Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.59425

Ключевые слова:

малый бизнес предпринимательство производство инновации развитие экономика доходы

Аннотация

Правовые и институциональные основы развития малого бизнеса имеют решающее значение для стимулирования предпринимательства и экономического роста. В этой теме рассматриваются нормативно-правовая база, права собственности и политические механизмы, которые позволяют малым предприятиям процветать, подчеркивая роль институтов в обеспечении доступа к финансам, выходе на рынок и разрешении споров. Понимание этих основ помогает определить стратегии по уменьшению барьеров, развитию инноваций и продвижению устойчивых бизнес-экосистем.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

27


KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY-INSTITUTSIONAL ASOSLARI

PhD

Abdulxakimov Sirojiddin Nurboy o

g

li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0009-4690-9010

abdulhakimov91@bk.ru

Annotatsiya.

Kichik biznesni rivojlantirishning huquqiy va institutsional asoslari

tadbirkorlikni rag‘batlantirish va iqtisodiy o‘sishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu mavzu kichik

korxonalarning rivojlanishini ta’minlovchi me’yoriy

-huquqiy bazalar, mulkiy huquqlar va siyosat

mexanizmlarini o‘rganib, moliyalashtirish

, bozorga kirish va nizolarni hal qilishda institutlarning

rolini ta’kidlaydi. Ushbu asoslarni tushunish to‘siqlarni kamaytirish, innovatsiyalarni yaxshilash
va barqaror biznes ekotizimlarini rag‘batlantirish strategiyalarini aniqlashga yordam beradi.

Kalit so‘zlar:

kichik biznes, tadbirkorlik, ishlab chiqarish, innovatsiya, rivojlanish,

iqtisodiyot, daromad.

ПРАВОВЫЕ И ИНСТИТУЦИОНАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ МАЛОГО БИЗНЕСА

PhD

Абдулхакимов Сирожиддин Нурбой угли

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

Правовые и институциональные основы развития малого бизнеса

имеют решающее значение для стимулирования предпринимательства и

экономического роста. В этой теме рассматриваются нормативно

-

правовая база, права

собственности и политические механизмы, которые позволяют малым предприятиям
процветать, подчеркивая роль институтов в обеспечении доступа к финансам, выходе

на рынок и разрешении споров. Понимание этих основ помогает определить стратегии

по уменьшению барьеров, развитию инноваций и продвижению устойчивых бизнес

-

экосистем.

Ключевые слова:

малый бизнес, предпринимательство, производство, инновации,

развитие, экономика, доходы.

LEGAL AND INSTITUTIONAL FRAMEWORK FOR SMALL BUSINESS DEVELOPMENT

PhD

Abdulkhakimov Sirojiddin Nurboy coals

Tashkent State University of Economics

Abstract.

The legal and institutional foundations of small business development are critical

for fostering entrepreneurship and economic growth. This topic explores the regulatory

frameworks, property rights, and policy mechanisms that enable small enterprises to thrive,

emphasizing the role of institutions in providing access to finance, market entry, and dispute

resolution. Understanding these foundations helps identify strategies to reduce barriers, enhance
innovation, and promote sustainable business ecosystems.

Key words:

small business, entrepreneurship, production, innovation, development,

economy, income.

UO‘K:

330.33

XI SON - NOYABR, 2024

27-35


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

28

Kirish.

O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikning rivojlanishi va mazkur sektorni

davlat tomonidan tartibga solinishi yanada faollashib bormoqda. Mamlakatdagi ishbilarmonlik

muhitining tobora kengayishi kichik biznes subyektlarining rag‘bat asosidagi faoliyatini

ta’minlashga olib kelmoqda

ki, deyarli barcha tarmoqlardagi kichik biznes subyektlari yildan-

yilga miqdor jihatidan ortib bormoqda. Jumladan, 2022-2026-yillarda tadbirkorlik faoliyatini

tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlarni yaratish,

xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga

yetkazish, mamlakatda 2026-yil yakuniga qadar ishsizlik darajasini kamida 2 baravar
qisqartirish rejasi qabul qilindi (

Фармон

, 2022).

Mamlakatda qabul

qilinayotgan me’yoriy hujjatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

subyektlari uchun yanada keng shart-

sharoit yaratish, ularning erkin faoliyatini ta’minlash va

amalga oshayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va liberallashtirishga yo‘naltiril

gan

chora-

tadbirlar o‘z aksini topgan.

