Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
275
TEMIR YOʻL
TRANSPORTI KORXONALARIDA SAMARALI BOSHQARUV QARORLARNI
QABUL QILISHDA BUXGALTERIYA HISOBI AXBOROT TAʼMINOTINING ROLI
Xujayev Salimjon Sodikovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotatsiya
.
Mazkur maqolada temir yoʻl transporti korxonalari faoliyatida hisob
siyosatini qoʻllashning ahamiyati tadqiq qilingan hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit s
oʻ
zlar:
temir yoʻl transporti, hisob siyosati, korxona faoliyati, buxgalteriya hisobi,
moliyaviy boshqaruv, hisobot.
РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЕТА В ПРИНЯТИИ
ЭФФЕКТИВНЫХ УПРАВЛЕНЧЕСКИХ РЕШЕНИЙ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ
ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНОГО ТРАНСПОРТА
Ходжаев Салимжон Содикович
Ташкентский государственный
экономический университет
Аннотация
.
В данной статье изучено значение применения учетной политики в
деятельности предприятий железнодорожного транспорта и разработаны
предложения и рекомендации.
Ключевые
слова
:
железнодорожный
транспорт,
учетная
политика,
деятельность предприятия, бухгалтерский учет, финансовый менеджмент,
отчетность.
THE ROLE OF ACCOUNTING INFORMATION SUPPORT IN MAKING EFFECTIVE
MANAGEMENT DECISIONS AT RAILWAY TRANSPORT ENTERPRISES
Khojaev Salimjon Sodikovich
Tashkent State University of Economics
Annotation
.
This article examines the importance of applying accounting policies in the
activities of railway transport enterprises and develops proposals and recommendations.
Keywords
:
railway transport, accounting policy, enterprise activity, accounting, financial
management, reporting.
UO
‘
K: 657.1.012.1
X SON - OKTABR, 2024
275-280
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
276
Kirish.
Temir yoʻl transporti korxonalarini bozor tamoyillari asosida faoliyatini tashkil qilishda
raqobatbardoshlikni oshirish, moliyaviy barqarorlik va xoʻjalik yurituvchi sub’ektning
ishonchli faoliyat yuritishini yoʻlga qoʻyish kabilar birinchi oʻringa chiqadi. Bugungi kunda
jahon xoʻjaligida kuzatilayotgan iqtisodiy tebranishlar sharoitida temir yoʻl transporti
korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri bu
-resurs
tejamkor texnologiy
alarni joriy qilish, korxona xodimlari mehnatini ragʻ’batlantirish tizimini
yoʻlga qoʻyish, trasport mahsulotlari talabning oʻzgarishiga tezkor moslashish kabilar orqali
xarajatlarni qisqartirishdir. Ushbu masalalarni samarali hal qilish xarajatlarni boshqarish
nuqtai nazaridan qaror qabul qilish tezligiga koʻp jihatdan bogʻliqdir. Xarajatlarni boshqarish
-
bu xoʻjalik yurituvchi subyektlar boshqaruv hisobi tizimining ajralmas qismi, uni korxona
boshqaruviga integratsiyalashuvining eng muhim yoʻnalishi hisobl
anadi. Shu munosabat bilan,
xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatida operatsiyalarni real vaqt rejimida kuzatish va
oʻzgarishlarga javob berishga imkon beradigan boshqaruv hisobi va xarajatlarni tahlil qilish
tizimini ishlab chiqish va joriy etish alohida a
hamiyat kasb etadi. Temir yoʻl tarmogʻ’ini
tuzilmaviy jihatdan isloh qilish yuqori sifatli buxgalteriya hisobi va tahliliy ta’minotga
asoslanadi.
Adabiyotlar sharhi.
Transport tashkilotlarida uzoq muddatli rejalashtirish va moliyaviy nazoratni samarali
tashkil etish uchun buxgalteriya hisobi axborot taʼminoti dolzarbdir. Buxgalteriya maʼlumotlari
asosida tashkilotlar kelgusidagi faoliyat yoʻnalishlarini belgilash, xata
rlarni kamaytirish va
bozor raqobatbardoshligini saqlash maqsadida strategik qarorlar qabul qiladi. Xalqaro va milliy
buxgalteriya standartlariga mos keluvchi axborotlar rahbariyat uchun ishonchli tahlil vositasi
sifatida xizmat qiladi (IFAC, 2020).
