Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
111
O
ʻ
ZBEKISTONDA SOLIQ RISKLARINI BOSHQARISHNING O
ʻ
ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
VA ULARNI BARTARAF QILISH CHORA-TADBIRLARI
PhD, dots.
Jumaniyazova Feruza Rajabovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0002-1838-3746
Annotatsiya.
O‘zbekistondagi soliq tizimi so‘nggi yillardagi islohotlar natijasida o‘zgarib
borayotgan bo‘lib, ushbu jarayonda soliq
qonunchiligi murakkabligi, raqamlashtirish
jarayonining to‘liq ya
k
unlanmagani va soliq to‘lovchilar iqtisodiy barqarorligiga ta’sir etuvchi
moliyaviy xatarlar yuzaga kelmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida soliq risklarini
boshqarishning o‘ziga
xos xususiyatlari hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari o
‘
rganilgan.
Maqolada soliq risklarini boshqarish uchun taklif qilingan usullar
–
qonunchilikni soddalashtirish,
raqamlashtirish va soliq nazoratini kuchaytirish kabi chora-tadbirlar bayon etilgan. Shu bilan
birga, soliq tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan konkret takliflar keltirilgan. Maqola
soliq tizimi samaradorligini oshirish va mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga hissa
qo‘shishga qaratilgan.
Kalit so’zlar:
soliq ri
sklari, soliq boshqaruvi, O‘zbekiston soliq tizimi, soliq islohot
lari,
moliyaviy xavflar, soliq nazorati, raqamlashtirish, soliq qonunchiligi, iqtisodiy barqarorlik,
xavflarni boshqarish.
ОСОБЕННОСТИ УПРАВЛЕНИЯ НАЛОГОВЫМИ РИСКАМИ В
УЗБЕКИСТАНЕ И МЕРЫ ПО ИХ УСТРАНЕНИЮ
PhD,
доц.
Джуманиязова Феруза Раджабовна
Ташкентский Государственный Эконамический Университет
Аннотация
.
Налоговая система Узбекистана претерпела изменения в результате
недавних реформ, что привело к возникновению таких проблем, как сложность
налогового законодательства, неполная цифровизация и финансовые риски, влияющие на
экономическую стабильность налогоплательщиков. В данной статье рассматриваются
особенности управления налоговыми рисками в Республике Узбекистан, а также меры по
их устранению. В статье предложены методы управления налоговыми рисками,
такие
как упрощение законодательства, усиление цифровизации и налогового
контроля. Кроме
того, представлены конкретные предложения по повышению эффективности налоговой
системы. Статья направлена на улучшение эффективности налоговой системы и
обеспечение экономической стабильности страны.
Ключевые слова:
налоговые риски, управление налогами, налоговая система
Узбекистана, налоговые реформы, финансовые риски, налоговый контроль,
цифровизация, налоговое законодательство, экономическая стабильность, управление
рисками.
UO
‘
K: 338.45
IX SON - SENTYABR, 2024
111-120
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
112
SPECIFIC FEATURES OF TAX RISK MANAGEMENT IN UZBEKISTAN AND
MEASURES FOR THEIR MITIGATION
PhD, assoc. prof.
Jumaniyazova Feruza Rajabovna
Tashkent State University of Economics
Annotation.
The tax system in Uzbekistan has been evolving as a result of recent reforms,
bringing about challenges such as the complexity of tax legislation, the incomplete digitalization
process, and financial risks affecting the economic stability of taxpayers. This article explores the
specific features of tax risk management in the Republic of Uzbekistan and the measures to
mitigate these risks. The article outlines proposed methods for managing tax risks, including
simplifying legislation, enhancing digitalization, and strengthening tax control. Additionally,
concrete proposals aimed at improving the efficiency of the tax system are provided. The article is
intended to contribute to the improvement of tax system efficiency and the overall economic
stability of the country.
Keywords:
tax risks, tax management, Uzbekistan tax system, tax reforms, financial risks,
tax control, digitalization, tax legislation, economic stability, risk management.
Kirish.
Mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishi uchun soliq siyosati muhim ahamiyat kasb etadi.
Soliq tushumlari davlat byudj
etini shakllantirishning asosiy manbai boʻlib, u davlatning ijtimoiy
va iqtisodiy dasturlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, soliq siyosati
samaradorligi ko‘p jihatdan soliq risklarini boshqarish darajasiga bogʻliq. Soliq risklari
davlatning moliyaviy barqarorligini buzishi, soliq tushumlarining kamayishiga olib kelishi,
soliq to‘lovchilarning iqtis
odiy faoliyatiga salbiy ta
’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekistonning
soliq tizimi jadal o‘zgarayotgan global iqtisodiy sharoit va ichki iqtis
od
iy islohotlar fonida o‘ziga
xos xususiyatlarga ega ekanligini hisobga olib, ushbu maqolada Oʻzbekistonda soliq risklarini
boshqarishning xususiyatlari va ularni bartaraf qilish chora-
tadbirlari haqida so‘z yuritiladi.
