Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
158
IQTISODIYOTGA XORIJIY INVESTITSIYALARNING JALB ETISH VA INV
Е
STITSION
LOYIHALARNI BOSHQARISHNI ASOSIY JIHATLARI
PhD
Shadibekova Dildor Abduraxmanovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0002-9890-1573
Annotatsiya.
Ushbu maqolada xorijiy investitsiyalarning ahamiyati va ularni milliy
iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrni yoritilgan boʻlib, statistik maʼlumotlar asosida tahlil qilingan.
Shuningdek, maqolada milliy iqtisodiyotga jalb qilingan inv
е
stitsion loyihalarni samarali
boshqarishdagi mavjud muammolar va ularni oldini olishni faollashtirishda qanday chora-
tadbirlardan foydalanish kerakligi keng yoritilgan.
Kalit soʻzlar
:
investitsiya, xorijiy investitsiya, toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiya,
investitsion loyiha, investor, kapital eksporti, investitsion loyihalarni samarali boshqarish,
eksport, import.
ОСНОВНЫЕ АСПЕКТЫ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ В
ЭКОНОМИКУ И УПРАВЛЕНИЯ ИНВЕСТИЦИОННЫМИ ПРОЕКТАМИ
PhD
Шадибекова Дилдор Абдурахмановна
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В этой статье анализируется важность иностранных инвестиций и
их роли в развитии национальной экономики и анализируется на основе статистических
данных.
Также в статье широко освещены существующие проблемы эффективного
управления инвестиционными проектами,
задействованными в национальной
экономике, и какие меры следует использовать для предотвращения их.
Ключевые слова:
инвестиция, иностранные инвестиции, прямые иностранные
инвестиции, портфельные инвестиции, инвесторы, экспорт капитала, управление
инвестиционными проектами, экспорт, импорт.
THE MAIN ASPECTS OF ATTRACTING FOREIGN INVESTMENTS INTO THE
ECONOMY AND MANAGING INVESTMENT PROJECTS
PhD
Dildor Shadibekova Abdurakhmanovna
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article analyzes the importance of foreign investment and its role in the
development of the national economy, which is analyzed based on statistical data.
Also, the article
extensively covers existing problems in the effective management of investment projects involved
in the national economy and what measures should be used to activate their prevention.
Key words
:
investment, foreign investment, direct foreign investment, portfolio investment,
investor, capital exports, charter capital,
effective management of investment projects
export,
import.
UO
‘
K: 330.322.01
VII SON - IYUL, 2024
158-166
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
159
Kirish
.
Bugungi kunda rivojlangan investitsion faoliyatning yoʻlga qoʻyilishini hukumatimizning
yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining mahsuli ekanligini taʼkidlash lozim. Albatta,
kuchli i
nvestitsiya siyosatini oʻtkazish orqaligina biz oʻz iqtiso
diyotimizni yanada gullab
yashnatishimiz mumkin. Bunda xorijiy investitsiyalarning oʻrni katta hisoblanadi.
Soʻnggi yillarda iqtisodiyotni erkinlashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish,
tadbirkorlar uchun imkoniyatlarni har tomonlama kengaytirishni asosida iqtisodiyotimiz
qariyb ikki barobar oʻsdi. Oʻtgan yil yakuni boʻyicha bu oʻsish 6 foizni tashkil qildi. Inflyatsiya 9
foizgacha pasaydi. Savdo aylanmasi koʻrsatkichlari muttasil oshmoqda.
Valyuta bozori va oltin-
valyuta zaxiralari barqarorligi saqlab qolinmoqda.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar
oʻzlashtirildi. Xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ortiq mablagʻlari ijtimoiy v
a
infratuzilma sohalariga jalb qilindi (Mirziyoyev, 2024).
Hozirgi kundagi dolzarb masala - nafaq
at invеstitsiyalari jalb etish, balki ushbu
invеstitsion loyi
halarni boshqarishni t
oʻgʻ
ri tashkil qilishdan iborat.
Tez oʻzgaruvchan biznes muhiti va raqobat s
haroitida loyihani boshqarish har qanday
tash
kilotning samarali faoliyati asosiy elementlaridan biridir. Loyihalarni boshqarish koʻplab
kompaniya va tashkilotlar faoliyatining ajralmas qismi boʻlib, yillar davomida faol qoʻllanib
kelmoqda. Jahon amaliyotid
a loyihalarni boshqarishning oʻziga xos xusus
iyatlaridan biri
–
loyiha yoki tashkilot doirasida muayyan loyiha yoki vazifa uchun eng samarali yondashuvni
tanlash imkonini beruvchi turli metodologiya va yondashuvlardan foydalanish qobiliyatidir.
