Авторы

  • Голибжан Махматкулов
    Негосударственное образовательное учреждение «Университет экономики и педагогики» https://orcid.org/0000-0003-3717-172X

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.59377

Ключевые слова:

торговые услуги инновации инновационное развитие эконометрическое моделирование необходимость моделирования эконометрический критерий инновационный особенность

Аннотация

В статье рассматриваются уникальный особенности инновационного развития торговые услуги на населения и необходимость эконометрического моделирования. Здесь не разлука совершенствовать организационно-экономические механизмы инновационного развития сферы услуг торговли или общие социально-экономические закономерности отрасли на виды и группы, а показаны практический характер действующих законов, придающих практический смысл исследованиям, определяющих приоритетность и служащих научным критерием оценки результатов, выделены последствия в будущем, важность оценки результатов.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

132


AHOLIGA SAVDO XIZMATLARINI INNOVATS

ION RIVOJLANTIRISHNING OʻZIGA XOS

XUSUSIYATLARI VA EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH

i.f.f.d. (PhD)

Maxmatqulov

Gʻolibjon

Xolmuminovich

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

nodavlat taʼlim muassasasi

ORCID: 0000-0003-3717-172X

gmaxmatqulov11@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada aholiga savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirishning

oʻziga xos xususiyatlari va ekonometrik modellashtirish zaruriyati tadqiq etilgan. Savdo

xizmatlarini innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish

yoki sohaning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy qonunlarini turlarga, guruhlarga ajratishga emas, balki,

tadqiqotlarga amaliy mazmun beruvchi, ustuvorlikka

yoʻl koʻrsatuvchi, natijalarini baholash

uchun ilmiy mezon boʻluvchi mavjud qonuniyatlarning amaliy xarakterini koʻrsatish, istiqboldagi
oqibati, natijalarini baholash ahamiyati koʻrsatib oʻtilgan.

Kalit soʻzlar:

savdo xizmatlari, innovatsiya, innovatsion rivojlantirish, ekonometrik

modellashtirish, moyedllashtirish zaruriyati, ekonometrik mezon, innovatsion xususiyat

ОСОБЕННОСТИ И ЭКОНОМЕТРИЧЕСКОЕ МОДЕЛИРОВАНИЕ ИННОВАЦИОННОГО

РАЗВИТИЯ ТОРГОВЫХ УСЛУГ НАСЕЛЕНИЯ

д.ф.п.э (PhD)

Махматкулов Голибжан Холмуминович

Негосударственное образовательное учреждение

«Университет экономики и педагогики»

Аннотация

.

В статье рассматриваются уникальный особенности инновационного

развития торговые услуги на населения и необходимость эконометрического

моделирования. Здесь не разлука совершенствовать организационно

-

экономические

механизмы инновационного развития сферы услуг торговли или общие социально

-

экономические закономерности отрасли на виды и группы, а показаны практический

характер действующих законов, придающих практический смысл исследованиям,

определяющих приоритетность и служащих научным критерием оценки результатов,

выделены последствия в будущем, важность оценки результатов.

Ключевые слова:

торговые услуги, инновации, инновационное развитие,

эконометрическое моделирование, необходимость моделирования, эконометрический

критерий, инновационный особенность

.

UO

K: 519.862.6

X SON - OKTABR, 2024

132-140


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

133

FEATURES AND ECONOMETRIC MODELING OF INNOVATIVE DEVELOPMENT

OF TRADE SERVICES TO THE POPULATION

Makhmatkulov Golibjon Kholmuminovich

Non-state educational institution

"University of Economics and Pedagogy"

Annotation.

The article discusses the unique features of the innovative development of trade

services for the population and the need for econometric modeling. There is no separation here to
improve the organizational and economic mechanisms for the innovative development of the

trade services sector or the general socio-economic patterns of the industry into types and groups,

but the practical nature of the laws in force that give practical meaning to research, determine

the priority and serve as a scientific criterion for evaluating results, highlight the consequences in
the future , the importance of evaluating results.

Key words:

trade services, innovation, innovative development, econometric modeling, the

need for modeling, econometric criterion, innovative feature.

Kirish

.

Jahonda kishilik jamiyatining rivoji turli xarakterdagi, toifadagi, darajadagi omillar

taʼsirida vujudga keluvchi ijtimoiy

-

iqtisodiy qonuniyatlar asosida shakllanib boradi. Oʻz

navbatida jamiyat rivojini uni oʻrab turgan iqtisodiy sfera koʻrsatkichlari aso

sida baholanadi.

Bu koʻrsatkichlar va qonuniyatlar umumiy holda hududning ijtimoiy

-iqtisodiy holatini belgilab

beradi. Bu oddiylik aslida omilli

jarayon sifatida oʻta murakkab tizimlardan tashkil topgan. Uni

tadqiq etishda shu ikki jihatni eʼtiborga olmasl

ik mumkin emas. Iqtisodiy holat iqtisodiyot

tarmoqlarining umumiy va oʻz oʻrnida

sektorli rivojlanish darajasi bilan baholanadi. Bugungi

kunda xizmatlar tarmogʻining dunyo mamlakatlari iqtisodiy salohiyatini oshirishdagi salmogʻi

katta hisoblanadi. Xususan, yashash joy va umumiy ovqatlanish xizmatlarining jahon

iqtisodiyotida roli ortib bormoqda.

Hozirgi vaqtda iqtisodiyot tarmoqlarini iion rivojlantirish sharoitida yashash joy va

umumiy ovqatlanish tarmogʻiga

innovatsion texnologiyalarni kiritish, mavjud hududiy

iqtisodiy salohiyatdan optimal foydalanish asosida rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini

aniqlashda ekonometrik tadqiqotlarga ustuvorlik berilmoqda.

Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda eng muhim jihatlar sifatida iqtisodiyot tarmoqlarini

rivojlantirish, jumladan, aholi turmushi sifatini oshirishda yashash joy va umumiy ovqatlanish

xizmatini rivojlantirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Oʻzbekiston Respubl

ikasi Prezidentining

2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni 1-ilovasida keltirilgan 2022-2026 yillarga

moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida “xizmatlar sohasini

rivojlantirishga qulay infratuzilmani yaratish, ixtisoslashgan tadbir

korlikni ragʻbatlantirish,

sohada aholi bandligini oshirish, mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirish maqsadida yangi

mehmonxona va umumiy ovqatlanish punktlarini ishga tushirish, xizmat koʻrsatish sifatini

oshirish mexanizmlarini takomillashtirish” kabi

bir qator ustuvor vazifalar belgilangan

(Farmon, 2022).

Bu vazifalar ijrosini taʼminlashda, yashash joy va umumiy ovqatlanish zamonaviy

tadqiqot usullari, ekonometrik modellardan foydalangan holda soha taraqqiyotining istiqbolli

yoʻnalishlarini belgilab berish masalalariga bagʻishlangan ilmiy izlanishlarni ya

nada

kengaytirish muhimlik kasb etmoqda. Resurs taqchilligi kuzatilayotgan, axborot oqimi

ortayotgan, raqamlashtirish zaruriyati paydo boʻlayotgan bugungi sharoitda savdo korxonalari

raqobatbardosh faoliyatini tashkil etishda innovatsion yondashuvlarni talab etmoqda.



background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

134

Adabiyotlar sharhi

.

Ilmiy nuqtai nazardan faoliyat sifatida, jarayon sifatida, omil sifatida va boshqa

xususiyatiga koʻra taʼriflash mumkin. Oʻzbekistonlik olimlarning (Abdukarimov va

boshq.,

2016; Soliyev, Buzrukxonov, 2010;

Fayziyev, 2010) savdo xizmatlariga bergan taʼriflari keng

manbalarda keltirilgan boʻlib, tadqiqotchilar ilmiy ishlarida ulardan foydalanishadi.

Xorijiy iqtisodchi olimlari savdo xizmatlari bozorida zamonaviy marketing tamoyillari

asosida samaradorlikni oshirish modellarini (Ohud Almutairi et al. 2020; Raj Agnihotri et al.,

2021; Kotler Filip, 2007), zamonaviy rivojlanish talablari asosida ulgurji va chakana savdo

korxonalarini tashkil etish va yangi texnologiyalar asosida rivojlantirishning turli modellarini
(John Edwards et al., 2022; Harlan Spotts et al. 2021; Pambuxchiyans, 2014) taklif etishgan

boʻlsada

, bu modellar iqtisodiy-boshqaruv, marketing, tashkiliy xarakterdagi iqtisodiy

qonuniyatlarni umumiy holda tushuntirish, koʻrsatkichlarning alohida holatida, bogʻliqsiz

baholash va tadqiq etish bilan cheklangan.

Iqtisodchi olim S.K.Nguen, Bristol Universiteti professori J.Beach ning ilmiy qarashlarida

har qanday ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy, texnik-texnologik, axborot, intellektual, dasturiy

resurslar yangilanish qonunlari taʼsirida

innovatsion xarakterdagi resurslarga aylanishi

mumkinlik gʻoyasi ilgari suriladi

(Raj Agnihotri et al. 2021).

Iqtisodchi olim Ye.Karchenko mintaqaning innovatsion salohiyatga egaligi savdo

xizmatlarini innovatsion rivojlantirish uchun zaruriy va yetarli imkoniyatlarning darvozasi

ekanligini taʼkidlaydi

(Harlan Spotts et al. 2021).

Savdo tizimida xaridor psixologiyasiga taʼsir etish motivlarini tadqiq etgan ishlarida

O.Mokryun, V.Bogina va T.Kuflg kabi olimlar savdo tizimini optimal tashkil etish murakkablik
jihatlarini modellashtirish usullari yordamida sodda obyekt

sifatida oʻrganish gʻoyasini ilgari

surib, xususan modellashtirish jarayonida trend modellarning qoʻllanilish mezonlarini zaruriy

hodisa sifatida baholashadi (Pambuxchiyans, 2014).

Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirishni modellashtirish va

prognozlash, ishlab chiqarishni koʻp

mezonli optimallashtirish, sanoatning hududiy rivojlanishi

va uning koʻp

omilli empirik modellarini tasniflash masalalari S.V.Klementyeva, V.S.Muravyeva,

A.I.Orlov, R.M.Nureyev, I.S.Svetunkov, L.N. Slus kinlarning ilmiy izlanishlaridan keng joy

egallagan (Klementyeva, 2006).

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolaning maqsadi savdo xizmatlarini innovatsion

rivojlantirishning oʻziga xos

xususiyatlari, savdo xizmatlari tarmogʻini rivojlantirishning kompleks tizimli masalalari
oʻrganishdan iborat.

