Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
12
O‘ZBEKISTON MOLIYAVIY INFRATUZILMASINING FUNKSIONAL TAHLILI
PhD
Abdulazizova O‘g‘iloy Nuriddinxo‘jayevna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi
“O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari
va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi
ORCID: 0000-0003-0105-2614
Annotatsiya.
Maqolada
O‘zbekistonning
moliyaviy
infratuzilmasining asosiy
komponentlarining funksional tahlili keltirilgan. Bank sohasida raqobatning cheklanganligi, fond
bozorining likvidlik darajasining pastligi, kredit byurolarining yetarlicha qamrab olinmasligi va
shaffoflik masalalari bo‘yicha mavjud muammolar ko‘rib chiqilgan. Moliyaviy infratuzilmani
takomillashtirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish va investitsiyalarni jalb qilish
uchun tavsiyalar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
moliyaviy infratuzilma, bank tizimi, fond bozori, raqobat.
ФУНКЦИОНАЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ФИНАНСОВОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ УЗБЕКИСТАНА
PhD
Абдулазизова Огилой Нуриддинходжаевна
Научно
-
исследовательский центр «Научные основы и
Проблемы
развития экономики Узбекистана» при
Ташкентском государственном экономическом университете
Аннотация.
В статье представлен функциональный анализ ключевых
компонентов финансовой инфраструктуры Узбекистана. Особое внимание уделено
оценке текущих достижений и существующих проблем, включая ограниченную
конкуренцию в банковском секторе, низкую ликвидность фондового рынка,
недостаточный охват кредитных бюро и вопросы прозрачности. В работе предложены
рекомендации по совершенствованию финансовой инфраструктуры для устойчивого
экономического роста и привлечения инвестиций.
Ключевые слова:
финансовая инфраструктура, банковская система, фондовый
рынок, конкуренция
.
FUNCTIONAL ANALYSIS OF FINANCIAL INFRASTRUCTURE OF UZBEKISTAN
PhD
Abdulazizova Ogiloy N
uriddinxo‘jayevna
Scientific research center
“
Scientific foundations and problems
of the development of the economy of Uzbekistan
”
under the
Tashkent State University of Economics
Abstract.
The article presents a functional analysis of the key components of Uzbekistan’s
financial infrastructure. Particular attention is given to assessing current achievements and
existing challenges, including limited competition in the banking sector, low liquidity of the stock
market, insufficient coverage by credit bureaus, and transparency issues. Recommendations are
proposed for improving financial infrastructure to ensure sustainable economic growth and
attract investments.
Keywords:
financial infrastructure, banking system, stock market, competition.
UO
‘
K: 336.1.07
XI SON - NOYABR, 2024
12-20
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
13
Kirish.
Funksional tahlil moliyaviy infratuzilmaning asosiy elementlari o‘z vazifalarini qanchalik
samarali bajarishini va ular iqtisodiy
o‘sishga qanday hissa qo‘shishini baholashga imkon
beradi. O‘zbekiston uchun, iqtisodiy tizimning barcha bo‘g‘inlarida keng ko‘lamli islohotlarni
amalga oshirayotgan sharoitda, bunday tahlil takomillashtirish uchun ustuvor yo‘nalishlarni
aniqlashga yordam berishi mumkin.
“O‘zbekiston –
2030” Strategiyasida mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yana
-da
oshirish, qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish, shuningdek, bank tizimida
islohotlarni jaddallashtirish, bank xizmatlari bozorini hajmini oshirish va ushbu sohada
raqobatni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, “Erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar
savdolari hajmini 8 milliard dollarga yetkazish”, “Bank va moliya tizimida yillik kreditlash
hajmini 40 milliard dollarga yetkazish, bank omonatlari hajmini 4
barobarga oshirish” kabi
tadbirlar rejalashtirilgan.
