Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
99
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISHDA
KELAJAK TARMOQLARINING
OʻRNI
Bayev Adil Xabibullavich
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0002-3513-6293
Annotatsiya.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va
dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning maqsadi hududlarda aholi turmush darajasi va
sifatini
oshirishdan iborat. Mazkur maqola O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda raqamli
texnologiyalarni samarali ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Ushbu tadqiqotni amalga oshirish
uchun
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi (2024) qabul qili
ndi. Tahlil natijalari raqamli
texnologiyalar kambag‘allikni qisqartirishda ijobiy ta’sir etishini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida
raqamli texnologiyalarni kambag‘allikni qisqartirishga ta’sirini oshirish modeli taklif
etildi.
Shuningdek, maqolada inson resurslarini rivojlantirish, mehnat bozorini isloh qilish,
bandlikning zamonaviy shakllaridan foydalanish, xalqaro standartlar asosida munosib mehnat
standartlarini keng joriy etish orqali kambag‘allikni qisqartirishda davlat xizmatlari sifatini oshirish
masala
lari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
raqamli texnologiyalar, kambag‘allikni qisqartirish, moliyaviy xizmatlar, elektron
tijorat platformalari, kambag‘allik, strategiya, dastur, turmush darajasi, farovonlik , inson resurslarini
rivojlantirish, mehnat bozori, xalqaro andozalar, munosib mehnat munosabatlari, farmon.
РОЛЬ БУДУЩИХ СЕКТОРОВ В СОКРАЩЕНИИ БЕДНОСТИ
В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН
Баев Адил Хабибуллаевич
Ташкентский государственный аграрный университет
Аннотация
.
В последние годы для сокращения бедности в Узбекистане были
разработаны программы и стратегии. Цель этих программ и стратегий состоит в том,
чтобы повысить уровень жизни населения и понизить уровень безработицы и бедности. В
данной статье предлагается использовать цифровые технологии для снижения бедности и
безработицы в стране. В научном исследовании было взято за основу программа Республики
Узбекистан за 2024 год: «От бедности до благосостояния» (2024). Для проведения этого
исследования был проведен анализ цифровых технологий
для повышения благосостояния
народа республики. В заключении научной статьи были приведены указы и постановления
Президента Республики Узбекистан, а также польза применений цифровых технологий для
сокращения бедности в стране. В статье также рассмотрены человеческие ресурсы,
обновление рынка труда, использование современных методов обеспечения занятости
населения, повышение качества предоставляемых услуг со стороны государства с целью
повышения трудоустройства населения страны.
Ключевые слова:
цифровые технологии, сокращение бедности, финансовые услуги,
электронные коммерческие платформы, бедность, стратегия, программа, уровень жизни,
благосостояние, развитие человеческих ресурсов, рынок труда, указ, трудовые отношения.
UO
‘
K: 33:66.3
XI SON - NOYABR, 2024
99-104
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
100
THE ROLE OF FUTURE SECTORS IN POVERTY REDUCTION IN THE
REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Baev Adil Khabibullaevich
Tashkent State Agrarian University
Abstract.
In recent years, strategies and programs aimed at poverty reduction have been
developed in Uzbekistan, with the goal of improving the living standards and quality of life for the
population in various regions. This article is dedicated to studying the effective impact of digital
technologies on poverty reduction in Uzbekistan. To conduct this research, the "From Poverty to
Prosperity"(2024) program was adopted. The analysis results show that digital technologies have
a positive impact on poverty reduction. At the conclusion of the study, a model to enhance the
impact of digital technologies on poverty reduction was proposed. The aim is to improve the
quality of public services in poverty reduction by developing human resources, reforming the labor
market, implementing modern forms of employment, and widely introducing decent labor
standards based on international standards.
Keywords:
digital technologies, poverty reduction, financial services, e-commerce
platforms, poverty, strategy, program, living standards, prosperity, human resource development,
labor market, international standards, decent labor standards, decree.
