Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
25
QISHLOQ XOʻJALIGIDA INVESTITSIYALAR
FAOLLIGINI OSHIRISHNING ISTIQBOLLARI
Djumaniyazov Ubbiniyaz
Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agroterxnologiyalar instituti
ORCID: 0009-0008-0923-4950
Annotatsiya.
Ushbu maqolada soʻnggi yillarda mamlakatimiz qishloq xoʻjaligida amalga
oshirilayotgan islohotlar, shuningdek kelajakdagi istiqbollar haqida soʻz yuritiladi. Qishloq
xoʻjaligiga kiritilayotgan investitsiyalar tahlil qilinadi.
Kalit soʻzlar:
investitsiya, qishloq xoʻjaligi, infrastruktura, import, eksport, klaster, fermer,
mehnat resurslari, modernizatsiya.
ПЕРСПЕКТИВЫ ПОВЫШЕНИЯ ИНВЕСТИЦИОННОЙ АКТИВНОСТИ В
СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ
Джуманиязов Уббинияз
Каракалпакский институт сельского хозяйства
и агротехнологий
Аннотация.
В данной статье говорится о реформах, реализованных в сельском
хозяйстве нашей страны за последние годы, а также о перспективах на будущее.
Анализируются инвестиции в сельское хозяйство.
Ключевые слова:
инвестиции, сельское хозяйство, инфраструктура, импорт,
экспорт, кластер, фермер, трудовые ресурсы, модернизация.
PROSPECTS FOR INCREASING INVESTMENT ACTIVITY IN AGRICULTURE
Djumaniyazov Ubbiniyaz
Karakalpak Institute of Agriculture and Agrotechnologies
Abstract.
This article talks about the reforms implemented in the agriculture of our country
in recent years, as well as future prospects. Investments in agriculture are analyzed.
Key words:
investment, agriculture, infrastructure, import, export, cluster, farmer, labor
resources, modernization.
Kirish.
Qishloq xo'jaligini samarali va barqaror rivojlantirishning zaruriy sharti - bu ularga etarli
miqdorda investitsiya kiritishdir. Qishloq xo'jaligi siyosatining muhim vazifasi - qishloq
xo'jaligiga investitsiyalar darajasini oshirish uchun qulay shartsharoitlarni yaratishdir.
Investitsiya - daromad (foyda) olish maqsadida iqtisodiyotda pul (kapital)ning uzoq muddatli
qo'yilmasi. Ular yaratuvchanlikni, asosiy fondlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik
jihatdan qayta jihozlash, shuningdek ular bil
an bog‘liq aylanma mablag‘larning o‘zgarishini aks
ettiradi.
UO
‘
K: 330.322
VIII SON
—
AVGUST, 2024
25-27
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
26
Qo'shimcha ravishda, investitsiyalar - qimmatli qog'ozlarga patent intellektual mulk
huquqlarini olish va boshqalar. Investitsiyalar - daromad (foyda) keltiradigan yoki ma'lum
ijtimoiy samaraga erishuvchi tadbirkorlik faoliyati ob'ektlariga kiritiladi. Iqtisodiy
kategoriyalar uchun investitsiyalar quyidagi xususiyatlarga ega: u sanoat tarmoqlari va qishloq
xo'jaligining iqtisodiy rivojlanishiga bog'liq; resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;
investitsiyalarni qaytarish ehtimoli xavfi; Resurs iste'moli va samaradorlik o'rtasidagi (odatda
uzoq muddatli) vaqtinchalik (o'lchov birligi) aniqlik bor. Qishloq xoʻjaligidagi investitsiya
faoliyati yuridik shaxs, fermer va fermer, fuqaro va davlatning investitsiyalar amalga oshirish
boʻyicha amaliy harakatla
ri majmuidir.
Adabiyotlar sharhi.
Rossiyalik olim Kravchenko (2022) maqolasida qayd etishicha qishloq xo'jaligiga faol
investitsiyalar oziq-ovqat zaxiralarining ko'payishini ta'minlaydi, iqtisodiyotni rivojlantirishga,
yangi ish o'rinlari yaratishga, qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga, tashkilotlarning texnik
jihozlarini modernizatsiya qilishga katta hissa qo'shadi va shu orqali qishloq hayotining
jozibadorligi uchun sharoit yaratadi.
