Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
105
OPERATSION
FAOLIYATNI BOSHQARISH VAZIFALARINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
i.f.n., dots.
Dedajanov Baxtiyor Nabijanovich
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada korxonalarda operatsion faoliyat va uni boshqarish
mazmuni bayon etilgan. Shuningdek, operatsion faoliyatni boshqarishga oid olimlarning
yondashuvlari hamda operatsion faoliyatni boshqarish vazifalari
yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Umumiy xulosalar shakllantirilib, operatsion faoliyatni samarali boshqarish uchun tegishli
tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
operatsion faoliyat, operatsion boshqaruv, tashkiliy tizimlar, sifat
menejmenti, ishlab chiqarishni joylashtirish, ta’minot zanjirini
boshqarish, operatsion tizimni
qo‘llab
-quvvatlash, zaxiralarni boshqarish, moddiy resurslarni rejalashtirish tizimlari.
ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ЗАДАЧ УПРАВЛЕНИЯ ОПЕРАЦИОННОЙ
ДЕЯТЕЛЬНОСТЬЮ
к.э.н., доц.
Дедажанов Бахтиёр Набижанович
Наманганский инженерно
-
технологической институт
Аннотация
.
В данной статье описывается содержание операционной
деятельности и управления ею на предприятиях. Также указаны подходы ученых к
управлению операционной деятельностью, а также направления задач управления
операционной
деятельностью.
Сформулированы
общие
выводы
и
даны
соответствующие рекомендации по эффективному управлению операционной
деятельностью.
Ключевые слова:
операционная деятельность, оперативное управление,
организационные системы, управление качеством,
размещение производства,
управление цепочкой поставок, поддержка операционной системы, управление запасами,
системы планирования материальных ресурсов
.
THE MAIN DIRECTIONS OF THE TASKS OF MANAGING OPERATIONAL ACTIVITIES
DSc., assoc. prof.
Dedajanov Bahtiyor Nabijanovich
Namangan Institute of Engineering and Technology
Abstract.
This article describes the content of operational activities and their management
in enterprises. The approaches of scientists to the management of operational activities are also
indicated, as well as the directions of the tasks of managing operational activities. General
conclusions are formulated and appropriate recommendations for effective operational
management are given.
Keywords:
operational activities, operational management, organizational systems,
quality management, production placement, supply chain management, operating system
support, inventory management, material resource planning systems.
UO
‘
K: 330.46
XI SON - NOYABR, 2024
105-110
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
106
Kirish.
Foyda olish uchun har qanday biznes daromad olish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni
maksimal darajada oshirish va yaxshilashga intiladi. Korxona foydaning katta qismini asosiy
faoliyatini amalga oshirish jarayonida oladi. Shuning uchun, asosiy mahsulot yoki xizmatni
ishlab chiqarish tsiklining o‘zi qanchalik uyg‘un bo‘lsa, korxona shuncha ko‘p daromad oladi.
Korxonaning muvaffaqiyatli faoliyati uchta faoliyat turi bo‘yicha qabul qilingan samarali
boshqaruv qarorlarini amalga oshirish natijasiga: investitsiyalar - birinchi navbatda, asosiy
vositalarni yangilashga; moliyaviy - korxonani moliyaviy resurslar bilan ta'minlashga va
asosiysi operatsion faoliyatga ya’ni, mahsulot ishlab chiqarish va sotish (xizmatlar
ko‘rsatish)ga bog‘liq.
Operativ faoliyatni oqilona boshqarish nafaqat taktik qarorlar qabul qilishni, balki aniq
strategiyani amalga oshirishni ham talab qiladi. Demak bu operatsion menejment doirasidagi
bajariladigan chora-tadbirlarni qamrab oladi deya olamiz.
Operatsion menejment
–
bu
biznesni boshqarish tizimi bo‘lib, u kompaniyaning ishlab
chiqarish faoliyatining to‘liq tsiklini boshqarish va tashkil etishni o‘z ichiga oladi: tovarlarni
yaratishdan tortib xizmatlar ko‘rsatishgacha.