Kirish.
Kambag‘allik insoniyat taraqqiyotini tashvishga solayotgan jahon miqyosidagi muammo
boʻlib, butun dunyo boʻylab qashshoqlikning barcha koʻrinishlariga barham berish Birlashgan
Millatlar Tashkilotining 2030- yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibining asosiy maqsadiga
aylandi. Kambag‘allikning yagona ta’rifi yo‘q. Ba’zilar kambag‘allikni insonning asosiy
ehtiyojlarini (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-
joy, ta’lim va sog‘liqni saqlash) qondira olmaslik deb
ta’riflasa, boshqalari kambag‘allikni tanlash erkinligi
ning yetishmasligi yoki kuniga 1,90
dollardan kam pul bilan yashash deb ta’riflaydi (Deng et.al., 2015). Kambag‘allik
- bu odamlar,
uy xo‘jaliklari yoki butun jamoaning ijtimoiy jihatdan maqbul minimal turmush darajasini
qondirish uchun yetarli resurslarni
boshqarishga qodir emasligi. So‘nggi yillarda
texnologiyaning rivojlanishi, ayniqsa raqamli texnologiyalar, kambag‘allikni qisqartirish
bo‘yicha yangi yondashuvlar va yechimlarni to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri ishlab chiqaradigan va mavjud
kambag‘allik tadqiqot nazar
iyasiga qarshi turadigan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga yordam
berdi (Лопатников, 2003). Texnologiyani rivojlantirish, ayniqsa raqamli texnologiyalar,
kambag‘allikni kamaytirishga yangi yondashuvlarni (va ko‘rib chiqish usullarini) yaratdi, bu
esa an’anaviy ravishda moliyaviy yordam va yengillashtirishga qaratilgan mavjud kambag‘allik
tadqiqot nazariyasiga qarshi turadi.
Adabiyotlar sharhi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024
-yil 23-
sentabrdagi Kambag‘allikni
qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi
bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF
-143-son Farmoniga muvofiq
“Kambag‘allikdan
farovonlik sari” dasturi (2024) qabul qilindi
. Sofleld, T., Bauer, J., Delacy, T. (2004)
iqtisodchilari
mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va
ularning hisobini yuritish
—
mehnat bozorini tahlil qilish va ishsizlarning hisobini manzilli
yuritish, iqtisodiyotning rivojlanib kelayotgan tarmoq va sohalarida mehnat resurslariga
bo‘lgan talabni prognoz qilish, mehnat bozoridagi tarkibiy muammolarni aniqlash va
nomutanosibliklarning oldini olish fiqirlani yuritishgan. Angliya iqtisodchisi May J. (1999).
Xalqaro me
hnat tashkiloti bilan faol hamkorlikda ishlashi, aholi bandligini ta’minlash
dasturlarini shakllantirish, bo‘sh ish o‘rinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish —
har yil uchun hududlar, tarmoq va sohalar kesimida aholi bandligini ta’minlas
h dasturini ishlab
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
101
chiqish va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hisobini
yuritish va monitoring qilish, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirishni tashkil etish va ish
beruvchilar bilan bog‘laydi. Kambag‘allik dinamikas
i va tarkibini tahlil qilish, oilalarni
kambag‘allikdan chiqarish individual rejalarining ishlab chiqilishini tashkil etish va ijrosini
muvofiqlashtirish, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni
joylarga chiqqan holda o‘rganish hamda natijasi bo‘yicha fikrlar yuritgan. Mamlakatimizda
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” (2024) dasturini amalga oshirish bo‘yicha respublika
komissiyasiga har oyda ma’lumot kiritib borishi, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi
bandligini ta
’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman faoliyatini
uslubiy jihatdan qo‘llab
-
quvvatlash, istiqbolli loyihalar bilan ishlash ko‘nikmasi va malakasini
oshirib borishni doimiy tahlil qilish, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini i
shlab chiqish
va baholash, faoliyatida aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqishdi kasbiy standartlarni ishlab chiqish, kasb-
hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, malakani
baholash, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda xorijda tan olinadigan kasbiy standartlarni
ishlab chiqish, talab yuqori bo‘lgan kasb va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha davlat buyurtmasini
shakllantirish, standartlar asosida malakani baholash xizmatlari bozorini tartibga solish,