Adabiyotlar sharhi.

Klassik iqtisodiy maktab vakillaridan A.Smit (1776) fikriga ko‘ra, “

tadbirkor

bu

qandaydir tijorat g‘oyasini amalga oshirish va foyda olish maqsadidagi iqtisodiy tavakkalchidir,

uning o‘zi ishlab chiqarishni rejalashtiradi, tashkil qiladi va natijalarni o‘zi tasarruf etadi”.

Mazkur holat o‘z navbatida klassik maktab vakillari tomonidan ilgari surilgan raqobat erkinligi

holati bozor iqtisodiyotining muhim sharti ekanligidan dalolat beradi. Yana bir iqtisodchi olim

J.B.Sey (1980) fikricha, “

tadbirkor ishlab chiqarish doirasida boshqa insonlar faoliyatini tashkil

etadi

”. Ushbu berilgan ta’rifning mohiyatiga nazar soladigan bo‘lsak, olim o‘z tadqiqotida

tadbirkorlik faoliyati mohiyatini tushuntirishda ishlab chiqarish omillarini oqilona birlashtirish

va ularni kombinatsiyalashtirish evaziga foydani maksimallashtirish mumkinligiga e’tiborni

qaratadi.

Y.Shumpeter (2017) innovatsiyani tadbirkorlik ruhi bilan rag‘batlantirilgan ishlab

chiqari

sh omillarining yangi kombinatsiyasi sifatida ko‘rib chiqadi. Shunday qilib, ishlab

chiqarishning to‘rtinchi omili –

tadbirkorlik qobiliyati ajratiladi. Ushbu konsepsiyada

innovatsiyalarga iqtisodiy tizim rivojiga ta’sir etuvchi omil sifatida qarash zarurl

igi asoslanadi.

Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan A.Abdullayev, Q.Muftaydinov, X.Aybeshovlar (2003)

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining innovatsion rivojlanishining boshqaruv

tamoyillariga e’tibor qaratadilar. Boshqaruv tamoyillarida asos

iy ustuvorlik innovatsion

jarayonlarga asoslangan mahsulotlar assortimenti, ishlab chiqarishni takomillashtirishning

strategik imkoniyatlari va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish rejasiga bog‘liqligi qayd

etiladi. Sh.D.Ergashxodjaeva (2014) tadqiqotlarida tadbirkorlik faoliyatida innovatsion

marketingning o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy rivojlanish bosqichlari, shakllari, turlari hamda

uni korxonalar faoliyatiga tatbiq etish yo‘llari va usullariga asosiy e’tibor qaratadi. Q.B.Sharipov

(2020) ilmiy tadqiqotlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tarmoq jihatidan

ixtisoslashuv jarayonlarining samaradorligini oshirish innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni

amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini kengaytirishni talab etishini ta’kidlaydi. T.T.Jo‘rayev,

R.A.Kalandarov tadqiqotlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini innovatsion

rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirishni strategik jarayonlariga ustuvorlik
beriladi. Sh.Sh.Boltayev, A.A.Raxmatov (2019) ilmiy tadqiqotlarida tadbirkorlikni innovatsion

rivojlantirishning obyektiv zaruriyati, tadbirkorlikni innovatsion rivojlantirishda qulay biznes

muhiti, marketing va klsterlarning o‘rni va ahamiyatini yoritib beradi. O.A.Aripov (2019) kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini innovatsion rivojlanishini hududiy miqyosdan kelib

chiqqan holda yaxshilashga yo‘naltirilgan chora

-

tadbirlarni qo‘llash zaruriyatini qayd etadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

29

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqot ishlarini amalga oshirishda ilmiy tadqiqot metodologiyasida keng

qo‘llaniladigan usullardan foydalanildi. Ilmiy tahlil jarayonida ana shu ilmiy tadqiqot

usullaridan, xususan, kuzatish, umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash, tahlil qilishda esa sintez

va tahlil usullaridan keng foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda kichik biznes sohada faoliyat olib borayotgan

korxonalar faoliyatini yanada erkinlashtirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlarning qabul

qilinishi yildan-yilga iqtisodiy munosabatlar tizimida kichik korxonalarning ishtirokini

kengaytirib borish uchun zamin yaratmoqda deb aytish maqsadga muvofiq.

