Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
205
BANK AKTIVLARI VA PASSIVLARI O
’
RTASIDAGI MUNOSABATNING BANK
DAROMADLIGIGA TA
’
SIRI
Soatov Farhod Komiljon o
‘
g
‘
li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0002-2162-8553
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqot bank aktivlari va passivlari o'rtasidagi munosabatlarning
bank rentabelligiga ta'sirini o'rganadi, moliyaviy natijalarda aktiv-passivlarni samarali
boshqarishning muhim rolini ko'rsatadi. Banklar, birinchi navbatda, kreditlar va investitsiyalar
kabi aktivlar bo'yicha olinga
n foizlar hisobidan daromad oladilar, passivlar bo’yicha foizli
xarajatlar, shu jumladan depozitlar va qarzlar bo’yicha to’lanadigan foizlar esa ushbu daromad
keltiruvchi aktivlarning moliyalashtirish manbalari tannarxini ifodalaydi. Ushbu ikki element
o'rtasidagi muvozanat sof foizli daromadni (NII-Net interest income) va sof foizli marjani (NIM-
Net interest margin) aniqlaydi, bu ikkalasi ham rentabellikning asosiy ko'rsatkichlari. Foiz
stavkalari spredlari, aktivlar sifati, muddatlarning mos kelmasligi va likvidlikni boshqarish kabi
omillar bankning rentabelligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Yaxshi boshqariladigan aktiv-passiv
aralashmasi daromad barqarorligini oshiradi va foiz stavkalarining o'zgarishi va likvidlik
cheklovlari bilan bog'liq risklarni kamaytiradi. Aksincha, noto'g'ri boshqaruv marjaning
qisqarishiga, xavfning oshishiga va potentsial moliyaviy beqarorlikka olib kelishi mumkin.
Aktivlar va passivlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni tushunish va optimallashtirish banklar uchun
maksimal rentabellikni oshirish, risklarni boshqarish va raqobatbardosh va tartibga solinadigan
muhitda uzoq muddatli o'sishni ta'minlash uchun juda muhimdir. Shu nuqtai nazardan, men
ushbu maqolamda bank daromadligini oshirishda sof foizli marjaning ahamiyati, hamda
O’zb
ekiston Respublikasi bank tizimi faoliyatida bank ativlari va passivlari boshqarilishi holati va
bank tizimi samaradorligiga ta’sirini ochib berishga harakat qildim.
Kalit so‘zlar:
sof foizli marja, bank rentabelligi, foiz stavkasi spredi, likvidlik, aktivlar sifati,
risklarni boshqarish.
ВЛИЯНИЕ СООТНОШЕНИЯ МЕЖДУ АКТИВАМИ И ПАССИВАМИ БАНКА
НА ЕГО ПРИБЫЛЬНОСТЬ
Соатов Фарход Комилжон угли
Ташкентский
государственный экономический университет
Аннотация
.
В данном исследовании рассматривается влияние соотношения
между активами и пассивами банка на его прибыльность, что подчеркивает
критическую роль эффективного управления активами и пассивами в финансовых
показателях. Банки получают доход в основном за счет
процентов, начисляемых на
активы, такие как кредиты и инвестиции, в то время как обязательства, включая
депозиты и займы, представляют собой стоимость средств. Баланс между этими двумя
элементами определяет чистый процентный доход (ЧПД) и чистую процентную маржу
(ЧПМ)
-
ключевые показатели рентабельности. Такие факторы, как процентные спрэды,
качество активов, несовпадение сроков погашения и управление ликвидностью,
оказывают существенное влияние на прибыльность банка.
UO
‘
K: 336.78.061.1
X SON - OKTABR, 2024
205-216
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
206
Хорошо управляемая структура активов и пассивов повышает стабильность
доходов и снижает риски, связанные с колебаниями процентных ставок и нехваткой
ликвидности. Напротив, неэффективное управление может привести к снижению
прибыли, увеличению риска и потенциальной финансовой
нестабильности. Понимание и
оптимизация взаимосвязи между активами и пассивами необходимы банкам для
максимизации прибыльности, управления рисками и поддержания долгосрочного роста в
условиях конкуренции и регулирования. С этой точки зрения в данной статье я
попыталась раскрыть значение чистой процентной маржи в повышении прибыльности
банка, а также состояние управления активами и пассивами банка в банковской системе
Республики Узбекистан и его влияние на эффективность банковской системы.
Ключевые слова:
чистая процентная маржа, рентабельность банка, процентный
спрэд, ликвидность, качество активов, управление рисками.
THE EFFECT OF THE RELATIONSHIP BETWEEN BANK ASSETS AND
LIABILITIES ON BANK PROFITABILITY
Soatov Farhod Komiljon ugli
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This study examines the impact of the relationship between bank assets and
liabilities on bank profitability, highlighting the critical role of effective asset-liability
management in financial performance. Banks generate income primarily through interest earned
on assets such as loans and investments, while liabilities, including deposits and borrowings,
represent the cost of funds. The balance between these two elements determines net interest
income (NII) and net interest margin (NIM), both key indicators of profitability. Factors such as
interest rate spreads, asset quality, maturity mismatches, and liquidity management significantly
influence the bank’s profitability. A well
-managed asset-liability mix enhances income stability
and reduces risks associated with interest rate fluctuations and liquidity constraints. Conversely,
poor management can lead to reduced margins, increased risk exposure, and potential financial
instability. Understanding and optimizing the interplay between assets and liabilities is essential
for banks to maximize profitability, manage risks, and sustain long-term growth in a competitive
and regulated environment. From this point of view, in this article, I tried to reveal the importance
of the net interest margin in increasing the profitability of the bank, as well as the state of
management of bank assets and liabilities in the banking system of the Republic of Uzbekistan and
its effect on the efficiency of the banking system.
