Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.59368

Ключевые слова:

неплатежеспособность риск управление рисками макроэкономическая стабильность прогнозирование ставка рефинансирования инфляция

Аннотация

В данной статье исследуется анализ факторов, влияющих на финансирование экономически неплатежеспособных предприятий, а также с помощью эконометрического анализа выделяется влияние финансового оздоровления экономически неплатежеспособных предприятий на безработицу, ставку рефинансирования и уровень инфляции.
Ключевые слова: неплатежеспособность


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

91


IQTISODIY NOCHOR KORXONALARNI MOLIYALASHTIRISHGA

TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI

Javliyev Nuriddin Bektemir o‘g‘li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0006-4758-4594

n.javliev@tsue.uz

Annotatsiya.

Ushbu maqolada iqtisodiy nochor korxonalarni moliyalashtirishga taʻsir

etuvchi omillar tahlili tadqiq etilgan

boʻlib, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy

sogʻlomlashtirish orqali ishsizlik, qayta moliyashtirish stavkasi va inflyatsiya darajasiga taʻsiri

ekonometrik tahlillar yordamida yoritilgan .

Kalit

soʻzlar:

toʻlovga layoqatsizlik, risk, risklarni boshqarish, makroiqtisodiy barqarorlik,

prognozlashtirish, qayta moliyalash stavkasi, inflyatsiya.

АНАЛИЗ ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА ФИНАНСИРОВАНИЕ

НЕУДАЧНЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ

Жавлиев Нуриддин Бектемир угли

Ташкентский государственный

экономический университет

Аннотация

.

В данной статье исследуется анализ факторов, влияющих на

финансирование экономически неплатежеспособных предприятий, а также с помощью
эконометрического анализа выделяется влияние финансового оздоровления

экономически

неплатежеспособных

предприятий

на

безработицу,

ставку

рефинансирования и уровень инфляции.

Ключевые

слова

:

неплатежеспособность,

риск,

управление

рисками,

макроэкономическая стабильность, прогнозирование, ставка рефинансирования,

инфляция.

ANALYSIS OF FACTORS AFFECTING THE FINANCING OF FINANCIAL

INSOLVENT ENTERPRISES

Javliyev Nuriddin Bektemir ugli

Tashkent State University of Economics

Abstract

.

This article examines the formation of local budgets as an important stage of the

financial strategy. At the same time, an analysis of the formation of income and expenses of the

local budget of the Jizzakh region for 2024 was carried out. Proposals were made to improve the

efficiency of local government bodies in the formation of the local budget.

Key words:

local budget, income, expenses, tax revenues, local government bodies.

UO

K: 303.722.29

X SON - OKTABR, 2024

91-98


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

92

Kirish.

Zamonaviy iqtisodiy amaliyotda iqtisodiy nochor korxonalarni sog'lomlashtirish

yo'llarini izlash asosiy o'rinni egallaydi. Jahon amaliyotida bankrotliklarni diagnostika qilish

usullarining keng tizimi, bankrotlik tahdidi sharoitida korxonalarni moliyaviy

sog'lomlashtirish usullari shakllangan.

Bankrotlikning ushbu maqsadi tadbirkorlik faoliyatining mohiyati bilan oldindan

belgilanadi, bu har doim yakuniy natijalarga erishish uchun bozor sharoitlarining noaniqligi va

shuning uchun yo'qotish xavfi bilan bog'liq. Bu xususiyatning mavjudligi takror ishlab

chiqarishning barcha bosqichlariga xosdir - xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni sotib
olish va etkazib berishdan tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotishgacha.

Tadbirkorlikning mohiyatini tushunish va uni tartibga solishning samarali usullarini

ishlab chiqish uchun risk va foyda o'rtasidagi bog'liqlik fundamental ahamiyatga ega. Haqiqiy

iqtisodiyotda noaniqlik foyda yoki zarar omiliga aylanadi. Bundan tashqari, samaraliroq
korxonalarning daromadlari va ortiqcha foydalari kam ta'minlangan korxonalarning
yo'qotishlari hisobiga shakllanadi. Bu erda biz foydaning buxgalteriya talqinini emas, balki

xarajatlarda "kapital qiymati" bilan bog'liq miqdorlarni hisobga oladigan iqtisodiy talqinni

yodda tutishimiz kerak.

