Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.59454

Ключевые слова:

инновации исследования и разработки развивающиеся и развитые страны конкуренция управление инновациями эффективность наука и техника

Аннотация

Инновации могут быть ключевым фактором, чтобы быть конкурентоспособными и поддерживать бизнес в долгосрочной перспективе. Политика управления инновациями может быть реализована уникальным образом в развитых, развивающихся и наименее развитых странах. Пока не было проведено сравнительных исследований в различных географических областях, особенно в инновационных секторах фармацевтической промышленности. Основной целью статьи является определение того, как осуществляется процесс управления инновациями между Швейцарией и Узбекистаном. Данная научная статья отражает анализ статистических показателей, сформулированных автором.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

269


RIVOJLANGAN DAVLATLARDA INNOVATSION JARAYONLARNI BOSHQARISHNING

O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Raximova Lobar Kamoliddin qizi

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti

ORCID: 0009-0005-2016-8219

rahimovalobar2004@gmail.com

Ozodova Feruzabonu Jumanazar qizi

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti

ORCID: 0009-0005-3550-2638

feruzabonuozodova@gmail.com

Annotatsiya.

Innovatsiyalar uzoq muddatda raqobatbardosh bo‘lish va biznesni qo‘llab

-

quvvatlash uchun asosiy omil bo‘la oladi. Innovatsiyalarni boshqarish siyosati rivojlangan,

rivojlanayotgan va kam rivojlangan

mamlakatlarda o‘ziga xos tarzda amalga oshirilishi mumkin.

Turli geografik hududlarda, ayniqsa farmatsevtika sanoatining innovatsion sektorlarida hali

qiyosiy tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Maqolaning asosiy maqsadi Shvetsariya va O‘zbekiston

davlatlari o‘rtas

ida innovatsiyalarni boshqarish jarayonini qanday amalga oshirilayotganini

aniqlashdir. Mazkur ilmiy maqolada muallif tomonidan shakllantirilgan statistik

ko‘rsatkichlarning tahlili o‘z ifodasini topgan.

Kalit so‘zlar:

innovatsiya, tadqiqot va izlanishlar, rivojlanayotgan hamda rivojlangan

davlatlar, raqobat, innovatsiyalarni boshqarish, samaradorlik, fan va texnologiya.

УНИКАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ УПРАВЛЕНИЯ ИННОВАЦИОННЫМИ

ПРОЦЕССАМИ В РАЗВИТЫХ СТРАНАХ

Рахимова Лобар Камолиддиновна

Университет Цифровой Экономики и Агротехнологий

Озодова Ферузабану Джуманазаровна

Университет Цифровой Экономики и Агротехнологий

Аннотация.

Инновации могут быть ключевым фактором, чтобы быть

конкурентоспособными и поддерживать бизнес в долгосрочной перспективе. Политика
управления инновациями может быть реализована уникальным образом в развитых,

развивающихся и наименее развитых странах. Пока не было проведено сравнительных

исследований в различных географических областях, особенно в инновационных секторах

фармацевтической промышленности. Основной целью статьи является определение
того, как осуществляется процесс управления инновациями между Швейцарией и

Узбекистаном. Данная научная статья отражает анализ статистических

показателей, сформулированных автором.

Ключевые слова:

инновации, исследования и разработки, развивающиеся и

развитые страны, конкуренция, управление инновациями, эффективность, наука и

техника.

UO

K: 001.895

XI SON - NOYABR, 2024

269-275


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

270

UNIQUE FEATURES OF INNOVATIVE PROCESSES MANAGEMENT IN

DEVELOPED COUNTRIES

Rakhimova Lobar Kamoliddin kizi

University of Digital Economics and Agrotechnologies

Ozodova Feruzabonu Jumanazar kizi

University of Digital Economics and Agrotechnologies

Abstract.

Innovation can be a key factor in being competitive in the long run and supporting

business. Innovation management policy can be implemented in a specific way in developed,

developing and least developed countries. No comparative studies have yet been conducted in

various geographical areas, especially in the innovative sectors of the pharmaceutical industry.
The main purpose of the article is to determine how the innovation management process is carried
out between Switzerland and Uzbekistan. This scientific article reflects the analysis of statistical

indicators formulated by the author.

Keywords:

innovation, research and development, developing and developed countries,

competition, innovation management, efficiency, science and technology.

