Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
250
O
ʻ
ZBEKISTONDA BYUDJET TASHKILOTLARI UCHUN ELEKTRON DO
ʻ
KON
ORQALI DAVLAT XARIDLARINI BOSHQARISH SAMARADORLIGI VA IQTISODIY
TEJASH IMKONIYATLARI
Turabov Sarvar Abdumalikovich
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari uchun davlat
xaridlarini
elektron doʻkonlar orqali boshqarishning samaradorligini va iqtisodiy afzalliklarini
oʻrganishga qaratilgan. Oʻzbekistonda davlat xaridlari jarayonlarini elektronlashtirishning
asosiy maqsadlari
–
korrupsiyani kamaytirish, byudjet mablagʻlaridan tejamkor f
oydalanish va
xarid jarayonining shaffofligini taʼminlashdir. 2021
-yil 22-
aprelda OʻRQ
-684-sonli qabul qilingan
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun hamda 2024
-yil 10-iyuldagi PQ-249-
sonli “Davlat xaridlari
tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbi
rkorlik subyektlari ishtirokini ragʻbatlantirish
chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror orqali davlat xaridlarini elektron doʻkonlar yordamida
amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratildi va iqtisodiy samaradorlikka erishish yoʻlida
katta qadamlar qoʻyildi. Davlat xaridlarida elektron doʻkonlarning qoʻllanishi Oʻzbekiston
iqtisodiyotida qanday oʻzgarishlarga olib kelgani haqida batafsil tahlil keltiriladi. Bu jarayonda
Indoneziya, Qozogʻiston va Estoniya kabi mamlakatlarning tajribalari, shuningdek, ul
arning
elektron xarid tizimlarining Oʻzbekistondagi davlat xaridlarida qoʻllanilishi oʻrganiladi. Ushbu
tadqiqot 2022-2024-
yillar davomida elektron doʻkonlar orqali amalga oshirilgan davlat xaridlari
natijalari asosida olib borilgan boʻlib, davlat mablagʻl
aridan samarali foydalanish va tejash
imkoniyatlari bilan bogʻliq muhim maʼlumotlarni ochib beradi.
Kalit soʻzlar:
Oʻzbekiston, davlat xaridlari, elektron doʻkonlar, iqtisodiy samaradorlik,
korrupsiyani kamaytirish, byudjet tejash, xalqaro tajriba, elektron xaridlar, davlat buyurtmalari.
ЭФФЕКТИВНОСТЬ И ВОЗМОЖНОСТИ ЭКОНОМИИ ПРИ УПРАВЛЕНИИ
ГОСУДАРСТВЕННЫМИ ЗАКУПКАМИ ДЛЯ БЮДЖЕТНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ ЧЕРЕЗ
ЭЛЕКТРОННЫЕ МАГАЗИНЫ В УЗБЕКИСТАНЕ
Турабов Сарвар Абдумаликович
Ташкентский международный университет Кимё
Аннотация
.
Данная статья посвящена изучению эффективности и экономических
преимуществ управления государственными закупками для бюджетных организаций
Республики Узбекистан через электронные магазины. Основными целями цифровизации
процессов государственных закупок в Узбекистане являются снижение коррупции,
рациональное использование бюджетных средств и повышение прозрачности в процессе
закупок. Закон «О государственных закупках» (OʻRQ
-
684), принятый 22 апреля 2021 года,
и Постановление «О мерах по совершенствованию системы государственных закупок и
стимулированию участия субъектов малого бизнеса» (PQ
-
249), изданное 10 июля 2024
года, создали новые возможности для проведения государственных закупок через
электронные магазины, что стало значительным шагом на пути к экономической
эффективности.
UO
‘
K: 336.1(575.1)
X SON - OKTABR, 2024
250-256
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
251
В статье представлен детальный анализ влияния использования электронных
магазинов в государственных закупках на экономику Узбекистана, с опорой на опыт
таких стран, как Индонезия, Казахстан и Эстония. Исследование, основанное на
результатах государственных закупок через электронные магазины в период с 2022 по
2024 год, раскрывает важные данные о возможности эффективного использования
средств и экономии бюджета.