Jahon iqtisodiyotida loyihalarni boshqarish yangi metodologiya va texnologiyalarning paydo
boʻlishi tufayli, rivojlanish va takomillashishda davom etmoqda. Bundan tashqari, jahon
amaliyotida loyihalarni boshqarish turli sohalarda, jumladan, IT, qurilish, ishlab chiqarish,
marketing va boshqa koʻplab sohalarda keng qoʻllanilayapti, bu uning zamonaviy dunyoda
ahamiyati va dolzarbligidan dalolat beradi.
Loyihani boshqarish
—
bu muayyan natijalarga erishish uchun loyiha ishini rejalashtirish,
tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish jarayoni (Farmon, 2019). Bu korxonalar uchun
mahsuldorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish va ish sifatini yaxshilash uchun muhim
vositadir. Loyihani boshqarish, shuningdek, loyihani amalga oshirish vaqtini nazorat qilish va
xavflarni minimallashtirish imkonini beradi. IT-loyihalarida loyihalarni boshqarish, ayniqsa,
muhimdir, chunki bu sohada natijaga taʼsir qiladigan koʻplab omillar mavjud. Bu esa jamoa
ishini boshqarish, jarayonlarni optimallashtirish, xatarlarni boshqarish va loyihani belgilangan
muddatlarda va byudjet do
irasida saqlashni taʼminlaydi.
Adabiyotlar sharhi.
1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Chet el investitsiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston
Respublikasi Qonunining 3-
moddasida “Chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish
maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat
obʼektlariga qoʻshadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga doir
huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan
har qanda
y daromad Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb eʼtirof
etiladi” (Qonun, 1998). Xorijiy investitsiyalarning umumiy taʼrifi F. Xeniusning 1947 yil AQShda
chop etilgan tashqi savdo lugʻatining 2
-
nashrida quyidagicha berilgan: “Xoriji
y investitsiyalar
–
bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport qilingan
investitsiyalar” (Xenius, 2015). Bundan tashqari, professor Gʻozibekovning (2003) xorijiy
investitsiyalar toʻgʻrisidagi nazariy qarashlarida quyidagi fikrlar bayon etilgan: “Chet el
investitsiyalari bir iqtisodiyot subyekti kapitalini oʻzga iqtisodiyotga muayyan muddatga
bogʻlash boʻlib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy
sharoitlarning, investitsiya muhitining oʻzgari
shi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va
mintaqalar boʻylab kapital koʻchishi yuz beradi”. Ushbu fikrlardan shunday xulosa qilish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
160
mumkinki, xorijiy investitsiyalar bir mamlakat iqtisodiyotidan mutloq boshqa davlat
iqtisodiyotiga koʻchuvchi kapital
boʻlib, u risklar doirasi kengligi bilan ichki investitsiyalardan
farqlanadi. Shuningdek, iqtisod fanlari doktori Qoʻziyevaning (2008) ilmiy ishlarida xorijiy
investitsiyalarning mohiyati toʻgʻrisida: “Kelgusida foyda olish maqsadida kapitalni eksport
qiluvchi xorijiy davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslarning kapitalni qabul qiluvchi
mamlakatlarga turli koʻrinishdagi boyliklar (koʻchar, koʻchmas mol
-mulk, intellektual boyliklar
va boshqalar) va ulardan olingan daromadlar (foyda, foizlar, dividendlar, litsenziya va
komission mukofotlar, royalti, texnik taʼminot va boshqa mukofotlar)ni qoʻyilishiga xorijiy
investitsiyalar deyiladi” degan taʼrif keltirilgan.
Olimaning fikricha, xorijiy investitsiyalarni turli
belgilariga asoslangan holda tasniflash ularning iqtisodiy mohiyatini yanada oydinlashtiradi.
Fozilchayev va Xidirovlarning (2017) “Investitsiya va lizing asoslari” kitobida xorijiy
investitsiyaga quyidagicha taʼrif keltirilgan: “Xorijiy investitsiyalar —
bu chet el investorlari
tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat
iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy,
moliyaviy, intellektual boyliklaridir”.