1-jadval

O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida iqtisodiy

islohotlarni amalga oshirish bosqichlari

Bosqichlar

Tavsifi

Birinchi bosqich

1991-1995-yillar

Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini
rivojlantirishning huquqiy-institutsional asoslari yaratilishi

Ikkinchi bosqich

1996-2005-yillar

Milliy iqtisodiyotning import o‘rnini qoplashni kengaytirish

hisobiga rivojlanishi. Kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga

davlat aralashuvining faollashuvi

Uchinchi bosqich

2006-2016-yillar

2005-yildan boshlab iqtisodiyotni chuqur modernizatsiyalash va

texnik jihatdan qayta qurollantirish ishlarining boshlanishi.

Biznes muhitining yaxshilanishi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar

va modernizatsiya jarayonlarining kichik korxonalar faoliyatiga

ijobiy ta’siri

To‘rtinchi bosqich

2016-yildan hozirga qadar

Kichik biznes sohasida faoliyat olib borayotgan korxonalar
faoliyatini yanada erkinlashtirish, innovatsion faolligini oshirishga

qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish

Manba:

Muallif ishlanmasi asosida tuzilgan.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni

rivojlantirish bosqichlarini tahlil etish ushbu jarayonni besh bosqichga bo‘lish imkonini berdi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz iqtisodiyotida kichik biznesni

rivojlantirishga alohida e’tibor qaratila boshladi. (

1-jadval).

Birinchi bosqich

1991-1995-yillar.

Mazkur bosqichda mamlakatimizda kichik va

xususiy tadbirkorlik subyektlarining shakllanishi va ular miqdorining keskin surʼatlarda oʻsishi

bilan tavsiflanadi. 1991-1995-

yillarda Oʻzbekistondagi kichik biznes

subyektlari 4,5

baravardan ortiq miqdorda oʻsgan boʻlsa, ulardagi ish bilan band boʻlganlar soni deyarli 2

baravar oshdi. Kichik korxonalar asosan yakka tartibdagi va oilaviy kichik korxonalar hamda

masʼuliyati cheklangan jamiyatlar sifatida tashkil etildi. Umuman olganda, boshlangʻich

bosqichda kichik biznes subyektlarining rivojlanishiga quyidagi omillar taʼsir koʻrsatdi:

sobiq Ittifoq davrida noqonuniy tarzda “yashirin” faoliyat koʻrsatib kelgan xususiy kichik

biznes birliklari qonuniy subyektlarga aylantirildi;

“kichik xususiylashtirish” dasturining amalga oshirilishi natijasida savdo, mahalliy

sanoat, xizmat koʻrsatish korxonalari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash tizimi va
boshqa tarmoqlardagi koʻplab kichik korxonalar xususiy tadbirkor

lik subyektlariga

aylantirildi;

1994-

yilgacha boʻlgan davrda mamlakatda hukm surgan nisbatan liberal iqtisodiy muhit

ta’sirida kichik biznesning rivojlanishi davlat tomonidan yetarli darajada tartibga solinmadi,

boshqacha qilib aytganda, kichik korxonala

rning asosan “oʻz

-

oʻzicha” rivojlanish holati

kuzatildi;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

30

qadimdan oʻzbek xalqqiga xos boʻlgan tadbirkorlik va ishbilarmonlik xususiyatlarini

qoʻllab

-quvvatlovchi, kichik (ayniqsa, oilaviy) korxonalarning rivojlanishiga imkon yaratuvchi

bir necha asrlik a

nʼanalar qayta tiklandi;

ichki isteʼmol tovarlari va xizmatlar bozorining toʻyinmaganligi natijasida import

sohasidagi kichik tadbirkorlik rivojlandi. Chunki kichik tadbirkorlik subyektlarining miqdori
boshqa har qanday mulchilik shaklidagi korxonalarga nisbatan ichki bozor talablariga tezda

moslasha olishi bilan yuqori darajada oʻsishga erishdi va hokazo.

Shu bilan bir qatorda, kichik korxonalarni moliyaviy jihatdan qoʻllab

-quvvatlashga

qaratilgan maqsadli fondlar (masalan, 1993-yilda

“Biznes

-

fond” tashkil etildi va u 1995

-yili

xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga koʻmaklashish Fondiga aylantirildi)

tashkil etildi.

Ikkinchi bosqich

1996-2005-

yillarni o‘z ichiga oladi

. 1995-yil 28-avgustda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab

-

quvvatlash Davlat dasturi” qabul qilinishi va

uning amaliyotga tatbiq etila boshlanishi bilan bog‘liq jarayonlar mamlakatimizda kichik

korxonalar faoliyatini tashkil etish va ularni olib borishdagi yangi bosqichni boshlab berdi.