Ключевые слова:
Узбекистан, государственные закупки, электронные магазины,
экономическая
эффективность,
снижение
коррупции,
экономия
бюджета,
международный опыт, электронные закупки, государственные заказы.
THE EFFICIENCY AND COST-SAVING POTENTIAL OF MANAGING PUBLIC PROCUREMENT
FOR BUDGET ORGANIZATIONS THROUGH ELECTRONIC STORES IN UZBEKISTAN
Turabov Sarvar Abdumalikovich
Kimyo International University in Tashkent
Abstract.
This article focuses on examining the efficiency and economic benefits of
managing public procurement for budget organizations in the Republic of Uzbekistan through
electronic stores. The primary objectives of digitizing public procurement processes in Uzbekistan
are to reduce corruption, ensure cost-effective use of budget funds, and increase transparency in
the procurement process. The Law on Public Procurement
(OʻRQ
-684), adopted on April 22, 2021,
and the Resolution on Measures for Improving the Public Procurement System and Promoting
Small Business Participation (PQ-249), issued on July 10, 2024, have established new opportunities
for conducting public procurements through electronic stores, marking significant steps toward
economic efficiency. This article provides a detailed analysis of the impacts of using electronic
stores in public procurement on
Uzbekistanʼs
economy, drawing comparisons with the experiences
of countries like Indonesia, Kazakhstan, and Estonia. The study, based on public procurement
outcomes via electronic stores from 2022 to 2024, reveals valuable insights into effective fund
utilization and potential savings.
Keywords:
Uzbekistan, public procurement, electronic stores, economic efficiency,
corruption reduction, budget savings, international experience, e-procurement, government
contracts.
Kirish.
Oʻzbekiston Respublikasida davlat xaridlarini elektron tizimlar orqali boshqarish soʻnggi
yillarda byudjet mablagʻlarini samarali boshqarish, korrupsiyani kamaytirish va davlat
buyurtmalarini shaffof oʻtkazishga qaratilgan islohotlarning muhim yoʻnalishlaridan biri
hisoblanadi. 2021-
yilda qabul qilingan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ
-684) davlat
xaridlarini elektron shaklda amalga oshirish, narxlarni pasaytirish uchun elektron
auksionlardan foydalani
sh va davlat xaridlarini ochiq va raqobatli qilishni taʼminlash
maqsadida ishlab chiqilgan (Qonun, 2021). Mazkur qonunning kuchga kirishi davlat xaridlarini
raqamlashtirish orqali mamlakat iqtisodiyoti uchun sezilarli tejash imkoniyatlarini yaratdi.
2024-yil 10-iyuldagi PQ-249-
sonli “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda
kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini ragʻbatlantirish chora
-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi qabul
qilingan qaror esa davlat xaridlarida kichik va oʻrta tadbirkorlik sub
yektlari uchun
imkoniyatlarni kengaytirish va xarid jarayonlarini elektron tizimlar orqali shaffof amalga
oshirishga alohida urgʻu beradi. Ushbu qaror davlat xaridlarini yanada samarali qilishga va
raqobatni oshirishga koʻmaklashib, xarid jarayonlarida davlat mablagʻlarini optimallashtirish
uchun yangi imkoniyatlar yaratdi (Qaror,
2024). Oʻzbekistonning davlat xaridlari sohasida bu
kabi raqamli yondashuvlarni kengaytirishi xalqaro tajribaga hamohang boʻlib, mamlakat
iqtisodiyotida sezilarli darajada mablagʻ tejalishini taʼminlaydi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
252
Indoneziya, Qozogʻiston va Estoniya davlat xaridlarining raqamli tizimlarini joriy etish
orqali davlat mablagʻlarini tejash va samaradorlikni oshirish boʻyicha yirik islohotlarni amalga
oshirgan davlatlardan hisoblanadi. Indoneziya hukumati tomonidan joriy etilgan
“
e-Procurement
” tizimi davlat xaridlarida shaffoflikni oshirib, xarajatlarni kamaytirishga
erishgan. Bu tizim orqali raqobatbardoshlik kuchayib, xarid jarayonidagi byurokratiya sezilarli
darajada qisqartirilgan va davlat mablagʻlari samarali bosh
qarilgan (Handoko va boshqa,
2018).
