Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
262
SAVDO KORXONALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI MILLIY STANDARTDAN XALQARO
STANDARTGA TRANSFORMATSIYA QILISH JARAYONI
Uzakov Utkir Abdusattarovich
Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv
va Texnologiyalar Universiteti
ORCID: 0009-0005-6637-3234
Annotatsiya
.
Ushbu maqola savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini milliy standartdan
xalqaro standartga transformatsiya qilish jarayoni haqida bo‘lib. Unda milliy standartda tuzilgan
hisobotlarni xalqaro standartlarga transformatsiya qilish boshqichlari, qiyinchiliklari, afzalliklari va
dolzarb masalalari, shuningdek amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar bayon qilingan.
Kalit soʻzlar
:
savdo korxonalarida buxgalteriya hisobi, milliy buxgalteriya hisobi standartlari,
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS), transformatsiya jarayoni, investorlar, dasturiy
ta’minot va texnologiyalar
.
ПРОЦЕСС ТРАНСФОРМАЦИИ БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЕТА НА ТОРГОВЫХ ПРЕДПРИЯТИЯХ
С НАЦИОНАЛЬНЫХ СТАНДАРТОВ НА МЕЖДУНАРОДНЫЕ СТАНДАРТЫ
Узаков Уткир Абдусаттарович
Ташкентский международный университет
финансового менеджмента и технологий
Аннотация
.
Данная статья посвящена процессу трансформации бухгалтерского
учета в торговых предприятиях с национальных стандартов на международные
стандарты. В ней изложены этапы, трудности, преимущества и актуальные вопросы
трансформации отчетов, составленных по национальным стандартам, в международные
стандарты, а также необходимые действия, которые следует осуществить
.
Ключевые слова
:
бухгалтерский учет в торговых предприятиях
,
национальные
стандарты бухгалтерского учета, международные стандарты финансовой отчетности
(МСФО), процесс трансформации, инвесторы, программное обеспечение и технологии
.
THE PROCESS OF TRANSFORMING ACCOUNTING IN TRADE ENTERPRISES FROM
NATIONAL STANDARDS TO INTERNATIONAL STANDARDS
Uzakov Utkir Abdusattarovich
Tashkent International University of
Financial Management and Technologies
Abstract.
This article discusses the process of transforming accounting in trade enterprises from
national standards to international standards. It outlines the stages, challenges, advantages, and
current issues in transforming reports prepared under national standards into international
standards, as well as the necessary tasks that need to be carried out.
Keywords:
accounting in trade enterprises, national accounting standards, international
standards of financial reporting (IFRS), transformation process, investors, software and technologies.
UO
‘
K: 657:006.013:658.8
X SON - OKTABR, 2024
262-267
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
263
Kirish.
Bugungi kunda global iqtisodiyotda raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun savdo
korxonalari samarali va shaffof buxgalteriya hisobi tizimlariga ega bo‘lishi zarur. Milliy
standartlardan xalqaro standartlarga o‘tish jarayoni, nafaqat moliyaviy hisobni
takomillashtirish, balki korxonaning umumiy boshqaruv tizimini ham rivojlantirish imkonini
beradi.
Tez rivojlanib borayotgan hozirgi kunda global iqtisodiy integratsiya va biznesning
xalqaro miqyosda rivojlanishi sharoitida savdo korxonalari buxgalteriya hisobini milliy
standartlardan xalqaro standartlarga transformatsiya qilish tobora muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) butun dunyoda investorlar,
auditorlar va moliyaviy hisobot foydalanuvchilariga yaxlit va aniq moliyaviy ma’lumot taqdim
etish uchun mo‘ljallangan.
Shu bilan birga, xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro
moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari
mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillas
htirish maqsadida
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish zarur sanaladi
(Qaror, 2020).
Adabiyotlar sharhi.
