Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
12
XULQ-ATVOR MOLIYASI VA UNING A
’
NANAVIY IQTISODIY TAHLILGA BO
’
LGAN TA
’
SIRI
PhD
dotsent
Abdujaborova Ma’mura Toshmuxammadovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
О
RCID: 0009-0009-5880-4961
Husenov Muhriddin Bahriddinovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0008-1052-6707
Annotatsiya.
Moliya va iqtisodiyot sohasiga yangi ko’rinishda kirib kelgan xulq
-atvor
moliyasi a’nanaviy iqtisodiyot taklif qiladigan ratsional qarorlar qabul qilish haqidagi
tushunchalar noto’g’ri ekanligini ta’kidlaydi. Ushbu sohada, iqtisodiyotda aniqroq tahlillar
amalga oshirish uchun insonlarning psixologik qarorlarini, kognitiv moyilliklari va hissiyotlar
orqali qarorlar chiqarishi mumkin ekanligini ham inobatga olinishi kerakligi haqida aytiladi.
Imkoniyatlarning cheklanganligi va qarorlarning xilma-
xilligini e’tiborga olgan holda, ushbu
soha orqali bozor ishtirokchilari haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lish ekanligini ko’rsatib
beradi. Ushbu o’zgarishlar ko’p sohalar uchun sezilarli ta’sir o’tkaza oladi. Shuningdek, mamlakat
miqyosida davlatning moliyaviy holati va fuqarolarining farovonligi uchun aniqroq qarorlar
chiqarishga xizmat qiladi.
Kalit so’zlar:
xulq-
atvor moliyasi, iqtisodiy tahlil, a’nanaviy iqtisodiyot, iqtisodiy qarorlar.
ПОВЕДЕНЧЕСКИЕ ФИНАНСЫ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ТРАДИЦИОННЫЙ
ЭКОНОМИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ
PhD, доцент
Абдужабарова Мамура Тошмухаммадовна
Ташкентский государственный экономический университет
Хусенов Мухриддин Бахриддинович
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
Поведенческие финансы, которые недавно вошли в области финансов
и экономики с новой точки зрения, ставят под сомнение традиционные экономические
концепции рационального принятия решений. Эта область подчеркивает, что для более
точного анализа в экономике необходимо учитывать человеческие психологические
решения, когнитивные искажения и роль эмоций в процессе принятия решений. Учитывая
ограничения доступных возможностей и разнообразие выборов, поведенческие финансы
демонстрируют, что мы можем получить больше информации о рынке и его участниках.
Эти изменения могут оказать значительное влияние на различные сектора и
способствовать более точному принятию решений на национальном уровне, улучшая
финансовое благополучие государства и его граждан.
Ключевые слова
:
поведенческие финансы, экономический анализ, традиционная
экономика, экономические решения.
UO
‘
K: 336.11
X SON - OKTABR, 2024
12-17
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
13
BEHAVIORAL FINANCE AND ITS IMPACT ON TRADITIONAL ECONOMIC ANALYSIS
PhD, Associate Professor
Abdujaborova Ma’mura
Toshmuxammadovna
Tashkent State University of Economics
Husenov Muhriddin Bahriddinovich
Tashkent State University of Economics
Abstract.
Behavioral finance, which has recently entered the fields of finance and economics
with a fresh perspective, challenges the traditional economic concepts of rational decision-
making. This field emphasizes that to conduct more accurate analyses in economics, it is necessary
to account for human psychological decisions, cognitive biases, and the role of emotions in
decision-making. By considering the limitations of available opportunities and the diversity of
choices, behavioral finance shows that we can gain more insights into market participants. These
shifts can have a significant impact across various sectors and contribute to more precise decision-
making at the national level, enhancing the financial well-being of the state and its citizens.
Keywords:
behavioral finance, economic analysis, traditional economics, economic
decisions.
Kirish.
