Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.59447

Ключевые слова:

образователный туризм гражданин обучение учреждения туристы путешествия неэкономическая цел занятост интеграция студент културный объект туристический объект

Аннотация

В данной стате проведен сравнителный анализ состояния образователного туризма, его места и значения на рынке образователного туризма нашей страны, научных исследований и взглядов зарубежных и отечественных ученых на эту тему, направлений интеграции на международном уровне, положителных аспектов развития образователного туризма, статистический анализ образователных посещений иностранных и отечественных граждан


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

144


XALQARO TA’LIM TURIZMI BOZORI VA UNGA

INTEGRATSIYALASHISH OMILLARI

Jahongirov Kamoliddin Asomiddin o‘g‘li

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

ORCID: 0000-0002-1128-6986

kamoliddin6564@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ta’lim turizmining holati, mamlakatimizni ta’lim turizmi

bozoridagi o‘rni va ahamiyati, bu borada xorijiy va mahalliy

olimlarning ilmiy izlanishlari va

qarashlarining qiyosiy tahlili, xalqaro darajada integratsiyalash yo‘nalishlari, ta’lim turizmini

rivojlantirishning ijobiy jihatlari, xorijiy va mahalliy fuqarolarning ta’lim olish uchun tashrifini

statistik tahlili amalga oshirilgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim turizmi, fuqaro, samara, o‘qitish, muassasalar, sayyohlar, sayohat,

noiqtisodiy maqsad, bandlik, integratsiya, talaba, madaniy obyekt, turistik obyekt.

РЫНОК МЕЖДУНАРОДНОГО ОБРАЗОВАТЕЛНОГО ТУРИЗМА

И ФАКТОРЫ ЕГО ИНТЕГРАЦИИ

Жахонгиров Камолиддин Асомиддинович

Международная исламская академия Узбекистана

Аннотация.

В данной стате проведен сравнителный анализ состояния

образователного туризма, его места и значения на рынке образователного туризма

нашей страны, научных исследований и взглядов зарубежных и отечественных ученых на
эту тему, направлений интеграции на международном уровне, положителных аспектов

развития образователного туризма, статистический анализ образователных

посещений иностранных и отечественных граждан.

Ключевые слова:

образователный туризм, гражданин, обучение, учреждения,

туристы, путешествия, неэкономическая цел, занятост, интеграция, студент,
културный объект, туристический объект.

INTERNATIONAL EDUCATIONAL TOURISM MARKET

AND ITS INTEGRATION FACTORS

Jahongirov Kamoliddin Asomiddin oglu

International Islamic Academy of Uzbekistan

Abstract.

This article carried out a comparative analysis of the state of educational tourism,

the place and importance of our country in the market of educational tourism, scientific research

and views of foreign and domestic scientists in this regard, directions of integration at the

international level, positive aspects of the development of educational tourism, statistical analysis
of visits of foreign and domestic citizens for education.

Keywords:

educational tourism, citizen, teaching, institutions, tourists, travel, non-

economic purpose, employment, integration, student, cultural object, tourist object.

UO

K: 379.851

XI SON - NOYABR, 2024

144-151


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

145

Kirish.

Hozirgi kunda turizm jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanib borayotgan sohalaridan

biri bo‘lib, ushbu sohaga e’tibor yildan

-yilga tobora kuchayib bormoqda va mutaxassislar

tomonidan “kelajak industriyasi” sifatida e’tirof etilmoqda. mamlakatimiz turizmni

rivojlantirishda har qanday xorijiy mamlakatdan qolishmaydigan imkoniyatlarga ega ekanligi,

shu bois ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlovchi asosiy manba hisoblanadi.

Shuning uchun ham, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan yildan boshlab, hozirgi kunga qadar

zamon talablariga javob beradigan turizm turlarini tashkil toptirish, infratuzilmasini

rivojlantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar o‘z ijobiy natijalarini berib

kelmoqda.

Xorijiy d

avlatlar pedagogikasi va ta’lim siyosatini o‘rganar ekanmiz, bu sohaga alohida

ahamiyat qaratilayotganini kuzatish mumkin. Masalan, ta’lim turizmi yo‘nalishidan Rossiya va
Yevropada faol foydalanilmoqda. Turli xil ta’lim tizimlarida keng e’tirof etilmoqda

va innovator

pedagoglar tomonidan yuqori samarali o‘qitish texnologiyasi sifatida baholanmoqda.

