Авторы

  • Зарина Бахриева
    Международного университета туризма и культурного наследия “Шелковый путь” https://orcid.org/0009-0003-7025-5236

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.59435

Ключевые слова:

рекреационные ресурсы туристский потенциал финансовые ресурсы туристический спрос туристическая потребность

Аннотация

В статье рассмотрено понятие потенциала природных ресурсов в развитии внутреннего туризма и его роли в развитии экономической системы.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

94


O’ZBEKISTONDA ICHKI

TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA TABIIY RESURSLAR SALOHIYATI

TUSHUNCHASI VA UNING IQTISODIY TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI

Baxriyeva Zarina Nasimovna

“Ipak Yo’li” turizm va madaniy me’ros xalqaro universiteti

ORCID: 0009-0003-7025-5236

BaxriyevaZarina@bk.ru

Annotatsiya.

Maqolada ichki turizmni rivojlantirishda tabiiy resurslar salohiyati

tushunchasiga toʻxtalib oʻtilgan hamda uning iqtisodiy tizimini rivojlantirishdagi oʻrni yoritilgan.

Kalit soʻzlar:

rekreatsion resurslar, turistik salohiyat, moliyaviy resurslar, turitsik talab,

turistik ehtiyoj.

ПОНЯТИЕ ПОТЕНСИАЛА ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ В РАЗВИТИИ ВНУТРЕННОГО

ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ И ЕГО РОЛЬ В РАЗВИТИИ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ

Бахриева Зарина Насимовна

Международного университета туризма и

культурного наследия “Шелковый путь”

Аннотация.

В статье рассмотрено понятие потенциала природных ресурсов в

развитии внутреннего туризма и его роли в развитии экономической системы.

Ключевые слова

:

рекреационные ресурсы, туристский потенциал, финансовые

ресурсы, туристический спрос, туристическая потребность.

CONCEPT OF THE POWER OF NATURAL RESOURCES IN THE DEVELOPMENT OF

DOMESTIC TOURISM IN UZBEKISTAN AND ITS ROLE IN THE DEVELOPMENT OF THE

ECONOMIC SYSTEM

Bakhrieva Zarina Nasimovna

"Silk Road" International University of Tourism and

Cultural Heritage

Annotation.

The article examines the concept of the potential of natural resources in the

development of domestic tourism and its role in the development of the economic system.

Key words:

recreational resources, tourism potential, financial resources, tourism

demand, tourism need.

UO

K: 338.48 (575)

XI SON - NOYABR, 2024

94-98


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

95

Kirish.

Turizm, bugungi kunning eng muhim iqtisodiy sohalaridan biri sanaladi. Shu boisdan,

dunyoning ko’plab davlatlari tomonidan ushbu sohani yanada rivojlantirish, bu borada tegishli

infrastrukturani jahon standartlari darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish bo’yicha

qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Tabiiy turitsik resurslar mintaqalarning turizm maqomini qatiy shakllantiradi. Biroq

ulardan turistik maqsadlarda nazoratsiz va haddan tashqari foydalanish ularning iqtisodiy,

ekologik va jismoniy kamayib ketishga, eng yomon holatda esa tanazzulga olib kelishi mumkin.

Turistik mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan

tabiiy resurslarni mamlakatimizning turli xil mintaqalaridan topish mumkin. Ammo ularni

tabiiy shaklini saqlagan holda iste’molchilarga yetkazib berish yar

atilayotgan turitsik

mahsulotlarning jozibadorligini oshiradi.

Adabiyotlar sharhi.

Tabiiy resurslarni uni ishlab chiqarish omiliga mos ravishda o’zgartirish, ya’ni tashkiliy

va texnologik talablarga moslashtirish kerak. Mintaqada tabiiy turitsik resurslar asosida ichki

turizmni rivojlantirish masalalari mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning diqqat markazida

bo’lib kelgan. Olimlar o’z ilmiy ishlarida turistik mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asosida amalga oshirilishi kerak, bu esa ushbu

resurslarning o’rnini bosib bo’lmaydigan darajada kamayib ketishiga va atrof muhitning

nomutanosibligiga olib kelmaydi, deb hisoblashadi.

Turitsik mahsulotni ishlab chiqarish va iste’mol qilishda tabiiy resurslarning o’rnini

hisobga olgan holda, Yefremov (2012)

tabiiy sharoitlar iste’mol qadriyatlarini shakllantirish

uchun moddiy manba sifatida namoyon bo’lishini, ular birgalikda turizm xizmatlarini (turizm

mahsulotini) tashkil etishni ta’kidlaydi.

