ОСОБЕННОСТИ ОРГАНИЗАЦИИ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНОГО ТРАНСПОРТА НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ

Аннотация

В статье рассмотрены вопросы подготовки финансовой отчетности на предприятиях железнодорожного транспорта, формирования учетной политики, документального оформления данных и их отражения в финансовой отчетности и управлении в соответствии с международными стандартами.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
139-144
22

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Мисиров X. (2024). ОСОБЕННОСТИ ОРГАНИЗАЦИИ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНОГО ТРАНСПОРТА НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ. Экономическое развитие и анализ, 2(9), 139–144. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/49590
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассмотрены вопросы подготовки финансовой отчетности на предприятиях железнодорожного транспорта, формирования учетной политики, документального оформления данных и их отражения в финансовой отчетности и управлении в соответствии с международными стандартами.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

139


TEMIR YO‘L TRANSPORTI KORXONALARIDA

MOLIYAVIY HISOBNI XALQARO

STANDARTLAR ASOSIDA TASHKIL QILISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Misirov Xurshid Mamasobirovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0007-3237-9624

misirovxurshid44@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada temir yo‘l transporti korxonalarida moliyaviy hisobni tuzish, hisob

siyosatini shakllantirish, ma’lumotlarni hujjatlashtirish hamda moliyaviy

hisobotlarda aks

ettirish va xalqaro standartlarga muvofiq yuritishdan iboratdir.

Kalit so‘z

lar

:

temir yo‘l transporti korxonalari, moliyaviy hisob, moliyaviy hisobotning

xalqaro standartlari, moliyaviy hisobot, hisob siyosati baholaridagi o‘zgarishlar, o‘

tgan davrlar

xatosini tuzatish, retrospektiv, perspektiv usullar.

ОСОБЕННОСТИ ОРГАНИЗАЦИИ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ

ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНОГО ТРАНСПОРТА НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ

Мисиров Хуршид Мамасобирович

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В статье рассмотрены вопросы подготовки финансовой отчетности

на предприятиях железнодорожного транспорта, формирования учетной политики,

документального оформления данных и их отражения в финансовой отчетности и
управлении в соответствии с международными стандартами.

Ключевые слова:

предприятия железнодорожного транспорта, финансовый учет,

международные стандарты финансовой отчетности, финансовая отчетность,

изменения в оценках учетной политики, исправление ошибок прошлых периодов,
ретроспектива, перспективные методы.

PECULIARITIES OF ORGANIZING FINANCIAL ACCOUNTS IN RAILWAY TRANSPORT

ENTERPRISES BASED ON INTERNATIONAL STANDARDS

Misirov Khurshid Mamasobirovich

Tashkent State University of Economics

Abstract.

The article deals with the preparation of financial accounts in railway transport

enterprises, the formation of accounting policies, the documentation of data and the reflection in

financial reports and management in accordance with international standards.

Keywords:

railway transport enterprises, financial accounting, international standards of

financial reporting, financial reporting, changes in accounting policy estimates, correction of

errors of past periods, retrospective, prospective methods.

UO

K: 657.01

IX SON - SENTYABR, 2024

139-144


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

140

Kirish.

Hozirgi raqamli iqtisodiyot sharoitida jadal rivojlanib borayotgan bir davrda barcha

davlatlar qatorida

O‘zbekiston

Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi korxonalar

ham iqtisodiy jihatdan rivojlanish va tovar aylanmasi hajmini o‘sishga harakat qilmoqda. Shu

sababdan temir yo‘l transporti korxonalari faoliyat jarayonlarini raqamlashtirish

,

zamonaviylashtirish va xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadga muvofiqdir.

Ma’lumki respublikamizda faoliyat yuritayotgan “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik

jamiyati (AJ) eng muhim sohalardan bo‘lib, bu sohani har tomonlama rivojlantirish maqsa

dida

temir yo‘l transporti korxonalarini rivojlangan xorijiy davlatlar bilan ish

tajribalarini o‘rganish,

yangiliklarni amaliyotga

joriy etish

yuzasidan hamkorlikni yanada yaxshilash lozim.