Ta’lim turizmi deganda –

o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv

dasturlarida belgilangan reja va vazifalarni bajarish maqsadida tashkil etiladigan bilim turlarini

boshqa davlatlarda hamkorlik asosida olish tushuniladi (Boymurodov, 2019).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 28

-yanvardagi PF-60-sonli

“2022

-2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi

Farmoni (2022) e’lon qilinib, farmonga 1

-ilovadagi 35-

maqsad: “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat

qiling” dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda

respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonin

i 9 million nafarga yetkazish. To‘siqsiz

turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlariga keng joriy qilish. 2026-

yilgacha turizm sohasida band bo‘lgan aholi sonini 2 baravar oshirib, 520 ming nafarga

yetkazish, belgilangan bo‘lib, bularning

ichida ta’lim turizmi sohasida faoliyat olib boradigan

fuqarolar ham mavjuddir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyo

yevning 11-sentabrdagi PF-158-

sonli ““O‘zbekiston

-

2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni

(2023) qabul qilindi. Ushbu

farmonga 1-ilovadagi 58-maqsad, -

O‘zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun

keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish, -

deb nomlangan bo‘lib, ushbu maqsad

doirasida, Turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish,

tibbiyot va ta’lim turizmi

eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish, belgilangan.

“O‘zbekiston

-

2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmon (2023) ga 1

-ilovadagi 59-maqsad, -

Hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish, deb nomlangan bo‘lib,

ushbu maqsadda, -

O‘rta va yirik shaharlar hamda aholisi 300 mingdan ko‘p bo‘lgan tumanlarda zamonaviy bozor
xizmatlari, IT, ta’lim, tibbiyot, yuridik, san’at, turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish

hamda transport xizmatlarini rivojlantirish, vazifalari belgilangan.

Xalqaro ta’lim turizmi bozori bugungi kunda global iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan

biri bo‘lib, xorijiy davlatlarda ta’lim olishni istagan talabalar va bu jarayonda ishtirok etuvchi
ta’lim muassasalari o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy munosabatlarni qamrab oladi. Ta’lim

turizmi xalqaro darajada o‘sib borayotgan trend bo‘lib, u talabalarga xorijiy tajriba orttirish, til

o‘rganish va global tarmoqlar bilan aloqalar o‘rnatish imkonini beradi.

Xalqaro ta’lim turizmi bozorining asosiy xususiyatl

ari shundan iboratki, rivojlanayotgan

davlatlarda talabalar soni yildan-

yilga ortib bormoqda. OECD ma’lumotlariga ko‘ra, 2022

-yilda

6 milliondan ortiq talabalar o‘z mamlakatidan tashqarida ta’lim olishgan. Talabalar yuqori

sifatli ta’limni taklif etuvchi mamlakatlarni afzal ko‘rishmoqda (masalan, AQSh, Kanada, Buyuk

Britaniya, Avstraliya). Universitetlar va mamlakatlar xalqaro talabalarni jalb qilish uchun
kuchli raqobatlashadi. Shu sababli, stipendiyalar, qulay vizalar va yashash sharoitlari taklif

etiladi

. Ta’lim turizmi qisqa muddatli kurslar (til o‘rganish, malaka oshirish), bakalavriat,

magistratura va doktorantura kabi segmentlarga bo‘linadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

146

Adabiyotlar sharhi.

Xorijiy tadqiqotchi B. Ritchi oʻzining “Taʼlim turizmini boshqarish” asarida

quyidagi

taʼrifni beradi: “Ta’lim turizmi –

bu asosiy yoki ikkinchi darajali maqsadi ta’lim va tahsil olish

boʻlgan ekskursant yoki tunab qoluvchi sayyohlarning faoliyatidir”. Boshqacha qilibaytganda,

sayohatning asosiy maqsadi ta’lim bo‘lgan ma’lum bir se

gment mavjud. Tadqiqotchi ushbu

segmentga maktab ekskursiyalarini, til maktablari va universitetlarda o‘qishni nazarda tutadi.

Boshqa bir segment uchun turizm asosiy, ta’lim yoki tehsil olish esa sayohatning ikkinchi

darajali maqsadi hisoblanadi. Bu erda muallif ekologik va madaniy turizmni, shuningdek,

ma’rifiy turizmni kiritadi (Ponomareva, 2015).

