Авторы

  • Джамшид Пардаев
    Ташкентский государственный экономический университет

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.48545

Ключевые слова:

налоговые доходы анализ риски эффективность цифровая платформа методы и инструменты передовые информационно-коммуникационные технологии оптимизация налоговые льготы налоговая ставка

Аннотация

В данной статье рассмотрены научно-теоретические вопросы
налогообложения предприятий сферы услуг в Узбекистане, развития сферы услуг на основе специальных подходов, обеспечения субъектов хозяйствования финансовыми ресурсами и инфраструктурой, а также введения благоприятного налогового режима для ими определены как текущие проблемы современности, требующие применения льготных
налоговых режимов к обслуживающим предприятиям и осуществления научноисследовательской деятельности, направленной на достижение ее эффективности. При этом необходимо вывести обслуживание субъектов предпринимательства на новый уровень, еще больше повысить налоговую грамотность населения в администрировании, поддержать предпринимательство, создать равную конкурентную среду и
гарантировать права потребителей. подчеркивается необходимость сдерживания скрытой экономики совершенствования управления на основе поощрения активного участия. Одновременно изучались отрасли, формировались зарубежный опыт, научнопрактические выводы и предложения по его применению в нашей стране.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

134


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARINI SOLIQQA

TORTISHNING ILMIY-NAZARIY MASALALARI

PhD

Pardayev Jamshid Muzaffarovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Annotatsiya.

Mazkur maqolada

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish korxonalarini soliqqa

tortishning ilmiy-nazariy masalalari, alohida yondashuvlar asosida xizmatlar sohasini
rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy re

surslar va infratuzilma bilan ta’minlash

hamda ularga qulay s

oliq rejimini joriy etish” bugungi kundagi dolzarb masalalar sifatida belgilab

olinganki, bu esa xizmat ko‘rsatish korxonalariga qulay soliq rejimlarini qo‘llash va uning

natijadorligiga erishis

hga yo‘naltirilgan ilmiy

-tadqiqot ishlarini amalga oshirishni taqozo etadi.

Shu bilan birgalikda tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga chiqarish,

aholining soliq ma’murchiligi bo‘yicha savodxonligini yanada osh

irish, tadbirkorlikni

qo‘llab

-

quvvatlash, teng raqobat sharoitini yaratish va iste

’molchilarning huquqlarini kafolatlash hamda

yashirin iqtisodiyotni jilovlashda keng jamoatchilikning faol ishtirokini rag‘batlantirishga

asoslangan ma’murchilikni takomillas

htirish yoritilgan. S

hu bilan birga, sohalar o‘rganilib, xorij

tajribasi, mamlakat

imizda uni qo‘llash bo‘yicha ilmiy

-amaliy xulosa va takliflar shakllantirilgan.

Kalit so‘zlar

:

soliq tushumlari, tahlika-tahlil, xavflar, samaradorlik, raqamli platforma,

usullar va vositalar, il

g‘or axborot

- kommunikasiya texnologiyalari, tahlil, optimallashtirish, soliq

imtiyozlari, soliq stavkasi.

НАУЧНО

-

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ НАЛОГООБЛОЖЕНИЯ ПРЕДПРИЯТИЙ СФЕРЫ

УСЛУГ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

PhD

Пардаев Джамшид Музаффарович

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация

.

В данной статье рассмотрены научно

-

теоретические вопросы

налогообложения предприятий сферы услуг в Узбекистане, развития сферы услуг на

основе специальных подходов, обеспечения субъектов хозяйствования финансовыми

ресурсами и инфраструктурой, а также введения благоприятного налогового режима для

ими определены как текущие проблемы современности, требующие применения льготных

налоговых режимов к обслуживающим предприятиям и осуществления научно

-

исследовательской деятельности, направленной на достижение ее эффективности. При

этом необходимо вывести обслуживание субъектов

предпринимательства на новый

уровень, еще больше повысить налоговую грамотность населения в администрировании,

поддержать предпринимательство, создать равную конкурентную среду и
гарантировать права потребителей. подчеркивается необходимость сдерживания

скрытой экономики совершенствования управления на основе поощрения активного

участия. Одновременно изучались отрасли, формировались зарубежный опыт, научно

-

практические выводы и предложения по его применению в нашей стране.

Ключевые слова:

налоговые доходы,

анализ, риски, эффективность, цифровая

платформа, методы и инструменты, передовые информационно

-

коммуникационные

технологии, анализ, оптимизация, налоговые льготы, налоговая ставка.

UO

K: 336.011

VI SON

IYUN, 2024

134-141


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

135

SCIENTIFIC AND THEORETICAL ISSUES OF TAXATION OF SERVICE

ENTERPRISES IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

PhD

Pardayev Jamshid Muzaffarovich

Tashkent State University of Economics

Abstract.

In this article, the scientific-theoretical issues of taxation of service enterprises in

Uzbekistan, the development of the service sector based on special approaches, the provision of

business entities with financial resources and infrastructure, and the introduction of a favorable tax
regime for them are defined as the current issues of today. received, which requires the application

of favorable tax regimes to service enterprises and the implementation of research and development

activities aimed at achieving its effectiveness. At the same time, it is necessary to take the service to
business entities to a new level, to further increase the tax administration literacy of the population,
to support entrepreneurship, to create an equal competitive environment and to guarantee the

rights of consumers, and to curb the hidden economy. improvement of administration based on

encouraging active participation is highlighted. At the same time, the fields were studied, foreign

experience, scientific-practical conclusions and proposals were formed on its application in our
country.