Qozogʻiston esa 2019
-
yilda “
Electronic Government Procurement
” (EGP) tizimini joriy
qilgan boʻlib, davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish va narxlarni pasaytirish maqsadida keng
koʻlamli islohotlarni amalga oshirdi (
Baktybekov va boshqa, 2020). Ushbu islohotlar
Qozogʻistonda davlat xarajatlarini qisqartirish va byudjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish
imkoniyatini yaratdi.
Estoniya xalqaro miqyosda raqamli davlat xaridlari tizimini joriy qilishda yetakchi
davlatlardan biri boʻlib, 2000
-
yillardan boshlab davlat xaridlarini toʻliq elektron shaklda
boshqarishga oʻtgan (
Vassil, 2015). Estoniya tajribasi davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish,
korrupsiyani kamaytirish va davlat xarajatlarining samaradorligini taʼminlashda yuqori
natijalarga erishgan. Yuqoridagi xalqaro tajribalar va Oʻzbekistonning soʻnggi qonunchilik
islohotlari asosida ushbu maqolada byudjet tashkilotlari uchu
n elektron doʻkonlar orqali
amalga oshirilayotgan davlat xaridlari samaradorligini oshirish va iqtisodiy tejash
imkoniyatlarini tahlil qilishga eʼtibor qaratiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Davlat xaridlarini raqamlashtirish, shaffoflikni oshirish va byudjet mablagʻlaridan
samarali foydalanishni taʼminlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Ushbu tadqiqotning ilmiy asoslari, Oʻzbekiston Respublikasida davlat xaridlarini e
lektron
doʻkonlar orqali amalga oshirish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun va qarorlarga,
shuningdek, xalqaro tajribaga asoslangan. Oʻzbekiston Respublikasida 2021 yilda qabul
qilingan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ
-684) davlat xari
dlarini elektron doʻkon va
auksion tizimlari orqali amalga oshirishni qoʻllab
-quvvatlash bilan birga, korrupsiyani
kamaytirish va shaffoflikni taʼminlashni maqsad qilgan. Ushbu normativ hujjatlar davlat
xaridlarini yana-da raqobatbardosh va tejamkor shaklg
a keltirishga qaratilgan boʻlib, davlat
xarajatlarini optimallashtirishga koʻmaklashadi
(Qonun, 2021).
Indoneziya, Qozogʻiston va Estoniyadagi elektron xarid tizimlari ushbu yoʻnalishda katta
yutuqlarga erishgan. Indoneziya e-Prosurement tizimi orqali davlat xaridlarida shaffoflik va
samaradorlikni oshirib, korrupsiya xavfini kamaytirishga erishgan boʻlsa, Qozogʻistonning
Elestronis Government Prosurement (EGP) tizimi davlat xarajatlarini kamaytirishga va byudjet
mablagʻlaridan oqilona foydalanishga imkon yaratdi. Estoniya esa xalqaro miqyosda davlat
xaridlarini toʻliq raqamli shaklda amalga oshirishni yoʻlga qoʻygan yetakchi davlatlardan biri
boʻlib, uning tajribasi davlat xaridlarida ochiqlikni taʼminlash va iqtisodiy samaradorlikni
oshirishda yuqori natijalarni koʻrsatdi.
Ilmiy tadqiqotlar ham davlat xaridlarida elektron tizimlarning afzalliklarini taʼkidlaydi.
Masalan, Handoko va boshqalar (2018) Indoneziya tajribasi asosida elektron davlat
xaridlarining shaffoflik va xarajatlarni kamaytirishga qoʻshgan hissasini ochib bergan.
Shuningdek, Baktybekov va Zhumashova
(2020) Qozogʻiston tajribasini oʻrganib, davlat
xaridlarida samaradorlikni oshirishda elektron tizimlarning ahamiyatini koʻrsatgan. Jahon
banki (2017) tomonidan nashr etilgan “
Digital Government Toolkit
” hisobotida
ham davlat
xaridlarini raqamlashtirish orqali byudjet samaradorligini oshirishga erishish muhimligi
taʼkidlangan.