Ushbu bosqichda respublikadagi kichik biznes subyektlarining rivojlanishi oldingi bosqichga

qaraganda ma’lum darajada sustlashdi. 1996

-1998-yillarda kichik korxonalar sonining

qisqarishi bilan ulardagi band bo‘lganlarning soni ham qisqardi. 1998

-

yilda bu ko‘rsatkich

1995-yildagiga nisbatan 54 foizni tashkil etdi. Bunday holatni quyidagi vaziyatlar bilan

tushuntirish mumkin:

Ikkinchi bosqichda davlat

investitsiya faolligining o‘sishi moliyaviy resurslarning davlat

sektori foydasiga qayta taqsimlanishiga olib keldi;

1996-yilning kuzidan boshlab importni davlat tomonidan tartibga solish tizimining

kuchaytirilishi natijasida kichik korxonalarning import t

ovarlarga yo‘naltirilgan tadbirkorlik

faoliyatidan ko‘radigan daromadliligi ma’lum darajada qisqardi;

Faol investitsiya siyosatni amalga oshirishda davlat turli xil imtiyozli shart-sharoitlarni

yaratish orqali alohida tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalari

ni qo‘llab

-quvvatlay boshladi.

Tabiiy ravishda, bunda yirik korxonalarning rivojlanishiga e’tibor qaratila boshlandi. Buning

natijasida kichik korxonalarning rivojlanishiga nisbatan kam yondashish hollari kuzatildi.

Umuman olganda, bu bosqichda davlat faol

ligining o‘sishi, bir tomondan, kichik biznes

subyektlarining faoliyatini qonuniy jihatdan tartibga soluvchi me’yoriy

-huquqiy hujjatlarning

ko‘p miqdorda qabul qilinishi, shuningdek, ushbu iqtisodiy sektorning rivojlanishini qo‘llab

-

quvvatlash infratuzilma

sini shakllantirish va rivojlantirishda namoyon bo‘lsa, boshqa

tomondan, kichik biznes faoliyatiga davlat va mahalliy boshqaruv organlarining asossiz

aralashuvi ma’lum darajada o‘sishida namoyon bo‘ldi. Buning oqibatida 1999

-yilga kelib,

O‘zbekistonda kichik korxonalarni rivojlantirish salohiyatidan to‘liq foydalanilmayotganligi

namoyon bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida, kichik biznes faoliyatining rivojlanishiga xalaqit beruvchi

davlat aralashuvini cheklash hamda uning rivojlanishi uchun yanada qulay imkoniyatlar va
shart-sharoitlar tizimini takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirdi.

Yuqorida keltirib o‘tilgan salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida quyidagi chora

-

tadbirlar amalga oshirildi:

2001-yilning 1-

oktyabrida “O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi

Nizom o‘rniga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 347

-

sonli “Tadbirkorlik

subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘kazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom amaliyotga tatbiq etildi.

Natijada yangi kiritilgan tartibga asosan ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar soni 42

tadan 7-

25 tagacha kamaydi va ro‘yxatdan o‘tish jarayoni ham 17

-19 kundan 8-12 kungacha

qisqardi;

2003-yil 20-

avgustda Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun

ro‘yxatdan o‘tish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori qabul

qilindi. Shu yilda tuman va shahar hokimliklari huzurida tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

31

o‘tkazish inspeksiyalari tuzildi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda rozilik beruvchi ta

shkilotlar

soni keskin kamaydi.

2006-2016-yillar esa uchinchi bosqich hisoblanib,

bunda mamlakatimiz

iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar va modernizatsiya jarayonlarining kichik korxonalar

faoliyatiga ta’siri, ularning kengayishi va kapitalga bo‘lgan eh

tiyojlarining ortishi, yuqori

malakali kadrlarga bo‘lgan talablarining o‘sib borishi bilan tavsiflanadi. 2011

-

yilning “Kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi ning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida

hududlarda biznes muhitining yaxshilanishi, korxonalarni tashkil qilish hamda kichik

korxonalar va tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartib

-qoidalari, kichik biznes subyektlari

uchun soliq va boshqa majburiy to‘lovlarda imtiyozlarning joriy etilishi bilan bir qatorda davlat

mutasaddi tashkilotlari uchun topshiriladigan hisobotlariga yanada soddalik va yengilliklar

kiritila boshlandi.