Key words:
net interest margin, bank profitability, interest rate spread, liquidity, asset
quality, risk management.
Kirish.
Bankning aktivlari va passivlari o'rtasidagi munosabatlar uning rentabelligiga sezilarli
ta'sir qiladi. Bankning asosan kredit va investitsiyalardan iborat aktivlari foizli daromad
keltiradigan bo’lsa, uning majburiyatlari, asosan depozitlar va ssudalar esa foizli xarajatlarni
keltirib chiqaradi. Bankning ushbu munosabatlarni qanday boshqarishi uning moliyaviy
ko'rsatkichlari, risklarni boshqarish va umumiy barqarorlik uchun muhim ahamiyatga ega. Shu
nuqtai nazardan bank daromadligini oshiruvchi asosiy omillardan bir bu bankning sof foizli
marjasi (NIM-Net interest margin) hisoblanadi: bu jami daromad keltiruvchi aktivlar bo'yicha
olingan foizli daromadlar va ushbu aktivlarni moliyalashtirish uchun jalb qilingan
majburiyatlar (deposit, kredit va boshqalar) bo'yicha hisoblangan foizli xarajatlar o'rtasidagi
farqni o'lchaydigan muhim ko'rsatkichdir. Yuqori NIM aktivlar va passivlarni samaraliroq
boshqarilayotganligini aks ettiradi. Aktivlar va passivlar bo'yicha foiz stavkalari o'rtasidagi farq
bankning sof foizli daromadiga (NII-Net interest income) bevosita ta'sir qiladi. Yuqori foiz
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
207
spredi odatda yuqori rentabellikka olib keladi, past foiz spredi esa marjani kamaytirib,
daromadni kamaytirishi mumkin. Bank aktivlari va passivlari o'rtasidagi dinamik bog'liqlik
bank rentabelligi uchun asosiy hisoblanadi. Ushbu munosabatlarni samarali boshqarish aktiv-
passiv aralashmasini optimallashtirish, foiz stavkalari va likvidlik risklarini boshqarish va
moliyalashtirish xarajatlarini nazorat qilishni o'z ichiga oladi. Ushbu sohalarda muvaffaqiyat
qozongan banklar o'zlarining sof foizli daromadlarini maksimal darajada oshirishlari,
moliyaviy barqarorlikni saqlashlari va umumiy rentabellikni oshirishlari mumkin.
Adabiyotlar sharhi.
Bank kreditidan foydalanilgan vaqt uchun haq toʻlash kredit narxini yoki bahosini tashkil
etadi, u hisobot oyi boshlangunga qadar bank boʻyicha yuzaga keladigan oʻrtacha foiz stavkasi
va marjani oʻz ichiga oladi. Bank oladigan va toʻlaydigan foiz oʻrtasida
gi farq marja deb
yuritiladi. Baʻzi adabiyotlarga koʻra foiz marjasi –
bank aktiv va passiv operatsiyalari boʻyicha
oʻrtacha foiz stavkalari orasidagi farqdir. Abdullayev, Qoraliyev, Toshmurodov, Abdullayevalar
(2010)
fikriga ko’ra “marja tijorat bankining
daromad foizi bilan xarajat foizi o‘rtasidagi farq
yoki olingan va to‘langan foizlar o‘rtasidagi farq. Aynan marja bank foydasi va xarajatlarni
qoplash manbayidir”. Mamadiyorov, Maxmudova va Kurbonbekovalar
(2021)
o’z kitoblarida
marjaga quyidagicha ta’rif berishgan: “marja –
bu jalb qilinuvchi va joylashtiriladigan qarz va
ssuda foiz stavkalari o‘rtasidagi farqdir”.