Ushachev, Maslova, Zaruk, Avdeev (2022) tadqiqotchilarning fikricha qishloq xo‘jaligiga
kiritilayotgan investitsiyalar hajmiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri bu davlat tomonidan
qo‘llab
-
quvvatlanayotganligidir, chunki qishloq xo‘jaligi ko'plab xavf
-xatarlarga duchor bo'ladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotda iqtisodiy tatqiq etish metodologiyasi, tizimli tahlil, taqqoslash, ekspert
baholash, iqtisodiy-statistik kabi iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etish usullaridan keng
foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Oʼzbekiston Respublikasida 2021 yilda asosiy kapitalga yoʼnaltirilgan investitsiyalar 245
trillion soʼm yoki 2020 yilga nisbatan 5,2 foiz koʼp investitsiyalar oʼzlashtirilgan. Jumladan,
korxonalar va aholining oʼz vositalari 38,1 foizni, chetdan qabul qilingan mablagʼlar 61,9 foizni
tashkil etdi. Chetdan qabul qilingan mablagʼlar tarkibini chuquriroq tahlil qilganda davlat
buyudjeti 8,8 foiz, banklarning kreditlari va boshqa qarz mablagʼlari 8,0 foiz, chet el
investitsiyalari va kreditlari 42,7 foizni tashkil etgan. Yoki mamlakat tashqi savdosida eksport
15,1 mld. АQSh dollari, import esa 21,1 mlrd.
АQSh dollarini tashkil etgan yoxud farqi 28,4 foizga eksport importga nisbatan kam.
Umuman olganda mamlakatimiz iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarga boʼlgan ehtiyoj
salmoqli oʼrinni egallamoqda. Endi jalb qilinayotgan sarmoyalardan mamlakat ichida qay
darajada foydalanilayotganligiga agrar soha misolida nazar tashlaydigan boʼlsak, qishloq
xoʼjaligida olib borilgan islohotlar natijasida, yer maydonlari toʼliq xususiy klaster va
kooperatsiyalarga berilgani paxtachilikda hosildorlikni bir yilda oʼrtacha 10
foizga oshirish
imkonini yaratdi. Meva-
sabzavotchilik, gʼallachilik va chorvachilikda ham 500 ga yaqin klaster
va kooperatsiyalar faoliyati yoʼlga qoʼyildi.
Buning natijasida, pandemiyaning salbiy taʼsiriga qaramasdan, 1 milliard dollarlik
mevasabzavot eksport qilindi. 91 ming gektar yer maydoni qaytadan foydalanishga kiritildi.
133 ming gektar yoki oʼtgan yilga nisbatan 2 barobar koʼp maydonda suvni tejaydiga
n
texnologiyalar joriy etildi. Oʼtgan yillarda qishloq xoʼjaligi yerlarning unumdorligini yanada
oshirish maqsadida sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv
resusrslaridan oqilana foydalanish davlat dasturini amalga oshirish doirasida agrar sohaga
xorijiy investitsiyalarning joriy etilishi natijasida koʼplab gidrotexnik inshoot va sugʼorish
tarmoqlari qurlib, qishloq xoʼjaligini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, yerning
unumdorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishga 600 million dollardan
ziyod kredit va grant mablagʼlari jalb qilindi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
27
Suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etiladigan yer maydonlari 5 barobarga koʼpaytirilib,
430 ming gektarga yetkazilishi, 90 ming gektar yangi yerlar oʼzlashtirilishi koʼzda tutilgan.
Islohatlarning hozirgi bosqichida qishloq xoʼjalgi mahsulotlarini qayta
ishlashga alohida eʼtibor
berilmoqda. Yetishtirilgan qishloq xoʼjalik mahsulotlari nafaqat mamlakat aholisini isteʼmoliga,
balki chet ellarga ham eksport qilinmoqda. Xaridorlar orasida faqat qoʼshni mamlakatlar emas,
balki Yevropa va Аmerika singari olis oʼlka mamlakatlari borligi ham diqqatga sazovar.