Hozirgi kunga kelib global jamiyatda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, ularning
qo‘llanilishi va jahon miqyosida tan olinishi hamda ushbu standartlarga o‘tishning dolzarbligi
va ahamiyati borasida iqtisodchi olimlar va mutaxassislar, tomonidan keltirilgan fikr-
mulohazalari va tadqiqot natijalariga to‘xtalib o‘tsak.
G20 va boshqa yirik xalqaro tashkilotlar, shuningdek, ko‘plab hukumatlar, biznes
birlashmalari, investorlar va butun dunyo bo‘ylab buxgalterlik kasbining a’zolari yuqori sifatli
global buxgalteriya standartlarining yagona to‘plamini qo‘llab
-quvvatlaydi.
MHXSga rioya qilish orqali moliya sohasida shaffoflik oshadi va moliyaviy hisobotlar
global miqyosda solishtirish mumkin bo‘ladi. Aynan shu shaffoflik to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradi, chunki bu orqali axborot assimetriyasi
minimallashtiriladi va inv
estorlarda ishonch paydo bo‘ladi (Morshed, 2024).
Shu sababli ham bugungi globallashuv jarayonida moliya tashkilotlari, yirik
korporatsiyalar va hatto mamlakatlar miqyosida MHXSlar tan olinib, hisobot tizimini yuritishda
tayanib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekistonda ham bu jarayonda faol ravishda iqtisodiy
islohotlar olib borilmoqda (Aralov, 2023)
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolaning metodologik asoslarini O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari,
Prezidentimizning qaror va farmonlari, asarlari va ma’ruzalari, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, buxgalteriya hisobiga oid milliy va xalqaro standartlar, Nizomlar, yo‘riqnomal
ar,
xorijda va respublikamizda chop qilingan ilmiy ishlar, darsliklar va qo‘llanmalar, ilmiy
maqolalar, internet tarmog‘i materiallari hamda izlanishlar olib borilgan korxonalarning
amaliy materiallari tashkil etadi. Tahlil jarayonida analiz va sintez, kuzatish, tahlil qilish
usullaridan hamda jadvallardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Milliy buxgalteriya hisobi standartlari, odatda, mamlakatning iqtisodiy sharoitlariga mos
ravishda ishlab chiqiladi. Ushbu standartlar mahalliy qonunchilik va iqtisodiyotning o‘ziga xos
xususiyatlarini aks ettiradi. Biroq, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) global
miqyosda qabul qilingan va turli xil mamlakatlarda bir xil hisob berish amaliyotini ta’minlaydi.
Milliy va xalqaro
buxgalteriya standartlari o‘rtasidagi asosiy farqlar.
25
https://www.ifrs.org/use-around-the-world/why-global-accounting-standards/
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
264
Milliy buxgalteriya standartlari har bir davlatning iqtisodiy, huquqiy va moliyaviy
tizimlariga mos ravishda ishlab chiqiladi. O‘zbekistonda bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunga
(Qonun, 2016) va tegishli milliy standartlarga
asoslanadi. Ammo, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) butun dunyo iqtisodiy
hamkorlikni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va turli mamlakatlarda biznes yurituvchi
korxonalar uchun bir xil qo‘llaniladi.
Asosiy farqlar quyidagilarda ko‘rinadi:
1. Tushuntirish darajasi: Milliy standartlar ko‘pincha qattiq qoidalar asosida ishlab
chiqiladi va mahalliy soliq qonunchiligiga qaratilgan. MHXS esa ko‘proq tamoyillarga
asoslanadi, bu esa ma’lumotlarni xalqaro darajada solishtirish imkonini beradi.
2. Baholash usullari: MHXS bo‘yicha aktiv va passivlarning bahosi bozor qiymatiga
yaqinlashishi uchun qayta baholash imkoniyatlari kengroq bo‘lsa, milliy standartlar bu borada
cheklovli bo‘lishi mumkin.