Bu esa tadqiq qilinayotgan mavzuning dolzarbligini aniq ko‘rsatib
beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Sulaymonovning (2024) monografiyasida bank va iqtisodiyotning real sektorini
integratsiyalashuvi jarayonlarini kuchaytirishning muhim jihatlari va istiqbollari, integratsiya
mohiyati va turlari, shuningdek, zamonaviy moliyaviy instrumentlar va iqtisodiyot sektorlarini
integratsiyalashuv mexanizmlarining o‘rni yoritib berilgan. Integratsiya subyektlarining
kapi
talini IPO orqali o‘zaro oshirish, bank sektorining ustav kapitalini bosqichma
-bosqich
oshirish orqali likvidlik darajasini ko‘tarish va 2025 yilgacha vertikal moliyaviy
-sanoat
guruhlarini shakllantirish kabi yo‘nalishlar keltirilgan.
Sultanov (2023) jahon
mamlakatlari moliya bozori infratuzilmalari bo‘yicha qiziq fikr
keltiradilar “mamlakat qanchalik boy va uning rivojlanish darajasi nechog‘li yuqori va o‘sish
surʼatlari barqaror bo‘lsa, unda moliya bozori infratuzilmasining rivojlanishi uchun zarur
imkoni
yatlar mavjud” deb.
Alekseevning (2013) fikriga ko‘ra
“Moliyaviy infratuzilma –
bu iqtisodiy subyektlarning
moliyaviy resurslarni boshqarish, ularni shakllantirish, tartibga solish va investitsiya qilish,
shuningdek, nazorat qilish bilan bog‘liq iqtisodiy
munosabatlarini vositachilik qiluvchi
funksional kichik tizimlar majmuasini o‘z ichiga oluvchi kvazibarqaror tizim bo‘lib,
kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan”.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada quyidagi t
adqiqot metodlari qo‘llanilgan:
-
Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki,
Respublika fond birjasi "Toshkent" hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki kabi
xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlari o‘rganilib, mol
iyaviy infratuzilmaning holatini miqdoriy
baholash uchun ishlatilgan;
-
Taqqoslash tahlili. O‘zbekistonning moliyaviy infratuzilmasi asosiy ko‘rsatkichlari
Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab o‘rganilib, kuchli va
zaif tomonlar aniqlangan;
- Funktsional tahlil metodi. Asosiy moliyaviy infratuzilma komponentlari, asosiy
funksiyalarini bajarish samaradorligi baholangan;
-
Tizimli yondashuv. Moliyaviy infratuzilmaning komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqliklar va ularning iqtisodiyot rivojiga ta’siri ko‘rib chiqilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekistonning moliyaviy infratuzilmasi to‘lov tizimlari, bank va kredit infratuzilmasi,
fond bozori, kredit byurolari va tartibga soluvchi tuzilmalarni o‘z ichiga o
ladi. Ushbu
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
14
komponentlar o‘zaro bog‘liq va mamlakatning moliyaviy tizimi rivojlanishiga ta’sir qiladi,
shuningdek, biz ko‘rib chiqadigan bir qator funksiyalarni bajaradi.
1-jadval
Moliyaviy infratuzilma komponentlarining asosiy funksiyalari
Moliyaviy
infratuzilma
komponenti
Asosiy funksiyalar
Bank tizimi
- Aholi va biznesga kredit berish
- Moliyaviy vositachilik
- Aktivlarni saqlash va boshqarish
-
To‘lov va hisob
-kitob operatsiyalari
- Pul-
kredit siyosatini qo‘llab
-quvvatlash
Fond bozori
- Kompaniyalar uchun aksiyalar va obligatsiyalar chiqarish orqali kapital
jalb qilish
- Investitsiya qilish va risklarni diversifikatsiya qilish
- Aktivlarning bozor narxini aniqlash
-
Aktivlar likvidligini ta’minlash
To‘lov tizimi
- Naqd
pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish va qayta ishlash
-
Tranzaksiyalarning tezligi va qulayligini ta’minlash
- Naqd puldan foydalanishni kamaytirish
Kredit byurosi
-
Qarzdorlarning kredit tarixi haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va saqlash
- Mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash
- Banklar va moliyaviy institutlar uchun kredit xavflarini kamaytirish
- Kredit bozorida ishonchni oshirish
Nazorat organlari
- Moliyaviy institutlar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish
- Moliyaviy
bozorning barqarorligi va shaffofligini ta’minlash
-
Moliyaviy xizmat iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish
- Tizimli xavflarni kamaytirish
Manba:
muallif tomonidan tuzilgan.