Xorijlik olimlardan Kaplan, Norton (2004) asarlarida strategik boshqaruv tizimida
korxonaning samaradorligini oshirish va iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish masalalari keng
yoritilgan. Bu olimlarning qarashlarida asosiy eʼtibor, strategik boshqaruv tizim
ini korxona va
tashkilot uchun asosiy xususiyatlarini, uning samaradorligini baholashga qaratilgan.
Ansoffning (1989) qarashlarida strategik boshqaruv tizimida korxonaning istiqbollarini
oʻrganish va ularga taʼsir qiluvchi omillarni baholash muhim oʻrin tutadi. Uning eʼtiborida
korxona doim risk bilan ishlashi, uning uzoq muddatli faoliyati uchun prognozlar tuzish,
ekstropfly
atsiya usulini qoʻllash zarur. Porter (1993) qarashlarida kompaniyalarning
rivojlanishida innovatsiyalarning oʻrni, ularni qoʻllash xu
susiyatlari, kompaniyaning barqaror
rivojlantirilishiga faqat innovatsiyalarni doimiy ravishda joriy etish hamda kompaniyalarning
raqobat ustunligiga erishishlarida innovatsiyaning taʼsiri masalalari tadqiq etilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning a
hamiyati katta boʻlib, u
quyidagilar bilan izohlanadi: birinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va
texnologiyalarni joriy etib, eksportga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni
r
ivojlantiradi; ikkinchidan, import oʻrnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va
buning uchun xorijiy invest
itsiyalarni iqtisodiyotning ustivor sohalariga yoʻnaltirish va
pirovardida aholining meʼyordagi turmush darajasini taʼminlash imkonini
yaratadi;
uchinchidan, kichik biznesni, xususiy tadbirkorlik
ni rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi ishlab
chiqarishini jadallashtirish orqali oʻsib borayotgan aholini ish joylari bilan taʼminlaydi;
toʻrtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish q
uvvatlarini, moddiytexnik bazasini
yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi
korxonalarni barpo etishga koʻmaklashadi, davlat byudjetiga soliq tushumining kelib tushishi
koʻpayadi. Xorijiy investitsiyalarning milliy iqtisodiyotga keng miqyosda jalb etish oʻtish
davrining strategik va joriy vazifalarini hal etish zaruriyati bil
an bogʻliq. Ushbu vazifalarni
bajarish natijasida oʻtgan yillarda investitsiyalarning oʻsishi jadallashdi.
"Oʻzbеkiston iqtisodiy oʻsishining asosiy tamoyillaridan biri bu rеspublika hududlarinin
g
ijtimoiy-iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish natijalariga asoslangan hududiy rivojlanishning
kеng miqyosda va parallеl ravishda amalga oshirilishi hisoblanadi. Bunda hududlarning rеsurs
bazasi, ishlab chiqarish, transport-logistika salohiyati yuqori
qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan
turli xil mahsulotlarga talab oʻrganiladi".
Tahlil natijalariga koʻra, har yili Oʻzbеkiston Invеstitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining
muvofiqlashtiruvi va ko
ʻmagi ostida amalga oshiriladigan hududiy invеstitsiya dastur
lari (HID)
shakllantirildi va Hukumat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi. Yangi imkoniyatlarni
aniqlashni hisobga olgan holda, loyihalar roʻyxati yil davomida kеngaytirib boriladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
161
Oʻzbеki
stonda ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot eksport qilish va aholini ish
bilan taʼminlash imkonini bеruvchi 7,5 mingdan ortiq mintaqaviy invеstitsiya loyihasini 2024
yilda amalga oshirish rеjalashtirilgan.
1-rasm. 2023-2024 yillarda
Oʻzbekiston hududiy invеstitsiya dasturlari
Manba:
Oʻz R Statistika qoʻmitasi maʼlumotlari (
swww.stat.uz).
"HID doirasida umumiy qiymati 11,6 milliard AQSh dollari boʻlgan 7656 ta
loyihani
amalga oshirish rеjalashtirilgan. Oʻtgan yili dеyarli ikki baravar koʻp, yaʼni 14120 ta loyiha
amalga oshirildi, ularning umumiy qiymati 8,3 milliard dollarni tashkil qildi (Swift News, 2024).