Mamlakatimiz tadbirkorlari chet ellik sheriklar bilan qoʼshma korxonalar barpo etishga jiddiy
eʼtibor qaratishmoqda, chunki bunday hamkorliklar jahon bozoriga chiqish uchun imkon
yaratadi. Qishloq xoʼjaligig
a investitsiyalarni jalb etishda eng avvalo, yangi yerlarni
oʼzlashtirish, hosidorlikni oshirish hisobiga oʼsimlikchilik tarmogʼini rivojlantirishga,
chorvachilikda esa chorva mollarining zotini yaxshilash, chorvaning ozuqa bazasini
mustahkamlash, shuningdek, baliqchilik, asalarichilik, parrandachilikni rivojlantirishga
qaratilmoqda.
Xulosa va takliflar.
Bizning fikrimizcha, kelgisida investitsiyalarni qishloq
xoʼjaligining boshqa sohalariga
ham yoʼnaltirishga alohida etibor qaratish lozim deb
hisoblaymiz va tadqiqot kuzatuvlariga asoslangan holda jalb etilgan investitsiyalar
samaradorligini oshirish borasida quyidagi takliflarni bildiramiz:
-
iqtisodiyotning ustivor sohalarini moliyalashtirishda xorijdan toʼgʼridan
-
toʼgʼri
investitsiyalarni jalb etish, hamda davlat kafolati ostida olingan kreditlarni faqat uzoq
muddatlarga kichik foizlarda jalb qilish;
-
investitsiyalar asosan import oʼrnini bosuvchi va eksportga yoʼnaltirilgan ishlab
chiqarish potentsialini rivojlantirishga, yangi ish oʼrinlarini yaratishga safarbar etilishi lozim,
shu jumladan import oʼrnini bosuvchi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga yoʼnaltirish;
- paxta xom-ashyosini qayta ishlovchi va tayyor mahsulot chiqaruvchi fabrikalar
qurilishiga, meva-
sabzavotlarni qayta ishlovchi kichik korxonalarga, tomchilatib sugʼorish va
suvni tejaydigan boshqa sugʼorish texnologiyalarini joriy etishga moʼljallangan lo
yihalarni
koʼpaytirishga e’tibor qaratish;
-
qishloq xoʼjalik texnikalari bilan taʼminlash sohalarga koʼpiroq davlat kafolatidagi
investitsiya loyihalarini jalb etish, jalb qilinadigan investitsiyalar miqdorini belgilashda esa
qishloq xoʼjalik tarmogʼining mamlakat YaIMidagi salmogʼiga monand ravis
hda taqsimlash;
-investitsiya loyihalarini tuzishda aslo pala-
parishlikka yoʼl qoʼyib boʼlmaydi, ularni puxta
xisob-
kitob qilib amalga oshirishga va fermer xoʼjaliklari va boshqa tadbirkorlarning oʼz
mablagʼlarini koʼproq jalb etish lozim.
Bundan tashqari fermer xoʼjaliklarga meʼyoriy
-huquqiy sharoitlarda ham imkoniyatlar
yetarli darajada emas. Jumladan, “Fermer xoʼjaliklari toʼgʼrisida”gi qonunning 1998 yilgi qabul
qilingan variantida agar fermer yerdan foydalanishda uch yillik oʼrtacha hos
ildorlikni
pasaytirib yuborsa yer fermerdan olib quyilishi mumkin edi, keyingi 2004 yildagi qonun
boʼyicha bir martalik xatolikda yer olib quyilishi mumkin. Fermerlarni kuchli nazorat bilan
emas, balki iqtisodiy richag bilan boshqarish kerak. Masalan, shartnomada kelishilgan reja
bajarilmadimi qonunda va shartnomada koʼrsatilgan tartib asosida ish yuritish yoki yer soligʼini
oshirish orqali boshqarish usulini qoʼllash maqsadga muvofiqdir.
Adabiyotlar
/Литература/
Reference:
Кравченко.Т.С (2022) Инвестициооная активность в отраслях аграрного сектора //
Вестник аграрной науки. –С .97
-105.
Ушачев И.Г, Маслова В.В, Зарук Н.Ф, Авдеев М.В (2022) Механизмы инвестициооного
процесса в аграрном комплексе России // Вестник Российской академии наук. –С. 140
-149.