Key words:

tax revenues, analysis, risks, efficiency, digital platform, methods and tools,

advanced information and communication technologies, analysis, optimization, tax benefits, tax

rate.

Kirish.

Dunyo amaliyotida uchinchi sektor sifatida qarab kelingan xizmat ko‘rsatish sohasini

rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatning natijasida bugungi kunda rivojlangan

davlatlarda xizmatlar sohasi butun jahon hamjamiyatining iqtisodiy o‘sishini ta’minl

ashning

ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurdi. Jahon iqtisodiyotida birlamchi va ikkilamchi tarmoqlar

ulushi kamayib borayotgan bir

paytda, xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi ortib bormoqda.

Jahon yalpi mahsuloti tarkibida 2020-

yilda xizmat ko‘rsatish soha

sining ulushi 68 foizni,

rivojlangan mamlakatlarda 75-78 foizni, rivojlanayotgan mamlakatlarda 50 foizni tashkil etdi.

Adabiyotlar sharhi.

Xizmat ko‘rsatish korxonalarining ijtimoiy

-iqtisodiy mohiyati va soliqlarni

optimallashtirish yo‘llari

mavzusiga oid qisqacha adabiyotlar sharhini keltiramiz.

Kotlerning (2006) fikricha, xizmat

bu bir tomon boshqasiga taklif qilishi mumkin bo‘

lgan

har qanday faoliyatdir.

Kotler (1993) fikricha, xizmatlar deganda, yirik xilma-xillikdagi faoliyat turlari va tijorat

mashg‘ulotlarini ta’riflab, ular “bir taraf ikkinchi tarafga taklif qilishi mumkin va asosan ularni

his qilib bo‘lmaydi hamda biror

-b

ir narsaga egalik qilishga olib kelmaydi. Xizmatlarni ko‘rsatish

moddiy ko‘rinishdagi tovar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin yoki aksincha bog‘liq bo‘lmasligi ham

mumkin deydi.

Tuxliyev (2010)

“Xizmatlar –

bu ko‘zga ko‘rinmas tovarning o‘ziga xos turidir” ko‘

rsatib

o‘tgan edi.

Xizmat

qandaydir iqtisodiy birlikka tegishli bo‘lgan shaxs yoki tovar holatining boshqa

iqtisodiy birlik tomonidan oldindan birinchi birlikning roziligi bilan sodir etiladigan faoliyati

natijasidagi o‘zgarishidir (Рутгайзер? 1990

).

Ochilovni (2008)

fikricha, Xizmat deyilganda, insonning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning,

davlatning va jamiyatni

ng ma’lum bir ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan, kishilarning naf

keltiradigan xizmat jarayoni bilan bog‘liq ongli fao

liyati tushuniladi.

Mustafoyevning (2020) fikricha, xizmat -

bu ma’lum tomon tarafidan yo‘naltirilgan, o‘z

qiymatiga ega bo‘lgan nomoddiy ko‘rinishdagi harakat yoki mehnat mahsuli tushuniladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

136

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Xizmat ko‘rsatish sohasi har qaysi milliy iqtisodiyotda muhim bo‘g‘in sifatida amal qiladi.

Bu faoliyat bilan ma’lum turdagi va xizmat ko‘rsatishning xususiyatlariga asoslangan korxona va

tashkilotlar shug‘ullanadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib

borayotgan korxonalar

amaldag

i qonunchilikka ko‘ra, o‘zlariga yuklatilgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni amalga

oshiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

(2023) 20 va 85-moddalariga

ko‘ra, “soliq kodeksiga muvofiq,

zimmasiga belg

ilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash

majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi, soliq

to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklatilgan soliqlarni va
yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lash majburiyati ularning soliq

majburiyatidir”. Xizmat ko‘rsatish korxonalari ham Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga

ko‘ra, faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib soliqlarni to‘laydi. Xizmat ko‘rsatish korxona

larini

soliqqa tortishning naz

ariy masalalarini ko‘rib chiqish uchun fikrimizcha, ularni soliqqa

tortishda qanday yondoshuvlar bo‘lganligini ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi, bunda ularning

tarkibini ko‘rish katta ahamiyatga egadir. Shu jihatdan olganda xizmat

ko‘rsatish korxonalari

ko‘lam

iyligi jihatdan qanday tarkibga egaligini aniqlab, soliqqa tortishning nazariy asoslarini

ko‘rish maqsadga muvofiqdir, shu ma’noda quyidagi jadvalni keltirib o‘tamiz.

1-jadval

O‘zbekistonda xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan

korxona va tashkilotlar tarkibi

56

(1 yanvar holatiga ko‘ra)

Yillar

Xizmat ko‘rsatish korxonalari, jumladan:

Kichik tadbirkorlik sub’ektlari

Yirik korxonalar

1.

2019

153767

59308

2.

2020

199929

62050

3.

2021

247043

62344

4.

2022

283214

64367

5.