Xorijlik iqtisodchi olimlardan Rajesh Kumar (2014)
fikricha “Sof foizli marja (SFM)
-
bankning daromad keltiruvchi aktivlari, jumladan, investitsiya qimmatli qog'ozlari, kreditlar va
lizinglar bo'yicha sof daromadlilik o'lchovidir”. Shuningdek, aktiv va passivlar bo’yicha o’rtacha
foiz stavkalari tijorat banklari faoliyatida aktiv va passivlarni boshqarishda muhim vosita
ekanligini ko’rsatib o’tilgan. Tijorat banklari faoliyatini sof foizli marja yoki spred
ko’rsatkichlari boshqarish mumkin. Banklarda aktiv
va passivlar bo’yicha foiz stavkalar
o’rtasidagi farq orqali banklar faoliyatini boshqarish bugungi kunda keng tarqalgan usullar
ekanligi to’g’risida xulosalar qilishgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot ishimizni yoritishda taqqoslash, analiz, sintez, iqtisodiy tahlil, analitik tahlil
usullaridan foydalanildi. Tahlillarda mamlakatimiz bank sektorida bank aktivlari va passivlari
o’rtasidagi munosabatning bank daromadliligiga ta’siri oʻr
ganildi, muammolar va bank
sektoriga oid boshqa bir qator istiqbolli vazifalar tahlil qilindi. Maʼlumotlarni analitik tahlil
usulidan foydalanilgan holda kengroq qilib yoritib berishga harakat qilindi. Natijada
muammolar aniqlanib, muammolarga tegishli ilmiy asoslangan takliflar berildi va mushohada
qilish asosida ilmiy xulosalarga kelindi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O'zbekiston Markaziy Osiyodagi rivojlanayotgan davlat sifatida o'tish davridagi
iqtisodiyotda Sof foizli marja (SFM) dinamikasini tushunish uchun qiziqarli misolni taqdim
etadi. Mamlakat bank sektori 2017-yildan boshlab davlat tomonidan nazorat qilinadigan
tizimdan bozor tamoyillariga asoslangan tizimga o‘tib, jiddiy islohotlarni amalga oshirdi. Ushbu
islohotlar O'zbekiston bank sektoridagi SFMga sezilarli ta'sir ko'rsatib, rivojlanayotgan
mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga nisbatan qanday yuqori SFMni boshdan
kechirayotganiga yorqin misol bo'la oladi. 2017-
yilgacha O‘zbekiston bank sektori asosan
davlat nazoratida bo‘lgan, bozorda davlat banklari hukmronlik qilgan. Foiz stavkalari yuqori
darajada tartibga solingan, banklar o'rtasidagi raqobat cheklangan edi. Biroq, Prezident
Shavkat Mirziyoyev islohotlaridan so‘ng sektor asta
-sekin liberallashtirildi, xususiy banklar
kattaroq bozor ulushiga ega bo‘ldi, foiz stavkalari esa bozorga moslasha boshladi. Ushbu siljish
banklarning foyda olish usullarini, shu jumladan ularning foizli daromadlari va xarajatlarini
boshqarish usullarini o'zgartirishga olib keldi va bu SFMga bevosita ta'sir ko'rsatdi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
208
Quyida biz O’zbekiston Respublikasi bank sektorida SFM ko’rsatkichining o’zgarish
dinamikasini o’tgan 4 yillik davr bo’yicha tahlil qilishga harakat qilamiz. SFM ko’rsatkichi bank
sektori rentabelligini tahlil qilishda eng muhim vositalardan biri hisoblanadi. Ushbu
ko’rsatkichni to’g’ri tahlil qilish bankni sektordagi raqobatdosh muhitd
a bankning davomli
faoliyatini davom ettirishda foizli daromad va xarajatlarini nazorat qilishda muhim sanaladi.
Biz bilamizki banklar asosan kredit berishni moliyalashtirish uchun depozitlarga murojat
qiladi, shu o’rinda bank bozordan qancha foizda deposit jalb qilishi va uning ustiga o’zining
SFMisini qo’yib kredit berishi mobaynida bank o’zi ko’zlagan daromadga erishishga harakat
qiladi. Shunday ekan, ushbu raqobatli muhitda banklar o’z daromadlarini o’ylash bilan
birgalikda deposit va kredit foizlarini
belgilashda ham chuqur mulohazali bo’lishni talab etadi.
Keling endi butun bank sektori bo’yicha qanchadan depozit jalb qilyapmizu qanachadan kredit
ajratyapmiz, ularni tahlil qilib ko’ramiz.
1-rasm. Jismoniy shaxslardan jalb qilingan milliy valyutadagi depozitlar va
ularga ajratilgan kreditlar bo’yicha foiz stavkalari
Manba:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti
, Markaziy bank statistik
blyuteni ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.
Grafikdan ko’rishimiz mumkinki 2020
-yilning dastlabki oylaridan 2022-yilning boshiga
qadar jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi tushish
tendensiyasini ko’rsatgan, xuddi shuningdek jismoniy shaxslardan jalb qilingan muddatli
depozitlar bo’yicha foiz stavkasi ham jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo’yicha o’rtacha
tortilgan foiz stavkasi o’zgarishiga par
alel tarzdagi tendensiyani saqlab qolgan. Biroq grafikdan
xulosa qilish mumkinki 2022- yilning boshiga qadar jalb qilingan depozit va ajratilgan kredit
o’rtacha tortilgan foiz stavkalari o’rtasidagi foizli marja 2020
-yilning boshidagi eng yuqori
ko’rsatkichdan kuzatuv davridagi eng past ko’rsatkichgacha tushish tendensiyasini saqlab
qolgan. 2022-yilning mart-
aprel oylaridan boshlab ikkala o’rtacha tortilgan foiz stavkalari ham
barqaror o’zgarish tensensiyasini kuzatuv davri oxirigacha saqlab qolgan. Yuqorid
agi
xulosalarni yanada mustahkamlash uchun quyidagi jadvalni tahlil qilishimiz mumkin.