Rus olimi Andreeva (2009)
davlat xaridlarining huquqiy masalalarini oʻrganishda “davlat
ehtiyojlari”ni mustaqil maʼnoga ega boʻlgan huquqiy tushuncha sifatida alohida ajratib
koʻrsatdi. Bunda byudjet buyurtmachilarining vakolati doirasida tegishli funksiya va vazifalarni
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
253
amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan davlat ehtiyojlarining tarkibiga tovar, ish va xizmatlarga
boʻlgan ehtiyojlar kiradi deb taʼkidlangan.
Davlat xaridlarining nazariy asoslari uzoq xorij mamlakatlari olimlaridan Frayberg, Etse,
Makmurray, Muenjonlarning (2021) tadqiqotlarida tadqiq etilgan
boʻlib, ular
oʻz tadqiqotlarida
davlat buyurtmasi, barqaror davlat xaridlari hamda mamlakatning barqaror rivojlanish
natijalariga erishishning yakuniy maqsadi bilan tovar va xizmatlar hamda davlat sektorida
ishlarni sotib olish jarayonini bilan oʻzaro bogʻliqligi tadqi
q etilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasi tovar
-xomashyo birjasining 2022-2024-
yillarda davlat xaridlari doirasida oʻtkazilgan elektron auksionlar va elektron doʻkonlar
faoliyati haqidagi choraklik hisobotlari asosida davlat xaridlarining iqtisodiy samaradorligi va
tejamkorlik imkoniyatlari tahlil qilindi. Birja savdolari, elektron auksionlar va byudjet
buyurtmachilarning elektron doʻkonlari koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlar toʻplandi va
ushbu xaridlar jarayonida erishilgan tejash foizlari, oʻrtacha bitim baholari hamda xarid
hajmidagi oʻzgarishlar orqali elektron xaridlarning umumiy samaradorligi baholandi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Oʻzbekistonda davlat xaridlarini elektron doʻkonlar orqali amalga oshirish boʻyicha olib
borilayotgan islohotlar davlat byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish va tejash
imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilmoqda. 2022-2024-
yillarda elektron doʻkonlar
orqali
amalga oshirilgan xaridlar natijasida davlat xaridlarining samaradorligi ortgan va xarid
jarayonlari yanada raqobatbardosh va tejamkor shaklga keltirilgan. Quyida har chorakda
elektron doʻkonlar orqali amalga oshirilgan xaridlar hajmi, tejalgan mablagʻ va tejash foizlari
keltirilgan.
1-jadval
2022-2024-
yillarda elektron doʻkon orqali davlat xaridlari koʻrsatkichlari
Yil
Chorak
Xarid hajmi
(mlrd.
soʻm)
Tejash miqdori
(mlrd
. soʻm)
Tejash foizi (%)
Oʻrtacha bitim
narxi
(ming soʻm)
2022
1-chorak
599,3
129,0
17,7
8 390,1
2-chorak
778,6
305,3
28,2
6 539,4
3-chorak
1 241,6
474,5
20,8
7 279,4
4-chorak
1 826,0
948,4
28,5
7 641,9
2023
1-chorak
2 380,8
948,4
28,5
7 641,9
2-chorak
3 007,3
919,0
23,4
7 281,6
3-chorak
4 125,8
1 661,4
28,7
8 330,3
4-chorak
2 380,8
1 047,2
28,5
8 273,4
2024
1-chorak
2 628,3
1 047,2
28,5
8 273,4
2-chorak
4 253,1
1 737,8
29,0
8 177,6
Manba:
O
ʻ
zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining 2022-2024-yillar hisoboti
ma
ʼ
lumotlari asosida tayyorlandi.
O
‘
zbekiston Respublikasida davlat xaridlarini elektron do
‘
konlar orqali amalga oshirish
natijasida har yili va chorakda xarid hajmi, tejash miqdori va tejash foizlari sezilarli darajada
ortib borgan. 2022-yilda elektron do
ʻ
kon orqali amalga oshirilgan xarid hajmi o
ʻ
sib, yil
davomida xaridlar hajmi 599,3 milliard so
ʻ
mdan 1 826,0 milliard so
ʻ
mga yetgan. Natijada, bu
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
254
davrda tejalgan mablag
ʻ
umumiy xarid qiymatining 17,7% dan 28,5% gacha ko
ʻ
tarilib, xaridlar
davlat byudjetiga sezilarli tejash imkonini yaratgan.
