Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
143
BUXORO VILOYATIDA SAVDO SOHASI HOLATI TAHLILI VA
RIVOJLANISH YOʻNALISHLARI
Raxmatov Akmal Anvar oʻgʻli
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Annotatsiya.
Maqolada Buxoro viloyatida savdo sohasi iqtisodiy koʻrsatkichlar
ining 2012-
2022-yillardagi dinamikasi tahlili keltirilgan. Tahlillar asosida Buxoro viloyatida chakana savdo
tovar aylanmasi hajmining oʻsish dinamikasi, chakana savdo xizmatlari koʻrsatuvchi iqtisodiy
subyektlar soni, chakana tovar aylanmasi davri dinamikasiga baho berilgan. Sohada band
boʻlgan
lar sonining kamayishi, import ulushining ortib borish kuzatilgan sharoitda mehnat
unumdorligini oshirish, sohaga innovatsiyalarni joriy etish, qoʻshimcha savdo servisini tashkil
qilish hisobiga savdo xizmatlari raqo
batbardoshligini oshirish boʻyicha takli
flar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
savdo xizmatlari, chakana savdo, tovar aylanmasi, eksport va import, intensiv
oʻsish, ekstensiv oʻsish.
АНАЛИЗ
СОСТОЯНИЯ
И
НАПРАВЛЕНИЯ
РАЗВИТИЯ
СФЕРЫ
ТОРГОВЛИ
В БУХАРСКОЙ
ОБЛАСТИ
Рахматов Акмал Анвар угли
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация.
В статье представлен анализ динамики экономических показателей
сферы торговли Бухарской области в 2012
-
2022 гг. На основе проведенного анализа
определена динамика роста объема розничного товарооборота, количества
хозяйствующих субъектов, оказывающих услуги розничной торговли, динамика периода
розничной торговли и торгового оборота в Бухарской области. В фоне увеличения доли
импорта и снижения численности занятых в отрасли, разработаны предложения по
повышению
конкурентоспособности
торговых
услуг
за
счет
повышения
производительности труда, внедрения инноваций в отрасль, организации
дополнительных торговых услуг.
Ключевые слова:
торговые услуги, розничная торговля, товарооборот, экспорт и
импорт, интенсивный рост, экстенсивный рост
.
UO
‘
K: 338.439.5
VII SON - IYUL, 2024
143-149
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
144
ANALYSIS OF THE STATE AND DIRECTIONS OF DEVELOPMENT OF
THE SPHERE OF TRADE IN THE BUKHARA REGION
Rakhmatov Akmal Anvar ugli
Samarkand Institute of Economics and Service
Annotation.
The article presents an analysis of the dynamics of economic indicators of the
trade sector of the Bukhara region in 2012-2022. Based on the analysis, the dynamics of growth
in the volume of retail trade, the number of business entities providing retail trade services, the
dynamics of the period of retail trade and trade turnover in the Bukhara region are determined.
Against the background of an increase in the share of imports and a decrease in the number of
employees in the industry, proposals have been developed to increase the competitiveness of trade
services by increasing labor productivity, introducing innovations into the industry, and
organizing additional trade services.
Keywords:
trade services, retail trade, trade turnover, exports and imports, intensive
growth, extensive growth.
Kirish
.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16 fevral 2024 yildagi PF
-36-
son “Respublikada
oziq-
ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha
chora-
tadbirlari toʻgʻrisida” (Фармон,
2024) Farmoni boʻyicha amalga oshirilgan ahamiyatga molik ishlar, jumladan oziq
-ovqat
sanoatini rivojlantirish, sohaga investitsiya mablagʻlarini jalb qilish va eksport faoliyatini
qoʻllab
-quvvatla
sh boʻyicha amalga o
shirilgan chora-tadbirlar natijasida oziq-ovqat
mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 6,1 milliard AQSH dollaridan va ularning yillik eksporti
hajmi 510 million AQSH dollaridan oshdi”. Shuningdek, oxirgi uch yilda import oʻrnini bosuvchi
75 turdagi 289,9 million AQSH dollari miqdoridagi oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab
chiqarilishi taʼminlanib, import hajmi 7,4 foiz
ga kamaydi. Respublika sanoatida oziq-ovqat
sanoati ulushi 14 foizdan 16,6 foizga oshdi. 2024-yilning yanvar-mart oyla
ri yakunlariga koʻra
,
Buxoro viloyati boʻyicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 4 234,6
mlrd. soʻmni tashkil et
di va 2023- yilning yanvar-
mart oylariga nisbatan 8,9 % ga oʻsdi. Savdo
sohasi ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar
oʻrtasidagi ayirboshlash bilan bogʻliq iqtisodiy
munosabatlarni aks ettirib aholini zaruriy tovar va xizmatlarga boʻlgan talabini qondiri
shda
muhim rol oʻynaydi.