Soliq risklari tushunchasi, soliqqa tortishdan kelib chiqqaniga qaramay, dunyoning
ko‘plab mamlakatlaridagi soliq qonunchiligida hali to‘liq muhokama qilinmagan. Soliq
ma'muriyat
i tartibining qattiq bo‘lishi sababli, soliq risklari masalasi tadqiqotlarda tobora
ko‘proq e'tiborga olinmoqda.
So
liqlarning huquqiy asoslari va ularni noto’gri talqin qilish,
yokida soliq to’lovchilar tomonidan ularni to’liq anglab yetmaslik oqibatida ke
lib chiqayotgan
soliq risklari o‘rtasidagi ziddiyat deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida kuzatilayotgan
dolzarb mavzulardan biridir. Soliqlar har qanday soliq munosabatlarining ishtirokchilari uchun
xavf manbai sifatida tan olinadi, chunki ular tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan
to‘lanadigan majburiy to‘lovlardir.
Zamonaviy soliq amaliyoti shuni ko‘rsa
tadiki, kamdan-
kam odamlar o‘z daromadlarining
bir qismini ixtiyoriy ravishda davlatga qaytaradi, bu esa soliq risklarining paydo bo‘lishiga
s
abab bo‘ladi. Yuqori soliq yukini hisobga olgan holda, soliq to‘lovchilar har qanday yo‘l bilan
soliq to‘lovlarin
i
kamaytirishga yoki to‘lovdan qochishga harakat qilishlari ajablanarli emas, bu
esa yashirin iqtisodiyotining kengayishiga olib keladi. Soliq solish barcha iqtisodiy faoliyat
turlarini qamrab olishi ma'lum, shuning uchun soliq risklarini hisobga olish va ularni
kamaytirish bo‘yicha samarali choralarni o‘z vaqtida ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot met
о
dologiyasi.
Tadqiqotda statistik tahlil
, qiyosiy tahlil, dinamik o‘rganish, ma’lumotlarni guruhlash,
ilmiy mushohada, absrakt-mantiqiy fikrlash, shuningdek induksiya va deduksiya usullaridan
foydalanildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
113
Adabiyotlar sharhi.
Hozirgi kunda soliq risklari masalasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo
bo‘ylab ko‘plab iqtisodchilar ushbu masalani, uning sabablarini va uni kamaytirish usullarini
o‘rganmoqda. Soliq risklari moliyaviy risklarning maxsus kichik guruhidir, chunki soliqlar
moliyaning ajralmas qismi hisoblanadi va shuning uchun soliq risklari moliyaviy risklarning bir
qismidir.
Soliq risklariga oid tadqiqotlarning aksariyati soliq to‘lovchilar tomonidan duch
kelinadigan soliq xavflarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tixonov (2004) va Lipniklar (2004) o‘z
ilmiy ishlarida "iqtisodiy vaz
iyatga ta’sir qiluvchi ikki asosiy omil –
samaradorlik va xavflar"
mavzusiga alohida e’tibor qaratgan. Ularning fikriga ko‘ra, agar moliyaviy natijalar va pul
oqimlari miqdorida soliq xavflari tufayli salbiy holatlar yuzaga kelsa, buni soliq boshqaruvi
jar
ayonida qabul qilingan samarador bo‘lmagan qarorlar bilan tushuntirish mumkin.
Ushbu tadqiqotning asosi rus iqtisodchilari Balabanov (2011), Blank (2016), Chugonov
(2020), Egorov (2016), Serdyukov (2018), Shapkin (2017)larning asarlariga tayanadi. Ular
mo
liyaviy xavflarni boshqarish masalalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shganlar.
Shuningdek, soliq xavflari va soliq xavfsizligini o‘rganish uchun mualliflar Evstegneev (2017),
Pinskaya (2015), Stafievskaya (2016) va Filinning (2021) asarlari juda foyda
li ma’lumotlarga
ega.
Randolph Westerfield, va Bradford Jordan (2003) kapital jalb qilish, pul oqimlari,
investitsion faoliyat, moliyaviy natijalar, foyda taqsimoti, dividend to‘lash, birlashish va qo‘shib
olishlar hamda tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonla
rida soliqlarning ta’sirini batafsil o‘rganib
chiqishgan.