Transport tashkilotlarida samarali boshqaruv qarorlarni qabul qilishda buxgalteriya
hisobi axborot taʼminotining roli toʻgʻrisida quyidagi bir qator iqtisodchi olimlar oʻz
tadqiqotlarida quyidagicha fikrlarni bildirib oʻtishgan.
Safarovning (2020) fikricha, transport tashkilotlarida buxgalteriya hisobi axborot
taʼminoti tashkilotning moliyaviy holatini aniqlash va samarali boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda asosiy omil hisoblanadi. Uning fikricha, buxgalteriya hisobi orqali taqdim etilgan aniq
va toʻliq axborotlar transport tashkilotlarida resurslarni oqilona taqsimlash va moliyaviy
samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Abdullayevning (2020) fikricha, transport tashkilotlarida buxgalteriya hisobi axborot
taʼminoti asosiy moliyaviy maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va rahbariyatga taqdim etish
orqali moliyaviy resurslarni boshqarish va samarali qarorlar qabul qilish uch
un zarur boʻlgan
axborotni taʼminlaydi. Bu maʼlumotlar tashkilotning moliyaviy barqarorligini taʼminlashda va
xatarlarni minimallashtirishda katta ahamiyatga ega.
Xolmuminovning (2021) taʼkidlashicha, buxgalteriya hisobi axborot taʼminoti transport
tashkilotlarida moliyaviy nazoratni taʼminlash va qaror qabul qilish jarayonida muhim oʻrin
tutadi. U, ayniqsa, xalqaro standartlarga muvofiq buxgalteriya hisobi yuritish orqali tashkilotlar
oʻz moliyaviy maʼlumotlarining ishonchliligini taʼminlashlari va xalqaro bozorda
raqobatbardoshlikni oshirishlari mumkinligini taʼkidlaydi.
Horngren, Sundem va Elliott (2016) kabi olimlarning fikricha, buxgalteriya hisobi
axborotlari tashkilotning moliyaviy holatini toʻgʻri baholash va boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobi orqali taqdim etilgan
maʼlumotlar asosida rahbariyat resurslarni taqsimlash, investitsiyalarni boshqarish va
kelajakdagi rivojlanish rejalari boʻyicha strategik qarorlar qabul qilishi mumkin. Ul
ar
buxgalteriya maʼlumotlari asosida moliyaviy oqimlar va xarajatlarni o
ptim
allashtirishga urgʻu
beradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
277
Tadqiqot metodologiyasi.
Temir y
o‘
l trasnporti korxonalarida samarali boshqaruv qarorlarni qabul qilishda
buxgalteriya hisobi axborot taʼminoti
masala-
lariga bagʻ’ishlangan mazkur maqolani
tayyorlashda ilmiy bilishning induktsiya va deduktsiya, analiz va sintez, guruhlash,
o‘
zaro
qiyoslash, xulosalash kabi usullaridan keng foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi
.
Boshqaruv hisobi keng miqyosda boshqaruv xodimlarini rejalashtirish, boshqarish va
nazorat qilish uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bilan ta’min etuvchi tizim sifatida qaraladi.
Bu oʻz navbatida tegishli uslubiy ta’minotni shakllantirishni koʻzda tutadi. Islohotlarni
rivojlantirishning hozirgi bosqichida boshqaruv hisobini belgilash vazifalaridan biri ayrim
faoliyat xarajatlarini hisoblashda shaffoflikni ta’min etuvchi alohida xarajatlar hisobini joriy
etishdan iboratdir, bu esa oʻz navbatida temir yoʻl korxonalari mahsulotlari
ga narx belgilash
borasida boshqaruv qarorlarini qabul qilish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va yangi
texnologiyalarga sarmoya kiritish uchun zarurdir.
Boshqaruv hisobida ishlab chiqarilgan ishlab chiqarish xarajatlari toʻgʻrisidagi
ma’lumotlar ularni samarali boshqarishni tashkil etish uchun muhimdir. Xarajatlarni hisobga
olish va tahlil qilishni takomillashtirish temir yoʻl transportining iqtisodiy faol
iyati uchun
muhim boʻlib qolmoqda.