Savdo sohasining rivojlanish tendensiyasini tahlil qilish va baholash orqali
kelgusida oʻsishning intensiv va eks
tensiv omillarini aniqlash, kelgusida ushbu omillarning
samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini aniqlashimizga imkon beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Xorijlik olimlardan Xu Xianxang, Arshadlarning (2021) ilmiy izlanishlarida savdo sohasini
rivojlantirish muammolari bayon qilingan boʻlib, chakana savdo xizmatlari “savdo sifatini
oshirish, savdo sohasi rivojlanishining sanoatl
ashuv va iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish va
sinergetika samarasini vujudga keltiruvchi faoliyat” sifatida izoh berilgan.
Nyumen (2005) va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida savdo xizmati “...savdo xodimlari
tomonidan isteʼmolchilarga xarid qilinayotgan tovarga qoʻshimcha sifatida
taqdim qilinadigan
servis majmui” sifatida izohlangan.
Iqtisodchi olim Popov (2011)ning ilmiy ishlarida savdo korxonalari va savdo
shakllarining xilma-
xilligi avvalo savdo xizmatlari turlariga bogʻliq ekanligi, shu sababli
“..
.tovarlarni sotish jarayoni, ijtimoiy ahamiyati, sotish joyi va vaqti, savdo xodimlarining
mehnati xususiyati va davomiyligiga bogʻliq holda asosiy va xarid jarayoniga koʻmaklashish,
axborot-
maslahat va isteʼmolchilarga qulaylik yaratish qoʻshimcha savdo x
izmatlariga
tasniflash lozim”
ligi ilgari surilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
145
Gavrilova (2014)ning ilmiy ishlarida xizmat koʻrsatishning tashkiliy
-texnologik jihatlarini
takomillashtirish savdo xizmatlari misolida koʻrib chiqilib, savdo servisi sifatida savdo zalida
koʻrsatiladigan
axborot berish, tovarlarni tanlash, merchendayzing va POS-materiallarni
samarali joylashtirishdan iborat boʻlgan hamda xaridorlarda tovarga nisbatan maʼlum
qoʻshimcha qiymat va qadriyat yaratishdan iborat” ekanligi talqin etilgan.
Artikov (2019) tomonidan
keltirilgan taʼrifda savdo xizmati “...malakali sotuvchilar
tomonidan xaridorlarga ularning ehtiyojlarini qondiradigan tovarlarni sotib olguniga qadar,
sotish jarayonida va sotib olganidan keyingi davrda koʻrsatiladigan yuqori darajadagi iqtisodiy
faoliya
t natijasi”
sifatida bayon qilingan.
Muallif (Raxmatov, 2024)ning ilmiy tadqiqotlarida ham savdo sohasining iqtisodiy
koʻrsatkichlari dinamikasi, savdo faoliyati bilan bogʻliq koʻrsatkichlarning istiqboldagi
dinamikasi trend tahlilidan foydalanilib prognoz qilingan, alohida olingan k
oʻrsatkichlarning
tematik prognozlari asosida modeli ishlab chiqilgan hamda optimistik va pessimistik prognoz
ssenariylarini ishlab chiqish masalalari yoritib berilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotda induksiya va deduksiya, guruhlash, makon va zamon, analiz va sintez,
mantiqiy tahlil, taqqoslash usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalarini umumiy yaxlit
tarzda ifodalash maqsadida jadval va rasmlardan foydalanilgan. Tadqiqot gipotezasi savdo
sohasining iqtisodiy koʻrs
atkichlari dinamikasiga asoslanib rivojlanishining ekstensiv
omillaridan intensiv omillarga asoslangan rivojlantirish yoʻnalishlarini tanlash maqsadga
muvofiqligini asoslantirishga qaratilgan.