3. Hisobot shakllari: MHXS hisobot shakllari va talablari xalqaro investorlarga qulay va
tushunarli bo‘lishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, milliy standartlar mahalliy auditorlar va soliq
organlari talablari bilan cheklangan bo‘lishi mumkin.
Xalqaro standartlarga o‘tishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
Transformatsiya jarayoni
Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini milliy standartlardan xalqaro standartlarga
o‘tkazish jarayoni bir qancha bosqichlardan iborat:
1.
Tahlil va rejalashtirish: Korxona mavjud buxgalteriya tizimini tahlil qilib, xalqaro
talablar bilan solishtiriladi. Bu bosqichda asosiy muammolar aniqlanadi va ularga yechimlar
ishlab chiqiladi.
2.
Me’yoriy
-
huquqiy bazani o‘rganish va moslashtirish: Buxgalteriya hisobining xalqaro
standartlarga muvofiqligini ta’minlash uchun avvalo korxonalar milliy huquqiy talablarga mos
keladigan me’yorlarni o‘z ichiga olgan transformatsiya rejasini ishlab chiqishl
ari lozim.
2. Ta’lim va malaka oshirish: MHXS bo‘yicha buxgalterlar va moliyaviy xodimlarning
yetarli bilim va ko‘nikmalarini ta’minlash kerak. Ushbu jarayonda treninglar va sertifikatlash
dasturlari muhim o‘rin tutadi. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha mutaxassislarni ya
ngi standartlarga
mos ravishda tayyorlash zarur. Bu bosqich seminarlar, treninglar va onlayn kurslar orqali
amalga oshiriladi.
3. Texnologik yangilanish: Transformatsiya jarayonida moliyaviy hisobot va buxgalteriya
dasturlari ham yangilanadi. Ular xalqaro standartlarga mos ravishda moslashtirilishi lozim.
Buxgalteriya dasturlari va IT tizimlarini yangilash yoki modernizatsiya qili
sh kerak bo‘ladi.
Xalqaro standartlarga mos keladigan dasturlarni joriy etish muhim ahamiyatga ega.
4. Hisob siyosatini qayta ko‘rib chiqish: Transformatsiya jarayonida korxonalar moliyaviy
hisobotlarini xalqaro standartlarga mos ravishda qayta tayyorlashlari lozim. Bu jarayonda
Shaffoflik
: Xalqaro standartlar moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishda ko‘proq shaffoflikni
ta’minlaydi.
Taqqoslash mumkinligi
: Turli mamlakatlardagi
kompaniyalar moliyaviy ko‘rsatkichlarini bir
-biri
bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Investitsiyalarni jalb qilish
: Xalqaro investorlar uchun tanlangan kompaniyaning moliyaviy holati
haqida aniq ma’lumot olish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
265
aktivlar, majburiyatlar va kapitalning baholanishi, amortizatsiya siyosati va soliq hisobotlari
qayta ko‘rib chiqiladi. Kompaniya ichida yangi hisob siyosatini ishlab chiqish lozim bo‘ladi, bu
esa xalqaro standatlarga to‘g‘ri kelishi kerak.
5.
Audit va nazorat: O‘zgarishlarning samaradorligini baholash uchun ichki audit tizimini
joriy etish tavsiya etiladi.
Transformatsiyaning afzalliklari
Xalqaro investitsiyalarni jalb qilish: MHXS bo‘yicha hisobot yurituvchi savdo korxonalari
xalqaro investorlarga qulayroq va tushunarli moliyaviy ma’lumotlar taqdim etadi. Bu xalqaro
kapital bozorlariga kirish imkoniyatlarini oshiradi.
Moliyaviy hisobotning oshkoraligi va ishonchliligi: MHXS bo‘yicha tuzilgan hisobotlar
xalqaro darajada tan olingan me’yorlar asosida tuzilgani uchun investorlarda va hamkorlarda
ishonch uyg‘otadi.