Bu borada

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti

Sh.M.Mirziyoev

(2021)

ta’kidlaganidek,

aholiga har tomonlama ko‘maklashish zarur deb ta’kidlagan,

20 avgust 2021 yildagi

murojaatida. Shunday ekan, temir yo‘l transporti korxonalari

ga investitsiyalarni jalb qilish

hamda investorlar sonini ko‘paytirish, zamonaviy texnika va te

xnologiyalarni joriy qilishni

kengaytirish lozim.

Shuni takidlash lozimki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2022

-yil yakunlariga

ko‘ra yuk tashish aylanmasi 24.9 milliard tonna/km.ni, yo‘lovchilarni tashish aylanmasi 3510
mln yo‘lovchi/km.ni tashk

i

l etgan, bu ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdiki, temir yo‘l

korxonalari

mamlak

at iqtisodiyotiga yuqori hissa qo‘shganligini ko‘rsatib turibdi, lekin bu

ko‘rsatgichlar ko‘lamini kengaytirish orqali

temir yo‘l transporti sohasini kelgusida iqtisodiy

rivojlanishi va zamonaviylashuvi zarurligini inobatga olgan holda, sohaga kiritilayotgan

investitsiyalar ulushini ko‘paytirish, qolaversa

hizmatlar sifatini oshirish va yaxshilash davr

talabidir.

Albatta hozirgi vaqtda, har bir sohaga xorijiy investorlarni hamda kreditorlarni jalb qilish,

bu o‘z navbatida bo‘lg‘usi sarmoyadarlarning ishonc

hini, qiziqishini oshirish maqsadida

korxonalar moliyaviy hisobotini xalqaro standartlar asosida tuzish va taqdim etishi lozim.

Mazkur jarayonga O‘zbekiston Respublikasi Prezi

dentining 2020 yil 24 fevraldagi

“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora

-tadbirlar

to‘g‘risida”gi PQ

-4611 sonli (Qaror, 2020) qarori qabul qilindi.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar asosida tuzish uning shaffofligini va

foydalanuchilar uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilad

i. Shundan kelib chiqqan

holda temir yo‘l transporti korxonalari moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida

tuzish va taqdim etishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar sharhi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili, moliyaviy hisobning xalqaro standartlari asosida tashkil

etish bo‘yicha xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar o‘z fikrlarini bildirganlar.

Xorijiy iqtisodchi olim Sutton (2004) moliyaviy hisob

bu moliyaviy xulosalar chiqarish,

tashkilotning buxgalteriya hisobi tizimidan olingan ma

’lumotlar va uni tashkilotdan tashqarida

bo‘lgan foydalanuvchilar manfaatiga xizmat qiladigan yillik hisobotlar shaklida (tez

-tez) nashr

etish jarayonidir tariflagan.

Kieso, Weygandt, Warfield (2004) moliyaviy hisob - tashqi va ichki foydalanuvchilar

uchun yaxlit holda korxonaning moliyaviy hisobotlarini tayyorlash bilan yakunlanadigan

jarayondir deb ta’kidlagan.

Needles, Anderson, Caldwell (1987) moliyaviy hisob

bu tashkilot ichidagi menejerlar

tomonidan qo‘llaniladigan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda

, tashkilotdan tashqaridagi

foydalanuchilarga taqdim etiladigan buxgalteriya ma’lumotlarini anglatadi hamda qaror qabul
qilish uchun foydali bo‘lgan ma’lumotlarni va taqdim etuvchi qa

yta ishlaydigan axborot

tizimidir degan fikirni bildirganlar.

Arnold, Hope, Southworth, Kirkham (1994) moliyaviy hisob

bu menejerlarning

harakatlarini baholash va kelajakni bashorat qilish uchun qaror qabul qiladigan ma’lumot


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

141

to‘plamidir degan fikirni be

rgan.

