Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
190
RAHBAR KASBIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA SAMARALI QAROR
QABUL QILISH KOʻNIKMASINI SHAKLLANTIRISH
Shadiyev Sherzod Fayzullayevich
Termiz davlat pedagogika instituti
ORCID:
0009-0008-2677-1803
Annotatsiya.
Maqolada
rahbar kasbiy faoliyatini
rivojlantirishda samarali qaror qabul
qilish koʻnikmasini shakllantirish, faktlarni tahlil qilish, hodisa va jarayonlarni oʻrganishda sabab
–
oqibat bogʻlanishlari mohiyatini tushunish, bosh
qaruv sohasi, rahbar kadrlarni tayyorlash
sohasidagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish holati, shuningdek,
rahbar
kadrlarning mustaqil va
ijodiy fikr yuritish koʻnikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish, boshqaruvda samarali
qarorlarni qabul qilishda yondashuvning asosiy tamoyillari va xususiyatlarini tushunish,
zamonaviy rahbarlarga xos boʻlgan professional va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishda shaxsning
xislat va fazilatlarini, uning tajribasi, mavjud bilim va malakasi hamda qobiliyatini
integratsiyalash bugungi kunning dolzarb muammosi sifa
tida eʼtirof e
tilgan.
Kalit soʻzlar:
rahbar, kasbiy faoliyat,
boshqaruv, rivojlantirish, qaror, koʻnikma, malaka,
kompetensiya, shakllantirish, fakt, tahlil, yondashuv, integratsiya, hodisa, jarayon, tamoyil,
tushuncha, ilmiy izlanish, professional, shaxs.
ФОРМИРОВАНИЕ НАВЫКОВ ЭФФЕКТИВНОГО ПРИНЯТИЯ РЕШЕНИЙ В РАЗВИТИИ
ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ РУКОВОДИТЕЛЯ
Шадиев
Шерзод
Файзуллаевич
Термезский
государственный
педагогический
институт
Аннотaция.
В
статье обосновывается необходимость формирования навыков
эффективного принятия решений в процессе развития профессиональной деятельности
руководителя,
анализ фактов в изучении явлений и процессов —
понимание сущности
связей следствия, состояние развития научных исследований в области управления,
подготовки руководящих
кадров, а также развитие навыков и компетенций
самостоятельного и творческого мышления руководящих кадров, понимание основных
принципов и особенностей подхода к принятию эффективных решений в управлении,
формирование профессиональных и личностных качеств,
присущих современным
руководителям, формирование качеств личности, умений и навыков, интеграция опыта,
имеющихся знаний и навыков, а также способностей, которые признаны актуальной
проблемой сегодняшнего дня.
Ключевые слова:
руководитель, профессиональная деятельность, управление,
развитие, решение, умение, навык, компетенция, формирование, факт, анализ, подход,
интеграция, явление, процесс, принцип, понятие, научное исследование, профессионал,
личность.
UO
‘
K: 436442
IX SON - SENTYABR, 2024
190-196
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
191
FORMING EFFECTIVE DECISION-MAKING SKILLS IN DEVELOPING THE
PROFESSIONAL ACTIVITY OF A LEADER
Shadiyev Sherzod Faizullayevich
Termiz State Pedagogical Institute
Abstract.
In the article, the formation of effective decision-making skills in the development
of the professional activity of a leader, the analysis of facts, the understanding of the nature of
cause-effect relationships in the study of events and processes, the state of development of
scientific research in the field of management, the training of managerial personnel, as well as the
independent development of managerial personnel and developing creative thinking skills, skills
and competences, understanding the main principles and features of the approach to effective
decision-making in management, the characteristics and qualities of a person, his experience,
existing knowledge and skills in the composition of professional and personal qualities typical of
modern leaders and ability integration is recognized as an urgent problem of today.
Keywords:
leader, professional activity, management, development, decision, skill,
qualification, competence, formation, fact, analysis, approach, integration, event, process,
principle, understanding, scientific research, professional, person.
Kirish
.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi
koʻp jihatdan rahbarlarga, ularning boshqaruv sohasidagi professional mahoratiga bogʻliq. Bu
borada birinchi navbatda rahbar kadrlarning, davlat xizmatchilarining fuqarolik jamiyatlari
institutlari hamda xodiml
ar bilan ishlay olish qobiliyatini shakllantirishga alohida eʼtibor berish
zarur.