Kirish.

Bugungi kunda ilmiy, madaniy, ijtimoiy, sanoat va texnologiyaning turli sohalarida foydali

innovatsiyalar va ixtirolar sur’ati insoniyat tarixidagi har qanday vaqtga qaraganda tezroq.

Shuning

uchun, tashkilotlar o‘z faoliyatini uzoq muddat davom ettirishi uchun hozirgi zamonda

innovatsiyalar va ijodkorlikka ko‘proq e’tibor qaratishi kerak. Insoniyat hayotini ijodkorlik va

innovatsiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Innovatsiya muhim tushunchadir, chunki insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlari

innovatsiyalar va yangi topilmalar bilan bog‘liq. Tashkilotlar tanazzulga uchramay
rivojlanishda davom etishi uchun ular o‘z innovatsion jarayonlarini to‘xtovsiz ravishda davom

ettirishlari kerak. Agar

yangi g‘oyalar yaratilmasa, tashkilotlar oxir

-

oqibat o‘z mijozlarini

yo‘qotadi. So‘nggi 30 yil ichida dunyoning ko‘p mamlakatlari turli ijtimoiy va iqtisodiy

muammolarni bartaraf etish uchun innovatsiyalarni rivojlantirishga e’tibor qaratib kelmoqda.

Innovatsiyalarni boshqarish - bu mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilashga

yordam beradigan yangi g‘oyalar, mahsulotlar yoki xizmatlarni yaratish jarayoni. Rivojlangan

mamlakatlar jahon bozorida raqobatbardoshlikni saqlab qolish vositasi sifatida
innovatsiyalarni boshqarishga katta sarmoya kiritmoqda. Ammo, innovatsiyalarni

boshqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan sa’y

-

harakatlarga qaramay, o‘tkaziladigan

tadqiqotlarning narxi yuqoriligi va turli tarmoqlar o‘rtasida hamkorlikning yo‘qligi

kabi

muammolar hali ham mavjud.

Rivojlangan mamlakatlarda innovatsiyalarni boshqarishning asosiy omillaridan biri

globallashuv, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishdir. Rivojlanayotgan davlatlar

o‘rtasidagi raqobat kuchayib borar ekan, rivojlangan mamlakatlar o‘zlarining

raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun innovatsiyalar qilish zarurligini anglab yetmoqda. Bu

tadqiqot va izlanishlarga investitsiyalarning ko‘payishiga, shuningdek, innovatsiyalarni

rag‘batlantirishga qaratilgan siyosat va dasturla

rning yaratilishiga olib kelmoqda. Rivojlangan

mamlakatlarda innovatsiyalarni boshqarish yangi sanoat va ish o‘rinlarini yaratish zarurati

bilan bog‘liq. Innovatsiyalarni boshqarish texnologiya, sog‘liqni saqlash va qayta tiklanadigan

energiya kabi sohalar

da yangi tarmoqlar va ish o‘rinlarini yaratishga yordam beradi.

Adabiyotlar sharhi.

Ko‘pchilik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, innovatsiyalar uzoq muddatli iqtisodiy

o‘sishning asosiy manbai hisoblanadi. Innovatsiyalar mavjud bo‘lmaganda, korxonadagi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

271

ishchilarning kasbiy mahorati va ishchi kuchining samaradorligi pasayib ketar edi, natijada esa

bular iqtisodiy o‘sishga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazadi.

Ijtimoiy muhitda ijodkorlik va innovatsiyalarni boshqarish sohasi bozorni ishonchli

tovarlar va xizmatlar bilan boyitadi. Mutaxassislar va ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan olib

borilgan tadqiqotlarning aksariyatida innovatsiyalarni boshqarish - mamlakat sanoatining

yangi bozorlarini zabt etish qobiliyatini oshiradi, deb ta’kidlanadi. Natijada, fan va texn

ologiya

sohasiga alohida e’tibor qaratgan korxona ichki va xalqaro bozorlarda yuqori darajada foyda

ko‘radi (Pouran Yasini, 2016).

Innovatsiyalarni boshqarishning maqsadi

bu g‘oyalarni aniq amalga oshiradigan va

muvaffaqiyatli innovatsiyalarga aylantira oladigan strategiyani yaratishdir (Nishat Jahan Islam

va boshqalar, 2022).

