Авторы

  • Умида Носирова
    Международный университет туризма и культурного наследия «Шелковый путь» https://orcid.org/0009-0008-2039-8702

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.59451

Ключевые слова:

туризм инновации инновации продуктов инновации процессов организационные инновации маркетинговые инновации экономические инновации социальные инновации социально-экономические инновации

Аннотация

Сегодня индустрия туризма как глобальное явление стремительно развивается как в экономически развитых странах, так и в странах, находящихся на пути развития. Развитие этой сферы происходит одновременно с развитием общества, то есть в ней заранее определяются желания и потребности людей. В данной статье рассмотрены теоретические подходы к инновационному развитию данной сферы.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

215


TURIZM SOHASINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHGA

OID NAZARIY YONDASHUVLAR

Nosirova Umida Mizrobovna

“Ipak Yo‘li” turizm va madaniy

meros xalqaro universiteti

ORCID: 0009-0008-2039-8702

umida.97.nosirova@gmail.com

Annotatsiya.

Bugungi kunda turizm sohasi global hodisa sifatida ham iqtisodiy jihatdan

taraqqiy etgan mamlakatlar, ham taraqqiyot yo‘lidagi mamlakatlarda jadal sur’atlarda

rivojl

anmoqda. Mazkur sohaning rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bir vaqtda sodir bo‘lib, ya’ni

unda odamlarning xohish va ehtiyojlari oldindan belgilanadi. Mazkur maqolada bu sohaning

innovatsion rivojlanishiga oid nazariy yondashuvlar ko‘rib taxlil qilib

chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

turizm, innovatsiyalar, mahsulot innovatsiyasi, jarayon innovatsiyasi, tashkiliy

innovatsiya, marketing innovatsiyasi, iqtisodiy innovatsiyalar, ijtimoiy innovatsiyalar, ijtimoiy-

iqtisodiy innovatsiyalar.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ИННОВАЦИОННОМУ

РАЗВИТИЮ СФЕРЫ ТУРИЗМА

Носирова

Умида

Мизробовна

Международный университет туризма и

культурного наследия «Шелковый путь»

Аннотация

.

Сегодня

индустрия

туризма

как глобальное

явление

стремительно

развивается как

в

экономически

развитых

странах,

так

и в странах, находящихся на пути

развития.

Развитие этой

сферы

происходит

одновременно

с

развитием

общества,

то

есть

в ней заранее

определяются

желания

и

потребности

людей.

В данной

статье

рассмотрены

теоретические

подходы

к инновационному

развитию

данной

сферы.

Ключевые слова:

туризм, инновации, инновации продуктов, инновации процессов,

организационные инновации, маркетинговые инновации, экономические инновации,
социальные инновации, социально

-

экономические инновации.

THEORETICAL APPROACHES TO THE INNOVATIVE DEVELOPMENT

OF THE TOURISM SECTOR

Nosirova Umida Mizrobovna

“Silk Road” international university

of tourism and cultural heritage

Annotation.

Today, the tourism industry as a global phenomenon is rapidly developing both in

economically developed countries and in countries on the path of development. The development of
this sphere takes place simultaneously with the development of society, that is, the desires and needs

of people are determined in advance. This article discusses theoretical approaches to the innovative

development of this field.

Keywords:

tourism, innovation, product innovation, process innovation, organizational

innovation, marketing innovation, economic innovation, social innovation, socio-economic innovation.

UO

K: 338.48

XI SON - NOYABR, 2024

215-224


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

216

Kirish.

Turizm kabi ijtimoiy-iqtisodiy hodisaning mohiyatini aniqlash uchun ushbu

konsepsiyaning genezisini o‘rganamiz lozim.Turizm tushunchasiga bir nechta xalqaro

tashkilotlar tomonidan uning ma’lum jihatlarini ochib beruvchi ta’riflar berilgan. Jumladan,

Gaaga deklaratsiyasida (1989) turizmning ijtimoiy jihatiga alohida e’tibor qarat

ilgan. Ushbu

hujjatda: “turizm

-

zamonaviy jamiyatda odamlar hayoti uchun zarur bo‘lgan bo‘sh vaqtdan

unumli foydalanish, shaxslararo va xalqaro munosabatlarda zarur bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy va

madaniy aloqalarning asosiy vositasiga aylangan faoliyat” de

b keltirilgan. Mazkur xujjatda

turizm jamiyat kundalik hayotining hodisasiga aylanib borayotganligi, shuningdek,

odamlarning yashashi va ish joylaridan uzoqda bo‘lgan barcha erkin harakatlari hamda ushbu

harakatlar natijasida yuzaga keladigan ehtiyojlarni qondirish uchun yaratilgan xizmat

ko‘rsatish sohalarini qamrab olishi batafsil yoritib berilgan.

Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO-World Turizm Organization) ning konferensiya

materiallarida turizmga quyidagicha ta’rif berilgan: “Turizm

- bu ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy

hodisa bo‘lib, u odamlarning shaxsiy yoki biznes / kasbiy maqsadlarda odatdagi muhitdan

tashqaridagi mamlakatlarga yoki joylarga ko‘chib o‘tishini nazarda tutadi. Bunda odamlar

tashrif buyuruvchilar deb ataladi (ular turistlar yoki ekskursionistlar, rezidentlar yoki

norezidentlar bo‘lishi mumkin) va turizm ularning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ularning

ba’zilari turizm xarajatlarini o‘z ichiga oladi”.

22

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonunda

(2019):

turizm

-

jismoniy shaxsning vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan

daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda doimiy yashash
joyidan jo‘nab ketishi (sayohat qilishi)” deb keltirilgan va uning asosiy pr

insplariga:

turistlarning, ekskursantlarning va turizm sohasi subyektlarining huquqlari, erkinliklari,

qonuniy manfaatlarini hamda xavfsizligini himoya qilish ustuvorligi; turizmni barqaror

rivojlantirish va buning uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; turizm sohasida tadbirkorlikni

davlat tomonidan qo‘llab

-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish belgilab berilgan.

