Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.48549

Ключевые слова:

предприятия пищевой промышленности конкурентоспособность инновации зарубежный опыт научные исследования проблемы пищевой промышленности новые реформы инновационные решения

Аннотация

В данной статье рассмотрен опыт зарубежных стран по повышению
конкурентоспособности предприятий пищевой промышленности, инновационные новости на предприятиях пищевой промышленности, реформы, направленные на развитие предприятий пищевой промышленности в условиях национализма, существующие проблемы, научные исследования и их результаты, статистический анализ и В статье представлена реализация инновационных решений, научно описан ряд вопросов.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

214


OZIQ-OVQAT SANOATI KORXONALARIDA RAQOBATBARDOSHLIKNI

OSHIRISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI

Umarova Nilufar Abdukaxor qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0009-0646-4184

n42361502@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada oziq-ovqat sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni

oshirishda xorijiy davlatlar tajribasi, oziq-ovqat sanoati korxonalaridagi innovatsion yangiliklar,

mamlakatizmida oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, mavjud

muammolar, olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari, statistik tahlilar hamda
innovatsion yechimlarni amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan bir qator masalalar ilmiy jihatdan

bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

oziq-ovqat sanoati korxonalari, raqobatbardoshlik, innovatsiya, xorijiy

tajriba, ilmiy tadqiqotlar, oziq-ovqat sanoatidagi muammolar, yangi islohotlar, innovatsion
yechimlar.

ОПЫТ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН В ПОВЫШЕНИИ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ

ПРЕДПРИЯТИЙ ПИЩЕВОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ

Умарова Нилуфар Абдукахоровна

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация:

В данной статье рассмотрен опыт зарубежных стран по повышению

конкурентоспособности предприятий пищевой промышленности, инновационные

новости на предприятиях пищевой промышленности, реформы, направленные на

развитие предприятий пищевой промышленности в условиях национализма,

существующие проблемы, научные исследования и их результаты, статистический
анализ и В статье представлена реализация инновационных решений, научно описан ряд

вопросов.

Ключевые слова

:

предприятия пищевой промышленности, конкурентоспособ

-

ность, инновации, зарубежный опыт, научные исследования, проблемы

пищевой

промышленности, новые реформы, инновационные решения.

EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES IN INCREASING COMPETITIVENESS

IN FOOD INDUSTRY ENTERPRISES

Umarova Nilufar Abdukakhor kizi

Tashkent State University of Economics

А

nnotation:

In this article, the experience of foreign countries in increasing the

competitiveness of food industry enterprises, innovative news in food industry enterprises, reforms

aimed at the development of food industry enterprises in nationalism, existing problems, scientific

researches and their results, statistical analyzes and the implementation of innovative solutions

are presented in this article. a number of issues are scientifically described.

Keywords:

food industry enterprises, competitiveness, innovation, foreign experience,

scientific research, problems in the food industry, new reforms, innovative solutions.

UO

K: 339.137.28

VI SON

IYUN, 2024

214-220


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

215

Kirish.

Oziq-ovqat sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirish hozirgi kunda zamon

talabiga aylanib borayotgan eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib

, bu borada rivojlangan

davlatlardagi xorijiy tajribalarni o‘rganish muhim sanaladi.

Chunki, xorijiy davlatlarda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish borasida yangi innovatsion

yangiliklar amaliyotga tatbiq etib kelinmoqda. Jumladan, jahon tajribasiga qaray

digan bo‘lsak,

oziq-

ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni yildan

-yilga ortib borayotganligi, ushbu sohani

barqaror darajada rivojlanishiga hamda raqobatbardoshligini oshirishga yangi imkoniyatlarni

yuzaga keltirib bermoqda.