Oʻ
zbekistonda bozor shakllari va boshqaruv usullarining rivojlanishi uning
ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini hisobga olish, moliyaviy nazorat va boshqaruv
hisobining milliy buxgalteriya tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri
s
ifatida kun tartibiga qoʻyadi. Yangicha iqtisodiy munosabatlarning yoʻlga qoʻyilishi
buxgalteriya hisobini rivojlantirishda ustuvor boshqaruv yoʻnalishini belgilab bergani holda,
barcha boshqaruv funktsiyalari, shu jumladan buxgalteriya hisob funktsiyasi
ni qayta koʻrib
chiqishga undaydi. Umumiy tizimning tarkibiy qismlaridan biri boʻlgan temir yoʻl
transportining boshqaruv hisobi va tahliliy tizimi operatsiyalarni bitta jarayonga
birlashtirishda moliyaviy va boshqaruv ma’lumotlari, ushbu jarayonning uzluk
sizligi va uning
natijalaridan boshqaruv qarorlarini qabul qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishda
foydalanishga asoslangan. Temir yoʻl transporti korxonalarini tadqiq qilish natijasida
boshqaruv hisobi va tahlil tizimi, aslida, axborot tizimi ekanligi
oydinlashadi. Temir yoʻl
transporti korxonalarida boshqaruv hisobi va tahlil tizimi real vaqt rejimida mikro va makro
darajada boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun foydalaniluvchi barcha turdagi
ma’lumotlarni, faoliyat turlari, yaxlitlangan ish turlari boʻyicha toʻplash, qayta ishlash va
baholash natijasida shakllangan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimidir.
Temir yoʻl korxonalarida boshqaruv axborot
-tahlil tizimini shakllantirish va uni
takomillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan operatsion xarajatlarni boshqarish samaradorligini
oshirish masalalari alohida ahamiyatga ega. Temir yoʻl korxonalarining yuk va yoʻlov
chi
hajmini oshirish istagi va barcha turdagi resurslar narxlarining muttasil oʻsishi boshqaruvning
barcha darajalarida xarajatlarni me’yorlash va boshqarish tizimini takomillashtirishni talab
qiladi. Temir yoʻl transporti korxonalarining buxgalteriya hisobi va tahliliy tizimi oʻzaro bogʻliq
unsurlar: buxgalteriya hisobi, tahliliy va nazorat quyi tizimlari modellaridan tashkil topadi,
ularning har biri moliyaviy, boshqaruv va soliq tashkil etuvchilari bilan tavsiflanadi.
Yuqoridagi olimlarning qarashlarini inobatga olgan holda, fikrimizcha, transport
tashkilotlarida buxgalteriya hisobi axborot taʼminoti buxgalteriya jarayonida yaratilgan
moliyaviy va iqtisodiy maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va rahbariyatga taqdim eti
shni
nazarda tutadi.
Transport tashkilotlarida buxgalteriya hisobi axborot ta
’
minoti quyidagi 5 ta asosiy
unsurlar tashkil etadi (1-rasm).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
278
1-rasm. Transport tashkilotlarida
buxgalteriya hisobi axborot taʼminoti
(Xasanov, 2024)
Ushbu maʼlumotlar transport tashkilotlarining samarali boshqaruv qarorlarini qabul
qilish, moliyaviy holatini tahlil qilish, resurslarni boshqarish va kelgusidagi rivojlanish
strategiyasini belgilash uchun asosiy manba sifatida xizmat qiladi.
Quyida buxgalteriya hisobi axborot taʼminotining har bir elementiga alohida toʻxtalib
o
‘tamiz.
Moliyaviy hisobotlar bu
–
tashkilotning moliyaviy holatini, daromad va xarajatlarini, aktiv
va majburiyatlarini aks ettiruvchi hisobotlar boʻlib, ularni asosiy qaror qabul qiluvchilar uchun
taqdim etadi.
Soliq va statistik hisobotlar soliqqa tortish va davlat nazorati uchun zarur boʻlib,
tashkilotning soliqqa oid majburiyatlari va moliyaviy faoliyati toʻgʻrisida toʻliq axborot beradi.
Xarajatlar hisoboti bu
–
transport xizmatlarini koʻrsatishda yoʻnaltirilgan xarajatlar
haqida maʼlumotlar, jumladan, yoqilgʻi xarajatlari, texnik xizmat koʻrsatish, ishchi kuchi bilan
bogʻliq xarajatlar va boshqa omillar kiritiladi.
Pul oqimlari hisobi bu
–
tashkilotning pul oqimlari bilan bogʻliq maʼlumotlar, yaʼni kirim
va chiqimlar haqida aniq axborot beradi, bu esa moliyaviy likvidlikni saqlashga yordam beradi.
Byudjet va rejalashtirish hisobi bu
–
tashkilotning kelajakdagi xarajatlarini rejalashtirish
va moliyaviy natijalarni prognoz qilish uchun kerak boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etadi.