Rus olimi Xlebnikov (2013) hududning turistik rekreasion kompleksi faoliyatining asosiy

sharti uning resurs salohiyatida deb hisoblaydi. Hududning tabiiy va rekreasion resurslarini

ta’kidlab, ularni turistik mahsulotni ishlab chiqarish uchun barqaror resurslar deb tasniflaydi

.

Ammo bizning fikrimizcha, ushbu tavsif faqatgina o’rta va uzoq muddatli istiqbolda ba’zi tabiiy

resurslar ulardan nazoratsiz va intensiv foydalanishning ko’payishi, atrof muhitni oqilona
boshqarish talablariga rioya qilmaslik va amortizasiyani to’g’ri ti

klamaslik tufayli muddatidan

oldin tugaydi deb hisoblaymiz.

Bugungi kunda atrof-muhitni oqilona boshqarish bilan birga turizmni rivojlantirish

masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Levochkina

(2013) turitsik talabni turistik

resurslardan oqilona foydalanish, samarali kombinatsiyalarda birlashtirish, turitsik oqimlarni

ko’paytiradigan turitsik xizmatlarni ko’rsatish texnо

logiyalarini shakllantirish bilan qondirish

kerak degan nuqtai nazarni qo’llab quvvatlaydi.

Mahalliy turitsilar oqiminin

g ko’payishi bilan turitsik faoliyatning tabiiy muhitiga ta’siri

kuchayishi mumkin, tabiiy resurslarga va ularning iste’moliga antropogen ta’sir ham tezlashadi.

Buning salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun turizmning yangi samarali texnalogiyalarini

jor

iy etish va tabiiy resurslarga ta’sir etuvchi jaranlarni optimal tartibga solish zarur.

Buning salbiy oqibatlarga olib kelishining oldini olish uchun turizmning samarali

texnalogiyalarini joriy etish va tabiiy resurslarga ta’sir etuvchi jarayonlarni optim

al tartibga

solish zarur. Ingliz olimlari Xettu va Razinlar (2020) diqqatini shunga qaratadilar. Ularning

fikriga ko’ra, qirg’oq bo’yidagi kurortlarga nisbatan tabiiy resurslar va biologik xilma

-xillikni

saqlash turizmini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va turli turdagi turistik obyektlar

va kurortlarni loyihalash bosqichida qo’yilishi kerak bo’lgan vazifadir.

Artemeva (2009

) e’tiborni turizm resurslarining ortib borayotgan differensiasiyasiga

qaratadi. Ushbu olim turizmga yuqori turictik jozi

badorlikka ega bo’lgan yangi resurslarni jalb

qilishni nazarda tutadi. Tabiiy resurslarni farqlash jarayonining tezlashishi turizmning yangi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

96

turlarini izlash va innovasion texnlogiyalarni rivojlantirish natijasida yuzaga keladi. Ular orqali
turitslar oqimini oshirish imkoniyati mavjud.

Ko’pgina olimlar turitsik resurslarning tasnifiga va uning tabiiy komponentiga e’tibor

berishadi. Ayrim olimlar esa turizmni tashkil etishda mintaqaning tabiiy resurslari va uning

alohida jozibali elementlarining yetakchi rolini qayd etadilar.

Ba’zi mualliflar tabiiy resurs hududning turitsik ixtisoslashuvning asosi bo’lgan turizm

turlarini aniqlaydilar.

Masalan, Oborin (2018) tabiiy shifobaxsh omillarning rolini ta’kidlab, ular davolanishga

ixtisoslashgan har qanday kurort va rekreasiya zonasi hududi uchun asos ekanligini

ta’kidlaydilar.

Chudnovskiy va Jukova (2014) «Turitsik resurslar turistik markazlarni qurish va ulardan

foydalanishning zaruriy sharti bo’lib, turizmning turli turlari uchun turistik dasturlar va

mahsulot

larni shakllantirish imkoniyatini yaratadi» deb hisoblashadi. Ushbu olimlar turizm

turlari va mintaqa relyefining xususiyatlari (tabiiy sharoitlar va resurslar) o’rtasida yaqin

bog’liqlik mavjudligini ta’kidlaydilar. Bu resurslar atrof

-muhitning tarkibiy qismlaridan birini

ifodalaydi, shuning uchun ularning holatini yomonlashuvi butun atrof-muhit holatiga salbiy

ta’sir qiladi.

Tabiiy resurslarni o’rganishda ba’zi mualliflar yirik shaharlar ekologik holati va shahar

turizmi o’rtasidagi munosabatlarni tahlil

qiladilar. Tabiiy resurslarni o’rganishda ba’zi

mualliflar yirik shaharlar ekologiyasi va shahar turizmi o’rtasidagi munosabatlarni tahlil

qiladilar.