Bank tizimining kreditlash va moliyaviy vositachilik funksiyasi.
Moliyaviy infratuzilmaning asosiy qismi bank sektoriga to‘g‘ri keladi. 2023
-yil holatiga
ko‘ra, O‘zbekistonda 32 ta bank faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 84% aktivlar davlat banklarida
jamlangan. O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, b
anklar tomonidan berilgan
kreditlar 471 trillion so‘mni tashkil etib, bu mamlakat YaIMning taxminan 30%iga teng.
2-
jadval ma’lumotlariga ko‘ra, kredit mablag‘lari hajmi yil sayin oshib bormoqda. Faqatgina
2017
–
2024-yillar davrida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar miqdori 9 barobarga yoki 896% ga
o‘sgan.
2-jadval
O‘zbekistonda kreditlashning asosiy ko‘rsatkichlari
(tegishli yilning 1-
yanvar holatiga ko‘ra)
Yillar
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
2024
Kredit mablag‘lari,
trln. so‘m
52,6
110,6
167,4
211,6
276,9
326,4
390,1
471,4
Kredit portfelining
YaIMga nisbati, %
26,4
44,4
41,1
41,5
47,7
44,2
43,9
-
Manba:
muallif tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida
tuzilgan
.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
15
Davlat ulushi bo‘lmagan banklar soni davlat ishtirokidagi banklarga nisbatan ikki baravar
ko‘p bo‘lishiga qaramay, aynan davlat banklari mamlakat bank sektorida katta rol o‘ynaydi.
1-rasm.
Davlat ulushi bo‘lgan banklarning asosiy ko‘rsatkichlardagi ulushi, %
Shuni ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda kreditlarning 50 foizdan ortig‘i to‘rtta
-beshta yirik
davlat banklari tomonidan berilgan (2-rasmga qarang).
Yuqoridagi tahlildan kelib chiqadigan asosiy muammolar:
1.
Yirik davlat banklarida aktivlar jamlanishi tufayli kichik va o‘rta biznes uchun kreditga
yetarli darajada kirish imkoniyati mavjud emas.
2.
Raqobatning cheklanganligi kreditlash va moliyaviy vositachilikning samarali
ishlashiga to‘sqinlik qilmoqda.
2-r
asm. O‘zbekistonning ayrim davlat banklarining kreditlashdagi ulushi
(tegishli yilning 1-
yanvar holatiga ko‘ra), %
Manba:
muallif tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida
tuzilgan.
82
88
81
66
84
89
81
68
84
88
87
72
85
88
84
72
81
86
81
67
78
83
78
63
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
100
Актив
Кредит
Капитал
Депозит
2018
2019
2020
2021
2022
2023
3
1
,8
2
7
,8
26
2
3
,7
2
2
,7
2
2
,9
1
8
,3
1
6
,3
1
3
,9
1
4
,4
1
3
,2
1
2
,3
3
,1
5
,2
7
,5
9
9
,9
1
1
,2
1
4
,3
1
4
,8
1
2
,4
1
2
,3
1
1
,5
9
,4
9
,6
1
0
,4
9
,4
8
,8
8
,9
8
,4
2 0 1 8
2 0 1 9
2 0 2 0
2 0 2 1
2 0 2 2
2 0 2 3
НБУ ВЭД
УзПСБ
Агробанк
Асака банк
Ипотека банк
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
16
Investitsiya jalb qilish va risklarni diversifikatsiya qilish funksiyasi.
