Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
141
SOLIQ TIZIMIDA ELEKTRON HUJJAT
AYLANISHINING SOLIQ MA’MURCHILIGIGA TA’SIRI
I.f.f.d. (PhD)
Muxammadov Nodir Karimovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0008-2029-6968
Annotatsiya.
O‘zbekiston soliq tizimining asosiy ishtirokchilari soliqchilar va soliq
to‘lovchilar sifatida qarash muhim hisoblanib, soliq tizimidagi soliqchilarning huquq va
majburiyatlari, zamonaviy axborot-
kommunikasiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan
tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish
bo‘yicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish.
Kalit so‘zlar:
soliq kodeksi, imtiyozlar va preferensiyalar, soliq solishning asosiy prinsiplari,
e
lektron hujjat, soliq tizimi, an’anaviy soliq, ma’lumotlar bazasi, tejamkorlik,
kameral nazorat.
ВЛИЯНИЕ ЭЛЕКТРОННОГО ДОКУМЕНТООБОРОТА В НАЛОГОВОЙ СИСТЕМЕ НА
НАЛОГОВОЕ АДМИНИСТРИРОВАНИЕ
К
.
э.н.,
Мухаммадов Надир Каримович
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотaция
.
Важно рассматривать основных участников налоговой системы
Узбекистана как налогоплательщиков и налогоплательщиков, совершенствовать права
и обязанности налогоплательщиков в налоговой системе, путем широкого внедрения
современных
информaционно
-
коммуникaционных
технологий
и
передовых
автоматизированных методов анализа, а также расширить налоговую базу. анализ и
разработка эффективных мер.
Ключевые слова:
налоговый кодекс, льготы и преференции, основные принципы
налогообложения, электронный документ, система налогообложения, традиционный
налог, база данных, бережливость, камеральный контроль
.
IMPACT OF ELECTRONIC DOCUMENT CIRCULATION IN THE TAX
SYSTEM ON TAX ADMINISTRATION
PhD, Mukhammadov Nadir Karimovich
Tashkent State University of Economics
Abstract.
It is important to consider the main participants of the tax system of Uzbekistan
as taxpayers and tax payers, to improve the rights and obligations of taxpayers in the tax system,
by widely introducing modern information and communication technologies and advanced
automated analysis methods, and to expand the tax base. analysis and development of effective
measures.
Keywords:
Tax Code, benefits and preferences, basic principles of taxation, electronic
document, tax system, traditional tax, database, thrift, camera control.
UO
‘
K: 336.221
X SON - OKTABR, 2024
141-149
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
142
Kirish.
O‘zbekiston ham rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayanib Hukumat va soliq
to‘lovchilar
o‘rtasidagi
munosabatlarni
elektron
interaktiv
xizmatlar
asosida
tashkillashtirishga o‘tmoqda. Soliq tizimida ham soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi
o‘
zaro munosabatlarni raqamlashtirish orqali takomillashtirmoqdalar. Raqamli texnologiyani
o‘zlashtirish muvaffaqiyatli va samarali soliq islohotlarini amalga oshirishga, raqamli
iqtisodiyotning bexato soliqqa tortilishini ta’minlashga va rioya qilish yo‘lidagi to‘siqlarni
kamaytirishga hamda inson omilini qisqartirishga imkon beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Kukarina
(
2004
)
o‘z tadqiqotlarida, birinchi navbatda, tadqiqotning yangi predmeti
-
menejment sohasiga faol joriy etilayotgan va qonunchilikni birlashtirishni talab qiluvchi
elektron hujjat ekanligini ta’kidlagan. Bu sohadagi birinchi qonunlar faqat XX asrning 90
-yillari
o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Shuning uchun ilmiy ishlarda elektron hujjat hodisasini tushunish
asta-
sekin undan foydalanish tajribasini to‘plashdan boshlanishini qayd etgan. Ularda mavjud
ta’riflarning qiyosiy tahlili o‘tkazilib, “elektron hujjat” va “elektron imzo” yangi tushunchalarini
shakllantirish jarayoni hujjat aylanishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqqan
.