Ushbu maqola mavzusini yoritishda statistik, taqqoslama, guruhlashga ajratish, ekspert

baholash, tahlil va boshqa usullardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Jahon iqtisodiyoti tarmoqlari orasida shunday tarmoqlar borki, ularning rivojlanish

tendensiyasi juda qadimiy sarxadlardan

boshlanadi. Bularga qishloq xoʻjaligi, sanoat kabi

tarmoqlarni kiritish mumkin. Xizmatlar tarmogʻi, xususan, savdo xizmatlari uchun ham ayni

mulohaza oʻrinlidir. Savdo xizmatlari oʻz rivojlanish tendensiyasi davomida turli taʼrif va
tasniflarga ega boʻlib

, ularning farqlanishi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi turli

oʻzgarishlar zamirida, turli taʼsirlar ostida vujudga keldi. Bugung

i kunda savdo xizmatlarining

taʼriflanishida olimlar turli

yondoshuvlarga tayanadi. Bunga sababni uning turli xususiyatli

ekanligi bilan izohlash mumkin. Haqiqatan, uni ilmiy nuqtaiy nazardan faoliyat sifatida, jarayon

sifatida, omil sifatida va boshqa xususiyatiga koʻra taʼriflash mumkin. Oʻzbekistonlik

olimlarning savdo xizmatlariga bergan taʼriflari keng manbalarda keltirilgan boʻlib,

tadqiqotchilar ilmiy ishlarida foydalanishadi (Abdukarimov va boshq., 2016).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

135

Yuqorida zikr etilgan olimlar va boshqa mahalliy va xorijiy olimlar taʼrif va tavsiflari ga

tayanib savdo xizmatlariga oʻz mualliflik tavsifimizni quyidagicha ifoda etdik. Unga koʻra “savdo

xizmatlari

bu sotuvchi va xaridor manfaatlari kesishish nuqtasid

a sodir boʻluvchi jarayon,

isteʼmolchi tomonidan ehtiyojni qondirish, xizmat koʻrsatuvchi tomonidan daromad topish

maqsadlarining mushtarakligi asosida harakatga keluvchi faoliyat, mulkga huquqiy egalik

maqomini oʻzgartiruvchi vosita, iqtisodiyot tarmoqlarini hamda oʻzini

-

oʻzi rivojlantirish

xususiyatiga ega omil, jami insoniyatga tegishli innovatsion rivojlanuvchi ixtirosi, hamda

ularning madaniy hayotini, maʼnaviy ruhiyatini shakllantirishda ishtirok etuvchi millatlararo

milliy qadriyatlardan biridir”. Bu yerda savdo xizmatlarining shakliy,

xulqiy, abstrakt, moddiy,

maʼnaviy aniqlanishiga, shuningdek,

innovatsion

rivojlanuvchi xususiyatiga urgʻu berildi.

Jahon miqyosida, xozirgi

vaqtda innovatsiya termini eng koʻp qoʻllanilayotgan soʻzlardan

biriga aylanib ulgurdi. Bunga sabab, soʻnggi yillarda global maydonda, turli operatsiyalarni

amalga oshirish, boshqarish va ishlab chiqarish kabi barcha faoliyatlar hamda axborot
almashinish jarayoni raqamlashgan elektron vositalardan foydalanilgan tarzida kechmoqda.

Shuningdek, jahon mamlakatlari oʻzlarining milliy iqtisodiyoti barqarorligini eng taraqqiy

etgan yoki etayotgan yangi texnologiyalar asosida taʼminlash mum

kinligini va muximligini

yangi va yaxshi amaliy tajriba sifatida oʻzlashtirishga erishdilar. Bu jarayon

innovatsiyalashuv

jarayoni, asos bu yerda innovatsiya, mexanizm esa innovatsion

vosita sifatida eʼtirof etildi.

Mazkur jarayon nafaqat kompleks harakatda, balki tarmoqlararo xususiyatli tarzda rivojlanib

bordi. Ushbu voqeylikning rivojida, jarayon kechayotgan umumiylikning muxim

bir boʻlagi

sifatida jahon savdosining rivojlanishi innovatsiyalarga bogʻlanib qoldi. Bu esa dunyo olimlari

bugun koʻp takrorlayotgan yagona xulosani yuzaga chiqarishga sababchi boʻldi. Bu xulosa –

“Jahon savdosining zamonaviy rivojlanishi innovatsiyalarsiz mumkin emas” jumlasidan

iboratdir (Blondo, 2005; Sharf, 2012).

Shuningdek, raqamli texnologiyalarning iqtisodiyot tarmoqlariga jadallik bilan kirib

kelishi, zamonaviy jahon iqtisodiyotida elektron biznesni jahon savdosi rivojlanishining asosiy
omillaridan biriga aylantirdi.

Innovatsion rivojlanish mamlakatlarning rivojlanish darajasini belgilab beruvchi

meʼzonlaridan

biriga aylandi. GII (Global innovatsion

indeksi) reytingining soʻngi yillardagi

holatiga koʻra kuchli oʻnlikda Shveysariya, Niderlandiya,

Shvesiya, Singapur, AQSH,

Finlyandiya, Daniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Irlandiya kabi iqtisodiy salohiyati yuqori

mamlakatlarning kelishi innovatsion rivojlanishning mohiyatini ochib berishda, uning

muximligiga

asos boʻladi

(WIPO, 2019).

Bugungi kunda yangi Oʻzbekiston iqtisodiyotida raqamlashtirish jarayoni jadallik bilan

kechmoqda. Bu jarayonning negizida iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsion rivojlanish effekti

tabiiy xodisa

singari kirib bormoqda. Soʻngi yillarda bu holatni ishlab chiqarish, tizimli

boshqaruv, aloqa va axborotlashtirish, yashash va umumiy ovqatlanish, savdo, taʼlim, tibbiyot

va boshqa sohalarda kuzatish mumkin. Barcha tarmoqlarning turli pozisiyasida olib
borilayotgan innovatsion faoliyat mamlakatimiz milliy iqtisodiyot

ini zamonaviy koʻrinishga

keltiruvchi, rivojlanishning istiqboldagi darajasini belgilovchi omil, navbatdagi rivojlanish

bosqichiga

oʻtishning

zaruriy

sharti

sifatida

baholanmoqda.

