Авторы

  • Нажмиддин Исмаилов
    Самаркандский государственный архитектурно-строительный университет https://orcid.org/0009-0009-6482-7684

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.59429

Ключевые слова:

современный массив предоставление услуг эффективное управление уровень жизни населения качество жизни уровень занятости населения доходы населения

Аннотация

В данной статье описывается роль услуг в повышении благосостояния и уровня жизни населения современных массивов, их уникальность, а также виды деятельности, входящие в услуги. Проанализирована доля сферы услуг по видам экономической деятельности


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

133


ZAMONAVIY MASSIVLARDA AHOLIGA KO’RSATILADIGAN XIZMATLAR

VA ULARNI TAVSIFLASH

Ismailov Najmiddin Ilxamovich

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti

ORCID: 0009-0009-6482-7684

najmiddin2004@rambler.ru

Annotatsiya.

Mazkur maqolada zamonaviy massivlarda aholi farovonligi va turmush

darajasini oshirishda xizmatlarning o’rni, o’ziga xosligi, xizmatlar

tarkibiga kiruvchi faoliyat

turlari kabilar yoritilgan. Xizmatlar faoliyatining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ulushi tahlil

qilingan.

Kalit so’zlar:

zamonaviy massiv, xizmat ko’rsatish, samarali boshqarish, aholi turmush

darajasi, turmush sifati, aholining bandlik darajasi, aholi daromadlari.

УСЛУГИ, ОКАЗЫВАЕМЫЕ НАСЕЛЕНИЮ В СОВРЕМЕННЫХ МАССИВАХ

И ИХ ОПИСАНИЕ

Исмаилов Нажмиддин Илхамович

Самаркандский государственный

архитектурно

-

строительный университет

Аннотация.

В данной статье описывается роль услуг в повышении благосостояния

и уровня жизни населения современных массивов, их уникальность, а также виды

деятельности, входящие в услуги. Проанализирована доля сферы услуг по видам
экономической деятельности.

Ключевые слова:

современный массив, предоставление услуг, эффективное

управление, уровень жизни населения, качество жизни, уровень занятости населения,

доходы населения.

SERVICES PROVIDED TO THE POPULATION IN MODERN AREAS

AND THEIR DESCRIPTION

Ismailov Najmiddin Ilxamovich

Samarkand State University of

Architecture and Construction

Abstract.

This article describes the role of services in improving the well-being and standard

of living of the population of modern areas, their uniqueness, as well as the types of activities

included in services. The share of the service sector by types of economic activity is analyzed.

Keywords:

modern areas, provision of services, effective management, standard of living of

the population, quality of life, level of employment of the population, income of the population.

UO

K: 338.465.4

XI SON - NOYABR, 2024

133-138


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

134

Kirish.

So‘nggi yillarda yurtimizda

aholi turmush darajasini oshirish

maqsadida Yangi

O‘zbekistonga xos bo‘lgan bir qator zamonaviy bunyodkorlik ishlari amalga

oshirilmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlarida xalqaro darajadagi bino va inshootlar majmualari bilan

bir qatorda zamonaviy massivlar qad rostlayapti. Aholi uchun qurilayotgan uy-joylar soni
yildan-yilga ortib, ularni arzon narxlarda sotib olish uchun fuqarolarimizga qator qulayliklar

yaratib berilmoqda. Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy

shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy

-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari

hamda muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish,

е

r resurlaridan

oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida

2022-

yildan boshlab hududlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etila boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezide

ntining 2021-yil 9-

dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston”

massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora

-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

-32-sonli Farmoni (2021) qabil qilindi. Farmonga muvofiq 29 ta

massiv tanlab olingan bo’lib

,

619 ta uy-

joy (21 ming 321 xonadon), 18 ta maktab, 24 ta bog‘cha,

15 ta tibbiyot muassasasi qurish rejalashtirilgan

buning uchun 1015 gektar er maydoni

ajratilga. Ushbu er maydonida zamonaviy ko’p qavatli uylar, ijtimoiy soha, bozor infratuzilmasi

va muh

andislik ob’ektlari joylashtirish bo’yicha bosh reja loyihalari ishlab chiqilgan. Bundan

tashqari har bir hududning tabiiy iqlimidan kelib chiqib massivlarda daraxtlar ekish va

ko’kalamlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Shubxasiz “Yangi O’zbekiston”

massivlari xozirgi davr talabiga to’liq javob bera oladigan zamonaviy massivlarga aylanadi.