Xorijiy ilmiy manbalarning aksariyatida ta’lim turizmi konsepsiyasini ta’riflashda faollik

yondashuvi asosiy rolni o‘ynashini aytish mumkin. “Ta’lim turizmi” atamasi “madaniy turizm”,

“ta’lim turizm”, “madaniy va ekskursion

-

kognitiv turizmi” kabi turizm turlaridan kelib chiqqan

(Lunin, 2009).

A.R.Lebedevning (2012) “Ta’lim turizmi iqtisodiy kategoriya sifatida” deb nomlangan

maqolasida, ta’lim turizmitushunchasiga berilgan aksariyat ta’riflar bir tomonlama

yondashuvga ega, ya’ni turistik xizmatni alohida ishlab chiqarish bosqichlari aks ettirilmagan,

deb ta’nqid qilingan.Ular fikricha, ta’lim turizmi xizmatlari ishlab chiqarish, taqsimot,
ayirboshlash va iste’mol

bosqichlaridan iborat iqtisodiy munosabatlarni milliy hamda xalqaro

ko‘lamda o‘z ichiga oladi. Bu ta’lim turizmi konsepsiyasini belgilashga iqtisodiy yondashuv deb

ataladi.

Turizmning ushbu turining uzoq vaqt mavjudligini tasdiqlovchi ko‘plab dalillar mav

jud:

V. P. Titov (2016) va D. A. Denisova (2015) o‘z asarlarida ta’lim turizmi tushunchasini tarixiy
nuqtai nazardan ko‘rib chiqadilar. Biroq, turistik va axborot yo‘nalishlari sifatida alohida

hududlarni (ob’ektlar, komplekslar) jalb qilish sabablari turl

icha.

Masalan, Solomin va Pogodina (2007) o‘quvchilar ta’lim maqsadida tashrif buyuradigan

hududlarning axborot, ekologik, ijtimoiy, estetik va boshqa qadriyatlariga e’tibor berishadi.
Ta’lim turizmi resurslarining parametrlari orasida ular imkoniyatlar,

barqarorlik, ishonchlilik

va mavjudlik kabi xususiyatlarni ajratib ko‘rsatishadi

I.B.Zorin, V.A.Kvartalnov (2003)ta’lim turizmini turistik sayohatlar majmuasi, turistlarni

ta’lim olish maqsadi realizasiyasi, ularning biror ob’yektga qiziqishini hamda narsa

, hodisalarni

o‘rganishga bo‘lgan boshqa ehtiyojlarini qondirish yo‘naltirilgan ekskursiyalar majmuasi,

turistik sayohatlar kompleksi deb ta’riflaydilar. O‘z navbatida bu ta’lim turizmi belgilashga

ehtiyojga yo‘naltirilgan yondashuv sanaladi.

Yana bir yondashuv-

dasturiy yondashuvni ko‘rib chiqamiz. Uning xususiyati ta’lim

turizmini joriy ta’lim dasturlari doirasida ta’lim muassasalari tomonidan belgilangan
vazifalarni bajarish maqsadlariga erishish uchun amalga oshiriladigan o‘quv sayohatlari tizimi

sifati

da ko‘rib chiqishni taklif qiluvchi mualliflarning ta’rifida aks etadi (Solomin, 2007).

“Ta’lim turizmi” tushunchasining mazmuni va mohiyatini ochib berishda, uning turizm

turlari hamda shakllari tizimida tutgan o‘rnini, jamiyat ijtimoiy

-iqtisodiyotidagi ahamiyatini

baholashda va boshqa nazariy metodologik jihatlariga aniqlik kiritishda ta’lim turizmini

alohida turlarga tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi (Ibragimova, 2021).

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolani tayyorlash jarayonida turli maʼlumotlar, xorijiy adabiyotlar tahlili, ta’lim

turizmini integratsiyalash bo‘yicha muammolar analitik tahlil qilindi va sharhlardan

foydalanilgan. Ushbu maʼlumotlar ta’lim turizmini rivojlantirishda xorijiy fuqarolarning

mamlakatimizga tashrifini oshishiga va yoshlarimizni

ng ta’lim olish uchun bo‘lgan ehtiyojlarni

qondirishga xizmat qiladi. Maqolada olingan maʼlumotlar asosida mamlakatimiz ta’lim turizmi

jozibadorligini oshirishga ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

147

Tahlil va natijalar muhokamasi.