O’z nomidan kelib chiqadiki, bir vaqtning o’zida xulq
-atvor moliyasi bir necha sohalarni
o’zi ichiga oladi. Bular qatoriga iqtisodiyot, falsafa, psixologiya, siyosat hamda tarix kabilarni
kiritishimiz mumkin. Shunchaki, xulq-atvor moliyasi haqida gap borar ekan, u iqtisodiy
qonunlarga psixologik yo’l bilan yondashish kerak ekanligini tushuntirib o’tadi va bu uni
boshqa sohalar bilan osonlik bilan bog’lashga yordam beradi. O’z
-
o’zidan bu holat qo’shimcha
savollar keltirib chiqaradi: Nega biz bir necha sohalarni aralashtirib murakkablashtirishimiz
kerak? Qanday maqsadlarga erisha olamiz?
A’nanaviy iqtisodiyot haqida tushunchalar paydo bo’lishidan va Adam Smit
nazariyalaridan kelib chiqqan holda, biz iqtisodiyotning mazmuni cheklangan resurslar
sharoitida, ko’proq foydaga erishishimiz deb tushunib kelamiz. Ammo, bu nazariya va
tushunchalard
a insonni eng ratsional sifatida tushunib, uning qarorlari eng to’g’ri bo’lgan
vaziyatdagi qonun qoidalar o’rgatilib kelinadi. Insonning tabiatidan kelib chiqqan holda, ushbu
qonunlarda yetishmovchiliklar yuzaga keldi va bu iqtisodiyotchilar uchun yangi xulq-atvor
sohasi yaratilishiga olib keldi. Misol uchun, agarda odamlar doimo to’g’ri qarorlar chiqarganda,
ular doimo sport bilan shug’ullanib, sog’lom tarzda ovqatlanishar edi. Natijada, bizda ortiqcha
keraksiz sarf-xarajatlardan tejalgan holda farovon hay
ot kechirayotgan bo’lar edik. Haqiqatda
esa, odamlar turli xil tarzda hayot kechirishadi. A’nanaviy iqtisodiyot bu holatga insonlarda
ma’lumot yetarli emas deb izoh bersa, xulq
-
atvor moliyasi esa “insonlar doim ham ratsional
qarorlar chiqarishga moyil emas
, balki ular o’z tajribalaridan va hissiyotlaridan kelib chiqib
qaror qilishadi” deb tushuntiradi.
Xulq-
atvor moliyasi a’nanaviy iqtisodiyotdagi ratsionallikni, iste’molchilarning ichki xulq
-
atvorlari, haqqoniylik va moyilliklari bilan almashtiradi. Bu usullar o’zining samaradorligini
bozor sharoitlarida ham, hukumat tizimlarida ham ko’rsatib kelmoqda.
2002-
yil, Daniel Kanhenman va Amos Tverskylar o’zlarining Iqtisodiyot va uning
psixologiyadagi roli ustida olib borgan ishlari sababli Nobel sovrindori bo’lishga erishishdi va
bu xulq-
atvor moliyasi shakllanishining dastlabki bosqichi bo’lib xizmat qildi
(Boston
University, 2020). Birgalikda ular, dastlabki odamlarning qaror chiqarishiga va axloqlariga
ta’sir o’tkazishi mumkin bo’lgan bir nechta evristik metodlarni sanab o’tishgan
(EY Global,
2021). Evristik metodlar bu bizga murakkab ko’ringan muammolarga
emotsional jihatdan
yondashuv va oson yechim topishga qaratilgan.
Evristik metod, murakkab masalalarda psixologik va kognitiv yondashuvlar orqali
vaziyatni soddalashtirish, hamda mumkin bo’lgan yechimlarni taklif qilish bilan bog’liq metod
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
14
hisoblanadi. Bu metod orqali chiqarilgan yakuniy xulosalar yuqori aniqlikda bo’lmasada,
muammoga yondashuvning yangi qarashlar orqali yumshatish uchun xizmat qiladi. Evritstik
metod o’z ichiga ochiqlilik, haddan tashqari o’ziga ishonch, kuchli ishonch, tav
akkalchilik, tor
doirada ma’lumotlar qabul qilish kabi faktorlarni o’z ichiga oladi
(Kuvatova, Husenov, 2024).
