Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
276
TOSHKENT VILOYATI AHOLISI OILAVIY TARKIBINING
O‘ZIGA XOS JIHATLARI
PhD
Sabirova Muazzam Shuxratbek qizi
Alfraganus University nodavlat oliy ta’lim tashkiloti
Annotatsiya.
Aholining ko‘payib borishi o‘z
-
o‘zidan demografik jarayonlarni tadqiq etishga
qaratilgan ishlar
ko‘lamini yanada kengaytirish kerak ekanligini bildiradi. Aholi tarkiblari,
xususan, yosh, jins, milliy-etnik tarkiblar bilan birgalikda oilaviy, ijtimoiy tarkiblar ham borki,
ularni tadqiq va tashxis etish hozirgi kunga kelib dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Aholini
oilaviy tadqiq etishning geografik jihatlaridan biri ham, aholining balandlik joylashuvi bo‘yicha
oilalar soni, turi, shakli va o‘lchami bo‘yicha o‘ziga xos jihatlarini ochib berishni taqozo etadi.
Geografik tadqiq etishda aynan hududdan kelib chiqib, aholi oilaviy tarkibiga geografik va
ijtimoiy-
iqtisodiy omillarni ta’sirini o‘rganish zarurdir.
Kalit so‘zlar:
oilaviy tarkib, oilalar soni, oilalar turi, oilalar shakli, oilalar
o‘lchami
.
ХАРАКТЕРНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СОСТАВА СЕМЬИ ЖИТЕЛЕЙ
ТАШКЕНТСКОЙ ОБЛАСТИ
PhD
Сабирова Муаззам Шухратбек кизи
Университет Альфраганус неправительственная
организация высшего образования
Аннотация.
По мере роста населения необходимо будет и дальше расширять
масштабы исследований графических процессов. Наряду с составом населения, в
частности возрастным, половым, национально
-
этническим составом, существуют
также семейный и социальный составы, исследование и диагностика которых
считаются в настоящее время одной из актуальных задач. Одна из географических
особенностей личного исследования населения требует раскрытия специфических
особенностей населения по численности, типу, типу и размеру семей в зависимости от
расположения высоты. Необходимо изучать географическое и социально
-
экономическое
развитие населения в условиях географического влияния.
Ключевые слова:
состав семьи, количество семей, тип семьи, форма семьи, размер
семьи.
UO
‘
K: 347.61
XI SON - NOYABR, 2024
276-281
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
277
CHARACTERISTIC FEATURES OF THE FAMILY COMPOSITION OF RESIDENTS
OF THE TASHKENT REGION
PhD
Sabirova Muazzam Shuxratbek kizi
Alfraganus University non-governmental higher
education organization
Abstract.
As the population grows, it will be necessary further to expand the scope of
research on graphic processes. Along with population structures, in particular, age, gender, and
national-ethnic structures, there are also family and social structures, the study and diagnosis of
which is currently one of the most urgent tasks. One of the geographical features of personal
research of the population requires the disclosure of specific features of the population by number,
type, type, and size of families depending on the location of the height. It is necessary to study the
geographical and socio-economic development of the population in terms of geographical
influence.
Keywords:
family composition, number of families, family type, family form, family size.
Kirish.
Jahonda aholining tez sur’atlar bilan o‘sishi,
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning tezlashuvi
hamda globallashuvi demografik jarayonlarda sezilarli darajadagi o‘zgarishlar va
muammolarni keltirib chiqarmoqda. Mazkur muammolarning oldini olishga bir qator xalqaro
tashkilotlar, jumladan, BMTning 2030-
yilgacha barqaror rivojlanish bo‘yicha dasturida “2030
-
yilga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy rejalarni ishlab chiqishda aholining oilaviy tarkibi va ayollar,
qizlarning kelajagiga e’tibor qaratilishi”
28
vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalarning
yechimida, turli geografik mintaqalar aholisi ko‘payishi bevosita oilaviy tarkib bilan
bog‘liqligini inobatga olgan holda, oilaviy tarkib shakllanishidagi geodemografik
muammolarini o‘rganish va bartaraf etish
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, aholining
oilaviy tarkibidagi o‘zgarishlarni baholash, noto‘liq oilalar miqdorini aniqlash va nikoh, ajralish
jarayonlari tendensiyalashuvining oilalarga salbiy ta’sirini kamaytirishga ustuvor ahamiyat
qaratilmoqda. Bu borada aholi milliy-
etnik tarkibining oilaviy tarkibga ta’sirini baholash,
shahar va qishloq aholisining geodemografik muammolarini aniqlash, nikoh va ajralish
jarayonlariga ta’sir etuvchi omillar ta’sirini hamda salbiy oqibatlarini kamaytirish, aholi o
ilaviy
tarkibining ijtimoiy-iqtisodiy va geodemografik muammolarining yechimiga qaratilgan
tadqiqotlar ahamiyatli hisoblanadi.