Getman, Terexova, Shneydman (2004) moliyaviy hisob - bu tashqi foydalanuvchilar

uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish uchun amalga oshiriladigan buxgalteriya hisobidagi

ma’lumotlar. U qat’iy tartibga solinadi va belgilangan tartiblarga bo‘ysunadiga

n, buxgalteriya

hisobi qoidalari (standartlari)ga muvofiq tuzilgan hujjatdir deb fikr bildirganlar.

Kondrakov (2008) “Moliyaviy hisob

- bu nafaqat ichki boshqaruv uchun foydalaniladigan,

balki kontragentlarga, ya’ni uchinchi tomon foydalanuvchilariga ham

xabar qilinadigan

ma’lumotlarni qamrab oladi”, deb hisoblaydi.

Pardaev, Pardaevalar (2008)

moliyaviy hisobga quyidagicha ta’rif bergan. Moliyaviy hisob

-

bu tashqi foydalanuvchilarni moliyaviy hisobot ma’lumotlari bilan ta’minlashdir.

Yuqoridagi iqtisodchi olimlar tomonidan bildirilgan fikrlarga asoslanib, moliyaviy

hisobga qu

yidagicha ta’rif berildi.

Moliyaviy hisob

bu manfaatdor foydalanuvchilarning keng doirasiga taqdim etiladigan

ma’lumotlar bo‘lib, bu ma’lumotlardan foydalangan holda moliyaviy hiso

botlarni tayyorlash va

korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash hamda ro‘yxatga olish jarayonidir

27

.

Umuman olganda, moliyaviy hisob an’anaviy hisobini o‘zida mujassam etgan holda,

xo‘jalik faoliyatini boshqarishda unga xos bo‘lmagan ma’lumotl

arni shakllantirish va yurtishda

etiyoj sezmaydigan (bu bilan xo‘jalik ichidagi ba’zi muomilalarni o‘z ichiga olivchi) odatiy hisob

turi hisoblanadi.

Moliyaviy hisobning asosiy vazifasi korxonaning moliyaviy natijalarini, uning mulkiy va

moliyaviy holatini hisobga olishning ishonchliligi hisoblanadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada analiz va sintez, guruhlash, taqqoslash, induksiya va deduksiya, monografiya,

kuzatish va boshqa usullaridan keng foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Temir yo‘l

transporti korxonalarida moliyaviy hisob va hisobotlarni milliy standartlardan

halqaro standartlarga o‘tkazish 2015 yildan boshlab, xalqaro standartl

ar asosida

transformatsiya qilish orqali yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa moliyaviy hisobotdan tashqi

foydalanuvchilar uchun nashr qilingan moliyaviy hisoblarga qiziqishni ortirmoqda.

Shu sababli, 2015 yildan buyon, temir yo‘l transporti korxonalarida e’lon qilib

kelinayotgan moliyaviy hisobotlar birinchi transformatsiya qilingan vaqtda 3 ta davrni, undan

so‘ng yil ox

iri va yil boshiga 2 ta davrni hisobga olgan holda tuzilib kelingan.

Moliyaviy hisobni tashkil qilishda eng asosiy hujjatlardan biri bo‘lgan hisob si

yosati

hisoblanadi 8-

BHXS “Hisob siyosati” baholardagi o‘zgarishlar va xatolar” nomli xalqaro

standartlarga muvofiq tarzda tuziladi.

Shundan kelib chiqqan holda, temir yo‘l transporti korxonalarida hisob siyosatini xalqaro

standartlar asosida tuzish ushbu korxona va uning tarkibidagi korxonalar uchun moliyaviy

hisobni to‘g‘ri tashkil etishda asosiy hujjatlarda

n

biri bo‘lib hisoblanadi.

Temir yo‘l transporti korxonalarida moliyaviy hisobot shakillari xalqaro standartlarga

ko‘ra quyidagi shakillardan iborat:

-

moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot;

-

foyda va zararlar hamda jami umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hi

sobot;

-

pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;

-

kapital o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot;

-hisob siyosatiga izoh va boshqa

ma’lumotlarga tushuntirishlar.