Ushbu sohaga bo’lgan e’tibor kuchayib borar ekan, uning ta’sirini turli sohalarda
ko’rishimiz mumkin. Cheklangan ratsionallik, istiqbollar nazariyasi va evristik metodlar kabi
tushunchalar odamlarni oqilona qarorlar chiqarishga chorlab, sarf-xarajatlardan tortib
investitsiyalar sarfi to’g’ri yo’nalishiga xizmat qiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Xulq-
atvor moliyasi insonlar qarorlarini yanada yaxshiroq tushunish uchun an’anaviy
iqtisodiy nazariyalar, hamda psixologiyani birlashtira oldi. Leigh (2015) xulq-atvor moliyasi
orqali iste’molchilarnin kelgusi chiqarishi mumkin bo’lgan qarorlar haqida aytib o’tgan va bu
orqali davlat o’z siyosiy aralashuv jarayonini tushuntirib bergan. Uning empirik tahlillar va
keyslar orqali ko’rsatib o’tgan tushuntirishlarida davlat qanday qilib samarali iqtisodiy
qarorlar chiqarishi mumkinligini ko’rishimiz mumkin
(Leigh, 2015).
Kao va Velupillai (2015) iqtisodiyotning klassik va zamonaviy yondashuvlaridan kelib
chiqqan holda, xulq-atvor iqtisodiyoti evolyutsiyasini kuzatdilar. Braesemann (2018)
iqtisodiyot va inson psixologiyasining umumiy jihatlarini o’rganib chiqib, psixologik
tushunchalarni turli xil tarmoqlar orqali iqtisodiyotga bog’lash mumkin ekanligini ko’rib
chiqdi. Ushbu tadqiqot xulq-
atvor iqtisodiyoti orqali, an’anaviy iqtisodiyotdagi tushunchalar
orasida yuzaga keladigan bo’shliqlarni to’ldirish mumkinligini aytib o’t
adi.
Gap xulq-
atvor moliyasi haqida borar ekan, iqtisodiyot bo’yicha nobel mukofoti
sovrindori Richard H. Thalerning sohaga qo’shgan hissasini alohida ta’kidlab o’tmog’imiz
lozimdir. Uning Cass Sunstein bilan birgalikda “nudge” teoriyasining kichik odatlarga bo’lgan
ta’siri va olib kelishi mumkin bo’lgan oqibatlari ko’rib chiqiladi.
Korxona faoliyatining kelgusi reja va natijalarini bashoratlash uchun uning tarmoq
xususiyatlari, mavjud risklarni o’rganish va inobatga olish maqsadga muvofiqdir
(Abdujaborova, 2024).
Tahllil va natijalar muhokamasi.
Xulq-
atvor moliyasi haqida yetarli ma’lumotlarga ega ekanmiz uning amaliyotga tatbiq
qilinish
jarayoni empirik, eksperimental ko’rinishda olib boriladi. Jarayon bir vaqtning o’zida
xususiy sektor hamda hukumat islohotlari uchun bir xilda olib borilishi mumkin.
Hukumat o’z islohotlarida, xulq
-
atvor sohasining qo’llanilishi jamiyat va fuqarolar
farovonligini ta’minlash uchun harakat qiladi. Hukumat xulq
-atvor moliyasi tatbiq qilishni jadal
olib borar ekan, turli xil ko’rinishdagi rag’batlar orqali fuqarolarning qarorlariga ta’sir
o’tkazishi, natijada sog’liqni saqlash, farovonlik, to’g’ri qarorlar chiqarsih, to’lovlarning o’z
vaqtida amalga oshirilishi kabi siyosatlarni amalga oshirishi uchun zamin yaratadi.