sohaga xususiy sektorni keng jalb qilishdi munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat
me’yorlariga rioya etilishini o‘rganish, mehnat huquqini ta’minlash hamda mehnatni muhofaza
qilish, munosib mehnat tamoyillari va xalqaro standartlarni joriy etish, mehnat
munosabatlarini tartibga solishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, mehnat
huquqlarini himoya qilish, shuningdek, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda munosib
mehnat sharoitlarini ta’minlash.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ozbekistonda aholi bandligini
ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari
bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdi kasbiy standartlarni ishlab chiqish, kasb
-hunar va xorijiy
tillarga o‘qitish, malakani baholash, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda xorijda tan
olinadigan kasbiy s
tandartlarni ishlab chiqish, tartibga solish bo‘yicha mavjud bolgan ilmiy
tadqiqotlarni organish ish orinlarini shaqillanishi, ishizlikva kambag‘allikni paydo bolishining
qiyosiy solishtirish, statistika malumotlarini organish va iqtisodiy jihatdan taqqoslash va tahlil
qilish, matiqiy fikirlash, ilmiy abstraksiyalash, malumotni guruhlash, analiz va sintez, induksiya
va deduksiya usullaridan kehg foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O’zbekistonda
aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqa
rtirish masalalari
bo‘yicha quyidagi tahlillar amalga oshirildi. Oilalarni kambag‘allikdan chiqarish individual
rejalarining to‘g‘ri, maqsadli, manzilli tuzilganligi va natijadorligini hamda eng og‘ir ahvoldagi
mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash b
o‘yicha ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga
oshirilishini tahlili;
- individual rejalarning ijrosini muvofiqlashtirish, zarur hollarda, ularga tegishli
o‘zgartirishlar kiritish orqali samarali natijaga erishilishini ta’minlaydi;
- individual rejalarni amalga oshirishda aniqlangan muammolarni mutasaddi tashkilotlar
bilan birgalikda hal qilish hamda tizimli muammolar yechimi bo‘yicha takliflarni Respublika
komissiyasiga kiritish;
-
kambag‘al oilalarga va eng og‘ir ahvoldagi mahallalarga biriktir
ilgan tashkilotlar
rahbariyatining faoliyati samaradorligini monitoringini amalga oshorish. Aholi bandligini
ta’minlash va daromadlarini oshirish orqali kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha
Vazirlikning uch oy muddatda ijobiy natija bergan “100 ta
eng samarali mikroloyiha” katalogini
yaratdi hamda hokim yordamchilari orqali respublikaning barcha hududlarida ommalashtirish
choralarini ko‘rdi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
102
- 2025-yil 1-dekabrga qadar 50 ta tumanda, 2026-yilda qolgan tumanlarda 50
—
100
gektardan ijara asosida aj
ratilgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya,
bog‘ va uzumzorlar tashkil etiladi;
- 2025-yil 1-dekabrga qadar ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida
40 gektar maydonda “bir kontur —
bir mahsulot” tamoyili asosida
yuqori daromadli va
eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha namunaviy loyihalarni amalga
oshiriladi;
- 2026-yil 1-
avgustga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda kamida
ikkitadan ko‘p qavatli kompleks sanoat markazla
rini barpo etish va tadbirkorlarni joylashtirish
loyihalarini amalga oshiriladi;
- sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2
000 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyih
alarini
ishga tushiriladi;
-
har yili kamida 500 ta hunarmandchilik va kasanachilik loyihalarini mahallaning o‘zida
joriy etish hamda kengaytirish choralarini ko‘riladi;
- 2025-yil 1-dekabrga qadar 2 000 ta mahallada, 2026-yil yakuniga qadar qolgan
mahallalarda salohiyatli tadbirkorlar, eksportyorlar va brokerlar bilan hamkorlikda yetakchi
tadbirkorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishadi;
- 2025-yildan boshlab yetakchi tadbirkorlarni jalb qilgan holda iqtisodiyotning tegishli
tarmoq va sohalariga ixtisoslashgan mahallalar sonini har yili 10 foizga oshirib borishadi;
-
har yili 50 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni bosqichma
-bosqich kichik
biznes subyektlariga aylantirish choralarini ko‘rishadi.