Respublikamizda aholi oilaviy tarkibidagi noto‘liq oilalar sonini kamaytirish va ajralish
jarayonining oldini olishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirilmoqda va ijobiy natijalarga
erishilmoqda. 2030-
yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish
strategiyasida
“oilaviy ajralishlarning yuzaga kelish sabablari hamda shart
-sharoitlarini
hududiy tahlil qilish,
bu borada ilmiy, amaliy hamda fundamental tadqiqotlarni qo‘llab
-
quvvatlash”(Senat qarori, 2021) yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan.
Bu borada
hududlar kesimida aholi oilaviy tarkibining, nikoh va ajralish jarayonlarining geodemografik
muammolari yechimiga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar sharhi.
Jahonning qaysi burchagiga bormaylik, aholining oilaviy tarkibi jamiyatning asosiy
bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘ladi. Oila muhim komponent
bo‘lib, u inson va jamiyat ijtimoiy
kapitalining rivojlanishini o‘z
-
o‘zidan belgilab beradi. Bularning isboti sifatida Oilalarning
Yettinchi Butunjahon kongressida (Sidney, 2013-
yil, may) “oila sog‘lom iqtisodiyotning
shakllanishi mamlakatni ravnaq topi
shi”
29
sifatida ko‘rib chiqilgan.
28
https://www.un.org/sustainabledevelopment/ru/gender-equality/
29
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
278
Aholining oilaviy tarkibida nikoh va oilaviy munosabatlar o‘z rivojlanish tarixi va
taraqqiyoti bo‘yicha dastlabki qadamlaridanoq nikohning sof samimiy hamda poklik ramzi
asosida oilalarning vujudga kelishi, tarkib topishi uchun xizmat qilgan. Insonlar paydo
bo‘libdiki, ularning to‘da
-
to‘da bo‘lib yashashlari natijasida oila sekin
- astalik bilan yuzaga kela
boshlagan. Umum qabul qilingan ta’rifga ko‘ra, “nikoh erkak va ayolning tarixan o‘zgarib
boradigan ijtimoiy munosabat
lari shaklidir (Харчев,
1979).
Oila nikohga, aniqrog‘i, erkak va
ayolning nikoh borasidagi ittifoqiga asoslanadi.
Aholining oilaviy tarkibida oilalar o‘lchami, demografik rivojlanishida nikoh jarayoni
insoniyat tarixi davomida kishilarning ko‘payish jarayonining ajralmas xususiyati bo‘lib kelgan.
Demografik jarayonlarni o‘rganishda nikoh jarayoni o‘ziga xos alohida yo‘nalishga ega bo‘lgan.
Aholi ko‘payishi va joylanishida oilaviy tarkib jamiyatning farovonligini ta’minlashda
poydevor vazifasini bajaradi. Aholining oilaviy tarkibida nikoh jarayoni tadqiq etilganda,
avvalambor, aholining takror barpo bo‘lishi, yosh
-jin
siy tarkibi va aholi soniga ta’siri doirasida
o‘rganiladi. Geograf olimlardan biri Kopilov (1999): “yosh
-jins, nikoh va oilaviy tarkib aholining
ko‘payishi bilan bog‘liq va bu demografiyaning predmeti hisoblanadi. Qolganlari ekzogen ya’ni
o‘zgaruvchilar bo‘lib demografik jarayonlarga bilvosita ta’sir qiladi”. Bundan tashqari, Anoxin,
Jitin (2017) kabi geograf olimlari ham “nikoh va ajralishlar odatda aholining tabiiy harakatiga
kirishini, garchi ular aholi sonini bevosita o‘zgartirmasligi” to‘g‘risidagi fik
rlarni bildirishgan.