Oziq-ovqat sanoati korxonalari raqobatbardoshligini oshirish korxonalarda yangi

imkoniyatlarni amalga oshirishga zamin yaratib beradi. Jumladan raqobatbardoshlikni oshirish

korxonalardagi ishlab chiqarish va qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirishga, oziq-ovqat

mahsulotlarini ko‘payti

rishga, mahsulot turlarini oshirishga, yangi mahsulotlarni joriy etishga,

iqtisodiy

samaradorlikni

barqarorlashishiga,

infratuzilmalarni

takomillashtirishga,

korxonalararo iqtisodiy raqobatni kuchaytirishga, boshqaruv strategiyasini rivojlanishiga,

koxronaning ichki resurslarini tajamkorligiga, yangi texnologiyalarni tatbiq etilishiga,

korxonalarni iqtisodiy hamkorlik jihatidan birlashishiga, xarajatlarni minimallashishga hamda

foydani maksimallashishga xizmat qiladi. Bundan ko‘rinadiki, raqobatbardoshlikni

oshirish

oziq-

ovqat sanoatki korxonalaridagi yangi imkoniyatlarni yuzaga kelishini ta’minlaydi.

Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasida aynan yuqoridagi iqtisodiy jarayonlar

raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan jarayonlar sifatida baholanadi.

Bugungi kunda oziq-

ovqat sanoati sohasi rivojlangan xorijiy davlatlar juda ham ko‘p

bo‘lib, eng yetakchilari sifatida quyidagi davlatlarning tajribalarini o‘rganish maqsadga

muvofiqdir. Jumladan, AQSH, Xitoy, Brazilya, Yaponiya, Koreya, Hindiston, Yevropa davlatlari

hamda Rossiya singari dunyodagi yetakchi davlatlar tajribasida oziq-ovqat sanoati sohasi eng

rivojlangan

ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan soha hisoblanadi. Ushbu davlatlarninig tajribasini

o‘rganish orqali oziq

-ovqat sanoati sohasidagi yangi tajribalar va yutuqlarni, raqoabatbardosh

mahsulotlar va yangi iqtisodiy imkoniyatlarni, xalqaro innovatsion yondashuvlar va

amaliyotlarni hamda yangi yechimlarni amaliyotga keng joriy etish imkoniyatlari yuzaga

keladi. Natijada esa, oziq-ovqat sanoati korxonalarida raqobatbardoshlik rivojlanib boradi.
Shuning uchun ham yuqoridagi rivojlangan davlatlarning yangi tajribalarini

o‘rganish

raqobatbardoshlikni oshishiga xizmat qiladi.

Adabiyotlar sharhi.

Dunyoning yetakchi xorijlik olimlardan

Liu

,

Wang

(2022)

, Lukiewska, Juchniewicz

(2021), Nyamakwere, Esposito, Dzama, Raffrenato va Ogunyemi (

Wang

2022)

singari

olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida oziq-ovqat sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni

oshirish, xorijiy tajribalarni qo‘llash va amaliyotga keng tatbiq etish, in

novatsiyalarni

imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga qaratilgan bir qator ilmiy tadqiqotlar
ishlari olib borilgan.

Xorijiy tadqiqotchi olimlar sanoat sohasini, jumladan, oziq-ovqat sanoati faoliyatini

boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga hamda soha faoliyatini vertikal va gorizontal

klasterli yondashuv asosida rivoj

lantirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan.

MDH olimlaridan Krutikov, Yakunina (2011), Orzuev (2011), I.Kuprina, A.Izmaylov,

A.Ergeshova, T.Sabatkoev,

T.Matveeva (

Lukiewska, Juchniewicz, 2021) kabi olimlar tomonidan

oziq-ovqat sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirishning yangi imkoniyatlari va

iqtisodiy samaradorlikni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari tadqiq etilgan.

Respublikamizdagi iqtisodchi olimlardan esa Salimov, Yusupov (2014), Burxanov (2018),

Shodmonov, G‘afurov

(2005), Qobilov (2013) va Xakimov (2022) larning ilmiy tadqiqot

ishlarida oziq-ovqat sanoati korxonalarida mahsulotlar sifatini oshirish, sanoat korxonalari

faoliyatini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfs

izligini ta’minlash, raqobat munosabtalarini tartibga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

216

solish, oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish, oziq-
ovqat sanoatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, oziq-ovqat sanoati korxonalarini klaster

tizimi asosida rivojlantirish, agrosanoat tizimini klaster tizimi asosida boshqarish hamda sutni

qayta ishlash korxonalari faoliyatini takomillashtirish

masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari

olib borilgan.