Xulq-
atvor moliyasi jamoatchilik orasida moliyaviy va ijtimoiy jihatdan foydali bo’lgan
xatti-harakatlarni quyidagi strategiyalar orqali olib boradi:
•
Axborotni taqdim etish shakliga qarab turlicha munosabat bildirishga moyillik yoki
“freyming effekti” jamoatchilik munosabatini va siyosatlarga bo’lgan qiziqishni o’zgartirish
uchun qo’llaniladi. Masalan, soliqlarni jamoat manfaatlariga hissa qo’shish sifa
tida tavsiflash,
uni og’ir boj sifatida emas, jamoat manfaati deb tushuntirish, uning qabul qilinishiga yordam
beradi. Misol uchun, Buyuk Britaniya o’z fuqarolari orasida, soliq to’lovchilar sonini oshirish,
shu bilan birgalikda davlat byudjeti tushumlarin
i ko’paytirish maqsadida, bir necha bosqichli
tajriba o’tkazdi. Bunda, ma’lum davr davomida odamlarga o’z soliqlarini to’lash haqida 4 xil
ko’rinishdagi xabarnomalar jo’natib ko’rishdi
(
Quvatova, & Husenov, 2024)
:
-
Odatiy “Iltimos, o’z soliqlarinigizni vaqtida to’lab qo’ying”
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
15
-
Pozitiv ko’rinishda bo’lgan “65% odam o’z soliqlarini to’ladi, siz to’lashga
ulgurdingizmi?”
-
Negativ ko’rinishdagi “35% fuqarolar o’z soliqlarini to’lamaydi, siz bu odamlar qatorida
emasmisiz?!”
-
“Nudge” qo’llanilgan “Agarda soliqlarni o’z vaqtida to’lasangiz, bolalaringiz uchun
maktab quriladi va bu mamlakat miqyosida sifatli ta’limni ta’minlaydi.”
Natijada esa, aholi xabarnomalar turiga qarab o’z progressiv tarzda ta’sirini o’tkazdi.
1-rasm. Buyuk
Britaniyada aholi o’rtasida, turli xabarnomalarga bo’lgan
munosabatlarining ta’siri
•
Davlat xizmatlarida tanlovlarni (masalan, sog’liqni saqlash yoki ta’lim sifatini oshirishga
qaratilgan dasturlari) tashkil etish qaror qabul qilishdagi qiyinchiliklarni yengillashtirib, asosiy
xizmatlardan foydalanishni osonlashtiradi. Bu strategiya ayniqsa moliyaviy savodxonlik past
bo’lgan yoki boshqa cheklovlar tufayli qaror qabul qilishga qiyinchilik tug’diradigan zaif aholi
qatlami uchun juda muhim.
•
Davlat sarmoyalarida ortiqcha optimizmni kamaytirish: Ko’plab davlat loyihalari sarf
-
xarajat va vaqt baholaridagi ortiqcha optimizm tufayli samarasiz bo‘lib qoladi. Xulq
-atvor
moliyasi bu tendensiyaga qarshi kurashish uchun puxta xarajat-manfaat tahlili va shaffof
budjetlashtirish amaliyotini tavsiya etadi.
Xususiy sektordagi xulq-
atvor moliyasining yo’naltirilishi foydani oshirish, biznes
strategiyasini mukammallashtirish, hamda mijozlarga bo’lgan xizmatlar sifatini oshirishga
qaratilgan. Bilamizki, mijoz o’z moliyaviy qarorlarini chiqarishda o’z xohishlarin
ing qondirilishi
darajasiga qarab xulosalar qiladi. An’anaviy iqtisodiy nazariyalarga ko’ra, iste’molchilar bir
mahsulot tanlashda unga bo’lgan alternativlarning barchasini tahlil qilib chiqishadi. Bunga
ko’ra, ular eng yaxshi narx taklif qilingan mahsulot
ni, eng yuqori manfaat keltirgan holda xarid
qilishlari kerak degan tushuncha ilgari suriladi.
Biroq shuni yodda tutishimiz kerakki, inson qarorlar chiqarishida uning qarorlariga bir
necha psixologik omillar ham ta’sir o’tkazadi:
1.
Odamlar atrofidagi odamlarning xatti-harakatlarini kuzatib, ularga taqlid qilish orqali
bajaradilar va boshqalar tomondan ma’qullanishini ko’proq xohlaydilar.
So
li
q
tus
hum
la
ri
Xabar turi
Iltimos,
soliqlaringizni
to'lang
65% odam o'z
solig'ini to'ladi,
sizchi?
35% odam soliq
to'lamaydi, bular
ichiga tushib
qolmang!
Agarda soliqlarni o'z
vaqtida to'lasangiz,
bolalaringiz uchun
maktab quriladi.
