Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
9
OʻZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOTNI JORIY ETISH ZARURATI:
TAHLIL VA ISTIQBOLLAR
Axmadjonova Gulmira
Oʻzbekiston Respublikasi Bank
-moliya akademiyasi
ORCID: 0009-0004-3225-5312
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mamlakatimizda “Yashil iqtisodiyotni” joriy etish natijalari,
mamlakatning iqtisodiy-
ijtimoiy, sogʻliqni saqlash, aholi farovonligi koʻrsatkichlarining tahlili,
mavzuga oid xorijiy va mahalliy adabiyotlarning sharhi, “Yashil iqtisodiyot”ni r
ivojlantirish
istiqbollari va imkoniyatlari, qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanuvchi energiya manbalardan
foydalanish samaradorligini oshirish masalalari oʻrganilgan.
Kalit soʻzlar:
hudud, rivojlanish, qayta tiklanuvchi resurs, qayta tiklanmaydigan resurs,
barqaror rivojlanish, energiya, innovatsiya, moliyaviy manbalar, iqtisodiy rivojlanish, ekologik
muammolar, oʻlim, ichimlik
suvi.
НЕОБХОДИМОСТЬ ВНЕДРЕНИЯ ЗЕЛЕНОЙ ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ:
АНАЛИЗ И ПЕРСПЕКТИВЫ
Ахмаджонова Гульмира
Банковско
-
финансовая академия Республики Узбекистан
Аннотация.
В данной статье рассмотрены результаты внедрения “зеленой
экономики” в нашей стране, анализ экономико
-
социальных показателей, показателей
здоровья, благосостояния населения страны, обзор зарубежной и отечественной
литературы по теме, Перспективы и возможности развития "зеленой экономики",
вопросы повышения эффективности использования невозобновляемых и возобновляемых
источников энергии.
Ключевые
слова:
территория,
развитие,
возобновляемые
ресурсы,
невозобновляемые ресурсы, устойчивое развитие, энергия, инновации, финансовые
ресурсы, экономическое развитие, экологические проблемы, смерть, питьевая вода.
THE NEED TO INTRODUCE A GREEN ECONOMY IN UZBEKISTAN:
ANALYSIS AND PROSPECTS
Akhmadjonova Gulmira
Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan
Annotation.
This article examines the outcomes of introducing a "Green Economy" in
Uzbekistan, analyzing the economic, social, health, and population welfare indicators within the
country. It includes a review of both foreign and domestic literature on the topic, assesses the
prospects and opportunities for the development of a green economy, and addresses issues related
to improving the efficiency of using renewable and non-renewable energy sources.
Keywords:
territory, development, renewable resources, non-renewable resources,
sustainable development, energy, innovation, financial resources, economic development,
environmental issues, mortality, drinking water.
UO
‘
K: 330.101.541
VIII SON
—
AVGUST, 2024
9-17
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
10
Kirish.
Jahon amaliyotida hududlarni barqaror rivojlantirish, ularning iqtisodiy hamda ekologik
tizimlarini oʻzaro samarali uygʻunligida oʻrganishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan,
mamlakatlar rivojlanishi bevosita hududlar barqarorligiga bogʻliq boʻlib, mazkur masalaning
ijobiy jihatlari innovatsion iqtisodiyotni kengaytirish asosida resurslardan oqilona hamda
samarali foydalanishni oʻz ichiga qamrab olmoqda. Jumladan, iqtisodiyotda ishlab chiqarish
faoliyatini toʻgʻri tashkil qilish, soha davomiyligi va oʻsishini taʼminlash resurslar mavjudli
giga
bogʻliq. Bu esa, hududlarning barqarorligini taʼminlashda iqtisodiy va ekologik tizimlarning
uygʻunligini taʼminlashga qaratilgan boshqaruv qarorlarining samarali amal qilishi bilan
bogʻliqdir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan ilgari surilayotgan “Barqaror
rivojlanish” konsepsiyasi dunyo mamlakatlarining asosiy maqsadiga aylangan. XXI asrda
barcha davlatlarning yuqori iqtisodiy oʻsishga erishish maqsadi barqaror rivojlanish maqsadi
bilan almashdi. Bu, oʻz navbatida, jahon iqtisodiyotning barcha yoʻnalishlari: qishloq xoʻjaligi,
sanoat, transport, moliya, energetika, qurilish sohalari barchasi “yashil” tus olishi muhimligini
anglatadi.