Chervatyuk
(
2020
)
elektron hujjat aylanishining zamonaviy jarayonlardagi talablarini
tahlil qilgan va quyidagilarni amalga oshirgan:
1) zamonaviy elektron arxivlar va elektron hujjat aylanish tizimlarini, mavjud mahsulot
ma’lumotlarini boshqarish tizimlari imkoniyatlarini, elektron hujjatlardan foydalanish
huquqlarini differentsiallashtirish tamoyillarini qiyosiy tahlil qilgan;
2) nodavlat notijorat tashkilotlarining texnik hujjatlari elektron arxivi va elektron hujjat
aylanishi uchun ma’lumotlar ombori modelini ishlab chiqqan;
3) axborotni himoya qilishning zarur darajasiga ega bo‘lgan NNTlar o‘rtasida elektron
texnik hujjatlar almashinuvi modeli va algoritmlarini ishlab chiqqan;
4) nodavlat notijorat tashkilotlari texnik hujjatlari elektron arxividan ma’lumotlarni
qayta ishlash algoritmlarini ishlab chiqqan, bu esa texnik hujjatlarning yangi nusxalarining asl
nusxalarini yaratish jarayonini avtomatlashtirish imkonini bergan;
5) texnik hujjatlar elektron arxivi va nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron hujjat
aylanishi ma’lumotlar ombori axborot tizimi (AT) uchun tizimli
-
funksional еchimni ishlab
chiqqan;
6) laboratoriyada AT algoritmlarining ishlashi va samaradorligini tekshirgan va elektron
hujjat aylanish tizimida arxivlash zarur jarayon ekanligini ta’kidlab o‘tgan
(Chervatyuk, 2020
)
.
Iqtisodchi olim Bisultanov
(
2019
)
o‘zining ilmiy ishida soliq ma’murchiligini raqamli
iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish metodologiyasini ishlab chiqqan. Olim soliq ma’murchiligini
raqamli iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish uchun soliq mu’murchiligi kategoriyalarini
kompleks tahlil qilgan va yangi kategoriyalar joriy qilingan; soliq organlari va soliq
to‘lovchilarning munosabatlarini tizimlashtirish orqali soliq ma’murchiligining instrumentlari
va usullarini o‘rgangan; uchinchidan Rossiya hududlaridagi zamonaviy soliq ma’murchiligining
holatini o‘rgangan va sifat darajasini baholagan; to‘rtinchidan, soliq ma’murchiligini
rivojlantirishning raqamli iqtisodiyot sharoitida an’anviy va innovatsion usullardan
foydalangan holda yo‘nalishlarini aniqlagan hamda tavsiyalar ishlab chiqqan;beshinchidan,
raqamli soliq tizimi hisobi va soliq ma’murchiligining yagona modelini ishlab chiqqan, hamda
foydalanish jarayonidagi samaradorligini aniqlagan.
Kortikov
(
2013
)
ta’kidlashicha axborot resurslarini integratsiyalash usullarini ishlab
chiqish axborot tizimlari sohasidagi eng dolzarb muammolardan biridir. So‘nggi yillarda
ma’lumotlar manbalarining yuqori darajada turli xilligi tufayli u ayniqsa katta e’tiborni jalb qila
boshladi. Har xil turdagi elektron hujjatlarning mavjudligi elektron hujjat aylanish tizimini juda
dolzarb axborot tizimiga aylantirdi. Olim mavjud elektron hujjat aylanish tizimlarini tahlil
qilgan va elektron hujjat aylanish tizimlarining tasnifini tuzgan. Elektron hujjat aylanishi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
143
tizimining ishlashi uchun asosiy tamoyillar va talablarni aniqlagan. Ilmiy ish doirasida
sohasining strukturaviy modelini yaratgan. Strukturaviy modelning birgalikda ishlashini
miqdoriy baholashni ta’minlaydigan raqamli usullar va tegishli algoritmlarni ishlab chiqqan.
Jarkov
(
2014
)
ta’kidlashicha, elektron hujjat aylanish tizimi axborot texnologiyalari
asosida tashkilotning ichki va tashqi hujjatlar aylanishini tartibga soladi va tartibli boshqaradi.