Adabiyotlar sharhi.

Tadqiqot ishimiz davomida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarimizning zamonaviy

ilmiy, ilmiy-

uslubiy va o‘quv adabiyotla

rni tahlil qilib, turizmning mazmun-mohiyatini

yoritishda turlicha qarashlar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Turizm iqtisodiy hodisa sifatida ham,

odamlar harakati, harakat sifatida ham, dam olishni tashkil etish shakli sifatida ham, madaniy

va tarixiy meros bilan tanishish vositasi sifatida qaraladi. Bundan tashqari, har bir qarashda

ushbu murakkab hodisaning alohida tomoni aks ettirilgan. Jumladan, ko‘plab xorijiy iqtisodchi
olimlar turizmga ta’rif berishda Xunsiker va Krapflar tomonidan berilgan umumiy nazariy

aga

asoslanadi, ya’ni “turizm –

insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va ularning yashash

joyidan tashqaridagi faoliyati doimiy yashash tarziga aylanmasdan va mehnat haqi olish bilan

bog‘liq bo‘lmagan holda kun kechirishi natijasida kelib chiqadigan mun

osabatlar majmui

hisoblanadi (Лукачева и др. 2006). Ushbu ta’rifni to‘liq anglash uchun turfirma, turagentlik va

turoperatorlik faoliyatiga qaraganda keng soha ekanligini anglash lozim. Bundan tashqari,

turizmning umumiy nazariyasi o‘z ichiga odamlarning doimiy yashash joyidagi o‘zaro

munosabatlari hamda yashash joyidagi hududdan tashqarida daromad olishi bilan bog‘liq
bo‘lgan munosabatlarni qamrab olmaydi.

Mahalliy iqtisodchi olimlarimizdan

Safarovning (2011) xulosasi bo‘yicha turizmga uch

xildagi umumiy ta’riflar ishlab chiqilgan. Turizm –

1) tor ma’noda, turistik korxonalar faoliyati

bilan chegaralanadigan soha; 2) keng ma’noda, jamiyat a’zolarining yashash joyidan tashqarida
o‘zlarining bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishi hamda zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarni

qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar yig‘idisi; 3) faqat iste’molchiga

22

https://www.unwto.org/events/118-executive-council


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

217

qaratilib, doimiy istiqomat qilish joyidan tashqarida hamda barcha tashvishlardan holi

bo‘lib,

tovar va xizmatlarni iste’mol qilish jarayoni sifatida tushuniladi. Demak, uning fikriga ko‘ra,

“turizm

-

maqsadi insonlarning bo‘sh vaqtida dam olishi va sayohat qilishining turli xillariga

hamda mavjud bo‘lgan turistik resurslardan samarali tarzda foydalanishga, tobora o‘sib

borayotgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatni ta’minlovchi korxona va
tarmoqlarning majmuini ifodalovchi iqtisodiy kategoriya sifatida ko‘rilishi lozim”.

Turizm sohasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD

Organization for

Economic Cooperation and Development) mamlakatlari iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb

etadi. Chunki ularning iqtisodiy o‘sishi, yangi bo‘sh ish o‘rinlarining yaratilishi, aholi bandlik
darajasi va ular daromadining oshishini ta’mi

nlaydi. Shuningdek, iqtisodiyotning globallashuvi

va unda turizmning tutgan o‘rnini hisobga olgan holda, soha raqobatbardoshligini ta’minlash

va uni oshirish muhim hisoblanadi. Shuning uchun turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi

firmalar raqobatda omon qolishi va raqobat ustunliklarini saqlab qolishi ushun sohada doimiy
ravishda innovatsiyalarni joriy qilishlari lozim. Bundan tashqari, innovatsiya orqali yangi

mahsulot va xizmat turlarini yaratish hamda ularning xarajatlarini kamaytirish, marketing

xizmatlarini yaxshilashga erishish mumkin. Shundan kelib chiqib, turizm sohasini innovatsion

rivojlantirish masalasini o‘rganishda avvalo innovatsiya, uning mazmun

-mohiyati, turlari va

xususiyatlarini yoritishda bir qator xorijiy hamda mahalliy iqtisodchi olimlarning nazariy

qarashlarini tahlil qilishni maqsadga muvofiq deb topdik.

Jumladan, innovatsiyaning iqtisodiy konsepsiyasi 1934-yilda avstriyalik iqtisodchi olim

Shumpeter (1934) tomonidan “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” nomli kitobida ilmiy jihatdan

asos

lab berilgan. U “innovatsiyani yangi mahsulotlar, yangi jarayonlar, yangi bozorlar va yangi

xom-

ashyo manbalarini ishlab chiqarish, ya’ni sanoat korxonalarini yangidan shakllantirish

sifatida tasniflagan. J.Shumpeter iqtisodiyot faniga yangi iqtisodiy sikl

manbai sifatida “ijodiy

halokat” tushunchasini kiritib, inqirozdan chiqish yo‘li sifatida innovatsiyalarni tadbiq etgan

hamda uni iqtisodiy o‘sish bilan bog‘lagan. Bundan tashqari, bir nechta mualliflar: Drejer

(2004), Fagerberg (2004), Wairmeir(2006) va Hjalager(2002) kabi iqtisodchi olimlar

J.Shumpeter tomonidan innovatsiya va uning turlariga berilgan tasnifdan foydalanib, turizm

sohasida innovatsiyalar tipologiyasini ishlab chiqadilar. Shuningdek, yuqorida qayt etilgan

olimlarning tasniflari asosida Osl

o qo‘llanmasining uchinchi nashrida turizm sohasida

innovatsiya turlarining quyidagi tasnifi chop etilgan:

Mahsulot innovatsiyasi:

bosqichma-

bosqich o‘zgartirilgann yoki tijoratlashtirishga

qodir bo‘lgan tubdan yangi tovar yoki xizmat.