Mana shu zamonaviy massivlarda aholiga sifatli va qulay bo’lgan xizmatlarni ko’rsatish

bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu esa

zamonaviy massivlarda xizmat

ko‘rsatish sohasini tashkiliy

-

iqtisodiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirish muhimligini anglatadi.

Chunki, ushbu sohaning rivojlanishi tashkiliy jihatdan optimal va xizmatlar bozori

konyunkturasiga nisbatan egiluvchan bo‘lsa, xizmat

ko‘rsatish sifati va samaradorligi

shunchalik yuqori bo‘ladi. Xizmat ko‘

rsatish s

ohasining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish milliy iqtisodiyot

miqyosida bir qator ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni bartaraf etishga sabab bo‘ladi.

Adabiyotlar sharhi.

Zamonaviy massivlarda aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar bugungi kunda xukumat

darajasiga ko’tarilib ulgurdi. Zamonaviy massivlarda xizmatlar sohasining ortib borishi aholi

turmush darajasining yaxshilanishiga to’g’ridan to’g’ri ta’sir etadi. Bunday xizmat

lar barchasi

aholi farovonligi uchun xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda zamonaviy massivlarda
aholining qulay va zamonaviy yashash shoroitlarini yaratish uchun Abdurahmonov (2009)

“turmush darajasi” tushunchasining mazmunini iste’mol sohasi bilan c

heklaydigan mualliflar

nuqtai-

nazarini to‘g‘ri deb hisoblaydi. Uning fikricha, turmush darajasi deganda, aholining

zarur moddiy va nomoddiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanish darajasi, ularni iste’mol

qilish darajasi tushuniladi.

Muxitdinov (2009) aholi turmush darajasini oshirish hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishiga bog‘liqligini o‘rganadi va aholi turmush darajasini oshirishga xizmat ko‘rsatish

sohasini rivojlantirishning ta’sirini yoritib beradi.

Mening fikrimizcha, aholi turmush darajasi juda keng tushuncha. U bevosita birqancha

sohalar bilan chambarchas bog’langan. Shunday sohalardan biri xizmat ko’rsatish hisoblanadi.

Bundan tashqari aholi daromadlari, bandligi va turmush darajasiga bog’liqliklarni sanab

o’tishimiz mumkin. Zamonaviy t

urar joy massivlarda aholi istiqomad qiladi. Ularga sifatli va

samarali xizmat ko’rsatishni tashkil qilishni muhim deb hisoblayman.

Aholining turmush darajasi va daromadlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish

sohalarining samaradorligi, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, aholining madaniy-

ma’rifiy

saviyasi, milliy xususiyatlari, siyosiy hokimiyat va boshqalar bilan bog‘liq. Bu boradagi

izlanishlar aholi turmush darajasini oshirish mamlakatning har bir aholisiga to‘g‘ri keladigan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

135

yalpi ichki mahsulot va bo

shqa ko‘rsatkichlar orqali baholab borilgan. Bu borada XX asrning

80 yillaridan boshlab aholi turmush darajasi oshishini baholashda inson potensiali taraqqiyoti

indeksi hisoblanib boshlangan, u nafaqat jamiyatda moddiy boyliklarning taqsimlanishini, balki

insonlarni har tomonlama mukammal rivojlanishi imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan. Inson

potensiali taraqqiyoti indeksi uch imkoniyatni

hayot davri va sog‘lomlik, ta’lim olish va

bilimni mustahkamlash hamda aholining turmush kechirishini ta’minlovchi еtar

li daromadlar

darajasini o‘rganadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot jarayonida iqtisodiy taxlil, statistik guruhlash, tizimli va qiyosiy tahlil va boshqa

ussullar qo‘llanilgan

Tahlil va natijalarmuhokomasi.

Zamonaviy massivlarda aholi munosib hayot kechirishi uchun qulay sharoit yaratilishi

muhum hisoblanadi. Aholi munosib hayot kechirishi ijtimoiy-

iqtisodiy tushuncha bo‘lib, u

insonlar hayotining xizmat ko’rsatish bilan ham bog‘liq munosabatlarini o‘z ichiga oladi.