Bankrotlik uchun zarur shart-sharoitlar xavf omili va foydaning o'zaro bog'liqligidan

shakllanadi. Ushbu shartlarni ayrim shartli (gipotetik) korxona balansini tahlil qilish asosida

aniqlash mumkin. Uning kapitalining manbalari (balans majburiyatlari) aktsiyadorlarning

mablag'lari (kompaniyaning o'z kapitali) va ssudalar, shuningdek korxonaning moliyaviy

majburiyatlarining boshqa shakllari (masalan, etkazib beruvchilar oldidagi qarzlar), ular
avtomatik ravishda yuzaga keladi.

Adabiyotlar sharhi.

Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar tahlili iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy

sog’lomlashtirish keng ko’lamli tadqiqotlarni o’rganishga imkon berdi. Olimlar iqtisodiy nochor

korxonalarno moliyalashtirishning turli xususiyatlarini koʻrib chiqadilar.

Iqtisodiy nochor qatlamlarni kamaytirishda mikromoliyalash hamda mikrofirmalarni

ochish va rivojlantirish uchun zarur moliyaviy vositalar bilan ta'minlash hamda kengaytirishda
muhim rol o'ynaydi (Rabindra, Kumar, Swain, 2014). Bu iqtisodiy o'sish va ijtimoiy

barqarorlikka erishida qashshoqlikni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Xorijiy mamlakatlar hususan Mozambikda kichik va o'rta korxonalarning omon qolishi va

rivojlanishida moliyaviy iqtisodiy ko’mak asosiy omil sifatida ta’kidlangan

(Alen, Sawayaa,

Shepherd, Bhero, 2022). Ushbu turdagi korxonlarga tegishli moliyaviy yordamga

ko’rsatilmaganda ishsizlik darajasi va jinoyatchilikning oshishi kabi katta iqtisodiy

muammolarni keltirib chiqaradi.

Shuninigdek, Buyuk Britaniyadagi yangi tadbirkor stipendiyalari kabi korporativ

dasturlar imkoniyati kam tadbirkorlarninig moliyaviy holati bo'shliqqa yuz tutkanda ushbu
turdagi moliyaviy kamchiliklalrni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu dasturlar

Buyuk Britaniyaning boshqa kichik bizneslari uchun mavjud bo'lganidan past bo'lgan asosiy

moliyalashtirishni ta'minlaydi, bu esa maqsadli moliyaviy yordamga muhtojligini ta'kidlaydi

(Julia, Rouse., Dilani, Jayawarna, 2006).

Hindiston kabi mamlakatlarda qashshoqlikni kamaytirishga va adolatli moliyaviy

iqtisodiy imkoniyatlarni oshirishda iqtisodiy nochor korxonlarni moliyaviy xizmatlardan

foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish muhim omil sifatida qaralmqoda (Atreyee, Sinha,

Chakraborty, 2018).

Shuningdek, imtiyozli biznes kreditlaridan foydalanish imkoniyatini kamayib borish

fonidan kam kapitallashuv nochor korxonlar uchun muhim to'siq bo’lib kelmoqda

(Timothy,

Bates, Timothy, 2005).

Kichik biznes subyektlarini qo'llab-quvvatlashda faol amalga oshirish fonida yuqoridagi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

93

muammolarni hal qilish uchun moliyaviy institutlarni qo’llab quvvatlash ahamiyatini oshiradi

(Mohamed, Ali, Merroun., Mhamed, Hamiche, 2023). Shuningdek, korxonalarni moliyaviy

barqarorlikni oshirishda moliyaviy savodxonlikni oshirish, hukumat va nodavlat tashkilotlar

uchun ustuvor vazifa sanaladi.

Iqtisodiy nochor korxonalarning uzoq muddatli muvaffaqiyati va barqarorligini

ta'minlashda moliyaviy yordam ajralmas bo'lsa-da, bu yagona yechim emas garchi moliyaviy

savodxonlik, iqtisodiy siyosatni qo'llab-quvvatlash va jamoatchilik ishtirokini o'z ichiga olgan

keng qamrovli strategiyalarda muhima ahamiyat kasb etadi.