Mamlakatimiz amaliyotida kichik biznesning keng tarqalgan turlaridan yana biri bu yakka

tartibdagi tadbirkorlik hisoblanadi. Bu turdagi tadbirkorilk faoliyatini olib borayotgan

fuqarolar shaxsiy ish hujjatlari, blankalar, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli bo‘lib,

ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligidan dalolat berishi talab

etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning
umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunda, xususan, nikoh

shartnomasida yoxud er-

xotin o‘rtasidagi boshqa turdagi kelishuvda mulkiy munosabatlarga

oid turli holatlar nazarda tutilgan bo‘l

masa, er (xotin) ning roziligi talab etiladi.

Hozirda mamlakatimizda kichik biznes faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini

quyidagilar tashkil etadi:

O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni;

O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonuni;

O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari

to‘g‘risida”gi qonuni;

O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar

huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni;

O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib

-

taomillari to‘g‘risida”gi qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012

-yil 16-iyuldagi PF-4453-

sonli “Statistik,

soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-

taomillarini tubdan qisqartirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012

-yil 18-iyuldagi PF-4455-sonli

“Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan y

axshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik

berish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va boshqalar.

2016-

yildan hozirga qadar bo‘lgan davrdagi

muhim jihat bu O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar

strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi va unda iqtisodiyotda davlat ishtirokini

kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada

kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan

institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab

qo‘yilishi bilan alohida

e’tiborlidir.

2017-yil sentyabr oyidan boshlab mamlakatimizda erkin valyuta konvertatsiyasini

amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi, kredit-moliya tizimidagi qayta

moliyalash stavkasining 9 foizdan 14 foizga ortishi, banklardagi kreditlash tartibidagi ssuda

stavkalarining o‘zgarib borishi o‘z navbatida kichik korxonalar shakllanishining

mamlakatimizdagi keyingi bosqichni boshlab berdi deb aytish maqsadga muvofiq.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017

-yil 5-iyulda qabul qili

ngan “Yoshlarga oid

davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab

-

quvvatlash to‘g‘risida”gi PF

-5106-son

Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

32

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktyabr

da “Yoshlar tadbirkorlik

klasterlarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi 834

-sonli Qarori qabul

qilindi. Ushbu Qaror doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi:

yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va yuritish uchun klaster hududida ishlab

chiqarish maydonlari taqdim etish orqali ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;

yosh tadbirkorlarga ruxsat beruvchi hujjatlarni, kreditlar olish, biznes-rejalar

tayyorlash, marketing tadqiqotlari o‘tkazish,

savdo bozorlarini topish va boshqalar uchun zarur

hujjatlarni tayyorlashda amaliy ko‘maklashish;

yoshlarga biznesni yuritish asoslarini o‘rgatish, kadrlar malakasini oshirish va ularni

qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish, shuningdek, yosh tadbirkorlarga malakali xodimlarni

tanlashda yordam berish;

startaplar tashkil etish uchun biznes-inkubatorlar vazifalarini amalga oshirish, yosh

tadbirkorlarning raqobatbardoshligini oshirish, ular faoliyatini barqaror rivojlantirish (Қарор,

2017).

Shu bilan bi

r qatorda yosh tadbirkorlarni qo‘llab

-quvvatlash maqsadida ajratiladigan

imtiyozli kreditlarni olish uchun quyidagi talablar qo‘yildi:

klasterlar hududida joylashgan ishlab chiqarish maydonlari faqat O‘zbekiston yoshlar

ittifoqiga a’zo bo‘lgan yosh tadbirkorlarga korxona tashkil topguniga qadar, ammo 5 yildan ko‘p

bo‘lmagan muddatga ijara haqining “nol” stavkasi bo‘yicha ijaraga beriladi;

klasterlarda yoshlarga maslahat berish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan

bog‘liq zarur hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatish xizmatlari bepul amalga

oshiriladi;

klaster hududida joylashtiriladigan tadbirkorlik subyekt xodimlarining shtati 35

yoshgacha bo‘lgan shaxslar bilan to‘ldirilishi va ular xodimlar umumiy sonining kamida 70

foizini tashkil etishi kerak;

foydalanilmayotgan, shu jumladan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida

joylashgan davlat mulki O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining shahar hamda tuman kengashlarining iltimosiga ko‘ra 5 yildan

ko‘p bo‘lmagan muddatga ijara haqining “nol” stavkasi bo‘yicha ijaraga beriladi.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan 2018-

yilga yurtimizda “Faol tadbirkorlik,

innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab

-quvvat

lash yili” deb nomlandi.