2023 yilda sanoat sohasida amalga oshirilgan loyihalar ulushi 31,3 foizni (4419 ta loyiha),
xizmat koʻrsatish sohasida 52,7 foizni (7437 ta loyiha), qishloq xoʻjaligi sohasida 16 foizni
(2264 ta loyiha)
tashkil etdi. 2024 yilda ur?u biroz boshqacharoq: qishloq xoʻjaligi 12,3 foiz
(945 ta loyiha) va xizmatlar 50,1 foiz (3904 ta loyiha) ulushining biroz qisqarishi hisobiga
ishlab chiqarish 36,6 foizgacha (2807 ta loyiha) oshadi.
Loyiha qiymati boʻyicha 2024
yilda, oʻtgan yilgidеk biri
nchi uchlikka Samarqand (1,4
milliard dollar), Qashqadaryo (1,23 milliard dollar) va Namangan (976 million dollar)
viloyatlari kiradi.
"Loyiha tashabbuskorlari koʻproq harakat qilishlari kеrak boʻlgan hududlar bor, masalan,
Namangan (yanvar oyida 5 ta loyiha), Navoiy (12) va Buxoro (17) viloyatlari, ammo, ishonch
bilan aytish mumkinki, HID loyihalarini amalga oshirilishi, ishlab chiqarish va eksport hajmini
sеzilarli darajada oʻsishi hamda mamlakatimizning barcha hududlarida 220
mingdan ortiq
kishini ish bilan taʼminlash imkonini bеradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinin
g 2024 y 92-son
Oʻzbekiston
respublikasining 2024-yil I-
choragiga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish
chora-
tadbirlari toʻgʻrisida qa
rori (15.02.2024) bilan 2024-yilda tijorat banklari tomonidan
xorijiy kredit resurslarini jalb qilishning
maqsadli koʻrsatkichlari va manzilli roʻyxati
tasdiqlandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
162
92,7
93,0
87,8
89,6
77,5
2020
2021
2022
2023
2024
2-rasm.
Oʻzbekiston Respublikasi
asosiy kapitalidagi investitsiyalar markazlashtirilmagan
moliyalashtirish manbalari ulushi hisobiga, % da
Manba:
Oʻz R Statistika qoʻmitqsi maʼlumotlari
.
Asosiy kapitalga investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari boʻyicha eng yuqori
koʻrsatkichlar va oʻsish surʼatlari toʻgʻridan
-
toʻgʻri xor
ijiy investitsiyalar hisobidan qayd etildi
va bu koʻrsatkich 2023
-yilning shu davriga nisbatan 258,0 foizni tashkil etdi. 2024-yilning
yanvar-
mart oylarida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan asosiy kapitalga
yoʻnalt
irilgan 18,
8 trillion soʻm yoki ularning umumiy hajmining 17,6 foizi oʻzlashtirildi. Aholi
mablagʻlari hisobidan 6,9 trillion soʻm yoki 6,5 foizi oʻzlashtirildi.
3-rasm. Asosiy kapitalidagi investitsiyalar moliyalashtirish manbalari ulushi hisobiga, % da
Manba:
Oʻz R
Stati
stika qoʻmit
a
si maʼlumotlari
.
Toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan 33,3 trillion soʻm oʻzlashtirildi, bu 2023
-
yilning shu davriga nisba
tan 10,1 foiz bandga koʻp yoki ularning umumiy hajmining 31,1 foizini
tashkil etadi.
Shu bilan bir
ga, bank kreditlari va boshqa jalb qilingan mablagʻlar hisobidan 5,2 trillion
soʻm (asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmidan 4,8 foiz), Oʻz
bekiston
Garantiyasiz va boshqa
xorijiy investisiyalar
33,0
To]g’rida to’g’ri
xorijiy
investisiyalar
31,1
Markazlashtirilgan
investisiyalar
7,0
Korxona
mablag’lari
17,6
Banklarning krediti va boshqa
jalb qilingan
mablag’lari
4,8
Aholi mablag’lari
6,5
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
163
Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 5,2 trillion soʻm (4,8 foiz) oʻzlashtirildi.
Kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiyalar va kreditlar
–
35,3 trillion soʻm (33,0
foiz), Tiklanish va taraqqiyot
jamgʻarmasi –
0,4 trillion soʻm (0,4 foiz), Respublika byudjeti –
1,7
trillion soʻm (1,6 foiz), Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari. Taʼminot va
kanalizatsiya tizimlari
–
ularning umumiy hajmidan 0,2 trln.soʻm (0,2%).
4-rasm
.