Jarayon innovatsiyasi:

bosqichma-

bosqich o‘zgartirilgan yoki tubdan yangi ishlab

chiqarish jarayoni va yetkazib berish usulini amalga oshirish.

Tashkiliy innovatsiya:

bosqichma-

bosqich o‘zgartirilgan yoki yangi tashkiliy usul va

boshqaruv shaklini amalga oshirish.

Marketing innovatsiyasi:

bosqichma-

bosqich o‘zgartirilgan yoki sotish bozorini

rivojlantiruvchi yangi marketing strategiyasini amalga oshirish (OECD, 2005).

Innovatsiya va innovatsion faoliyatni jivojlantirish bo‘yicha ko‘plab tadqiqot ishlarini olib

borgan iqti

sodchi olim Robert Taker (2006) innovatsiyaga quyidagicha ta’rif bergan:

“innovatsiya –

bu yangi g‘oyalarni ishlab chiqish va ularni amalda tadbiq etishdir, ya’ni g‘oyalar

bo‘lmasa innovatsiyalar ham bo‘lmaydi, shuningdek, innovatsiyaning o‘ziga xos muhim

belgisi

g‘oyalarni amaliyotda qo‘llash hisoblanadi”.

Tadqiqotchilar Bayev va Shugurovalar (1995) “innovatsiya” tushunchasini aniqlashning

quyidagi 5 ta yondashuvini ajratib ko‘rsatishgan:

1.

Obyektga asoslangan yondashuv,

bunda innovatsiyani ilmiy-texnika

t

araqqiyotining o‘ziga xos mahsuloti sifatida tushunishni nazarda tutadi.

2.

Obyekt-utilitar yondashuv,

bunda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish nuqtai nazardan

yangi mahsulot, xizmat va texnologiya ko‘rinishidagi innovatsion faoliyat natijasini tavsiflaydi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

218

3.

Jarayonga asoslangan yondashuv,

mazkur yondashuv “innovatsiya” tushunchasini

ishlab chiqishdan boshlab yangi tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, tashkiliy shakllar va

boshqalarni joriy etishgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga olgan murakkab jarayon sifatida

izohlaydi.

4.

Jarayon-utilitar yondashuv,

bu sodir bo‘layotgan jarayonlarning iqtisodiy

-ijtimoiy

af

zalliklarini ta’kidlaydi.

5.

Jarayon-moliyaviy yondashuv,

ushbu yondashuvda “innovatsiya” deganda yangi

mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalar va boshqalarni ishlab chiqarishga investitsiya kiritish

jarayoni sifatida tushuniladi.

Ayrim tadqiqotchilar innova

tsiyani g‘oya va ishlanmalarni amaliy qo‘llash jarayoni deb

hisoblaydilar. Shuningdek, Твисс (1989), Санто (1990) va Новиковlar (2010) esa

innovatsiyani ijtimoiy-iqtisodiy jarayonning yakuniy natijasi sifatida qaraydi. Bu ikkala
yondashuv bir-birini inkor

etmaydi, balki innovatsiyaning ko‘p qirrali tushuncha ekanligidan

dalolat beradi.

Rossiyalik iqtisodchi olim Fatxutdinovning (2012) fikricha, “innovatsiya

- bu boshqaruv

obyektini o‘zgartirish va iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy, texnik yoki boshqa t

urdagi

ta'sirlarni olish maqsadida yangilikni joriy etishning yakuniy natijasidir”. “Innovatsiya”
tushunchasiga berilgan ta’riflarga ko‘ra, innovatsiyani ishlab chiqish, uni yaratish, amaliyotga

joriy etish va tarqatish qonunga xilof bo‘lib, bu bosqichlar

jarayon sifatida innovatsion faoliyat

bilan bog‘liq bo‘lishi va uning natijasi yangilik yoki innovatsiyalar bo‘lishi mumkin”. Bizning

fikrimizcha, Fatxutdinov (2012)

obyektiv yondashib, “innovatsiya” va “innovatsion faoliyat”

kategoriyalarini bir-biridan farqlab, mazkur tushunchalarga miqdor va sifat jihatdan baho

beragan. Chunki innovatsiya boshqaruv obyektini o‘zgartirish jarayoniga iqtisodiy, ilmiy

-

texnikaviy va ijtimoiy jihatdan ta’sir qiladi. Mazkur elementlar bir

-

biriga o‘zaro bog‘langan

bo‘lib, innovatsion jarayonning turli bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Quyidagi 1.1

-rasmda

ushbu ta’sirlarning o‘zaro bog‘liqligi ifodalangan.

1.1-rasm. Innovatsion jarayonga ilmiy-

texnik, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirlarning

bog‘liqligi

Manba:

Muallif tadqiqotlari asosida ishlab chiqilgan.

Innovatsion jarayonning barcha bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishda,

shuningdek, ilmiy-

texnik ta’sir tajriba konstruktorlik ishlanmalarni amaliyotga joriy etishda,

ilmiy samara fundamental va amaliy tadqiqotlarda, texnik samara esa ishlab chiqarishni

rivojlantirish jarayonida amalga oshirilishi mumkin.

Fatxutdinov (2012) innovatsiyalarni tasniflashda bir nechta xususiyatlarini ajratib

ko‘rsatgan. Ular quyidagilar:

yangilik darajasi;

yangilik joriy qilingan hayot siklining bosqichi;

innovatsiyalarning yangilik ko‘lami;

milliy iqtisodiyotda innovatsiyalarning o‘rni;

yangilikni qo‘llash qamrovi;

Ijtimoiy

ta'sir

Iqtisodiy

ta'sir

Ilmiy va

texnik

ta'sir


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

219

innovatsiya natijasida olingan samaradorlik va boshqalar.