Shreyter
(
2015
)
elektron hujjat aylanishi sohasini kengroq o‘rgangan. Korxonalarda
qog‘oz hujjat aylanishi jarayonlarini tahlil qilib bu jarayonlardagi bir qartor kamchiliklarni
keltirib o‘tgan. Jumladan, qog‘oz hujjatlarning saqlash jarayonlari va ular uchun katta miqdorda
joy hamda tegishli sharoitlar yaratilishi kerakligini katta xarajat sifatida e’tirof etgan. Ikkinchi
navbatda, qog‘oz hujjatlarni qayta ishlash yoki tahlillar o‘tkazish jarayonining qiyinligi va ko‘p
vaqt sarflanishi bilan uning samarasizligini aniqlagan. Natijada elektron hujjat aylanish
tizimining joriy qilinishini tabiiy zarurat sifatida tariflagan. Hamda elektron hujjat aylanishiga
bu – korxona elektron hujjatlari bilan ishlaydigan yagona mexanizm va qog‘ozsiz ishlash
jarayonini joriy qilish deb ta’rif bergan.
Stolbovning
(
2007
)
fikricha elektron hujjat aylanishi – bu me’yoriy-huquqiy hujjatlar,
standartlar asosida elektron hujjatlarni bulutli texnologiyalarda saqlash, qabul qilish va
yuborish. Shuningdek, ularni aloqa tarmoqlari orqali ishonchli va xavfsiz yuborilishini
ta’minlashdan iborat.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada qiyosiy tahlil hamda induksiya va deduksiya baholash usullaridan
foydalanildi. Qiyosiy usuldan foydalanilib, soliq ma’murchiligiga raqamli
texnologiyalarni joriy
etish orqali soliq bazasini kengaytirishga doir ma’lumotlar va ularni tahlillar amalga oshirilib
ilmiy xulosalar berildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston soliq tizimining asosiy ishtirokchilari soliqchilar va soliq to‘lovchilar sifatida
qarash muhim hisoblanib, soliq tizimidagi soliqchilarning huquq va majburiyatlari O‘zbekiston
Respublikasining 1997
yil 29 avgustdagi “Soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ –
474-I-son qonun
(1997)
bilan tartibga solinadi. Qonunga muvofiq soliq tizimi organlar soliqlar va majburiy
to‘lovlarni to‘g‘ri, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazorat
qilish uchun joriy qilinadi.
Qonunning 4-moddasi bilan soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari qilib, soliq siyosatini
amalga oshirish hamda soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri
hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni ta’minlash, soliqlarning
soliq to
‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat
maqsadli jamg‘armalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, soliq to‘lovchilarni va
soliq solish obyektlari o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning to‘liq
qamrab olinish mexanizmlarini soliq ma’murchiligi jarayoniga zamonaviy axborot
-
kommunikasiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish
orqali takomillashtirish, soliq solinadigan bazani ken
gaytirish bo‘yicha tahlil qilish va
ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi
va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish,
soliqlar yig‘ilishini oshirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga
oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlarga oid huquqbuzarliklarning oldini olish,
ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarish va pul mablag‘larin
ing
g‘ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob
-kitoblarni amalga
oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining to‘liq va o‘z vaqtida
topshirilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlash, soliq to‘lovc
hilar bilan ishlashni
takomillashtirish bo‘yicha chora
-
tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan soliq to‘lovchilarga
muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga o‘tish yo‘li bilan amalga oshirish hisoblanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
144
Bundan tashqari soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama
ko‘maklashish, soliqlarning ixtiyoriy ravishda to‘lanishini ta’minlashga qaratilgan, soliq
to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish, xo‘jalik
yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini rag‘batlantirishga, ularga
zarur imtiyozlar va preferensiyalar berishga doir qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha
takliflar kiritish, bozorlar va savdo komplekslarining moliya-
xo‘jalik faoliyati, soliq organlarini
yuksak ma’naviy
-
axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan to‘ldirish, korrupsiya va
ishga rasmiyatchilik bilan yondashish faktlariga barham berish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga
oshirish, shuningdek
xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini va ular uchun
xizmatni o‘tashning munosib shart
-
sharoitlari yaratilishini ta’minlashdan iboratligi belgilab
o‘tilgan
(
Qonun, 1997)
. Soliq tizimi organlarining asosiy huquqiy hujjat, Soliq xizmati organlari
to‘g‘risidagi qonun hisoblanadi.