Yuqoridagilardan ko‘rishimiz mumkinki, moliyaviy hisobot shakllariga alohida e’tibor

berilib

, hisob siyosati bo‘yicha izohlar qismida ma’lumotlarning foydaliligini oshirish uchun har

bir hisobot shakllari bo‘yicha hisobotdagi

tushuntirishlarni batafsil keltirilishi uning tushunarli

27

М

uallif fikri.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

142

hamda shaffofligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Tadqiqotlar natijasida 8-

BHXS “Hisob siyosati” baholardagi o‘zgarishlar hamda xatolar”

standartiga asosan hisob siyosatini tuzish va unga amal qilgan holda moliyaviy hisobni yuritish

imkoniyatiga erishiladi, qolaversa ko‘plab xorijiy davlatlar foydalani kelinmo

qda, MHXSga

muvofiq moliyaviy hisobotlarni tuzish, taqdim etish imkoniga erishamizni davr talab etmoqda.

Temir yo‘l transporti korxona

larida MHXSga muvofiq, hisob siyosatining tarkibiy qismini

quyidagi 1-

rasmda keltirib o‘tamiz.









1-

rasm. Temir yo‘l transporti korxonalarida moliyaviy hisobotni tuzish

uchun hisob siyosatining tarkibiy tuzilishi

Hisob siyosati - bu tashkilot tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlashda va taqdim

etishda qo‘llaniladigan muayyan tamoyillar, me’

yorlar, asoslar, usullar, umumqabul qilingan

shartlar va amaliy yondashuvlardan iborat.

MHXSlarni turli mamlakatlarda milliy hisob tizimiga muvofiq ravshda qo‘llanilishi ko‘zda

tutilganligi sababli ular tarkibiy tuzilishi bo‘yicha ham barcha uchun bir x

il b

o‘lishi kerak.

MHXSlar tarkibi bo‘yicha uch qismdan iborat bo‘lib: Birinchi qism –

kirish, ikkinchi qism

hisob

ob’ektining tavsifi (ochilishi), uchinchi qism –

buxgalteriya hisobi standarti (xulosasi) deb

Moliyaviy hisobotni BHXM asosida yuritish uchun hisob siyosati

Hisob siyosati - bu tashkilot

tomonidan moliyaviy hisobotni
tayyorlashda va taqdim etishda

qo‘llaniladigan

muayyan

tamoyillar, me’yorlar usullar

asosida umumqabul qilingan
shartlar

va

amaliy

yondashuvlardir

Baholardagi o‘zgarishlar

Xatolar

Hisob siy

osati o‘zgarishi bo‘yicha:

-majburiy
-ixtiyoriy

Moliyaviy hisobot maqsadi

uchun baholangan summani

аниқлаш

Xatolar bu moliyaviy hisobotda
bir yoki bir nechta davrlar

oldi

ngi ma’lumotlarni tushirib

qoldir

ish yoki buzib ko‘rsatish

orqali

Majburiy o‘zgaris

hda MHXSga

o‘zgarish kiritilsa yoki yangi

standart qabul qilinsa; -ixtiyoriy

konxona tashabusdan kelib
chiqgan holda amalga oshiriladi

Buxgalteriya bahosidagi

o‘zgarish

lar:

-uzoq muddatli aktivlar;
-foydali hizmat muddati;

-uzoq muddatli aktivlar

tugashi qiymati;

-uzoq muddatli aktivlarga

amortizatsiya

hisoblash

usullari;

-baholangan majburiyat

va kafolat talabi qiymati

o‘zgarishi.

Xatolarni tuzatish o‘

tgan davr

hisobotlaridan boshlab amalga
oshiriladi.
1-

holat: Agar hisobot e’lon

qilingan bo‘lsa o‘tgan

davr

uchun hisobot sanasiga
moliyaviy holat

to‘g‘risidagi

hisobot

hamda

kapital

o‘zgarish ni tarkibi to‘g‘risidagi
hisobotda

alohida

o‘tgan

davrdagi xatolar summasi

al

ohida satrda ko‘rsatiladi.