2023-yilda xarid hajmining davomiy o
ʻ
sishi kuzatilib, 1-chorakdagi 2 380,8 milliard
so
ʻ
mlik xarid hajmi 3-chorakda 4 125,8 milliard so
ʻ
mga yetgan. Bu davrda umumiy tejash foizi
28,7% ga yetib, davlat byudjetiga sezilarli iqtisodiy samara olib keldi.
Oʻrtacha bitim narxi ham
ortib borishi xaridlarning iqtisodiy samaradorligini taʼminlagan.
2024-yilning 2-
choragiga kelib, xarid hajmi 4 253,1 milliard soʻmga yetib, bu davrda
tejalgan mablagʻ boshlangʻich narxga nisbatan 29,0% ga teng boʻldi. Elektron doʻkonlar orqali
amalga oshirilgan xaridlar jarayonida xarajatlarning sezilarli qismini tejashga erishilgan va
oʻrtacha bitim narxi 8 177,6 ming soʻmni tashkil qilgan. Bunday koʻrsatkichlar davlat
xaridlarining samaradorligini oshirishda elektron doʻkonlar orqali olib borilgan xaridlar yuqori
darajada tejamkor boʻlganini koʻrsatadi. Davlat xaridlarining elektron doʻkon orqali amalga
oshirilishi davlat byudjet mablagʻlarining samarali boshqarilishi, shaffoflikni taʼminlashi va
korrupsiyani kamaytirishga xizmat qilgani, shu bilan birga xalqaro standartlarga mos keladigan
iqtisodiy natijalarga erishish
ni taʼminlagan.
Oʻzbekiston Respublikasida davlat xaridlarini elektron doʻkonlar orqali amalga oshirish
mamlakat iqtisodiyotida shaffoflik, raqobatbardoshlik va tejamkorlikni oshirishda katta
oʻzgarishlar keltirdi. Tadqiqot natijalariga koʻra, 2022
-2024-yillarda elektron
doʻkon orqali
amalga oshirilgan xaridlar byudjet mablagʻlarini tejash imkonini yaratgan boʻlib, bu
koʻrsatkichlar yildan
-
yilga oʻsib borgan. Har chorakda qayd etilgan tejash foizining yuqori
koʻrsatkichlari davlat xaridlarida elektron platformalar orqali n
arxlarni pasaytirish va
ishtirokchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish borasida katta yutuqlarga erishilganini
tasdiqlaydi.
Elektron doʻkonlar orqali amalga oshiriladigan xaridlar jarayonida davlat byudjetidan
mablagʻlar samarali sarflanib, xaridlar narxini boshlangʻich bahoga nisbatan pasaytirishga
imkon beradi. Xususan, 2023-yilning 3-
choragida oʻrtacha tejash foizi 28,7% ga yetgan boʻlib,
bu davrda xarid hajmi ham sezilarli darajada oshgan. Bu esa davlat buyurtmalarining
raqobatbardoshligini taʼminlash, narxlarni optimallashtirish va yuqori tejashga erishish
imkonini yaratadi. 2024-yilning 2-
choragida esa oʻrtacha tejash foiz
i 29% ga yetib, davlat
xaridlari samaradorligida yangi yuksaklikka erishilgan. Ushbu koʻrsatkichlar davlat
mablagʻlarini tejamkorlik bilan ishlatishda elektron doʻkonlarning samarali platforma sifatida
faoliyat yuritayotganini koʻrsatadi.