Hindistonlik tadqiqotchilar Mehrotra va Goyal (2022) o‘z tadqiqotlarida 2022
-2023 va
2023-2024 yillarda korporativ soliqlarni rejalashtirish va boshqarish nuqtai nazaridan soliq
majburiyatlarini prognozlash, biznesning hajmi, joylashuvi va tashkiliy shaklini belgilashda
soliqlar omilini hisobga olish kabi masalalarga e’tibor qaratgan. Ular, shuningdek, kapital
tarkibi bilan bog‘liq soliqlarni rejalashtirish, dividend siyosatiga soliqlarning ta’siri,
erkin savdo
zonalari uchun soliq qoidalari, infratuzilmani rivojlantirish, qoloq hududlarga investitsiyalar
orqali soliq yengilliklari olish, eksportdan soliq imtiyozlari olish, birlashish va qo‘shib olishlar
hamda xalqaro hamkorlikda soliqqa oid qoidalar
kabi mavzularni ham o‘rgangan.
Soliq risklarini aniqlashda soliq sanksiyalaridan tashqari moliyaviy yo‘qotishlar ham
bo‘lishi mumkinligi haqida Tixonov (2004) va Lipniklar (2004) alohida to‘xtalib, bunda “soliq
riski pul ekvivalentida aks etadigan soliqlar
ni to‘lash va optimallashtirish jarayoni bilan bog‘liq
yo‘qotish” sifatida tushuntiriladi.
Biroq, soliq xavfi masalalariga ixtisoslashgan mualliflarning keng ro'yxatiga qaramay,
ko'rib chiqilayotgan mavzu to'liq o'rganilmagan va ilmiy hamjamiyat o'rtasida jiddiy
munozaralar mavzusi hisoblanadi. Shunday qilib, ushbu tadqiqot mavzusi va maqsadi
aniqlandi. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda soliq risklarini boshqarishning ilmiy yangiligi, nazariy
va amaliy ahamiyatiga ega.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasida O’zbekistonning soliq siyosatining muhim strategik
yo’nalishlari sifatida soliq yukini kamaytirish, soliqq
a tortish tizimini soddalashtirish siyosatini
davom ettirish soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi
choralarni kengaytirish kabi muhim masalalar belgilab olingan bo’lib, bular iqtisodiyotni tezkor
rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning muhim
shartlari sifatida belgilab olindi.
Oxirgi besh yil davomida Respublikamiz moliya-
soliq tizimini isloh qilish borasida o’nlab
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilindi. So’ngi
yillar davomida O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillash
tirish konsepsiyasini
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
114
hayotga joriy etib borish natijasida bir qator soliqlar va yig’imlar unifikatsiya qilindi, birgina
2023 yilda tushumdan olinadigan maj
buriy ajratmalarni to’liq bekor qilish natijasida
korxonalarda qo’shimcha 6,2 trillion so’m ularning
o’zlarida qolishi, jismoniy shaxslar uchun
daromad solig’ining eng yuqori stavkasi 22 foizdan 12 foizgacha, yagona ijtimoiy to’lovi 25
foizdan 15 foizgacha
tushirilishi, fuqarolarning 8 foizlik sug’urta badali bekor qilinishi
natijasida aholi daromadlari 6,8 foizga oshishi, yuridik shaxslar mol-
mulk solig’i 5 foizdan 2
foizgacha, foyda solig’i 14 dan 12 foizgacha, kichik biznes sub’ektlari yagona solig’i 5 f
oizdan 4
foizgacha kamaytirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida 3.1 trillion so’m qo’shimcha mablag’
qolishi, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab qo’shilgan qiymat solig’ining 20 foizdan 15 foizga
tushirilishi hisobiga esa 2023-
yilda tadbirkorli sub’ektlari
ixtiyorida 16 trln so’mdan ko’proq
mablag’ qoldirildi.
Agar moliya tizimida amalga oshirilgan isloh
otlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, davlat
byudjetiga tushadigan mablag’larning bir qismini mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirish
tartibi o’rnatilishi hisobiga 2023 yilning o’zida mahalliy byudjetlar ixtiyorida 9,5 trillion so’m
yoki 2018 yilga nisbata
n 2 barobar ko’p mablag’ qoldi.
2019 yildan boshlab Davlat byudjetini ishlab chiqishda o’rta muddatli byudjetni
rejalashtirish mexanizmlarini joriy etilishi tadbirkorlar, fuqarolar va byudjetga aloqador
barcha tomonlarga o’z faoliyatini bir yilga emas, bal
ki uch yilga aniqroq rejalashtirish imkoni
bermoqda. Fuqarolar uchun byudjetni tayyorlash va e’lon qilish konsepsiyasining joriy etilishi
byudjet, uni shakl
lantirish va ijro etish to’g’risidagi ishonchli va to’liq axborotdan keng
jamoatchilik foydalana oli
shini ta’minlashga olib keldi, o’z navbatida byudjetni shakllantirishda
aholining takliflarini e’tiborga olishga imkoniyat yaratildi, moliya sohasida boshqa
ruvning
oshkoralik tamoyillarining roli kuchaytirildi.