0%
5%
10%
15%
20%
25%
30%
01.01.2020
01.03.2020
01.05.2020
01
.07.2
02
0
01.09.2020
01.11.2020
01.01.2021
01.03.2021
01.05.2021
01.07.2021
01.09.2021
01.11.2021
01.01.2022
01.03.2022
01.05.2022
01.07.2022
01.09.2022
01.11.2022
01.01.2023
01.03.2023
01.05.2023
01.07.2023
01.09.2023
01.11.2023
01.01.2024
01.03.2024
Milliy valyutadagi bank depozitlari va kreditlari bo'yicha foiz
stavkalari
(o'rtacha tortilgan foiz stavkalari, yillik hisobda)
Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari
Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
209
1-jadval
Milliy valyutadagi bank depozitlari va kreditlari bo'yicha foiz stavkalari
(o'rtacha
tortilgan foiz stavkalari (% hisobida), yillik hisobda)
Sanalar
Milliy
valyutadagi
jismoniy
shaxslarning
Ajra
tilga
n
k
redi
t va
jal
b
q
ilin
ga
n
depo
si
t fo
izl
ar
i
o’
rt
as
idagi far
q
Xo
rij
iy val
yu
tada
gi j
ism
on
iy
sha
xsl
ar
n
in
g m
udda
tl
i
dep
ozit
lar
i
Milliy
valyutadagi
yuridik
shaxslarning
Ajra
tilga
n
k
redi
t va
jal
b
q
ilin
ga
n
depo
si
t
fo
izl
ar
i
o’
rt
as
idagi far
q
Xorijiy
valyutadagi
yuridik
shaxslarning
Ajra
tilga
n
k
redi
t va
jal
b
q
ilin
ga
n
depo
si
t fo
izl
ar
i
o’
rt
as
idagi far
q
Kredit
lar
i
Mud
da
tl
i
dep
ozit
lar
i
Kredit
lar
i
Mud
da
tl
i
dep
ozit
lar
i
Kredit
lar
i
Mud
da
tl
i
dep
ozit
lar
i
01.01.2020
28,1 20,4
7,7
4,4
24,3 16,6
7,8
7,5
5,2
2,3
01.02.2020
27,6 19,9
7,7
4,3
24,5 16,5
8,0
7,3
5,4
1,9
01.03.2020
26,9 19,7
7,2
4,5
24,1 16,9
7,2
7,7
4,2
3,5
01.04.2020
23,9 19,9
4,0
4,4
24,1 17,5
6,6
7,4
5,1
2,3
01.05.2020
24,5 20,3
4,2
4,0
23,8 17,2
6,7
7,5
5,1
2,4
01.06.2020
23,8 20,0
3,8
4,2
23,7 17,0
6,6
6,8
4,9
1,9
01.07.2020
22,3 18,0
4,3
3,9
19,5 15,2
4,3
6,5
4,6
1,9
01.08.2020
21,9 16,4
5,5
3,9
19,8 15,1
4,7
6,3
4,2
2,1
01.09.2020
22,2 17,3
4,9
3,8
18,9 14,8
4,2
6,5
2,8
3,7
01.10.2020
20,7 17,0
3,6
3,8
18,5 14,2
4,3
6,5
3,3
3,3
01.11.2020
21,0 16,9
4,1
3,7
19,0 14,2
4,8
6,1
3,0
3,0
01.12.2020
19,8 17,0
2,9
3,9
18,5 14,4
4,1
6,4
4,8
1,5
01.01.2021
21,8 17,0
4,8
3,7
20,4 15,7
4,8
7,1
4,7
2,4
01.02.2021
22,3 18,3
4,0
3,7
21,0 16,8
4,2
6,9
3,5
3,4
01.03.2021
22,1 19,1
3,0
4,0
21,1 16,7
4,4
7,1
4,0
3,1
01.04.2021
22,4 19,3
3,1
4,2
20,7 16,3
4,4
6,8
3,5
3,3
01.05.2021
22,4 19,4
3,0
4,0
21,2 15,8
5,4
6,7
3,5
3,3
01.06.2021
22,2 19,5
2,7
4,2
20,8 16,0
4,8
6,5
4,3
2,2
01.07.2021
22,0 20,0
2,0
4,1
21,2 15,2
5,9
6,7
3,2
3,6
01.08.2021
21,7 20,1
1,5
4,1
21,3 15,2
6,1
6,2
4,2
2,0
01.09.2021
21,4 20,3
1,2
4,0
21,1 15,4
5,7
6,7
3,0
3,8
01.10.2021
21,5 19,6
1,9
4,5
21,0 15,1
5,9
6,2
2,9
3,3
01.11.2021
21,3 20,5
0,8
4,1
21,5 14,7
6,8
6,4
2,3
4,1
01.12.2021
20,7 20,2
0,5
4,0
20,7 15,1
5,6
6,2
1,8
4,4
01.01.2022
21,4 20,2
1,2
3,9
21,5 15,1
6,4
6,4
2,5
3,8
01.02.2022
21,3 20,4
0,9
4,0
21,3 15,5
5,9
6,5
2,2
4,2
01.03.2022
21,8 20,9
1,0
3,9
20,2 16,2
4,0
6,2
2,8
3,4
01.04.2022
23,1 20,8
2,4
4,2
22,4 17,3
5,1
6,4
3,7
2,7
01.05.2022
23,5 20,8
2,8
4,0
22,7 17,2
5,4
6,7
4,0
2,7
01.06.2022
23,3 21,0
2,4
3,9
22,4 17,7
4,7
6,7
2,7
3,9
01.07.2022
23,4 20,8
2,5
3,9
21,5 17,2
4,2
6,7
4,0
2,7
01.08.2022
22,7 21,0
1,7
4,0
21,9 17,1
4,7
7,4
1,8
5,6
01.09.2022
22,8 20,6
2,2
4,0
21,9 16,3
5,6
7,3
3,0
4,3
01.10.2022
22,7 20,7
2,0
3,9
22,0 16,7
5,2
7,3
3,3
4,0
01.11.2022
22,9 20,5
2,4
4,0
22,0 16,9
5,1
7,6
4,0
3,6
01.12.2022
22,4 20,2
2,2
4,2
22,2 16,9
5,4
7,0
4,3
2,6
01.01.2023
23,0 20,5
2,5
4,3
21,5 16,7
4,9
8,2
3,3
4,9
01.02.2023
22,8 20,5
2,4
4,3
21,9 16,6
5,3
8,1
3,0
5,0
01.03.2023
22,6 20,5
2,1
4,2
22,6 16,3
6,3
8,9
3,2
5,7
01.04.2023
22,9 20,8
2,1
4,2
22,8 17,9
5,0
8,8
3,0
5,7
01.05.2023
23,1 20,8
2,3
4,7
22,3 17,0
5,3
9,5
4,1
5,4
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
210
01.06.2023
23,4 21,1
2,3
5,1
21,7 17,9
3,8
9,0
4,1
4,9
01.07.2023
23,3 21,2
2,1
5,1
22,5 17,0
5,5
8,8
4,0
4,8
01.08.2023
24,0 21,7
2,3
5,2
21,3 17,1
4,2
9,3
5,1
4,2
01.09.2023
24,2 21,1
3,1
4,9
21,6 16,8
4,8
9,1
4,2
4,9
01.10.2023
24,4 21,4
3,0
5,2
21,1 17,9
3,3
9,6
5,6
3,9
01.11.2023
25,1 21,6
3,5
4,9
22,5 17,4
5,1
9,4
4,7
4,7
01.12.2023
25,2 21,5
3,7
5,0
23,1 17,9
5,2
9,4
5,1
4,3
01.01.2024
25,1 21,3
3,8
4,7
22,9 18,5
4,4
9,5
4,8
4,7
01.02.2024
24,4 21,3
3,1
5,0
22,9 17,9
4,9
9,8
4,6
5,1
01.03.2024
24,7 21,4
3,4
5,4
22,7 18,0
4,7
10,0
4,1
5,9
Manba:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti
, Markaziy bank statistik
blyuteni ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.