“Yashil” iqtisodiyotni shakllantirish va uning barqaror rivojlanishiga oʻtish global
darajada ham, Oʻzbekiston uchun ham ustuvor vazifalardandir. Barqaror rivojlanish
konsepsiyasi insoniyat kelajagi uchun muhim manba boʻlib, u BMTning qaror va hujjatlarida
oʻz
ifodasini topgan. Barqaror rivojlanishning iqtisodiy-
ekologik asosi, bu “yashil” iqtisodiyotni
shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir.
Hozirgi beqaror tendensiyalarni bartaraf etish uchun 2015-yilda BMTning 2030-yilgacha
boʻlgan davr uchun 17 ta “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadlarining oʻziga xos
mezonlari aniqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 2-dekabrdagi PQ-436-
sonli “2030
-
yilgacha Oʻzbekiston respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar
samaradorligini oshirish boʻyicha chora
-
tadbirlar toʻgʻrisida”
(Qaror, 2022, PQ-436) Qarori
imzolandi. Unga koʻra 2022
-2026-
yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot
strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining “yashil”
iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi doirasida “yashil” va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni taʼminlash
borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan foydalanish hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida resurslarni
tejashni yanada kengaytirish maqsad qilib olingan.
Shuningdek, issiqxona gazlarini YaIMga nisbatan avvalgi yillardagi darajaga nisbatan 35
foizga qisqartirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15
GVtga oshirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini
sezilarli darajada oshirish maqsad etib belgilandi. 2030-
yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida
“yashil” iqtisodiyotga oʻtish va «yashil» oʻsishni taʼminlash boʻyicha 2030 yilga qadar Yalpi ichki
mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan energiya hajmin
i 30 foizga kamaytirish (2023 yilga
nisbatan), Sanoatda elektr energiyasi isteʼmoli, umumiy isteʼmoldagi ulushini 20 foizga
kamaytirish, Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining elektr energiyasini ishlab chiqarish
umumiy hajmidagi ulushini 30,5 foizga ken
gaytirish (gidroenergetika bilan birga), “Yashil
makon” loyihasi doirasida shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizga kengaytirish (aholi
punktining umumiy maydoniga nisbatan) koʻrsatkichlari belgilandi (Muminova, 2023).
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot ishimizni yoritishda taqqoslash, analiz, sintez, iqtisodiy tahlil, analitik tahlil
usullaridan foydalanildi. Tahlillarda mamlakatimizda “Yashil iqtisodiyot” rivojlanishi va
natijalari oʻrganildi, muammolar va sohaga oid boshqa bir qator istiqbolli
vazifalar tahlil qilindi.
Maʼlumotlarni analitik tahlil usulidan foydalanilgan holda kengroq qilib yoritib berishga
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
11
harakat qilindi. Natijada muammolar aniqlanib, muammolarga tegishli ilmiy asoslangan
takliflar berildi va mushohada qilish asosida ilmiy xulosalarga kelindi.
Adabiyotlar sharhi.
Atrof-
muhitni muhofaza qilish boʻyicha chora
-
tadbirlarni moliyaviy mablagʻlarsiz amalga
oshirish mumkin emasligi tufayli alohida “Yashil” moliyalashtirish tizimini yaratish zarurati
paydo boʻldi. Shu sababli Bunevich va Gorbacheva (2022) oʻzlarining tadqiqotlarida “Yashil
moliya”, Yashil investitsiyalash” tushunchalarini ilgari surdilar. Yangi “Yashil” moliyaviy
vositalar nafaqat ulardan foydalanishdan iqtisodiy foyda olish, balki atrof-muhit va iqlim
muammolarini hal qilish va uni muhofaza qilish uchun moʻ
ljallangan, degan fikrni keltirishgan.
Zhang (2021) va boshqalarning tadqiqotlarida yashil iqtisodiy samaradorlik, Durbin
modeli, yashil iqtisodiyotda toza energiyaning roli, yashil iqtisodiyot koʻrsatkichlari tahlil
qilingan.
Mamlakatimiz olimlari tomonidan ham mazkur masala atroflicha oʻrganilgan boʻlib,
“Yashil iqtisodiyot”ning energetika sohasiga yoʻnaltirilgan investitsiyalarining jahondagi
hozirgi holati tahlil qilingan va rivojlanish tendensiyalari Nurov (2022) tadqiqotla
rida oʻz
aksini topgan.