Korxonalar

raqobatbardoshligining, bozor iqtisodiy munosabatlarining muxim xususiyati sifatida

koʻrilmoqda.

Savdo xizmatlarini innovatsion

rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlari rivojlanishning

muddatiga, talabiga, xarakteriga, manbasiga, vositasiga, usullariga koʻra ijtimoiy, iqtisodiy,

texnoldogik jihatlari farqlanadi (Maxmatqulov, 2022-2024) (1-rasm).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

136

1-rasm. Savdo xizmatlarini innovatsion

rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlari

Manba:

muallif ishlanmasi.

Ijtimoiy jihatiga koʻra xususiyatlari ijtimoiy

xodisa yoki unda ishtirokchisi sifatida

nomoyon

boʻlishi bilan izohlanadi. Bularga quyidagilar kiritish mumkin:

- kadrlarni zamonaviy bilimlarni uzlashtirishga

ragʻbatlantirish –

innovatsion rivojlanish

zamonaviy raqamli texnologiyalarning keng joriy etilish fonida roʻy berishi barcha soha

kadrlarining zamonaviy bilimlarni uzlashtirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Sohaviy malaka

talablari taʼlimning jahon standartlari mos ravishda takomillashib, yangilanib boradi. Global

innovatsiyalashuv jarayoni zamonaviy bilimlarga tayanadi. Shuningdek, innovatsion faoliyat

yuratayotgan

korxona xodimlari kerakli oʻrinda keng aholi qatlami bilan munosabatlarda

maslahatchi-

oʻrgatuvchi hisoblanishadi;

-

mobil savdo maydonlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish –

chekka xududlarga

koʻchma

savdo bozorlarini AKT yordamida tashkil etish bilan amalga oshiriladi;

- turli ijtimoiy qatlam vakillari uchun maxsus xizmat dasturlarini joriy etish

pensionerlar, nogironligi bor insonlar yoki xoʻjaliklar, bolalar, boquvchisini

yuqotganlar singari

aholi qatlami uchun imtiyozlarni shakllantirish, mahsulotlarni yetkazib berish, savdo

aksiyalarini tashkil etish va hokozalar;

-

keng ijtimoiy gʻoya va fikrlarni tez fursatda toʻplash,

tahlillash va ular asosida rivojlanish

manbalarini yaratish

isteʼmolchilarning savdo xizmatini baholash tizimining ishlashi,

aholining oʻzlari uchun qulayliklar boʻyicha tasavvurini, gʻoyasini, turli soha mutaxassislarining

isteʼmolchi sifatidagi fikrini maʼlumot koʻrinishiga xotiraga koʻchirish imkonining yaratilishi
bilan taʼminlanadi;

- jamiyat muxitiga tez moslashishi, jamiyatning rivojlanishini tezlashtirishi

insoniyatning yangiliklarga boʻlgan doimiy ehtiyoji negizida shakllanadi. Jamiyat oʻzi istagan

narsani tez qabul qiladi. Bu omil har qanday

subʼyektning

moslashuvchanlik koeffisiyentini

oshirib yuboradi. Innovatsiyaning yutuqlaridan biri har doim unga ijobiy ragʻbatning

mavjudligidadir. Innovatsiya majoziy maʼnoda jamiyatda tugʻiladi va u bilan birga nafas oladi,
yaʼni kishilik jamiyatisiz innovatsiya har qanday qiyofada mavjud boʻlolmaydi. Shu

sababali

innovatsion

rivojlanish oʻzining mavjudlik manbasining rivojiga doim ragʻbat koʻrsatadi. Shu

sababli qaysidir rivojlanish yoʻnalishida oʻsayotgan jamiyat rivoji yanada tezlashadi.

Iqtisodiy jihatiga koʻra xususiyatlari —

iqtisodiy omil, resurs turi va miqdoriy

oʻlchovlariga taʼsir etuvchi omil yoki sarflanish darajalarini oʻzgarishiga olib keluvchi omillarni

vujudga keltiruvchi iqtisodiy jarayon, aholi turmush darajasini belgilaydigan iqtisodiy

koʻrsatkichlarini yaxshilashning yangi iqtisodiy manbasi, iqtisodiy oʻsishni taʼminlash


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

137

usullarini tanlash uchun mezon, maʼlum bir iqtisodiyot tarmogʻining yangi shakldagi

evolyusiyasining

boshlanishiga, kengayishiga sabab boʻluvchi vosita sifatida

nomoyon

boʻladi.

Bunga, sogʻlom raqobat

muxitini yaratishda eng asosiy omil sifatini, resurslar turini oshishiga

olib keluvchi iqtisodiy jarayon sifatini, bandlikning yangi sohalarini yaratishga xizmat qiluvchi

iqtisodiy manba sifatini, zamonaviy ilgʻor raqamli texnologiyalarning

tadbiq etilishi asosida

resurs sarfini kamaytirish usullarini targʻib

etuvchi mezon sifatini, savdo xizmatlarining

elektron tijorat tarmogʻini kengaytiruvchi vosita sifatini keltirish mumkin.