Bundan tashqari, mahalliy olimlarimiz tomonidan ham innovatsiya, uning mazmun-

mohiyati, turlari va xususiyatlariga oid ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan,
Aliyevning (2019) fikricha, “innovatsiya –

bu yangicha g‘oya, ishlab chiqarishga tadb

iq etilgan

yangicha yondashuv, yangi texnologiya va ishlab chiqarilgan yangi mahsulot, boshqaruvdagi

yangicha usul, umuman, barcha jabhalardagi yangi islohotlardir”. Ushbu olim innovatsiyani

faqatgina so‘ngi yangilik emas, balki shu bilan birga amaliyotda qo‘llanilgan, jamiyatga ijtimoiy

-

iqtisodiy foyda keltiradigan vosita sifatida talqin qilgan.

Bektemirov va boshqa

lar (2020) innovatsiyaga quyidagicha ta’rif berganlar: “innovatsiya

bu yuqori iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida ishlab chiqarish

jarayoniga ilg‘or ilm

-

fan yutuqlarini joriy etish bilan yangi tovarlar yaratish yoki ishlab chiqarilayotgan tovarlar

sifatini oshirishdir”. Ularning fikricha, innovatsiya fanda yangilik va kashfiyotlar yaratish,

shuningdek, yangi bilimlarni ochish, texnika va texnologiyalarning keyingi avlodini yaratish,

ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi metodlarni kiritishda yuzaga keladi.

Innovatsiyani fan sig‘imi yuqori bo‘lgan tarmoq sohalarida iqtisodiy o‘sish, barqarorlikni
ta’minlash va raqobatbardoshlikni oshirishning asosiy vositasi sifatida ta’riflaydi. Fikrimizcha,

ushbu olimlar innovatsiyaning ilm-fan, texnika-texnologiyada erishilgan yangiliklar va ularning

amaliyotda joriy qilinishi natijasida olinadigan tijoriy samarasi kabi xususiyatlarig

a e’tibor

qaratishgan. Ammo innovatsiyalar har qanday sohada joriy qilinishi, ularning turlari, ijtimoiy

samarasi va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari olimlarning nazaridan chetda qolgan.

Yuqorida keltirilgan olimlarning ta’rif, tasnif va yondashuvlaridan ke

lib chiqib,

“innovatsiya” kategoriyasiga quyidagicha ta’rif beramiz. Bizning fikrimizcha, “

innovatsiya

bu

inson kapitalining mahsuli bo‘lib, yangi bilim, g‘oya va ishlanmalarni ishlab chiqarish hamda

xizmat ko‘rsatish sohalariga tadbiq etish natijasida yuzaga keladigan yangilikdir”. Ya’ni ilmiy

-

amaliy g‘oyalarni amaliyotga qo‘llash va tijoratlashtirish jarayonida ijtimoiy

-iqtisodiy

samaraga erishish uchun mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda sotish jarayonini

takomillashtirish usuli yoki texnologiyasi hisoblanadi.

Iqtisodiyotning har qanday soha va tarmoqlarida innovatsiyalarni kompleks

rivojlantirish tendensiyalari va qonuniyatlarini chuqur o‘rganish, shuningdek, ularni joriy

qilishning samarali usullarini aniqlash murakkab metodologik jarayon hisoblanadi. Ushbu

jarayonni to‘liq tahlil qilish va uni anglash innovatsiyalarning tasnifini ishlab chiqishni taqozo

etadi. Bundan tashqari, innovatsiyalar murakkab va ko‘p qirraliligi tushuncha bo‘lib, ularni

tasniflashning bir nechta xususiyatlari mavjud. Jumladan, Novikovning (2010) konsepsiyasida

innovatsiyalarning qo‘llash doirasi, ko‘lami va tabiatiga oid xususiyatlari keltirilgan. Mazkur

konsepsiyada innovatsiyalarni global, mintaqaviy, hududiy, milliy va korxona miqyosida

tarqalishi hamda keng ko‘lamda joriy etish mumkinligi kabi xususiyatlariga alohida e’tibor

qaratilgan. Shu bilan birga, iqtisodchi Belokrilova (2009) innovatsiyalarni quyidagi bir nechta

me’zonlar asosida tasniflagan: “innovatsion salohiyat darajasi; yangilik darajasi, tarqalish

dar

ajasi, intensivlik darajasi; qo‘llanilish doirasi; innovatsiyalar tezligi; miqyosi; ko‘lami;

bozorda kutilayotgan ulush.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Innovatsiyalarni tasniflashda turli xil yondashuvlarni tahlil qilish asosida ularning o‘ziga

xos xususiyatlarini umumlashtirish, tizimlashtirish hamda shu asosda innovatsiyalarning ilmiy

asoslangan tasnifini yaratish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Shundan kelib

chiqib, yuqorida bayon qilingan innovatsiyalarga oid tasniflarni to‘ldirib, takomillashtirgan

holda turizm sohasini barqaror rivojlantirish jarayonini hisobga olib, turizm sohasida

qo‘llaniladigan innovatsiyalarning tasnifini ishlab c

hiqishni maqsadga muvofiq deb topdik va

ularning quyidagi turlarini farqladik: innovatsiya g‘oyasining manbaiga ko‘ra; maqsadg
yo‘naltirilganliga ko‘ra; investitsiya jalb qilingan kapital miqdoriga ko‘ra; innovatsiyalrni


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

220

yaratish jarayonining murakkabligig

a ko‘ra; mulkchilik shakliga ko‘ra; yangilik darajasiga ko‘ra

(1.2-rasm).

Bugungi kunda zamonaviy iqtisodiy manbalarda, shuningdek, Morozov (2000) va

Fatxutdinovlarning (2008) ilmiy adabiyotlarida innovatsiyalarni tasniflashning ko‘plab

mezonlari taklif etilgan. Innovatsiyalarning yangilik darajasi, mazmuni va tuzilishi, amal qilish

ko‘lami, iste'mol xususiyatlarining tabiati va boshqa xususiyatlar alohida tadqiq etilgan. Demak,

tahlillarimizdan ko‘rinib turibdiki, iqtisodchi olimlar tomonidan ishlab chiqil

gan tasniflar turli

xil mezonlar va innovatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib amalga oshirilgan.