Darhaqiqat, aholining tabiiy harakati bevosita aholi takror barpo bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Aholining takror barpo bo‘lishi esa o‘z navbatida aholining oilaviy tarkibiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada Toshkent viloyati aholisi oilaviy tarkibining tarixiy, statistik, qiyosiy taqqoslash
metodlaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Oilani tadqiq etishda va o‘rganishda avvalambor oilaning turi, o‘lchami, shakli va
tuzilishini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Oilaning tarkibi
–
oiladagi kishilar soniga ko‘ra
taqsimlanishi, uning shakli, tuzilishi va turlariga ko‘ra bo‘linishidir (Глушково, Симагина,
2012).
Oilani o‘rganishda uning vazifalaridan eng muhimi bu aholining takror barpo bo‘lishi
ya’ni tug‘ilish jarayonlarining rivojlanishidir.
Oila o‘lchami, asosan oilada istiqomat qiluvchi kishilar soniga ko‘ra tahlil qilinadi. Osiyo
va Yevropa davlatlarida oilaning turlari va shakllanishi ham bir-biridan farq qiladi. Masalan,
hozirgi va
qtda demografik o‘tish bosqichining to‘rtinchi davriga kiruvchi davlatlardan biri
Germaniyada asosan 1 va 2 nafar farzandli oilalar ko‘p. 2015
-
yil ma’lumotlariga ko‘ra, bu
davlatda 5,5 million oilalardagi ota-
onalar nikohdan o‘tishgan, 843 ming nafari esa
nikohlanmagan. Aksariyat oilalar noto‘liq oilalar bo‘lib, asosan onasi yoki otasi bilan
yashashgan. Noto‘liq oilalarda 11% bolalar faqatgina otasi bilan istiqomat qiladi.
30
O‘zbekistonda esa 2015
-yildan umumiy oilalar soni 7 646 355 tani tashkil etgan, bu
ko‘rsatkich 2023
-
yilga kelib 9 729 961 taga ko‘paygan. O‘rganilyotgan Toshkent viloyatida
respublikadagi oilalarning 10 foizini tashkil etadi.
Aholining oilaviy tarkibi uning o‘lchamlari, turi, shakli va tuzilishi bo‘
yicha shahar va
qishloq aholisi va aholining balandlik mintaqalari bo
‘
yicha ham bir-biridan farq qiladi.
Toshkent viloyati aholisi oilalari respublikaning 10 foizini tashkil etadi. Oilalar sonida eng
yuqori ko
‘
rsatkich 2015
–
2020-yillarda Angren shahrining ko
‘
rsatkichi yuqori bo
‘
lgan bo
‘
lsa, bu
ko
‘
rsatkich 2023-yilda esa Chirchiq shahri oilalari 10 foizni tashkil etgan. 18 yoshdan kichik
bolali oilalar soni bo
‘
yicha ham Chirchiq shahri yuqori ko
‘
rsatkichga ega.
30
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
279
1-jadval
Toshkent viloyati tumanlari aholisi oilalar soni, (2015
–
2023-yy, foizda)
Tumanlar
Jami oilalar soni (foizda)
2015-yil
2020-yil
2023-yil
shahar
qishloq
shahar
qishloq
Jami
Oqqo
‘
rg
‘
on
3
4
3
4
3
Ohangaron
3
4
3
5
3
Bekobod
5
7
5
8
5
Bo‘stonliq
7
8
6
8
6
Bo‘ka
4
4
4
5
4
Quyichirchiq
4
4
3
5
8
Zangiota
16
23
8
13
6
Yuqorichirchiq
4
5
4
5
4
Qibray
7
11
8
13
6
Parkent
5
5
5
5
5
Piskent
3
2
3
3
3
O‘rtachirchiq
7
10
5
8
4
Chinoz
3
4
4
5
4
Yangiyo‘l
7
10
7
1
7
Toshkent
0
0
7
11
7
Manba:
Jadval
O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif
tomonidan tuzildi.
