachatan kaliy
zavodi
qurilishi mo‘ljallangan
.
Muborak gazni qayta ishlash majmuasi asosida esa kimyo sanoatining yangi tarmoqlarini
rivojlantirish
ko‘zda
tutilmoqda. Hozirgi kunda Muborak gazni qayta ishlash majmuasida kimyo
sanoati uchun asosiy xom ashyoga
bo‘lgan
sulfat kislotasi va qishloq
xo‘jalik
o‘simliklarini
kasallik va zararkunandalardan kimyoviy himoya
qilishda qo‘llaniladigan
oltin gugurt kukuni
ishlab chiqariladi.
Mintaqada mamlakatimiz tabiiy gaz qazib ol
ish salohitinining 85 foizi joylashgan bo‘lib,
tabiiy gaz qazib olishning o‘sishi 2021 yilgacha janubiy mintaqa yetakchilik qilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
107
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
30 dekabrdagi qaroriga asosan
“Tallimarjon IES”
AJda jami quvvati 900 MV t
ga teng bo‘lgan ikkita bug‘
-gaz turbina qurilmalarini
qurib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Yoqilg‘i
-energetika resurslari gaz, neft, suyuq gaz kondensat, etan va boshqa elementlari
mintaqa hududida Gʻuzor tumanida yirik “Sho‘rtangaz kimyo” majmuasining, “O‘zbekiston GTL”
zavodi, Sariosiyo tumanida “Sharg‘un ko‘mir” konining hamda Boysun tumanidagi
“Mustaqillikning 25 yilligi” gaz ob’yekti, Sherobod tumanida “Abu Dhabi Future Energ
y Company
PJSC
–
Masdar” (BAA) kompaniyasi fotoelektr stansiya
sini, Angor tumanida Niderlandiyaning
“Stone City Energy” kompaniyasi bilan quvvati 1560 MV bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasining
ishga tushirilishiga olib keldi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida neft zahiralari hajmi 82,8 mln.t.ni tashkil etishi
aniqlangan
38
.
Ushbu hududa qazib olingan neft Qorovulbozor va Jarqo‘rg‘on neftni qayta ishlash
zavodlarida qayta ishlanadi.
Janubiy mintaqa xomashyo zahiralarini uch guruhga: tog
‘
-kimyo, qurilish materiallari va
tog‘ rudalariga ajratish mumkin.
Marganes va yarim metall rudalar foydali qazilma koni kaliyli
o‘g‘itlar ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladi va u mamlakatimizdagi yagona kon bo‘lib,
uning aniqlangan zaxiralari 795,6 mln.tonnadan iborat.
Syement xomashyosi, ohak, marmar,
gips, noruda materiallar
–
shag‘al, qumlar zaxirasi ikkala viloyatning ehtiyojini to‘liq qoplay oladi.
Ko‘pgina tadqiqotlardan farqli ravishda biz tabiiy
-
iqtisodiy salohiyatini qishloq ma’muriy
tumanla
ri darajasida o‘rganishga harakat qildik. Bu esa aniq tumanlar kesimida korxon
larni
joylashtirishni ijobiy va miqdoriy natijalarini aniqlashga imkon beradi. Mintaqaning barcha 27
tumanida mineral xomashyo resurslari mavjud bo‘lsada, Dehqonobod, Mirishkor,
Kitob va
Gʻuzor, Boysun, Sherobod, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo tumanla
ri yuqori salohiyatga ega.
Janubiy mintaqaning tashqi savdo aylanmasi 2023 yilda 1104,9 mln. Bunda 661,9 mln.
dollar eksport, 559,1 mln. dollar import mahsulotlaridir. Iqtisodiyotning xom ashyo tayyorlash
bo‘yicha ixtisoslashuvi uning salohiyatiga nisbatan eksportning katta bo‘lishiga olib keldi.