Yuqorida keltirilgan xorijiy va maxalliy iqtisodchi olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida

asosan oziq-oqat sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan ilmiy

tadqiqot ishlari olib borilgan.

Biroq, tadqiqot ishlarida oziq-ovqat sanoati korxonalari ichida pishloq mahsulotlarini

qayta ishlash korxonalaridagi raqobatbardoshlikni oshirish va uni takomillashtirishga

qaratilgan xorijiy tajribalar doir masalalar yoritilmagan va unga doir ilmiy tadqiqot ishlari

bajarilmagan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada muammoni o‘rganish uch

un mantiqiy fikrlash, tizimli yondoshuv, iqtisodiy

taqqoslash, statistik tahlil, kuzatuv va qiyosiy tahlil kabi usullardan foydalanilgan. Mavjud

metodologik yondashuvlarga tayangan xolda, maqolada oziq-ovqat sanoati korxonalarida
raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni

o‘rganish asosida olib borilgan

ilmiy natijalardan keng foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Ma’lumki, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizdagi oziq

-ovqat sanoati

korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirish va xorijiy yangi tajribalarni amaliyotga keng tatbiq

etish borasida bir qator yangi Farmonlar va startegiyalar qabul qilinib, mamlakatimizda keng

ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2022-yil 28-

yanvarda “2022

-

2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF

-60-son Farmoni (Farmon,

2022

)

doirasida oziq-

ovqat sanoati dasturi qabul qilindi. Ushbu dasturga ko‘ra, quyidagi bir qator

vazifalar belgilandi. Jumladan, oziq-ovqat xomashyo bazasini kengaytirish va organik

mahsulotlar hajmini bosqichma-bosqich oshirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish,
bunda, 2022 yilda Davlat investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 440 mln AQSH dollari

bo‘

lgan 50 ta yirik loyihani amalga oshirish, 2026 yilga borib oziq-ovqat mahsulotlari hajmini

7,4 mln tonnaga, qayta ishlash darajasini sut bo

‘yicha 32 foiz, go‘sht

- 25 foizga, meva-

sabzavot - 28 foizga yetkazish vazifalari belgilab berildi.

Bundan ko‘rinad

iki, mamlakatimizda

qabul qilingan oziq-ovqat sanoati dasturini rivojlantirish orqali oziq-ovqat sanoati

korxonalarida yildan-yilga raqobatb

ardoshlikni oshirish, xorijiy tajribalarni o‘rganish, yangi

innovatsion echimlarni amaliyotga keng tatbiq etish oziq-ovqat sanoati korxonalarida yangi

imkoniyatlarni yuzaga kelishini ta’minlaydi.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi oziq-ovqat sanoati korxonalarida bir qator yutuqlar

bilan birgalikda oziq-

ovqat sanoati korxonalarida dozarb ahamiyatga ega bo‘lgan muammolar

ham

mavjud bo‘lib, ular quyidagicha izohlanadi:

- oziq-ovqat sanoati korxonalarida zamonaviy xorijiy tajribalarni yetishmasligi;

- innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish amaliyoti keng tatbiq etilmaganligi;
- xorijiy xamkorlar bilan iqtisodiy kelis

huvga doir bo‘lgan shartnomlarni

rivojlanmaganligi;

- kadrlarni xorijda malaka oshirish imkoniyatlarini keng joriy etilmaganligi;

- kadrlar almashinuvi dasturlarini mavjud emasligi;
- raqobatbardosh korxonalar faoliyatini baholovchi benchmarking faoliaytin

i yo‘lga

qo‘yilmaganligi;

-

ilmiy tadqiqot ishlaridan samarali foydalanish va ularni o‘rganib chiqishga doir ishlarni

tashkil etilmaganligi;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

217

- iqtisodchi olimlar bilan hamkorlik qiladigan yangi loyihalarni ishlab chiqilmaganligi hal

qilinishi lozim bo‘lga

n muammolar sanaladi. Ularni bartaraf etish uchun jahon tabribasini

o‘rganish va mamlakatimizga keng tatbiq etish yangi yechimlarni yuzaga kelishini ta’minlaydi.

Xorijiy davlatlar tajribasidan asosan Yevropa davlatlarining tajribalari o‘rganib chiqildi.