Iminov, Vahobov, Teshaboev, Boʻtaboevlarning (2019) tadqiqotlarida “Yashil”
iqtisodiyotga oʻtishning xorijiy tajribalari, sanoatni rivojlantirishda iqtisodiy ekologik
muammolar kabi masalalari atroflicha oʻrganilgan.
Alimov (2023) “Yashil iqtisodiyot” –
iqtisodiyot yoʻnalishi boʻlib, unda iqtisodiyot oʻzi
mavjud boʻlgan tabiiy muhitning bogʻliq tarkibiy qismidir. Tabiiy resurslardan samarali
foydalanish orqali jamiyat farovonligini taʼminlash, shuningdek, yakuniy foyda
lanish
mahsulotlarini ishlab chiqarish sikliga qaytarishga qaratilgan jarayondir deb keltirib oʻtgan.
Isadjanov (2020) “Yashil iqtisodiyot”
-bu ertangi kun iqtisodiyoti va aynan u XXI asr
iqtisodiy taraqqiyotining harakatga keltiruvchi kuchi boʻlib, yashil iqtisodiyot nazariyasi
quyidagi uchta aksiomaga asoslanishini koʻrsatib bergan:
-
cheklangan makonda taʼsir sohasini uzluksiz kengaytirib boʻlmaydi;
- resurslar cheklangan sharoitda uzluksiz oshib borayotgan ehtiyojni qondirishni talab
qilish mumkin emas;
-
“Yer yuzida hamma narsa bir
-
biri bilan bogʻliq”
-
degan fikrni taʼkidlaydi.
Xashimov (2022) Yashil iqtisodiyot
–
inson hayoti va sogʻligi uchun zarur boʻlgan
resurslarni, ekologik xavflarni va ekologik tanqislikni kamaytirishga va atrof-muhitni
buzmasdan iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy tizim. Yashil
iqtisodiyotni biz ekologik i
qtisodiyot bilan bogʻlasak adashmagan boʻlamiz, lekin u koʻproq
siyosiy jihatdan qoʻllaniladigan yangi yoʻnalish hisoblanishi haqida aytib oʻtgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Iqtisodiyot va jamiyatni salbiy oʻzgarishlarga bardosh turadigan hamda ularning
oqibatlaridan tezda tiklana oladigan barqaror rivojlanish konsepsiyasini, barcha turdagi
resurslardan (suv, energetika va va x.k.) samarali foydalanish masalalarini birinchi oʻ
ringa
chiqardi.
Yangi rivojlanish modelini shakllanish jarayonida barqaror rivojlanish paradigmasini
evolyutsiyasi “yashil” iqtisodiyot konsepsiyasini yaratilishiga sababchi boʻldi va jamiyat hamda
iqtisodiyot tabiat tizimlari bilan birga ham-ohang
tarzda boʻlishi qayd etila boshlandi.
Keyinchalik “Global yashil yangi kurs” konsepsiyasi BMTning atrof
-muhit dasturi (YNDP, 2009)
taklif etildi. Uning asosiy mazmuni investitsiyalarni kam uglerodli iqtisodiyotni rivojlantirishga
yoʻnaltirish va ragʻbatlan
tirishga, ekologik toza texnologiyalarni joriy etishga va ekologik
talablarga
javob
beradigan
transport
vositalarini
yaratishga
va
qoʻllashga,
energosamaradorlikni taʼminlashga va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq masalalarni hal etishga
qaratilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
12
Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni joriy etish bir qator muhim afzalliklarga ega va
mamlakat barqaror rivojlanishi uchun muhim qadamdir. Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni
joriy etishning asosiy sabablari va zaruriyati quyidagilardan iborat:
Birinchidan,
ekologik taʼsirni kamaytirish lozim, ifloslanish muammolari: Oʻzbekiston
sanoat chiqindilari va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish natijasida havo, suv va
tuproqning ifloslanishi kabi ekologik muammolarga duch kelmoqda. Biologik xilma-xillikni
saql
ash: yashil iqtisodiyot ekologik muvozanatni saqlash uchun muhim boʻlgan tabiiy
ekotizimlar va biologik xilma-
xillikni saqlashga hissa qoʻshishi mumkin.
Ikkinchidan,
resurslardan barqaror foydalanish energiya samaradorligiga erishish:
energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologiyalarni joriy etish energiya sarfini va
xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. Suv va tuproq: suv resurslaridan samarali
foydal
anish va barqaror qishloq xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi sektori uchun muhim boʻlgan tuproq
va suv sifatini saqlab qolishga yordam beradi.