Innovatsiyalarni boshqarish ko‘plab kompaniyalar, ayniqsa texnologiya va fan kabi

raqobatbardosh sohalarda ko‘p foydalanadi. Bu kompaniyalarga mahsuldorlik, rentabellik va

moslashuv

chanlikni oshirish orqali barqaror va raqobatbardosh bo‘lib qolishiga yordam

beradi. Rivojlanayotgan mamlakatlar innovatsiyalar qilishi uchun eng katta muammo - bu

investitsiya kapitalining yetishmasligidir. Xorijiy fondlar esa rivojlanayotgan mamlakatlarda

innovatsiyalarni moliyalashtirish uchun yo‘l ochmoqda. Kapital va yangicha iste’dodlarning

mavjudligi rivojlanayotgan mamlakatlarda innovatsiyalarni joriy qilishning eng yaxshi va eng

oson usullaridan biridir. Innovatsiyalarni rag‘batlantirish uchun ko‘p

lab mamlakatlar tadqiqot

va izlanishlarga sarmoya kiritgan korxonalar uchun soliq imtiyozlarini, shuningdek,

innovatsion loyihalarni qo‘llab

-quvvatlash uchun grantlar va kreditlarni taklif qilishadi. Ayrim

mamlakatlarda startaplar va tadbirkorlarni qo‘llab

-quvvatlash maqsadida innovatsion

markazlar va inkubatorlar ham tashkil etilgan. Ushbu sa’y

-harakatlarga qaramay, rivojlangan

mamlakatlarda innovatsiyalarni boshqarishda hali ham muammolar mavjud. Eng katta

muammolardan biri bu -

tadqiqot o‘tkazish narxining yuqoriligi bo‘lib, bu kichik biznes va

startaplarning yirik kompaniyalar bilan raqobatlashishini anchagina qiyinlashtiradi.

Innovatsiyalar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning markazi ekanligi haqidagi g‘oyalar

keng e’tirof etilmoqda. Misol uchun, ko‘plab past va o‘rta daromadli mamlakatlar o‘zlarining

milliy rivojlanish dasturlariga innovatsion faoliyatni qo‘shdilar va ko‘p tashkilotlar innovatsion

dasturlarni ishlab chiqishni asosiy maqsad qilib qo‘ydilar (UNESCO Citation, 2021). Buni

rivojlangan mamlakatlarda 1970-yillarning boshlari va 1980-yillarda innovatsion

imkoniyatlarning ahamiyati haqidagi g‘oyalarning ko‘proq e’tirof etilganligidan kuzatish

mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlarda innovatsiyalar bo‘yicha ilmiy adabiyotlar ancha kam.

Bu innovatsiyalar faqatgina yetuk iqtisodiyotlarga xos emasligini, balki rivojlanayotgan

mamlakatlar uchun ham muhim masala ekanligini tan olishga asos bo‘la oladi (Rasmus Lema

va boshqalar, 2021).

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot jarayonida ilmiy mushohada, absrakt-mantiqiy fikrlash, statistik, iqtisodiy

hamda moliyaviy tahlil usullaridan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Innovatsiyalar korxonaga mijozlarning kutilmalarini qondiradigan darajadagi yangi

g‘oyalarni yaratishga imkon beradi. Boshqa tomondan, innovatsiyalarning yo‘qligi

korxonalarni sanoatda qattiq raqobatga olib keladi. Yirik korporatsiyalarning aksariyati yangi

g‘oyalarni yaratadigan tadqiqot va ishlanmalar bo‘limlariga ega. Shuning uchun texnologiya va

innovatsiyalarni b

oshqarish mas’uliyatli hisoblanadi, chunki u tashkilotlarning barcha

jabhalariga ta’sir qiladi. Ko‘rib chiqilgan barcha tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, agar firmalar o‘z

faoliyatini yurgizayotgan bo‘lsa, doimiy raqobatni saqlash uchun texnologiya va

innovat

siyalardan foydalanishlari zarur. Texnologiya va innovatsiyalar bo‘yicha boshqaruv


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

272

qarorlaridan foydalanish firmalarga xarajatlarni kamaytirish va shu bilan birga samaradorlikni
oshirish imkonini beradi.