Bank sektoriga qo‘shimcha ravishda, fond bozori xususiy va xorijiy investitsiyalarni jalb
qilishni ta’minlashi, shuningdek, iqtisodiyotni bank sektoriga bo‘lgan qaramlikdan
xalos etib,
unga teng raqobatchi bo‘lishi kerak. Biroq, O‘zbekiston kapital bozori rivojlanish bosqichida.
2023-
yil oxiri yakunlariga ko‘ra, joriy davrda 2,71 trillion so‘mga teng 411 870 ta bitim
ro‘yxatga olingan. Ushbu bitimlarda 107 ta emitentning 28,08 milliard qimmatli qog‘ozlari
ishtirok etdi. 2020-yilga nisbatan 2023-yilda tuzilgan bitimlar soni 1142%ga, bitimlar hajmi
469,2%ga, emitentlar soni 103,9%ga va savdoga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar soni esa 28,3%ga
o‘sdi.
3-jadval
Birja
savdolari bo‘yicha asosiy natijalar
Ko‘rsatkich
2020-y.
2021-y.
2022-y.
2023-y.
2020-y. va
2023-y.
o‘rtasidagi
o‘zgarish,
%
Tuzilgan bitimlar soni
36 062
71 489
80 723
411 870
1 142
Bitimlar hajmi,
mlrd. so‘m
578,15
1 260,51
4 816,21
2 712,75
469,2
Savdoda ishtirok etgan
emitentlar soni
103
108
114
107
103,9
Savdoga qo‘yilgan
qimmatli qog‘ozlar,
mlrd. dona
99,08
14,18
36,15
28,08
28,3
Savdo vositalari soni
125
132
146
138
110,4
Savdo kunlari soni
256
250
247
248
96,9
Manba:
muallif
tomonidan “Toshkent” RFB ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Fond bozoridagi quyidagi muammolar aniq ko‘rinib turibdi:
1.
Likvidlikning past darajasi va investorlar uchun mavjud vositalarning cheklanganligi.
2.
Fond bozoriga chiqayotgan kompaniyalar va xususiy investorlarning ishtiroki
yetarlicha emasligi.
RFV "Toshkent"ning strategik yo‘nalishlarini mustahkamlash lozim, xususan, birja
savdolarini rivojlantirish, birja infratuzilmasini takomillashtirish, operatsion faoliyatni
optimallashtirish, birja vositalarini kengaytirish, shuningdek, tartibga soluvchi va normativ
bazani mustahkamlash zarur.
Risklarni boshqarish va ishonchni oshirish funksiyasi
O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, kredit byurolari ma’lumotlar bazasida
8 million fuqaroning
kredit tarixiga oid yozuvlar mavjud bo‘lib, bu O‘zbekiston aholisining 24
foizini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich rivojlangan iqtisodiyotlar bilan taqqoslaganda sezilarli
darajada past, chunki u yerda kredit tarixlari bazasi aholining 80
–
90 foizini qamrab olishi
mumkin. Taqqoslash uchun qo‘shni mamlakatlar bo‘yicha ma’lumotlarni 4
-jadvalda keltirdik.
4-jadvalda kredit byuro xizmatlari qamrovi va ijobiy kredit tarixiga ega qarz oluvchilar
ulushidagi mamlakatlararo tafovutlar ko‘rsatilgan. Aholining kredit xiz
matlariga nisbatan past
darajadagi qamrovi kreditorlar uchun risklarni baholash imkoniyatlarini cheklaydi va to‘lov
kechikishlari ehtimolini oshiradi. Kreditlashda aholining qamrov bo‘yicha yetakchisi
Qozog‘iston bo‘lib (60%), undan ancha ortda Qirg‘izisto
n joylashgan (30%).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
17
4-jadval
Markaziy Osiyoda kreditlash xizmatlarining qamrovini taqqoslash
Mamlakat
Kredit oluvchilar
soni (mln)
Aholi qamrovi
(%)
Ijobiy kredit tarixiga ega qarz
oluvchilar ulushi (%)
O‘zbekiston
8
24%
60%
Qozog‘iston
10
60%
70%
Qirg‘iziston
1,5
30%
50%
Tojikiston
2
20%
40%
Turkmaniston
0,5
10%
30%
Manba:
muallif tomonidan
ma’lumotlari asosida tuzilgan.