Mintaqaning umumiy yer maydoni 4866,7 ming gektar respublikaga nisbatan 11,2 foizni,
sug‘oriladigan yerlar 841,5 ming gektarni 19,4 foizni, qishloq xo‘jaligi yerlari 3370,8 ming
gektarni respublikaga nisbatan 13,2 foizni tashkil etadi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida iqtisodiy faol aholi soni 2 million 400 ming
kishidan ortiqni tashkil etib, respublikaga nisbatan 17,3 foizni tashkil etadi
39
.
Iqtisodiyotda band aholi soni 1381,6 ming nafar, mehnatga layoqatli aholi bilan mehnatga
layoqatsiz aholi nisbati ancha farqlanadi. 2023 yilda iqtisodiy faol aholining 0,3 foizi (9,2 ming
kishi) ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan. Minta
qadagi ishsizlar soni unchalik aniq emas.
Chunki, yuqorida qayd etilgan ishsiz
lar soni faqat mehnat birjalariga ish so‘rab muro
jaat
etganlardir. Shu bilan birga shahar joylardagi ish qidiruvchilarning ko‘pchilligi ham mehnat
birjalariga murojaat qilinishni lozim topmaydilar. Buning sabablaridan biri mehnat birjalari
yaxshi takomillashmaganligidir.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda,
oʼtkazilgan tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, mintaqalar
iqtisodiyotining rivojlantirishda va uning raqobatbardoshligin
i taʼminlashda qulay
investitsiyalash sharoitiga ega. Biroq bu imkoniyatlar mintaqaning sanoqli hududlarida
joylashgan. Shu sababdan iqtisodiyotni yuksalatirish va uning hududiy muvozanatligini
taʼminlashda mintaqaning oʼziga xos tabiiy xom
-ashyo resurslari salohiyati hamda imkoniyatlari
hisobga olgan holda investitsiyalarni keng ja
lb etish taqozo etiladi. Bu oʼrinda ha
r bir hudud
iqtisodiyotni ixtisoslashtirish va uni rivojlantirida ularga xos boʼlgan strategik yoʼnalishlarning
ishlab chiqilganligi taʼkidlab oʼtish lozim. Shu bilan birga, mintaqalar iqtisodiyotiga toʼgʼridan–
38
Qashqadaryo viloyat hokimligi yoqilg
’
i-energetika resurslaridan foydalanish markazi ma
’
lumotlari
39
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma
’
lumotlari asosida tuzilgan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
108
toʼgʼri
xorijiy investitsiyalarni jalb etish
yoʼnalishlarini aniqlab olish uchun tarmoqlar hududlar
xususiyatidan hisobga olgan holda klasterlarini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.
Binobarin, mintaqalarda (tabiiy, yer, suv, mehnat) resurslardan samarali foydalanilgan
holda innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish, ixtisoslashgan tarmoqlarga investitsiyalarni
diversifikatsiyalash va uni oʼzaro kooperatsiya aloqalari asosida muvoza
natli rivojlantirish
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasid
an ham maʼlumki, xorijiy
investitsiyalar xalqaro iqtisodiy munosabatlarga integratsiyalashuv va jahon bozoriga chiqishga
imkon beradi.
Adab
iyotlar/ Литература/ Reference:
Karimov N.G’. (2010) Iqtisodiy integratsiyalas
huv sharoitida investitsiya faoliyatini
moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini joriy etish masalalari: monografiya.
–
T.: Fan va
texnologiya, 240 b.
Maxmudov S.Sh. (2022) Minta
qa iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlar samaradorligini oshirish
(Qashqadaryo viloyati misolida) Iqtisodiy fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
avtoreferati.
Mustafaqulov Sh. I. (2017) “O’zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini osh
irishning
ilmiy-
uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik di
ssertatsiya ishi avtorefarat.
Toshkent.
Valiev B.B. (2021) O'zbekistonda hududlar iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda
investitsiya salohiyatini oshirish mexanizmi” Iqtisodiy
fanlari doktori (Doktor of science)
dissertatsiyasi avtoreferati.
Vaxobov A.V., Xajibakiev Sh.X. (2010) Xorijiy investitsiyalar
–
T.
”Moliya” 156
-bet.