O
‘zbekiston
Respublikasi mintaqaviy investisiya dasturlari
Manba:
Oʻz R Statistika qoʻmitqsi maʼlumotlari
Yuqoridagi rasm maʼlumotlaridan koʻrinib turib
diki, O
‘zbekiston Respublikasi
mintaqaviy
investisiya dasturlarida xizmatlar ulushi 52,7 foizdan 50,1,foizga tushgan bolsa, sanoat ulushi
31,3 foizdan 36,6foizga koʻtarilgan qishloq hoʻjaligi ulushi 16,0 foizdan 12,3foizga tushgan.
H
ozirgi kunda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy inves
titsiyalar oqimining jadal
surʼatlarda oʻsishini quyidagi omillar belgilab bermoqda: 1) mamlakatdagi investitsiya
muhitining barqarorligi; 2) valyuta kursini tartibga solishdagi ijobiy oʻzgarishlar; 3)
mamlakatning soliq mexanizimini takomillashtirishning
aniq yoʻnalishlari belgilanganligi; 4)
soliq qonunchiligida xorijiy investitsiyalarning faoliyatini tartibga soluvchi qaror va
qonunlarning ishlab chiqilganligi; 5) jahon tovar bozorlaridagi eksportyorlar uchun qulay narx
konyukturasining vujudga kelganligi. 6) Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining
yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida bir hecha mingdan ortiq
korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Shuni taʼkidlash kеrakki, invеstitsiyalarni milliy iqtisodiеtga ja
lb qilishda 2024 yil may
oyida ўtkazilgan III Xalqaro investitsiya Forum katta oʻrin tutadi.Oʻzbekistonda III Xalqaro
investitsiya forumida 93 mamlakatdan 2,5 mingdan ortiq delegatni jamladi va global muloqot
va investitsiyaviy sohadagi ilgʻor tajriba alma
shish maydoniga aylandi.
Forum yakuniga koʻra jami qiymati $26,6
mlrd.ga teng kelishuvlar imzolandi.
Maʼlumot
uchun: 2023 y. Toshkent Xalqaro investitsiya forumida da $11 mlrd. 167 ta hujjat imzolangandi.
Xususan quyidagi yirik investisiya
loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga
erishildi:
-
“Data Volt” kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan hamkorlikda “Yangi Toshkent”da
shahar infratuzilmasini qurish ($1 mlrd.) va yashil texnologiyalarga aso
slangan “maʼlumotlar
markazlarini” qu
rish ($3 mlrd.);
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
164
-
“Acwa Power” kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida
quvvati 5 GVt shamol elektr stansiyasini hamda quvvati 2
GVt boʻlgan elektr energiyasini
saqlash qurilmalarini qurish ($6,2 mlrd.);
-
“Amea Power” kompaniyasi (BAA) bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida quvvati 1000
MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish ($1,1
mlrd.);
-
“Saudi Tabrid” kompaniyasi bilan Nukus, Fargʻona va Quvasoy shaharlarida issiqlik
tizimini modernizatsiya qilish ($750 mln.);
-
“Nil Shugar” kompaniyasi (Misr) bilan Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va
shakar ishlab chiqarish ($500 mln.);
-
“Shaynxay Knud Interneshnl” kompaniyasi (Xitoy) bilan Namangan viloyatida tekstil va
toʻqimachilik
mahsulotlari ishlab chiqarish ($205 mln.);
-
“Vilmar Interneshnl” kompaniyasi (Singapur) bilan Toshkent viloyatida oziq
-ovqat
mahsulotlari va chorva uchun ozuqa ishlab chiqarish ($200 mln.).
Bundan tashqari, forumda dunyoning bir qator yirik kompaniyalari hisoblangan
“Oraskom Investment” (Misr), “Bonafarm Grup” (Vengriya), “Sayar” (AQSH), “Goldvind”,
“Sinoma” (Xitoy), “Sam Yapi” (Turkiya), “Pasha Development” (Ozarbayjon) “Laselsberger”
(Avstriya), “Petrosat Chexelsoton” (Eron) kabi kompaniyalar bilan qiym
ati $6,6 mlrd. teng
yangi investisiya
loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Kiritilayotgan xorijiy invеstitsiya loyi
halarini samarali boshqarish endilikda dolzarb
masalaga aylanib bormoqda.