Chunki, Yevropa davlatlaridagi oziq-ovqat sanoati korxonalarida raqobatbatdoshlik darajasi

yuqori bo‘lib, ular har yili xalqaro miqyosidagi reytinglardan biri bo‘lgan Global

raqobatbardoshlik xalqaro indeksi tomonidan baholanib boriladi. Natijada esa

raqobatbardoshlik mezonlari rivojlanib yangi innovatsiyalarni amaliyotga keng tatbiq

etilishning yangi imkoniyatlari yuzaga keladi. Shuning uchun ham Yevropa davlatlaridagi

tajribalarni o‘rganish yangi innovatsiyalarni mamlakatimizga tatbiq etilishiga xizmat qila

di.

Jumladan, dunyo miqyosida oziq-ovqat muammolari va imkoniyatlarini, kelajakdagi

iste’molchilar va oziq

-ovqat

kompaniyalarining istiqbollari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro

tashkilotlardan biri Deloitte bo‘lib, dunyo miqyosida oziq

-ovqat muammolariga qaratilgan

xalqaro tahlillar, tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshiruvchi tashkilot

hisoblanadi. Tashkilotni asosiy maqsadi asosan oziq-

ovqat muammolarini o‘rganish va ularga

zamonaviy yechimlar ishlab chiqishdan iborat. Jumladan, tashkilot tomonidan olib

borilayotgan tadqiqotlariga qaraydigan bo‘lsak, oziq

-

ovqat sanoatida sog‘lom mahsulotlarni

yanada barqar

or ishlab chiqarish uchun innovatsiyalar zarurligi, iste’molchilar barqarorlik va

salomatlikni xarid qilish doir bo‘lgan qarorlarini tanlashi

va yangi imkoniyatlar sifatida oziq-

ovqat tizimini ekologik jihatdan sog‘lom yo‘lga qo‘yish lozimligi kabi bir qat

or dolzarb

masalalarni yechimlariga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalqaro tashkilot tomonidan oziq-ovqat muammosini bartaraf etish maqsadida sanoat

korxonalari uchun oziq-

ovqat sanoatining qiymat zanjiri ishlab chiqiligan bo‘lib, quyidagi

1-rasmda oziq-

ovqat sanoatining qiymat zanjiri ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu rasmdan ko‘rinadiki, olib borilgan tadqiqotlar natijasida oziq

-ovqat sanoati

korxonalarini qiymat zanjiri ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda asosan oziq

-ovqat kompaniyalaridan

tortib, iste’molchilarga bo‘lgan iqtisodiy yo‘nalishlarni o‘zaro bir tizimda faoliyat olib borishi

nazarda tutilgan. Bundan maqsad, oziq-ovqat sanoati tarkibi

da qanday iqtisodiy yo‘nalishlar

o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borilishi va ularni birikishi natijasida yagona

oziq-ovqat

ta’minotini shakllanishi va qiymat zanjirini yuzaga kelishi ko‘rsatib o‘tilgan.

1-rasm. Oziq-ovqat sanoatining qiymat zanjiri

87

87

The Future of Food Challenges & opportunities,

2022 Deloitte Belgium ma’lumotlari as

osida muallif tomonidan ishlab

chiqilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

218

Bu zanjirni yaxlit tizim sifatida tashkil etilishi oziq-ovqat sanoati korxonalarida

raqobatbardoshlikni oshirish uchun yangi yo‘nalishlardan biri sifatida qaraladi. Chunki, hozirgi

kunda oziq-ovqat sanoati tizimini yagona tizimga birlashtiradigan oziq-ovqat sanoatining

qiymat zanjiri ishlab chiqilmagan. Bu qiymat zanjiri Yevropa mamlakatl

arida keng qo‘llanib

kelinayotgan xalqaro tajriba sanaladi. Shuning uchun ham, ushbu 7 ta yo‘nalishni o‘zida

birlashtirgan yagona qiymat zanjirini mamlakatimzidagi korxonalarga tatbiq etish amaliyotda

yangi iqtisodiy raqobatbardosh korxonalarni shakllanishiga xizmat qiladi.