Bunday qobiliyat va malakani esa maxsus taʼlim tadbirlari orqaligina rivojlantirish
mumkin. Shu munosabat bilan, bugungi kunda boshqaruv sohasi, rahbar kadrlarni tayyorlash
s
ohasidagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish oʻta muhim masala sifatida oʻz natijasini kutmoqda.
Mazkur holatda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini yangi bosqichga olib
chiqish, islohotlarni amalga oshirish izchil davom etmoqda. Qaysi soha yoki tarmoqda
boʻlmasin, dolzarb muammolar aholi bilan ochiq muhokama qilinib, ularning yechimi
topilmoqda. “Barcha qarorlarimiz xalqimizning fikr
-mulohazalari va murojaatlari asosida
qabul qilinmoqda”. Bu es
a shiddatli yangilanishlar oqimidan iborat bugungi davrda samarali
qarorlarga erishish uchun yosh rahbarlarda boshqaruv koʻnikmalarini shakllantirish
muammolarini oʻrganish, tahlil qilish lozimligini koʻrsatmoqda. Prezident Sh.M.Mirziyoyev
taʼkidlaganidek,
“dasturlar, q
onunlar, qarorlar hayotda amalda ijro etilganda va jamiyat turli-
tuman illatlardan tozalangandagina koʻzlangan maqsadga erishish mumkin”.
Adabiyotlar sharhi.
Bugungi kunda davlat xizmatida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish qadriyat
sifatida n
amoyon boʻlmoqda. Ijro hokimiyati orga
nlarida samarali boshqaruv qarorlarini qabul
qilish tizimi mavjudligi mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining kafolati
hisoblanadi. Boshqaruv nazariyasi namoyandalari F.Teylor, G.Emerson, A.Fayol, M.Veber,
E.Meyo, R.Laykert, G.Saymon, P.Duruker, E.Deyl va boshqalar rahbar faoliyatini birinchi
navbatda boshqaruv qarorlarini tayyorlash va amalga oshirish bilan bogʻlaydi
(
Xolov
,
2018).
Qaror qabul qilish tushunchasi har qanday tashkilot faoliyatining deyarli har bir jabhasini
qamrab olishi va us
hbu jarayon oʻta muhim boʻlganligini hisobga olgan holda, bir qator
tadqiqotchilarning boshqaruv tizimida ushbu jihatga katta ahamiyat qaratishig
a sabab boʻldi.
Jumladan, ushbu ilmiy yoʻnalishlarda boshqa
r
uvning mohiyatini “tashkilotning har bir vakili
qar
orlari maʼlum bir fakt yoki qiymatga asoslangan sabab orqali shakllanishida” koʻra bildi
(
Lvova, 2016).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
192
Amerikalik tadqiqotchilar R.Lyus va X.R
ayfalar tavakkal va noaniqlik bilan bogʻliq boʻlgan
qarorlarni ajratishadi. Masalan, Amerika tadqiqotchilar tav
akkal sharoitidagi qaror maʼlum
ehtimollik yuzaga kelishi mumkin boʻlgan bir necha natijalardan bittasiga tayan
adi, noaniqlik
sharoitidagi qaror
esa noaniq ehtimollik yuzaga kelishi mumkin boʻlgan u yoki
bu natijalarga
tayanadi
(
Abelin
,
2013; Altr, 2012).
G.Saymon, boshqaruvning mohiyatini “tashkilotning har bir vakili qarorlari maʼlum bir
fakt yoki qiymatga asoslangan sabab orqali shakllanishida” koʻra bildi.
Shuningdek, S.Yangning fikricha,
“agar qaror tushunchasi shunchaki tanlov boʻlmasdan
,
muammoning еchimini anglatsa, bunday holda tashkilotdagi istalgan bosh
qaruv qarori nafaqat
rahbardan, balki ijrochidan ham birdek hamkorlikni talab etadi (Pomerol, Adam, 2016).