Lekin ushbu tasniflar bir-biriga qarama-

qarshi emas, balki o‘zaro bir

-

birini to‘ldiradi.

1.2-

rasm. Turizm sohasida qo‘llaniladigan innovatsiyalarning tasnifi

Manba:

Muallif tadqiqotlari asosida ishlab chiqilgan.

Innovatsiyalarni tasniflash

mulkchilik

shakliga ko‘ra

maqsadga

yo‘naltirilgan

-

ligiga ko‘ra

innovatsiya

g‘oyasining

manbasiga ko‘ra

davlat

xususiy

davlat-xususiy

sherikchilik

iqtisodiy

ijtimoiy

ijtimoiy-

iqtisodiy

iste’molchilar

turistik

korxonalar

ilmiy-tadqiqot

ishlari

innovatsiyani

yaratish jarayonining

murakkabligiga ko‘ra

turistik korxona

tomonidan ishlab

chiqilgan

innovatsiyalar

tashqi kuchlar

tomonidan ishlab

chiqilgan

innovatsiyalar

investitsiya

qilingan kapital

miqdoriga ko‘ra

arzon narx

o‘rtacha narx

yuqori narx

yangilik

darajasiga ko‘ra

radikal

(tubdan yangi)

takomillashtirilga

n

bosqichma-

bosqich


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

221

Turizm sohasini barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun innovatsiyalardan samarali

foydalanishda “innovatsiya g‘oyasining manbasi” asos bo‘lib hisoblanadi. Buning natijasida

uning hayot siklining umumiy konsepsiyasi shakllanadi va

innovatsiyalarni qo‘llash doirasi

hamda ularni amalga oshirish samaradorligining sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Shuningdek,

innovatsion g‘oyalarning paydo bo‘lishi va ushbu g‘oyalarning manbasidan kelib chiqib, biz

innovatsiyalarning quyidagi 3 ta turin

i ajratib ko‘rsatdik. Ular:

iste’molchilar tomonidan yaratiladigan innovatsiyalar;

turistik korxonalar tomonidan yaratiladigan innovatsiyalar;

ilmiy tadqiqot ishlari natijasida yuzaga keladigan innovatsiyalar.

Turizm sohasida turistik xizmatlarning iste’mo

lchisi sohada takror ishlab chiqarish

jarayonini amalga oshirishda asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki iste’molchilarning dam olishi,
borliqni anglashi va turistik sayohatga bo‘lgan ehtiyojlari tufayli zamonaviy turizm industriyasi

shakllandi. Mazkur sohaning kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari turistlarning ehtiyojlari

bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, sohada ishlab chiqilayotgan va joriy etilayotgan innovatsiyalarning

yo‘nalishlari va xususiyatlarini belgilab beradi.

Turizm sohasi keng qamrovli soha bo‘lib, fao

liyat sohalari bir-biridan tubdan farq

qiladigan turli xil korxonalarni birlashtiradi. Masalan sayyohlik korxonalari, turfirmalar,

ekskursiya byurolari va transport korxonalari va boshqalar. Shundan kelib chiqib aytishimiz

mumkin-ki, har qanday korxonaning

o‘ziga xos xususiyatlari va muammolari mavjud bo‘lib,

ularni batafsil tahlil qilib, o‘rganish ma’lum bir turizm korxonasining maqsad va vazifalariga

erishish uchun qanday yangiliklar talab qilinishini aniqlash imkonini beradi.

Bugungi kunda turizm sohasida innovatsiyalarni joriy qilishning yana bir manbasi avvalo,

ushbu sohada joriy etish uchun mo‘ljallanmagan tadqiqot va ishlanmalar hisoblanadi. Masalan,

mashinasozlik, aviatsiya, kemasozlik, qurilish kompaniyalari, zamonaviy texnologiyalar, taʼlim

va boshqa sohakarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilishi kelajakda ushbu sohalar uchun

innovatsiya ko‘rinishida kirib keladi. Shunday ekan, turizm sohasida innovatsiyalarni joriy

etish birinchi navbatda, hududning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va uning

innovatsion rivojlanish darajasiga bog‘liq deb aytishimiz mumkin.

Innovatsiyalarning xususiy, davlat va aralash shaklda bo‘lishidan bilishimiz mumkinki,

turizm sohasida innovatsiyalarni rivojlantirish turli xil maqsadli yo‘nalishlarga ega bo‘lish

i

mumkin: birinchidan, iqtisodiy foyda keltirishi; ikkinchidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi;

uchinchidan ham ijtimoiy ham iqtisodiy jihatdan innovatsion rivojlanishga hissa qo‘shishi
lozim. Shuning uchun biz innovatsiyalarni quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilga bo‘lishi kerak

degan xulosa keldik:

iqtisodiy innovatsiyalar;

ijtimoiy innovatsiyalar;

ijtimoiy-iqtisodiy innovatsiyalar.

Innovatsiyalarning bunday turlarga ajratish turizm sohasini barqaror, raqobatbardosh

rivojlantirish maqsadlari bilan uzviy bog

‘liq bo‘lib, turizm sohasining takror ishlab chiqarish

jarayonlarida obyektiv ravishda namoyon bo‘ladi. Demak, iqtisodiy innovatsiyalar

marketingning zamonaviy usullarini qo‘llash va ularni takomillashtirish orqali turizm sohasida

faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘sishini ta'minlashga
qaratilgan bo‘ladi. Ijtimoiy innovatsiyalar kishilik jamiyat, urf

-odati va madaniyatining

rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ko‘plab ijtimoiy muammolarga yechim topishga

yordam beradi. Masalan, bularga: global ekologik va oziq-ovqat xavfsizligi muammolari sababli

aholining sog‘lig‘ini saqlash; psixologik va ma’naviy holatini yaxshilash; turizm sohasini

innovatsion rivojlantirish uchun malakali mutaxassis-kadrlar tayyorlashning zamonaviy
tizimini shakllantirish, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash va unumdorligini oshirish;

atrof-

muhit holatini sog‘lomlashtirish, shuningdek, aholi va turistlar uchun qulay ekologik

sharoitlarni ta’minlash kabilarni kiritishimiz mumkin.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

222

Bizga ma’lu

mki, innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilish uchun albatta, investitsiyalarni

jalb qilish lozim. Chunki har qanday yangilik, ilmiy-

texnik go‘yalarga investitsiya kiritilmasa, u

innovatsiyaga aylana olmaydi. Shunday ekan, innovatsiyalarga kiritilgan investitsiya kapitali

miqdoridan kelib chiqib, biz uyidagi narxdagi innovatsiyalarni aniqlaymiz:

yuqori narxli innovatsiyalar;

o‘rtacha narxli innovatsiyalar;

arzon narxli innovatsiyalar.