2023

325809

66978

Keltirilgan 1-

jadval ma’lumotlari respubli

kamizda 2023-yilning 1 yanvar holatiga xizmat

ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonining (523 556 birlik) 325 809 birligi kichik

tadbirkorlik sub’ektlari sanaladi, bu esa, xizmatlar sohasiga oid faoliyat ko‘rsatayotgan korxona

va tashkilotlarni

ng umumiy sonidagi ulushi 82,9 % ni tashkil etdi. Xizmat ko‘rsatish faoliyati

bilan shug‘ullanuvchi yirik tashkilotlarning ulushi 17,1 % ni (66 978 birlik) tashkil etadi. Agar,

buni 2019-yilga nisbatan dinamik jiha

tdan tahlil qiladigan bo‘lsak 2019

-yil 1-yanvar holatiga

ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari soni 153767

birlikni yoki ularning umumiy sonining 72,2 % ini tashkil etgan.

O‘tgan yilning

mos davriga

nisbatan ular

ning o‘sish sur’ati 112,4 % ni tashkil etg

an.

Ushbu tahlil natijalari xizmat ko‘rsatish

korxonalarini soliqqa tortishning nazariy asoslaridan ikkita muhim jihatga e’tibor qaratilishini

taqozo etadi. Birinchisi bu bu turdagi korxonalarni yagona soliqqa tortish (soddalashtirilgan

tartib) va umumiy t

artibdagi (yirik soliq to‘lovchiga ega xizmat ko‘rsatish korxonalariga

nisbatan) soliqqa tortish mexanizmlari qo‘llanilib kelinganligini ko‘rsatadi, shu jihatdan olganda

xizmat ko‘rsatish korxonalariga nisbatan qo‘

llanilib kelinayotgan yagona soliqqa tortishning

ilmiy asoslarini ko‘rib chiqishni lozim deb hisobladik.

Soliqqa oid nazariyalarning rivojlanishida soliqlarning adolatlilik tamoyilining o‘rnatilishi

bilan bog‘liq masalalarning muhokama qilinishi soliqqa to

rtishning muqobil variantlarini yuzaga

kel

tira boshladi. Qanday tartibda soliqqa tortish soliqlarning adolatlilik tamoyilini o‘zida aks

ettirishi haqidagi bahslar yagona soliqqa tortish nazariyasining vujudga kelishiga asos bo‘ldi.

Yagona soliq qatortish n

azariyasi tarafdorlarining fikriga ko‘ra b

unday tartibda soliqqa tortish

56

Ўзбекистон Республикаси

Статистика агентлиги маълумотлари асосида муаллиф томонидан тузилган.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

137

barcha soliqlarni bitta manbaga qaratadi, uni undirishning qulayligi davlatning soliqlarni

to‘plashdagi xarajatlarini kamaytiradi(chunki, tarixiy taraqqiyotning aksariyat davrlarida

s

oliqlarni undirish bilan bog‘liq davlatning katta apparati shug‘ullanishgan, ba’zi vaqtlarda

ularga qilingan xarajatlar undirilgan soliqlardan oshib ketgan), soliq to‘lovchi esa bitta soliq

to‘laganligi sababli davlatning soliq siyosatidan norozi bo‘lmaydi

degan g‘oyalar o‘rta asrlarda,

keyinchalik esa XVIII

asrlarga kelib oxirida bunday ta’limotlar kuchaya boshladi. Yagona soliqqa

tortish amaliyoti aslida dastlab Fransiyada fransuz yozuvchisi va davlat arbobi Sabasten De

Vobanning taklifiga ko‘ra amaldagi soliqlarning o‘rniga yerlardan va sanoatd

an olinadigan

daromadlardan 5 foizdan 10 foizgacha miqdorda yagona soliq undirish joriy qilingan

(Кулишер,

1919). Ammo, Fransiyada va boshqa Yevropa davlatlarida sanoatning rivojlanishi soliqqa

tortishning umumiy tartiblarini rivojlantirishni taqozo qildi. Fransiyada yuzaga kelgan

fiziokratlar tomonidan ilgari surilgan yagona yer rentasi sifatidagi soliqqa tortish nazariyasining

rivojlanishida ularning qishloq xo‘jaligi milliy daromadni yaratuvchi asosiy manbai sifatidagi

qarashlaridan kelib chiqadi. Ularning namoyan

dalaridan bo‘lgan F.Kene yerning unumdorligi va

uning kadastr xususiyatidan kelib chiqib, yerdan olinadigan daromadning 2/7 qismi sifatida

undirilish lozim deb hisoblagan.

XIX asrda Amerika yozuvchisi va iqtisodchisi Genri Djordj yerlar mehnat bilan

yaratilmagan, undan keladigan daromad davlatning asosiy daromadi hisoblanib barcha soliqlar

yerdan keladigan daromadga bog‘liq bo‘ladi, shu boisdan ham hamma soliqlarni bekor qilib

yagona soliq undirish lozim degan g‘oyani ilgari surgan. Iqtisodchi K

.Marks esa

o‘zining 1848

-

yilda yozgan "Kommunizm manifesti"da kapitalizmning soliq tizimini tanqid qilib, yagona

progressiv daromad solig‘ini undirish lozimligi ilgari surgan. Uning fikricha daromaddan yagona
soliqni undirish kapital va kapitalizmni yo‘q q

ilish quroli sifatida baholab, yagona soliqqa

tortishning siyosiy jihatlarini ko‘rsatib bergan.