Jadval ma’lumotlaridan shuni ko’rish mumkinki, yuqoridagi grafik tasviridan xulosa
qilganimizdek jismoniy shaxslardan jalb
qilingan muddatli depozitlar bo’yicha o’rtacha
tortilgan foiz stavkasi kuzatuv davrining boshida 20.4%ni tashkil qilgan bo’lsa, jismoniy
shaxslarga ajratilgan kreditlar bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi 28.1%ni tashkil qilgan,
foizli marja esa 7.7
%ni ko’rsatmoqda. Kuzatuv davri davomida 2021
-yil 1-dekabr holatiga
jismoniy shaxslardan jalb qilingan muddatli depozitlar bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi
20.2%ni, ularga ajratilgan kreditlar bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi 20.7% atrofi
da
bo’lgan va bu holat kuzatuv davrida foizli marjaning eng past 0.5%gacha tushishiga sabab
bo’lgan. Biroq 2022
-
yilning yarimlaridan foizli marja o’zining barqaror o’sish tendensiyasiga
tushib olgan bo’lsada, kuzatuv davri oxiriga qadar 2020
-yil davomida kuzatilgan yuqori foizli
marja ko’rsatkichlarini takrorlay olmagan.
2-rasm. Yuridik shaxslardan milliy va xorijiy valyutadagi jalb qilingan muddatli
depozitlar va ajratilgan kreditlar bo
’
yicha o
’
rtacha tortilgan foiz stvakalari grafigi
Manba:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti
, Markaziy bank statistik
blyuteni ma’lumotlari asosida
muallif tomonidan shakllantirildi.
0%
5%
10%
15%
20%
25%
30%
01.01.2020
01.03.2020
01.05.2020
01.07.2020
01.09.2020
01.11.2020
01.01.2021
01.03.2021
01.05.2021
01.07.2021
01.09.2021
01.11.2021
01.01.2022
01.03.2022
01.05.2022
01.07.2022
01.09.2022
01.11.2022
01.01.2023
01.03.2023
01
.05.2
02
3
01.07.2023
01.09.2023
01.11.2023
01.01.2024
01.03.2024
Yuridik shaxslardan jalb qilingan bank depozitlari va
ajratilgan kreditlari bo'yicha foiz stavkalari
(o'rtacha tortilgan foiz stavkalari, yillik hisobda)
Milliy valyutadagi muddatli depozitlar
Milliy valyutada ajratilgan kreditlar
Xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar
Xorijiy valyutadagi muddatli depozitlar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
211
Yuqoridagi tahlilimizni mantiqiy davomi sifatida biz yuridik shaxslardan jalb qilingan
muddatli depozitlar bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi va ularga ajratilgan kreditlar
bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkalari o’rtasidagi korrelyatsion bog’liqlikni mill
iy va xorijiy
valyutadagi ko’rsatkichlar bo’yicha quyidagi grafik asnosida tahlil qilamiz.
2-rasm
dan ko’rishimiz mumkinki, yuqorida jismoniy shaxslardan milliy valyutada jalb
qilingan muddatli depositlar va ajratilgan kreditlar bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkalari
korrelyatsiyasidan farq qiladigan o’zgarish grafigini ko’ramiz. Jismoniy shaxslar
bo’yicha
depositlar va kreditlar foizlari shakllantirilgan grafikda birmuncha o’zgaruvchanlikni aks
ettirgan, korrelyatsiya yuridik shaxslarnikidan biroz kuchsizroqdek, chunki grafikka e’tibor
beradigan bo’lsak butun kuzatuv davri davomida milliy ha
mda xorijiy valyutadagi depozitlar
va kreditlar bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkalarida keskin o’zgaruvchanlikni ko’rmaymiz
va o’z navbatida foizli marja ham 3
-5% atrofida tebrangan, bu shundan dalolat beradiki yuridik
shaxslardan milliy va xorijiy valyuatada jalb qilinadigan muddatli depozitlar va ularga
ajratiladigan kreditlar miqdori va foiz stavkalari o’rtasida kuchli bog’lanish mavjud. Ya’ni
ajratiladigan kreditlar uchun foiz stavkalarini belgilashda yuridik shaxslardan jalb qilinadigan
muddatli depozitlar miqdoridan moliyalashtirish manbasi sifatida foydalanish aktivlar va
passivlarni boshqarish siyosati bilan ancha yaxshi tartibga solingan. Grafik bo’yicha olgan
xulosalarimizni yuqoridagi 1-jadvalni tahlil qilish orqali yana ham aniqlashtirishimiz va
mustahkamlashimiz mumkin.