O‘zbekistonda soliq tizimida amalga oshirilga
n islohotlar faqat soliqlarni kamaytirish va
soliqqa tortish tizimini soddalashtirish bilan cheklanib qolmadi. Shu bilan birga, soliq
ma’muriyatchiligini takomillashtirish, soliq to‘lovchilarga qulay sharoitlar yaratish va
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga qaratilgan bir qator choralar amalga oshirildi. Masalan,
soliq to‘lovchilarning soliq qarzini to‘lashni osonlashtirish maqsadida elektron to‘lov tizi
mlari
joriy etilib, soliq organlari bilan muloqot jarayonlari soddalashtirildi.
Soliq ma’muriyatchiligi tizimining modernizatsiyasi, xususan, soliq to‘lovlarni
raqamlashtirish orqali soliqlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashga yordam
bermoqda. Elektron deklaratsiyalar va hisob-
kitob tizimlarining joriy etilishi soliq to‘lovchilar
va sol
iq organlari o‘rtasidagi muloqotni ancha tez va qulay qildi. Shu tariqa, soliq yig‘imlarining
oshishi va soliq xatarlarining kamayishiga erishilmoqda.
O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash uchun soliq siyosatidagi bunday
islohotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa mahalliy va xorijiy investorlar uchun qulay
sharoitlar yaratib, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi. Shuningdek, soliq
imtiyozlari va rag‘batlantiruvchi choralarning kengaytirilishi ham iqtisodiyotni rivojlantirish
ga
katta hissa qo‘shmoqda.
Qisqa qilib aytganda, oxirgi yillarda O‘zbekistonda soliq tizimini isloh qilish yo‘nalishida
qabul qilingan qarorlar mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga, tadbirkorlik muhitining
yaxshilanishiga va moliyaviy barqarorlikka ijobiy
ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu sababli, soliq tizimida yanada chuqur islohotlarni davom ettirish va soliq
to‘lovchilarga qulay sharoitlarni kengaytirish mamlaka
t iqtisodiyotini yanada yuksaltirish
uchun muhim hisoblanadi.
Soliq risklari
–
bu davlat byudjetiga soliq tushumlarining kamayishiga yoki soliq
to‘lovchilarning majburiyatlarini to‘liq bajarilmasligiga olib keladigan noaniqlik va xavflar.
Soliq risklari quyidagi asosiy turlarga bo'linadi:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
115
1-rasm. Soliq risklarining asosiy turlari
Manba:
muallif tomonidan tayyorlandi.
Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar, soliq me’yorlarining murakkabligi yoki noto‘g‘ri
talqin qilinishi tufayli yuzaga keladigan xavflarni huquqiy risklar deb guruhlash maqsadga
muvofiq.
Moliyaviy risklar esa soliq to‘lovchilar faoliyatida
gi moliyaviy qiyinchiliklar sababli soliq
majburiyatlarining bajarilmasligi tushunilinsa, Operatsion risklarda soliq idoralari
faoliyatidagi samaradorlikning pastligi, texnologik infratuzilmaning rivojlanmaganligi tufayli
soliq yig‘imlarida yuzaga keladiga
n xavflar inobatga olinadi.
Soliq to‘lovchilarning soliq to‘lashdan qochishi yoki soliq qonunchiligini buzish holatlari
sababli soliq tushumlarining kamayis
hi, to’lov risklari bilan bog’liq omillar natijasida paydo
bo’ladigan soliq risklarini yuzga keltira
di.
O‘zbekistonda soliq tizimi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, unga xos bo‘lgan asosiy
soliq risklari quyidagilar:
Soliq qonunchiligidagi murakkablik:
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda soliq qonunchiligini
isloh qilish jarayonida bir qancha murakkab huquqiy normalar joriy etilgan. Bu esa ayrim soliq
to‘lovchilar tomonidan noto‘g‘ri tushunishga sabab bo‘lishi va huquqiy xatarlarga olib kelishi
mumkin.
Soliq
xufiyachiliklari: Ayrim soliq to‘lovchilar soliqdan qochish yoki soliq to‘lash
majburiyatlarini kamaytirishga urinishadi, bu esa soliq tushumlarining kamayishiga olib keladi.
Soliq to‘lovchilarning iqtisodiy barqarorligi: Soliq to‘lovchilar, ayniqsa kichik va o‘rta
bizneslar, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan holda soliq majburi
yatlarini to‘liq bajara
olmasligi mumkin.
Soliq to‘lovchilarning iqtisodiy barqarorligiga ta'sir etuvchi omillar qatoriga inflyatsiya
darajasining o‘sishi, kredit olishdagi qiyinchiliklar va bozor sharoitlarining o‘zgarishi kiradi. Bu
omillar soliq to‘lovchilarning likvidligini pasaytirib, soliq to‘lovlarini kechiktirish yoki umuman
to‘lay olmaslik xavfini oshiradi.