Aholining turmush darajasini o‘rganishga turli yondashuvlar bo‘lishi mumkin va

iqtisodiyotning alohida tarmoqlarini rivojlantirish orqali aholi turmush darajasini oshirishni

o‘rganish zarur deb hisoblayman. Shu nuqtai

-nazardan zamonaviy massivlarda xizmat

ko’rsatish faoliyatini rivojlantiris

h aholi turmush darajasini oshirishning muhim omili sifatida

qarayman.

Xizmatlar ko’rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan dasturlar va

chora - tadbirlar natijasida mamlakatimizda sohaning YaIM hamda YAHMdagi ulushi oxirgi

yillarda

o’sish darajada bo’lmoqada.

1- jadval

2021-2024 (yan-

sent) yillarda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha

YAHM ishlab chiqarish hajmi va uning ulishi

Iqtisodiy

faoliyat

turlari

bo‘yicha

YAHM

2021 yil

2022 yil

2023 yil

2024 yil yan.-sent.

Summa,

ml

rd

Jami YaH

Mdag

i

ulis

hi (

%)

Summa,

ml

rd

Jami YaH

Mdag

i

ulis

hi (

%)

Summa,

ml

rd

Jami YaH

Mdag

i

ulis

hi (

%)

Summa,

ml

rd

Jami YaH

Mdag

i

ulis

hi (

%)

1. Mahsulotlarg

a sof soliqlar

1 109,2

2,1%

1 574,1

2,5%

1 389,2

1,9%

1 121,2

1,5%

2.

Qishloq,

o‘

rmon va

baliqchilik

xo‘jaligi

23 622,4 43,9% 24 652,2 39,5% 28 786,2 38,8% 23 662,6 32,6%

3.

Sanoat

7 789,8 14,5% 9 731,6

15,6% 11 184,8 15,1% 11 014,2 15,2%

4.

Qurilish

3 137,2

5,8%

3 742,9

6,0%

4 235,0

5,7%

4 036,6

5,6%

5.

Xizmatlar

18 091,3 33,7% 22 739,5 36,4% 28 520,1 38,5% 32 707,4 45,1%

Jami

53 749,9 100,0% 62 440,3 100,0% 74 115,3 100,0% 72 542,0 100,0%

Manba:

Samarqand viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

136

Samarqand viloyati misolida tahlil

qiladigan bo’lsak, oxirgi yillar hududda YaHM usish

ko’rsatkichlarini qayd etmoqda. Yuqorida keltirilgan 1

-

jadval ma’lumotlariga nazar soladigan

bo’lsak, 2021 yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 23622.4 mlrd. so’mni, sanoat 7789.8

mlrd. so’mni,

qurilish 3137.2 mlrd. so’mni va xizmatlar 18091.3 mlrd. so’mni tashkil etganligini

ko’rishimiz mumkin. 2022 yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 24652.2 mlrd. so’mni,
sanoat 9731.6 mlrd. so’mni, qurilish 3742.9 mlrd. so’mni va xizmatlar 22739.5

mlrd. so’mni

tashkil etganligini ko’rishimiz mumkin. 2023 yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

28786.2 mlrd. so’mni, sanoat 11184.8 mlrd. so’mni, qurilish 4235.0 mlrd. so’mni va xizmatlar

28520.1 mlrd. so’mni tashkil etganligini ko’rishimiz mum

kin. 2024 (yanvar

sentyabr oylari)

yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 23622.6 mlrd. so’mni, sanoat 11014.2 mlrd. so’mni,

qurilish 4036.6 mlrd. so’mni va xizmatlar esa 32707.4 mlrd. so’mni tashkil etganligini

ko’rishimiz mumkin. YaHM 2021 yilga nisbatan 2023 yil 137.9% ga o’sganligigni ko’rishimiz
mumkin. Shundan xizmatlar hajmi 157.6 %ga, ya’ni 10428.8 mlrd. so’mga ko’p degani.

Bunday o’sish ko’rsatkichlari hukumat tomonidan olib borilayotgan tadbirlar natijasi deb

hisoblayman.