To
‘
liq bo
‘
lmagan oilalalar sonida Angren shahri yuqori bo
‘
lgan bo
‘
lsa, Ohangaron va
Yangiyo
‘
l shaharlarida to
‘
liq bo
‘
lmagan oilalar miqdori biroz pastligini ko
‘
rish mumkin.
Viloyat tumanlarida esa umumiy oilalar sonida 2015-yilda oilalar soni bo
‘
yicha yuqori
ko
‘
rsatkichga ega bo
‘
lgan hududlar 2023-yilga kelib biroz pasaygan. Oilalarning ko
‘
p bo
‘
lishi
aholi tabiiy o
‘sishini, inson kapitalini ta’minlashi bizga ma’lum. Ammo viloyat tuman va
qishloqlarida bu jarayon nisbatan sust.
1-rasm.
Toshkent viloyati tumanlari aholisining oilaviy tarkibi
(2015
–
2023-y.y. foizda)
Viloyat oilalarida nikoh yoshining ko
‘
tarilishi, oilalar sonining kamayishi va ajrimlar
sonining oshib borishi o
‘
z navbatida bu hududdagi geodemografik muammolarni keltirib
chiqaradi. Aynan oilalar sonida noto
‘
liq oilalar sonining kamayib borishi ham viloyat
0
5
10
15
20
25
30
0
5
10
15
20
25
18 yoshdan kichik
bolali oilalar soni
Ko`p bolali oilalar soni (5
bola va undan ko`p)
To`liq bo`lmagan
oilalar soni
Oqqo`rg`on
Toshkent
Bekobod
Chinoz
Quyichirchiq
Piskent
Yangiyo‘l
Yuqorichirchiq
Ohangaron
Bo‘ka
Parkent
Qibray
O‘rtachirchiq
Bo‘stonliq
Zangiota
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
280
tumanlarida kuzatilmoqda. Hududning poytaxt shaharga yaqin ekanligi, tobora shahar
aholisidagi qarashlar qishloq aholisi oilalarida kuzatilmoqda.
Viloyat aholisi oilalarining har bir shahar va qishloq aholisi oilalari bir-biridan tubdan
farq qiladi.
Toshkent viloyati tumanlaridan Bo‘stonliq, O‘
rtachirchiq va Zangiota tumanlari
shaharlarida 18 yoshdan kichik bolali oilalar soni bo
‘
yicha 2015-yilda eng yuqori ko
‘
rsatkichga
ega bo
‘
lgan bo
‘
lsa, bu ko
‘
rsatkichlar 2023-yilga kelib 50 % ga kamayganligini ko
‘
rish mumkin.
Aynan tog
‘
li hududga kiruvchi Bo
‘
stonliq tumanida ajralish jarayoni ham faoldir.
Bizga ma’lumki, respublikani mehnat resurslari bilan ta’minlovchi hududlar bu qishloq
joylari aholisidagi oilalar hisoblanadi. Viloyatda ko
‘
p bolali oilalar soniga ko
‘
ra, Parkent,
Bo
‘
stonliq, Chinoz tumanlari qishloqlari 2020-yilga qadar yuqori ko
‘rsatkichga ega bo‘lgan
bo
‘
lsa, 2023-yilga kelib aynan mana shu hududlardagi ko
‘
p bolali oilalar soni teng yarmiga
kamaygan. Umuman olganda, tog‘li hududga kiruvchi Parkent va Bo‘stonliq tumani oilalarida
tobora nikoh-
oila munosabatlariga bo‘lgan qarashlar o‘
zgarib bormoqda.