Ko’plab horijlik iqtisodchi olimlar iqtisodiy nochor korxonalarni moliyalashtirishni ta’siri

bo’yicha ekonometrik tadqiqotlar olib borilgan.

Mohamed Ali Merroun (2023)

va boshqalarga ko’ra, nochor korxonlar rasmiy kredit

olishda axborotning assimetriyasi, yuqori qayta ishlash xarajatlari va garov qiymatining etarli

emasligi kabi muammolarfa duch kelgan (Putri, Rahayuningtyas, Yanti, 2023). Ushbu
muammolar kam ta'minlangan nochor korxonlarga, shu jumladan kichik va o'rta korxonalarga
kredit berishga qaratilgan mikromoliyaviy dasturlarning kuchayishiga olib kelishiga sabab

bo’lgan.


Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv,omilli tahlil, statistik va moliyaviy tahlil, ekspert

baxolash, axborotni qayta ishlash, matematik modellashtirish va boshka usullardan

foydalanilgan.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Ekonometrik tadqiqotni ishlab chiqishda iqtisodiy nochor korxonalarni

moliyalashtirishga taʼsirini baholashda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining

(

https://cbu.uz/

), hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi

(

https://stat.uz/

) ning 2019 yildan 2024 yilgacha bo’lgan choraklik ma’lumotlaridan iborat

kuzatuvlar soni 21 tani tashkil etuvchi iqtisodiy va raqamli ko‘rsatkichlardan foydalanildi.

Ushbu ekonmetrik modelni ishlab chiqishda maʼlumotlar ko‘p oomilliy vaqtli qatorlar

asosida shakllantirilganligi uchun ARDL (Autoregressive distributed lag) modelini qo’lladik.

Ekonometrik modelni ishlab chiqish jarayonida ARDL modelining regressiya tenglamasi,

modelning statsionarligini baholash uchun birlik ildiz Unit root testi, o‘zgaruvchilarning

modelga qisqa va uzoq muddatli bog‘liqligini aniqlash uchun kointegratsiya uchun

Bound esti

va Cusum diagnostiktesti baholandi.

Ekonometrik model bo’yicha, mustaqil o’zgaruvchilarning bog'liq o'zgaruvchiga keyingi

yillrada qay darajada ta'sir qilishini aniqlashda ARDL model tenglamasi baholandi.

Tasviriy statistik ahamiyatlilik ko'rinishi ekonometrik model, scatter tasvir qoidalari,

normal taqsimot grafigining bog'liqlik matritsasi va vaqt boyicha tahliliy tasvir hamda bog'liq
va mustaqil o'zgaruvchilarning analitik grafiklari asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek,
ekonometrik tadqiqotda multikollinearlik holatini aniqlash uchun mustaqil va qaram

o'zgaruvchilar o'rtasidagi korrelyatsiya matritsasi tahlili o'tkazildi. ARDL modeli o'zgaruvchilar

o'rtasidagi qisqa va uzoq muddatli dinamik munosabatlarn

i bog’lashda moslashuvchan

ekonometrik usul hisoblanadi. ARDL model ma'lumotlar seriyalari turli tartiblarda
birlashtirilgan holatlarda foydali hisoblanib, uni turli sohalarda empirik tadqiqotlar uchun

muhim ahamiyat kasb etmoqda.

ARDL modeli o'zgaruvchilar or’tasidagi uzoq muddatli muvozanat munosabatlarini

aniqlashda kointegratsiya tahlilidan foydalangan holda samarali statistik usuldir.