Xalqaro tajribaga nazar tashlansa, Indoneziya va Qozogʻiston kabi davlatlar ham davlat
xaridlarida elektron platformalardan keng foydalanib, mablagʻlarni tejash va shaffoflikni
oshirishda muhim natijalarga erishganlar. Oʻzbekiston elektron doʻkonlarini ken
g joriy qilish
orqali raqamlashtirishning ijobiy taʼsirini yana
-da kuchaytirib, iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini oshirmoqda. Estoniyadagi toʻliq raqamli xarid tizimlaridan farqli oʻlaroq,
Oʻzbekistonda elektron doʻkonlar va auksionlar birgalikda ishlat
ilib, davlat xaridlarida
korrupsiyaga qarshi kurashish va narxlarning raqobatbardoshligini taʼminlashda sezilarli
natijalarga erishilmoqda. Davlat xaridlarini elektron doʻkonlar orqali amalga oshirish kelgusida
mamlakatda davlat byudjet mablagʻlarini yanad
a samarali boshqarish va bu jarayonda xalqaro
amaliyotga tayangan holda texnologik yechimlarni kengaytirish imkonini beradi. Shu sababli,
elektron doʻkonlardan foydalanishni kengaytirish va ularning texnologik imkoniyatlarini
rivojlantirish davlat xaridlar
ini boshqarishda yangi yuksaklikka erishish, davlat mablagʻlarini
tejamkor ishlatish va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa va takliflar.
Oʻzbekiston Respublikasida davlat xaridlarini elektron doʻkonlar orqali amalga oshirish
samaradorligini oshirish va davlat byudjetidan mablagʻlarni tejamkor foydalanish imkonini
berdi. 2022-2024-
yillar davomida elektron doʻkonlar orqali amalga oshirilgan xaridlar
natijasida xarid jarayonlari ochiqligi va shaffofligi taʼminlandi, bu esa korrupsiyani kamaytirish,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
255
raqobatni oshirish va narxlarni optimallashtirishda ijobiy natijalar koʻrsatdi. Har chorakda
oʻrtacha tejash foizining yuqori boʻlishi elektron doʻkonlar orqali davlat xaridlarini samarali
boshqarish imkoniyatlarini yanada mustahkamladi. Tadqiqot natijalar
i koʻrsatdiki, davlat
xaridlari jarayonida elektron tizimlardan foydalanish davlat byudjet mablagʻlarining tejashiga
sezilarli hissa qoʻshib, xarajatlarni oqilona boshqarishga imkon beradi.
Elektron doʻkonlardan foydalanishning xalqaro tajribasi, jumladan, Janubiy Koreya,
Estoniya va Indoneziyada qoʻllanilayotgan ilgʻor amaliyotlar Oʻzbekiston uchun namunali
boʻlib, ularning koʻpchiligi Oʻzbekiston sharoitida joriy qilindi. Shu bilan birga, e
lektron
doʻkonlar orqali davlat xaridlarini amalga oshirishning samaradorligi yuqori boʻlsa
-da, bu
tizimni rivojlantirish va yanada kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada
kuchaytirish zarur.
1.
Elektron doʻkonlar platformasini yanada takomillashtirish
: Davlat xaridlarining
barcha bosqichlarini toʻliq raqamli shaklda boshqarish uchun yangi texnologiyalarni joriy qilish
maqsadga muvofiqdir. Bu, ayniqsa, xarid jarayonining shaffofligi va monitoringi uchun
muhimdir. Buning uchun platformani rivojlantirish va innovatsion vositalarni joriy etish kerak,
masalan, sunʼiy intellekt yordamida xarid jarayonini optimallashtirish va potensial korrupsion
xavf omillarini oldindan aniqlash.
2.
Korrupsiyaga qarshi mexanizmlarni kuchaytirish
: Elektron xarid tizimlarining
shaffofligini oshirish uchun ochiq auksionlar va tendersiz xarid jarayonlarini kengaytirish
tavsiya etiladi. Davlat xaridlarida ishtirok etuvchi tashkilotlarning oʻzaro raqobatini oshirish
orqali narxlarni kamaytirishga yordam beradigan sharoit yaratish, shuningdek, davlat
xaridlarini nazorat qiluvchi mustaqil komissiyalarni faolroq jalb qilish tavsiya etiladi.
3.
Xalqaro tajribalarni oʻrganish va tatbiq qilish
: Janubiy Koreyaning KONEPS va
Estoniyaning toʻliq raqamli xarid tizimlari Oʻzbekiston uchun foydali namuna boʻlib, ushbu
tizimlardan foydalanish orqali davlat xaridlarining yanada shaffof va raqobatbardosh boʻlishini
taʼminlash mumkin. Shu asosda elektron
xarid tizimlarini kengaytirish va ularni xalqaro
standartlarga moslashtirish maqsadga muvofiqdir.