Texnologik jihatiga koʻra xususiyatlari –

tizimni avtomatlashtirish, modernizatsiyalash,

raqamli texnologiyalar va nanotexnologiyalarning, sunʼiy ong hamda neyron tarmoqning

sohaga keng joriy etilishi fonida kuzatiladi. Xususan, savdo xizamtalari

tarmogʻida elektron

axborot almashinuvning yoʻlga qoʻyilishi va axborot oqimining kengayishi, elektron toʻlovlar,

elektron hamyon, elektron sarmoya kabi innovatsion tushunchalarning kirib kelishi, sohaviy

xujjatlarning elektron shaklida yaratilishi va saqlanishi kiberxavfsizlik tizimlari yaratilishini
talab qilish xususiyatini beradi.

Yuqorida keltirilgan innovatsion

rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlari mazkur

rivojlanish yoʻnalishining ustunlik jihatlarini taʼminlaydi. Bu jihat sohani rivojlantirishda ayni

shu yoʻnalishning tanlanishiga ilmiy asoslarni shakllantiradi. Shu bilan birga tanlov

jarayonining murakk

ablik kasb etishini taʼkidlash oʻrinli boʻladi. Sababi, rivojlantirish

muammolari har doimgidek koʻzga tashlanadi.

Bizning maqsadimiz, iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida savdo

xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yoki

sohaning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy qonunlarini turlarga, guruxlarga ajratishga emas, balki,
yuqoridagilarni maqsad qilgan tadqiqotlarga amaliy mazmun beruvchi, ustuvorlikga

yoʻl

koʻrsatuvchi, natijalarini baholash uchun ilmiy mezon boʻluvchi mavjud qonuniyatlarning

amaliy xarakterini koʻrsatish, istiqboldagi oqibati, natijalarini baholash, ba

holash natijlariga

tayanib, rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash,

natijaviylikning yuzaga kelishida

taʼsir etuvchilarning ichki va tashqi bogʻliqliklarini tizimli yoki blokli tamoyillar asosida tadqiq

etish yordamida, istiqboldagi maqsadli koʻrsatkichlarning mumkin boʻlgan chegaraviy

oʻzgarishlarini aniqlashga yoʻnaltirilgandir.

Shu sababali

, tadqiq etilayotgan iqtisodiy muammolarning koʻlami, mohiyati, baʼzi

cheklanishlardan ogʻishi kuzatiladi, shuningdek, maqsadni amalga oshirishda belgilangan

vazifalarning ijro

usullari, mexanizmlari, vositalari oʻziga xosligi taʼminlanadi.

Sohani tadqiq etishda ekonometrik tadqiqotlarning oʻtkazilmaganligi, yoki yetarli

emasligi, savdo xizmatlari tarmogʻidagi iqtisodiy muammolarning qoʻyilishida ham oʻz taʼsirini
koʻrsatadi. Tadqiqotning ekonometrik qamrovi esa muammoga chuqurroq yondashish

imkoniyatini oshiradi.

Savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish strategik

xarakterga ega boʻlishligi uchun uning qamrov darajasi sohadagi dolzarblik jihatdan ahamiyatli,
tizimli taʼsir ostida shakllanuvchi, natijasi eng

muxim

soha indikatorlari oʻzgarishiga bevosita

bogʻlangan, ustuvorlik elementlarini mujassam etgan masalalarning oʻzaro bogʻliq,

tizimlashgan kompelksidan

iborat boʻlishi talab etiladi.

Tadqiqotimizda shunday kompleks oʻziga xos ravishda shakllantirib olindi. Uning

darajasini, toʻliqligini, ahamiyatini sohani tadqiq etishda modellashtirish zaruriyatini keltirib
chiqaruvchi masalalar dolzarbligi bilan bogʻlab tushuntirish mumkin. Quyida e

konometrik

tadqiq etilishi zarur boʻlgan savdo xizmatlari tarmogʻining

komplekslashgan tizimli masalalari

keltirib oʻtamiz (1

-jadval)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

138

1-jadval

Savdo xizmatlari tarmogʻini rivojlantirishning kompleks tizimli masalalari

Iqtisodiy muammoning

qoʻyilishi (tor maʼnoda)

Tizimlashgan shakli

Yechimga ega boʻlish mexanizmi

(ilmiy asoslash)