Korxonalarning investitsion loyihalarini boshqarish boʻyicha kamchiliklar sifa
tida
quyidagilarni keltirish mumkin:
—
boshqaruv tizimining tavakkalchilik xavfiga boʻlgan
munosabatida tavakkal investitsion loyihalarga qiziqishning kamligi;
—
boshqaruv tizimida
tavakkalchilik xavfini kamaytirish mexanizmining mavjud emasligi. Bunday holatlarni aynan
investitsion loyihalarni boshqarish tizimida tavakkalchilik xavfini boshqarish masalalarining
keng yoritilmaganligi bilan izohlash mumkin.
Bizning fikrimizcha, noaniqlik sharoitida investitsion loyihalarni boshqarish tizimini
shakllantirish
quyidagi muammo va vazifalarni oʻrganishga qaratilgan boʻlishi lozim:
-investitsion loyihalarni boshqarish faoliyatining maxsus xususiyatlarini tahlil qilish va
aniqlash;
—
investitsiya, innovatsiya va tavakkalchilik xavfini boshqarishning zamonaviy nazariya
va amaliyotida qoʻllanilayotgan metodologiyalarning tahlili asosida innovatsion loyihalarni
boshqarish muammolarini aniqlash;
- korxonalarda, investitsion loyihalarni boshqarish tizimini yaratishda bu tizimning
asosiy tarkibi sifatida tavakkalchilik xavfini boshqarish mexanizmlarini yaratish;
-
investitsion tavakkalchilik xavfi tushunchasi va noaniqlik tushunchasi oʻrtasidagi
bogʻliqlikni aniqlashtirish;
- investitsion loyihalarni joriy qilish jarayonida, tavakkalchilik xavfini inobatga olgan
holda tavakkalchilik xavflarini mustaqil klassifikatsiyalash (tasniflash) tizimini yaratish;
-
bartaraf qilib boʻlmaydigan noaniqlik muhitida tavakkalchilik xavfini optimallashtir
ish
masalasiga qaratilgan innovatsion loyihalarni boshqarish tizimining konsepsiyasini yaratish;
- investitsion loyihalar tavakkalchilik xavflarini boshqarishning kompleks funksiya,
vazifalarini aniqlash va tavakkalchilik xavfini boshqarish uslublarini yaratish;
- investitsion faoliyat yuritish sharoitida tavakkalchilik xavfini boshqarish
texnologiyalarini yaratish;
- tavakkalchilik xavfi turlariga qarab investitsion loyihalarni boshqarish dasturini tuzish
metodikasini yaratish.
Xulosa va takliflar.
Mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy
ragʻbatlantirish va ular uchun zarur sharoitlarni yaratib berish oʻta muhim masalalardan biri
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
165
hisoblanadi. Shuning uchun ham milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni
faollashtirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
birinchidan, inflyatsiya darajasini investitsion loyihalar qiymat oʻsishiga taʼsirini
kamaytirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmini yanada koʻpaytirish;
ikkinchidan, investi
tsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, yaʼni xomashyoni qayta
ishlovchi tarmoqlarga jalb etish;
uchinchidan, xorijiy iqtisodiy subʼektlar bilan oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish
tizimini takomillashtirish va ular bilan erkin investitsion iqtisodiy zonalarni tashkil etish;
toʻrtinchidan, infratuzilmasi mavjud va rivojlanishi qulay boʻlgan joylarga investorlarni
jalb qilish orqali sanoatni tizimli rivojlantirish;
beshinchidan, uzoq muddatli, past foizli toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy kredit resursl
arini jalb
etish ishlarini kuchaytirish.
Investitsion loyihaning maqsadiga erishish uchun quyidagi omillarni hisobga olish kerak:
✓
Maqsad va vazifalarni aniq belgilash.
✓
Loyiha rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish.
✓
Loyihani har tomonlama oʻz
vaqtida baholash va nazorat qilish.
✓
Vakolatli mutaxassislarni jalb qilish va ulardan foydalanish.
✓
Jamoani tashkil qilish, unga koʻrsatmalar berish va erishilgan natijalar uchun
mukofotlash.
Mos metodologiyani tanlash: Turli loyihalari uchun mos metodologiyalarni tanlash va
ulardan samarali foydalanishni taʼminlash zarur.
IT loyihalari uchun Agile, infratuzilma
loyihalari uchun esa Waterfall metodologiyasini qoʻllash tavsiya etiladi.