ARDL modeli kointegratsiyani tahlil qilishda statsionar bo'lmagan o'zgaruvchilarda ham

uzoq muddatli korrelyatsiyalarni tekshirish imkon beradi. Shu bilan birga, ARDL
arxitekturasining muhim tarkibiy qismi bo'lgan chegaralarni sinovdan o'tkazish yondashuvi

buni amalga oshirishga imkon beradi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

94

ARDL modelining moslashuvchanligi uning turli ekonometrik tadqiqotlarda

birlashtirilgan o'zgaruvchilarni boshqarish qobiliyati bilan namoyon bo'ladi, bu esa uni turli xil

tadqiqotlarda ishonchli prognozni taqadim etadi. Bu, ayniqsa, statsionar bo'lmagan vaqt

seriyalari ma'lumotlari bilan ishlashda samarali bo’lib hattoki odatiy OLS algoritmlari bilan

yuzaga keladigan soxta regressiya muammolaridan qochishga erishadi.

Quyida ARDL modeli formulasi keltirlgan.

y

t

=

𝜶

+

𝜶

1

y

-1

+

𝜶

2

y

-2

+..+

𝜶

q

y

t-q

+

𝝀

1

z

t-1

+

𝝀

2

z

t-2

+..+

𝝀

n

z

n

+

𝝁

1

r

t-1

+

𝝁

2

r

t-2

+..+

𝝁

r

r

t-r

+ ε

t

(1)


Bu yerda, Y

t

t

vaqtidagi bog‘liq o‘zgaruvchini ifodalaydi.

y

t-1

,

y

t-2

....,

y

t-k

-

bog‘liq o‘zgaruvchini

kechikkan qiymatlarini ifodalaydi

z

t-n

, z

t-n-1,

....,

z

t-n

-

mustaqil o‘zgaruvchini kechikkan qiymatlarini anglatadi.

r

t-1

, r

t-2.

, l

t-r

-

bog‘liq o‘zgaruvchilarga taʼsir eʼtuvchi boshqa omillarning kechikkan

qiymatlarini bildiradi.

𝜶

1

,

𝜶

2

,..

𝜶

k

,

𝝀

1

,

𝝀

2

,

𝝀

n

,

𝝁

1

,

𝝁

2

...

𝝁

r

baholanadigan koeffitsiyentlar qiymatlarni ifodalaydi,

ε

t

t

vaqtidagi xatolikni ifodalaydi

Ekonmetrik model bo’yicha barcha o’zgaruvchilar natural logoriflangan.

Quyida ekonometrik model bo’yicha barcha o’zgaruvchilar ifodalangan.

O’zgaruvchilar

:

Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat ko'rsatmayotgan korxona va tashkilotlar soni -

Lnnon_operat_company

(

bog’liq o’zgaruvchi), qayta moliyalsh stavkasi

-

Lnrefinanc_rate

(mustaqil o’zgaruvchi

)

, ishsizlik darajasi-

lnunemploy_rate

(mustaqil o’zgaruvchi),

inflyatsiya

darajasi -

lninflat_rate

(mustaqil o’zgaruvchi).

Ekonometrik tadqiqotni ishlab chiqishda bosh

(H

0

)

va alternativ

(H

1

)

gipotezalar

o’z

aksini topgan.

Kombinatsiyalangan modeldagi gipotezaning tuzilishi:

H₀:

Qayta moliyalashtirish stavkasi, ishsizlik darajasi va inflyatsiya darajasi birgalikda

milliy iqtisodiyotning tarmoqlar bo'yicha iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat

ko'rsatmayotgan korxona va tashkilotlar soniga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatmaydi

bog’liqlik

alomatlari mavjud emas.

H₁:

Qayta moliyalashtirish stavkasi, ishsizlik darajasi va inflyatsiya darajasi birgalikda

milliy iqtisodiyotning tarmoqlar bo'yicha iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat

ko'rsatmayotgan korxona va tashkilotlar soniga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatib mustahkam

korrelatsiyani nomoyish etadi.

Muqobil gipotezalar alohida omillarga asoslangan holda quyida nomoyon etgan:

Qayta moliyalash stavkasining ta'siri:

H₀₁:

Qayta moliyalashtirish stavkasi Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat

ko'rsatmayotgan korxona va tashkilotlar soniga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatmaydi.

H₁₁:

Qayta moliyalashtirish stavkasi Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat

ko'rsatmayotgan korxona va tashkilotlar soniga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Unga ko’ra yuqori

qayta moliyalash stavkalari qarz olish xarajatlarini oshirishi va moliyaviy cheklovlar tufayli

ko'proq korxonalarning yopilishiga olib kelishiga sabab bo’ladi.