Faol

tadbirkorlik

biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiya va

boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo‘nalishdir.

Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or

texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo‘nalishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–

2021-

yillarda O‘zbekiston Respublikasini

rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol

investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi

farmoniga muvofiq esa 2018-yilda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va davlat boshqaruviga zamonaviy
ilm-

fan yutuqlari, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kompleks chora

-

tadbirlar amalga oshirildi.

Davlat dasturi doirasida 21 trillion so‘m va 1 milliard AQSh dollarig

a

teng 76 mingta loyiha amalga oshirildi. “Har bir oila –

tadbirkor” va “Yoshlar –

kelajagimiz”

dasturlari doirasida 2 trillion so‘mga yaqin mablag‘ ajratilib, joylarda 2 600 dan ortiq biznes
loyihalar amalga oshirildi (Фармон, 2017).

Bundan tashqari, iqti

sodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, ishbilarmonlik muhiti va

investitsiyaviy jozibadorlikni yaxshilash, aholi daromadlarini oshirish va biznes uchun soliq

yukini

kamaytirishga

qaratilgan

O‘zbekiston

Respublikasining

soliq

siyosatini

takomillashtirish kon

sepsiyasi qabul qilindi. Xususan, yagona ijtimoiy to‘lov stavkasining 12

foizgacha pasaytirilishi hamda yuridik shaxslarning aylanmasi (tushumi)dan davlat maqsadli

jamg‘armalariga undiriladigan majburiy ajratmalarning bekor qilinishi korxonalar ixtiyorida

qo‘shimcha mablag‘lar qolishi uchun shart

-sharoit yaratdi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

33

Mamlakatimizda har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad

manbasiga ega bo‘lishi uchun shart

-sharoitlar yaratish maqsadida 2018-yil 7-iyun kuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila –

tadbirkor” dasturini amalga oshirish

to‘g‘risida”gi PQ

-3777-sonli Qarori (2018) qabul qilindi. Qaror doirasida davlat dasturini

amalga oshirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:

tadbirkorlik bilan shug‘ullanish

istagida bo‘lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini

har tomonlama qo‘llab

-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik

faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar

tomonidan tizimli amali

y yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;

tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan aholiga

tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va tegishli faoliyat turini tashkil qilishga amaliy yordam

ko‘rsatish;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam berish orqali

qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish;

kasanachilik va kichik hajmda ishlab chiqaruvchi subyektlarni (mikrofirmalarni) tashkil

etish uchun moliyaviy yordam berish orqali aholiga qo‘shimcha daromad

ishlab topish

imkoniyatini yaratish;

qishloq va mahallalarning ixtisoslashuvini (hunarmandchilik, tikuvchilik, qishloq

xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini yetishtirish, ixcham issiqxonalar tashkil qilish va

boshqalar) hisobga olgan holda mazkur sohada ijobiy natijalarga erishgan ishbilarmonlik

tajribasiga ega tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shug‘ullanishni

boshlagan oilalarga biriktirish

mini-klasterlar tashkil etish;

joylarda oilaviy tadbirkorlikka ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini tubdan kengaytirish,

tadbirkor oilalarning ishlab chiqargan mahsulotlari savdosini tashkil qiluvchi bozor

infratuzilmasi obyektlari, xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish;

qishloq va mahallalarda bo‘sh turgan yer mayd

onlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy

tadbirkorlik subyektlariga berish orqali aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari va daromad

manbalarini yaratish;

vaqtinchalik moliya-

xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan hamda davlat ro‘yxatidan

o‘tmasdan fa

oliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlab, ular faoliyatini tiklash va

qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-

tadbirlarni amalga oshirish (Қарор, 2018).

Qarorda tijorat banklari tomonidan oilaviy tadbirkorlikka kreditlar ajratish tartibi

bo‘yicha quyidagi

yo‘nalishlar belgilandi:

bazaviy hisoblash miqdorining yuz ellik baravarigacha miqdorda

oilaviy tadbirkorlikni

rivojlantirish uchun hududlarni ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari va

mahalla fuqarolar yig‘ini tavsiyanomalari;

bazaviy hisoblash miqdorining ming baravarigacha miqdorda

belgilangan tartibda

davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta

polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-

mulklar garovi, Jamg‘armaning

kafilligi va

qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari;

bazaviy hisoblash miqdorining ming baravaridan ortiq miqdorda

tadbirkorlik

subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan

ta’minot turlariga asosan ajratiladi (Қарор, 2018).