Boshqaruv tizimida qobil
iyat va malakani maxsus taʼlim tadbirlari orqaligin
a
rivojlantirish mumkin. Shu munosabat bilan, bugungi kunda boshqaruv sohasi, rahbar
kadrlarni tayyorlash sohasidagi ilmiy izlanishlarni rivojlan
tirish oʻta muhim masala sifatida oʻz
natijasini kutmoqda. U
shbu sohadagi konkret natijalarga yoʻnalgan tadbirl
ar esa aynan
pedagogika va psixologiya fani oldiga dolzarb vazifalarni qoʻymoqda. Masalan, turli boshqaruv
sohalarida lavozimlarga rahbar kadrlarni tayinlashda munosib nomzodlarni tanlash, ularning
boshqaruv salohiyati va qobiliyatini adolatli baholash zar
urati doimo dolzarb masala boʻlib
kelgan
(
Maxmudov
,
2018).
Shaxs imkoniyatlarini rivojlantirish esa, yana bir muhim pedagogik va psixologik tadbir
sifatida oʻz ahamiyatiga koʻra avvalgisidan qolishmayd
i
. Zamonaviy rahbarlarga xos boʻlgan
professional va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishda shaxsning xislat va fazilatlarini, uning
tajribasi, mavjud bilim va malakasi hamda qobiliyatini integratsi
yalash zarurati tugʻiladi.
Pirovard maqsad
—
yaxlit, bir but
un va oʻzaro muvofiqlashgan ichki tizimga ega boʻlg
an rahbar
shaxsini shakllantirishdan iborat
(
Juliusson, Karlsson, Garling, 2005).
Taraqqiy etgan jamiyatda
rahbar kasbiy faoliyatini
rivojlantirishda
maʼnaviy
-
maʼrifiy
mexanizmlarni takomillashtirishda kad
rlar oʻzining maʼnaviyati, barkamolligi, fidoiyligi
,
iymon-
eʼtiqodliligi, vatanparvarligi va alohida qobi
liyatga ega ekanligi bilan ajralib turishi
kerak. Izlanuvchan, tadbirkor, salohiyatli, fidoyi rahbargina jamiyatdagi innovatsion
oʻzgarishlar muhitiga
moslasha oladi. Rahbar kadrlarda boshqaruv sifatini rivojlantirishni
milliy qadriyat va zamon talabiga moslashtirish bugungi kunning eng asosiy talablaridan biri
hisoblanadi
(
McCrae, Stephen, Guermellou, Mehta
,
2012).
Boshqaruv faoliyatida rahbarlarga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni ijobiy mazmun
kasb etishi faqat rahbarnigina emas, jamiyatning ham yutugʻidir. Rahbarlar maʼnaviyatli,
madaniyatli, mahoratli, salohiyatli, qatʼiy sabotli va mukammal irodaviy sifatlarga ega boʻlishi
bugungi kun talabidir. Umuman olganda, boshqaruv qarorining tasnifi va xususiyatlarini bilish,
ulardan foydalanish rahbarlarning oldida turgan vazifalarni tuzishga imkon beradi
(
Trueman,
Decision, 2012).
Tadqiqot metodologiyasi.
Samarali boshqaruv qarorini qabul qil
ishga doir manbalarning tahlili shuni koʻrsatdiki,
rahbar kasbiy faoliyatini
rivojlantirishda samarali qaror qabul qilish koʻnikmasini
shakllantirishda turli xil innovatsion taʼlim texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat
kasb etadi. Xususan, qaror qabul qilishda asosiy boshqaruv funksiyalaridan biri sifatida falsafiy,
psixol
ogik, pedagogik, metodik adabiyotlarni oʻrganish va amaliyotga joriy etish, sotsiometrik
metodlarlarni statistik jihatdan qayta ishlash usullaridan foydalaniladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Har qanday sohada qabul qilingan qaror samaradorligi uni bajarish sifati va amalga
oshirishga bogʻliq. Baʼzida qabul qilingan qarorlar oʻz vaqtida amalga oshmasligi va kutilgan
natijalarga olib kelmasligi mumkin. Qarorni qabul qilishdan oldin samarasi past
boʻlishi
bashorat etilgan qaror loyihasi amalda yuqori samaraga erishishi mumkin yoki samaradorligi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
193
yuqori taxmin qilingan qaror loyihasi past natija berishi mumkin. Shuning uchun ham qaror
qabul qilishda maqsadlarni amalga oshirish imkonmyatini, qarorni
tartibga solish taʼsirini
baholash muhim.