Ishsizlik darajasining ta'siri:

H₀₂:

Ishsizlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat ko'rsatmayotgan korxona

va tashkilotlar soniga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.

H₁₂:

Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat ko'rsatmayotgan korxona va tashkilotlar

soniga ishsizlik darajasi sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Yuqori darajadagi ishsizlik iqtisodiy stressni

ko'rsatishga sabab bo’ladi, bu esa ko'plab korxonalarni faoliyatini to'x

tatishga olib keladi.

Inflyatsiya darajasining ta'siri:

H₀₃:

Inflyatsiya darajasi iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat ko'rsatmayotgan

korxona va tashkilotlar soniga sezilarli darajada ta’sir ko'rsatmaydi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

95

H₁₃:

Inflyatsiya darajasi iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat ko'rsatmayotgan

korxona va tashkilotlar soniga sezilarli ta'sir darajada ko'rsatadi. Bu shuni ko’rsatadik, yuqori

inflyatsiya su’ratlari korxonalar uchun kirish xarajatlarini oshirisha olib kel

adi, bu esa

korxonalarning faoliyatini to’htatish ehtimoliga sabab bo’ladi.

Ekonometrik tadqiqotninig dastlabki bosqichida bog’liq va mustaqil o’zgaruvchilar

bo’yicha deskriptiv statistik ko’rsatkichlar keltirilgan (1

-jadvalga qarang).

1-jadval

Bog’liq va mustaqil o’zgaruvchilar bo’yicha deskriptiv statistik ko’rsatkichlar

Lnnon_operat

_company

Lnrefinanc_rate

lnunemploy_rate

lninflat_rate

Mean

4.58084

4.566485

4.571764

4.590919

Maximum

7.664668

5.20849

6.719558

5.524916

Minimum

.2847197

3.282372

1.755587

2.763266

Std. Dev

1.740279

.445707

.9845253

.9943673

Std. Err.

.37976

.0972612

.214841

.2169887

Skewness

-.7859672

-.9911296

-.7707301

-.8404928

Kurtosis

3.26582

4.522661

5.306271

1.977889

Observation

21

21

21

21

1-

jadvalga ko’ra, model bo’yicha deskriptiv statistik ko’rsatkichlar bog’liq va mustaqil

o’zgaruvchilar bo’yicha pozitib koeffisentlarni hosil qilgan holda ishonch o’ralig’ida joylashgan.
Shuningdek, o’zgaruvchilarning ko’rsatkichlari o’rtacha qiymat atrofida jamlanganligini

ko’rish mumkin.

Tadqiqot bo‘yicha, iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat ko'rsatmayotgan korxona va

tashkilotlar soni va unga ta’sir etuvchi omillarning davri bo’yicha grafik tasviri quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘ldi (1

-rasmga qarang).

1-

rasm. Bog’liq va mustaqil o’zgaruvchilanrinig o‘zaro korrelyatsion

matritsasi vaqt bo’yicha tahliliy grafik tasviri


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

96

Yuqoridagi chizmaga ko’ra bog’liq va mustaqil o’zgaruvchilar tahlil qilingan davrda o’sish

dinamikasini nomoyon etgan. 1-rasm

grafik tasvirga ko’ra istiqbolda tanlangan omillar o’sish

prognozini taqdim etgan. Shuningdek, grafik tasvir bo’yicha stoxastik holatni ifodalanishi

ekonoemtrik tadqiqotning keyingi bosqichlarida pozitiv hulosalarni taqdim etadi.

Ekonometrik tadqiqotning keyingi bosqichda bog’liq va mustaqil o’zgaruvchilarining

grafik matritsa va skatter tasviri keltilirgan (2-3-rasmlarga qarang).

2-rasm.

Bog’liq va mustaqil o’zgaruvchilarning

grafik matritsa tasviri

3-rasm.