Ishsiz va kambag‘al aholini ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan ishchi
kasblarga o‘qitish tizimini tashkil etish maqsadida:
a) Vazirlik huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb
-
hunarga o‘qitish
markazlari negizida kasbiy ko‘nikmalar markazlari tashkil etilmoqda;
b) Vazirlik
kasbiy ko‘nikmalar markazlarida:
2025-yil 1-
yanvardan ish beruvchilar talabiga moslashuvchan o‘qitish muddati va vaqtini
nazarda tutuvchi tezkor kurslar yo‘lga qo‘yilishini;
2025-yil 1-
martdan boshlab amaliy kasbiy ko‘nikmalarni bevosita ish joyida
shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajribaning joriy etilishini;
2025-yil 1-
maydan boshlab xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarining joriy etilishini;
2026-yil 1-
yanvarga qadar kasbiy ko‘nikmalar markazlarini xalqaro baholash
tashkilotlarining akkreditatsiyas
idan o‘tkazish orqali ularning bitiruvchilariga xorijda tan
olinadigan sertifikatlar (malaka pasportlari) berilishini ta’minlanishi;
2026-yil 1-iyulga qadar malakali xorijiy tashkilotni jalb qilgan holda xalqaro standartlar
bo‘yicha kasbiy malakani baholov
chi markazni tashkil qilinadi va ushbu markazda xorijiy
davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikati berishni yo‘lga qo‘yilishi.
Yurtboshimiz tomoinidan
a) 2024-yil 1-noyabrdan boshlab Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy
bo‘linmalari tomonidan mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi
qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar tekshiruv boshlangan paytdan boshlab
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni
xabardor qilgan
holda o‘tkaziladi;
b) 2025-yil 1-martdan boshlab:
Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslariga
mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish, aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaganligi
uchun kameral nazorat o‘tkazish vakolati beriladi;
mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan, Davlat
mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari mansabdor
shaxslarining qonuniy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
103
faoliyatiga aralashgan, to‘sqinlik qilgan yoki ta’sir o‘tkazgan shaxslarga nisbatan jarima qo‘llash
tartibi joriy etiladi;
Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalariga “Shaffof qurilish” milliy
axborot tizimi
ma’lumotlaridan foydalangan holda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan
qurilayotgan, ta’mirlanayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan obyektlardagi ishchilar
sonining loyiha-smeta hujjatlari hamda pudrat ishlari hajmiga muvofiqligi yuzasidan nazorat
tadbi
rlarini o‘tkazishga ruxsat etiladi;
Ichki mehnat bozorini himoya qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida mehnat
qilayotgan xorijiy fuqarolar hisobini yuritish maqsadida yuridik shaxslarga va xorijiy
fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehn
at faoliyatini amalga oshirish huquqini
beruvchi tasdiqnomalarni berish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Xulosa va takliflar.
Ozbekistonda
aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari
bo‘yicha quyidagi taxlillar amalga oshir
ildi.