Soliq munosabatlarining ikkinchi ishtirokchisi bo‘lmish soliq to‘lovchilarning ham
huquqlari va majburiyatlari mavjud. Soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlarini tartibga
soladigan asosiy hujjat O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi hisoblanadi.
Soliq
kodeksining 1-
moddasiga muvofiq kodeks soliqlar va yig‘imlarni belgilash, joriy etish va bekor
qilishga, hisoblab chiqarish hamda to‘lashga doir munosabatlarni, shuningdek soliq
majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Soliq solish O‘zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksining 7-moddasiga muvofiq prinsiplar asosida tartibga solinadi. Soliq
solishning 8 ta asosiy prinsipi mavjud. Shu prinsiplar asosida soliqqa tortish amalga oshirilgan
taqdirda davlat byudjeti o‘z vaqtida to‘ldiriladi va soliq to‘lovchilarning soliq yuki me’yoriy
darajada bo‘ladi. Shu prinsiplar asosida soliqqa tortish amalga oshirilsa, yashirin
iqtisodiyotning kamayishiga investitsion muhitning yanada yaxshilanishiga olib keladi. Sabab
chet ellik investorla
r qonun ustuvor bo‘lgan mamlakatlarga doimiy ravishda oqib kelishadi.
Soliq to‘lovchilar soliq munosabatlarining subyektlari hisoblanadi. Soliq kodeksiga muvofiq
soliq solish obyekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik
xusu
siyatga ega bo‘lgan boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonunchilik
soliq to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi
(
Qonun, 2019)
.
1-rasm. Soliq solishning asosiy prinsiplari
Manba:
Soliq kodeksi asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
Soliq solish
prinsiplari
Majburiylik
prinsipi
Аniqlik va soliq
organlarining soliq
toʼlovchilar bilan
hamkorligi
Oshkoralik prinsipi
Soliq toʼlovchining
haqligi
prezumptsiyasi
prinsipi
Soliq tizimining
yagonaligi
Аdolatlilik
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
145
Soliqqa tortishning majburiylik prinsipi soliq solish barcha uchun bir xilda majburiy
ekanligini belgilab, soliq solishning majburiyligi O‘zbekiston Respublikasining asosiy
qomusi
bo‘lgan Konstitutsiyasida qayd etilgan. Asosan soliq solishning navbatdagi prinsipi soliq
solishning aniqlilik prinsipi bu soliqning aniq qonun bilan belgilangan bo‘lishini talab qilib,
soliq solishning oshkoralik prinsipi hamma oshkora daromad qildimi hammaga oshkora tarzda
soliq to‘laydi, ya’ni yashirinlik prinsipi bo‘lishi mumkin emas. Adolatlilik prinsipi juda muhim
prinsiplardan bo‘lib bu soliqlar daromadga qarab adolatli ravishda bo‘lishi kerakligini belgilab
beradi. Bunda, soliq tizimini yagonaligi butun mamlakat uchun yagona tizim ishlaydi va faoliyat
yuritadi va nihoyat oxirgi prinsip soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi, bu ma’lum
bir holatning qonunchilik bilan tartibga solinmagan qismi soliq to‘lovchining foydasiga
ishlashini belgilab beradi.