Bog’liq va mustaqil o’zgaruvchilarning

skatter grafik tasviri

Yuqoridagi 2 va 3-rasmlarga asoslangan holda, grafik tasvir natijalar va aniqlovchi

xususiyatlar o'rtasidagi mustahkam korrelatsiyani hosil qilgan va ushbu ma'lumotlar
to'plamida aniq zichlik ta'siri ifodalangan. Vizual o'zgaruvchan ma'lumotlar nuqtalarida
zichlikka asoslangan klaster tahlilini qo'llash muhim effektlarni taqdim etgan. Skatter grafik

tasviri barcha mustaqil o’zgaruvchialrning bog’liq o’zgaruvchiga nisbatan kuchli ta’sirni taqdim


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

97

etgan.

Ekonometrik tadqiqot bo’yicha,

iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat

ko'rsatmayotgan korxona va tashkilotlar soni va unga ta’sir etuvchi omillarning tahliliy

bog’liqlik (rconnected) grafigi shakllantirilgan (4

-rasmga qarang).

4-

rasm. Bog’liq va mustaqil o’zgaruvchilarninig tahliliy bog’liqlik

(rconnected) grafik tasviri

4-

rasmga ko’ra iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat ko'rsatmayotgan korxona va

tashkilotlar soni va unga ta’sir etuvchi omillarning hamda ishsizlik darajasi diyarli bir hil

dinamik tasvirni taqdim etgan. qayta moliyalsh stavkas hamda inflyatsiya grafik taqsimotga

ko’ra o’sish dinamikisini hosil qilgan.

2-jadval

Bog’liq va mustaqil o’zgaruvchilanrinig o‘zaro korrelyatsion matritsasi

Variables

(1)

(2)

(3)

(4)

(1) Lnnon_operat_company

1.000


(2) Lnrefinanc_rate

0.7146

1.000

(0.0007)

***

(3) lnunemploy_rate

0.7162

-0.5291

1.000

(0.000)

(0.0692)

***

(4) lninflat_rate

0.7132

0.5026

0.6851

1.000

(0.0000)

(0.0051)

(0.0006)

***

*** p<.01, ** p<.05, * p<.1

Bog‘liq va mustaqil o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘liqlik:

Tadqiqot

bo’yicha iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat ko'rsatmayotgan korxona va

tashkilotlar soni va unga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro korrelatsion bog‘liqlik matritsasini

ishlab chiqildi. (2-jadvalga qarang).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

98

2-

jadval natijalariga shuni ko’rsatadiki, iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat

ko'rsatmayotgan korxona va tashkilotlar soni va unga ta’sir etuvchi omillarning o’rtasida

kuchli, mustahkam va teskari korrealtsion munosabatni taqdim etgan. Shuningdek, jadval

bo’yicha p

-

qiymatining

0,05

dan kichikligini inobatga olgan holda, korrelyatsion koeffitsient

uchun uning ahamiyatlilik darajasini ifodalagan.

Х

ulosa va takliflar.

ARDL(2,2,2,2) modeliga ko’ra:

Qayta moliyalash stavkasining ta'sirini baholash: Qayta moliyalash stavkasining 1 foizga

oshishi ishlamayotgan korxonalar sonining 0,16 foizga oshishiga olib keladi.Unga ko’ra qayta

moliyalash stavkasining oshishi qarz olish xarajatlarini oshiradi, bu esa korxonalarning arzon

kreditlardan foydalanishini qiyinlashtirishi mumkin. Bu bosim investitsiya, kengayish yoki

hatto operatsion salohiyatni kamaytirishi mumkin, ammo nisbatan kichik ta'sir hajmi (0,16%)
qayta moliyalash stavkalaridagi o'zgarishlar uzoq muddatda biznesni yopishga nisbatan
mo''tadil ta'sir ko'rsatishini anglatadi.

Ishsizlik darajasining ta'siri baholash. Ishsizlik darajasining 1 foizga o'sishi

ishlamayotgan korxonalar sonining 0,93 foizga o'sishiga olib keladi. Natijaga ko’ra, ishsizlik

darajasi tadbirkorlik faoliyatiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Yuqori ishsizlik ko'pincha zaif iste'mol

talabi va iqtisodiy noaniqlikni aks ettiradi, bu ikkalasi ham savdoning pasayishiga olib keladi va

ko'proq korxonalar faoliyatini to'xtatishga majbur qiladi hamda 0,93% qiymati ishsizlik

iqtisodiyotdagi tadbirkorlik faolsizligining asosiy omili ekanligini ko'rsatadi.