Yaxshi ekologiya ularning boshqa tabiiy obyektlari (parklar, yashil maydonlar, piyodalar

zonalari, favvo

ralar va boshqalar) bilan birgalikda tabiiy jozibadorlikdan mahrum bo’lmagan

resurslarga yo’naltirilgan shaharlarni yaratish mumkin.

Tadqiqot metodologiyasi

.

Tadqiqot jarayonida analiz va sintez, induksiya va deduksiya, tizimli, qiyosiy va omilli

tahlil, ilmiy abstraksiya, sosiologik so’rov va boshqa usullardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Hududlarning turizm uchun qiymatini aniqlashda foydalaniladigan eng muhim

tushunchalar «turitsik resurslar» va «turistik salohiyat» hisoblanadi.

Ushbu tushunchalarning o’xshashligiga qaramay, ular o’rtasida bir qator sezilarli farqlar

mavjud. Mintaqaning makroiqtisodiy xususiyatlarini hisobga olgan holda, turizm salohiyatini
sakkizta xususiy potensialiga ajratish mumkin:

1.

Resurs (turistik resurslar bilan ta’minlanganlik).

2.

Ishlab chiqarish (mintaqada turizm korxonalari xo’jalik faoliyatining umumiy natijasi)

.

3.

Infratuzilmaviy (mintaqaning iqtisodiy va geografik joylashuvi va uning infratuzilma

bilan ta’minlanishi).

4.

Mehnat (mehnat resurslari va ta’lim darajasi).

5.

Moliyaviy (turizmdan soliq tushumlari hajmi va mintaqadagi turizm korxonalarining

rentabelligi).

Tu

ristik salohiyatni baholash mintaqaning turizmini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan

imkoniyatlari, vositalari va resurslarini, shuningdek, hozirgi vaqtda ularni rivojdantirish va

foydalanish darajasini aniqlash uchun amalga oshiriladi.

Muayyan hududda tu

rizm salohiyatini rivojlantirish yo’nalishlari va istiqbollarini

aniqlash uchun quyidagilar zarur:

- potensialni aniqlash;

- potensialni baholash;

- resurslardan foydalanishning hozirgi darajasini baholash;

-

rivojlanishning usuvor yo’nalishlarini belgilas

h;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

97

- turizm salohiyatidan foydalanishni faollashtirish imkoniyatlarini baholash;
- resurslarni cheklovchi omillarni aniqlash;

-

resurslarni cheklovchi omillar ta’sirini kamaytirish yo’llarini aniqlash;

- mintqada turizm sohasini hududiy tashkil etishning istiqbrolli modelini tayyorlash va

joriy etish.

Mintaqada ichki turizmni rivojlantirishda turizm resurslarini baholashnining asosi turizm

resurslarini tahlil qilish hisoblanadi. Turizm resurslarini tabiiy-iqlimiy, ijtimoiy-madaniy,

tarixiy, me’moriy va arx

eologik, ilmiy-

ishlab chiqarish, ko’ngilochar, diniy va boshqa obyektlar

va hodisalar deb hisoblaydi, ular insonning turizm ehtiyojlarini qondira oladi va ma’lum bir
hududga turitsik maqsadlarda tashrif buyurishga sabab bo’ladi.

Turistik resurslarning eng muhim xususiyati uning jozibadorligi

resursing turistlarni

jalb qilish qobiliyatining mavjudligidir.

Turitsik salohiyat deganda ma’lum bir hududda turizm faoliyatini tashkil etish uchun

tabiiy, madaniy, tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning butun majmui tushuniladi.

Bundan tashqari turitsik salohiyat

bu mahalliy aholi uchun ma’lum noyob, qiziqarli

obyektlarning ham mavjudligi tushuniladi. Hududlarning turistik salohiyati juda o’zgaruvchan

bo’lib, u joylashgan mintaqaning ijtimoiy

-madaniy

shakllanish xususiyatlariga bog’liqdir.

Xulosa va takliflar.

Turizm resurslarining potentsiali deganda foydalanilgan turistik resurslarning (ham

an'anaviy, ham kontseptual) yig'indisi, potentsial davlatdagi turistik resurslarning yig'indisi va

jozibador turizm mahsulotlarini shakllantirish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan manbalar
tushunilishi kerak. Shunday qilib, turizm resurslarining salohiyati quyidagi jihatlarni aks

ettiradi:

turistik resurslarning mavjudligi, ularning obʼyekt turlari boʻ

yicha tuzilishi,

shuningdek, hududdagi joylashuvi;

turistik resurslardan foydalanish darajasi, yaʼni foydalanilgan turistik resurslar va

potentsial (foydalanilmayotgan) holatda boʻlgan turistik resurslar ulushi;

turistik resurslarni yuklash darajasi, ko'rsatish ob'ektlari sig'imi (o'tish qobiliyati)

me'yorlariga erishish mumkinligi bilan tavsiflanadi.