Uchinchidan,
iqtisodiy afzalliklari yaʼni yangi ish oʻrinlari yaratish: yashil texnologiyalar
va barqaror ishlab chiqarishni rivojlantirish natijasida yangi ish oʻrinlari va biznes
imkoniyatlarini yaratadi. Investitsiyalarni jalb qilish: yashil iqtisodiyot investitsiyalarni, shu
jumladan barqaror rivojlanishga yoʻnaltirilgan xalqaro fondlar va grantlarni jalb qilishi
mumkin.
Toʻrtinchidan,
iqlim oʻzgarishiga moslashish, iqlim xavfiga chidamlilik: yashil
texnologiyalarga oʻtish ekstremal ob
-
havo bilan bogʻliq xavflarni kamaytirish orqali iqtisodiyot
va infratuzilmaning iqlim oʻzgarishiga chidamliligini yaxshilashga yordam beradi.
Beshinchidan,
ijtimoiy tashabbuslar, hayot sifatini oshirish: ekologik vaziyatni yaxshilash
fuqarolarning hayot sifati, salomatligi va farovonligini oshirishga yordam beradi. Taʼlim va
xabardorlik: yashil iqtisodiyotni rivojlantirish aholi oʻrtasida ekologik xabardorli
kni oshirishga
va ekologik taʼlimni rivojlantirishga yordam beradi.
Oltinchidan,
xalqaro majburiyatlar global kelishuvlarga erishish: yashil iqtisodiyotni joriy
etish Oʻzbekistonning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga qarshi
kurashish boʻyicha xalqaro majburiyatlariga mos keladi.
Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni samarali joriy etish uchun quyidagi bosqichlarni koʻrib
chiqish mumkin:
Strategiya va siyosatni ishlab chiqish: barqaror rivojlanish va ekologiya boʻyicha milliy
strategiyalarni yaratish va amalga oshirish.
Innovatsiyalarni ragʻbatlantirish: yashil texnologiyalarni tadqiq qilish va rivojlantirishni
qoʻllab
-quvvatlash.
Taʼlim va oʻqitish: yashil iqtisodiyotda xabardorlik va koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan
taʼlim dasturlari va kurslarini joriy etish.
Yashil iqtisodiyotga oʻtish davlat tuzilmalari, biznes va jamiyat oʻrtasida kompleks
yondashuv va oʻzaro taʼsirni talab qiladi. Bu nafaqat mavjud ekologik muammolarni hal qilishga
yordam beradi, balki Oʻzbekiston uchun barqaror va farovon kelajak uchun sha
roit yaratadi.
“Yashil” iqtisodiyot energiya va resursni tejashga, atmosferaga uglerod chiqarishni
kamaytirishga, sof energiyadan foydalanuvchi transportga, energiyaning muqobil manbalariga,
organik qishloq xoʻjaligiga, eko
-developmentga (atrof-
muhitga kam taʼsir koʻrsat
gan holda
qurilishga), ilgʻor logistikaga asoslanadi.
Yashil iqtisodiyot iqtisodiyotda inson iqtisodiy faoliyatining atrof-
muhitga salbiy taʼsirini
kamaytirish zarurligini taʼkidlaydi. Har qanday holatda ham iqtisodiy oʻsishga emas, balki
barqaror rivojlanishga eʼtibor qaratadigan tendensiya muhimdir. Ushbu t
endensiya
tarafdorlari iqtisodiyot oʻzi mavjud boʻlgan va uning bir qismi boʻlgan tabiiy muhitning bogʻliq
tarkibiy qismi deb hisoblashadi. “Yashil” iqtisodiyotning muhim xususiyatlari quyidagilardan
iborat:
–
tabiiy resurslardan samarali foydalanish;
–
tabiiy kapitalni saqlash va boyitish;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
13
–
atrof-muhit ifloslanishini himoya qilish;
–
kam uglerod chiqaruvchi iqtisodiyotga erishish;
–
chiqindilarni qayta ishlash va mahsulotga aylantirish;
–
ekotizim xizmatlari va biologik xilma xillikni saqlab qolish;
–
daromad va bandlikni taʼminlash;
–
iqtisodiyotda energiya samaradorligiga erishish, qayta tiklanuvchi energiya
manbalarini toʻla isteʼmol qilishga oʻtish.