2-
rasm. Soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetlari
Manba:
my.soliq.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
Yuqorida keltirilgan rasmda O‘zbekiston soliq tizimi organlari va soliq to‘lovchilarning
o‘zaro munosabatlari elektron shakli soliq to‘lovchilarni shaxsiy kabinetlarida yuritiladi. Soliq
to‘lovchilarning elektron shaklda hujjat almashinuvi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2016 yil 12 iyulda ro‘yxatdan o‘tkazilgan (ro‘yxat raqami 2808) “Moliyaviy va soliq
hisobotlarini aloqaning telekommunikasiya kanallari vositasida soliq xizmati organlariga
taqdim etishning tartibi to‘g‘risida”
gi Nizom bilan tartibga solinadi. Nizom qabul qilingandan
so‘ng ma’lumotlar soliq qo‘mitasining asosiy serverlarida saqlani
b arxivlanib kelinmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslarning ariza va murojaatlarini quyidagi jadval ma’lumotlari qayd
etilgan.
Soliq xizmati organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi hujjat aylanishi ikki xil ya’ni qog‘oz
va elektron hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Qog‘oz hujjatlar pochta orqali yoki soliq
to‘lovchining shaxsan o‘ziga hujjatni еtkazish orqali amalga oshiril
adi. Shuningdek, hujjatlar
elektron shaklda ham amalga oshiriladi. Soliq solish amaliyotida soliq to‘lovchilarga elektron
hujjatlar bilan ishlashda qulaylik yaratish maqsadida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti joriy
qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining rasmiy veb
-saytiga joylashtirilgan
axborot resursi soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti hisoblanadi.
19
Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikasiya kanallari vositasida soliq xizmati organlariga taqdim
etishning tartibi to‘g‘risida” gi Nizom.
Soliq toʼlovchining shaxsiy kabineti
Yuridik shaxs
shaxsiy kabinetdan
foydalanish
MАJBURIY
64 ta interaktiv
xizmatdan
foydalanadi
Yakka tartibdagi
tadbirkor
shaxsiy kabinetdan
foydalanish
MАJBURIY
28 ta interaktiv
xizmatdan
foydalanadi
Jismoniy shaxs
shaxsiy kabinetdan
foydalanish
IXTIYORIY
32 ta interaktiv
xizmatdan
foydalanadi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
146
1-jadval
O‘zbekiston soliq tizimida soliq munosabatlari doirasida yuridik va jismoniy
shaxslarning murojaatlari tahlili
Yillar
Arizalar
soni
(ta)
Yuridik
shaxslar
(ta)
Jismoniy
shaxslar
(nafar)
Muroja-
atlar soni
(ta)
Yuridik
shaxslar
(ta)
Jismoniy
shaxslar
(nafar)
jami
2016 yil
3234
608
2626
1725
1584
141
4 959
2017 yil
39222
14625
24597
8756
7621
1135
47 978
2018 yil
247757
18681
229076
17620
16445
1175
265 377
2019 yil
104971
41301
63670
163716
158766
4950
268 687
2020 yil
176910
86750
90160
344030
329991
14039
520 940
2021 yil
155785
107003
48782
497732
474135
23597
653 517
2022 yil
141801
91157
50644
792356
737326
55030
934 157
jami
727879 268968
458911
1033579 988542
45037
1761458
Manba:
my.soliq.uz sayti
ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, yuridik va jismoniy
shaxslarning shaxsiy kabinet orqali murojaatlari 2016-
2022 yillar davomida faqat o‘sish
tendensiyasiga ega bo‘lgan. Bu o‘z navbatida soliq organlarining soliq to‘lovchila
r bilan elektron
hujjat almashinuvining takomillashib va ko‘payib borishini belgilab beradi. Soliq
to‘lovchilarning shaxsiy kabinetlaridan chiquvchi elektron hujjatlar bo‘lgani kabi bu kabinetga
kiruvchi hujjatlar ham mavjud. Soliq organlarining soliq to‘l
ovchilarga yuborgan elektron
murojaatlarini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin. Soliq organlarining soliq to‘lovchilarga
elektron murojaatlari ularning o‘zaro munosabatlarini onlayn shaklda amalga oshirishlariga
katta imkoniyatlar yaratib beradi. Soliq to‘lo
vchilarning soliq organlari bilan onlayn
muloqotlari soliq organlarida korrupsion holatlarni oldini oladi va o‘z navbatida soliq
to‘lovchilardan vijdonan ishlashni talab qiladi.