Xabar
berilmadi
Odatiy
xabar
Pozitiv
xabar
Negativ
xabar
“Nudge”
qo’llanilgan
xabar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
16
Iqtisodiy tahlil
“NIMA?”
Xulq-atvor moliyasi
“NEGA?”
Iqtisodiy ma’lumotlardan
kelib chiqib, ular uchun
xulqiy ta’riflar berish
Kuzatilgan namunalar
tahlili olib borilib, xaridorlarga
ta’sirini kuzatish
2.
Odatlar muhim ahamiyat kasb etib, insonlar qaror chiqarayotganlarida ularning
onglarida allaqachon “programmalashtirilgan” tanlovlarni qilishga ko’proq moyildirlar.
3.
Ba’zida odamlar o’zlari to’g’ri deb hisoblagan ishlarni bajarishga motivlari yuqori
bo’ladi, hattoki u ularning zarariga ishlasa ham. Misol uchun, yaqinlar bilan tushlik payti, kishi
ko’proq pul to’lasada, u uchun to’lash qarorida qat’iy turishlari.
4.
Odamlar qarorlari haqida qachonki “yo’qotish hissi”ni his qilganda xavotir olishni
boshlashadi.
5.
Odamlar yo’qotishdan qo’rqadi va o’zlari egalik qiladigan narsalarni saqlab qolishga
harakat qilishadi.
6.
Tezkor qaror chiqarish jarayonida odamlar uzoq muddatli foydalarini hisobga olishda
qiynalishadi va asosan, qarorlarni atrofidagi ma’lumotlar, hamda o’z tajribalaridan kelib chiqib
vaziyatga yechim qidirishadi.
7.
Odamlarni rag’bat va axborot bilan ta’minlab qoniqtirib bo’lmaydi, xaridor jarayon
davomida o’zi to’g’ridan to’g’ri ishtirok etishni xohlaydi.
Ushbu holatlarni inobatga olgan holda, xususiy sektor vakillari o’z iqtisodiy tahlillarini
yuritishda, ma’lum yo’nalish ostida olib
borishlari mumkin:
2-rasm. Xususiy sektor vakillari xulq-
atvor moliyasi tamoyillari bo’yicha yuritishi
mumkin bo’lgan tahlil grafigi
Xususiy sektordagi asosiy muammolar biri bu mijozlar qarorlariga ta
’
sir o
’
tkazish uchun
yetarlicha chora-tadbirlar qo
’
llay olmaslikdadir. Tahlil olib borish jarayonida, eng avvalo,
korxona ko’rsatkichlari orqali shakllantirilgan ma’lumotlar ma’lum kategoriyalarga ajratilib
chiqiladi [8]:
•
Operatsional o’zgarishlarga –
xodimlar ish soati, xodimlarning malakasi, ish joyi.
•
Strategik yondashuvlar
–
maxsulot taklifining ko’rinishi, yetkazib beruvchilar bilan
aloqalar, mijozlar bazasi va xizmat ko’rsatish sifati.
•
Moliyaviy yondashuvlar
–
turli davrlarga moslashuvchanlik (pandemiya, inqirozlar),
yangi kapital va investitsiyalar jalb qilish.
Ushbu ma’lumotlar to’plamlarini o’zaro bog’lash va iqtisodiy faoliyatni yanada
jadallashtirish uchun xulq-
atvor moliyasi tamoyillari qo’llaniladi.
Yetarli ma’lumotlar asosida, biz jadval, chiziqli trendlar ko’rinishida tahlillar olib
borishimiz mumkin. Undagi bo’ladigan o’zgarishlarga javobni odamlarning ratsional xatti
-
harakatlari orqali javob topish mumkin. Xulqiy tushunchalar orqali yuz berayotgan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
17
o’zgarishlarga moyillik yoki yo’qotishdan qo’rqish kabi mavhumliklarni aniqlab berish
mumkin.
Xulosa va takliflar.