Inflyatsiya darajasining ta'sirini baholash. Inflyatsiya darajasining 1% ga oshishi

ishlamayotgan korxonalar sonining 0,66% ga oshishiga olib keladi. Unga ko’ra yuqori

inflyatsiya ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan mahsulotlar, xizmatlar va materiallar

tannarxini oshiradi, bu esa foyda marjasini pasaytirishi va biznesning hayotiyligini

pasaytirishga olib keladi. O'rtacha kuchli ta'sir (0,66%) inflyatsiya korxonalarning operatsion
holatiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkinligini ko'rsatadi, ayniqsa xarajatlarning oshishi

rentabellik va pul oqimini qisqartiradi.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Alen, Sawayaa., Shepherd, Bhero. (2022). Financial Support, Indispensable for Smes Growth

in Mozambique. Archives of Business Research, 10(10):145-164. doi: 10.14738/abr.1010.132664.

Atreyee, Sinha, Chakraborty. (2018). Financial Inclusion of Marginalised Population in

India-a review. TIJ's Research Journal of Economics & Business Studies - RJEBS, 7(7).

Julia, Rouse., Dilani, Jayawarna. (2006). The financing of disadvantaged entrepreneurs: are

enterprise programmes overcoming the finance gap?. International Journal of Entrepreneurial

Behaviour & Research, 12(6):388-400. doi: 10.1108/13552550610710162.

Mohamed, Ali, Merroun., Mhamed, Hamiche. (2023). Access to microcredit and its impact on

the performance of small and medium-sized enterprises: a literature review / acces au microcredit
et a ses impact sur la performance des petites et entreprises de taille moyenne : une revue de la

littérature. European Journal of Economic and Financial Research, 7(3) doi:

10.46827/ejefr.v7i3.1535.

Putri, Rahayuningtyas., Yanti, Yanti. (2023). Factors affecting financial distress in

manufacturing companies listed on idx. International Journal of Application on Economics and

Business, 1(2):861-870. doi: 10.24912/ijaeb.v1i2.861-870.

Rabindra, Kumar, Swain. (2014). Micro Finance, Micro Enterprises and Women

Entrepreneurs.

Timothy, Bates., Timothy, Bates. (2005). Financing Disadvantaged Firms. Social Science

Research Network.

Библиографические ссылки

Alen, Sawayaa., Shepherd, Bhero. (2022). Financial Support, Indispensable for Smes Growth in Mozambique. Archives of Business Research, 10(10):145-164. doi: 10.14738/abr.1010.132664.

Atreyee, Sinha, Chakraborty. (2018). Financial Inclusion of Marginalised Population in India-a review. TIJ's Research Journal of Economics & Business Studies - RJEBS, 7(7).

Julia, Rouse., Dilani, Jayawarna. (2006). The financing of disadvantaged entrepreneurs: are enterprise programmes overcoming the finance gap?. International Journal of Entrepreneurial Behaviour & Research, 12(6):388-400. doi: 10.1108/13552550610710162.

Mohamed, Ali, Merroun., Mhamed, Hamiche. (2023). Access to microcredit and its impact on the performance of small and medium-sized enterprises: a literature review / acces au microcredit et a ses impact sur la performance des petites et entreprises de taille moyenne : une revue de la littérature. European Journal of Economic and Financial Research, 7(3) doi: 10.46827/ejefr.v7i3.1535.

Putri, Rahayuningtyas., Yanti, Yanti. (2023). Factors affecting financial distress in manufacturing companies listed on idx. International Journal of Application on Economics and Business, 1(2):861-870. doi: 10.24912/ijaeb.v1i2.861-870.

Rabindra, Kumar, Swain. (2014). Micro Finance, Micro Enterprises and Women Entrepreneurs.

Timothy, Bates., Timothy, Bates. (2005). Financing Disadvantaged Firms. Social Science Research Network.