Axborot texnologiyalari bilan bog‘liq innovatsiyalar

biznesning o‘sishiga hissa

qo‘shadigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Tashkilotlar o‘zining yangi mahsulotlarini

taqdim etish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanmoqdalar. Innovatsiyalar orqali
firmalar mijozlar ehtiyojini qondiradigan eng ideal

mahsulotlarni ishlab chiqarishga qodir bo‘la

oladilar (Juan Carlos va boshqalar, 2019).

Global innovatsion indeks (0-100), 2023:

Ketma-ket 13 yil davomida Shvetsariya dunyoning eng innovatsion davlati deb topildi.

Uning bu darajaga erishishini belgilaydigan asosiy omillar orasida biznes yuritish siyosati va

patent talabnomalari ko‘lamining yuqoriligi alohida ajralib turadi. Uning jahon standartidagi

tadqiqot institutlari va malakali ishchi kuchi ham innovatsiyalarni rivojlantirishning asosiy
tar

kibiy qismi bo‘lib kelmoqda. Shvetsariya so‘nggi yillarda mamlakatda aholi jon boshiga

hisoblanadigan tadqiqotchilar soni bo‘yicha eng yuqori natijaga erishdi (Visual Capitalist veb

sayti, 2023).

2023-

yil uchun 132 ta davlat boʻyicha eng yuqori ko‘rsatkich

Shvetsariyada: 67,6 ball (1-

o‘rin), eng past ko‘rsatkich esa Angolada: 10,3 ball (132

-

o‘rin) bo‘lgan (Soumitra Dutta va

boshqalar, 2023).

1-jadval

132 ta davlat miqyosida Global Innovatsion Indeksni belgilab beruvchi asosiy

ko‘rsatkichlar

(2023-

yil holatiga ko‘ra)

Soha nomi

Davlatlararo egallagan o‘rni

O

zbekiston

Shvetsariya

1

Global Innovatsion Indeks

82

1

2

Yaratilgan biznes muhit

19

3

3

Ta

lim

78

25

4

Tadqiqot va ishlanmalar

92

4

5

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

63

25

6

Innovatsion aloqalar

51

3

7

Ilmiy va texnik maqolalar nashri

117

3

8

Mehnat unumdorligining o

sishi

6

68

9

Yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish

51

2

10

Yuqori texnologiyali mahsulotlar eksporti

122

26

11

Yuqori texnologiyali mahsulotlar importi

27

112

12

Fan va muhandislikni tamomlagan mutaxasisslar

12

44

Keltirilgan 1-

jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, aniqlangan barcha ko‘rsatkichlar bu ikki

mamlakat misolida keskin farq qiladi. Masalan, mamlakatda olib boriladigan tadqiqot va

ishlanmalar miqdori bo‘yicha Shvetsariya 4

-

o‘rinni egallagan. Bunga qo‘shimcha tarzda,

Shvetsariya ilmiy maqolalarning nashri bo‘yicha ham yetakchilik qilmoqda, ya’ni 3

-

o‘rinda.

O‘zbekiston esa afsuski, bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha jahon davlatlari ro‘yxatining quyi qismidan

o‘rin egallagan. Bu shuni anglatadiki, qancha ko‘p ta’limga, innovatsiyaga hamda tadqiqotlarga

e’tibor qaratilishi

-

bir paytning o‘zida ham mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi, ham mavjud bo‘lgan resurslardan samarali foydalangan holda kelajak avlod uchun

mustahkam poydevor yaratilishiga imkon beradi. Keltirilgan 1-

jadvaldagi ma’lumotlar orqali

innovatsiyalarga ta’sir qiluvchi omillar bo‘yicha ikki mamlakatni bir

-biri bilan solishtirib tahlil

qilib chiqishimiz mumkin. Quyida shu ko‘rsatkichlarni ustunli diagramma yordamida ham

ko‘rib chiqishimiz mumkin.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

273

1-rasm. 132 ta davlat miqyosida Global Innovatsion Indeksni belgilab beruvchi asosiy

ko‘rsatkichlar

(2023-

yil holatiga ko‘ra)

Insoniyatning rivojlanishiga har doim texnologiyadagi o‘zgarishlar va zamonaviy

texnologiyalarning rivojlanishi (masalan, AI, Big Data, IoT, blokcheyn, 3D bosib chiqarish

hamda u turtki bo‘lgan

- genlarni tahrirlash va boshqalar) tobora tezlashmoqda. Bu yilgi

UNCTAD (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va Taraqqiyot Konferentsiyasi) da taqdim

etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda barcha texnologiyalar 350 milliard AQSh dollarini

tashkil etadi, 2025-yilga keli

b hayratlanarli 3,2 trillion AQSh dollarigacha o‘sishi mumkin.