14
Operatsion menejment har qanday biznes jarayonlarini xom ashyo, materiallar sotib
olishdan, ularni tayyor mahsulotga aylantirishdan xaridorga yetkazib berishgacha bo‘lgan
jarayonlarni yaxshilash uchun javobgardir.
15
Boshqacha qilib aytganda, operatsion menejment
—
bu xom ashyoni tayyor mahsulotga
yoki xizmatga eng samarali tarzda aylantirish jarayoniga qaratilgan faoliyat. Maqsad minimal
investitsiyalar bilan maksimal natijaga erishishdir.
Aynan mana shunday boshqaruv tadbirlari majmui kompaniyaga asosiy ishlab chiqarish
faoliyatini yanada samarali olib bor
ishga imkon beradi, bu esa ko‘plab raqobatdosh
ustunliklarni qo‘shadi va maqsadlarga tezroq erishishga yordam beradi.
Shu bilan birga, turli vaqtlarda biznes ichida sodir bo‘ladigan ishlab chiqarish va boshqa
barcha jarayonlar o‘rtasidagi chegarani aniq ko‘rish har doim muhimdir.
Adabiyotlar sharhi.
Operatsion menejmentning mustaqil fan sifatida shakllanish tarixi XVIII asr boshlariga
to‘g‘ri keladi. Aynan o‘sha paytda samarali iqtisodiyot shakllanadi va mehnat taqsimotining
birinchi
tamoyillari namoyon bo‘ladi.
Vaqt o‘tishi bilan, axborot texnologiyalarining rivojlanishi, biznes jarayonlarining
o‘zgarishi, korxonalar faoliyatida shaxs va inson munosabatlarining roli ortib borishida
operatsion boshqaruvning ahamiyati sezilarli darajada oshadi (Fomenko, 2023).
Umarxodjayeva, Ermatov va Sulaymonovlarning (2019) fikricha, “Operatsion faoliyat
tashkilotning har qanday funksiyasini amalga oshirishni qat’iylashtiradi, ma’lum mahsulotni
ishlab chiqish yoki xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar mazmuni
va oqibatlariga e’tiborni jamlaydi”. Sterligova va Fel
(2009)
o’z tadqiqotlarida: “Operatsion
boshqaruvning asosi operatsion tizimlarni boshqarishdir. Operatsion tizim
–
bu moddiy,
axborot yoki moliyaviy resurslardan ("kirish") foydalanib mahsulot yoki xizmat shaklida ularni
natijaga ("chiqish") aylantiradigan tizim ekanligi haqida ta’kidlab o’tadilar.
Pivovarov, Maksimtsev, Rogova va Xutiyevalarning (2011) asarlarida, operatsion
menejment
–
bu mahsulot va xizmatlarning asosiy turlarini ishlab chiqarishga qaratilgan biznes
jarayonlarini ishlab chiqish, ulardan foydalanish va takomillashtirish bo'yicha faoliyat. Ishlab
chiqarishning asosini tashkilot xodimlari va mijozlari uchun muhim bo'lgan operatsiyalarni
boshqarishni tashkil etishning samaradorligi va ratsionalligi tashkil etadi. Operatsiyalar
resurslarni mahsulot va xizmatlarga qayta ishlash bilan bog'liq har qanday inson faoliyati
sifatida qaraladi.
14
https://rb.ru/opinion/ops-manager/
15
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
107
Paliyning (2008)
ishlarida esa “Operatsion faoliyat tashkilotga asosiy daromad va asosiy
pul oqimlarini olib keladi. Operatsion faoliyatga, shuningdek, investitsiya yoki moliyaviy
jarayon bilan bog'liq bo'lmagan tashkilotning boshqa har qanday faoliyatini ham o'z ichiga
ol
adi” –
kabi yondashuvni ko’rishimiz mumkin .