Kadrlarni oʻqitish: Xodimlarini loyiha boshqaruvi boʻyicha muntazam oʻqitis
h va ularning
bilimlarini oshirish muhimdir. Loyiha boshqaruvi boʻyicha malakali mutaxassislar
loyihalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga katta hissa qoʻshadi.
Resurslarni samarali taqsimlash: Loyihalar uchun zarur boʻlgan resurslarni optimal
taqsimlash
va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash kerak. Resurslar taqsimotini
loyihaning ehtiyojlariga mos ravishda amalga oshirish zarur.
Risklarni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish: Har bir loyiha uchun risklarni
boshqarish rejalarini ishlab chiqish va ularni muntazam yangilab borish tavsiya etiladi.
Risklarni oldindan aniqlash va ularni boshqarish choralarini koʻrish loyihaning muvaffaqiyatli
amalga oshirilishiga yordam beradi.
Texnologik yangiliklardan foydalanish: Loyihalarini boshqarishda zamonaviy texnologik
vositalar va dasturlarni qoʻllash samaradorlikni oshiradi. Loyiha boshqaruvi uchun maxsus
dasturiy taʼminotlardan foydalanish jarayonlarni optimallashtirishga yordam beradi.
Doimiy monitoring va hisobot berish: Loyihalarni amalga oshirish jarayonida doimiy
monitoring va hisobot berish tizimini yoʻlga qoʻyish zarur. Bu loyiha progressini kuzatish va
zarur boʻlganda tezkor choralar koʻrishga yordam beradi.
loyiha boshqaruvi tizimini yaxshilash orqali resurslarni samarali boshqarish, risklarni
ka
maytirish va loyihalarni belgilangan muddatlarda va byudjetda yakunlash mumkin boʻladi.
Shunday qilib, loyihaning yuqori samaradorligiga erishish uchun eng muhimi, loyihaning
vazifalari va maqsadlarini toʻliq va aniq tushunishni taʼminlaydigan sifat
li tahlil va
moslashtirish, shuningdek, loyihaning samarali ishlashi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish
zarur hisoblanadi.
Yuqoridagi takliflarni amaliyotda joriy etish milliy iqtisodiyotimizga xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni va ulardan samarali foydalanishni yanada faollashtirishga ijobiy
taʼsir koʻrsatadi. Ushbu holat pirovardida ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan
uzluksiz yangilab borish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom
ettirish asosida, kelgusida mamlakatimizda ishsizlikni bartaraf qilib, aholi farovonligini
oshiradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
166
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
AnsoffI (1989) Strategicheskoye upravleniye.
–
M.: Ekonomika,
–
358 s.
Farmon (2019)
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2019 yil 10
yanvardagi
«Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini
yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF
-5624-son farmoni.
Fozilchayev Sh.Q., Xidirov N.Gʻ. (2017) Investitsiya va lizing asoslari.
Oʻquv qoʻ
llanma.
–
T.:
Moliya, -22 bet.
Gʻozibekov D.Gʻ. (2003) Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. –
T.: “Moliya”, 45 bet.
Kaplan R.S., Norton D.P. (2004) Organizatsiya, oriyentirovannaya na strategiyu. Kak v
novoybiznes-srede preuspevayut organizatsii, primenyayushiye sbalansirovannuyu sistemu
pokazateley/per.sangl.M.: ZAO Olimp-Biznes. -416 bet.
Mirziyoyev Sh. (2024)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi
Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi https://president.uz/oz/lists/view/7194, 2024 yil
2 may
Porter M. (1993) Mejdunarodnaya konkurensiya: Per. s angl./ Pod.red. V.D. Shetinina.
–
M.
Mejdunarodnie otnosheniya,
–
64 s.
Qonun (1998) “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni.
1998 yil 30 aprel. 3-modda.
Qoʻziyeva N.R. (2008) Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyatini
ragʻbatlantiri
shning moliya-
kredit mexanizmini takomillashtirish yoʻnalishlari. Iqt. fan. dok. ilm.
dar. olish uchun yoz. diss. avtoref.
–
T.: BMA, -11 bet.
Swift News (2024)
Swift News elеktron portali "Oʻzbеkiston 2024 yilda hududiy invеstitsiya
dasturlari doirasida u
mumiy qiymati 11,6 milliard dollar boʻlgan 7656 ta loyihani amalga
oshirishni rеjalashtirmoqda" www. Swift News
Xenius F. (2015) Dictionary of International Trade. Global Marketing Strategies, p.82.