Soliq auditlari va nazoratining kuchayishi: O‘zbekistonda soliq
organlari tomonidan
o‘tkaziladigan tekshiruvlar, ayniqsa kichik korxonalar uchun soliq xavfi manbai bo‘lishi
mumkin. Agar bu jarayonlar to‘g‘ri va shaffof bo‘lmasa, soliq to‘lovchilar nohaq jarimalar va
sanktsiyalarga duch kelishi mumkin, bu esa ularda so
liqdan qochishga bo‘lgan rag‘batni
oshirishi mumkin.
Soliq
risklari
Moliyaviy
risklar
Operatsion
risklar
To'lov
risklari
Huquqiy
risklar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
116
Xalqaro soli
q xavflari: O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishi bilan
xalqaro soliq xatarlari ham ortib bormoqda. Xalqaro tranzaksiyalarga nisbatan soliq stavkalari
va soliq tartibotlarining murakkabligi tufayli soliqlardan qochish yoki ikki marta soliqqa
tortilish xavfi mavjud.
Soliq tizimining islohoti va raqamlashtirilishi: O‘zbekistonda soliq tizimini
raqamlashtirish jarayonlari davom etayotgan bo‘lsa
-
da, bu jarayon to‘liq yakunlan
magan.
Raqamlashtirish orqali soliq yig‘imlarining oshishi kutilm
oqda, lekin bu jarayonda texnologik
xatolar yoki texnik infratuzilmaning etishmasligi ham soliq risklarini kuchaytirishi mumkin.
Soliq islohotlarining ta’siri: Yangi joriy etilgan soliq isloh
otlari, xususan, soliq imtiyozlari
va soliq stavkalarining o‘zgar
ishi tadbirkorlar uchun noaniqliklar va risklarni yuzaga keltirishi
mumkin. Har bir islohotning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘ri tushunilmasa yoki noto‘g‘ri qo‘llansa,
soliq to‘lovchilar moliyavi
y jazo va jarimalarga duch kelishi ehtimoli oshadi.
Ushbu omillar
soliq risklarini boshqarish va kamaytirishning zarurligini ta’kidlaydi. Shu
sababli, O‘zbekistonda soliq tizimini yanada soddalashtirish, raqamlashtirishni tezlashtirish va
soliq nazorati me
xanizmlarini yanada shaffof va samarali qilish bo‘yicha chora
-tadbirlarni
ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Soliq to‘lovchilarni muntazam ravishda xabardor qilish va
ularning huquqiy savodxonligini oshirish orqali soliq risklari pasaytirilishi mumkin.
Keyinchalik raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish orqali soliq tizimining
samaradorligini oshirish, xatarlardan himoyalanish va soliq tushumlarini barqaror qilish
mumkin bo‘ladi.
Soliq risklarini boshqarish zamonaviy iqtisodiyotlarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, soliq qonunchiligidagi murakkabliklar, so
liq to‘lovchilarning noto‘g‘ri talqinlari va
iqtisodiy noaniqliklar soliq risklarini kuchaytiruvchi omillar hisoblanadi. Shu sababli, har bir
mamlakat, jumladan O‘zbekiston ham, ushbu xatarlarni minimallashtirish va soliq to‘lovlarini
samarali boshqarishni ta'minlash uchun muayyan strategiyalarni ishlab chiqmoqda. Soliq
tizimining shaffofligi, qonunlarga rioya etish darajasini oshirish, raqamlashtirish jarayonlarini
kengaytirish va soliq to‘lovchilarni o‘z vaqtida xabardor qilish kabi chora
-tadbirlar soliq
risklarini kamaytirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston misolida soliq
risklarini boshqarishning usullari nafaqat milliy, balki xalqaro tajribaga tayangan holda
yondashib, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi.
Soliq risklarin
i boshqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida,
O‘zbekistonda soliq tushumlari ko‘rsatkichlari sezilarli ravishda oshib, iqtisodiy faollik
kuchaygan. Masalan, 2022-2023-yil
larda kichik va o‘rta biznes sub'ektlari uchun soliq
yengilliklar
i natijasida qo‘shimcha 2 trillion so‘m mablag‘ tadbirkorlar ixtiyorida qoldi. Bu
mablag‘lar, o‘z navbatida, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish
va ichki
investitsiya imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirildi.
Soliq
risklarini kamaytirishda raqamli texnologiyalarni joriy etish muhim o‘rin tutmoqda.