Fomenko va Pleskevichlarning (2023) ta’rificha: “
Operatsion faoliyatni boshqarish ishlab
chiqarish jarayonlarini samarali boshqarish, mahsulot va xizmatlar sifatini nazorat qilish,
xarajatlarni optimallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan bir qator
tadbirlarni o'z ichiga oladi.”
“Operatsiyalarni boshqarish (OM)
- bu kompaniyaning tovarlari va xizmatlarini ishlab
chiqarish uchun zarur bo'lgan resurslarni rejalashtiradigan, tashkil etadigan,
m
uvofiqlashtiradigan va boshqaradigan biznes funktsiyasi” singari qarashlarni
Dan Reid R.,
Nada R. Sanderslarning (2012) ilmiy asarlarida uchratishimiz mumkin.
Xorijlik olimlar Slack, Nigellarning (2010) ilmiy izlanishlarida, operatsiyalarni boshqarish
–
bu mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqaradigan va yetkazib beradigan resurslarni boshqarish
faoliyati ekanligi haqidagi fikr-
mulohazalarni guvohi bo’lamiz.
Mashhur amerikalik iqtisodchi Erix Xelfert (2013) o‘zining “Moliyaviy tahlil texnikasi”
,
“Biznes qiymatini yaratish yo‘li” kabi ilmiy maqolalarida operatsion boshqaruvning mohiyatini
asosiy boshqaruv funktsiyasi sifatida tavsiflaydi, uning natijalari tashkilotning tijorat
muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi deydi.
Shuningdek Erix Xelfert (2013), operatsion boshqaruvning asosiy jihatlarini - mavjud
bo‘lgan barcha aktivlarning potentsialidan samarali foydalanish, yangi mahsulotlarni ishlab
chiqish va yangi savdo bozorlarini rivojlantirish, narx siyosati nuqtai nazaridan
raqobatbardoshlikni
oshirish, xarajatlarni kamaytirish va operatsion vositalarda ko‘rish
mumkin deydi. Shunday qilib, operatsion menejment katta va ko‘p qirrali tushuncha ekanligi
ayon bo‘ladi va menejmentning o‘ziga xos xususiyatlari ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat
elementlarini birlashtiradi.
Bizning fikrimizcha, “Operatsiyalarni boshqarish tizimi boshqa tashkiliy tizimlar va
umuman ishlaydigan muhit bilan uzviy bog’liq bo’ladi. O’z navbatida bu muhit operatsion
faoliyatga ikki yo’l –
korxonaning funktsiyalarini bilvo
sita belgilaydigan va bevosita to’g’ridan
-
to’g’ri ta’sir etuvchi omillar bilan ta’sir qilishi mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot jarayonida olimlarning operatsion boshqaruv mazmun-mohiyatiga xos
yondashuvlari o‘rganildi va tegishli xulosalar shakllantirildi. O‘rganilgan ma’lumotlar asosida
kuzatish, umumlashtirish va mantiqiylik usullaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Operatsion faoliyatni boshqarish sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki,
operatsiyalarni boshqarish tizimi boshqa tashkiliy tizimlar va umuman
ishlaydigan muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, faoliyatga ikki yo‘l –
tashkilotning
funktsiyalarini bevosita belgilaydigan va bilvosita to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri ta’sir etuvchi
omillar bilan
ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sir turlarining
har biri ma’lum bir xususiyatga ega bo‘lgan o‘ziga xos turdagi operatsiyalarni shakllantiradi.
1. Strategik
–
mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish usullarini, ofis va ishlab chiqarish
binolarini, ishlab chiqarish quvvatlarini hududiy joylashishtirishni, jihozlarni joylashtirish
sxemalarini ishlab chiqishni, ishlab chiqarish va xodimlarni har tomonlama tayyorlashni
belgilaydi.
2. Taktik
–
ma’lum bir mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan
resurslar miqdorini, ularga bo‘lgan ehtiyojni, ishlab chiqarish jarayonlariga tashqi resurslarni
jalb qilish rejalari va jadvallarini oldindan belgilaydi.