Xulq-atvor iqtisodiyoti, moliyaviy institutlarga mijozlarning xatti-harakatlari va qaror
qabul qilish jarayonlarini tushuntirib beruvchi vositadir. Raqamlashtirish, investitsiyalar jalb
qilish, xaridor ratsional qarorlar qabul qilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tushunchalarni
aniqlab, tahlil qila olgan soha vakillari esa, tahlillarni yanada aniqroq va samarali olib boradilar.
Moliyaviy sektorda xulq-atvor iqtisodiyotidan foydalanish qamrovi keng hisoblanib, ham
ichki (xodimlar bilan ishlash), ham tashqi (mijozlar bilan ishlash) omillarni o’rganish uchun
foydali hisoblanadi.
Albatta, har qanday muammoni yechimi sifatida moliyaviy resurslar yetishmovchiligi deb
sabab keltirish mumkin, ammo ular doim ham samarali yechim bo’la olmaydi. Mijozlarning
noto’g’ri qarorlar chiqarishini sekinlashtiruvchi boshqa kognitiv to’siqlar mavjud
. Xulq-atvor
moliyasi bo’yicha o’z asarlari bilan mashhur Dan Ariely buni raketaga qiyoslaydi: “Raketa
uchishi uchun yoqilg’i kerak, lekin qanchalik yoqilg’i ko’p bo’lmasin, to’siqlar ko’pligi uni
uchishiga xalaqit beradi”. Xulq
-
atvor iqtisodiyoti bo’yicha
bu bo’yicha yetarli bilim va
ko’nikmalar hosil qilib bera oladi.
Bu orqali mijozlarga moliyaviy qarorlarni yaxshiroq qabul qilishda ijobiy ta’sir
ko‘rsatuvchi virtual aylanma yaratiladi, bu esa ularning qoniqish darajasi oshishi, sadoqati va,
natijada, tashkilotning daromadiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.O’z
-
o’zidan bu mam
lakat hududida
iqtisodiy jadallashuviga olib kelib, mamlakat darajasida o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Abdujaborova M.T. (2024
) Korxona faoliyatiga makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning
ta’sirining tahlili. “Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi turmush farovonligini oshirish
masalalari”
mavzusida respublika ilmiy-
amaliy konferensiya tezislari to‘plami.
–
T.: 384-387 b.
Boston
University.
(2020).
Behavioral
Economics
(Final
Report).
https://www.bu.edu/eci/files/2020/05/Behavioral-Economics_final.pdf
Braesemann, F., & Braesemann, F. (2018). How Behavioral Economics Relates to Psychology:
Some Bibliographic Evidence. Journal of Economic Methodology, 25(1), 1
–
14.
https://doi.org/10.1080/1350178X.2018.1511257
EY Global. (2021). Behavioral Economics Applied to Financial Sector.
Heal, S., Papp, P., & Roychoudhury, P. (2022). Partnership Between Data Science and
Behavioral Economics. In A. Samson (Ed.), The Behavioral Economics Guide 2022 (pp. nnn-nnn).
https://www.behavioraleconomics.com/be-guide/
Kao, Y., & Velupillai, K. V. (2015). Behavioral Economics: Classical and Modern.
The
European
Journal
of
the
History
of
Economic
Thought
,
22
(3),
37
–
41.
https://doi.org/10.1080/09672567.2013.792366
Kuvatova Oliya Sheraliyevna ,Husenov Muhriddin Bahriddinovich (2024) “Investitsion
qarorlar qabul qilish. O'zbekiston startaplar ekotizimida xulq-
atvor moliyasining o'rni”, Moliya
Tizimini Rivojlantirishning Zamonaviy Tendensiyalari va istiqbollari, 1(4), pp. 960
–
965. doi:
10.5281/zenodo.11402546
Leigh,
A.
(2015).
The
Economics
of
Policy.
Policy,
91(1),
23
–
36.
https://doi.org/10.1177/1035304615579346
Quvatova, O., & Husenov, M. (2024). NUDGING FOR BETTER FINANCIAL DECISION MAKING:
APPLYING BEHAVIORAL INSIGHTS TO IMPROVE BUDGETING AND TAX MANAGEMENT IN
UZBEKISTAN. Nashrlar, 3(M), 441
–
443.
https://doi.org/10.60078/2024-vol3-issM-pp441-443