Korxona raqobatbardoshligini oshirish: Transformatsiya qilingan buxgalteriya hisoblari
korxonaning xalqaro bozorga chiqishini va raqobatbardoshligini kuchaytiradi.
Transformatsiya jarayonida duch kelinadigan qiyinchiliklar
Moliyaviy va inson resurslari: Transformatsiya jarayoni katta moliyaviy va inson
resurslarini talab etadi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun dastlabki xarajatlar va xodimlarni
o‘qitish uchun vaqt talab qilinadi.
Texnologik integratsiya: Yangi dasturiy ta’minot va texnologiyalarni joriy etish
qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin, ayniqsa kichik va o‘rta biznes sub’ektlari uchun.
Huquqiy cheklovlar: Ba’zi davlatlarda milliy soliq qonunchiligi xalqaro standartlarga
to‘g‘ri kelmaydi, bu esa korxonalarga qo‘shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Korxonalar birinchi marotaba MHXSni qo‘llaganda quyidagi amallarni amalga oshirish
zarur hisoblanadi:
1.
“Moliyaviy holat to‘g‘risida”gi, “Foyda va zarar va boshqa
umumlashgan doromadlar
to‘g‘risida”gi hisobot, “Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida”gi hisobot va “Kapital harakati
to‘g‘risida”gi hisobotlarni tuzish uchun schotlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek,
moliyaviy hisobotlarda MHXS talablariga muvofiq korxonaning hisob siyosatini ishlab
chiqish;
2.
Buxgalteriya hisobi tizimida aylanma qaydnomalarni shakllantirish, buxgalteriya
hisobi qoidalari va MHXSga muvofiq iqtisodiy mazmuni bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarini aks
ettirishdagi farqlarni ko‘rsatadigan ishchi hujjatlarni tuzish;
3.
O‘tgan davrlarda berilgan buxgalteriya yozuvlarining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha
MHXS talablariga moslashtirish uchun tuzatuvchi yozuvlarni amalga oshirish.
Keling endi MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotlarni transformatsiya qilish bosqichlarini
ko‘rib chiqamiz:
MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotlarni transformatsiya qilishning dastlabki bosqichida
birinchi marotaba MHXS qo‘llash bo‘yicha “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini
birinchi marta qo‘llash” 1 –
sonli MHXS asosida korxona o‘zining MHXS bo‘yicha bir
inchi
moliyaviy hisobotlarini va u tomonidan MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab
olgan davrning bir qismi uchun MHXS 34 “Oraliq moliyaviy hisobotlar”ga muvofiq taqdim
qilinadigan hamma oraliq moliyaviy hisobotlariga nisbatan, agar shunday h
isobotlari bo‘lsa
qo‘llash kerak hisoblanadi
(Ergasheva va boshq., 2019).
Korxonaning boshqaruv tuzilmasini baholash;
Hisobotni taqdim etish valyutasi va qaysi tilda taqdim qilinishini belgilashi.
Keyingi bosqichda:
MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotida va uning MHXS
bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan hamma davrlarda bir xil hisob
siyosatlarini qo‘llashi;
Hisob siyosati asosida korxonaning hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish;
MHXS asosida transformatsiya qilish uchun kerakli ma’lumotlari yig‘ish;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
266
BHMS asosida yuritilgan hisob siyosati bilan MHXS bo‘yicha tuzilgan yangi hisob
siyosatini bir-
biri bilan o‘zaro taxlil kilish;
BHMS asosida yuritilgan hisobotlardagi mavjud xatolarni aniqlash va taqqoslash;
Aniqlangan xatolar yuzasidan MHXS asosida tuzatuvchi o‘tkazmalarni berish;
Moliyaviy hisotlarni (“Moliyaviy holat to‘g‘risida”gi, “Foyda va zarar va boshqa
umumlashgan doromadlar to‘g‘risida”gi hisobot, “Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida”gi hisobot
va “Kapital harakati to‘g‘risida”gi) shakllantirish;
Moliyaviy holat to‘g‘risida”gi hisobot va “Foyda va zarar va boshqa umumlashgan
doromadlar to‘g‘risida”gi hisobotlar elementlariga MHXS talabiga asosan tushuntirish va
izohlar berish.