Shuningdek, globallashuv sharoitida zamonaviy rahbar samarali boshqaruv qarorlarini
qabul qilish uslublarini bilishi, oʻz faoliyati sohasidagi muammoni еchishga tizimli yondashishi,
tanqidiy tahlil, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga
koʻtarishi, mavjud tizim samaradorligini oshirish, davlat boshqaruvi tizimini bugungi va ertangi
kun talablaridan kelib chiqib sifat jihatidan zamon talablari darajasiga koʻt
arish masalalariga
eʼtibor qaratishi talab etiladi.
Rahbarlik tushunchasiga quyidagicha taʼriflarni keltirish mumkin:
1. Rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish
resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi sifatida
omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxsdir.
2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror qabul qiladi. Bu
qapop rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadini belgilaydi.
3. Rahbar o
ʻ
z sohasiga yangi
gʻoya, yangi tashabbus, yangi texn
ologiyalarni joriy etuvchi
tadbirkor shaxs hisoblanadi.
4. Rahbar mehnati, ayni vaqtda tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyat
hisoblanadi. Unga sarflangan kuch, mablagʻ baʼzan vaqtincha foyda ema
s, zarar keltirishi,
muassasa foyda oʻrniga zarar ham koʻrishi mumkin. U bunday holatlarni oldindan koʻra olishi
va bunga tayyor turishi, zarur boʻlganda, faoliyatini qayta boshlashi, oʻzida bunga kuch
-gayrat
topa bilishi lozim.
Oʻzaro munosabatlarda rahb
arlarning bir-biri
ni toʻg‘
ri tushuna olishiga imkon
bermaydigan, har xil kelishmovchiliklarga olib keladigan omillar ham bor. Bunday toʻsiqlarning
eng koʻp uchraydigan uch xilini koʻrsatib oʻtish mumkin. Bular:
dastlab koʻrishganda bir
-birini tashqi qiyofa
si boʻyicha oʻzidan ustun koʻrish yoki uni
yoqtirmaslik;
sherik bilan dastlabki muloqotda uning muhim fikrlariga qoʻshilmaslik va hokazo;
dunyoviy tasavvurlari, maqsad va mulohazalari, ijtimoiy barqarorligi mos kelishi yoki
aksincha.
Xullas, jamoaga rah
bar boʻlish juda masʼuliyatli jarayon. Jamoa koʻpch
ilikni tashkil etadi.
Shunday ekan
, ularning fikri, dunyoqarashi, maʼnaviyati, xarakteri, ruhiyati ham turlichadir.
Rahbar ularning turli-tuman, yaxshi-
yomon ishlarini, albatta, kuzatib turishi kerak boʻl
adi, toki
hech bir ish ularning nazaridan chetda qolmasligi lozim. Agar rahbar faqat boshqaruv ishlariyu,
oʻz shaxsiyati bilan band boʻlib qolsa, qoʻl ostidagi ommani kuzatishga befarq boʻlsa, unda bu
rahbardan voz kechish lozim. Oʻz muassasasi aʼzolarinin
g xatti-harakatlar
idan voqif boʻlmaslik
jamoaning bi
r necha tarafga boʻlinishiga olib
keladi. Bunday rahbar davlatga ham, jamoasiga
ham zarar keltiradi.
Shaxs tushunchasi psixologiya fanida markaziy oʻrinni egallaydi va asosiy psixologik
talqinlar shaxs mavzusi atrofida am
alga oshadi. Shaxsning turli taʼri
flari mavjud, lekin bu
tushunchala
rni toʻlaroq aks ettiradigan quyidagisi oʻrinli: shaxs bu –
oʻzining bilimi, hissiyoti va
munosabatlari orqali tashqi olamni oʻzgartira oluvchi subyekt, insondir. Eʼtibor
berilsa, ushbu
ta
ʼ
rifda shaxsga xos uch jihat sanab
oʻtiladi: bilish, hissiyot, munos
abat. Shu uch guruhga
kiruvchi xislatlar yagona maqsadga, yaʼni tashqi olamni insonning oʻz ehtiyojiga binoan
oʻzgartirishga qaratilgan.