O‘zbekistonda ta’lim turizmini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish va xalqaro darajada

integratsiyalash o‘tkir zarurat. Uning dolzarbligini tadqiqotni bajarish jarayonida amalga

oshirilgan nazariy hamda amaliyot tahlili natijalaridan kelib chiqqan holda ilmiy jihatdan

asoslab

berishga urinib ko‘rdik.

O‘zbekiston ta’lim siyosatida ta’lim turizmini rivojlantirishga e’tibor qaratish muhim

ahamiyat kasb etadi. Ya’ni umumta’lim maktablari o‘quvchilari, universitet talabalarining ta’lim

safari, ekskursiyalari asosida ta’lim turizmin

ing asosini ishlab chiqish kerak.

Ta’lim turizmining uchta yo‘nalishi yoki uchta bozori mavjud (Sa’dullayeva, 2020):

-

tillarni o‘rganish safari;

-

sport va o‘quv safarlari;

- kasbiy tayyorgarlik.

Shu bilan birga yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda ta’lim turizmini tavsiflash va uni

turlarini aniqlab olish lozim (1-jadval).

1-jadval

Ta’lim turizmining tavsiflanishi va turlari

Ta’lim

turizmi tavsiflanishi

Tavsiflanish

ko‘rinishlari

1.

Ishtirokchilar tarkibiga

ko‘ra

maktab

o‘

quvchilari, talabalar, magistr, PhD, mutaxassislar,

sayyohlar

2.

Maqsadiga

ko‘ra

Umumiy, ko‘nikmalarni rivojlantirish, kasbiy ko‘nikmalarni

rivojlantirish,

ta’lim

olish,

ta’lim

berish, aralash (ta’lim

olish

hamda

ta’lim

berish)

3.

Mavzusiga

ko‘ra

Keng qamrovli, atrof-muhit, ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar,

texnikaviy, kasbiy, malakviy

4.

Ishtirokchilar soniga

ko‘ra

Individual, guruh

5.

Shakllantirilganligiga

ko‘ra

maxsus tashkil etilgan, tashkilllashtirilmagan

6.

Faoliyatning tashkil etilish

dialog, virtual, ilmiy-amaliy anjumanlar, innovasion

yarmarkalar

7.

Hududiy miqiyosiga

ko‘ra

Mahalliy, hududiy, xalqaro

8.

Sayohat turlari

Til

o‘rganish

bo‘yicha

turlar, sport

bo‘yicha

turlar, Kasb-hunar

o‘rganish,

malaka oshirishga

yo‘naltirilgan

turlar

9.

Moliyalashtirish

manbalariga

ko‘ra

Davlat grantlari,

o‘z

mablag‘lari

hisobidan, Nodavlat-notijorat

tashkilotlar tomonidan

10.

Muddatiga

ko‘ra

Qisqa muddatli,

o‘rta

muddatli, uzoq muddatli

11.

Ishtirokchilar yoshiga

ko‘ra

16 yoshgacha, 16-25 yoshgacha, 25-45yoshgacha, 45-

65yoshgacha, 65yosh va undan yuqorilar

12.

Ko‘lamiga

ko‘ra

Ichki, kiruvchi, chiquvchi

Manba:

Ibragimova m. (2021) Structure and classification of educational tourism services.

Innovations in economy journal, No4, manbasi asosida tayyorlandi.

Jadval asosida aytish mumkinki, kelajakda ta’lim turizmiga oid tadqiqotlarni davom

ettirishda yuqoridagi k

o‘rsatkichlardan foydalanish sohadagi kamchiliklarni aniq tahlil qilish

imkonini yaratadi. Kuzatuvlar natijasida aytish mumkinki yoshlarning ta’lim turizmiga bo‘lgan

ehtiyoji juda yuqoridir. Buning asosiy sababi sifatida xorij davlatlaridagi rivojlanish
da

rajasining yuqoriligi, turistik obyektlarning ko‘pligi, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ta’kidlash

mumkin.

Masalan, muayyan oliy ta’lim muassasasi yo‘nalishidan kelib chiqib, til, axborot

texnologiyalari, san’at sohasi, arxeologiya, tarixni o‘rgatishga qaratil

gan dasturlarini ishlab

chiqishi kerak. dastur rejalari asosan qishgi va yozgi ta’til oralig‘ida bajarilishini ko‘zda tutsa,


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

148

yanada foydali bo‘ladi. Ta’lim turizmi bo‘sh vaqtdan unumli foydalangan holda madaniy

-

ma’rifiy tadbirlarni bilim bilan birlashtiradigan turizm turi. Barcha fanlarni amaliy o‘rganish

birlamchi maqsad bo‘lsa, unga erishtiruvchi vositalar bu ta’tilning ikkinchi darajali maqsadi

bo‘lishi mumkin. Ta’lim turizmi safar sababi va mavzusiga qarab farq qilishi mumkin.