Bu oʻz navbatida iqtisodiyotga tabiatga ziyon yetkazmay rivojlanish va aholining ekologik
farovonligini saqlash imkonini beradi, tabiiy kapitalni saqlash va oshirish hisobiga ishlab
chiqarish samaradorligini oshiradi, zaharli moddalar va uglerod chiqarilishini kamaytiradi, bio-
xilma-xillikni kengaytiradi, shuningdek aholi daromadlari va bandligini oshiradi. Ham
birlamchi, ham ikkilamchi resurslardan ehtiyotkor va oqilona foydalanish “yashil iqtisodiyot”ga
xos, bunda anʼanaviy isteʼmolga oʻrgangan jamiyat masʼuliyat bilan isteʼmol qiluvchi jamiyatga
aylanadi. “Yashil iqtisodiyot” modeli inson faoliyati va tabiat hamkorligini normallashtiradi
(General Report for Representatives of Power Structures, 2022).
1-rasm. Yashil iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi
Manba:
muallif tomonidan ilmiy izlanishlar natijasida shakllantirildi.
“Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishning ekologik
-iqtisodiy indikatorlarini tahlil qilish va
hisob-kitob qilish katta ahamiyatga ega.
Modelning samaradorligi “yashil iqtisodiyot”ga oʻtishni
taʼminlashning iqtisodiy mexanizmlari natijadorligini hisobga olgan holda uni amalga
oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlari bilan izohlanadi. Modelni amalga
oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy samarasi deganda tadbirlar majmuini amalga oshirishning
ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega natijasi tushuniladi. U quyidagilar bilan ifodalanadi:
–
qurilish, transport sohasida, qishloq xoʻjaligida ekologik toza oziq
-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan investitsiya faolligini kuchaytirish
hisobiga “yashil” ishlab chiqarish (ekologik toza texnologiyalar) hajmla
rini oshirish;
–
ishlab chiqarish energiya sigʻimini kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga
oʻtish va suv resurslarining ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan holda yoʻqotilishini
kamaytirish hisobiga iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish;
–
chiqindilarni utilizatsiya qilish boʻyicha tadbirlar majmuini amalga oshirish natijasida
salbiy antropogen taʼsirdan aholi va iqtisodiyot obyektlarining himoyalanganligini oshirish.
2000-
yillarning boshlarida Oʻzbekistonda havoga CO₂ emissiyasi koʻpaydi, keyinchalik
2012-16-
yillar oraligʻida pasaydi. Emissiyalar 2016
-
yildan soʻng oʻsish trayektoriyasini tikladi,
2020-yilda Pandemiya sababli sezilarli pasaydi. 2021-
yilda Oʻzbekistonda aholi jon boshiga CO₂
Yashil iqtisodiyot
Ekotizimlar
(Tabiiy
kapital)
Jamiyat
farovonligi
(Inson
kapitali)
Iqtisodiyot
(Jismoniy
kapital)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
14
emissiyasi umumiy emissiyaga oʻrtacha fuqaroning hissasi 3,6 tonnani tashkil etdi. Bu Oʻrta
Osiyodagi oʻrtacha 6,7
tonnadan ancha kam edi.
Emissiyalar ortishiga qaramay, Oʻzbekiston global uglerod chiqindilarining ortishiga oz
boʻlsa
-
da hissa qoʻshmoqda. 2020
-yilda uning chiqindilari Sharqiy Yevropa, Kavkaz va
Markaziy Osiyodagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 20 baravar kam boʻlib, mintaqadagi
chiqi
ndilarning 5 foizini tashkil etgan. Oxirgi uch yillikda Oʻzbekistonning global chiqindilar
ulushi 0,33 foizni tashkil etdi. Energiya (energetika) sektori asosiy CO₂ emitenti boʻlib, elektr
va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun tabiiy gaz yoqilgʻi
sini yoqish natijasida
chiqadigan chiqindilarning 79 foizini tashkil qiladi.
2-rasm. Qayta tiklanadigan elektr energiyasining, elektr energiyasi
manbasidagi ulushi %
Birlamchi energiya taʼminoti (TPES) va elektr ishlab chiqarishda qayta
tiklanadigan
energiya manbalarining ulushi past va soʻnggi besh yil ichida kamaydi. Birlamchi energiya
tarkibidagi qayta tiklanadigan energiya manbalari (RES) ulushi kamayib bormoqda va unchalik
katta emas, 2020-yilda 1% dan kam. Qayta tiklanadigan energiy
a taʼminotining deyarli barchasi
(99%) gidroenergetikadan, keyin esa nisbatan yaqinda 2015-
yildan oʻsib borayotgan energiya
manbai boʻlgan quyosh energiyasidan keladi. Yuqori salohiyatga qaramay, RESning energiya
aralashmasiga qoʻshgan hissasi pastligicha qolmoqda va uni ishlab chiqarish sekin yoʻlni bosib
oʻtmoqda.