Ishlab chiqarish sharoitida inson xulqini tushunish va uni boshqarish uchun shaxs tabiati
haqida maʼlum bir maʼlumotga ega boʻlish kerak. Tashkilotda shaxs oʻzgalar bilan munosabatga
kirishar ekan, demak, u turli ijtimoiy guruhlar faoliyatida qatnashadi. Shu munosabat bilan
shaxs aʼzo boʻ
lgan guruh va jamoalarga xos psixologik qonunlarni ham tahlil etish zarurati
tugʻiladi va rahbar shaxsi, uning muvaffaqiyatli boshqaruv faoliyati uchun xos va zurur xislatlar
haqida toʻxtalib oʻtish kerak.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
194
Mazkur jarayonda boshqaruv vazifalarini aniqroq shakllantirish va hal qilish uchun
yanada koʻproq imkoniyat yaratib beradi. Shuni taʼkidlash kerakki, har bir boshqaruv qarori
muayyan qiymatlar tizimi asosida qurilgan. Har bir inson uchun bu tizim oʻziga xosdir. U oʻz
harakatlarini aniqlaydi va qabul qilingan qarorlar n
atijalariga masʼul.
Koʻplab tashkilotlar
korporativ qadriyatlar tizimini yaratishga harakat qilmoqdalar, unda rahbar faoliyati qarorlari
va har bir xodimning harakati bir yoʻnalishga qaratilga
n.
Har bir rahbar qaysi sohad
a faoliyat yuritishidan qatʼiy nazar, oʻziga xos va
oʻzining
muayyan muammolarni yechish chogʻida aynan bir xil va oʻxshash xatt
i-harakatlarni amalga
oshiradi. Bundan kelib chiqadiki, rahbar faoliyati samaradorligining pasayishi sabablarini
tushunishi uchun boshqaruv qarori shakllanish jarayonini kuzatgan
boʻlishi lozim. Boshqaruv
qarori ishlab chiqilishining bosqichlarini ajratish uchun bir necha yondashuvlar mavjud.
Yosh rahbarlarga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlardan muhim jihati shundan iboratki,
avvalo rahbar oʻz shaxsidan, hayotidan, faoliyatidan qoniqqanlik darajasiga ega boʻlishi shart.
Bunday tarzdagi ijtimoiy-psixolo
gik qoniqqanlik darajasi uni yuqori koʻtarinki kayfiyat,
optimizm ruhidagi qarorlar qabul
qilishiga, jamoadagi sogʻlom mu
hitni shakllantira olishiga
asos
boʻlib xizmat qilad
i.
Rahbarning kreativ fikrlashi, motivatsiyani oshirishga taʼsir qiluvchi qarorlar qabul qilishi
oʻz navbatida qoʻl ostidagi xodimlarini qarashlaridagi, faoliyatidagi yangi
lanishlarni yuzaga
keltiradi. Jamoadagi har bir xodimning individual psixologik xus
usiyatlarini bilishi, taʼsir etish
yoʻllarini topishi rahbar faoliyatining muvaffaqiyatini taʼminlaydi.
Shuningdek, rahbar kasbiy faoliyatini rivojlantirishda samarali qaror qabul qilish
koʻnikmasini shak
llantirish
uchun barcha choralarni koʻrishi muhim. Baʼzan, qaror va uni
moliyalashtirish toʻgʻri qabul qilingan boʻlsada, lekin insonlar ongi uni qabul qilishga tayyor
emasligi, ularda eski qarorlarga tarafdorlikning ustunlig
i, oʻtmish anʼanalariga moyilli
k,
hissiyotlarning sogʻlom fikrda
n ustunligi yuz berishi mumkin. Bunday holatlarda boshqaruv
subyekti insonlar ongini takomillashtirish, uni asta-sekin tushuntirish hamda ijtimoiy fikrni
oʻrganish va yetkazish kabi oʻquv texn
ologiyalariga murojat qilishi ke
rak boʻladi.
Rahbar boshqaruv faoliyatida samarali qaror qabul qilishning quyidagi bosqichlariga
eʼtibor qaratishi lozim:
1. Muammoni aniqlash
—
qaror qabul qilish kerakligini tushunib yetish. Qaror qabul
qilish zaruriyatini asoslash.
2. Muammoga tegishl
i maʼlumotlarni toʻplash —
qaror qabul qilishdan oldin muammoga
taalluqli barcha maʼlumotlarni toʻplash. Yaʼni, muammoni
keltirib chiqaruvchi
—
ichki va tashqi
omillarni hisobga olish.