2019-yilning 14-

may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik

faoliyatini qo‘llab

-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

-5718-sonli Farmoni qabul qilindi. Farmon doirasida

mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish
uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning

huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan amaliy vazifalar belgilab berildi.

2019-yilning 20-

noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda

biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab

-quvvatlash tizimini


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

34

takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ

-4525-sonli Qarori qabul qilindi. Qarorning

ijrosini ta’minlash orqali O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni

yengillashtirish va rag‘batlantirish maqsadida sohaga oid qator tartibotlar tanqidiy qayta ko‘rib

chiqilib, eskirgan, zamon talabiga

javob bermaydigan byurokratik to‘siq va g‘ovlar bekor

qilindi. Ko‘rilgan choralar natijasida respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi,

tadbirkorlik subyektlari va xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

2020-yilda jahonda global daraja

da avj olgan “COVID

-

19” pandemiyasi davrida ham

mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab

-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil

davom ettirildi. Xususan, 2020-yil 3-

aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Koronavirus pandemiyasi davri

da aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini

qo‘llab

-

quvvatlashga doir qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida”gi PF

-5978-sonli Farmoni

qabul qilindi. Unga ko‘ra, karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan

tadb

irkorlik subyektlari tomonidan davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini

hisoblash va undirish,

o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar

uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qat’iy belgilanga

n summasini hisoblash

to‘xtatildi, o‘z faoliyatini to‘xtatgan yoki tovarlar realizatsiyasidan tushumi joriy yilning

birinchi choragidagi o‘rtacha oylik miqdoriga nisbatan ko‘proqqa kamaygan mikrofirma va

yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini xabardor qilgan holda 2020-yil 1-oktyabriga

qadar soliqlarni foizsiz (bo‘lib

-

bo‘lib to‘lash) huquqi berildi

(Фармон, 2020).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-

yanvardagi “2022

-2026-yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF

-60-son Farmoni

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy dastur
hisoblanadi. Ushbu farmonga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad

manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki

mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Har

yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqoti”ni o‘

tkazish,

hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini va

xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyotini rivojlantirish rejalashtirilgan.

2026-yil borib tadbirkorlik subyektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5

foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish. Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab

-quvvatlash, ishsizlik

va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish.

Tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur ma’lumotlarni erkin

foydalanishga chiqarish. Qurilish faoliyatida qurilish nuqsonlari yoki muammolarining oldini

olish. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo‘l ochish.

Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish kabi ustuvor
vazifalar belgilangan

(Фармон, 2022).

Fikrimizcha, qayd etib o‘tilgan chora

-tadbirlar mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini

yanada yaxshilashga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Kichik biznes va tadbirkor

likni

faollashtirishga, innovatsion g‘oyalarni keng joriy etishga va texnologiyalarni qo‘llab

-

quvvatlashga jiddiy e’tiborni qaratish bu kabi muammolarni bartaraf etishga olib keladi.

Xulosa va takliflar.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holsa xulosa qilsak huquqiy va institutsional asoslar

kichik biznesning o‘sishi va barqarorligini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Kuchli

me’yoriy

-

huquqiy baza, shaffof huquqiy tizimlar va qulay institutsional qo‘llab

-quvvatlash

kichik korxonalarning iqtisodiy r

ivojlanishiga hissa qo‘shish bilan birga rivojlanishini

ta’minlaydi. Biroq, byurokratik to‘siqlar, moliyaviy imkoniyatlarning etarli emasligi va qonuniy
huquqlardan xabardorlikning cheklanganligi kabi muammolar ko‘pincha taraqqiyotga

to‘sqinlik qiladi.

Ushbu muammolarni hal qilish uchun hukumatlar tartibga solish jarayonlarini

soddalashtirishi va kichik biznes uchun muvofiqlik yuklarini kamaytirishi kerak. Bundan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

35

tashqari, mustahkam davlat-xususiy sheriklikni yaratish moliyalashtirish va maslahat
xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirishi mumkin. Huquqiy va institutsional resurslar

to‘g‘risida xabardorlik dasturlarini oshirish tadbirkorlarning imkoniyatlarini kengaytirib,

ularning tizim ichida yanada samarali ishlashiga imkon beradi.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Абдуллаев А, Муфтайдинов Қ, Айбешов X. (2003) Кичик бизнесни бошқариш. Дарслик.