2-jadval
Soliq
xizmati organlarining soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetiga
yuborgan elektron hujjatlar soni
Yillar
Yuridik shaxslar
Yakka tartibdagi
tadbirkorlar
Jismoniy
shaxslar
jami
2017 yil
168 598
154
1 056
169 808
2018 yil
1 499 583
8 607
48 527
1 556 717
2019 yil
6 992 971
117 131
23 478
7 133 580
2020 yil
13 248 639
1 119 064
12 058
14 379 761
2021 yil
22 050 356
2 598 687
2 055 170
26 704 213
2022 yil
29 000 458
3 618 774
2 011 803
34 631 035
jami
72 960 605
7 462 417
4 152 092
84 575 114
Manba:
my.soliq.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
Soliq organlarining murojaatlar soni ham soliq to‘lovchilarning murojaatlariga mutanosib
ravishda o‘sib borganini yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin. Bu o‘z
navbatida soliq organlarining ish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng
ko‘lamda foydalanilayotganidan darak beradi.
Yuqoridagi jadvalga e’tibor beradigan bo‘lsak, 2022 yilning o‘zida 2017 yilga nisbatan
jami yuborilgan elektron hujjatlar salmog‘i 40 foizga o‘sishga erishilgan. Bunda asosan
hujjatlarni onlayn(virtual) shakllantirish soliq to‘lovchilarda ko‘nikma hosil bo‘lganidan dalolat
beradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
147
Shu yo‘l bilan yashirin iqtisodiyotni jilovlashga qaratilgan soliq ma’murchiligining
zamonaviy instrumentlari qatorida shaffoflikni, shuningdek, inson omilisiz operasiyalarini
shaklanishi va amalga oshirilishi natijasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va oldini olishga
xizmat qilib, korrupsiya illatini bartaraf etish borasida murosasiz qadamlardan biri
hisoblanadi. Misol uchun, soliq to‘lovchi tomonidan bir chorakda katta miqdordagi QQS
summasini hisobga olish (kamaytirish) bo‘yicha hisob
-kitob taqdim
etildi. Bu summa o‘tgan
chorak hisobotida ko‘rsatilgan summaga nisbatan farqi juda yuqori. Bunday holatda soliq
organi xodimida topshirilgan hisobot yuzasidan shubha tug‘iladi va soliq to‘lovchiga bunday
katta miqdordagi QQS summasini kamaytirish yuzasidan tushuntirish va asoslovchi hujjatlarni
taqdim etish bo‘yicha soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali tegishli
talabnoma yuboriladi. Bu jarayonda soliq to‘lovchi o‘z xato va kamchiliklarini ko‘rib, qayta
hisob-
kitob qilib o‘z xatolarini to‘g‘ilab qo‘yishiga imkoniyat yaratadi.
3-rasm. Soliq organlari tomonidan
soliq to‘lovchilarning elektron murojaatlari
yuzasidan munosabatlari tahlili
Manba:
muallif tomonidan tayyorlangan.
Soliq organlari soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan samarali tarzda foydalanib
kelmoqdalar. Shu tartibni joriy qilinishi bilan soliqchilarning soliq to‘lovchilar bilan bevosita
muloqoti kamaydi, o‘zaro elektron hujjat aylanishida qog‘oz sarfi, ishchi k
uchi sarfi va pochta
bilan bog‘liq xarajatlar kamaydi. Bu tejalgan mablag‘lar soliq tizimining moddiy texnika
bazasini kengaytirishga, soliq organlari xodimlarni malaka oshirishga yuborish imkoniyatlarini
yanada kengaytirib berdi. Mavjud axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda
yangi zamonaviy axborot texnologiyalari xarid qilindi.
Quyidagi
keltirilgan jadvalda O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning
hisobotlarni elektron shaklda topshirish jarayonlari keltirilgan. 2007-2011 yillar davomida
tajriba
tariqasidagi ma’lumotlar aks ettirilgan. Elektron hujjat almashinuviga o‘tish orqali soliq
tizimi organlariga va soliq to‘lovchilarga ko‘plab qulayliklar yaratilgan. Jumladan, soliqqa doir
barcha elektron davlat xizmatlari interaktiv va axborot davlat xizm
atlariga saralangan bo‘lib,
bunda kerakli xizmatlarni tez va osonlik bilan qidirish mumkin.