MHXS asosida transformatsiya qilish jarayonining amaliy qismida quyidagi amallar
bajariladi (bu umumiy amallar hisoblanib, xar bir korxona o‘zining hisob siyosatidan kelib
chiqib belgilaydi)
Exsel dasturida ishchi jadval (Conversion) fayli yaratib olinadi;
Ishchi jadval (Conversion) faylidagi BHMS asosida yuritilgan hisobotlardagi ayrim
hisobraqamlar uchun MHXS talabiga muvofiq moliyaviy hisobotda foydalaniladigan mos
element nomlari ishlab chiqiladi;
O‘tgan yillarda berilgan tuzatuvchi o‘tkazmalar joriy yildagi taqsimlanmagan foyda bilan
korrektirovka qilinadi;
BHMS asosida berilgan buhgalteriya o‘tkazmalariga MHXS asosida tuzatuvchi
o‘tkazmalarni berish;
Tuzatuvchi o‘tkazmalar berilgandan so‘ng “Moliyaviy holat to‘g‘risida”gi, “Foyda va zarar
va boshqa umumlashgan doromadlar to‘g‘risida”gi hisobot, “Pul mablag‘lari harakati
to‘g‘risida”gi hisobot va “Kapital harakati to‘g‘risida”gi hisobotlar shakllantiril
adi. Shu tariqa
savdo korxonalarining milliy hisobotlari MHXS transformatsiya qilinadi.
Xulosa va takliflar.
Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini milliy standartdan xalqaro buxgalteriya
standartlariga transformatsiya qilish jarayoni hozirgi iqtisodiy sharoitda zaruriy hisoblanadi.
Bu transformatsiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun rejalashtirilgan strategiya,
malakali xodimlar va texnologik resurslarga ega bo‘lish lozim. Transformatsiya natijasida
korxonalarning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligi ortib, investitsiyalarni jalb qilish
imkoniyati oshadi. Shu bilan birga, bu jarayon moliyaviy oshkoralik va ishonchlilikni
ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini milliy standartlardan xalqaro standartlarga
o‘tkazish jarayoni murakkab bo‘lishi mumkin, ammo u uzoq muddatda kompaniyaning
raqobatbardoshligini oshirishi kutilmoqda. Ushbu transformatsiya nafaqat moliyaning
shaffofligini oshiradi, balki butun korxonani rivojlantirishga xizmat qiladi hamda
investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradi. Shuning uchun har bir savdo korxonasi ushbu
jarayonni jiddiyat bilan yondashishi zarurdir.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Amer Morshed (2024) Assessing the Economic Impact of IFRS Adoption on Financial
Transparency
and
Growth
in
the
Arab
Gulf
Countries.
Economies
https://www.mdpi.com/journal/economies
Aralov S. J. (2023) O‘zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning
dolzarbligi va ahamiyati. Iqtisodiyot va ta’lim / 3
-son
Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R. (2019) Moliyaviy
hisobotlarning xalqaro standartlari. O‘quv qo‘llanma. –
T.: TDIU,
–
227 b.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
267
Qaror (2020) O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24-
fevraldagi “Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ
-
Qonun (2016), O‘zbekiston
Respublikasi
ning “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni
13.04.2016 y.
№404,
https://lex.uz/ru/docs/-2931253
Uzakov U.A. (2024) Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda hisob
siyosatini shakllantirish Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, avgust. № 8
-son.
https://www.ifrs.org/use-around-the-world/why-global-accounting-
standards/https://www.ifrs.org/use-around-the-world/why-global-accounting-standards/