Oʻzbekiston oʻzining asosiy energiya taʼminoti uchun tabiiy gaz, neft va koʻmir kabi qayta
tiklanmaydigan manbalarga tayanadi. 2021-
yilda qayta tiklanmaydigan manbalar isteʼmoli
yoqilgʻilarning 85 foizi tabiiy gazni, 9 foizi neftni va 4 foizi koʻmirni tash
kil etgan (OWD, 2023).
Eskirgan infratuzilma, elektr stansiyalari va tarmoq tizimlari asosan anʼanaviy energiya
manbalarini joylashtirish uchun moʻljallangan. Bu qoʻshimcha va RES (IEA, 2022) ning tezkor
integratsiyasi uchun toʻsiq yaratadi. Masalan, 2019
-yilda sanoat miqyosida quyosh elektr
stansiyalari yoki shamol stansiyalari mavjud emas edi.
Oʻzbekistonda 2002
-2022-
yillarda energiya unumdorligi oshdi va shu sababli soʻnggi
yigirma yillikda iqtisodiyotning energiya sigʻimlari pasaydi. Oʻzbekiston energiyadan
foydalanishda yanada samarali boʻlib bormoqda, bu energiya unumdorligining 2005
-2022-
yillarga nisbatan uch baravar oshgani bilan tasdiqlanadi. Hosildorlikning oshishiga
iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida, xususan, sanoatda takomillashtirilgan, energiya tejamkor
texnologiyalarga ustuvor ahamiyat beruvchi, ilgari suruvchi va sarmoya kirituvchi davlat
siyosati sabab boʻlmoqda.
1
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
15
3-rasm. YaIMning energiya intensivligi
Oʻzbekiston
2022-
yilda kishi boshiga energiya sarfi boʻyicha sakkizinchi oʻrinni egallagan.
Soʻnggi yillarda u energiya sarfini kamaytirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirmoqda. Biroq,
muammolar eskirgan infratuzilma va sekin yangilanishlar bilan bogʻliq boʻlib qol
moqda (IEA,
2022).
Shu bilan birga, mamlakatimizda ekologik vaziyatlarni yaxshilash va atrof muhit
ekotizimlarini yaxshilashga harakat qilmoqda. 2011-21-
yillar davomida Oʻzbekistonda
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar soni 3 baravar koʻpaydi. Oʻzbekistonda bioxilma
-xillik va
ekotizimlarni saqlash uchun zarur boʻlgan 41 ta qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar mavjud
(UNEP-WCMC, 2023). Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 2011-yildagi 0,8 million gektardan
2021-yilda 3,5 million gektarga yoki 34 578 km2 ga (yer maydonining 8 foizi) uch barobarga
oshdi. 2021-
yil holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 13 ta hududdan 8 tasida qoʻriqlanadigan tabiiy
hududlar tashkil etilgan.
Oʻzbekiston bioxilma
-
xillikni saqlash boʻyicha Milliy strategiya va harakatlar rejasi hamda
“2019
-2028-
yillarga moʻljallangan bioxilma
-
xillikni saqlash strategiyasi”da belgilab
berilganidek, 2028-yilga borib muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy q
amrovini oʻz
hududining 12 foiziga yetkazish majburiyatini oldi.
Mamlakatimizda ekologik vaziyatlarni yaxshilash, atrof muhitni asrab avaylash aholi
farovonligi va sogʻliqni saqlash masalalarini hal qilishda yordam beradi. Chunki atrof muhitning
ifloslanishi, havoda toksin gazlarining ortishi oqibatida oʻlim darajasi sezilarli darajada
koʻpaya
di.
Havoning ifloslanishi tufayli oʻlim va bevaqt oʻlim darajasi yuqori va bu jahon oʻrtacha
darajasidan baland. 2022-
yilda respirator kasalliklar oʻlimning deyarli 10 foiziga sabab boʻldi.
Qoraqalpogʻiston viloyatining qurgʻoqchil hududlarida surunkali bronxi
t bilan kasallanish
holatlari respublikaning qolgan hududlariga nisbatan 2,5-
3,0 barobar koʻp (IQAIR, 2021).