Yuqori narxlardagi innovatsiyalar katta ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini talab qiladigan

texnik jihatdan murakkab innovatsiyalarni o‘z ichiga oladi, bu esa katta vaqt va moddiy

xarajatlarni talab qiladi. Biroq, ilm-

fan va innovatsiyalarning davlat tomonidan qo‘llab

-

quvvatlash kuchayishiga qaramasdan, innovatsion faoliyat turlari, shu jumladan turizm

sohasida qo‘llaniladigan innovatsiyalar tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, aksariyat korxonalar,

shuningdek, turistik korxonalar ilmiy-

tadqiqot ishlarini o‘z ichiga olmaydigan arzon

narxlardagi innovatsiyalardan foydalanadilar. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga qaraganda,

turizm sohasining muhim farqlovchi xususiyati arzon narxlardagi innovatsiyalardan ko‘proq
foydalanishidir. Arzon innovatsiyalar asosan ijtimoiy sohada qo‘llaniladigan innovatsiyalar

bo‘lib, uni jamiyatning o‘zi, ya’ni odamlarning ma’lum guruhlari tomonidan asta

-sekin

yaratiladi va jamiyatda keng qo‘llaniladi. Shuning uchun ham bunday innovatsiyalar ko‘p

xarajat talab etmaydi.

Innovatsiyalarni amalga oshirishda, ya’ni uni yaratish jarayonida qanchalik m

urakkab

ekanligiga qarab, ularni quyidagilarga ajratamiz:

turizm korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan innovatsiyalar;

tashqi kuchlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsiyalar.

Xulosa va takliflar.

Turizm sohasida markazlashgan ilmiy-

tadqiqot tashkilotlari mavjud bo‘lmaganligi

sababli, turizm sanoati korxonalari tashabbusni o‘z qo‘llariga oladi. Agar innovatsiya oddiy

texnologiya asosida yartilsa, korxona ishchi-xodimlari zarur kasb-

malakaga ega bo‘l

sa, turistik

korxonalar mustaqil ravishda yangiliklarni ishlab chiqishi va amaliyotga tadqiq eta oladilar.

Masalan, turizm bozori uchun tubdan yangi turistik marshrutni tashkil etish va uni amalga

oshirish. Agar turizm sohasida innovatsiya murakkab bir nec

hta xususiyatlarga ega bo‘lsa va

uni yaratish uchun tegishli binolar, ma’lum bir xom

-ashyo materiallari, ishchi-mutaxassislar

guruhi va boshqalar kerak bo‘lsa, yangilik ushbu sohada katta bilim va tajribaga ega boshqa

tashkilotlarga buyurtma berilishi mumkin. Bunday innovatsiyalar qatoriga turizm

kompaniyasini xalqaro turizm bozorlariga olib chiqish uchun yirik zamonaviy marketing
strategiyasini ishlab chiqish yoki mehmonxona boshqaruvining yangi qaramlashtirilgan
tizimlarini yaratish va hokazo kiradi.

Ummuman olganda, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat tomonidan tartibga solinishi va

qo‘llab

-

quvvatlanishi muhim hisoblanadi. Sababi ko‘plab iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan

mamlakatlar tajribasi davlatning ilm-

fan va innovatsiyalarga alohida e’tibor qaratishi

mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda, shuningdek, turizm sohasini barqaror rivojlanishini

ta’minlashda ko‘plab ijobiy natijalarga erishganini ko‘rishimiz mumkin. Shunday ekan

innovatsiyalarni mulkchilik shakllari bo‘yicha tasniflash maqsadga muvofiq d

eb topdik. Ular:

davlat tomonidan joriy qilingan innovatsiyalar;

xususiy korxonalar tomonidan joriy qilingan innovatsiyalar;

davlat-xususiy sherikchilik asosida joriy qilingan innovatsiyalar.

Bundan tashqari, jamoat innovatsiyalari davlat tomonidan davlat

byudjeti mablag‘lari

hisobidan moliyalashtiriladi, ya’ni bularga; qonun ijodkorligi; kosmik tadqiqotlar; ekologik va

atrof muhitni muhofaza qilishga oid tadqiqotlar va boshqa sohalardagi innovatsiyalarni

kiritishimiz mumkin. Odatda, iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida, shuningdek, turizm

sohasida davlat tomonidan joriy qilingan innovatsiyalar foyda olish uchun emas, balki


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

223

mamlakatda turizm sohasini innovatsion rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni

yaratishga qaratilgan bo‘ladi.

Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy innovatsiyalar xususiy mulk obyektiga

asoslangan bo‘lib, ular asosan erkin raqobat muhitida yuzaga kelib, takomillashib boradi.

Chunki har qanday korxona raqobatda sinib ketmasliklari uchun yangidan-

yangi g‘oya va

ishlanmalar ustida tadqiqot olib borib, raqobatbardoshlik va barqarorlikni sablab qolishga

intiladi. Aksariyat hollarda xususiy innovatsiyalar tijorat innovatsiyalari sifatida namoyon

bo‘ladi, ya’ni faoliyatdan asosiy maqsad foydaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunday

innovatsiyalarning manbai turistik korxona yoki umuman olganda sanoatning foydasi
hisoblanadi. Bundan tashqari, foyda marjasining oshib borishi innovatsiyalarni joriy qilish

uchun rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi va innovatsiyalarni yaratish, ishlab chiqarish

hamda xizmat

ko‘rsatishga tadbiq etish va marketingning zamonaviy usullaridan foydalangan korxonalar
ko‘proq foyda olishlari mumkin.