Ekskursiya dam olish eleme

ntlari bilan ta’limni o‘z ichiga olsa, til kurslari, chet el o‘quv

yurtlarida o‘qish, ko‘rgazma va muzeylarga tashrif, tarixiy qadamjolar, ishlab chiqarish

korxonalariga ekskursiya, seminar va konferensiyalar sof ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Oliy ta’lim muassasalari, universitet va institutlar, til o‘rgatuvchi maktablarda ta’lim olish,

turli ta’lim muassasalariga uyushtiriladigan sayohatlar ta’lim turizmining asosiy o‘rganish
sohasi bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan ta’riflarga ko‘ra, ta’lim

olish va kasbiy tayyorgarlikni nazarda tutuvchi sayohatlar quyidagi ko‘rinishdagi faoliyatlarda

aks etadi:

-qisqa muddatli kurslarda tahsil olish;
-rasmiy kurslarda qatnashish orqali kasbiy malaka kompetensiyalarini egallash.

Bunda “ta’lim turizmi” tushunchasi odatdagi muhitdan farqli bo‘lgan bir yilgacha

muddatda ma’lum bir yo‘nalishda sayohat

qiluvchi hamda iqtisodiy manfaatdorlikni nazarda

tutmagan har qanday faoliyatda ifodalanadi (Maxmudova, 2022). Xalqaro darajada
universitetlarnin

g o‘rni va turustik obyektlarning tan olinishi undagi ta’lim turizmi hissasini

yanada oshirmoqda (1-rasm).

1-

rasm. O‘qish maqsadida kelgan xorijlik faqarolar soni,

ming kishi

Manba:

https://siat.stat.uz/reports-filed/1044/line-data

Ma’lumotlar asosida aytib o‘tish mumkinki mamlakatimizda Covid

-

19 ning ta’siri albatta

sezilarli darajada bo‘ldi. 2023

-yilda 2020-yilga nis

batan o‘sish 357,5 %ni tashkil etmoqda ya’ni

ta’lim turizmida o‘qish uchun kelgan xorij fuqarolar soni 2023

-

yilda 3,5 marta ko‘pdir.

O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi,

-deydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev, - Yurt

imizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros ob’ektlari

mavjud va ularning aksariyati YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga,

mamlakatimizning betakror tabiati, go‘zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan foydalanib,
yangi turistik yo‘nalishlar ochish

mumkin (Muhammadsolih, 2022). Bu sohaga jahon

brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turizmi, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik,

turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.

Bu borada davlat-

xususiy sheriklik munosabatlarini qo‘llash sohani taraqqiy ettirishda keng

imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz lozim.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

149

Fuqarolarimizning ta’lim turizmiga ehtiyojlari yuqoriligi ularga kelajakda xalqaro

darajada integratsiyalashuvni jada amalga oshirish zarurligi asoslamoqda (2-rasm).

2-rasm. 2023-yilda yanvar-

iyun oylarida ta’lim turizmini amalga oshirish uchun ketgan

fuqarolarimizning mos ravishda 2022-

yilga nisbatan o‘zgarishi,

ming kishi

Manba:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari

asosida shakllantirildi.


2-

rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2023

-yilda xizmat safarlari maqsadida chet

elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni 6,8 ming nafar (respublikadan chiqib ketganlar umumiy

sonidan 0,3 % i), davolanishga

15,4 ming nafar (0,8 %), o‘qish uchun –

19,5 ming nafar (1,0

%), bo‘sh vaqtni o‘tkazish va dam olish uchun –

248,3 ming nafar (12,2 %) hamda

qarindoshlarni yo‘qlashga –

1 738,6 ming nafarni (85,7 %) tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-

sentabr oylarida o‘zbekistonliklar o‘qish maqsadida ko‘proq

Tojikistonga borayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd

etilishicha, 30,4 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga

borgan. Bu

ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 952 nafarga yoki 3,2 % ga

oshgan. Joriy yilning yanvar-

sentabr oylarida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston

Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Tojikiston

11 409 nafar

Rossiya

7 301 nafar

Qirg‘iz Respublikasi —

2 845 nafar

Turkiya

2 195 nafar

Janubiy Koreya

1 839 nafar

Qozog‘iston —

1 372 nafar

Buyuk Britaniya

693 nafar

Xitoy

672 nafar

AQSh

486 nafar

BAA

295 nafar

Boshqa davlatlar

1 292 nafar.