Soliq organlari tomonidan joriy etilgan “Soliq auditi” tizimi yordamida 2023
-yil yakunida 5
mingdan ortiq korxonalarda soliq xavflari aniqlanib, ularning faoliyatini nazorat qilish va
profilaktika qilish choralarini ko‘rildi. Bu esa iqtisodiyotni "soya" sektoridan chiqarish bo‘yicha
ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi.
Viloyatlar kesimida olib borilgan tahlillar s
huni ko‘rsatdiki, soliq risklarini boshqarish
bo‘yicha eng yuqori
natijalarga Toshkent shahri va Andijon viloyatlarida erishildi, bu yerda
tadbirkorlarning soliqlarni to‘g‘ri to‘lash ko‘rsatkichlari yaxshilanib, soliq xufiyachiligiga qarshi
kurashda sezilarli yutuqlarga erishildi. Ayniqsa, Toshkent shahrida shubhali korxonalar soni
827 taga yetgani va ularning faoliyatini o‘z vaqtida nazorat qilish bo‘yicha qabul qilingan chora
-
tadbirlar, soliq tushumlarining barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.
Soliq
risklarini boshqarishning davom etayotgan islohotlar bilan uyg‘unligi O‘zbekistonda
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Statistik ma’lumotlarga
ko‘ra, davlat tomonidan amalga oshirilgan soliq islohotlari natijasida soliq tushu
mlarining
oshishi, byudjetning samarali boshqarilishi va biznes s
ub’ektlari uchun rag‘batlantiruvchi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
117
omillar yaratildi. Shu bilan birga, daromad solig‘ining stavkasi 12 foizgacha kamaytirilishi aholi
va tadbirkorlarning real daromadlarining oshishiga sabab
bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida ichki
iste’molni kuchaytirdi.
Bunda
n tashqari, soliq to‘lovchilarning iqtisodiy barqarorligini oshirishga qaratilgan soliq
yengilliklari va rag‘batlantirish siyosati tufayli moliyaviy risklar kamaydi, bu esa tadbirkorlar
uchun
o‘z faoliyatlarini kengaytirish va yangi investitsiyalarni jalb
qilish imkoniyatlarini
kengaytirdi.
2-rasm.
Soliq risklarining boshqarih usullari
O‘zbekistonning soliq tizimidagi raqamli transformatsiyalar va soliq xatarlarini oldini
olish choralari kelajakda yanada rivojlanib, soliq risklarini minimallashtirish orqali iqtisodiy
barqarorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Xorijiy tajribaga asoslangan holda,
O‘zbekistonda soliq risklarini bartaraf qilish va boshqarish uchun quyidagi asosiy usullar
qo‘llaniladi:
Qonunchilikda murakkab va noaniq normalarni soddal
ashtirish orqali soliq to‘lovchilar
uchun huquqiy xatarlarga barham berilsa soliq tizimini to‘liq raqamlashtirish orqali soliq
yig‘imlarining shaffofligi oshiriladi, bu esa operatsion va to‘l
ov risklarini kamaytirishga yordam
beradi.
Soliq to‘lovchilarning
moliyaviy holatini muntazam kuzatib borish orqali ularning soliq
to‘lash qobiliyati baholanadi va moliyaviy risklar oldi olinadi hamda soliq idoralarining nazorat
funktsiyalarini kuchaytiris
h orqali soliq to‘lovchilarning qonunga rioya qilishi ta’minlanad
i.
O‘zbekistonda Soliq xavfining tahlili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va
sol
iq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2021
-yil 7-yanvardagi 1-son qarori
(2021) bilan tasdiqlangan “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni
(soliq agentlarini) aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi bo‘yicha toifalash tartibi to‘g‘risida”
nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Soliq xavfini boshqarish tizimi strategiyasi va taktikasini, axborot yig‘ish va uni qayta
ishlash, soliq xavfini tahlil qilish va baholash, soliq xavfini boshqarishga doir chora-tadbirlarni
ishlab chiqish va amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo‘mitasi tomonidan
belgilanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
118
1-jadval
2023-moliya yilida tahlillar natijasida shubhali deb topilgan
korxonlarning viloyatlar kesimida soni
T/r
Hudular
Shubhali korxonalar soni
(dona)
1
Andijon viloyati
640
2
Buxoro viloyati
316
3
Farg‘ona viloyati
549
4
Jizzax viloyati
112
5
Namangan viloyati
435
6
Navoiy viloyati
144
7
Qashqadaryo viloyati
274
8
Qoraqalpog'iston Resp.