3. Tanlov choralarini aniqlash
—
muammo haqida yetarlicha manba va ma
ʼ
lumotlar
toʻplanib, ulardan bir
necha muammoni yech
imiga xizmat qiluvchi zaxira yoʻllar va chora
tadbirlar aniqlanadi.
4. Asosli maʼlumotlarni oʻrganish —
mummoni tasniflash, guruhlashtirish va uni darajasi
hamda miqyosini aniqlashdan iborat. Qaror loyihasini ishlab chiqish va qarorda belgilangan
talablar
(meʼyorlar)ni tartibga solish taʼsirini baholash.
5. Harakatni boshlash
—
ushbu qadamda eng qulay deb tanlangan yoʻl asosidagi ijobiy
harakatlarni boshlashga tayyorlanishg
a eʼtibor qaratish.
6. Qaror na
tijalarini koʻrib chiqish —
bunda qilingan qaror na
tijalari koʻrilib, uning
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy-
huquqiy, maʼnaviy, ekologik oqibatlari baholanadi. Agar
qaror samaradorligi yuqori boʻlmasa, aniqlangan chora
lar asosida yangi qaror qabul qilish
lozim boʻladi.
Aholining turli qatlamlari orasida yoshlarning boshqaruvchilik mahoratini aniqlash,
ularni maʼnaviy qoʻllab
-
quvvatlash koʻlamini yanada kengaytirish, davlat xizmatchisi uchun
qadriyatlarning ustuvorligi, ilgari surilgan faoliyatni yaxshilashga doir tashabb
uslar “Xalq
davlat idoralariga
emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan fikrni
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
195
singdirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda davlat organlarining rolini kuchaytirish,
tadbirkorlik faoliyatiga alohida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish-
bu tashkilot aʼzolari tomonidan ishlab chiqarish yoki
xizmat koʻrsatish jarayoniga rahbarlik qilish boʻyicha aniq masalalarni hal etish demakdir.
Bunda har bir boʻlim oʻzining funksi
onal
vazifasini bajarish bilan band boʻladi. Shu tar
iqa barcha
boshqaruv boʻlinmalari bir
-
biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatib, bosh rejaning bajarilishini taʼminlaydi
(Xolov, 2018)
Shuningdek, qaror qabul qilishda tashqi va ichki omillarni hisobga olish kerak. Bu holatda
qarorlarni qabul qilish jarayonining muam
molarini, salbiy va ijobiy tomonlariga eʼtibor
qaratish muhim. Rahbar kadrlar istalgan yakuniy natijada nimaga erishish mumkinligi va
qanday salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida obyektiv fikr yuritishi kerak.
Madaniy farqlar ham boshqaru
v qarorlarini qabul qilishga taʼsir etuvchi omil sifatida
boshqaruv tizimining madaniy (milliy) xususiyatlarini aks ettiradi. Masalan, mamlakatda yoki
hududda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda turli xil yondashuvlarni
qoʻllash mum
kin. Bunda individualizmga (AQSh) yoki umuman, milliy kollektivizm
jamoaviylikka (Yaponiya) nisbatan qoʻllash mumkin boʻlgan yondashuvlarni hisobga olish
muhim.
Maʼlumki, vaqt oʻtishi bilan vaziyat oʻzgar
ishi mumkin, tanlangan qaror mezonlari
ahamiyatsiz b
oʻlib qoladi. Shu sababli, qabul qilingan qarorning asos axboroti hamda taxminlari
eskirib qolmaguncha va amaldagi vaziyatni aks ettirguncha qaror qabul qilinishi va amalga
oshirilishi shart. Lekin buni amalga oshirish murakkab, chunki qaror qabul qilish jarayoni va
harakat boshi oraligidagi vaqt uzoq. Vaqt omilini hisobga olganda, yosh rahbar kadrlar baʼzan
mantiqiy fikrlardan yoki hatto hissiyot bilan boshqarishga majburdirlar, holbuki oddiy
sharoitlarda ular
ratsional tahlil qilishni afzal koʻrishadi. Lekin, shuni ham taʼkidlash joizki,
baʼzan erta qabul qilingan qaror ham xavfli boʻlishi mumkin. Koʻpincha kompaniyalar bozordagi
raqobatchilaridan oʻtib ketishi uchun umid bilan yangi loyihalarga millionla
b moddiy sarmoya
kiritadi.