XIX asrning 50-yillarida Fransuz iqtisodchilari E. Jirarden va E.Menelar kapitalga nisbatan

yagona soliqqa tortish nazariyasini ilgari surgan. Ular o‘z nazariy

alarini barcha daromadlarning

manbasi va ularning qayta aylanishi bu kapital bo‘lib, kapitalning shakli ko‘pligi va uning

harakati yuqori bo‘lganligi tufayli kapitaldan 1

-2 foiz soliq undirish davlat xarajatlarini

qoplashga yetadi degan g‘oya bilan asoslay

di. Ayrim i

qtisodchilar, jumladan P. Prudon o‘z

tadqiqotlarida yagona soliqqa tortish tartibi boshqa barcha soliqlarning xususiyatlarini o‘zida
aks ettira olmaydi, yuqori daromad oluvchilar bilan kam daromadga ega bo‘lganlarni soliqqa

tortishda yagona soliqqa tortish adolatli tarzda soliqqa torta olmaydi. Yagona soliq tortishda egri

va to‘g‘ri soliqlar uyg‘unlashib ketadi, ammo, egri soliqlar bilan to‘g‘ri soliqlarni bitta tizimida

umumlashtirish soliqlarning adolatlilik tamoyilini aniqlash imkoni mavjud emas deb hisoblaydi.

Italiyalik olim F.Nitti esa yagona soliq tortish o‘zida soliqlarning tenglik va umumiylik

tamoyillarini aks ettira olmaydi va shu jihatdan uni istisno holatlarda qo‘llash lozim deb

hisoblagan. Kolumbiya universiteti(AQSh) professori E. S

eligman to‘g‘ri soliqlarni soliqqa tortish

mexanizmlarini tahlil qilib barcha to‘g‘ri soliqlarni bitta yagona soliq orqali undirishning

afzalliklarini isbotlab bergan bo‘lsa, o‘z navbatida Rossiyalik olim A.Isaev esa yagona daromad
solig‘i(tartibi)ni amali

yotda undir

ish imkoni yo‘qligini ko‘rsatib, daromadlar hajmi va ularning

manbalari turli tuman sharoitda bir xil tartibda soliqqa tortish o‘z mohiyatiga ega emas deb

hisoblagan. A.Isaev yagona soliqqa tortish tartibini asosan yer, uchastkalari, uylar va

hunarmandchilik sohasini soliqqa tortishda samara berish mumkinligini izohlagan. Yagona

soliqqa tortish nazariyasining ildizi asosan klassik iqtisodiyot namoyandalaridan bo‘lgan

U.Pettining qarashlariga borib taqaladi. U.Petti yagona tartibda soliq undirish soliqlarning

adolatlilik tamoyilini o‘zida aks ettiradi, soliq to‘lovchi qancha soliq to‘layotganligini emas, balki,

oz sonli soliq to‘lashini his qiladi, bu esa davlatga soliq undirishda qo‘l keladi. U. Petti o‘zining
1662 yilda yozgan "Soliqlar va yig‘im

lar haqida

traktatlar" nomli asarida yagona aksiz solig‘ini

joriy qilish nazariyasini ham keltiradi. U.Pettining fikricha aksiz bu iste’mol jarayonida

undirilishi bois, kim daromadga ega bo‘lsa, uning iste’moli ko‘p bo‘ladi, bu esa soliqlar boy

tabaqaning zimmasiga k

o‘proq tushishini bildiradi, shu boisdan ham barcha soliqlarni bitta


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

138

aksizda aks etttirish soliqqa tortishning samaradorligini beradi deb hisoblagan. U davlatning

soliqlarni undirish xarajatlarini yagona soliq o‘zida ifodalab, soliq og‘irligini

kamaytiradi degan

g‘oyani ilgari surgan. Ammo, U.Pettining bu qarashlari ko‘p tanqidga uchraganligi bois bu

g‘oyasini qattiq himoya qila olmagan. Shuningdek, yagona soliqqa tortishning afzalliklariga

bag‘ishlangan ilmiy nazariy qarashlar ingliz iqtisodchis

i va faylasufi J.Lokk (1632-1704), Rus

iqtisodchilar maktabining asoschilaridan biri I.T.Pososhkovlar (1652-1726) tomonidan amalga

oshirilgan bo‘lsa, nemis iqtisodchisi E.Pfeyffer esa yagona xarajatlar solig‘ining tarafdori sifatida,

davlat xarajatlari qan

cha ko‘p bo‘lsa, soliqlar ham shuncha ko‘p bo‘lishi lozim va shunga muvofiq

soliqlar xarajatlardan yagona tartibda undirilish g‘oyasini ilgari suradi.

