Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
116
OʻZBEKISTONDA BANK XIZMATLARINI KOʻRSATISH KOʻLAMINI
KENGAYTIRISH YOʻLLARI
PhD, dots.
Rakhmatov Temur Sotiboldiyevich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0005-7203-4044
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Oʻzbekisto
nda faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining
bank xizmatlari koʻlamini kengaytirish masalalari tadqiq qilingan. Izlanishlar doirasida
banklarning amaliy maʼlumotlari asosida tahlil qilingan. olingan natijalar asosida mavjud
muammolar aniqlangan hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
bank, xizmat, bank operatsiyasi, omonat, kredit, masofaviy bank xizmatlari,
bank kartalari, innovatsiya, onlayn xizmat, mijoz, diversifikatsiya.
ПУТИ РАСШИРЕНИЯ ОБЪЕМА БАНКОВСКИХ УСЛУГ В УЗБЕКИСТАНЕ
PhD
, доц.
Рахматов Темур Сотиболдиевич
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В данной статье рассматриваются вопросы расширения сферы
банковских услуг коммерческих банков, действующих в Узбекистане. В рамках
исследования автор проанализирован практические данные коммерческих
банков. На
основе полученных результатов выявлены существующие проблемы расширения сферы
банковских услуг коммерческих банков и разработаны предложения по их устранению.
Ключевые слова:
банк, сервис, банковская операция, сбережения, кредит, удаленные
банковские
услуги,
банковские
карты,
инновации,
онлайн
-
сервис,
клиент,
диверсификация.
WAYS OF EXPANDING THE SCOPE OF BANKING SERVICES IN UZBEKISTAN
PhD,
а
ssoc. prof.
Rakhmatov Temur Sotiboldiyevich
Tashkent State University of Economics
Annotation.
This article is considering expanding the scope of banking services of
commercial banks operating in Uzbekistan. As part of the study, the author analyzed practical
data from commercial banks. Based on the results obtained, existing problems in expanding the
scope of banking services of commercial banks and developing proposals for their elimination
were identified.
Key words:
bank, service, banking operation, savings, credit, remote banking services, bank
cards, innovation, online service, customer, diversification.
UO
‘
K: 336.717
VII SON - IYUL, 2024
116-122
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
117
Kirish.
Iqtisodiyotni raqamlashuvi sharoitida tijorat banklari yuqori xoʻjalik natijalariga
erishishdan, daromad oʻsishini taʼminlashdan manfaatdordir. Shu maqsadga erishish uchu
n
qator tadbirlarni
–
yaʼni: sarf
-harajatlarni kamaytirish, turli xizmatlarni taklif qilish, yangi,
ancha daromadli xizmat turlarini ishlab chiqish va shu usul bilan raqobatchilardan oʻzib
ketishga urinishni amalga oshirish lozim. Ammo mazkur tadbirlarni amalga oshirishdan oldin
bank imkoniyatlarini oʻrganish, biznesda qozonilajak muvaffaqi
yat ehtimolini baholash,
shuningdek, bankning rivojlanishi siyosatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy va
mehnat resurslari bilan taʼminlanganlik nuqtai
-nazaridan bank imkoniyatlarini aniqlash kerak.
Hozirda, bank sektorida raqobat kuchaymoqda, bank xizmatlariga aholi va tadbirkorlar
tomonidan talab oshmoqda. Bu sohada transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, kelgusi
yillar uchun ustuvor vazifalarni belgilab olish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar sharhi.
Oʻzbekiston bank tizimida soʻnggi yillarda bank xizmatlarining sifati va koʻlamini oshirish
boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi. Lekin jahonda boʻlayotgan oʻzgarishlar, globallashuv
jarayoni, raqobatbardoshlikni haddan ziyod rivojlanishi, tijorat banklarining transformatsiya
jarayonini yanada faollashtirish, mijozlarga koʻrsatilayotgan bank xizmatlarini yangi bosqichga
olib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi. Bu borada Prezident Sh.M. Mirziyoyev (2020) Oliy
Majlisga Murojaatnomada, “Yana bir jiddiy kamc
hilik shuki, raqamli texnologiyalarni keng joriy
etish hisobidan xodimlar soni va ish jarayonlarini optimallashtirish
choralari
koʻrilmayotganligidir”, deb taʼkidlab oʻtdi.