Yangidan joriy qilingan innovatsiyalar natijasida olingan foyda innovatsion foyda sifatida

belgilanadi. Biroq, erkin raqob

at kurashida innovatsion foyda vaqtinchalik bo‘lishi mumkin.

Chunki raqobatchi korxonalar bir-

birlaridan innovatsiyalarni juda tez o‘zlashtirib oladilar.

Shunga qaramay, bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion foyda doimo mavjud bo‘lib, uning

roli juda muhim hisoblanadi. Sababi, ushbu foyda kelajakda yaratiladigan innovatsion loyihalar

uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Davlat

-xususiy yoki aralash innovatsiyalar davlat va

xususiy kapitalning notijorat hamkorligidan kelib chiqadi. Zamonaviy iqtisodiyotda

innovatsion loyihalarni birgalikda moliyalashtirish, ayniqsa globallashuvning kuchayishi

sharoitida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan: kosmik turizm uchun samolyotlar

yaratish; telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarish; dunyo bo‘ylab s

ayyohlik

markazlarini xorijdan targ‘ib qilish bo‘yicha yirik marketing loyihalarini amalga oshirish;

turistik diqqatga sazovor joylarning global axborot bazalarini yaratish va boshqalar. Davlat va

xususiy sektorning (Private Public Partnership

PPP) o‘zaro hamkorligiga bag‘ishlangan

nashrlar tahlilidan shuni aytishimiz mumkin-

ki, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi sheriklik

konsepsiyasi barqaror va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishishga qaratilgan

loyihalar hisoblanadi.

Innovatsiyalarning yangilik darajasiga kelsak, avstriyalik klassik iqtisodchi J.Shumpeter

tubdan yangi innovatsiyalarni yaratishda tadbirkorning rolini alohida ta’kidlab o‘tgan. U

innovatsiyalarni radikal va bosqichma-

bosqich yaratilgan innovatsiyalarga farqlab o‘rgangan

.

Biz ham yuqoridagi fikrlarga tayanib, innovatsiyalarni quyidagi turlarini farqladik:

tubdan yangi (radikal) innovatsiyalar;

takomillashib boradigan innovatsiyalar;

bosqichma-bosqich yaratiladigan innovatsiyalar.

Radikal innovatsiyalar ko‘p

hollarda texnika-

texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq

bo‘ladi. Turizm sohasida radikal innovatsiyalarga misol keltiramiz. Masalan, turistik korxonalar

uchun sifat menejmentining o‘ziga xos elektron tizimini yaratish. Bundan tashqari, bosqichma

-

bosqich

amalga oshiriladigan innovatsiyalar uzluksiz jarayon davomida to‘planib boradigan

o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, turizm sohasida innovatsiyalar takomillashib, sifatni

yaxshilash, energiyani tejash, mahsulotlarni qayta ishlash, uskunalarning ishlashi va xizmat

ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni kamaytirish kabi alohida xususiyatlarga ega.

Shunday qilib, biz taklif qilgan innovatsiyalarning tasnifi ilmiy-amaliy ahamiyatga ega

bo‘lib, ular turizm sohasida qo‘llaniladigan innovatsiyalar

ning tamoyillari va shakllarini

belgilab beradi. Bu esa har bir yangilik ko‘lami, ahamiyati va imkoniyatlarini aniqlash imkonini

beradi. Bundan tashqari, innovatsiyalar tasniflarining xilma-xilligi turizm sohasini innovatsion

rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish orqali sohada

barqarorlikni ta’minlash, erkin raqobat muhitida raqobatda orqada qolmaslik uchun

raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi. Shuningdek, uzoq muddatli iqtisodiy

rivojlanishga erishish nafaqat resurslar bilan ta'minlash, balki ushbu resurslardan samarali


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

224

foydalanish va qayta tiklash bo‘yicha yangi yechimlarni izlashga yordam beradigan innovatsion
faoliyatga ham bog‘liq hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, innovatsion faoliyat va uning o‘ziga

xos xususiyatlari hamda vazifalarini aniqlab olishimiz zarur.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Aliyev Y.E. (2019) Innovatsion iqtisodiyot. O‘quv qo’llanma. –

Toshkent: Iqtisodiyot, 236 bet.

10-11 betlar.

Bektemirov A.B., Ruzibayeva

N.X., Azimova R.I. (2020). Investitsiya va innovatsiyalar. O‘quv

qo’llanma /–

Toshkent:

432 b. 348-350 betlar.

Declaration (1989), Hague Declaration on Tourism. The Hague, (1989), April 10-14.

Available at: https://online.zakon. kz/Document/?doc_id=33416301.

Drejer, I. (2004), “Identifying innovation surveys of services”, Research Policy, 33, 551

-562.

Fagerberg, j., godinho, M. M., (2004), “Innovation and Catching

-

up”, in Fagerberg, J., Mowery,

D., Nelson, R., (eds.) The Oxford Handbook of Innovation, Oxford University Press, Oxford, 514-544.

Hjalager, A. M. (2002), “Repairing innovation defectiveness in tourism”, Tourism

Management, 23, 465-474.

OECD (2005). Oslo Manual: guidelines for collecting and interpreting innovation data.OECD,

Paris.

Qonun (2019)

O'zbekiston Respublikasining “Turizm to’g’risida”gi Qonuni. Toshkent sh.,

2019-yil 18-

iyul, O‘RQ

-549-son. 3-modda. Lex.uz

Schumpeter, J. (1934), The Theory Of Economic Development, Harvard University Press, USA.