Xulosa va takliflar.
Xu
losa oʻrnida aytish mumkinki, qaror qabul qilish jarayoni bu aniqlangan muammo,
qarorga nisbatan toʻplangan maʼlumotlarni baqolash jarayonidir. Qaror ishlab chiqishning
oldingi bosqichlari mukammal darajada am
alga oshirilgan boʻlsa ham, tanlov har doim ham
muqobillar ichidan tanlangan eng yaxshi tanlov
boʻlavermaydi. Shuning uchun ham yosh
rahbar kadrlar boshqaruv qarorlarini qabul qilish algoritmiga amal qilishi lozim.
Shuningdek, qarorlar ishlab chiqishda
oʻzaro hamkorlik qobiliyatlari, tashkilot
maqsadlariga erishish jarayonida jamoaviy intellektual kuchdan foydalana olish, rahbarning
eng ahamiyatli jihati hisoblanadi. Boshqaruvda samarali qarorlarni qabul qilishda
yondashuvning asosiy tamoyil va xususiyatlarini tushunish muhim.
Bugungi kunda yosh rahbarlarning boshqaruvga tayyorlik darajasini aniqlash dolzarb
ahamiyatga ega. Ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni tartibga solish, yosh rahbarlarning ijtimoiy
faolligini oshirish davr talabi hisoblanadi. Hozirgi ku
nda dunyo miqyosida olimlar oʻz
tadqiqotlarini yosh
rahbar kadrlarning boshqaruv tayyorgarligiga oid keng koʻlamli ilmiy
tadqiqotlar olib borishga qaratgan.
Shuning uchun rahbar kadrlarning boshqaruv qarorlarini qabul qilishga tayyorligini
psixodiagnostika qilish, ularning istiqbolli rahbar sifatida boshqaruv qarorlarini qabul qilishiga
ijtimoiy psixologik tayyorligini oʻrganish borasida kompleks tadqiqotlar oʻtkazish maqsadga
muvofiq sanaladi.
Adabiyotlar/Литература
/Reference:
Abelin E.N. (2013) Xodimlar va ularning ishi.
—
p.16
Altr R.T. (2012) Tashkilotlarda tizimli yondoshuv / R.T. Allne.
—
21-b.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
196
Juliusson E.A., Karlsson N., Garling T. (2005) Weighing the past and the future in decision
making. European Journal of Cognitive Psychology. 17(4). p. 561-565.
Kochneva E.M., Chereneva Ya.G. Rahbarning psixologik xususiyatlari boshqaruv qarorlarini
qabul qilish jarayoniga taʼsir etuvchi omil sifatida. “Konsepsiya” ilmiy
-medodik electron jurnal .
2015. 13-
с
o
н
. 36-40 b.
Lvova T.V. (2016) Boshqaruv faoliyatining psixologik jihatlari. -24-b.
Maxmudov I. (2018
) Yosh rahbarlar boshqaruv samaradorligini taʼminlovchi
kompetensiyalar. //Yoshlar kelajak bunyodkori shiori ostida uyushmagan yoshlar bilan ishlash
tizimi sam
aradorligini oshirish: “Muammo va istiqbollar” mavzusidagi II respublika ilmiy
-amaliy
konferensiyasi materiallari, 4-5 iyun.
McCrae J, Stephen J, Guermellou T, Mehta R (2012) Improving decision making in Whitehall
effective use of management information Institute for Government, London, pp 7-8.
Pomerol J., Adam F. (2004) Practical decision making-From the legacy of Herbert Simon to
Decision Support Systems. In: Decision Support in an Uncertam and Complex World: The IFIP
TC8/WG8.3. International Conference, Monash University.
Trueman S, Decision N. (2016)
“Making In Governmentʼ’ history learning site
co. uk. The
History Learning Site, 27 Mar 2015.16 Aug.
Xolov A.X. (2018) Mahalliy davlat hokimiyati organlarida samarali qarorlar qabul qilish
tizimini tatbiq
etish masalalari. // “Iqgisodiyot va innovatsion tex
nologiyalar ilmiy elektron
jurnali. №1, yanvar
-
fevral, 1/2018 (№ 00033).