Bank xizmatlarining koʻ
lamini kengaytirish, mi
jozlar uchun har tomonlama maʼqul xiz
mat
turlarini taklif qilish borasida bir qator mahalliy va xorijiy iqtisodchi olimlar izlanishlar olib
borishgan. xususan, mazkur mavzu doirasidagi izlanishlar xorijiy iqtisodchi olimlar, Piter,
Bondar (2007), Imaeva (
Электронный ресурс,
2016
larning tadqiqotlarida ham oʻz ifodasini
topgan. bu iqtisodchi olimlar, bank xizmatlarini koʻlamini kengaytirishni moliyaviy tizimni
ahamiyati katta ekanligini taʼkidlashadi va mazkur tizimni yaratishda aholi
ning bank
xizmatlariga boʻlgan talablaridan keli
b chiqib zamonaviy texnologiyalar asosida xizmat
koʻrsatishni rivojlanish darajasi va intensivligini oldindan belgilash zarur deb hisoblashadi.
Bank xizmatlari koʻlamini kengaytirish masalalari, Аbdullaeva
(2017), Boboqulov (2023),
Toymuxamedov (2020)
, Аzl
arova (2023) va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.
Bu iqtisodchilarimiz oʻz tadqiqotlarida, bank xizmatlari koʻlamini kengaytirish uchun
raqamli iqtisodiyotdan keng foydalanish zarurligini ta’kidalashadi.
Ularning fikricha, raqamli
iqtisodiyot
—
bu iqti
sodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qoʻllash
asosida amalga oshirish tizimi” sifatida baholanadi.
Toymuxamedov (2020)
oʻz tadqiqotlarida, bank xizmatlarini koʻlamini kengaytirish ah
oli
tomonidan moliyaviy xizmatlarga boʻlgan talab va moliya inst
itutlarining taklifiga mos kelish
nuqtai nazaridan talqin qilinadi.
Yana bir mahalliy iqtisodchi olima, Аzlarova
(2022) bank xiz
matlarini koʻlamini
kengaytirish uchun yangi fintex kompaniyalarini kirib kelishiga qulay shart-sharoitlar yaratish
hisobiga innovatsion onlayn raqamli xizmatlarni rivojlantirish hamda bank xodimlari
malakasini oshirish asosida erishiladi deb hisoblaydi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolaning nazariy va uslubiy asosi sifatida umumiqtisodiy adabiyot hamda ilmiy
maqolalar, iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlari, bank xizmatlari koʻlamini kengaytirishga
qaratilgan olimlarning fikrlari va soha vakillarining iqtisodiy qarashlari, ularning fikr-
mulohazalarini tahlil qilish, ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va
jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil oʻtkazish orqali tegishli
yoʻnalishlarda xulosa, taklif v
a tavsiyalar berilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
118
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bugungi
kunda, respublikamizda bank xizmatlarini koʻlamini kengaytirish, bank
muassasalari oʻrtasida raqobat, mijoz uchun kurash, mijozlarning bank xizmatlaridan
foydalanishlarini uzviyligini taʼminlash masalalari tobora kuchayib bormoqda, bu esa oʻz
navbatida ba
nk xizmatlarini koʻlamini kengaytirish maqsadida, bank mahsulotl
ari va
xizmatlarini
raqamli kanallar orqali targʻib qilish, bank mahsulotlari haqidagi maʼlumotlarni
tezkorlikda mijozlarga yetkazish kabi masalalarni asosiy vazifaga aylantirdi.
Hozirgi kundagi, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan moliya-kredit institutlariga
nisbatan qisman ishonchsizlik saqlanib qolgan bir davrda mijozlar bank xizmatlariga nisbatan
talabchan bo
ʻlib, ular bank segmentida xolis moliyaviy maslahat olishda turli raqamli
kanallardan unumli foydalanishmoqda.