3-
rasm. O’zbekiston Respublikasidagi tijorat banklaridagi depozitlar qoldig’i
Manba:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
, Markaziy bank statistik
blyuteni ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.
-
50 000
100 000
150 000
200 000
250 000
Ml
rD
. S
O
'M
Tijorat banklaridagi depozitlar qoldig'i
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
212
Ushbu grafikdan ko’rish mumkinki, kuzatuv davri davomida 2020
-yilning boshi va 2024-
yilning 1-aprel holatidagi deposit qoldiqlarini solishtirsak deyarli uch barobarga oshganini
ko’ramiz.
Buni bir nechta omillar orqali izohlash mumkin:
-
Mijozlar va korxonalar o'z mablag'larini bankda saqlashga ko'proq ishonch hosil
qilayotganligini ko'rsatadi;
-
Mijozlar ko'proq daromad yoki qo'shimcha mablag'lar jamg’argan bo'lishi, va bu
mablag'larni bankda saqlashni tanlagan bo'lishi mumkin;
-
Banklar yangi depozit mahsulotlari yoki yuqori foiz stavkalarini taklif qilayotgan bo'lishi
mumkin, bu esa mijozlarni ko'proq mablag'ni bankda saqlashga undaydi;
-
O'zbekistonda iqtisodiy o'sish va rivojlanish, yangi investitsiyalar va biznes faoliyati
rivojlanishi, shuningdek aholi daromadlarining oshishi depozit qoldiqlarining ortishiga olib
kelgan bo’lishi mumkin;
-
Inflyatsiya yoki iqtisodiy noaniqlik sababli odamlar va korxonalar o'z mablag'larini
xavfsizroq joyda saqlashni afzal ko’rgin bo’lishi mumkin.
Endi esa O’zbekistondagi tijorat banklarining depozitlar qoldig’ining kuzatuv davri
bo’yicha o’sgani bilan birgalikda deposit turlari bo’yicha o’zgarishini ham tahlil qilib ko’ramiz
buning uchun quyidagi garfikka murojat qilamiz.
4-rasm. O
’
zbekiston Respublikasidagi tijorat banklaridagi depozitlar qoldig
’
i
(depozit turlari bo
’
yicha)
Manba:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti
, Markaziy bank statistik
blyuteni ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.
O’zbekiston Respublikasidagi tijorat banklaridagi depozit qoldiqlari miqdorini oshishi
bilan birgalikda, ko’rib turganimizdek depozit turlari bo’yicha ham o’zgarish bo’lgan. Jumladan
aholi va korxonalarning jamg’arma depozitlarga bo’lgan talabi umumiy miqdorda o’sgan
bo’lsada jami depozit miqdoridagi ulushi butun kuzatuv davri davomida o’rtacha 10%ni tashkil
45% 44% 46% 46% 47% 44% 43% 43% 44% 39% 45%
48% 46%
41% 39% 38% 36% 35%
9% 10% 10% 10%
10%
9% 9% 8% 9%
8%
8%
9% 11%
11% 10%
10% 10% 10%
46% 46% 44% 44% 43% 47% 48% 48% 47%
53%
47% 43% 43% 48% 51% 52% 54% 56%
Tijorat banklaridagi depozitlar qoldig'i
(depozit turlari bo'yicha)
Talab qilib olinguncha depozitlar
Jamg'arma depozitlar
Muddatli depozitlar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
213
qilib, kichik tebranishlar bilan o’zgarishsiz qolgan. Ammo talab qilib olinguncha depozitlar va
muddatli depozitlar qoldiqlari umumiy depozit qoldig’idagi ulushlarini o’zgartirishgan, ya’ni
kuzatuv davri boshida ikkala depozit qoldiqlari ulushlari deyarli
teng bo’lgan bo’lsa kuztuv
davri oxiriga kelib esa aholi va korxonalarning muddatli depozitlarga bo’lgan qiziqishi va afzal
ko’rishi umumiy depozit qoldig’idagi ulushini anchaga oshirgan, guvoh bo’laganimizdek 2020
-
yilning boshida aholi va korxonalarning muddatli depozitlari hamda talab qilib olinguncha
depozitlari qoldiqlari mos ravishda 46-
45%larni taqdim etgan bo’lsa, 2024
-yilning 1-aprel
holatiga mos ravishda 56-35%larni tashkil qilgan. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, aholi
va korxonalrning moliyav
iy savodxonligi oshganligi, qo’shimcha daromad olishga diqqat
qaratgan bo’lishi mumkin. Shuningdek tijorat banklarining yangi va yuqori foizli depozit
mahsulotlarini taklif etishlari ham omonatchilarni qiziqtirgan bo’lishi mumkin. Shu o’rinda
shuni ta’kidlab o’tish joizki, O’zbekiston moliya bozoriga raqamli banklarning kirib kelishi
bozordagi tabiiy raqobatni shakllantirib depozit jalb qilish bo’yicha poygani boshlanishiga va
tijorat banklari o’z aktivlarining moliyalashtirish manbasi sifatida depozitlarni
afzal
ko’rayotganidan dalolat beradi.