Mintaqada sohaning

rivojlanish tendensiyasida

muxim ahamiyatli asosiy va

hosilaviy belgilarni ajratish

Sohaning rivojlanish tenden-

siyasi uchun muxim

koʻrsatkichlar tizimini ishlab

chiqish, oʻzaro va kompleks

taʼsirini baholash

Statistik va ekonometrik tahlil

oʻtkazish, baholashning adekvat

empirik modellarini ishlab chiqish

Mintaqaning iqtisodiy

salohiya-tini oshirish

dinamikasida savdo

xizmatlari salmogʻini

tarkibiy baholash

Iqtisodiy salohiyatni oshirish

dinamikasida nisbiylik

koʻrsat

-

kichlari tizimini shakllantirish,

tizimning salbiy nisbatini

aniqlash

Ekonometrik tahlil oʻtkazish,

nisbiylik koʻrsatkichlarining oʻzaro

taʼsirini baholashning adekvat

dinamik ekonometrik modellarini

ishlab chiqish

Mintaqaning aholiga savdo

xiz-matlarini innovatsion

rivoj-lantirish salohiyatini

baholash

Aholiga savdo xizmatlarini

innovatsion rivojlantirish

salohiyatini baholash omillari

tizimini shakllantirish,

bogʻlanish shaklini yaratish,

salohiyatning samaradorlikni

taʼminlash darajasini aniqlash

Ekonometrik tahlil oʻtkazish, taʼsir

omillarining prognoz qiymatlarini

hisoblash uchun adekvat

ekonometrik modellar ishlab chiqish

Mintaqada savdo

xizmatalari

barqaror oʻsish

tendensiyasini aniqlash

mezonlarini yaratish

Savdo xizmatlarini rivojlanti-

rishning istiqbolda shartli

iqtisodiy oʻsish darajasini

belgilab beruvchi rivojlanish-

ning asimptotik chizigʻini

aniqlovchi mezonlar tizimini

ishlab chiqish

Sohaviy koʻrsatkichlar boʻyicha

balans tenglamalarini qurish,

Tarmoqlararo tendensiyalar

chizigʻini aniqlash, tendensiyaning

barqarorlikga erishish shartini ifoda

etuvchi murakkab, vaqtga va

oʻlchovli funksiyaga bogʻliq

ekonometrik modelini

asimptotik

chizigʻini aniqlovchi mezonlar

ifodasini qurish

Savdo korxonalarining

raqobat-bardosh

innovatsion faoliyatini

tashkil etish

Sogʻlom raqobat

muxitida

savdo korxonalarining

innovatsion faoliyatini tashkil

etishning asosiy omillarini

aniqlash, innovatsion faoliyat

boʻyicha samaradorlik

indeksini hisoblash

Savdo korxonalarining

raqobatbardosh innovatsion

faoliyati boʻyicha samaradorlik

indeksini hisoblash algoritmini

ishlab chiqish

Mintaqada savdo

xizmatlarini innovatsion

rivojlantirishning istiqbolli

asosiy koʻrsatkichlarini

prognozlash

Savdo xizmatlarini

innovatsion rivojlantirishning

istiqbolli ustuvor

yoʻnalishlarini belgilash

Koʻp

ssenariyli

prognozlashtirishning adekvat

modellarini ishlab chiqish

Manba:

muallif ishlanmasi.

Xududiy

jihatdan maʼlum bir iqtisodiy sektorni rivojlantirish takliflari uchun avvalo uning

mintaqada rivojlanish tendensiyasini tadqiq etishga toʻgʻri keladi. Bunda apparat statistik tahlil

boʻlib, bu bilan cheklanish

muxim

xulosalarga kelishga yetarli boʻlmaydi. Asosiy tendensiya

koʻrsatkichlari ikki

xududiy kenglikda statistik tahlil etilganda yuzaga keluvchi hosilaviy

koʻrsatkichlar (nisbiy, absolyut farqlar va

h.z

.) oddiy axborot koʻrsatkichi sifatida baholanib,

omil sifatida baholashga imkon bermaydi. Bu ekonometrik tahlil qilish zaruriyatini keltirib

chiqaradi (Maxmatqulov, 2023-2022).

Savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirish mintaqaning innovatsion rivojlanish va


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

139

iqtisodiy salohiyatiga asoslanadi. Bu yerda tarmoqning oʻzini

-

oʻzi rivojlantirish xususiyatining

muxim elementi aks etadi. Shu sababli xududning iqtisodiy salohiyatini oshirish dinamikasida

savdo xizmatlari salmogʻini tarkibiy baholash masalasiga alohida eʼtibor qaratish kerak. Bu

yerda iqtisodiy salohiyati dinamikasining nisbiylik koʻrsatkichi bilan unga taʼsir etuvchi omillar

sifatida savdo xiz

matlari makroiqtisodiy koʻrsatkichlari boʻyicha olingan nisbat chiziqlarining

oʻzgarish tendensiyasi oʻrtasidagi

bogʻliqlikni aniqlash, taʼsir darajasini baholash

muxim

ahamiyatga ega boʻladi. Shuningdek, savdo xizmatlarini

innovatsion rivojlantirish salohiyatini

baholash koʻrsatkichlarining istiqboldagi oʻzgarish tendensiyasining ilmiy bashorati zarur

(

Joʻrayev

, 2023).

Xulosa va takliflar.

Mintaqada savdo xizmatalari

barqaror oʻsish tendensiyasini aniqlash eng asosiy

masalalar tizimini shakllantirishni talab etadi. Bu yerda shunday mezonlar ishlab chiqilishi

talab etiladiki, bu istiqbolda uzoq muddatli sohaning maqsadli iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlari

va ularning par

ametrlari uchun asimptotik chizigʻini aniqlab berishi kerak boʻladi. Bu yerda

asimptotik funksiya ekonometrik bogʻliqlar natijasida kelib chiqadi.

Sogʻlom raqobat

muxitida savdo korxonalarining innovatsion faoliyatini tashkil etishda

raqobatchi

subʼyektlarning

oʻzaro, hamda turlararo sogʻlom raqobatini taʼminlovchi omillarni

aniqlash muammosi qoʻyiladi. Bu masalani yechishning yagona quroli raqobat jarayonini

ekonometrik modellashtirishdir.

Savdo xizmatlarini innovatsion

rivojlantirishning ustuvor omillari, yoʻnalishlari,

istiqbolda ularning, sohaviy asosiy indikatorlari oʻsish tendensiyasiga ega boʻlishini qaʼtiy

taʼminlash darajasiga qarab mos ravishda aniqlanadi va belgilanadi. Bu yerda omillarning taʼsir

darajasini baholash, unga koʻra tanlanganlarning kelgusi davrlar uchun prognoz

koʻrsatkichlarini hisoblash, erishilgan natijalar taʼsiri ostida kelib chiquvchi

asosiy

indikatorlarning istiqboldagi oʻzgarishlarini samaradorlik tamoyili asos

ida baholash

yordamida, sohani rivojlantirish yoʻnalishni belgilash imkoniyati yaratiladi.