Oʻzbekiston bank tizimidagi sogʻlom raqobat holatida bank xizmatlarini koʻlamini
kengaytirish maqsadida banklararo tahlilni amalga oshirish natijasida, har bir bankda aksariyat
holatlarda quyidagi jihatlarga eʼtibor qaratis
h zarurligi aniqlandi
1) kreditlash, omonatga pul qabul qilish va boshqa xizmatlarni koʻrsatish bozorida
yetakchilik qilishga erishayotgan raqobatchilarni oʻrganish;
2) raqobatch
ilarni oʻz banki bilan taqqoslash.
Oʻtmishga nazar tashlaydigan boʻlsak, soʻng
gi 20-
30 yil ichida toʻlov tizimlari va raq
amli
moliyaviy xizmatlar jadal rivojlanayotganini guvohi boʻlamiz. Yaʼni, banklar tomonidan
bankomatlar (bankomatlar), bank kartalari faol joriy etilishidan tortib, masofadan va istalgan
vaqtda katta hajmdagi xizm
atlarni taqdim etishgacha, 24/7 xizmatiga oʻtish bilan bogʻliq katta
oʻzgarishlar oʻz samarasini beribgina qolmay rivojlanishda davom etmoqda. Bunday sharoitda
prinsipial jihatdan yangi biznes model yaratilib, unda mijozlar bazasini kengaytirish
muammolari
ni hal qilishda anʼanaviy tarzda shakllantirilgan yondashuvlarni qayta koʻrib
chiqilmoqda, xizmat koʻrsatish sifati va tezligi oshmoqda.
Respublikamizda, bank tizimini isloh qilish doirasida davlat ishtirokidagi banklarni
transformatsiya qilish va ularda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etishga
qaratilgan ishlar bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish ishlari davom
ettirilmoqda.
Jumladan, bank ustav kapitalining eng kam miqdorini 2025 yilning 1-yanvariga qadar 100
mlrd. soʻmdan
500 mlrd. soʻmgacha bosqichma
-bosqich oshirib borishni nazarda tutuvchi
oʻzgartirishlar “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritildi (
Qonun, 2019).
Mazkur normaning joriy qilinishi banklarning kapitallashuv darajasi va resurs bazalarini
osh
irish, banklar uchun oʻrnatilgan prudensial meʻyorlarni xalqaro standartlarga yanada
muvofiqlashtirish hamda bank sektoriga chet el investitsiyalarini jalb etish imkoniyatlarini
yaxshilashga xizmat qiladi.
2024-yil 1-yanvar holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklari soni 35
tani, shundan kapitalida davlat ulushi mavjud banklar
–
10 tani, xususiy banklar
–
19 tani
hamda xorijiy bank kapitali ishtirokidagi banklar
–
6 tani tashkil etdi. Tijorat banklari filiallari
–
696 taga, mini-banklar
–
69 taga, bank xizmatlari koʻrsatish ofislari –
1 747 taga hamda tunu-
kun “24/7” rejimida ishlaydigan bank shoxobchalari –
3 723 taga yetdi (
Азларова,
Рахматуллаева, 2022)
.
Bankla
r oʻrtasida raqobat muhitining kuchayishi hamda raqamli bank xizmatlarining
ke
ngayib borayotganligi sharoitida bank tizimida maʼlumotlar assimmetriyasini ka
maytirish,
xususan mijozlarni skoringdan oʻtkazish jarayonlarini tezlashtirish hamda ularni toʻlovga
layoqatlilik darajasini toʻliq baholashda maʼlumotlar almashinuvi muhim ahami
yat kasb etadi.
Kredit axboroti almashinuvi tizimi oʻz ichiga Markaziy banknin
g Kredit axborotining davlat
reyestri hamda KATM va “CRIF Kredit
-
axborot xizmatlari” kredit byurolar
ini qamrab oladi.
Kredit axborotining davlat reyestrida tijorat banklariga kre
dit (lizing, faktoring) boʻyicha
kelib tushgan buyurtmalar, tuzilgan bitimlar va ushbu bitimlar boʻyicha amalga oshirilgan
operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamlangan. Xusu
san, 2024-yil 1-yanvar holatiga
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
119
qarzdorligi mavjud boʻlgan amaldagi bitimlar s
oni 2023-yilning mos davriga nisbatan 35,5
foizga oshib, 5,6 mln. taga, qarzdo
rlar soni esa 24,1 foizga oʻsib, 4,1 mln. taga yetgan. (1
-rasm).