Endi esa respublikadagi tijorat banklarida aktivlar va passivlarni boshqarish amaliyoti
qanchalik yo’lga qo’yilganligini tijorat banklarning mijozlar bazasidagi jismoniy shaxslar
kesimida ko’rib chiqamiz.
5-
rasm. Aholidan jalb qilingan milliy va xorijiy valyutadagi jamg’arma va muddatli
depozitlarning ularga ajratilgan kreditlar bilan xedjerlanish darajasi
Manba:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti
, Markaziy bank statistik
blyuteni ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.
-
10 000
20 000
30 000
40 000
50 000
60 000
70 000
80 000
01.01.2020
01.04.2020
01.07.2020
01.10.2020
01.01.2021
01.04.2021
01.07.2021
01.10.2021
01.01.2022
01.04.2022
01.07.2022
01.10.2022
01.01.2023
01.04.2023
01.07.2023
01.10.2023
01.01.2024
01.04.2024
Jismoniy shaxslarga berilgan kreditlarning jismoniy
shaxslardan jalb qilingan depozitlar bilan qoplanish darajasi
(mlrd. so'mda)
Jismoniy shaxslarning boshqa kreditlari (imtiyozli kreditlarsiz)
Jismoniy shaxslarning jamg'arma hamda muddatli depozitlari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
214
Ushbu rasmda ko’rib turganingizdek O’zbekiston Respublikasidagi tijorat banklarining
2020-2024-
yillar oralig’ida jismoniy shaxslardan milliy va xorijiy valyutadagi jalb qilingan
jamg’arma va muddatli depozitlari qoldig’i hamda jismoniy shaxslarga imtiyozli
shartlarsiz
taqdim etilgan milliy valyutadagi bank kreditlari qoldiqlari grafikka tushirilgan, grafikka qarab
shuni xulosa qilish mumkinki, 2020-yilning boshidan 2023-
yilning o’rtalarigacha bo’lgan
davrni e’tibor bilan qaraydigan bo’lsak O’zbekiston Respu
blikasi tijorat banklari ushbu davr
oralig’ida aholidan milliy va xorijiy valyutalarda umumiy hisobda jalb qilgan jamg’arma va
muddatli depozitlari qoldig’i aholiga ajratilgan milliy valyutadagi imtiyozli shartlarsiz kreditlar
miqdoridan muntazam ravishda
ortiq bo’lgan. Buni quyidagi jadval va rasmda yanada aniqroq
ko’rishimiz mumkin.
2-jadval
O’zbekiston
Respublikasidagi tijorat banklarida 2020-2024-
yillar oralig’ida jismoniy
shaxslarning milliy va xorijiy valyutadagi jamg’arma hamda muddatli depozitlari va
milliy valyutadagi kreditlari qoldig’i (mlrd. so’mda)
Sanalar
Jismoniy shaxslarning
boshqa kreditlari
(imtiyozli kreditlarsiz)
Jismoniy shaxslarning
jamg'arma hamda
muddatli depozitlari
Depozitlarning
kreditlardan
ijobiy/(salbiy) farqi
01.01.2020
13 141
18 013
4 872
01.04.2020
14 955
19 762
4 807
01.07.2020
15 959
20 825
4 866
01.10.2020
17 400
21 546
4 146
01.01.2021
17 974
22 514
4 540
01.04.2021
18 038
24 324
6 286
01.07.2021
18 586
25 992
7 407
01.10.2021
21 311
27 337
6 025
01.01.2022
22 224
29 519
7 295
01.04.2022
23 936
32 403
8 467
01.07.2022
27 414
35 753
8 339
01.10.2022
32 814
39 221
6 408
01.01.2023
37 864
43 514
5 650
01.04.2023
43 698
48 580
4 882
01.07.2023
53 465
53 252
(212)
01.10.2023
63 471
57 289
(6 182)
01.01.2024
69 304
62 986
(6 318)
01.04.2024
72 236
69 816
(2 420)
Manba:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti
, Markaziy bank
statistik blyuteni ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.
Yuqoridagi jadval va grafikdan yaqqol ko’rinadiki aholidan milliy va xorijiy valyutada jalb
qilingan jamg’arma va muddatli depozitlar qoldig’i ularga ajratilgan milliy valyutadagi kreditlar
qoldig’idan sezilarli darajada 2023
-yilning yarmiga qadar ortiqroq
bo’lib, o’rtacha 6
000
milliard atrofida bo’lgan bo’lsa, bu farq 2022
-yilning aprel-
iyul oylari oralig’ida deyarli sakkiz
yarim trillionga yetgan. 2023-
yilning o’rtalaridan boshlab aksincha aholi depozitlari qoldig’i
ularga ajratilgan kredit qoldiqlariga
nisbatan farq ijobiydan salbiyga o’zgargan. Xo’sh bu
o’zgarish nima sababdan bo’lgan, “aholi jamg’arma va muddatli depozitlarga o’z pullarini
qo’yishni kamaytirganmi?
Ular qo’ygan depozitlarini qaytarib olganmi? Yoki aholining omonat
jamg’arish qobilyati pasayganmi?” yo’q yuqoridagi jadvalga qaraydigan bo’lsak aholi
omonatlari qoldiqlari muntazam ravishda ortib borgan, ammo ularning kredit olishga bo’lgan
talabi oshganl
igi sababli salbiy farq vujudga kelgan. Keling endi savolni boshqacha qo’yamiz,
aslida qay bir farq bank uchun yaxshiroq, ijobiy farqmi yoki salbiy farq?