Weiermair, K. (2006), “Product improvement

or innovation: what is the key to success in

tourism?”, Innovation and growth in tourism, OECD, Paris, 53

-69.

Баев, Л.A. (1995). Системный подход к определению инновации / Л.А. Баев, В.Э.

Шугуров // Современные технологии социально

-

экономических систем. –

Челябинск: Изд

-

во ЧГТУ,–

210 с.

Белокрыловой О.С. (2009).Теория инновационной экономики: учебник / под ред. –

Ростов н/Д: Феникс,–

376 с.

Лукачева Л.И., Кварталнов В.А., Исаев В.А. и др. (2006), Менеджмент туризма.

Основы менеджмента.Учебник.

-

М.: Финансы и статистика, 352 с.

Морозов Ю.П. (2000) Инновационный менеджмент: Учебное пособие.

-

М.: ЮНИТИ

-

ДАНА, 446 с.

Новиков В.С. (2010). Инновации в туризме: учеб. пособие для студ. высш. учеб.

заведений / В.С.Новиков. –

3-

е изд., испр. и допол. –

М.: Издательский центр «Академия»,–

208 с.

Роберт Б. Такер. (2006). Инновации как формула роста. Новое будущее ведущих

компаний. М.: Олимп

-

бизнес, 224 с.

Санто, Б. (1990). Инновация как средство экономического развития / Б. Санто: пер.

с венг. с изм. и доп. автора; общ. ред. и вступ. от Б.В. Сазонова. –

М.: Прогресс,–

296 с.

Сафаров Б.Ш. (2011), «Минтақавий туризм хизмат бозорининг иқтисодий

механизмини такомиллаштириш» мавзусидаги иқтисод фанлари номзоди илмий

даражасини олиш учун тақдим этилган дисс. Самарқанд

-21-

б.

Твисс, Б. (1989). Управление научно

-

техническими нововведениями / Б. Твисс пер. с

англ. –

М.: Экономика,–

271 с.

Фатхутдинов Р.А. (2008).

-

Инновационный менеджмент: Учебник для вузов.

- 6-

е изд.

-

СПб: Питер, 447 с

Фатхутдинов Р.А. (2012) Инновационный менеджмент: Учебник для вузов.

Стандарт третьего поколения. 6

-

е изд. –

СПБ.: Питер,–

448 с.

https://www.unwto.org/events/118-executive-council

Библиографические ссылки

Aliyev Y.E. (2019) Innovatsion iqtisodiyot. O‘quv qo’llanma. – Toshkent: Iqtisodiyot, 236 bet. 10-11 betlar.

Bektemirov A.B., Ruzibayeva N.X., Azimova R.I. (2020). Investitsiya va innovatsiyalar. O‘quv qo’llanma /– Toshkent:– 432 b. 348-350 betlar.

Declaration (1989), Hague Declaration on Tourism. The Hague, (1989), April 10-14. Available at: https://online.zakon. kz/Document/?doc_id=33416301.

Drejer, I. (2004), “Identifying innovation surveys of services”, Research Policy, 33, 551-562.

Fagerberg, j., godinho, M. M., (2004), “Innovation and Catching-up”, in Fagerberg, J., Mowery, D., Nelson, R., (eds.) The Oxford Handbook of Innovation, Oxford University Press, Oxford, 514-544.

Hjalager, A. M. (2002), “Repairing innovation defectiveness in tourism”, Tourism Management, 23, 465-474.

OECD (2005). Oslo Manual: guidelines for collecting and interpreting innovation data.OECD, Paris.

Qonun (2019) O'zbekiston Respublikasining “Turizm to’g’risida”gi Qonuni. Toshkent sh., 2019-yil 18-iyul, O‘RQ-549-son. 3-modda. Lex.uz

Schumpeter, J. (1934), The Theory Of Economic Development, Harvard University Press, USA.

Weiermair, K. (2006), “Product improvement or innovation: what is the key to success in tourism?”, Innovation and growth in tourism, OECD, Paris, 53-69.

Баев, Л.A. (1995). Системный подход к определению инновации / Л.А. Баев, В.Э. Шугуров // Современные технологии социально-экономических систем. – Челябинск: Изд-во ЧГТУ,– 210 с.

Белокрыловой О.С. (2009).Теория инновационной экономики: учебник / под ред. – Ростов н/Д: Феникс,– 376 с.

Лукачева Л.И., Кварталнов В.А., Исаев В.А. и др. (2006), Менеджмент туризма. Основы менеджмента.Учебник. -М.: Финансы и статистика, 352 с.

Морозов Ю.П. (2000) Инновационный менеджмент: Учебное пособие.- М.: ЮНИТИ-ДАНА, 446 с.

Новиков В.С. (2010). Инновации в туризме: учеб. пособие для студ. высш. учеб. заведений / В.С.Новиков. – 3-е изд., испр. и допол. – М.: Издательский центр «Академия»,– 208 с.

Роберт Б. Такер. (2006). Инновации как формула роста. Новое будущее ведущих компаний. М.: Олимп-бизнес, 224 с.

Санто, Б. (1990). Инновация как средство экономического развития / Б. Санто: пер. с венг. с изм. и доп. автора; общ. ред. и вступ. от Б.В. Сазонова. – М.: Прогресс,– 296 с.

Сафаров Б.Ш. (2011), «Минтақавий туризм хизмат бозорининг иқтисодий механизмини такомиллаштириш» мавзусидаги иқтисод фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим этилган дисс. Самарқанд-21-б.

Твисс, Б. (1989). Управление научно-техническими нововведениями / Б. Твисс пер. с англ. – М.: Экономика,– 271 с.

Фатхутдинов Р.А. (2008).- Инновационный менеджмент: Учебник для вузов.- 6-е изд. - СПб: Питер, 447 с

Фатхутдинов Р.А. (2012) Инновационный менеджмент: Учебник для вузов. Стандарт третьего поколения. 6-е изд. – СПБ.: Питер,– 448 с.