1-rasm. Kredit axborotining davlat reyestrida amaldagi kredit bitimlari va
amaldagi qarzdorlar soni haqida maʼ
lumot
Manba:
Markaziy bank ma’lumotlari.
2023 yil
davomida amaldagi kredit bitimlarini banklarning mulkchilik shakli boʻyicha
taqsimlanishida tarkibiy oʻzgarish kuzatilgan boʻlib, davlat banklariga tegishli kredit bitimlari
ulushi 2022-yildagi 71,9 foizda
n 54,7 foizga qisqargan boʻlsa, xususiy va xorijiy bank kapitali
ishtirokidagi banklar ulushi 28,1 foizdan 45,3 foizga oshgan.
2024-yil 1-yanvar holatiga mavjud qarzdorlar sonining 96,2 foizini jismoniy shaxslar va
3,8 foizini korporativ mijozlar tashkil etadi. Kredit qarzdorligi mavjud jismoniy shaxslarning
53,6 foizi erkaklar, 46,4 foizi ayollardan iborat (ayollarning ulushi oʻtgan yilga nisbatan 1,8
foizga oshgan).
Hozirgi vaqtda, banklar orqali masofadan xizmat koʻrsatish tizimi plastik karta orqali va
tijorat banklari orqali amalga oshirilmoqda.
Tijorat banklari faoliyatida raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etgan holda aholi va
mijozlarga xizmat
koʻrsatish sifatini yaxshilash, bankomatlar va infokiosklarda amalga
oshiriladigan moliyaviy operatsiyal
ar turlarini kengaytirish orqali bank xizmatlari koʻlami
ortgan (2-rasm).
2-
rasm. Masofadan xizmat koʻrsatish tizimlaridan foydalanuvchilar (turlari boʻyicha)
soni haqida maʼlumot
(2018-
2024 yil 1 yanvar holatiga, mln.soʻmda)
Manba:
Markaziy bank ma’lumo
tlari.
227,9
359,8
691
822,5
968,6
1 157
1 339
4225,4
7599,3
9462,5
13 748,60
19 234,80
28 843,00
42 759
0
5000
10000
15000
20000
25000
30000
35000
40000
45000
2018 yil
2019 yil
2020 yil
2021 yil
2022 yil
2023 yil
01.01.2024
yil
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar
jismoniy shaxslar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
120
Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra tijorat banklarining 20,2 milliondan ortiq mijozlari
masofadan bank xizmatlarini koʻrsatuvchi tizimlardan foydalanadi. Ulardan
42,759 million
nafari (yoki 95 foizi) jismoniy shaxslar, 1339 mingtasi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi
tadbirkorlar sanaladi
Keltirilgan 2-
rasm maʼlumotlari tahlilidan, Oʻzbekistonda masofadan xizmat koʻrsatish
tizimlaridan foydalanuvchilar soni 2018-2024-
yillar oraligʻida oʻsish tendensiyasiga ega
boʻlgan.
Masofaviy identifikatsiya qilish bank xizmatlari tannarxi kamayishi natijasida yangi
mijozlarni jalb qilish hamda moliya bozorida raqobatni rivojlantirish imkoniyatini beradi.
Natijada bu ishlarni yoʻlga qoʻyish bank daromadini oshirishga ham turtki boʻladi.
Masofaviy bank xizmatlarini (mobil-banking, internet-
banking) keng joriy qilish, oʻz
navbatida, yangi bank xizmatlari boʻyicha tegishli marketing ishlarini olib borilishini taqozo
etadi.