2-holat Agar hisobot bir necha

davr oldin ro‘y bergan bo‘

lsa,

unda eng avvalgi solishtirma

davriga o‘tgan o‘il boshi, o‘tgan

yil oxiri va joriy yil oxiriga moli

yaviy

holat

to‘g‘risidagi

hisobot tuziladi

Hisob siyosati quydagi

hollarda o‘zgarish kiritiladi.

a)

ob’ektni tan olish ya’ni xarajatlar aktivga

kapitalizatsiya qilish orqali.
b) hisobot moddalari

ni ta’qdim etish, ya’ni

amortizatsiya xarajatlarni tanarxiga emas davr

xarajatlar tarkibi o‘tkazish.

s) baholash b

azasi, ya’n

i TMZni xisobdan chiqishini

o‘rtacha tortilgan usulidan FIFOga o‘tkazish.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

143

ataladi. MHXSlar o‘zlarining o‘ta muvofiqligi

bilan ajralib turadi. Xalqaro standartlar asosida

O‘zbekiston Temir yo‘l transporti korxonalari moliyaviy hisobotlarini yuritishda o‘zlarining

asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. MHXSlarni ishlab chiqishga bunday yondashish ularning turli

mamlakatlarda qo‘

llanilish imkoniyatini oshiradi va milliy hisob standartlarini xalqaro

standartlarga muvofiqligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi paytda

nashr qilingan MHXSlar bir-

biriga bog‘liqdir va birgalikda yagona tizimni tashkil etadi.

Bunda,

bitta standartning qo‘llanilishi, uzluksiz tizimning boshqa qismlarini qo‘llashni talab qiladi,

ya’ni bitta standartni boshqa standartlardan alohida ajratgan holda qo‘llab bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasida MHXSlarga o‘tishda o‘ziga xos va milli

y iq

tisodiyotimizga mos yo‘l

tanlandi. Bu esa bevosita xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotni tuzish yoki milliy

standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni xalqaro standartlarga muvofiq

transformatsiya qilish orqali erishilishi mumkin. Birinchi

yo‘l xalqaro standartlar asosida to‘g‘ri

va sifatli moliyaviy hisobot tuzishga erishishni ta’minlaydi. Ikkinchi yo‘lda esa transformatsiya
jarayonida ko‘plab muammo va to‘siqlarga duch kelish mumkin. Lekin ikkita yo‘lning yechimida

ham xalqaro standartlarn

ing mazmun va mohiyatini chuqur o‘rganish, uning metodologik

masalalarini qo‘llay olish, milliy standartlarimizni imkon qadar xalqaro standartlarga

muvofiqlashtirishimiz, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar tajribalarini respublikamizda
faoliyat yuritayotgan

korxona va tashkilotlarga joriy qilishida MHXS standartlarini o‘rganishda

alohida ajralib turadi.

1-

rasm ma’lumotlardan ko‘rib turibdiki, temir yo‘l transporti korxonalarida hisob

siyosatini MHXS asosida tuzilishi moliyaviy hisobotlarni sodda, tushunarli va uning tashqi

foydalanuvchilar uchun shaffofligini oshiradi.

Hisob siyosatidagi o‘zgarishlar retrospektiv usulda, ya’ni o‘tgan davrdagi xatolarni

tuzatish orqali, buxgalteriyadagi baholar esa perspektiv, ya’ni joriy davrda hisobni davom

ettirish, xatolarni tuzatish esa retrospektiv usulda amalga oshiriladi.

Shundan ko‘rishimiz mumkinki, hisob siyosatidagi xatolar va o‘zgarishlarni moliyaviy

hisobotda uchta davrga, moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotidagi jiddiy va muhum xatolarni

ko‘rsatilishi orqa

li tuzatiladi.

Bu esa, o‘sha korxonalarda oldingi davrda yo‘l quyilgan xatolar mavjudligidan dalolat

beradi.