O‘z navbatida ularni qidirishni yanada soddalashtirish maqsadida, xizmatlar
yo‘nalishlarga ajratilgan. Bular murojaatlarni va hisobotlarni yuborish, ro‘yxatga olish,
soliqlarni hisoblash, ma’lumotnomalar olish kabi 10 ga yaqin yo‘nalishlardan iborat. Shu b
ilan
birga, jismoniy va yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun alohida shaxsiy
0
5000000
10000000
15000000
20000000
25000000
30000000
35000000
2017 йил
2018 йил
2019 йил
2020 йил
2021 йил
2022 йил
Soliq organlari tomonidan soliq toʼlovchining shaxsiy kabinetiga
yuborilgan elektron hujjatlar dinamikasi
YuSh
YaTT
JSh
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
148
kabinetlar ochilgan va ushbu kabinetlarda soliq to‘lovchi toifasiga tegishli barcha elektron
davlat xizmatlari ro‘yxati taqdim etiladi.
3-jadval
O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar tomonidan topshirilgan elektron
shakldagi hisobotlar tahlili
t/r
Yillar
Hisobotlar soni (dona)
Soliq to‘lovchilar soni (nafar)
1
2007
2590
801
2
2008
141027
24527
3
2009
336234
52004
4
2010
684114
96478
5
2011
1465054
141481
6
2012
2829803
193009
7
2013
3034383
259195
8
2014
4070410
280836
9
2015
4616998
306793
10
2016
8265956
363021
11
2017
9270850
396898
12
2018
9559536
414823
13
2019
10138579
503257
14
2020
12400794
567057
15
2021
13841756
770265
16
2022
18002307
831053
Manba:
my.soliq.uz ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
Soliq organlari bilan barcha yozishmalar va xabarlar alohida blokda yig‘iladi. Shu bilan
birga, shaxsiy kabinetda soliq to‘lovchilar byudjet bilan hisob
-
kitoblar to‘g‘risidagi dolzarb
ma’lumotlarni kunning istalgan vaqtida olishi mumkin. Har bir xizmat oyn
asi yagona standart
asosida ishlab chiqilgan. Bunda xizmatni tez qidirib topish uchun xizmat belgisi, xizmatning
nomi, foydalanish yo‘riqnomasi, xizmat bo‘yicha mas’ul soliq inspektori to‘g‘risida ma’lumot,
soliq to‘lovchilarning fikrlarini o‘rganish, taklif va e’tirozlarini ko‘rib chiqish uchun xizmatga
baho berish hamda izoh qoldirish kabi imkoniyatlar yaratilgan.