1-jadval
Masofadan bank xizmatlarini koʻrsatuvchi tizimlardan
foydalanuvchilarning
soni 2024 yil 1 mart holatiga
11
№
Bank
Yuridik shaxslar va
yakka tartibdagi
tadbirkorlar
Jismoniy
shaxslar
Jami
1
Milliy bank
100 147
1 706 618
1 806 765
2
Oʻzbekiston sanoat
-qurilish banki
73 516
6 122 151
6 195 667
3
Agrobank
218 257
5 392 777
5 611 034
4
Ipoteka-bank
167 852
3 068 875
3 236 727
5
Mikrokreditbank
73 600
1 026 586
1 100 186
6
Xalq banki
120 118
4 278 639
4 398 757
7
Garant bank
6 905
90 230
97 135
8
Biznesni rivojlantirish banki
30 837
267 842
298 679
9
Turonbank
48 473
478 096
526 569
10 Hamkorbank
127 944
1 656 211
1 784 155
11 Asaka bank
36 660
876 037
912 697
12
Ipak Yoʻli banki
62 888
2 351 952
2 414 840
13 Ziraat bank Uzbekistan
4 800
61 096
65 896
14 Trastbank
49 454
188 094
237 548
15 Aloqabank
65 289
1 545 265
1 610 554
16
KDB Bank Oʻzbekiston
1 345
45 280
46 625
17 Soderot bank Toshkent
426
2 642
3 068
18 Universal bank
13 152
147 691
160 843
19 Kapitalbank
51 857
1 347 994
1 399 851
20 Octobank
2 683
72 317
75 000
21 Davr-bank
26 091
208 242
234 333
22 Invest Finance bank
17 791
382 636
400 427
23 Asia Alliance bank
26 788
591 547
618 335
24 Oriyent Finans bank
30 647
553 722
584 369
25 Madad Invest bank
1 125
2 336
3 461
26 AVO bank
109
349
458
27 Poytaxt bank
1 142
10 850
11 992
28 Tenge bank
2 842
696 806
699 648
29 TBC bank
—
2 436 243
2 436 243
30 ANOR bank
29 725
4 143 047
4 172 772
31 UZUM bank
—
1 451 600
1 451 563
32 HAYOT bank
—
231
231
Jami
1 392 463
41 204 002
42 596 428
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
121
Hozirgi kunda respublikamizda 32 ta tijorat banki tomonidan masofaviy bank xizmatlari
koʻrsatib kelinmoqda, u
larning 2024 yil 1 mart holatiga tahlili quyidagi jadvalda keltirilgan
(1-jadval).
Masofadan bank
xizmatlarini koʻrsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilarning soni 2024 yil
1 mart holatiga yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar jami 1 392 463 ming tani,
jismoniy shaxslar 41 204 002 ming taga etgan.
Respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklari ijtimoiy tarmoqlardan bank
mahsulotlari va xizmatlari boʻyicha marketing ishlarini olib borish uchun foydalanishmoqda.
Xulosa va takliflar.
Bugungi kunda, respublikamizda banklar tomonidan aholi uchun bazaviy bank
xizmatlarini (omonat va konversiya amaliyotlari, mikroqarz olish, bank kartasiga buyurtma
berish, identifikatsiyadan o
ʻ
tish) onlayn rejimda bajarish imkoniyati, tadbirkorlik subyektlari
uchun esa to
ʻ
lovlarni hisob-kitob terminallaridan tashqari QR-kod, NFC va boshqa kontaktsiz
to
ʻ
lov texnologiyalarini qo
ʻ
llagan holda qabul qilish xizmatlari ko
ʻ
lami kengaytirib bormoqda.
Shuningdek, banklar va to
ʻ
lov tashkilotlari axborot tizimlari va resurslari kiberxavfsizligi
ta
’
minlanganlik darajasi maxsus dasturlar yordamida doimiy o
ʻ
rganib borilishi zarurati ortgan.