O‘zbekistonda salbiy kredit tarixiga ega qarz oluvchilar ulushining yuqoriligi (40%) sh
uni
ko‘rsatadiki, ko‘plab qarz oluvchilar kredit olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu holat
kreditorlar tomonidan ishonchsizlikni keltirib chiqarishi va mamlakatda umumiy kreditlash
darajasini pasaytirishi mumkin. Shu bilan birga, Qirg‘iziston, Tojik
iston va Turkmanistonda
ushbu ko‘rsatkichlar yanada yuqori (50%, 60% va 70% mos ravishda).
Yagona markazlashgan ma’lumotlar bazasini yaratish zarurati mavjud, bu barcha qarz
oluvchilarni to‘liq qamrab olish va kredit risklarini kamaytirish maqsadida ma’lum
ot
almashinuvini samaraliroq qilishga yordam beradi.
To‘lov tizimlarida tranzaksiyalarning tezligi va qulaylik funksiyasi
Ushbu funksiya bozordagi ishtirokchilar o‘rtasida tez va ishonchli pul o‘tkazmalarini,
shuningdek, to‘lov tizimlarining aholi va biznes uchun qulayligini ta’minlashdan iborat.
2020-
yil fevral oyidan boshlab tadbirkorlik subyektlarining to‘lov operatsiyalari onlayn
rejimida, kunning istalgan vaqtida, Tezkor to‘lovlar tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Ushbu
tizim yuridik shaxslar va yakka
tartibdagi tadbirkorlar o‘rtasida banklararo pul o‘tkazmalarini
amalga oshirishga, shuningdek, budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga real vaqt rejimida
(24/7) hamda dam olish va bayram kunlarida to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bu
pul o‘tkazmalarining to‘siqsiz va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun juda muhim va qulay
hisoblanadi.
So‘nggi 4 yil davomida tezkor to‘lovlar tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni
va miqdorining sezilarli o‘sishi kuzatildi
. Agar 2020-yilda tranzaksiyalar soni 5,3 millionni
tashkil etgan va o‘tkazilgan mablag‘lar hajmi 128 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023
-yil
yakunlariga ko‘ra bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 585% va 470,7% ga oshdi va tranzaksiyalar
soni 31,4 millio
nga, o‘tkazilgan mablag‘lar hajmi esa 603,8 trillion so‘mga yetdi.
Moliyaviy institutlarning faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish funksiyasi.
Moliyaviy infratuzilmaning asosiy tartibga soluvchilari bir qator davlat idoralari bo‘lib,
ular quyidagi sohalarda javobgardir: pul-kredit siyosati
–
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki, byudjet siyosati va davlat moliyalari nazorati
–
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
moliya vazirligi, raqobatni rivojlantirish va moliyaviy xizmatlar iste’m
olchilari huquqlarini
himoya qilish
–
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning
huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va boshqalar.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
18
3-
rasm. Markaziy bankning tezkor to‘lovlar tizimi orqali amalga oshirilgan
tranzaksiyalar
Manba:
muallif tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida tuzilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunning 11
-moddasida Markaziy
bankning vakolatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, u yerda Markaziy bank «banklarga
qisqa muddatli
kreditlar taqdim etadi va shuningdek, likvidlikni favqulodda qo‘llab
-quvvatlash uchun kreditlar
beradi, ular uchun shartlar va tartibni o‘zi belgilaydi» deb ta’kidlanadi. Bizning fikrimizcha, bu
chora bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, qisqa muddatli kreditlar berish iqtisodiyotdagi pul miqdorini oshirishi
mumkin, bu esa inflyatsiyaning o‘sishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa, iqtisodiyot allaqachon
ortiqcha talab yoki tovarlar va xizmatlar taklifidan ortda qolayotg
an bo‘lsa.