235
9
Samarqand viloyati
234
10
Sirdaryo viloyati
209
11
Surxondaryo viloyati
223
12
Toshkent shahar
827
13
Toshkent viloyati
608
14
Xorazm viloyati
144
Jami
5086
Manba:
www.soliq.uz web sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Quyidagilar soliq organlari tomonidan xavfni boshqar
ish tizimini qo‘llash maqsadlari
hisoblanadi:
−
yuqori xavfga ega bo‘lgan sohalarga eʼtiborni jamlash va soliq organlari tasarrufidagi
mavjud resurslardan samarali foydalanilishini taʼminlash;
−
soliq solish sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash imkoniyatlarini oshirish;
−
faoliyati bo‘yicha s
oliq xavfi pa
st deb aniqlangan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq
nazoratini minimallashtirish;
−
soliqqa oid huquqbuzarliklarni, shuningdek, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishga tanlab
olinadigan soliq to‘lovchilarni inson omilisiz avtomatlashtirilgan dasturi
y mahsulot orqali
aniqlash imkoniyatlarini yana-da kengaytirish;
−
soliq xavfi darajasidan kelib chiqib soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq tekshiruvlari
shakllarini belgilash.
−
Soliq xavfi quyidagi manbalardan olingan maʼlumotlar asosida tahlil qilinadi
23
:
−
s
oliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlar, shuningdek,
soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarida aks ettirilgan maʼlumotlar;
−
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
«Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish
bo‘yicha tashkiliy chora
-
tadbirlar to‘g‘risida» 2020
-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoni
hamda
«O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoral
ari axborot-kommunikatsiya tizimi
faoliyati samaradorligini yana-da oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» 2012
-yil 30-oktabrdagi
PQ-1843-son qaroriga asosan davlat organlari, muassasalar va tashkilotlar tomonidan soliq
organlariga taqdim etilgan maʼlumotl
ar;
−
xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari tomonidan o‘zaro axborot
−
almashish borasida tuzilgan bitimlar doirasida taqdim etilgan maʼlumotlar;
−
ommaviy axborot vositalaridan olingan maʼlumotlar;
−
o‘t
kazilgan soliq tekshiruvlari
materiallaridagi maʼlumotlar;
−
sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan soliqqa oid
23
https://soliq.uz/page/soliq-xavflarining-tahlili
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
119
−
huquqbuzarliklar bo‘yicha aniqlangan maʼlumotlar (hukm, qaror, ajrim, hal qiluv
qarori va boshqa hujjatlar);
−
soliqqa oid huquqbuzarli
k faktlari to‘g‘risida jismon
iy va yuridik shaxslarning
murojaatlari;
−
statistika organlaridan olingan maʼlumotlar;
−
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan maʼlumotlar.
−
Soliq to‘lovchilar soliq xavfi darajasiga qarab past, o‘rta va yuqori xav
fli toifalarga
ajratiladi. So
liq xavfi darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq auditi
tayinlanadi. Soliq xavfi darajasi o‘rta va past bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq organlari
tomonidan Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshq
a soliq maʼmurchiligi tadbirlari qo‘llaniladi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda soliq qo‘mitasi hozirda soliq risklarini nazorat qilish uchun
avtomatlashtirilgan “Tahlil
-
tahlika” tizimidan foydalanmoqda. Bu tizim tadbirkorlarni ular
tomonidan qoida buzilishiga
qarab kam, o‘rta va yuqori ri
skli korxonalar guruhiga ajratadi.
Umuman olganda, O‘zbekiston bo‘yicha 2023
-moliya yilida shubhali korxonalar soni 5086
dona tashkil etib, bu iqtisodiy barqarorlikka ta’sir qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda. Toshkent
shahrida eng
ko‘p shubhali korxonalar (827
dona) qayd etilgan, bu esa poytaxtning iqtisodiy
faoliyatining yuqori darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, Andijon viloyati ham
sezilarli raqamlar (640 dona) bilan ajralib turibdi. Har bir viloyatda shubhali korxonalar
sonining yuqoriligi, soliq nazorati va iqtisodiy siyosatni takomillashtirish zarurligini
ta’kidlaydi.
Hozirgi kunda Respublikamizda 12 xil turdagi soliqlar Avtomatlashtirilgan tartibda
amalga oshiriladigan tekshiruvdan oldingi tahlilda foydalaniladi
gan mezonlar sifatida ko’rib
chiqiladi.
2-jadval
Avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan tekshiruvdan
oldingi tahlil mezonlari
Qo’shilgan qiymat solig’i
Foyda solig’i
Aksiz solig’i
Mol-
mulk solig’i
Yer solig’i
Daromad solig’i
Yer qa’ridan fo
ydalanganlik
uchun soliq
Aylanmadan olinadigan
soliq
Suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq
Dividend solig’i
Ijtimoiy soliq
Renta solig’i
Xulosa va takliflar.
O‘zbekistonda soliq risklarini boshqarish mamlakat iqtisodiy barqarorligini
ta’minlashn
ing muhim qismi hisoblanadi. Soliq risklarini samarali boshqarish uchun soliq
tizimini raqamlashtirish, qonunchilikni soddalashtirish va soliq to‘lovchilarga ko‘rsatiladigan
xizmatlar sifatini oshirish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Shu bilan birga, soliq
nazorati va monitoring mexanizmlarini kuchaytirish orqali soliq tushumlarini oshirish va
iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin.