Tahlil va natijalar
muhokamasi.
Buxoro viloyatida savdo sohasi rivojlanishining ekstensiv omillarini tahlil qiladigan
boʻlsak, muhim koʻrsatkichlaridan biri chakana savdo boʻlib, chakana savdo hajmi va
dinamikasi, tarkibi va rivojlanish tendensiyasi hisoblanadi. Chakana savdo hajmi va dinamikasi
nafaqat Buxoro viloy
atida, shuningdek Respublika miqyosida ham ijobiy koʻrsatkichlarga ega.
Buxoro viloyati ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosida yetakchi hisoblanib, 2023
yilda uning ulushi hududiy savdo hajmining 66,5% ni tashkil etgan. 2012 yildan 2021 yilgacha
boʻlgan davrda oziq
-ovqat tovarlari savdo hajmi dinamikasining pasayishi kuzatilib, 2017 yilda
minimum koʻrsatkich (9,5%dan 0,1%gacha pasaygan. 2018 yildan boshlab barqaror oʻsish
surʼatlariga ega boʻlgan (1
-rasm).
1-rasm. 2012-2022-yillarda Buxoro viloyatining chakana savdo tovar
aylanmasi hajmining oʻsish dinamikasi
Manba:
muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
118,4
109,1
113,7
115,1
113,6
100,1
107,5
108,4
111,9
118,4
114,3
138,3
115,8
100,5
112
114,8
100
122,7
132,5
100,1
138,3
159,5
0
20
40
60
80
100
120
140
160
180
2012 yil 2013 yil 2014 yil 2015 yil 2016 yil 2017 yil 2018 yil 2019 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil
oziq-ovqat tovarlari
nooziq-ovqat tovarlari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
146
Shu bilan birga oʻtgan davr mobaynida chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy
oʻzgarishi ham roʻy bergan. jumladan, 2018 yildan boshlab, nooz
iq-ovqat tovarlari savdo
aylanmasi ulushini ortishi kuzatilgan (2-rasm).
2-rasm. 2012-2022-yillarda Buxoro viloyatida chakana savdo tovar
aylanmasi tarkibi dinamikasi
Manba:
muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Bu oʻz navbatida aholi turmush farovonli
gining ortishi bilan izohlanib, oziq-ovqat
mahsulotlari isteʼmolining pasayishi oʻz navbatida aholining turli xizmatlar va nooziq
-ovqat
tovarlari xaridiga ustuvorlik berilayotganligidan dalolat beradi. Shu boisdan ham oziq-ovqat
tovarlari kesimida savdo xi
zmatlarini kengaytirish, savdo xizmatlari koʻrishga turli omillar
taʼsirini baholash lozim boʻladi.
Savdo sohasining muhim koʻrsatkichlaridan biri aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan
chakana savdo savdo hajmini aniqlash hisoblanadi. Statistik maʼlumotlarga
asoslanadigan
boʻlsak, 2012
-2023 yillarda Buxoro viloyatida aholi jon
boshiga toʻgʻri keladigan savdo
xizmatlari hajmi muntazam ravishda oʻsib borgan (3
-rasm)
18
.
3-rasm. 2012-2023 yillarda Buxoro viloyatida aholi jon boshiga chakana
savdo tovar aylanm
asi hajmining oʻsish dinamikasi
Manba:
muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Oʻzbekiston Respubl
ikasi Prezidenti Huzuridagi Statistika Agentligi Buxoro viloyati statistika
boshqarmasi sayti.