Hozirgi kunda Yevropa mamlakatlaridagi ozi-ovqat sanoati sohasidagi kompaniyalar

barqaror oziq-ovqat ishlab chiqarish va chiqindilarni boshqarishga ustuvor ahamiyat
bermoqda. Haqiqatan ham, ular barqaror va mahalliy manbalarni

qo‘llash, barqaror oziq

-ovqat

ishlab chiqarish, ekologik toza qadoqlash va chiqindilarni kamaytirish ustida ishlamoqda.

Bundan maqsad sanoat korxonalaridagi raqobatbardoshlikni oshirish hisoblanadi.

Aksariyat kompaniyalarda ishlayotgan oziq-ovqat dasturlarining kelajagi asosan ekologik

toza qadoqlash, chiqindilarni kamaytirish, barqaror va mahalliy manbalar va barqaror oziq-

ovqat ishlab chiqarishga qaratilgan dastur asosida faoliyat olib borishmoqda. Quyida 1-

jadvalda muallif tomonidan oziq-ovqat sanoati korxonalarida kelajakdagi istiqboli

dasturlarning yo‘nalishlari ishlab chqiligan bo‘lib, ushbu yo‘nalisharni amaliyotga tatbiq etish

oziq-ovqat sanoati korxonalarida yangi imkoniyatlarni yuzaga kelishiga xizmat qiladi.

1-jadval

Oziq-ovqat sanoati korxonalarida kelajakdagi istiqboli

dasturlarning yo‘nalishlari (foiz hisobida)

88

Dasturdagi yo‘nalishlar

Fozi ko‘rsatkichlari

Ekologik toza qadoqlash

74 foiz

Chiqindilarni kamaytirish

72 foiz

Barqaror va mahalliy manbalar ko‘paytirish

63 foiz

Barqaror oziq-ovqat ishlab chiqarish

57 foiz

Sog‘lom ovqatlanish

33 foiz

To‘g‘ridan

-

to‘g‘ri iste’molchiga tarqatish

24 foiz

O‘simlikka asoslangan protein mahsulotlar

43 foiz

Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash

33 foiz

Blokcheyn tizimini rivojlantirish

26 foiz

Antik va qayta ishlanmagan donlarni kashf qilish

11 foiz

Ushbu jadvalda, oziq-ovqat sanoati korxonalarida kelajakdagi istiqboli dasturlarning 10

ta yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘ti

l

gan bo‘lib, ular foiz hisobida berilgan.

Ko‘rsatib o‘tilgan 10 ta yo‘nalishlar asosan oziq

-ovqat sanoati korxonalarini

rivojlantirishga

va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu 10 ta yo‘nalishlar

kelajakdagi istiqboli yo‘nalishlar ekanligi

olib borilgan tadqiqotlar asosida tahlil qilib chiqilgan.

Jadvalda eng yuqori foiz ko‘rsatkichi ekologik toza qadoqlash yo‘nalishi bo‘li

b, kelajakdagi oziq-

ovqat sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirish uchun ekologik toza mahsulotlarni

qadoqlash

darajasi ortib borishi muhim hisoblanganligi uchun ham yuqori foiz ko‘rsatkichi

qayd etilgan. Eng kam foiz ko'rsatkichi 11 foiz bo‘lib,

antik va qayta ishlanmagan donlarni kashf

qilish yo‘nalishi sifatida qayd etilgan. Ushbu yo‘nalishda raqobatbardoshlik

ni oshirish

murakkablikni talab etganligi uchun ham yuqori ko‘rsatkich qayd etilmagan. Yuqoridagi 10 ta

yo‘nalishlar kelajakdagi oziq

-ovq

at sanoati korxonalarida uchraydigan muammolar bo‘lib,

ularni o‘z vaqtida bartaraf etish va ularni ko‘rsatkichlarini os

hirib borish raqobatbardoshlikni

oshishiga xizmat qiladi.