Aholining o’sishi va xizmatlarga bo’lgan talabi yildan yilga ortib bormoqda. Mana

shu tadbirlarda belgilangan barcha chora-tadbirlarni amalda bajarilishi, aholi daromadlarining

oshishi va turmush darajasining ko’tarilishi, qishloqlarda ijtimoiy infratuzilm

ani yanada

rivojlantirish, zamonaviy infratuzilma shaxobchalarini tashkil etish, yangi ish o’rinlarini barpo

etish, xizmat ko’rsatish va servis sohasini, ta’lim tizimini, aholining tibbiy madaniyatini yanada

rivojlantirishga yo’l ochib bermoqda. Zamonaviy

massivlarda aholi munosib hayot kechirishiga

imkon bermoqda. Shu bilan bir qatorda aholining turmush darajasini oshirishga xizmat

qilmoqda. Bunday rivojlanish zamonaviy massivlarimizda infratuzilmani yanada rivojlanishiga
imkon beradi. Aholi turar joy mass

ivlari uchun eng zarur bo’lgan transport

kommunikatsiyalarini yaxshilash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tibbiy xizmatlar

ko’rsatish, ta’lim

-tarbiya xizmatlari telekommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilashga imkon

beradi.

1-rasm. Samarqand viloyat YAHMdagi xizmatlar hajmi va uning ulish

i

Manba:

Samarqand viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi.

Samarqand viloyatida 2021-2024 (yanvar

sentyabr oylari) yillarda iqtisodiy faoliyat

turlari bo’yicha YaHM dagi

xizmatlar hajmini va ulushini tahlil qildim. YaHM tarkibini qishloq,

o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi, sanoat, qurilish va xizmatlar tashkil etadi. 1

-rasmga nazar

soladigan bo’lsak hamma iqtisodiy faoliyat turlarida o’sishni kuzatishimiz mumkin. Bu

18091,3

33,70%

22739,5

36,40%

28520,1

38,50%

32707,4

45,10%

0

5000

10000

15000

20000

25000

30000

35000

2021 yil

2022 yil

2023 yil

2024 yil

yan.-sent.

m

lr

d

s

o

'm

Samarqand viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlari

2021-2024 (yan-sent)-

yillarda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha

Samarqand viloyat YAHMdagi

xizmatlar hajmi va uning ulishi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

137

mamlakatimizda olib borilayotgan chora-tadbirlarning mevasi deb hisoblayman. Bu

ko’rsatkichlarni chuqur tahlil qiladigan bo’lsak, Xizmatlar faoliyat turi boshqa faoliyat turlariga

nisbatan yuqori ko’p o’sganligini ko’rishimiz mumkin. Bu o’sish YaHMdagi xizmat faol

iyat

turning boshqa faoliyat turlaridagi ulushining ko’payishiga olib kelmoqda. 2021 yilda

YaHMdagi xizmatlar faoliyatinig ulushi 33.7%ni tashkil qilgan bo’lsa, 2022 yil 36.4%, 2023 yil

38.5% va 2024 (yanvar

sentyabr) yilda 45.1%ni tashkil etgan. 2021 yilga nisbatan 2024

(yanvar

sentyabr) yilda 11.4% ga ko’p ulushga ega bo’lgan. misolida tahlil qiladigan bo’lsak,

oxirgi yillar hududda YaHM usish ko’rsatkichlarini qayd etmoqda. Bu xizmatlar tarkibiga aloqa

va axborotlashtirish xizmatlari, moliyaviy xizmatlar, transport xizmatlari, yashash va

ovqatlanish xizmatlari, savdo xizmatlari, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar, ta’lim

sohasidagi xizmatlar, savdo xizmatlari, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar, ta’lim sohasidagi

xizmatlar, sog‘liqni saqlash

sohasidagi xizmatlar, ijara xizmatlari, kompyuterlar va maishiy

tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar, shaxsiy xizmatlar va boshqa xizmatlarni kiritishimiz
mumkin. Xizmat turlarining ko’payishi, rivojlanishi va takomillashishi natijasida YaHM

tarkibidagi xizmatlar faoliyatining ulushi ortishiga olib kelmoqda. Mana shu xizmatlarni aholini

yanada qulay sharoit asosida foydalanishlari maqsadidda hukumatimiz tomonidan yangidan

yangi tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning amaldagi natijasi sifatida

“Yangi O‘zbekiston”

massivlari barpo etila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 9-

dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy

-iqtisodiy

rivojlanishini ta’minlash chora

-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

-32-sonli Farmon

i bunga misol bo’la

oladi. Bu farmonning asosiy maqsadi sifatida aholining turmush darajasini oshirish maqsadida

zamonaviy massivlar tashkil etish va aholini uy-

joy bilan ta’minlash, yashsh sharoitini

yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari

asosida ko‘p qavatli uy

-joylar, ijtimoiy

soha va infratuzilma obyektlari hamda muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini

jadallashtirish, еr resurlaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya

jarayonlarini rivojlantirishdan iborat deb bilaman.