0,00
0,50
1,00
1,50
2,00
2,50
2012 yil 2013 yil 2014 yil 2015 yil 2016 yil 2017 yil 2018 yil 2019 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil
1,17
1,06
0,88
0,97
1,01
1,00
1,14
1,22
0,89
1,17
1,40
oziq-ovqat tovarlari
nooziq-ovqat tovarlari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
147
3-
rasmdan koʻrinib turibdiki, 2012
-
2018 yillar mobaynida aholi jon boshiga toʻgʻri
keladigan chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2,7 marotabaga oshgan boʻlsa, 2018
-2023
yillar moba
ynida bu koʻrsatkich, 0,66 birlikka pasaygan. Bu aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan
savdo xizmatlari hajmi muntazam ravishda oʻsib borishi bilan birga oʻtgan davrga nisbatan
oʻsish surʼati barqaror saqlanib qolmaganligidan dalolat beradi (
3-rasm).
Savdo xizmatlari rivojlanishini ifodalovchi ko
ʻ
rsatkichlardan aholining savdo
shoxobchalari bilan taʼminlanganlik darajasi hisoblanadi. Buxoro viloyatida tahlil qilinayotgan
2012-
2023 yillar mobaynida aholining savdo obyektlari bilan taʼminlanganlik darajasi 1000
0
nafar aholiga nisbatan 17,6 tadan 382,0 taga yetgan (4-rasm).
4-rasm. 2012-2022-yillar mobaynida Buxoro viloyatida aholining savdo obyektlari
bilan taʼminlanganlik darajasi
(10000 nafar aholiga nisbatan)
Manba:
muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Tadqiq qilinayotgan yillar mobaynida Buxoro viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi
davri ham sezilarli darajada ortib oʻrtacha 9,3 kundan 2023 yilga kelib 49 kunga teng boʻldi. Bu
oʻz navbatida tovarlarning muomala davrini kengaytirish hisobiga chakana sav
do
xizmatlarining intensi
v oʻsishini yanada ragʻbatlantirilgan (
5-rasm).
5-rasm. 2012-2023-yillar mobaynida Buxoro viloyatida chakana tovar
aylanmasi davri dinamikasi
(kunlarda)
Manba:
muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
9,3
10
11,2
14,9
18,3
23,7
37,2
58,2
71,1
39
43
49
2012 yil 2013 yil 2014 yil 2015 yil 2016 yil 2017 yil 2018 yil 2019 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil 2023 yil
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
148
Chakana savdo aylanmasida tovar assortimentining kengligi, nomenklaturasining
chuqurligi va toʻliqligi bois, oziq
-
ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojni maksimal qondirishga
imkon beradigan chakana savdo tarmoqlari soni kengayib bormoqda. 2012-2023 yillarda
Buxoro viloyati chakana savdo aylanmasida import va eksport qilingan tovarlar dinamikasini
tahlil qiladigan boʻlsak, import hissasi 58,7% dan 75,7% ga oshgan, bu oʻz navbatida hududiy
rivojlanish strategiyalarini innovatsiyalarni “oʻzlashtirish”
tamoyiliga asoslanishiga turtki
bermoqda.
Tadqiqot amalga oshirilgan davrda Buxoro viloyati importi va eksporti tarkibida oziq-
ovqat mahsulotlari ulushi ham muntazam ravishda ortib borgan. Jumladan, import hajmi 3,1
marotaba, eksport hajmi 4,4 marotaba ortgan. Olingan natijalar asosida Buxoro viloyatida
chakana savdo faoliyatini intensiv omillarga asoslangan rivojlantirish yoʻnalishlarini tanlash
maqsadga muvofiq. Shuningdek, “…eksport faoliyatini samarali olib borishida raqamli
texnologiyalarn
ing va elektron toʻlov tizimin
i, elektron tijorat platformalari (Amazon, e-Bay,
Alibaba, Taobabo, Uzum, Olcha) va B2B (Business-to-Business) tarmoqlaridan foydalanish
orqali yangi mijozlarni jalb qilish, eksport qilinadigan tovarlarni reklama qilish hamda
sotish imkoniyati,
shuningdek, Oʻzbekistondan mahsulotlarni internet
-
doʻkonlar orqali
bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirmay eksport qilish imkoniyatiga ega boʻlishlari” lozim
(Eshqulova, 2024).