4.
Davlat xaridlari xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish
: Davlat xaridlarini
amalga oshiruvchi xodimlarning malakasini oshirish va ularni elektron doʻkonlardan samarali
foydalanishga oʻrgatish boʻyicha doimiy treninglar tashkil qilish lozim. Bu jarayon davlat
xaridlarida ishlatilayotgan platformalarning yanada
samarali va xatolardan xoli boʻlishiga
xizmat qiladi.
5.
Elektron doʻkonlardan kichik va oʻrta biznes foydalanuvchilarini jalb qilish
:
Davlat xaridlariga kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish
kerak. Elektron doʻkonlardan foydalanishda bizneslar uchun qulay sharoitlar yaratish, davlat
xaridlarida ularga qulay raqobat muhitini taʼminlash orqali ma
halliy iqtisodiyotning
rivojlanishiga xizmat qiladigan yechimlar ishlab chiqilishi zarur.
6.
Platformani kuzatish va tahlil qilish tizimini joriy etish
: Elektron doʻkonlarda
amalga oshirilgan xaridlarni tahlil qilish uchun maxsus kuzatuv va baholash tizimini joriy qilish,
bu orqali xarid jarayonlarini doimiy monitoring qilib borish kerak. Platforma natijalarini
baholash orqali kelajakdagi islohotlarni takomillashtirish imkoniyati yaratiladi.
Elektron doʻkonlardan foydalanishni kengaytirish va samaradorligini oshirish orqali
davlat xaridlarida raqamli islohotlarni rivojlantirish kelajakda Oʻzbekistonning iqtisodiy
barqarorligini taʼminlash va davlat xaridlarini yanada shaffof qilishga xizmat qi
ladi. Bu tizimni
yanada takomillashtirish orqali davlat xaridlarini boshqarish samaradorligini oshirish va
davlat byudjet mablagʻlarini tejamkor ishlatishga katta hissa qoʻshish mumkin boʻladi.
Adabiyotlar/ Литература/
Reference:
Andreeva L.V. (2009) Zakupki tovarov dlya
federalʼnix
gosudarstvennix nujd: pravovoe
regulirovanie. M.: Volters Kluver, S. 24.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
256
Baktybekov, A., & Zhumashova
, Z. (2020). “
Electronic Government Procurement (EGP) and
Budget Efficiency in Kazakhstan
.”
Central Asian Economic Review, 2, 140-155.
Frayberg T.V. (2021) Gosudarstvenniy
(munitsipalʼnы
y) zakaz kak forma organizatsii
byudjetnogo finansirovaniya: Dis. kand. ek. nauk: 08.00.10. Irkusk, 2006. S. 66.; Daniel Etse, Adela
McMurray, Nuttawuth Muenjohn Comparing sustainable public procurement in the education and
health sectors. // Journal of Cleaner Production 279 (2021) 123959
Handoko, V., Nasution, R., & Natasya
, S. (2018). “
e-Procurement
ʼs
Role in Public Procurement
Transparency: The Case of Indonesia
.”
Journal of Public Procurement, 18(2), 200-215.
Korea Public Procurement Service
. (2019). “KONEPS:
The Republic of
Koreaʼs
e-Procurement
System
.”
Government Procurement Annual Report, 27-39.
Qaror (2024) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. “Davlat xaridlari jarayonlarini
optimallashtirish va kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini kengaytirish toʻgʻrisida” PQ
-249-
sonli qaror. 10-iyul, 2024.
Qonun (2021) Oʻzbekiston Respublikasi. “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun, OʻRQ
-684. 22-
aprel, 2021.
Vassil
, K. (2015). “
The Estonian e-Government Success Story: How to Keep Transparency and
Efficiency in Public Procurement
.”
Public Administration Review, 75(4), 521-529.
World Bank. (2017). Digital Government Toolkit: Leveraging e-Procurement for Fiscal
Efficiency and Transparency. World Bank Publications.