Oʻzbekistonda bank xizmatlarini koʻrsatish koʻlamini kengaytirish maqsadida:
-
bank xizmatlarini boshqa muqobil yoʻllar (kanallar) orqali koʻrsa
tish sohasini
rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
-
mijozlar bazasini kengaytirish va ularning miqdoriy hamda sifat koʻrsatkichlarini
yaxshilash boʻyicha doimiy marketing tadqiqotlarini olib borish;
- masofaviy bank xizmatlari so
ni va qamrovini koʻpaytirish, shu jumladan kontaksiz
toʻlovlar, avtomatlashtirilgan tizimining keng qoʻllash, raqamli identifikatsiya va kredit
konveyeri, bank sohasida yangi konsepsiyalar va texnologiyalarni joriy etish (marketpleys,
ovozli texnologiyalar)dan unumli foydalanish;
-
bank xodimlari va tarkibiy boʻlinmalari uchun (KPI) asosiy koʻrsatkichlar tizimini ishlab
chiqish va joriy etish
-
moliyaviy savodxonlikni oshirish borasida toʻplangan tajriba asosida raqamli moliyaviy
savodxonlikni oshirish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda chekka hududlardagi aholiga
moliyaviy bilimlarni yetkazish, taʼlim muassasalar
ida moliyaviy bilim va k
oʻnikmalar
kanallarini takomillashtirish hamda bu boradagi loyihalarni yangicha yondashuvlar asosida
joriy etish ish
lariga alohida e’tibor qaratish
zarur.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Bobakulov Tulkin Ibodullaevich. (2023)
Oʻzbekiston bank tizimin
i rivojlantirishning
zamonaviy
muammolari.
content/uploads/2023/12/Moliyaviy_texnologiyalar_3_son_2023_yil_1_Noyabr_ohirgi_varinati2
Farmon (2018) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018
-yil 23-yanvardagi "2020-
2025-
yillarga moʻjallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi
toʻgʻrisida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF
-5992-sonli Farmoni.
Mirziyoyev Sh. (2020)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning Oliy
Majlisga
Murojaatnomasi. //Xalq soʻzi 2020
-yil 30-
dekabr № 276 (7778). 1
-4-b.
Qonun (2019) Oʻzbekiston Respublikasining 2019
-yil 11-noyabrdagi yangi taxriri
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonun.
Qon
un (2019) Oʻzbekiston Respublikasining 2019
-yil 5-
noyabrdagi yangi taxriri “Banklar
va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun.
Qonun (2019) Oʻzbekiston Respublikasining Toʻlovlar va toʻlov
tizimlari toʻgʻrisida Qonuni
01.11.2019 yildagi OʻRQ
-578-son
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
122
Raxmatov
Temur Sotiboldiyevich (2023) Moliyaviy globalizatsiya sharoitida o„zbеkiston
tijorat banklarining an‟anaviy opеratsiyalarini rivojlantirish yoʻllari 08.00.07 —
Moliya, pul
muomalasi va kredit Iqtisodiyot fanlari bo„yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtorеfеrati
–
Toshkent.
Raxmatov Temur Sotiboldiyevich
(2024) Bank xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirish
yoʻllarI. iqtisodiy taraqqiyot va taxlil ilmiy elektron jurnali №5
itt.uz/index.php/eitt/article/view/1356/1277
А
bdullaeva Sh.Z. (2017) Bank ishi. Darslik.
—
Toshkent.: «Iqtisod
-
Moliya»,
-732 b.
Азларова А.А. (2023) Особенности развития банковской системы республики
Узбекистан на современном этапе.
Economics and Innovative Technologies, 11 (5), 1
–
7
https://scholar.google.com/scholar?cluster=10217124282259592342&hl=en&oi=scholarr
Азларова, А., & Рахматуллаева, М. (2022). Трансформация банковского сектора –
неотъемлемая часть процесса становления цифровой экономики в республике
Узбекистан. Наука и научный потенциал: основа устойчивого инновационного развития
общества, 1(1), 34–
37.
https://doi.org/10.47689/inlibrary-SSPBSIDS-2022-pp34-37
Питер С. Роуз
(2007)
, “Банковский менеджмент”, –М.
Тоймухамедов, И., & Махкамова, Д. (2020) Цифровая экономика и её влияние на
банковский бизнес в Узбекистане.Экономика и
инновационные технологии, (2), 151–
160.
https://inlibrary.uz/index.php/economics_and_innovative/article/view/11408
Электронный ресурс
(2016)
Финансовая доступность в России: взгляд потребителя
/ Национальное агентство финансовых исследований. —
Режим доступа:
www.cgap.org/sites/default/files/WorkingPaper-Financial-Inclusion-in-Russia-Aug-2014-
Rus.pdf (дата обращения 04.02.2016).