Yuqoridagilarga asoslangan holda moliyaviy hisobni yuritishda hisob siyosatiga to‘g‘ri

amal qilinsa, moliyaviy hisobotlardagi jiddiy xatolar kamayishi hamda ularning yanada

tushunarli bo‘lishiga xizmat qiladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda moliyaviy hisobotni tuzish uchun asosiy hujjat hisob

siyosati hisoblanadi va uni halqaro standartlarga muvofiq tuzish va tuzilgan moliyaviy

xisobotlarni foydalanuvchilarga taqdim qilish etish muhim hisoblanadi.

Qolaversa, temir yo‘l transporti korxonalarida MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni

tuzishda asosiy hujjat bo‘lib, uning tarkibidagi korxonalar to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri foydalanish imkoni

beradidi. MHXS ni joriy qi

lishda O‘zbekiston Respubliksining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi

Qonuni yangi tahriri (13.04.2016 yildagi O‘RQ

-404 son) qonunida

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish

b

o‘y

i

cha qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ

-4611 sonli qaroriga muvofiq, moliyaviy

hisobotlarni transformatsiya qilish bilan birga parallel ravishda yuritish usullaridan keng
foydalanish nazarda tutilgan.

Shundan kelib chiqqan holda, moliyaviy hisobotlardagi kamchiliklar, izohlardagi

tushuntirishlar va xatolar, qolaversa buzib ko‘rsatishlarni oldini olishga va ularning to‘g‘ri

yuritilishiga yordam beradi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning hisob siyosatini 8

-

BHXS “Hisob siyosati” baholardagi

o‘zga

rish

lar va xatolar” standart asosida tuzish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yirik aksiyadorlik jamiyatilaridan biri bo‘lib uning tarkibida

UK va boshqa bir qancha tashkilotlar bo‘lgani bois, uning hisobini yiriklashgan

holda moliyaviy


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

144

hisobot tuzishga asos sifatida hisob siyosatining tegishli bandlaridan foydalanishga to‘g‘ri

keladi.

Bu bandlar qay holda aks ettirilishiga etibor bersak batafsil turkumlarga ajratilgan holda

keltirib o‘tilgan.

Xulosa va takliflar.

1.Temir yo

l AJ korxonalarida moliyaviy hisobotni yuritish uchun 8-

BHXS “Hisob siyosati”

baholaridagi o‘zgarishlar va xatolar standart asosida tuzilgan hisob siyosatiga amal qilish orqali

moliyaviy hisobotning xorijiy va bo‘lg‘usi investorlar uc

hun foydalanishni shaffofligini

ta’minlashga xizmat qiladi.

2. Hisob siyosatidagi o‘zgarishlar asosan yangi MHXS majburiy ravishda joriy etilsa yoki

amaldagi BHMSga o‘zgartirish kiritilsa yoki ixtiyoriy, ya’ni korxona moliyaviy ma’lumotlardan

foydalanish sifatni oshirish maqsad

ga muvofiq bo‘lib, masalan asosiy vositani boshlang‘ich

qiymat usuli emas, balki qayta baxolangan qiymat usulidan foydalanish to‘g‘ri kelsagina amalga

oshiriladi. Bu esa, moliyaviy hisobotdan tashqari foydalanuvchilar uchun yanada ishonarli

ma’lumotlar ol

ish imkonini oshirishga xizmat qiladi.

3. Hisob siyosati baholardagi o‘zgarishlar hamda o‘tgan davr xatolarini tuzatish asosida

moliyaviy hisobni yuritish va ro‘y bergan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida moliyaviy hisobot qolaversa

uning ilovalarida aks ettirish maqsadga muvofiq.

4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hisob siyosatining tegishli bandlari sifatida “umumiy

qoidalar”, moliyaviy hisobot yoritib berilgan shaklida tuzish orqali moliyaviy hisobot xalqaro

standartlar asosida takomillashuviga erishiladi.

Adabi

yotlar/ Литература/ Reference:

Arnold J., Hope T., Southworth A., Kirkham L. (1994) Financial Accounting. 2-nd ed. Prentice

Hall, P. 10.