88

The Future of Food Challenges & opportunities,

2022 Deloitte Belgium

ma’lumotlari asosida mu

allif tomonidan ishlab

chiqilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

219

Xalqaro tashkilot tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida oziq-ovqat saonati

korxonalarida kelajakdagi istiqbolini rivojlantirish uchun 12 ta turdagi manfaatdor tomonlar

ro‘yxati ishlab chiqilga

n

bo‘lib, ularning barchasi oziq

-ovqat sanoati korxonalarini kelajakdagi

ishlab chiqarish va qayta ishlash imkoniyatlarini rivojlanishiga, raqobatbardoshligini oshishiga

hamda faoliyatini takomillashishiga xizmat qiladi. Manfaatdor tomonlarning ro‘yxati qu

yidagi

2-

jadvalda to‘liq keltirib o‘tilgan.

2-jadval

Oziq-ovqat sanoati korxonalarida kelajakdagi istiqbolini

rivojlantiruvchi manfaatdor tomonlar

89

T/r.

Manfaatdor tomonlar ro‘yxati

1

Hukumat

2

Raqobatchilar

3

Chakana sotuvchilar

4

Atrof-muhit / Hayvonlar uyushmalari

5

Inkubatorlar, startaplar

6

Distribyutorlar

7

Iste’molchilar uyushmalari

8

Yetkazib beruvchilar

9

Ishlab chiqaruvchilar

10

Akademik yoki tadqiqot markazlari

11

Investorlar

12

Boshqa manfaatdorlar

Ushbu jadvalda oziq-ovqat sanoati korxonalarida kelajakdagi istiqbolni rivojlantirishga

qaratilgan 12 turdagi manfaatdor tashkilotlar ro‘yxati ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ularni barchasi

oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishga va raqobatbardoshligini oshirishga hissa

qo‘shadi.

Raqobatbardoshlig

ini oshirishga jadvaldagi 12 ta turdagi manfaatdor tomonlar o‘zaro

ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham xalqaro tashkilot tomonidan ushbu manfaatdor

tashkilotlarining barchasini o‘zaro ta’siri raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilganligi

izohlab

berilgan.

Yuqorida Yevropa davlatlaridagi oziq-ovqat sanoati sohasidagi bir qator dolzarb

muammolarini ko‘rib o‘tdik. Oziq

-ovqat sanoati sohasi doimo dolzarb soha sifatida qaraladi.

Yevropa davlatlaridan tashqari boshqa rivojlangan davlatlarda ham oziq-ovqat sanoati
sohasida bir qator dolzarb muammolar uchraydi. Ularni bartaraf etish raqobatbardoshlikni

talab etadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, oziq

-ovqat sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni

oshirishda xorijiy tajribalarni o‘rganish zam

on talabiga aylanib bormoqda. Xorijiy tajribalarni

o‘rganish sohani rivojlanishini ta’minlaydi.

Mamlakatimizdagi oziq-ovqat sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish

uchun yuqorida Yevropa davlatlarida tadbiq etilgan yangi innovatsion tajribalarni amaliyotga

keng tatbiq etish eng muhim innovatsion yechimlar hisoblanadi.

Xulosa va takliflar.

Mamlakatimizdagi oziq-ovqat sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishda

quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanishi kerak deb hisoblaymiz, jumladan:

-

xalqaro GRI indeksining ro‘yxatiga kirish;

- milliy raqobatbardoshlikni baqoqor rivojlantirish mezonlarini ishlab chiqish;

89

The Future of Food Challenges & opportunities,

2022 Deloitte Belgium ma’lumotlari as

osida muallif tomonidan ishlab

chiqilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

220

-

milliy reytingni o‘tkazish vakolatini O‘zbekiston

Respublikasi oziq-ovqat sanoati

uyushmasiga berish;

- oziq-ovqat sanoati korxonalarida zamonaviy xorijiy tajribalarni kengaytirish;

- innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish amaliyotini takomillashtirish;

- xorijiy xamkorlar bilan iqtisodiy keli

shuvga doir bo‘lgan shartnomlarni rivojlantirish;

- oziq-ovqat sanoati korxonalarida kadrlar almashinuvi dasturlarini joriy etishdab

iboratdir.

Yuqorida keltirilgan tavsiyalarni amaliyotga keng joriy etilishi natijasida, oziq-ovqat

sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirishning yangi imkoniyatlarini rivojlanishiga
va oziq-o

vqat sanoati korxonalarini iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshishiga xizmat

qiladi.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Farmon (2022)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022

-

2026 yillarga mo‘ljallangan

Ya

ngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi

PF-60-son Farmoni, 2022-yil 28-

yanvar.