3. Operativ
–
operatsiyalarni rejalashtirish va boshqarish, shuningdek, har bir ish joyi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
108
uchun mas’ul shaxslarni aniqlash, shu jumladan “aniq o‘z vaqtida” operatsion tizimlarni
boshqarish, ishlab chiqarish jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operatsiyalarni
boshqarish bilan bo
g‘liq.
Operatsion faoliyat korxonaning har qanday funktsiyalarini amalga oshirishni belgilaydi,
muayyan mahsulotni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq maqsadli
harakatlarning mazmuni va ketma-
ketligiga e’tibor beradi.
Operatsion menejment
vazifasi bevosita birinchi chiziqli menejerlar, ya’ni tsex ustalari,
bo‘limlarning funktsional menejerlari (savdo bo‘yicha menejerlar, moliyaviy faoliyatning ayrim
funktsiyalari bo‘yicha menejerlar, operativ rejalashtirish bo‘yicha menejerlar) tomonidan
amalga oshiriladi. Korxonalar boshqarish tizimidagi operatsion faoliyatni quyidagi rasm
yordamida ifodalab o‘tamiz.
1-rasm. Korxonani boshqarish tizimidagi operatsion faoliyat
(Pivarov va boshq., 2011)
Operatsion muhit darajasi korxonaning umumiy muhitidan bir pog‘ona pastroq ekanligini
quyidagi rasm orqali ko‘rishimiz mumkin. Uning tashqi muhitida yirik korxonaning biznes
bo‘linmalarining vazifalari
- zarur resurslarni olish va mahsulot ishlab chiqarish bilan
cheklangan bo‘ladi. Ammo butun korxona faoliyatini tavsiflovchi sxemalardan farqli o‘laroq,
operatsion faoliyat korxonaning har bir funktsiyasining mazmuni va vaqti hatto, ushbu
funktsiyaning ajralmas q
ismi bo‘yicha eng batafsil tafsilotlar bilan bog‘liq hisoblanadi
(Dedajanov, 2022).
Tadqiqotlardan kelib chiqqan holda, korxonalarda operatsion faoliyat boshqaruvida
amalga oshiriladigan ish(vazifa)larning yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:
1. Sifat menejmenti.
2. Mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish.
3. Jarayonlar va texnologiyalarni tanlash.
4. Ishlab chiqarishni joylashtirish.
5. Jihozlarni joylashtirish va ish joylarini tartibga solishni loyihalash.
Ta’minotchilar
Mehnat bozori
Iste
’
mo
lch
ilar
Inn
ov
at
siyalar
Operatsion
faoliyat
Xom ashyo, materiallar
(tashqi butlovchilar
)
Axborot
faoliyati va uni
boshqarish
Fan va
texnologiya
Xodimlar
(ijrochilar va
ularning tasnifi)
Operatsion
faoliyatning
tashqi
muhiti
Operatsion
faoliyatning
vazifa
muhiti
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
109
6. Inson resurslari, mehnat faoliyatini loyihalashtirish.
7.
Ta’minot zanjirini boshqarish
.
8. Zahiralarni boshqarish, moddiy resurslarni rejalashtirish tizimlari - MRP (Material
Resources Planning), JIT (Just in time).
9. Agregat (umumiy) va operatsion rejalashtirish hamda loyihalash.
10.
Amaldagi operatsion tizimni qo‘llab
-quvvatlash uchun infratuzilma.