Ikkinchidan, tijorat banklari Markaziy bankdan qo‘llab
-quvvatlashni qabul qilishga
odatlanib qolishi mumkin, ayniqsa, barqarorlik davrlarida. Ushbu bog‘liqlik bank sektori
samaradorligini pasaytirishi va uning krizislarga moslashish qobiliyatini zaiflashtirishi
mumkin.
Uchinchidan, bu chora bank tizimidagi raqobat muhiti uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Markaziy bankning qo‘llab
-
quvvatlashi ayniqsa tizim uchun muhim bo‘lgan yirik banklar uchun
katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bu raqobatni kamaytirishi va kichik va o‘rta banklarning
bozorga kirish imkoniyatlarini cheklashi mumkin, chunki ular bunday qo‘llab
-quvvatlashga
teng darajada ega emaslar.
Yangi tahrirda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonundan banklarning «o‘z xavf
-
xatariga ko‘ra faoliyat yuritadigan tijorat tashkilotlari» sifatida chiqarib tashlangan bo‘lsa ham,
biz qisqa muddatli kreditlar sifatida davlat mablag‘larini ishlatishni maqsadga muvofiq deb
hisoblamaymiz. Bundan tashqari, bu davlatning tijorat banklarining ustav fondlaridagi davlat
ulushlarini sotish bo‘yicha belgilangan vazifasi bilan ham mos kelmaydi.
Regulyator organlarining barqarorlik va shaffoflikni ta’minlash funksiyasi.
So‘nggi yillarda regulyatorlar shaffoflikni oshirish va xalqaro standartlarg
a rioya qilishga
qaratilgan o‘zgarishlarni faol joriy etmoqda. Jumladan, 2023
-yilda banklar va yirik
kompaniyalar uchun hisobot berish va ma’lumotlarni oshkor qilish bo‘yicha bir qator talablar
kiritildi. Shunga qaramay, O‘zbekistonning moliya bozori shaffoflik indeksi mintaqaviy o‘rtacha
darajadan pastroq bo‘lib, xalqaro reyting agentliklari moliyaviy xavflarni to‘liq baholash uchun
ma’lumotlarning yetishmasligini ta’kidlashmoqda.
128281
315780,1
446401,5
603819,1
5371461
12291560
17615064
31431869
0
5000000
10000000
15000000
20000000
25000000
30000000
35000000
0
100000
200000
300000
400000
500000
600000
700000
2020
2021
2022
2023
Сумма транзакций (млрд.сум)
Количество транзакций
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
19
5-jadval
O‘zbekistondagi regulyatorlik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari
(2023-
yil holatiga ko‘ra
)
Ko‘rsatkich
Qiymat
Yangi regulyatorlik talablarining soni
10
Ma’lumotni oshkor qilishga majbur bo‘lgan moliya kompaniyalari soni
200
Moliyaviy bozorlarning o‘rtacha shaffoflik darajasi (0
-100 balli shkalada)
55
Moliyaviy shaffoflik indeksi
45 (past daraja)
Yangi hisobot standartlarining soni
8
Manba:
muallif tomonidan Jahon banki ma’lumotlari asosida tuzilgan.
O‘zbekiston hali ham 55 ballik shaffoflik indeksiga ega, bu mintaqaviy o‘rtacha
ko‘rsatkichdan past. Bu xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni qiyinlashtirishi mumkin, chunki
investorlar odatda yuqori shaffoflikka va ma’lumotning ochiqligiga ega bo‘lgan bozorlarga
yo‘naltirilgan. Moliyaviy ma’lumotlarni markazlashtirilgan va standart
lashtirilgan tarzda
oshkor etishning yo‘qligi ichki hamda tashqi investorlar uchun moliyaviy xavflarni baholashni
qiyinlashtiradi.
Bundan tashqari, yangi talablar kiritilgan bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston hali ham
xalqaro standartlarga rioya qilishda orqada qolmoqda. Bu xalqaro kapital bozorlariga kirishni
cheklaydi va xalqaro tashkilotlar tomonidan ishonchning kamayishiga olib keladi.