Oʻzbekistonda tashqi havoning ifloslanishi bilan bogʻliq oʻlimlar soni boʻyicha dunyoda
uchinchi oʻrinda turadi (AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi, 2019
-yil). Xususan,
Oʻzbekistonda soʻnggi 30 yil davomida har yili 1 million aholidan 750 dan ortiq kishi
PM2.5
taʼsiridan vafot etgan, bu 2019
-
yildagi oʻrtacha 645 kishidan yuqori.
Yana bir vaziyatga nazar solsak, uy xoʻjaliklarining yaxshilangan va xavfsiz manbadan
ichimlik suvi bilan taʼminlanganligi ulushi, soʻnggi oʻn yil ichida 10% ga kamaydi. 2022
-yilda
Oʻzbekiston uy xoʻjaliklarining 72 foizi toza ichimlik suviga ega boʻldi, b
u 2010-yildagi 82,5
foizdan kamaygan.
2
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
16
4-
rasm. Nafas olish kasalliklari tufayli oʻlim, oʻlim %
Bu ulush, asosan, aholi va uy-
joylarning koʻpayishiga qaramay, suv taʼminoti
infratuzilmasi va suv xizmatlarining eskirganligi tufayli yuzaga kelgan va toʻxtab qoldi. Bu
nisbat jahon oʻrtacha koʻrsatkichidan past, shaharlar va qishloqlar oʻrtasida tengsizl
ik yuqori.
Toshkent shahridagi uylarning 97 foizdan ortigʻi ichimlik suvi bilan taʼminlangan boʻlsa,
Qashqadaryo viloyati eng past suv taʼminotiga ega viloyat boʻlib qolmoqda.
Kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni oldi olish maqsadida,
Oʻzbekiston koʻp tomonlama institutlar va Birlashgan Millatlar Tashkilotining grantlari va
kreditlari orqali yashil oʻsish uchun moʻljallangan mablagʻlarni jalb qilmoqda. 2023
-yilga kelib
Oʻzbekiston yashil oʻsishning strategik ustuvorliklarini qoʻllab
-quvvatlash uchun xalqaro
moliya institutlari (XMI) va rivojlanish boʻyicha sheriklardan 840 million dollar kredit va 66
million dollar grant mablagʻlarini jalb qildi. Yashil oʻsishni rivojlantirishga koʻmak berishning
tizimli monitoringining yoʻqligi esa tendensiyalarni kuzatish imkonini bermayapti.
2030-
yilgacha Yashil iqtisodiyotga oʻtish milliy strategiyasining bir qismi sifatida
Oʻzbekiston davlat va xususiy manbalardan yashil investitsiyalarni ochish uchun maxsus
fondlar va yashil obligatsiyalarni tashkil etish uchun aralash moliyalashtirishni amalga
oshirishni boshladi. Mamlakat, shuningdek, davlat-xususiy hamkorlik doirasida qayta
tiklanadigan energiya ishlab chiqarishga investitsiyalarni jalb qilmoqda. Biroq, u
raqobatbardosh uglerod savdo bozorida ishtirok etmaydi.
“Yashil” iqtisodiyot inson ehtiyojlarini qondirishga, atrof
-
muhit bilan oʻzaro taʼsirni
hisobga olishga, kelajak avlodlar farovonligiga ustuvor ahamiyat berishga qaratilgan.
Boshqacha qilib aytganda, “yashil” iqtisodiyot uzoq muddatli istiqbolda inson faro
vonligini
oshirishga olib keladigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va
isteʼmol qilish bilan bogʻliq iqtisodiy faoliyat tizimidir va bu tizimning faol ishlashi kelajak
avlodlar muhim ekologik xavflarga yoki ekologik tanqisli
kka duchor boʻlmasligiga asos boʻladi.
Xulosa va takliflar.