Isteʼmolchiga keng qulayliklar yaratilgan savdo tizimini yoʻlga qoʻyish, sohaning aholi

turmush tarzini yaxshilashga olib keluvchi funksionalligini koʻpaytirish, savdo xizmatlari

sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan faoliyatni tashkil etish, savdo korxonalar

ini optimal

joylashtirish taqsimotini amalga oshirish, savdo tarmogʻining bandlikni taʼminlash xususiyatini

kuchaytirish, tarmoqni resurs tejamkor sohaga aylantirish, uning investisiya jozibadorligini

oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning muxim omillaridan biriga aylantirish

innovatsion rivojlantirishning eng asosiy vazifalari hisoblanadi

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Abdukarimov B.A. va boshqalar. (2016) Savdo iqtisodiyoti muammolari. Oʻquv qoʻllanma.

-

T.: Iqtisod-moliya,

504 b.

Blondo E. (2005) Innovatsii v roznichnoy torgovle. Biznes-jurnal.

.

№ 4. –

S. 15

19

Doʻstmirzayevich, J. R. F. (2023). A MODEL APPROACH TO LONG

-TERM FORECASTING OF

ELECTRICITY SUPPLY. Journal of Integrated Education and Research, 2(10), 41-45.

Farmon (2022) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-

yanvardagi “2022

-

2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” gi PF

-60-

son Farmoni 1-

ilovasi. // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022

y., 06/22/60/0082-

son //

https://lex.uz/docs/5841063

Fayziyev E.S. (2010)

Servis tizimi faoliyati asoslari. Oʻquv qoʻllanma. Samarqand.

“Zarafshon”,

-170 b.

Harlan E.Spotts et al. (2021) The role of paid media, earned media, and sales promotions in

driving marcom sales performance in consumer services. The role of paid media, earned media,
and sales promotions in driving marcom sales performance in consumer services. Journal of

Business

Research.

Volume

152,

November,

Pages

387-


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr

www.e-itt.uz

140

397//

https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0148296322006610

John Edwards et al. (2022) Linking B2B sales performance to entrepreneurial self-efficacy,

entrepreneurial selling actions. Journal of Business Research. Volume 142, March, Pages 585-593

//

https://www.sciencedirect.com/science/ article/abs/pii/S0148296321009887

Joʻrayev, F. (2023). Agroklaster tizimini optimallashtirish usullari: noaniqlikni algoritm va

model yordamida minimallashtirish. Iqtisodiyot va taʼlim, 24(6), 306

-314.

Joʻrayev, F. D., Ochilov, M. A., Rakhimov, A. M., & Doliyev, S. Q. (2023). Algorithms for

improving models of optimal control for multi-parametric technological processes based on

artificial intelligence. In E3S Web of Conferences (Vol. 460, p. 04013). EDP Sciences.

Klementyeva S.V. (2006) Primeneniye teorii nechetkix mnojestv dlya izmereniya i osenki

effektivnosti realizasii naukoyemkoy produktovoy innovatsii // Zavodskaya laboratoriya. T.72.

№11.

Kotler Filip. (2007) Osnov

ы

marketinga Kratkiy kurs Per s angl

M Izdatelskiy dom

"Vilyame",

-656

s

//

https://staff.tiiame.uz/storage/users/14/books/33f0TabaCBEeboKiTO1qI51b0IHYmMpn1sQ

e7Ey9.pdf

Maxmatqulov Gʻ.X. (2022). Aholiga savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirish

salohiyatini baholashda trend modellarini tanlash mezonlari (Qashqadaryo viloyati misolida).

Iqtisodiyot

va

taʼlim,

23(4),

381–

386.

Retrieved

from

https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/610

Maxmatqulov, Gʻ. (2023). Savdo korxonalarining innovatsion faoliyatini ekonometrik

modellashtirish. Iqtisodiyot va taʼlim, 24(6),

33-38.

Maxmatqulov, G. O. (2022). A Complex systemic issue of the development of the network of

trade services. Development and innovations in science, 1(16), 10-13.

Maxmatqulov, G. O. X. (2023). Savdo xizmatlari tarmog ‘ini rivojlantirish masalalariga

tizimli yondoshuv. Educational Research in Universal Sciences, 2(10), 175-182.

Maxmatqulov, G. O., Sayfullayev, S., & Bobomirzayev, A. (2024). Savdo xizmatlarining

rivojlanish tendensiyasi asosiy ko ‘rsatkichlarining ekonometrik tahlili. Iqtisodiy taraqqiyot va

tahlil, 2(4), 139-149.

Ohud Almutairi et al. (2020) Performance Modelling of the Impact of Cyber Attacks on a

Web-based Sales System. Electronic Notes in Theoretical Computer Science. Volume 353, 1

November,

Pages

5-20

//

https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1571066120300712

Pambuxchiyans O.V. (2014) Organizatsiya torgovli: Uchebnik.-M.: Izdatelsko-torgovaya

korporatsiya «Dashkov i K°»,

-296 s

Raj Agnihotri et al. (2021) Developing benchmarks to capture relative performance for sales

force incentives decisions: Lessons from B2B insurance industry. Industrial Marketing
Management.

Volume

92,

January,

Pages

55-71

//

https://www.sciencedirect.com/science/article/ abs/pii/S0019850120308804

Sharf A.A. (2012) Innovatsii v torgovle: osnovn

ы

ye problem

ы

i puti ix resheniya. Problem

ы

sovremennoy ekonomiki (II): material

ы

mejdunar. zaoch. nauch. konf.