Bu axborotlar rahbariyatga aniq va toʻliq qarorlar qabul qilishda yordam beradi, xususan,
moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, xarajatlarni optimallashtirish va investitsiyalarni jalb qilish
masalalarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Temir yoʻl transporti korxonasini samarali boshqarish uchun xoʻjalik yurituvchi sub’ekt
rahbariyatiga ishlab chiqarish faoliyatini nazorat qilish va ushbu faoliyat natijalari boʻyicha
qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni taqdim etish hal
qiluvchi shartdir.
Korxonaning axborot maydoni tashkiliy boshqaruv tuzilmasi tizimi - funktsiyalar ierarxiyasi
yoki biznes-jarayonlar majmuini aks ettiradi
Temir yoʻl korxonasining tavsifi axborot tashkiliy tuzilmasini yaratish uchun asos boʻlib
xizmat qiladi. Bu oʻz navbatida hujjat aylanish samaradorligini oshirish; javobgarlik
markazlarini aniqlash va ushbu javobgarlikni hisobga olish uchun axborot oqimlarini
shakllantirish; byudjetni tuzish, ularni ijrochilarga etkazish; teskari aloqa va byudjet ijrosi
ustidan nazoratni ta’min etuvchi axborot oqimlarini tashkil etish uchun muhimdir. Temir yoʻl
korxonasini tavsiflashda ma’lum bir texnologik jarayonning sama
rali ishlashiga xizmat qiluvchi
asosiy omil sanaluvchi tashqi foydalanuvchilar bilan aloqa va munosabatlar aniqlashtiriladi;
miqdoriy koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda xarajatlarni me’yorlash borasidagi boʻshliqlarga
oydinlik kiritiladi.
Hozirgi vaqtda har bir korxonaning axborot sohasida uchta hisob quyi tizimi mavjud.
Ularning har biri oʻz foydalanuvchilarining axborot ehtiyojlarini qondiradi: moliyaviyhisob
-
aktsiyadorlar, investorlar, kredit tashkilotlari, sheriklar; soliq hisobi - Davlat soliq xizmati;
Buxgal
teriya
hiso
b
i a
xb
or
ot
ta’m
in
ot
i
Moliyaviy hisobotlar
Soliq va statistik hisobotlar
Xarajatlar hisoboti
Pul oqimlari hisobi
Budjet va rejalashtirish hisobi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
279
boshqaruv hisobi - rahbar va boshqaruvchilar. Barcha quyi tizimlar bitta korxona doirasida
mavjud boʻlgani holda uning moliyaviy holatini yaxshilashga hissa qoʻshadi va har bir quyi tizim
samaradorligi boshqaruv sifatiga bogʻliq.
Temir yoʻl korxonasida boshqaruv hisobining muhim boʻgʻ’ini hisob siyosatini ishlab
chiqishdir. Boshqaruv qarorlarini axborot bilan ta’minlashda balans koʻrsatkichlari, hisobot va
soliq deklaratsiyalaridan foydalanganda ma’lum bir korxonaga ma’lumot berish
da
buxgalterning oʻrni katta. Temir yoʻl korxonalarini axborot bilan ta’minlash mexanizmi
buxgalteriya siyosatida uchta quyi tizim bilan ifodalanadi: 1) moliyaviy hisob; 2) soliq hisobi;
3) boshqaruv hisobi. Zaxiralarni baholash variantlarini, xarajatlarni hisoblash usullarini
tanlash temir yoʻl korxonasining pul oqimi, foyda miqdori va moliyaviy holatiga ta’sir qiladi.
Boshqaruv balansini tuzish metodologiyasi, xarajatlarni taqsimlash va qayta taqsimlash
usullarini tanlash; byudjetlashtirish va monitoring
jarayonlari temir yoʻl korxonasi va uning
boʻlinmalarini strategik va taktik boshqarish uchun yana bir axborot oqimiga ega boʻlishga
imkon beradi. Alohida quyi tizimlarni oʻz ichiga olgan hisob tizimi temir yoʻl korxonasining
axborot sohasida muhim oʻrin
tutadi. Hisob tizimi buxgalteriya hisobi, soliq, statistik va
operatsion buxgalteriya hisobini oʻz ichiga olgan korxonaning butun hisob faoliyatini
ifodalaydi.
Amalda, har qanday tashkilot rahbari narx, korxona xarajatlari, hajmi va tuzilishi, sotish
kabilar borasida turli xil boshqaruv qarorlarini qabul qilishiga toʻgʻri keladi, bunday
qarorlarning natijalari korxonaning moliyaviy natijalariga ta’sir qiladi. Bos
hqaruv
samaradorligi, birinchi navbatda, oʻz vaqtida va asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish
qobiliyati bilan tavsiflanadi. Bunday qarorlarning ikki turi mavjud: bevosita boshqaruv
qarorlari; ijro qarorlari (ijroni ta’minlash boʻyicha tezkor echim
lar).