2-rasm. Toshkent viloyati oilalar kartasi
(karta mualliflik nusxasi 1:400 000 masshtabda tuzilgan)
Aholi sonining ko‘p bo‘lishi, oilalar shaklining o‘zgarishi pirovard natijada tug‘ilish
jarayonlari bilan bog‘liq ekanligi bizga ma’lum. Tug‘ilish jarayoni aholi soni, aholi yosh tarkibi
va ishchi kuchini ta’minlashda eng asosiy omil vazifasini bajaradi. Toshkent viloyati tadqiq
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
281
etilganda, tekislik hududig
a kiruvchi shahar va tumanlarda tug‘ilish umumiy koeffitsiyenti
o‘rtacha ko‘rsatkichga tengligi aniqlandi.
Toshkent viloyatining Chirchiq shahri tug‘ilish umumiy koeffitsiyentining pastligi bilan
qolaversa, tabiiy o‘sish darajasining kichikligi bilan ajral
ib turadi. Bu shaharning sanoat shahri
ekanligi va milliy tarkibidagi xilma-
xillik bilan aloqador ekanligi bilan bog‘liqdir. Tug‘ilish
umumiy koeffitsiyenti o‘rtacha bo‘lgan hududlarga esa, Nurafshon, Angren, Bekobod,
Ohangaron va Yangiyo‘l shaharlari, viloyat tumanlaridan Bo‘stonliq va Toshkent tumanlari
kirgan. Qolaversa, bu ikki tumanda tabiiy o‘sish ko‘rsatkichi pastligi, mos ravishda: 20,2 ‰ va
19,4 ‰ teng. Tadqiqotlar Toshkent tumanida ichki migratsiya hisobiga tug‘ilish darajasi
ko‘tarilishi mumkinligi, ammo Bo‘stonliq tumanida tobora pasayib borishini ko‘rsatmoqda.
Tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti yuqoriligi saqlanib qolayotgan Olmaliq shahri, Oqqo‘rg‘on,
Ohangaron, Bekobod, Bo‘ka, Quyi Chirchiq, Zangiota, Yangiyo‘l, Yuqori Chirchiq, Qibray,
Par
kent, Pskent va Chinoz tumanlarida tug‘ilish umumiy koeffitsiyenti yuqoridir. Ammo, bu
tumanlarning Bekobod va Parkent tumanlarida ajralish umumiy koeffitsiyenti nisbatan
yuqoriligi, bu holat istiqbolda bevosita tug‘ilishga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi
Xulosa va takliflar.
Toshkent viloyati nafaqat o‘zining ixtisoslashuvi va geografik o‘rni bilan balki aholisining
demografik jarayonlardagi o‘ziga xos o‘zgaruvchanligi bilan ham ajralib turadi. Xulosa qilib
aytganda, viloyat aholisining oilaviy tarkibining xilma-
xil bo‘lishi bevosita aholining joylashgan
o‘rni va yashash turmush tarzi bilan bog‘liq ekanligi o‘rganildi. Aholining balandlik mintaqalari
bo‘yicha joylashuvi, oilalar soniga, nikoh va ajralish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatishi ko‘rib
ch
iqildi va asoslandi. Shahar aholisining ta’sirini, ya’ni yondosh shahar hisoblanmish Chirchiq
shahriga Toshkent shahrining ta’siri o‘rganildi va oilaviy tarkibi tadqiq etildi. Aholisi milliy
-
etnik tarkibi xilma-
xil bo‘lgan hududlardagi oilalarda nikoh jarayonlari ham o‘ziga xos ekanligi
va bu bevosita oilalarning demografik rivojlanishiga ta’sir etishi aniqlandi.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Senat qarori, (2021) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori, 28.05.2021-
yildagi SQ-297-IV son.
Анохин А.А., Житин Д.В. География населения с основами демографии. Учебник для
академического бакалавриата.
-
М.: Юрайт, 2017 стр 86
Глушково В.Г., Симагина Ю.А.
(2012)
Демография учебное пособие.
Копылов В. Я. География населения.Москва: «ВИНИТИ», 1999.
-
124 с.
Харчев А.Г.
(1979)
Брак и семъя в СССР.
-
М.:
-
66 с
.
https://www.un.org/sustainabledevelopment/ru/gender-equality/