XX asrda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozlari transmilliy kompaniyalar iqtisodiy

taraqqiyotda muhim ro

l o‘ynasada, ammo iqtisodiyotning barcha qoidalariga to‘la javob bera

olmasligini ko‘rsatdi. Shu boisdan iqtisodiyotda muhim bo‘lgan tarmoq yoki faoliyat sohalarini

alohida davlat siyosati orqali rivojlantirish lozimligi kun tartibiga chiqa boshladi. Bu borada
qishlo

q xo‘jaligi, tadbirkorlikning kichik shakli, ya’ni kichik biznesni rivojlantirishda soliqlar

orqali rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqishga urg‘u berila boshlandi. O‘tgan asrning 70

-

yillaridan so‘ng bu jarayon kuchayib bordi, ayniqsa AQ

Shdagi 70-80-yillarda yuz bergan iqtisodiy

inqirozlar kichik biznes sub’ektlariga nisbatan soddalashtirilgan soliq tortish tartibini qo‘llashni

kuchaytira boshladi. Ayniqsa, bu "Reyganomika" deb nom olgan 80 yillardagi soliq iqtisodiy

islohotlar, jumladan, soliq islohotlari davrida yagona soliqqa tortish tizimini yanada

kuchaytirildi.

Respublikamizda ham iqtisodiy islohotlarning dastlabki davrlaridanoq, kichik biznes va

xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab

-quvvatlash borasida huquqiy

asoslar yaratila boshlandi, ularning moliya-

kredit mexanizmlari orqali qo‘llab

-quvvatlashning

muhim usullaridan biri sifatida soliqlar orqali rag‘batlantirish mexanizmlari yaratildi.

O‘zbekiston soliq tizimining oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri sifatid

a kichik biznesning

faoliyatini rag‘batlantirish vazifasi belgilandi. Respublikamizda soddalashtirilgan soliqqa tortish
tartibining joriy qilinishi va uning kichik biznes sub’ektlariga qo‘llash asosan O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 1996-yil 27-sentabrdagi "O

‘zbekiston

Respublikasining 1997-yilgi

Davlat budjeti munosabati bilan soliq islohotini chuqurlashtirishga oid chora-tadbirlar

to‘g‘risida"gi

PF-1565 sonli farmoniga muvofiq amalga oshirildi. Unga

ko‘ra

1997-yildan boshlab

amaldagi soliqlar

o‘rn

iga mahsulotni sotish (ishlar, xizmatlarni bajarish)dan tushgan

daromadning 25 foiziga qadar miqdordagi yagona soliqni joriy etish

yo‘li

bilan barcha mulkchilik

shaklidagi kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning tabaqalashtirilgan soddalashtirilgan

tizimi joriy qilindi.

Bu davrda soliq siyosatidagi eng muhim yo‘nalishlardan biri bu kichik biznes

sub’ektlariga nisbatan alohida tartibdagi rag‘batlantiruvchi soliqqa tortish tartiblarining

qo‘llanishi bo‘ldi.

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining

«Xususi

y tadbirkorlik va kichik biznesni

rivojlantirishni yanada

rag‘batlantirish

chora-tadbirlari

to‘g‘risida»

1998-yil 9-apreldagi PF

1987-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi Soliq solishning
soddalashtirilgan tizimiga

o‘tgan

kichik korxonalarga soliq solish tartibi

to‘g‘risida"gi

159-son

qarori

ga asosan kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini

qo‘llash

tartibi yalpi umumdavlat soliqlarini, shuningdek, davlat hokimiyati mahalliy organlari

tomonidan joriy etiladigan mahalliy soliqlar va

yig‘imlarni

to‘lash

o‘rniga

yagona soliq

to‘lashni

nazarda tutadi.

Xizmat ko‘rsatish korxo

nalarini soliqqa tortishning nazariy asoslarini tahlili shuni

ko‘rsatadiki, bu masala mamlakatlarning qonuniy talablariga tabiiy bo‘lib, ularning ishlash

shakli, tashkilot tuzilishi va hisobotlariga amalga oshirilib kelingan. Bular asosan xizmat

ko‘rsatish

uchun narxlarga ko‘rsatiladigan ko‘maklar va xizmatlarga soliqlar, xizmat ko‘rsatish

korxonalarining ishchilariga to‘lovlar, ularning pensiyalariga o‘tkaziladigan to‘lovlar, soliqlar va

to‘lovlarni monitoring qilish uchun hisobotlarni taqdim qilinishini s

oliq nazorati shaklida

muvofiqlashtirish, xizmat ko‘rsatish korxonalarining o‘ziga muhtoj moliyaviy vositalarga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

139

(masalan, kreditlarga) o‘tkazishlari uchun soliqlar va to‘lovlarni o‘tkazish tartiblarida rivojlanib

kelgan.

Xizmat ko‘rsatish korxonalarini soliqqa tortish ko‘plab omillarga bog‘liq holda

rivojlangan, masa

lan, xizmat ko‘rsatish turi, biznesning hajmi va mulki, mintaqaviy va milliy soliq

qonunlari va boshqalar.

Biroq, odatda xizmat ko‘rsatish korxonalariga nisbatan qo‘llaniladigan ba’zi soliqlar,

masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) dunyoning aksariyat

mamlakatlarida xizmatlar

ko‘rsatuvchi ko‘pchilik kompaniyalar uchun majburiy soliq hisoblanadi, bundan tashqari,

tadbirkorlik sub’ektlari o‘z hududida amaldagi muayyan shartlar va qoidalarga ko‘

ra daromad

solig‘i, mol

-

mulk solig‘i, yer solig‘i va boshqa soliqlarni to‘lashlari belgilab qo‘yilgan. Ayrim

mamlakatlarda tadqiqot va ishlanmalar, infratuzilma va texnologiya kabi turli xizmatlarga

sarmoya kiritadigan korxonalar uchun maxsus soliq imtiyozlari va imtiyozlar ham mavjud.