Korxonani boshqarish samaradorligi har bir boshqaruv bosqichining maksimal
samaradorligiga bogʻliq, ya’ni har bitta boshqaruv funktsiyalari: rejalashtirish, hisob, tahlil,
boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat qilishning natijaviyligini
ta’minlash talab etiladi. Ushbu yondashuv korxona faoliyatini boshqarish usullarini ishlab
chiqishda va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda axborot ta’minoti talablarini aniqlashda
hisobga olinishi lozim.
Xulosa va takliflar.
Doimiy oʻzgaruvchan ichki va tashqi iqtisodiy muhitda temir yoʻl transporti boʻlinmalari
faoliyatini samarali tashkil etishning boshqaruv mexanizmini ishlab chiqish vazifalari iqtisodiy
potentsialdan samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarning yaxlit tizimi sifatida
transport xizmatlari xarajatlari va natijalarini boshqarishni belgilab beradi, xarajatlar tarkibini
maqbull
ashtirish va xarajatlar shakllanishining turli bosqichlarida ularni qisqartirishni koʻzda
tutadi.
Qaror qabul qilishda hisob axborotlarini shakllantirish quyidagi ketma-
ketlikni koʻzda
tutadi: 1) mas’ul shaxsdan topshiriqni olish; 2) mas’ul shaxs tomonidan kerakli
ma’lumotlarning hajmi va shaklini taqdim etish muddatlarini belgilash; 3) korxona hisob
b
oʻlinmalari tomonidan kelishilgan axborot hajmi borasida ma’lumotlarni yigʻ’ish, guruhlash va
taqdim etish . Hozirgi vaqtda har bir korxonaning axborot sohasida uchta quyi hisob tizimi
mavjud. Ularning har biri oʻz foydalanuvchilarining ehtiyojlarini qondi
radi: moliyaviy -
aktsiyadorlar, investorlar, kredit tashkilotlari, sheriklar; soliq hisobi-davlat soliq idoralari;
boshqaruv hisobi- rahbariyat.
Xulosa qilib aytganda, transport tashkilotlarida samarali boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda buxgalteriya hisoboti axborot taʼminoti hal qiluvchi ahamiyatga ega. Buxgalteriya
hisobotlarining toʻgʻri va aniq shakllantirilishi rahbariyatga tashkilotning mo
liyaviy holati,
aktivlari va xarajatlari toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar taqdim etadi. Bu maʼlumotlar asosida
transport tashkilotlari rahbarlari iqtisodiy samaradorlikni oshirish va moliyaviy barqarorlikni
taʼminlashga qaratilgan strategik qarorlar qabul qilish imkoniga ega boʻladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
280
Shuningdek, buxgalteriya hisoboti orqali toʻplangan axborotlar transport tashkilotlarida
moliyaviy tahlilni oʻtkazishda asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. Ushbu maʼlumotlar asosida
rahbariyat moliyaviy oqimlarni boshqarish, xarajatlarni optimallashtirish va daromadlarni
oshirish boʻyicha aniq qarorlar qabul qiladi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobi axborotlari
rahbariyat uchun ishonchli vosita boʻlib, tashkilotning uzoq muddatli rivojlanishini
taʼminlashda muhim rol oʻynaydi.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Abdullayev, A. R. (2020). Transport tashkilotlarida buxgalteriya hisoboti va moliyaviy
boshqaruv. Toshkent: Iqtisodiyot va Moliya nashriyoti.
Horngren, C. T., Sundem, G. L., and Elliott, J. A. (2016). Introduction to Financial Accounting.
Pearson Education.
IFAC (International Federation of Accountants). (2020). Handbook of International Financial
Safarov, I. R. (2020). Moliyaviy boshqaruvda buxgalteriya hisobining oʻrni. Toshkent: Moliya
va Iqtisodiyot nashriyoti.
Xasanov B.A., Xashimov A.A., Muxametov A.B., Abduvoxidov A.A. (2024) Buxgalteriya hisobi,
darslik
–
Sirdaryo: Ziyo nashr-matbaa, -568 b. 1-jild.
Xolmuminov, I. M. (2021). Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash
va transport sohasidagi ahamiyati. Toshkent: Moliya instituti nashriyoti.