Oilalarni kambag‘allikdan chiqarish individual
rejalarining to‘g‘ri, maqsadli, manzilli tuzilganligi va natijadorligini hamda eng og‘ir ahvoldagi
mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga
oshirilishi
ni tahlil etildi. Davlat hokimiyati organlari O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar va
raqamli savodxonlik dasturlarini qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash,
o‘quv tashabbuslari va fuqarolar uchun onlayn videodarslar o‘tkazishda uning aham
iyatini
oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar ishlab chiqishi lozim bo‘ladi. Statistik tahlillar
natijalariga ko‘ra, raqamli texnologiyalar va kambag‘allikni qisqartirish o‘rtasida kuchli ijobiy
munosabatlar mavjud bo‘lib, bu “kambag‘allikni qisqart
irish uchun raqamli texnologiyalarni
joriy etishdagi to‘siqlar” va “raqamli texnologiyalarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’sirini
maksimal darajada oshirish uchun qo‘shimcha chora
-
tadbirlar yoki qo‘llab
-quvvatlash
zarurati” o‘zgaruvchilaridir.
- vazirlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Mehnat bozori tadqiqotlari institutini
Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi
ma’qullandi.
-
kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti zi
mmasiga respublikada demografik
o‘zgarishlar, mehnat bozorida vujudga kelayotgan tendensiyalar, ixtisosliklar bo‘yicha mehnat
resurslariga nisbatan talab va ehtiyojlar hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tadqiqotlar
o‘tkazish vazifalari yuklatildi.
-
hududiy jamg‘armalarning ijro etuvchi direksiyalari tugatiladi hamda hududiy
jamg‘armalar faoliyatini tashkil etish va yuritish vazifalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri Kambag‘allikni
qisqartirish va bandlik boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
-
hududiy jamg‘armalar mablag‘lari amaldagi yo‘nalishlarga qo‘shimcha ravishda “Loyiha
menejerlari” guruhi tomonidan yuqori samara bergan ijobiy tajribalarni boshqa hududlarda
jor
iy etish bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish, yetakchi tadbirkorlar va usta dehqonlarni
jalb etishga sarflanmoqda. Endilikda xodimlarning mehnat huquqlarini kafolatlash hamda
mehnat muhofazasini ta’minlash maqsadida:
- 2025-yil 1-yanvardan boshlab xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va
mehnatni muhofaza qilishni kuchaytirish, ish beruvchilar bilan xodimlar o‘rtasidagi
muvozanatli mehnat munosabatlarini yanada qo‘llab
-quvvatlash hamda mehnat sohasidagi
nizolarni hal etishni mediatsiya usulida videokonferensaloqa shaklida amalga oshirish tizimi
joriy etiladi;
Yuqoridagilardan kelib chiqib, raqamli texnologiyalarning kambag‘allikni qisqartirishga
ta’sirini oshirish bo‘yicha quyidagi chora
-
tadbirlarni o‘z ichiga olgan modeldan foydalanish
taklif etildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
104
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Dastur (2024) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024
-yil 23-sentabrdagi
“Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora
-tadbirlarni
yangi bosqichga olib chiqish
to‘g‘risida”gi PF
-143-
son Farmoniga muvofiq “Kambag‘allikdan
farovonlik sari” dasturi qabul qilindi.
Deng, X. H., Zeng, L., & Luo, M. Y. (2015). Research on precise identification of tourism
poverty alleviation in the context of targeted poverty alleviation. Ecological Economy, 31(4), 94
–
98.
May J. (1999). Poverty and Inequality in South Africa: Meeting the Challenge. D.Philip, Cape
Town.
Sofleld, T., Bauer, J., Delacy, T., et al. (2004). Sustainable TourismEliminating Poverty (STEP):
An Overview. Madrid: World Tourism Organization (WTO).
Л.И. Лопатников Экономико
-
математический словарь: словарь современной
экономической науки / Л. И. Лопатников. –
5-
е изд., перераб. и доп. –
М.: Дело, 2003. –
520 с.