4-jadval
E
lektron hisobotlar tizimi joriy qilinishining samaradorlik tahlili
t/r
Soliq to‘lovchilar
Soliq xizmati organlari
izoh
1
Bir dona hisobotni topshirishga ketadigan
vaqt o‘rtacha 2 soat
Bir dona hisobotni qabul qilishga
ketadigan vaqt o‘rtacha 20 minut
Hisobot
blankasi 30
varaqdan
iborat
bo‘lgan
2
2012 yil holati tahlil qilinganda
2829803*2(soat)=5659606 kishi/soat vaqt
tejalgan
2012 yil holati tahlil qilinganda
2829803*1/3(soat)=943 268
kishi/soat vaqt tejalgan
3
2012 yilda hisobotlarni topshirish choraklik
bo‘lgan 193009 nafar subyekt bir yilda
kamida 4 marta soliq organlariga tashrif
buyurgan. Buning hozirgi kundagi yo‘l kira
xarajatlari sarfi
2800(so‘m)*4(marta)*193009(nafar)
= 2 161 700
800 so‘m (avtobusda)
Soliq xizmati organlarining
xodimlari shu vaqtlarini
qo‘shimcha manbalar aniqlashga
sarflaydilar
Manba:
muallif tomonidan tayyorlangan.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari elektron hujjat aylanish tizimining joriy etilishi bilan
erishilgan samaradorliklarni keltirib chiqargan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
149
Bugungi
kunda soliq qo‘mitasining asosiy strategik vazifasi soliq xizmatining fiskal
organdan xizmatga yo‘naltirilgan organga
o‘tishi bo‘lib, u davlat nomidan soliq to‘lovchilar
bilan zamonaviy axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish orqali soliq to‘lash
bo‘yicha konstitutsiyaviy burchini bajarish jarayonida ishonchli munosabatlarni
shakllantiradi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda elektron hisobvaraq-faktura tizimi joriy qilinishi bilan biznesning
saffoflik darajasi ortganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari yuqori likvidli tovatlar bo‘yicha
elektron hisobvaraq-fakturalarni rad etish muddati kamaytirilgan natijada bu sohadagi
yashirin iqtisodoyitni kamaytirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimiga axborot texnologiyalarining kirib kelishi soliq
to‘lovchilarning sonini ortishi va ularni tahlil qilish uchun avtomatlashtirilgan
texnologiyalardan foydalanish zarurligi yuzaga kelishi bilan izohlash mumkin. Agar shu
tartibda avtomatlashtirilmasa soliq to‘lovchilar tomonidan hisobga olingan qo‘shilgan qiymat
solig‘i summasi faqat tekshirish jarayonida aniqlangandan keyin byudjetga undirilishi
ta’minlanadi, ammo avtomatlashtirish natijasida bir summani ikki marta hisob
ga olinishi
cheklanadi.
Adabiyotlar/Литература/
Reference:
Isaev F.I. (2019) “Soliq tahlili metodikasini takomillashtirish”. i.f.f.d. (PhD) ilmiy darajasini
olish uchun yozilgan dissertasiya. -116 bet.
Muxammadov N.K. (2024) “Ma’lumotlarni
elektron hujjat aylanish tizimida shakllantirish
orqali soliq ma’murchiligini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi dissertatsiya ishi.
Toshkent, 156 bet.
Qonun (1997)
O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Soliq xizmati
to‘g‘risida”gi O‘RQ –
474-I-son qonun.
Qonun (2019)
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘RQ
-589-son qonuni, 30 dekabr
2019 yil.
Бисултанов Амир Нажмудиевич
(2019)
, Развитие методико
-
инструменталной
базы налогового администрирования условиях цифровизaци экономики, автореферат
диссертaци на соискание ученой степени кандидата экономических наук, Владикавказ, 26.
Жарков А.А.
(2014)
Система электроного документооборота/ А.А. Жарков// Наука,
техника и образование. №3(3).
- 65-
71 бетлар.
Кодекс (2020) Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси
.
–Тошкент: Ғафур Ғулом
нашриёт уйи.
-
640 б.
Кортиков Федор Сергеевич
(2013)
, Разработка комплекса алгоритмов и программ
для
повышения
производителности
функционирования
электронного
документооборота, автореферат диссертaци на соискание ученой степени кандидата
технических наук, Санкт
-
Петербург, 19 с.
Кукарина Юлия Михайловна
(2004)
, Формирование и развитие понятия
“электронный документ” в зарубежном и Российском законодателстве, автореферат
диссертaции на соискание ученой степени кандидата исторических наук, Москва, 32.с.
Столбов А.П.
(2007)
Организaци электронного документаоборота в
здравоохранении/ Столбов А.П.// Врач и информaционные технологии.
-
№5
-33-
39 бетлар
Черватюк Василий Демянович
(2020)
, Модел и алгоритмы хранилища данных
электронного архива технической документaци и электронного документооборота
научно
-
производственной организaци, автореферат диссертaции на соискание ученой
степени кандидата технических наук, Санкт
-
Петербург, 20.с.
Шрэётэр К.О.
(2015)
Электронный документооборот: возможности и
преимущества.
/К.О.Шрэйтэр// Молодой ученый.
№2.
-
с.52
-55.