Shuningdek, korxona faoliyati sohalari kesimida bir qator ishlar amalga oshirilib, ularni
ham quyida ko’rsatib o’tishimiz mumkin. Masalan, dasturli boshqaruvga ega
dastgohlar
uchastkasi boshqaruvida quyidagi yo‘nalishdagi vazifalar bajariladi:
−
aniq miqdordagi
mahsulotni belgilangan o‘rtacha tannarx (yoki ichki tsex bahosi)
bo‘yicha standartlashtirilgan xom ashyo bilan ta’minlash;
−
ishlab chiqarish jarayonini aniq tashkil etish, jihozlarni qayta sozlash va materiallarni
yetkazib berishni ta’minlash;
−
mahsulotlarning me’yoriy jihatdan yuqori sifatini ta’minlash;
−
barcha ijrochilar tomonidan rejalashtirilgan ish jadvallarini o‘z vaqtida bajarilishini aniq
nazorat qilish. Is
hchilarning shikoyatlari va mulohazalariga e’tibor berish. Shikoyatlarga,
ularning murakkabligini hisobga olgan holda, bir yoki ikki smenada javoblar berish;
Savdo ishlari bo‘yicha quyidagi yo‘nalishdagi ishlar bajariladi:
−
xaridorlarning
so‘rovlariga tezkorlik bilan yuqori darajada xizmat ko‘rsatish;
−
belgilangan mahsulot nomenklaturasini qat’iy belgilangan miqdorda, oldindan
belgilangan narxda (sotish narxida), belgilangan miqdorda sotish hajmini ta’minlash;
−
savdo agentlari o‘rtasida amalga oshirish bo‘yicha belgilangan umumiy topshiriqni
taqsimlash, quyidagi qoidalarning bajarilishi va ularga amal qilishi ustidan nazoratni
ta’minlash:
-
kuniga bitta mijoz tashrifi; dekadada yoki oyda kamida bir marta yirik xaridorlar
bilan muloqot o‘rnatish
(uchrashish).
Debitor qarzdorlik bo‘yicha quyidagi yo‘nalishdagi ishlar olib boriladi:
−
bitim tuzilgandan keyin uch ish kuni ichida to‘lov uchun hisob
-kitob varaqlarini taqdim
etish;
−
bir ish kuni ichida yangi xaridorlarning kredit to‘lash qobiliyati tekshiruvini o‘tkazish;
−
hisob-
kitob to‘lovlari kechiktirilmasligini ta’minlash;
−
haftada bir marta o‘z hisoblarini to‘lamagan mijozlar bilan bog‘lanish;
−
o‘z rahbariga dekadada bir marta ishonib topshirilgan faoliyat bo‘limining to‘lov holati
to‘g‘risida tezkor ma’lumotlarni taqdim etish.
Shulardan kelib chiqan holda, operatsion menejerlarning vazifalari quyidagi
yo‘nalishlarda shakllantiriladi:
iste’molchilar talablariga javob beradigan mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish;
nazorat ostidagi resurslarni samarali boshqarish.
Operatsion faoliyatni boshqarishda operatsion menejerlar har kuni va har soatda yuzaga
keladigan ko‘plab muammolarni hal qilishlari kerak. Bu ularning ishining o‘ziga xos
belgilaridan biridir. Qiyinchiliklar iste’molchi manfaatdor bo‘l
gan tovarlarni kerakli miqdorda
ishlab chiqarish uchun doimiy bosim bilan ta’sir qiladi. Operatsion menejerlar muammolarni
reaktiv ravishda hal qiluvchi sifatida qabul qilinadi. Strategik boshqaruv sifatida
operatsiyalarni boshqarish bo‘yicha kamroq tarqal
gan nuqtai nazar endi asossiz deb
hisoblanadi (Dedajanov, 2022).
Xulosa va takliflar.