Bunday soliq imtiyozlari korxonaning umumiy soliq yukini kamaytirishi va uning moliyaviy
holatini yaxshilashi mumkin.

Soliqqa tortish mexanizmlari takomillashib borishi bilan, xizmat ko‘rsatish korxonalarini

soliqqa

tortish juda murakkablashib bordi, qator muammolar ham paydo bo‘la boshladi o‘z

o‘rnida soliq qonunchiligi ham takomillashib bordi. Shu sababli, soliq risklarini samarali

boshqarish va soliq imtiyozlarini maksimal darajada oshirish uchun tadbirkorlarga soliq

maslahatchilari institutlari ham shakllangan. Xizmat ko‘rsatuvchi ko

rxonalarning soliqqa

tortilishi ko‘pgina omillarga, jumladan, ular qaysi mamlakatda joylashganligiga, huquqiy

maqomiga, daromadiga va ular ko‘rsatadigan xizmat turiga bog‘liq holda rivo

jlanib kelmoqda.

Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni soliqqa tortish ko‘pl

ab omillarga, jumladan mulkchilik

shakliga, faoliyat turiga va hududiy qonunlarga bog‘liq. Umuman olganda, daromad solig‘i xizmat
ko‘rsatish sohasi korxonalari uchun soliq solishning asosiy manbai hisoblanadi. Ba’zi hollarda

xizmat ko‘rsatish korxonalari b

iznes hajmi, xodimlar soni va biznes turi kabi bir qator omillarga

qarab soliq imtiyozlari yoki imtiyozlarga ega bo‘lishi mumkin.

Xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun asosiy soliqlar: daromad solig‘i

-

xo‘jalik yurituvchi

sub’ektlardan ma’lum vaqt davomida

olingan foydadan kelib chiqib undiriladigan soliq. Daromad

solig‘i stavkasi korxonaning joylashgan joyi va hajmiga, shuningdek, soliq imtiyozlarining

mavjudligiga bog‘liq. QQS

- bu korxonalar tovarlar va xizmatlarni sotishda undiriladigan

qo‘shilgan qiymat

solig‘i sifatida soliq stavkasi korxonaning joylashgan joyi va hajmiga,

shuningdek, sotilgan mahsulot turiga ham bog‘liq. Mol

-

mulk solig‘i

- bu tadbirkorlik

sub’ektlaridan ularning mo

l-mulki, shu jumladan binolar, jihozlar, transport vositalari va boshqa

mol-

mulk qiymatidan kelib chiqqan holda undiriladigan soliq. Mulk solig‘i stavkasi mulkning

joylashgan joyi va qiymatiga bog‘liq. Yagona ijtimoiy soliq

-

bu tadbirkorlik sub’ektlaridan

ularning daromadlaridan kelib chiqqan holda undiriladigan soliq bo‘lib, daromad solig‘i, mol

-

mulk solig‘i va boshqalar kabi bir nechta soliqlarni almashtiradi. Yagona ijtimoiy soliq stavkasi

korxona xodimlarining ish haqiga va boshqa omillarga bog‘liq. O‘

zbekiston soliq tizimida bu soliq

yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asos

an ijtimoiy soliq sifatida qo‘llanilib kelinmoqda.

Xizmat ko‘rsatish korxonalarini soliqqa tortish borasidagi ilmiy tadqiqotlarni olib borgan

Linkova (2018) xizmat ko‘rsatish korxonalar faoliyatini rag‘batlantirishda soliq imtiyozlarini

qo‘llash mexanizml

arini tahlil qilgan, bu turdagi korxonalar faoliyatini davlat tomonidan

moliyaviy qo‘llab

-

quvvatlashning zamonaviy shakllarini tasniflab bergan, xizmat ko‘rsatish

sohasida tadbirkorlik

sub’ektlarini qo‘llab

-quvvatlash shakli sifatida investitsion soliq

im

tiyozlaridan samarali foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib bergan, xizmat ko‘rsatish korxonalaridan

mulk solig‘ini undirishda investitsiya jarayonlarini rag‘batlantirishning iqtisodiy model

ini

asoslab bergan, xizmat ko‘rsatish korxonalarida soliq majburiyatlar

ini bajarishi va soliq

to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurashishning moliyaviy usullarini ko‘rsatib bergan.

Xizmat ko‘rsatish korxonalariga oid ilmiy tadqiqotlardan yana biri Egorov

a (2000)

tomonidan bu kabi korxonalarda maishiy xizmat ko‘rsatish korxo

nalarida buxgalteriya hisobi va

tahlil bilan birgalikda soliqqa tortish masalalarini tadqiqiga qaratilgan ilmiy tadqiqotdir.