Chelyabinsk: Dva

komsomolsa,

210 s

Soliyev A., Buzrukxonov S. (2010) Marketing. Bozorshunoslik. Darslik.

T.: “Iqtisod

-

moliya”,

-294 b

WIPO (2019) (World Intellectual Property Organization): Global Innovation Index: India

Makes Major Gains as Switzerland, Sweden, U.S., Netherlands, U.K. Top Ranking; Trade

Protectionism Poses Risks for Future Innovation// New Delhi, July 24, 2019,
PR/2019/834//

https://www.wipo.int/pressroom/en/articles/2019/article_0008.html

Библиографические ссылки

Abdukarimov B.A. va boshqalar. (2016) Savdo iqtisodiyoti muammolari. Oʻquv qoʻllanma. -T.: Iqtisod-moliya, – 504 b.

Blondo E. (2005) Innovatsii v roznichnoy torgovle. Biznes-jurnal. –. – № 4. – S. 15–19

Doʻstmirzayevich, J. R. F. (2023). A MODEL APPROACH TO LONG-TERM FORECASTING OF ELECTRICITY SUPPLY. Journal of Integrated Education and Research, 2(10), 41-45.

Farmon (2022) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” gi PF-60-son Farmoni 1-ilovasi. // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son // https://lex.uz/docs/5841063

Fayziyev E.S. (2010) Servis tizimi faoliyati asoslari. Oʻquv qoʻllanma. Samarqand. “Zarafshon”, -170 b.

Harlan E.Spotts et al. (2021) The role of paid media, earned media, and sales promotions in driving marcom sales performance in consumer services. The role of paid media, earned media, and sales promotions in driving marcom sales performance in consumer services. Journal of Business Research. Volume 152, November, Pages 387-397//https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0148296322006610

John Edwards et al. (2022) Linking B2B sales performance to entrepreneurial self-efficacy, entrepreneurial selling actions. Journal of Business Research. Volume 142, March, Pages 585-593 // https://www.sciencedirect.com/science/ article/abs/pii/S0148296321009887

Joʻrayev, F. (2023). Agroklaster tizimini optimallashtirish usullari: noaniqlikni algoritm va model yordamida minimallashtirish. Iqtisodiyot va taʼlim, 24(6), 306-314.

Joʻrayev, F. D., Ochilov, M. A., Rakhimov, A. M., & Doliyev, S. Q. (2023). Algorithms for improving models of optimal control for multi-parametric technological processes based on artificial intelligence. In E3S Web of Conferences (Vol. 460, p. 04013). EDP Sciences.

Klementyeva S.V. (2006) Primeneniye teorii nechetkix mnojestv dlya izmereniya i osenki effektivnosti realizasii naukoyemkoy produktovoy innovatsii // Zavodskaya laboratoriya. T.72. №11.

Kotler Filip. (2007) Osnovы marketinga Kratkiy kurs Per s angl — M Izdatelskiy dom "Vilyame", -656 s //https://staff.tiiame.uz/storage/users/14/books/33f0TabaCBEeboKiTO1qI51b0IHYmMpn1sQe7Ey9.pdf

Maxmatqulov Gʻ.X. (2022). Aholiga savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirish salohiyatini baholashda trend modellarini tanlash mezonlari (Qashqadaryo viloyati misolida). Iqtisodiyot va taʼlim, 23(4), 381–386. Retrieved from https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/610

Maxmatqulov, Gʻ. (2023). Savdo korxonalarining innovatsion faoliyatini ekonometrik modellashtirish. Iqtisodiyot va taʼlim, 24(6), 33-38.

Maxmatqulov, G. O. (2022). A Complex systemic issue of the development of the network of trade services. Development and innovations in science, 1(16), 10-13.

Maxmatqulov, G. O. X. (2023). Savdo xizmatlari tarmog ‘ini rivojlantirish masalalariga tizimli yondoshuv. Educational Research in Universal Sciences, 2(10), 175-182.

Maxmatqulov, G. O., Sayfullayev, S., & Bobomirzayev, A. (2024). Savdo xizmatlarining rivojlanish tendensiyasi asosiy ko ‘rsatkichlarining ekonometrik tahlili. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(4), 139-149.

Ohud Almutairi et al. (2020) Performance Modelling of the Impact of Cyber Attacks on a Web-based Sales System. Electronic Notes in Theoretical Computer Science. Volume 353, 1 November, Pages 5-20 // https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1571066120300712

Pambuxchiyans O.V. (2014) Organizatsiya torgovli: Uchebnik.-M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya «Dashkov i K°», -296 s

Raj Agnihotri et al. (2021) Developing benchmarks to capture relative performance for sales force incentives decisions: Lessons from B2B insurance industry. Industrial Marketing Management. Volume 92, January, Pages 55-71 // https://www.sciencedirect.com/science/article/ abs/pii/S0019850120308804

Sharf A.A. (2012) Innovatsii v torgovle: osnovnыye problemы i puti ix resheniya. Problemы sovremennoy ekonomiki (II): materialы mejdunar. zaoch. nauch. konf. – Chelyabinsk: Dva komsomolsa, – 210 s

Soliyev A., Buzrukxonov S. (2010) Marketing. Bozorshunoslik. Darslik. – T.: “Iqtisod-moliya”, -294 b

WIPO (2019) (World Intellectual Property Organization): Global Innovation Index: India Makes Major Gains as Switzerland, Sweden, U.S., Netherlands, U.K. Top Ranking; Trade Protectionism Poses Risks for Future Innovation// New Delhi, July 24, 2019, PR/2019/834//https://www.wipo.int/pressroom/en/articles/2019/article_0008.html

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)