–Т., «Молия» нашриёти, 192 б.

Арипов О.А. (2019) Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ривожлантириш ҳамда

ишбилармонлик муҳитини яратиш. “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий

электрон журнали. № 2, март

-

апрель.

Болтаев

Ш.Ш,

Рахматов

А.А.

(2019)

Тадбиркорликни

инновацион

ривожлантиришнинг айрим жиҳатлари. “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон
журнали. № 5, октябрь.

Қарор

(2017) Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 16

октябрдаги “Ёшлар тадбиркорлик кластерларини ташкил этишга доир ташкилий чора

-

тадбирлар тўғрисида”ги 834

-

сонли Қарори.

Қарор

(2018) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 7 июндаги ““Ҳар

бир оила –

тадбиркор” дастурини амалга ошириш тўғрисида”ги ПҚ

-3777-

сонли Қарори.

Смит А. (1776) Исследование о природе и причинах богатство народов (Книга1

-III). -

М.:”Наука”,192.

-

С. 174, 176.

Сэй Ж.Б. (1980) Трактат и политической экономии. –

М.: Экономика. –С. 17.

Фармон

(2017)

Ўзбекистон Республикаси Президентининг

2019 йил 17 январдаги

2017

2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор

йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегиясини «Фаол инвестициялар ва ижтимоий

ривожланиш йили»да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида”ги

ПФ

-5635-

сон

Фармони.

Фармон (2022) Ўзбекистон Республикаси Президентининг“2022

-

20226 йилларга

мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги ПФ

-60-

сон

Фармони.

Шарипов Қ.Б. (2020) Кичик тадбиркорлик фаолиятида тармоқ бўйича

ихтисослашув жараёнларини такомиллаштириш. Иқтисодиёт фанлари бўйича

фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун тақдим этилган диссертация

автореферати. Т.:61 б.

Шпалтаков В.П. (2017) Шумпетер о проблемах инновационного развития //

Инновационная экономика и общество. № 2. С. 25–

34.

Эргашходжаева Ш.Д.

(2014)

Инновацион маркетинг. Дарслик.–Т.: ТДИУ,

Иқтисодиёт,–178 бет.

Библиографические ссылки

Абдуллаев А, Муфтайдинов Қ, Айбешов X. (2003) Кичик бизнесни бошқариш. Дарслик. –Т., «Молия» нашриёти, 192 б.

Арипов О.А. (2019) Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ривожлантириш ҳамда ишбилармонлик муҳитини яратиш. “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 2, март-апрель.

Болтаев Ш.Ш, Рахматов А.А. (2019) Тадбиркорликни инновацион ривожлантиришнинг айрим жиҳатлари. “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 5, октябрь.

Қарор (2017) Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 16 октябрдаги “Ёшлар тадбиркорлик кластерларини ташкил этишга доир ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида”ги 834-сонли Қарори.

Қарор (2018) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 7 июндаги ““Ҳар бир оила – тадбиркор” дастурини амалга ошириш тўғрисида”ги ПҚ-3777-сонли Қарори.

Смит А. (1776) Исследование о природе и причинах богатство народов (Книга1-III). - М.:”Наука”,192. -С. 174, 176.

Сэй Ж.Б. (1980) Трактат и политической экономии. – М.: Экономика. –С. 17.

Фармон (2017) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 17 январдаги “2017 — 2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегиясини «Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили»да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида”ги ПФ-5635-сон Фармони.

Фармон (2022) Ўзбекистон Республикаси Президентининг“2022-20226 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги ПФ-60-сон Фармони.

Шарипов Қ.Б. (2020) Кичик тадбиркорлик фаолиятида тармоқ бўйича ихтисослашув жараёнларини такомиллаштириш. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун тақдим этилган диссертация автореферати. Т.:61 б.

Шпалтаков В.П. (2017) Шумпетер о проблемах инновационного развития // Инновационная экономика и общество. № 2. С. 25–34.

Эргашходжаева Ш.Д. (2014) Инновацион маркетинг. Дарслик.–Т.: ТДИУ, Иқтисодиёт,–178 бет.