Oʻzbekiston “yashil” iqtisodiyotga oʻtishni va “yashil” oʻsishni taʼminlashda oʻz oldiga
qoʻygan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirishi lozim:
–
tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish;
–
milliy iqtisodiyotning tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga nisbatan barqarorligini
mustahkamlash;
3
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust
www.e-itt.uz
17
–
milliy iqtisodiyot, xususan sanoatning “yashil” va kam uglerodli rivojlanishini
taʼminlash;
–
innovatsiyalarni joriy etish va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb qilish;
–
barqaror va inklyuziv “yashil” urbanizatsiyani rivojlantirish;
–
“yashil” iqtisodiyotga oʻtish davrida katta taʼsir kuchiga ega boʻlgan aholi qatlamlarini
va ularning yashash joylarini qoʻllab
-quvvatlash;
–
“yashil” oʻsish boʻyicha salohiyatni oshirish va inson kapitalini rivojlantirish;
–
“yashil” iqtisodiyotga oʻtish uchun qulay siyosiy muhit yaratish, samarali institutlarni
joriy qilish;
–
tashqi va ichki “yashil” moliyalashtirish oqimlarini koʻpaytirish;
–
tabiiy resurslardan foydalanish masalalari hamda eko-innovatsion texnologiyalarni
tatbiq etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
–
ekologik soliqlarni takomillashtirish va ekologik talablarni hisobga olgan holda davlat
tomonidan xarid qilish va “yashil” investitsiyalarni amalga oshirish vositasida “yashil”
(ekologik toza) texnologiyalarni rivojlantirish uchun yangi moliyaviy vositalarni joriy etish;
–
atrof-
muhit sifatini tiklash yoki saqlashga yordam beradigan yangi ish oʻrinlarini
yaratishga qaratilgan iqtisodiy sohalarni va korxonalarni qoʻllab
-
quvvatlashni taʼminlash.
Global darajada yashil iqtisodiyotga oʻtish katta miqdordagi moliyaviy mablagʻlarni talab
etadi. Xalqaro energetika agentligining 2050-yilgacha birgina CO2 emissiyasini ikki baravarga
kamaytirish boʻyicha turli ssenariylari shuni koʻrsatmoqdaki, ushbu maqs
adga erishish uchun
“yashil iqtisodiyot”ga qoʻshimcha investitsiyalar miqdori dunyo YaIMning 1
-2,5% darajasida
boʻlishi talab etiladi. Ahamiyatlisi shundaki, mazkur investitsiyalarning katta qismi qurilish va
transport sohasini “yashillashtirish” uchun yoʻnaltirilishi kerak boʻladi va boshqalar.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
General Report for Representatives of Power Structures, (2022) Ways to Sustainable
Development and Poverty Alleviation Is a General Report for Representatives of Power Structures].
Available at: http://old.ecocongress. info/5_congr/docs/doklad.pdf
Qaror (2022) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 2-
dekabrdagi “2030
-
yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar
samaradorligini oshirish boʻyicha chora
-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ
-436-son qarori.
YNDP
, (2009) Глобальный зеленый новый курс. Доклад, ЮНЕП, 2009
http://www.unep.org/greeneconomy/portals/30/docs/GGND-policy-brief_Russian.pdf
Zhang, D., Mohsin, M., Rasheed, A. K., Chang, Y., Taghizadeh-Hesary, F. (2021). Public
spending and green economic growth in BRI region: mediating role of green finance. Energy
Policy, 153, 112256.
Алимов
Б
.
Б
.
ЎЗбекистонда
яшил
иқтисодиётни
ривожлатириш
стратегияси
//Miasto Przyszłości. –
2023.
–
Т
. 37.
–
С
. 175-184.
Буневич, К. Г., & Горбачева, Т. А. (2022). «Зеленые» тенденции в развитии мировой
финансовой системы. Вестник Московского университета имени СЮ Витте. Серия 1:
Экономика и управление, (1 (40)), 52
-60.
Иминов Т.К., Ваҳобов А.В., Тешабоев Т.З., Бўтабоев М.Т. (2019). «Зелёная экономика»
как основа устойчивого развития. Монография.
-
Т: «Алоқачи», 480.
Исаджанов А.А. (2020) “Яшил иқтисодиёт”: хусусиятлари ва ривожланиш омиллари.
Иқтисодиёт ва таълим /
No 1
Муминова Э.А. (2023) Яшил иқтисодиёт барқарор ривожланиш механизми сифатида
//Экономика и финансы (Узбекистан). –№. 1 (161). –
С. 16
-22.
Нуров, З., Ражабова, М. Х. (2022). «Яшил иқтисодиёт» да энергетика соҳасининг
иқтисодий.
Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(5), 781-787
Хашимов
П
.
З
.
и
др
. (2022)
Ресурсларнинг
чекланганлиги
ва
“Яшил
иқтисодиёт” га
ўтиш
зарурияти
//Science and innovation.
–Т
.: 1.
–
№. A3. –С
. 305-308.