Bizning nazarimizda ta’lim turizmini rivojlantirish muammolariga e’tiborni kuchaytirish,

ushbu yo‘nalishda mamlakatimizda xalqaro darajada ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish,

ushbu sohani turizmning eng tez sur’atlar bilan taraqqiy eta

yotgan turlaridan biriga aylantirish

zarurati quyidagilar bilan belgilanadi:


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

150

-

ta’lim turizmining dunyo mamlakatlari bo‘yicha, ayniqsa rivojlangan

hamdarivojlagayotgan mamlakatlar bo‘yicha turizmning eng progressiv va istiqbolli turlaridan

biri sifatida milliy iqtisodiyotda mustahkam mavqega ega ekanligi;

-

dunyo mamlakatlari bo‘yicha ta’lim turizmi xizmatlariga talabning tez sur’atlar bilan

o‘sib borayotganligi va buning amaliy natijasi sifatida ta’lim turizmi xizmatlari bozorining

kengayib borish tendensiyasining kuchayib borishi;

-

mamlakatda ta’lim turizmi xizmatlarini rivojlantirishda mavjud imkoniyatlardan to‘liq

foydalanilmayotganligi hamda turli xil choralar qo‘llash orqali ularni ishga tushurish

mumkinligi;

-

ta’lim turizmi xizmatlarining

mamlakat aholisi intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi

O‘zbekistonda ijtimoiy

-

iqtisodiy jarayonlarni jadallashtirishdagi alohida o‘rindan unumli

foydalanish zarurligi;

-

ta’lim turizmining inson iqtisodiy faoliyatining alohida turi sifatida yuqori da

romad

keltirish qobiliyati va uni tez sur’atlar bilan rivojlantirish orqali yalpi ichki mahsulot hajmini

barqaror o‘stirish mumkinligi;

- xalqimizda azal-azaldan ilmu-

fanga, ta’limga qiziqishning, ehtiyojning kuchliligi va uni

qondirish jamiyatning, davlatning muhim vazifasi ekanligi;

-

kengaytiilgan takror io‘lab chiqarishda barcha resurslar tarkibida inson kapitali rolining

uzluksiz o‘sib borayotganligi, undan o‘rinli foydalanishning har bir mamlakat uchun o‘tkir

zaruratga aylanganligi;

- jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida mintaqalararo hamda mamlakatlararo

iqtisodiy-ijtimoiy, jumladan turizm sohasida, madaniyat sohasida va boshqa muhim sohalarda
iqtisodiy hamkorlikning intensiv tarzda rivojlanib borayotganligi.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib a

ytganda, ta’lim innovatsion klasteri asosida ta’lim turizmini integratsiyalash

uchun quyidagi mexanizmni taklif etamiz:

- talabalarining bilim ehtiyojlarini qondirish maqsadida hamda qobiliyatini amalda

namoyon etishga mo‘ljallangan ta’lim resurslarini muayyan hudud (ob’ekt, majmua, korxona,

oromgoh) da turistik ob’ekt sifatida belgilash;

-

tabiiy ekologik muhitidan foydalangan holda, ekoturizm va ta’lim turizmini birlashtirish

chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

-

imkoniyatlar ko‘rsatkichi serqirra hududning turizm va ta’lim salohiyatini oshirish;

- sayyohlarning maksimal soni va mavsumiy tashriflarni inobatga olgan holda, tur agentlik

va tur firmalar o‘rtasida manfaatli hamkorlik o‘rnatish; (ya’ni firma tomonidan bir martalik ish
bilan ta’minlanadigan gid tarjimonga sarflanadigan xarajat o‘rniga, tanlov asosida tanlab

olingan volontyor talabalar xizmatidan foydalanish. Natijada firma moliyaviy, oliy ta’lim

muassasi talabasi malakaviy jihatdan o‘zaro samaraga erishadi) (Boymurodov, 2019);

- turizmni rivoj

lantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘mita saytini

talabalar tomonidan aks etgan lavhalar bilan boyitish;

- geografik hudud landshafti, tabiat estetikasi bilan tanishtirish, hudud manzarasini

tasvirlash jarayonida nazariy bilimlarni mustahkamlash;