Tadqiqotchi o‘zining doktorlik dissertatsion tadqiqotida xizmat ko‘rsatish sohasida maishiy


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

140

xizmat ko‘rsatishning o‘rni va rolini aniqlash hamda maishiy xizmat ko‘rsatishga xos bo‘lgan

tashkiliy-

iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlarini aniqlagan, xizmat ko‘rsatish sohasidagi

iqtisodiy hodisa va jarayonlarni boshqarish mexanizmining mohiyatini oydinlashtirgan va uning

fundamental xus

usiyatlari va mohiyatini aniqlagan, maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini

rivojlantirish tendensiyalarini o‘rgangan, davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalarni
axborotlashtirishning me’

yoriy, uslubiy va amaliy darajasini tahlil qilib, ularning boshqaruv

ji

hatini baholab bergan, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarida buxgalteriya hisobini tashkil

qilish va amalga oshirishda soliq to‘lovlarini to‘g‘ri hisobga olish hamda uni yanada

takom

illashtirish yo‘nalishlarini ko‘rsatib bergan.

Maloletko (2013) tomonidan umumiy ovqatlanish korxonalarining soliqqa tortishga

bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar ham katta ilmiy ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotchi ilmiy

tadqiqot doirasida “Soliq to‘lovi monitoringi” tushunchasini ta’riflagan, umumiy ovqatlanish

korxonalarining tu

rar joy ob’ektlaridagi faoliyatining tashkiliy

-huquqiy jihatlarini tahlil qilgan,

umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan to‘lanadigan soliq tushumlarini ulushli monitoring

qilishning

asosiy ko‘rsatkichlarini umumlashtirigan uni to‘ldirgan va rasmiylasht

irish va

tizimlashtirish yo‘llarini ko‘rsatib bergan, bu yo‘nalishdagi muammolarni hal qilish bilan bog‘liq

ilmiy tavsiyalarni bergan. Mazkur tadqiqotchi umumiy ovqatlanish korxonalaridagi soliq

to‘lovlarini monitoring qilish mexanizmlarini tahlil qilish a

snosida ularning soliq

majburiyatlarini bajarish orqali ularni turli xil moliyaviy jarimalarga tortilishi oldini olishga

imkon beruvchi masalalarni ko‘rsatib berganligi bilan ham ahamiy

atlidir.

Xizmat ko‘rsatish korxonalarini soliqqa tortishda mehmonxona xo‘jaligini soliqqa tortish

muammolari va uning yechimlariga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar bu yo‘nalishda katta ahamiyatga
ega deb hisoblanadi. Bu yo‘nalishda ham bir qator ilmiy tadqiqotlar olib

borilgan. Bunda

Dishlevskiyning (2007) tadqiqotlarini alohida

ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ushbu tadqiqotchi

Rossiya misolida mehmonxona tuzilmalarini samarali soliq tizimini qo‘llash orqali bu turdagi

korxonalarni faoliyatini tartiblash yo‘llarini ko‘rsatib b

ergan. Tadqiqotlari doirasida

mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarni soliqlar orqali qo‘llab

-

quvvatlash, so‘ngra

samarali soliqqa tortish tizimini yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqqan, bu korxonalarni

soliqqa tortish amaliyotini tahlil q

ilgan, bu jarayondagi ayrim muammolarni ko‘rsatib bergan,

mehmonxona tipidagi korxonalar, shuningdek, hozirgi bozor sharoitida mehmonxona

tuzilmalariga soliq solishning ustuvor yo‘nalishlari va shartlarini belgilab bergan, mehmonxona

tipidagi korxonalarda mavjud buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish amaliyotini tanqidiy

baholagan, ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligini ko‘rsatib uni takomillashtirish yo‘llarini asoslab

bergan, mehmonxona tizimidagi korxonalarida buxgalteriya hisobi va soliq hisobi va
rejalas

htirish sohasidagi eng murakkab masalalarni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatib bergan. Bundan

tashqari mazkur tadqiqotda mehmonxona xo‘jaligi sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab

-

quvvatlashni rivojlantirish, iqtisodiy risklarni minimallashtirish va investitsiya jarayonlarini

kengaytirish zarurligini hisobga olgan hold

a, mehmonxona xo‘jaligini soliq jihatdan tartibga

solishni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Qayd etilgan ilmiy ishlarda kichik biznes sub’ektlari va tadbirkorlikning boshqa

y

o‘nalishdagi korxonalarni soliqqa tortish masalalarini ko‘rishda tadqiqot ob’ektlari sifatida

bevosita xizmat ko‘rsatish faoliyatini bilan shug‘ullanayotgan korxonalar ham olinganki, bunga

asoslangan holda ushbu ilmiy ishlarni xizmat ko‘rsatuvchi korxonala

rni soliqqa tortishga

daxldor tadqiqotlar sifatida qarash mumkin. Shu bilan birgalikda alohida qayd etish lozimki,

xizmat ko‘rsatish korxonalarini alohida bir tizim sifatida soliqqa tortish jarayonlarini

dissertatsion tadqiqot sifatida o‘rganilgan ilmiy ta

dqiqotlar deyarli amalga oshirilmagan.

Xulosa va takliflar.