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
215
6-rasm. Jismoniy shaxslarning milliy va xorijiy valyutadagi jamg
’
arma hamda muddatli
depozit va milliy valyutada ajratilgan kredit qoldiqlari o
’
rtasidagi farq
Manba:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy
, Markaziy bank statistik
blyuteni ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.
Bir qarashda aytish mumkinki ijobiy farq O’zbekiston tijorat banklari uchun ijobiy emas
ya’ni aholidan jalb qilinadigan milliy va xorijiy valyutadagi jamg’arma va muddatli depozitlar
qoldig’ining ularga ajratiladigan milliy valyutadagi kreditlar qoldig’ida
n ortiqligi bank
moliyaviy natijasiga ortiqcha yuklamani yuklaydi, ya’ni bank aholiga ajratgan kreditlaridan
oladigan foizli daromadlari va aholidan jalb qilingan omonatlarga to’lab beriladigan foizli
xarajatlari o’rtasidagi farq kamayib ketishi foizli marjaning tushishiga sabab bo’ladi va oxir
oqibat bank daromadiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Unda sizda demak, “salbiy farq bank
uchun ijobiy” degan xulosa paydo bo’lishi mumkin, ha albatta bu xulosada qisman haqiqat bor.
Qachonki bank jalb qilayotgan depo
zitlari va ajratayotgan kreditlarining foizlari o’rtasidagi
bank uchun qulay bo’lgan foizli marjani saqlagan holda faoliyatni tashkil qilsa va aktivlar hamda
majburiyatlarning shartnomaviy muddatlari tugashini e’tiborga olgan holdagina, aks holda
bank zararga ishlashi mumkin. Lekin jahon amaliyotida va namunali ALM amaliyotida bunday
ijobiy va salbiy farqlarning nol atrofidan uzoqlashishi salbiy hisoblanadi. Ya’ni bank aholidan
milliy va xorijiy valyutada jamg’arma va muddatli depozitlarni ularga ajratayotg
an kredit
(8 000)
(6 000)
(4 000)
(2 000)
0
2 000
4 000
6 000
8 000
10 000
4 872 4 807 4 866
4 146
4 540
6 286
7 407
6 025
7 295
8 467 8 339
6 408
5 650
4 882
( 212)
(6 182)(6 318)
(2 420)
JISMONIY SHAXSLARDAN JALB QILINGAN DEPOZIT
VA BERILGAN KREDIT MIQDORI O'RTASIDAGI
IJOBIY VA (SALBIY) FARQ
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
216
hajmidan ortiqcha jalb qilib uni balansida ushlab turishi depozitlarni hechqanday aktiv
vositalar bilan xedjerlamaganidan dalolat berib, kelishi mumkin bo’lgan daromaddan mahrum
qiladi. Shuningdek aholidan milliy va xorijiy valyutada birdek depozitlar jalb qilinadi, ammo
ularga faqat milliy valyutada kredit mahsulotlari taklif qilinadi, bu esa shuningdek, valyutadagi
likvidlik xavfini oshiradi. Chunki jismoniy shaxslar qisqa muddatli moliyaviy vositalardan
foydalanishni avzal ko’rgani bois nafaqat valyutada
gi likvidlik xavfini balki milliy valyutadagi
likvidlik xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun aholidan milliy va xorijiy valyutada
jamg’arma hamda muddatli depozitlarni jalb qilish bilan ularga milliy valyutada ajratiladigan
kreditlar miqdori o
’ratasidagi farqni iloji boricha nolga yaqinlashtirib olib yurgan maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Xulosa va takliflar.
SFM bankning daromadliligi va moliyaviy jihatdan sog'lom ekanligining muhim belgisidir.
Foizli aktivlar va foizli majburiyatlar o‘rtasidagi muvozanatni samarali boshqarish orqali
banklar barqaror rentabellik va raqobatbardoshlikni ta’minlashi mumkin. Biroq
, doimiy
o'zgaruvchan foiz stavkalari muhiti, regulyativ tartib-qoidalar va bozor raqobati SFM
boshqaruvini bank sektorida uzoq muddatli muvaffaqiyatli faoliyat uchun murakkab va muhim
vosita sifatida yuzaga chiqaradi.
Investorlar va tashqi foydalanuvchilar uchun bankning SFM monitoringi uning operatsion
samaradorligi, risklarni boshqarish va o'sish salohiyati haqida chuqur ma'lumot beradi.
Xulosa qilib aytganda, natijalar shuni ko'rsatadiki, SFMni samarali boshqarish bankning
rentabelligi uchun muhim ahamiyatga ega, ammo u aktiv-passiv boshqaruvi, strategik foiz
stavkasini belgilash va operatsion samaradorlik o'rtasidagi muvozanatni talab qiladi.
Kelajakdagi prognozlar shuni ko'rsatadiki, SFMlar ma'lum bozorlarda qisqarishi mumkin, bu
esa banklarni kuchli raqobat muhitida muqobil daromad manbalarini o'rganishga undaydi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Abdullayev Yo., Qoraliyev T., Toshmurodov Sh., Abdullayeva S. (2010)
“Bank ishi” o’quv
qo’llanma. Toshkent: “Iqtisod
-
moliya”, 140
-bet.
Mamadiyarov Z.,
Maxmudova M., Kurbоnbekova M.
(2021)
Bank ishi. Darslik. ‒ T.:
«Innovatsion rivojlanish nashriyot
-
matbaa uyi», 32
-bet.
Rajesh Kumar, (2014) in Strategies of Banks and Other Financial Institutions, 165-190
https://www.sciencedirect.com/science/book/9780124169975