-

arxitektura yodgorliklari, tarixiy ziyoratgohlar, tipik qishloq aholi punktlari, me’moriy

majmualar, tarixiy markazlar, amaliy san’at namunalarini tanishtirishda ilmiy muassasalar, oliy

o‘quv yurtlari, botanika bog‘lari, hayvonot bog‘lari, okeanariumlar orqali o‘tuvchi manzillarni

ishlab chiqish;

-

xalqaro davlat grantlar sonini oshirish orqali talabalarning ta’lim olishlariga davlat

tomonidan imkoniyatlar ajratib berish.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

151

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Farmon (2022)

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 28

январдаги ПФ

-60-

сонли “2022

-

2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг

тараqqиёт стратегияси тўg‘рисида”ги Фармони.

Farmon (2023) Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 11

сентябрдаги ПФ

-158-

сонли ““Ўзбекистон

-

2030” стратегияси тўg‘рисида”ги Фармони

Kamoliddin Jahongirov O‘zbekistonning turkiy mamlakatlar bilan madaniy

-iqtisodiy

aloqalarida ta’lim turizmining o‘rni // SAI. 2024. №Special Issue 46. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/zbekistonning-turkiy-mamlakatlar-bilan-madaniy-i-tisodiy-
alo-alarida-talim-turizmining-rni

.

Maxmudova N

. (2022) Ta’lim turizmining mohiyati, nazariy va konseptual asoslari

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy

elektron

jurnali

3,

may-

iyun

(№

00059)

414-421

bb.

https://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/44_Makhmudova.pdf

Боймуродов А. Х. (2019) Педагогик таълим инновацион кластери асосида таълим

туризмини ривожлантириш //ББК 26.8 Редакционная коллегия. –

С. 42.

Денисова Д.А.

(2015)

Ретроспективный анализ развития понятия «образователный

туризм»// Вестник магистратуры №1

-

1 (40), стр. 102

-

105. Йошкар

-

Ола.

Зорин И. В., Кварталнов В. А.

(2003)

Энциклопедия туризма: Справочник. –М.:

Финансы и статистика, 2003,33

-b.

Ибрагимова М. И.

(2021)

Таълим туризми хизматларининг таркиби ва

таснифланиши //Журнал инновации в экономике. –

Т. 4. –

№. 4.

Лебедев А.Р.

(2012)

Образователный туризм как экономическая категория /

Современная экономика: проблемы, тенденции, перспективы.

No6.

Лунин, Э.А.

(2009)

Совершенствование управления образователным туризмом вРФ

[Текст]: автореф. дис. на соиск. учен. степ. канд. экон. наук (08.00.05) / Лунин Эдуард
Андреевич; Санкт

-

Петербург. гос. ун. —Санкт

-

Петербург, —156 с.

Пономарева Т.В.

(2015)

Образователный туризм: сущност, цели и основные

сегменты потребителей. Материалы IV Mеждународной научнойконференции

"Проблемы современной экономики". Челябинск: Два комсомолца, 158 с. С.139

-142.

Саъдуллаева Г.

(2020)

Туризм хизматлари бозорида таълим туризми тушунчаси

моhияти ва уни ривожлантиришнинг хориж тажрибалари // Инновацион

технологиялар. №2 (38). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/turizm

-hizmatlari-bozorida-

talim-turizmi-tushunchasi-mo-iyati-va-uni-rivozhlantirishning-horizh-tazhribalari.

Соломин В.П., Погодина В.Л.

(2007)

Современное состояние и перспективы развития

образователного туризма в России // Известия Российского государственного

педагогического университета им. А.И. Герцена. Санкт

-

Петербург, №8 (30), стр. 96

-112.

Титов В.П.

(2016)

Современный образователный туризм в России: проблемы,

тенденции и перспективы развития// Дизайн, технологии и инновации в текстилной и
лёгкой промышленности (ИННОВАЦИИ–2016) Сборник материалов международной

научно

-

технической конференции. Московский государственный университет дизайна и

технологии, стр. 287

-292.

Muhammadsolih X., Sharipova S., Sobirova M., Toxtasinova Sh. (2022) Turizmning

Oʻzbekistonda tutgan oʻrni // SAI. №A5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/turizmning

-o-

zbekistonda-tutgan-o-rni

Farmon (2023)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF

-158-sonli

“O‘zbekiston —

2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni

.