Eksport tushumlarini xorijiy banklardagi hisoblari orqali amalga oshirish, shuningdek QQS

qaytarish bo‘yicha xorijiy banklarga kelib tushgan mablag‘larni ham hisoblash tizimi joriy etish.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar (jismoniy shaxslar)ga chet eldan investitsiya kiritish maqsadida


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

141

xorijiy valyutada yuborilgan mablag‘larni soliqdan ozod qilish bo‘yicha qonunchilikka
o‘zgartirish kiritish. Tekshiruvlar o‘tkazish bo‘yicha yilning ma’lum bir a

niq davrini belgilash va

bir xo‘jalik sub’ektini tekshirish davriyligini belgilash bo‘yicha yangi tizim ishlab chiqish.

Xo‘jalik

sub’ekti vakillari tomonidan to‘g‘ri va sifatli rejalashtirish va samaradorligini amalga oshirish

imkonini beradi.

Adabiyotlar/Literatura/Reference:

Kodeks (2023)

O‘zbekiston Respublikasining Sol

iq kodeksi

https://lex.uz/docs/4674902

Mustafoyev G‘olib Sultonmurodovich (2020) Xizmat ko‘rsatish va raqamli xizmatlar:

rivojlanish bosqichlari hamda ijtimoiy-

iqtisodiy ahamiyati. “Iqtisodiyot va innovatsion

tex

nologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr

-dekabr, 188-bet.

Ochilov I. (2008) Bozor munosabatlari sharoitida xizmatlarning turlari va ularning tavsifi. //

Xizmat ko‘rsatis

h, servis va turizm sohalarini rivojlantirish: muammolar va ularning yechimlari.

Monografiya. T.: “Iqtisodiyot

-

moliya”.

Pardayev J.Korxonalarni soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish (xizmat ko‘rsatish

korxonalari misolida) (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. avtoreferati.

Toshkent,

2024.

Tuxliyev I.S., Hayitbo

yev R., Ibodullayev N.Ye., Amriddinova R.S. (2010) Turizm asoslari: O‘quv

qo‘llanma –

S.: SamISI, - 247 b.

Дышлевский А.С. (2007) Налогообложение предприятий гостиничного типа.

Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических наук.

Москва.

Егорова С.К. (2000) Информационное обеспечение управления в сфере бытового

обслуживания. Автореферат диссертации на соискание ученой степени доктора

экономических наук. Москва.

Котлер Ф.

(2006)

Маркетинг менеджмент. Экс пресс

-

курс. 2

-

е изд. / Пер. с англ. под

ред. Божук С. Г. СПб.: Питер, 464 с.

Котлер Ф.

(1993)

Основы маркетинга.

-

М.: Прогресс,

-

С

.63 8.

Кулишер И.М.

(1919)

Очерки финансовой науки, с. 147.

Линькова Г.Г. (2018) Активизация предпринимательской деятельности В сфере услуг

методами налогового стимулирования. Автореферат диссергации на соискание ученой

степени кандидата экономических наѵк. Санкт

-

Петербург.

Малолетко ДН. (2013) Мониторинг налогового вклада предприятий общественного

питания коллективных средств размещения. Автореферат диссертации на соискание
ученой степени кандидата экономических наѵк. Москва.

Рутгайзер В.М., Т.И. Корягина, Т.И. Арбузов (1990) Сфера услуг: новая концепция

развития /

-

М.: Экономика,

-

С. 148.

Библиографические ссылки

Kodeks (2023) O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi https://lex.uz/docs/4674902

Mustafoyev G‘olib Sultonmurodovich (2020) Xizmat ko‘rsatish va raqamli xizmatlar:

rivojlanish bosqichlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. “Iqtisodiyot va innovatsion

texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 188-bet.

Ochilov I. (2008) Bozor munosabatlari sharoitida xizmatlarning turlari va ularning tavsifi. //

Xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohalarini rivojlantirish: muammolar va ularning yechimlari. Monografiya. T.: “Iqtisodiyot-moliya”.

Pardayev J.Korxonalarni soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish (xizmat ko‘rsatish

korxonalari misolida) (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. avtoreferati. – Toshkent,

Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., Ibodullayev N.Ye., Amriddinova R.S. (2010) Turizm asoslari: O‘quv

qo‘llanma – S.: SamISI, - 247 b.

Дышлевский А.С. (2007) Налогообложение предприятий гостиничного типа.

Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических наук. Москва.

Егорова С.К. (2000) Информационное обеспечение управления в сфере бытового

обслуживания. Автореферат диссертации на соискание ученой степени доктора

экономических наук. Москва.

Котлер Ф. (2006) Маркетинг менеджмент. Экс пресс-курс. 2-е изд. / Пер. с англ. под

ред. Божук С. Г. СПб.: Питер, 464 с.

Котлер Ф. (1993) Основы маркетинга. - М.: Прогресс, - С.63 8.

Кулишер И.М. (1919) Очерки финансовой науки, с. 147.

Линькова Г.Г. (2018) Активизация предпринимательской деятельности В сфере услуг

методами налогового стимулирования. Автореферат диссергации на соискание ученой

степени кандидата экономических наѵк. Санкт-Петербург.

Малолетко ДН. (2013) Мониторинг налогового вклада предприятий общественного

питания коллективных средств размещения. Автореферат диссертации на соискание

ученой степени кандидата экономических наѵк. Москва.

Рутгайзер В.М., Т.И. Корягина, Т.И. Арбузов (1990) Сфера услуг: новая концепция

развития / - М.: Экономика, - С. 148.