Xulosa va takliflar.
Buxoro viloyatida savdo
xizmatlari koʻrsatish holati koʻ
rsatkichlari va dinamikasi tahliliga
asoslanib quyidagi xulosalarga kelindi:
–
Buxoro viloyati savdo sohasida kichik korxonalar sonining kamayishi kuzatilmoqda, bu
oʻz navbatida tarmoqda raqobat izchilligining pasayishiga ol
ib keladi;
–
Buxoro viloyatida s
avdo sohasida band boʻlganlar sonining kamayish tendensiyasi
mavjud, bu oʻz navbatida savdo xizmatlari koʻrsatish imkoniyatlarining pasayishiga olib keladi.
Shu boisdan mehnat unumdorligini oshirish hisobiga savdo xizmatlari raqobatbardoshligini
oshirishga
keng urgʻu berish lozim.
–
oziq-
ovqat mahsulotlari savdo doʻkonlaridagi mahsulotlarining yaroqlilik muddati
kamayib borishi bilan ularning narxini bosqichma-bosqich pasaytirib borish mexanizmi-ni
yoʻlga qoʻyish va savdo xizmati yuqori darajada boʻlga
n oziq-ovqat mahsulotlari savdo
doʻkonlariga “Namunali savdo doʻkoni” logotipini taqdim etish (Mukimova, 2022) va
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali isteʼmolchilarga keng targʻibot qilib
turish.
Adabiyotlar/ Литература/ Referenc
e:
Eshqulova, N. (2024). Oʻzbekiston eksport salohiyatidan samarali foydalanishda kichik
biznesning ahamiyatini oshirish yoʻllari.
Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(6), 49
–
59.
https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss6-pp49-59
Maxmatqulov G‘.X.
(2023) Aholiga savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirishni
ekonometrik modellashtirish. PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi
avtoreferati, Urganch. UrDU, -11 b.
Raxmatov, A. (2024). Buxoro viloyatida savdo xizmatlarini rivojlantirishning tendensiyalari
va
prognoz
parametrlari.
Iqtisodiy
Taraqqiyot
Va
Tahlil,
2(6),
142
–
148.
https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss6-pp142-148
Xianhang Xu, Mohd Anuar Arshad, Arshad Mahmood (2021) //Analysis on International
Competitiveness of Service Trade in the Guangdong
–
Hong Kong
–
Macao Greater Bay Area Based
on Using the Entropy and Gray Correlation Methods. Entropy (Basel). Oct; 23(10): 1253.
Артиков З.С. (2020) Савдо хизматини такомиллаштириш орқали аҳоли ҳаёт
даражаси ва сифатини ошириш йўллари. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори
(PhD) диссертацияси автореферати. Самарқанд. –60 б.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
149
Гаврилова, В.Н.
(2014)
Формирование комплекса услуг торговых розничных сетей
[Текст]/В.Н. Гаврилова // Вестник Самарского государственного экономического
университета. Самара, № 10 (120). С. 44
-49.
Мукимова, Ў., & Ахмеджанова, Ф. (2022). Инновацион иқтисодиёт шароитида савдо
хизматларининг сифатини такомиллаштириш йўллари. Iqtisodiyot va taʼlim, 23(6), 507–
513.
https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/887
Ньюмен, Э.
(2005)
Розничная торговля: организация и управление / Э. Ньюмен,
П.
Кален; пер. с англ. под ред. Ю. Каптуревского. –
СПб.: Питер,
–
416 с.
Попов Дмитрий Алексеевич, Синюков Василий Алексеевич.
(2011)
Форматы
розничных торговых предприятий и их услуги // Российское предпринимательство. №2
-
1. 128-133.
Фармон (2024) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 16 феврал 2024 йилдаги
ПФ
-36-
сон “Республикада озиқ
-
овқат хавфсизлигини таъминлашнинг қўшимча чора
-
тадбирлари тўғрисида” Фармони.