Liu Y., Wang X. (2022) “Promotin

g Competitiveness of Green Brand of Agricultural Products

Based on Agricultural Industry Cluster,” Wireless Communications and Mobile Computing, vol.

2022, Article ID 7824638, 2 page.

Lukiewska K., Juchniewicz M. (2021) Identification of the Relationships between Competitive

Potential and Competitive Position of the Food Industry in the European Union. Sustainability, 13,

4160. https://doi.org/10.3390 /su13084160.

Бурханов А.

(2018)

“Саноат корхоналари молиявий барқарорлигини баҳолаш усули”,

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 6, ноябрь

-

декабрь,

-

с.3

-4.

Крутиков

К., Якунина

М.

(2011)

Региональный рынок мяса: конкурентоспособность

предприятий и продукции. –М.: Ноосфера,

-

160 с.

Монография

.

Қобилов

Ш.

(2013)

Иқтисодиёт назарияси: Дарслик. –

Т.: Ўзбекистон Республикаси

ИИВ Академияси, –

268 б.

Орзуев П

. (2011)

Реструктуризация как инструмент экономического роста

предприятий пищевой промышленности

Республики Таджикистан

специальность

08.00.05 -

Экономика и управление народным

хозяйством: Экономика, организация и

управление предприятиями,

отраслями, комплексами (промышленность)

диссертация

на соискание ученой степени кандидата экономических наук

Душанбе

.

Салимов Б., Юсупов М.

(2014)

“Қишлоқ хўжалиги маҳсулотларининг

рақобатбардошлиги ва экспорт салоҳиятини ошириш омиллари”, “Иқтисодиёт ва

инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 6, ноябрь

-

декабрь,

-

с. 4.

Хакимов З.

(2022)

“Саноат кластерлари самарадорлигини таъминловчи омиллар

тизими”

,

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies)

ilmiy elektron jurnali, 1/2022 январь

-

февраль №00057 219

-

220 стр.

Шодмонов Ш., Ғафуров У.

(2005)

Иқтисодиёт назарияси

(дарслик).

-

Т:. “Фан ва

технология” нашриёти,

-

251 б.

Библиографические ссылки

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni, 2022-yil 28-

yanvar.

Liu Y., Wang X. (2022) “Promoting Competitiveness of Green Brand of Agricultural Products

Based on Agricultural Industry Cluster,” Wireless Communications and Mobile Computing, vol.

, Article ID 7824638, 2 page.

Lukiewska K., Juchniewicz M. (2021) Identification of the Relationships between Competitive

Potential and Competitive Position of the Food Industry in the European Union. Sustainability, 13,

Бурханов А. (2018) “Саноат корхоналари молиявий барқарорлигини баҳолаш усули”,

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 6, ноябрьдекабрь, -с.3-4.

Крутиков К., Якунина М. (2011) Региональный рынок мяса: конкурентоспособность

предприятий и продукции. –М.: Ноосфера, - 160 с. Монография.

Қобилов Ш. (2013) Иқтисодиёт назарияси: Дарслик. – Т.: Ўзбекистон Республикаси

ИИВ Академияси, – 268 б.

Орзуев П. (2011) Реструктуризация как инструмент экономического роста

предприятий пищевой промышленности Республики Таджикистан специальность

05 - Экономика и управление народным хозяйством: Экономика, организация и

управление предприятиями, отраслями, комплексами (промышленность) диссертация

на соискание ученой степени кандидата экономических наук Душанбе.

Салимов Б., Юсупов М. (2014) “Қишлоқ хўжалиги маҳсулотларининг

рақобатбардошлиги ва экспорт салоҳиятини ошириш омиллари”, “Иқтисодиёт ва

инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 6, ноябрь-декабрь, -с. 4.

Хакимов З. (2022) “Саноат кластерлари самарадорлигини таъминловчи омиллар

тизими”,“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies)

ilmiy elektron jurnali, 1/2022 январь-февраль №00057 219-220 стр.

Шодмонов Ш., Ғафуров У. (2005) Иқтисодиёт назарияси (дарслик). - Т:. “Фан ва

технология” нашриёти, -251 б