Turizm infratuzilmasi - bu turistlarga turizm resurslaridan foydalanish va ulardan turistik

maqsadlarda toʻgʻri foydalanishni taʼminlovchi tuzilmalar, mu

handislik-kommunikatsiya

tarmoqlari, shu jumladan telekommunikatsiyalar, yoʻllar, tegishli turizm sanoati korxonalari

(qayta ishlash, maishiy, energetika, shuningdek, hayotiy muhim) majmui.

Turizm va rekreasiya industriyasi qulay shart-sharoitlar yaratishda mintaqa

iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchga aylanishi

mumkin. Turitsik infratuzilmani (birinchi navbatda, transport, yo’llar, aeroportlar)

rivojlantirishni ta’minlashi lozim bo’lgan davlat rolini qayta ko’ri

b chiqish zarur, bu esa alohida

tarmoqlar va faoliyat sohalarini, jumladan, turizm industriyasini rivojlantirish uchun turtki

bo’lib xizmat qiladi.

Tabiiy turizm resurslari

turitsik jozibadorlikka ega bo’lgan obyektlar va tabiat

hodisalari hisoblanadi.

Tabiiy turizm resurslarini qirg’oqbo’yi, tog’ va pasttekislik hududlari

misolida tahlil qilish mumkin.

Turizmni rivojlantirish jarayonida ma’lum bir hudud aholisining etnik

-madaniy

xususiyatlari muhim rol o’ynaydi. Masalan, tog’li hududlarda aholining an’

naviy

madaniyatining yutuqlari sifatida turli xil uylar va yashash joylari (shu jumladan g’orlar) ko’rib

chiqilishi mumkin.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

98

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Khettou, D. (2020) Strategies for Sustainable Development of Tourism by Building Tourist

Attractions (an Example ofAlgerian Coast) / D. Khettou, A. D. Razin. - DOI

10.7256/23108673.2020.3.34070 //

Урбанистика

. -

№ 3.

-

С

. 91-101.

Артемьева, О.А.

(2009)

Особенности ресурсного

обеспечения туристской

деятельности / О. А. Артемьева // Сервис в России и за рубежом.

Ефремов, А.В.

(2012)

Роль природных ресурсов в развитии туризма / А. В. Ефремов //

Культура народов Причерноморья.

Левочкина Н.А.

(2013)

Ресурсы регионального туризма

:

структура, виды и

особенности управления. –

Омск:

Издатель ИП Скорнякова Е.В., –188 с.

Оборин, М.С.

(2018)

Природно

-

ресурсный потенциал региона как основа развития

лечебно

-

оздоровительного туризма / М. С. Оборин // Геополитика и экогеодинами

-

ка

регионов

.

Хлебников С.С.

(2013)

Формирование ресурсного потенциала туристской

территории: авто

-

реф. дис. ... канд. экон. наук: 23.12.13. Сочи, С. 27.

Чудновский

А.Д.,

Жукова

М.А.

(2014)

Управление

потребительскими

предпочтениями в сфере отечественного туризма и гостеприимства, и основные

направления реализации туристского продукта: учеб. пособие. М.: Федеральное

агентство по туризму. С. 55.

Библиографические ссылки

Khettou, D. (2020) Strategies for Sustainable Development of Tourism by Building Tourist Attractions (an Example ofAlgerian Coast) / D. Khettou, A. D. Razin. - DOI 10.7256/23108673.2020.3.34070 // Урбанистика. - № 3. - С. 91-101.

Артемьева, О.А. (2009) Особенности ресурсного обеспечения туристской деятельности / О. А. Артемьева // Сервис в России и за рубежом.

Ефремов, А.В. (2012) Роль природных ресурсов в развитии туризма / А. В. Ефремов // Культура народов Причерноморья.

Левочкина Н.А. (2013) Ресурсы регионального туризма: структура, виды и особенности управления. – Омск: Издатель ИП Скорнякова Е.В., –188 с.

Оборин, М.С. (2018) Природно-ресурсный потенциал региона как основа развития лечебно-оздоровительного туризма / М. С. Оборин // Геополитика и экогеодинами-ка регионов.

Хлебников С.С. (2013) Формирование ресурсного потенциала туристской территории: авто-реф. дис. ... канд. экон. наук: 23.12.13. Сочи, С. 27.

Чудновский А.Д., Жукова М.А. (2014) Управление потребительскими предпочтениями в сфере отечественного туризма и гостеприимства, и основные направления реализации туристского продукта: учеб. пособие. М.: Федеральное агентство по туризму. С. 55.