Shu munosabat bilan, biz shaffoflikni kuchaytirish va ma’lumot oshkor qilishning yagona
standartlarini ishlab chiqishni zarur deb hisoblaymiz.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonning moliyaviy infratuzilmasini statistik ma’lumotlar
yordamida funksional tahlil qilish, kalit komponentlarning muvaffaqiyatlarini va mavjud
muammolarini ko‘rsatadi. To‘lov tizimlari rivojlanishda davom etmoqda, ammo mamlakatning
barcha hududlarini qamrab olish uchun yangilanishni talab qiladi. Bank tizimi umuman
barqaror ishlamoqda, ammo raqobatning cheklanganligi va kichik biznesni kreditlashning
yetarli emasligi u
ning yanada o‘sishiga to‘sqinlik qilmoqda. Fond bozorining kengayishi va
likvidligini oshirish zarur bo‘lib, bu investorlarga jalb qilishni samarali qilish uchun muhimdir,
kredit byuralari esa kredit ma’lumotlariga kirishni oshirish uchun yaxshilanishi zar
ur.
Regulyator choralarini kuchaytirish va moliyaviy sektorda shaffoflikni oshirish
O‘zbekistonning uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishi uchun barqaror infratuzilma yaratishga
yordam beradi.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2023). Bank tizimi bo‘yicha yillik hisobot. Manba:
OECD. (2021). Financial Markets and Central Asia: Economic Indicators. OECD Publishing.
Доступ
из
Respublika fond birjasi «Toshkent». (2023). O‘zbekiston fond bozoridagi savdo statistikasi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (2022). Markaziy Osiyoda moliyaviy barqarorlik bo‘yicha
hisobot. Manba:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
20
Абдулазизова
Ў
. (2023)
Н
a
п
pa
вления
pa
звития
к
o
нку
p
енции
и
к
o
нку
p
ентн
o
й
cp
еды
н
a
p
ынк
ax
фин
a
н
co
вы
x
у
c
луг
Узбекистана
//Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil.
–
2023.
–
Т
. 1.
–
№.
3.
–
С.
93-99.
Абдулазизова Ў. (2023) Проблемы формирования конкурентного рынка финансовых
услуг Узбекистана //Iqtisodiyot va taʼlim. –
2023.
–
Т. 24. –
№. 3. –
С. 12
-21.
Абдулазизова Ў. (2023) Роль финансовой инфраструктуры в повышении уровня
жизни населения //Na
shrlar.
–
2023.
–
С. 177
-179.
Абдулазизова У. (2023) Современные трактовки категории «финансовая услуга»
//Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития
финансового рынка. –
2023.
–
С. 9
-11.
Абдулазизова Ў. (2023) Сокращение участия государства как вектор развития
конкуренции на рынке финансовых услуг //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. –
2023.
–
Т. 1. –
№. 6.
–
С. 103
-107.
Алексеев В.Н. (2013). Финансовая инфраструктура и ее элементы: концептуальный
подход // Финансовый журнал. 2013.
№ 1 (15). С. 25
-32.
Аналитический отчет Европейского банка реконструкции и развития (ЕБРР).
(2022). Развитие цифровых платежей и финансовой доступности в Центральной Азии.
Доступ из:
Мировой банк. (2023).
Развитие финансовой инфраструктуры в странах с
переходной экономикой. Вашингтон, США. Доступ из:
Сулейманов, И.Р. (2024). Пути усиления интеграции банковского и реального
секторов экономики: Монография/И.Р.Сулейманов; –Т.: ―Iqtisod
-
Moliya, 2024. 112 с.
Султанов, М. (2023). РЕСПУБЛИКАМИЗДА МОЛИЯ БОЗОРИ ИНФРАТУЗИЛМАСИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙУНАЛИШЛАРИ. &
quot;Milliy Iqtisodiyotni Isloh Qilish Va Barqaror
Rivojlantirish istiqbollari" Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi Materiallari to
‘
plami.,
283
–
286. Retrieved from
http://conference.tsue.uz/index.php/article/article/view/453.