Xulosa va takliflar.

Zamonaviy massivlarda xizmat ko’rsatishni rivojlantirish va samarali boshqarish tashkil

etish orqali erishish mumkin. Bundan ko’rinadiki, zamonaviy massivlardagi xizmatlar faoliyati

aholi turmush darajasi va

sifatini baholash ko’rsatkichlarini aniqlash hamda ularni boshqarish

bo’yicha turli xil еchimlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni taqazo etadi.

Zamonaviy massivlarda keng qulayliklar yaratilgan xizmat faoliyatini yoʻlga qoʻyish,

xizmatlarning a

holi turmush tarzini yaxshilashga olib keluvchanligini koʻpaytirish, xizmatlari

sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan faoliyatni tashkil etish bu faoliyatning rivojlantirishning eng

asosiy vazifalari hisoblanadi.

Shundan kelib chiqqan holda zamonaviy massivlarda bu borada amalga oshirilayotgan

islohotlarning samaradorligini oshirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:

-

xizmatlar faoliyatining aholi turmush darajasini oshirishga ta’sirini chuqur o‘rganish;

-

aholining xizmatlarga bo’lgan talabi

hajmini muvofiqlashtirish va bu borada ko‘proq

ilmiy tadqiqotlar olib borish;

- zamonaviy massivlarda aholining yashash sharoitlari va standartlarini yanada yuqori

darajaga ko‘tarish;

- aholining bandlik darajasini oshirish va munosib turmush kechirishi uchun zarur

bo‘lgan infrastrukturani jadal rivojlantirish.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Abduraxmonov Q.X. (2009) Mehnat iqtisodiyoti. Toshkent, “Mehnat” 357

- b.

Farmon, (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 9-

dekabrdagi “Yangi

O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy

-

iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash

chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

-32-sonli Farmoni.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

138

Ismailov N.I. (2023) Zamonaviy massivlar va ularda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar.

Me‘

morchilik va qurilish muammolari (ilmiy texnik jurnali) .

Ismailov N.I. (2024) Zamonaviy massivlarda xizmat ko‘rsatishni boshqarishning aholi

turmush darajasiga ta‘siri. Arxitektura va qurilish sohasida zamonaviy ilm

-fanning innovatsion

yutuqlarini tadbiq etish muammolari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi.
SamDAQU 07.06.2024 y. 213-216 b.

Ismailov N.I. (2024) Zamonaviy massivlarda xizmat ko'rsatish tizimining rivojlanishi.

Modern Education and Development elektron jurnali. Vol.4 No.2366-371 b.

Muxiddinov X. S. (2009) Hudud aholisi turmush darajasini oshirish va ijtimoiy rivojlanishini

modellashtirish. Monografiya. T.: “FAN”, 12 b.

Библиографические ссылки

Abduraxmonov Q.X. (2009) Mehnat iqtisodiyoti. Toshkent, “Mehnat” 357- b.

Farmon, (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-sonli Farmoni.

Ismailov N.I. (2023) Zamonaviy massivlar va ularda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar. Me‘morchilik va qurilish muammolari (ilmiy texnik jurnali) .

Ismailov N.I. (2024) Zamonaviy massivlarda xizmat ko‘rsatishni boshqarishning aholi turmush darajasiga ta‘siri. Arxitektura va qurilish sohasida zamonaviy ilm-fanning innovatsion yutuqlarini tadbiq etish muammolari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi. SamDAQU 07.06.2024 y. 213-216 b.

Ismailov N.I. (2024) Zamonaviy massivlarda xizmat ko'rsatish tizimining rivojlanishi. Modern Education and Development elektron jurnali. Vol.4 No.2366-371 b.

Muxiddinov X. S. (2009) Hudud aholisi turmush darajasini oshirish va ijtimoiy rivojlanishini modellashtirish. Monografiya. T.: “FAN”, 12 b.