O‘zbekistonda soliq risklarini samarali boshqarish va ularni bartaraf etish uchun quyidagi
chora-tadbirlar tavsiya etiladi:
Soliq tizimining yanada raqamlashtirilishi: Soliq idoralarining barcha xizmatlari raqamli
platformalarga ko‘chirilishi va soliq to‘lovchilar uchun onlayn xizmatlardan foydalanish
imkoniyati kengaytirilishi kerak.
Soliq to‘lovchilar uchun maslahat x
izmatlarini kengaytirish: Soliq qonunchiligidagi
murakkabliklarni tushuntirish va to‘g‘ri soliq hisobotlarini tayyorlashda yordam berish uchun
soliq to‘lovchilarga bepul maslahat xizmatlari taqdim etilishi lozim.
Soliq qonunchiligini soddalashtirish va isloh qilish: Soliq qonunchiligining doimiy
yangilanishi va soddalashtirilishi soliq to‘lovchilarning xatoliklarga yo‘l qo‘ymasligini
ta’minlaydi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
120
Soliq to‘lovchilarning xabardorligini oshirish: Soliq to‘lovchilarni qonunchilikka rioya
qilishga o‘rgatish maqs
adida muntazam ravishda seminar va treninglar tashkil etilishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda soliq risklarini boshqarish tizimi so‘nggi yillarda
muhim islohotlar bilan rivojlanib, soliq qonunchiligini soddalashtirish, raqamlashtirish
jarayonlarini tezlashtirish va soliq nazoratini kuchaytirish orqali sezilarli yutuqlarga erishildi.
Soliq xufiyachiligiga qarshi kurash va tadbirkorlar uchun yaratilgan soliq yengilliklari
natijasida moliyaviy barqarorlik oshdi. Viloyatlar kesimida olib borilgan tahlillar esa Toshkent
shahar va Andijon viloyatlari kabi hududlarda soliq risklarini boshqarish bo‘yicha ijobiy
natijalar ko‘rsatdi. Kelgusida soliq tizimidagi raqamli transformatsiyalar va risklarni
kamaytirishga qaratilgan choralar mamlakatning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashda
davom etadi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Balabanov, I. and Vitanov, N.Ê., (2011). The Economic Metronome.
Economic Thought
journal, (7), pp.3-30.
Blank, J.D., (2016) The timing of tax transparency. S. Cal. L. Rev., 90, p.449.
Chugunov, I., Makohon, V., Vatulov, A. and Markuts, Y., (2020). General government revenue
in the system of fiscal regulation. Investment management and financial innovations, 17(1),
pp.134-142.
Evstigneev, E.N. and Viktorova, N.G., (2017). Etymology of some terms in the tax sphere: a
variant of system perspective. Journal of Tax Reform. 2017.
Т. 3.№ 2,
3(2), pp.78-91.
Farmon (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish
va soliq organlari faoliyati samaradorligini
oshirish bo‘yicha tashkiliy chora
-
tadbirlar to‘g‘risida»
30-oktabrdagi PF-6098-son
Filin, S.A., Chaikovskaya, L.A., Aitymbetova, A.N., Zhussipova, E.E. and Isaeva, G.K., (2021) Tax
Regimes in the USA: The Review and the Effect on Small Businesses.
Дайджест
-
финансы
, 26(3
(259)), pp.249-260.
Jordan, B.D., Ross, S.A. and Westerfield, R.W., (2003). Fundamentals of corporate finance.
McGraw Hill.
Mehrotra, H.C. and Goyal, S.P., (2022). Corporate Tax Planning & Management AY 2022-23
& 2023-24. Sahitya Bhawan Publications.
Pinskaya, M.R., Malis, N.I. and Milogolov, N.S., (2015). Rules of taxation of controlled foreign
companies: A comparative study. Asian Social Science, 11(3), p.274.
Qaror (2012) «O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati i
doralari axborot-
kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yana-da oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»
30-oktabrdagi PQ-1843-son
Qaror (2021) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq xavfini boshqarish,
soliq xavfi mavjud soliq to‘lo
vchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil
etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 7
-yanvardagi 1-son
Tikhonov, D.N. and LG, L., (2004). Nalogovoe planirovanie i minimizatsiya nalogovykh riskov
[Tax planning and minimization of tax risks]. Moscow, Alpina Bu siness Books Publ.
Стафиевская, М.В., (2016). Методология формирования учетно
-
аналитического
обеспечения для риск
-
менеджмента в условиях антикризисного управления.
Бизнес.
Образование. Право, (3), pp.115
-120.