Getman V. G., Terexova V. A., Shneydman L. Z. (2004) Finansov

ы

y uchet. M.: Finans

ы

i

statistika, 784 s.

Kieso D.E., Weygandt J.J., Warfield T.D. (2004) Intermediate Accounting. 11-th ed. N.Y.: John

Wiley & Sons Inc., P. 2.

Kondrakov N.P. (2008) Buxgalterskiy uchet.

M.: INFRA-M, 717 s.

Mirziyoev Sh. (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezi

denti Shavkat Mirziyoev 2021-yil 20

avgust kuni mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot.

Misirov K.M. (2023) One of the most critical concerns now is the transition to a green

economy. INTERNATIONAL JOURNAL ON ECONOMICS, FINANCE AND SUSTAINABLE

DEVELOPMENT E-ISSN: 2620-6269. https://journals.researchparks.org/index.php/IJEFSD Vol. 5

No. 12 | December.

Misirov X.M. (2023)

Temir yo‘l transporti korxonalarida aktivlar hisobini xalqaro

standartlar asosida tashkil qilishning o‘ziga xos jihatlari. “IQTISODIYOT VA TURIZM” xalqaro

ilmiy va inn

ovatsion jurnali №5(13). 83

-91 b.

Needles B.E., Anderson H.R., Caldwell J.C. (1987) Principles of Accounting. 3-nd ed. Houghton

Mifflin Company, P. 10.

O‘zbekiston Respubliksining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qo

nuni yangi tahriri

(13.04.2016 yildag

i O‘RQ

-404 son).

Pardaev A.X., Pardaeva Z.A. (2019) Boshqaruv hisobi: Darslik /-

T.: “Iqtisod

-

Moliya”,

-556 b.

Qaror (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi «Moliyaviy

hisobotning xalqaro

standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shi

mcha chora-

tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ

-

4611-sonli Qarori.

https://lex.uz/docs/4746047

.

Sutton T. (2004) Corporate Financial Accounting and Reporting. 2-nd ed. Pearson Education

Limited, P. 2.

Библиографические ссылки

Arnold J., Hope T., Southworth A., Kirkham L. (1994) Financial Accounting. 2-nd ed. Prentice Hall, P. 10.

Getman V. G., Terexova V. A., Shneydman L. Z. (2004) Finansovыy uchet. M.: Finansы i statistika, 784 s.

Kieso D.E., Weygandt J.J., Warfield T.D. (2004) Intermediate Accounting. 11-th ed. N.Y.: John Wiley & Sons Inc., P. 2.

Kondrakov N.P. (2008) Buxgalterskiy uchet. –M.: INFRA-M, 717 s.

Mirziyoev Sh. (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2021-yil 20 avgust kuni mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot.

Misirov K.M. (2023) One of the most critical concerns now is the transition to a green economy. INTERNATIONAL JOURNAL ON ECONOMICS, FINANCE AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT E-ISSN: 2620-6269. https://journals.researchparks.org/index.php/IJEFSD Vol. 5 No. 12 | December.

Misirov X.M. (2023) Temir yo‘l transporti korxonalarida aktivlar hisobini xalqaro standartlar asosida tashkil qilishning o‘ziga xos jihatlari. “IQTISODIYOT VA TURIZM” xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali №5(13). 83-91 b.

Needles B.E., Anderson H.R., Caldwell J.C. (1987) Principles of Accounting. 3-nd ed. Houghton Mifflin Company, P. 10.

O‘zbekiston Respubliksining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahriri (13.04.2016 yildagi O‘RQ-404 son).

Pardaev A.X., Pardaeva Z.A. (2019) Boshqaruv hisobi: Darslik /- T.: “Iqtisod-Moliya”, -556 b.

Qaror (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4611-sonli Qarori. https://lex.uz/docs/4746047.

Sutton T. (2004) Corporate Financial Accounting and Reporting. 2-nd ed. Pearson Education Limited, P. 2.