Operatsion menejment sohasidagi tadqiqotlar iqtisodiy tizimlarning rivojlanishi uchun
katta ahamiyatga ega. Ular bizga yangi boshqaruv usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish,
jarayonlarni optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish va korxonalar samaradorligini oshirish
imkonini beradi. Ilmiy izlanishlarsiz operatsion boshqaruv qarorlari tajriba darajasida qoladi,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
110
bu esa samarasizlik va yo‘qotishlarga olib kelishi
mumkin. Ilmiy tadqiqotlar muammolarni
aniqlash va ularni bartaraf etish uchun yechimlarni topish, shuningdek boshqaruvning yangi
yondashuvlari va vositalarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Shunday ekan har qanday biznes ertami kechmi operatsion boshqaruv jarayonidagi
tadqiqotlarga va tahlillarga murojaat qiladi. Operatsion faoliyatni samarali boshqarish uchun
quyidagilarni tavsiya etamiz:
−
tajribalarda muvaffaqiyatli bo‘lgan strategiyalarni ishlab chiqish. Shuningdek, bu yerda
bevosita operatsion strategiya mantiqiy ravishda umumiy korxona strategiyasini ham inobatga
olgan holda uyg‘un ishlab chiqarish kerak;
−
operatsion tizimlarni joriy etish. Joriy etish jarayonida muayyan operatsion tuzilma
biznesning nima bilan shug‘ullanayotganiga bog‘liqlikda
olib borilishi lozim;
−
operatsion tizimni samarali boshqarish. Boshqaruvning asosiy mezonlari samaradorlik
va ratsionallikdir. Samaradorlik daromadni oshirishga, mijozlar auditoriyasini kengaytirishga
qaratilgan bo‘lishi hamda xarajatlarni kamaytirish uchu
n zaxiralarni izlash lozim.
Odamlar bilan qanday munosabatda bo’lish yana bir muhim xususiyatdir. Operatsion
jarayonlar korxonaning turli xil funktsional yo‘nalishlarini bog‘laydi: marketing, yuristlar,
texnik yordam, biznesni rivojlantirish, moliya va boshqalar. Har kuni operatsion jarayonlarda
boshqaruv bo‘limlariga ma'lumotlarni beriladi va ulardan olinadi, bunda ishning yakuniy
muvaffaqiyati operatsion munosabat,aloqa sifatiga bog‘liq.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Dan Reid R., Nada R. Sanders. (2012) Operations Management. An Integrated Approach
Fourth Edition. John Wiley & Sons, Inc.
–
p 808.
Dedajanov, B. N. (2022). Menejment. Darslik.
–Toshkent.:“Fan ziyosi” nashriyoti,
580.
Slack, Nigel. (2010) Operations management / Nigel Slack, Stuart Chambers, Robert
Johnston.
–
6th ed.713 p.
Uмаrхоdjаyеvа М.G., Ermatov T.Sh., Sulaymonov B.A. (2019) Operatsion menejment:
Darslik.
–T.: “Iqtisod
-
Moliya”,–
368 b.
Операционный менеджер: кто это и какие задачи в компании он решает?
https://rb.ru/opinion/ops-manager/
Операционный менеджмент: как эффективно управлять бизнес
-
процессами.
https://getcompass.ru/blog/posts/operacionnyy-menedzhment
Палий, В.Ф. (2008) Международные стандарты учета и финансовой отчетности:
учебник. –
3-
е изд., испр. и доп. / В.Ф. Палий. –
М.: ИНФРА
-
М, –
512 с.
Пивоваров С. Э., Максимцев И. А., Рогова И. Н., Хутиева Е. С.
(2011) Операционный
менеджмент: Учебник для вузов. Стандарт третьего поколения. —
СПб.: Питер, —
544
с.: ил. —
(Серия «Учебник для вузов»).
Стерлигова А.Н., Фель
А.В. (20
09
) Операционный (производственный) менеджмент.
/ Учеб. пособие.
-
М.: ИНФРА
-
М, –
187 c.
Фоменко Н.М., Плескевич В.Б
. (2023
) Управление операционной деятельностью:
опыт, тенденции, перспективы
.
Лидерство и менеджмент. Том 10. №3.
975-985-
с.
Хелферт Э. (2013) Техника финансового анализа: Путь к созданию стоимости
бизнеса. / [Пер. с англ.] / Э.Хелферт.
- 10-
е изд.
-
Пб. и др. : Питер : Питер бук, . –
5
–
7 c.