So‘nggi yillarda, Covid

-

19 pandemiyasi va butun dunyo bo‘ylab firmalarning o‘zgargan ish

sharoitlariga moslashish zarurati tufayli, raqamlashtirish sohasidagi innovatsiyalar ham

tezlashdi. Dun

yoning ko‘plab yetakchi mamlakatlari inson faoliyatini keskin qisqartirish

imkoniyati mavjudligini anglab yetdilar. Butunjahon intellektual mulk tashkiloti, Portlend

instituti va boshqa korporativ hamkorlar bilan birgalikda har yili innovatsion ma’lumotlar

ga

(masalan, ilmiy-tadqiqot ishlari, infratuzilma va tartibga solish muhiti) asoslangan innovatsion

samaradorlikni o‘lchaydigan, innovatsion natijalar (intellektual mulk va boshqalar) va Global

innovatsion indeksi (GII) ni ishlab chiqadi. Ular buni 2007-yildan beri hisoblab kelishmoqda va

so‘nggi yillardagi pandemiya sharoiti innovatsiyalarga jiddiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladilar.

Bu yil GII jahon iqtisodiyotining innovatsion tarmoqlari: fan va investitsiyalar o‘sishda

davom etdi va uzluksiz ishladi. Xalqaro patent arizalari, ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflanadigan

xarajatlar, ilmiy maqolalarning nashri va boshqa asosiy innovatsion ko‘rsatkichlar ham

o‘sishda davom etdi, deydi Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) bosh direktori Daren

Tang.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

274

Global

innovatsiyalar indeksiga ko‘ra Shvetsariya yana dunyodagi birinchi raqamli

innovatsion davlat etib belgilandi. Bu mamlakat ketma-ket 13-marta eng innovatsion 10 ta

davlat qatoriga kirdi. Tabiiy resurslarning yetishmasligi tufayli Shvetsariya uzoq vaqt

davo

mida tadqiqot va ishlanmalarga e’tibor qaratgan. Vaqt o‘tishi bilan u dunyoga mashhur

ko‘plab universitetlarga sarmoya kiritdi va moliyalashtirdi. Bu universitetlar, o‘z navbatida,
yuqori malakali xodimlarni ish bilan ta’minlaydigan transmilliy kompaniyala

rni jalb qildi.

Masalan, 2020-yilda har 1 million aholiga 966 ta patent talabnomasi bilan Shvetsariya dunyo

boʻylab 3

-

oʻrinni egallab turdi (Country Navigator veb sayti).

Shvetsariya innovatsiyalarni boshqarishni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda va o‘zinin

g

eng yuqori mavqeiga erishmoqda degan xulosaga kelishimiz mumkin. Madaniy qadriyatlar va

tashkiliy muhitni to‘g‘ri moslashtirish bo‘yicha samarali rejalashtirish va strategiyalarni amalga

oshirish orqali Shvetsariya innovatsiyalar qilish bo‘yicha farmatse

vtika sohasida bozor

yetakchisiga aylanadi. Mamlakatda barcha xodimlarning innovatsion jarayonga bo‘lgan
yondashuvi, strategik qarashlari va rivojlanishdan to‘xtamay davom etishlari uchun juda yaxshi

muhit yaratilgan. Ular eng so‘nggi texnologik yutuqlarda

n foydalangan holda mijozlarning

talabi va qoniqishi asosida o‘zlarining butun boshqaruv jarayonlarini ishlab chiqadilar.

O‘zbekiston misolida aytish mumkinki, sohadagi xodimlar kuchli salohiyatga ega hamda

yuksalib bormoqdalar. Innovatsiyalar so‘zi O‘zbekiston uchun yangi atama emas va so‘nggi

kunlarda ularning ahamiyati yanada chuqurroq o‘rganib borilmoqda. Innovatsiyalarni

boshqarish murakkab bo‘lganligi uchun mamlakatimizda ko‘proq yangi texnologiyalarni

o‘rnatishga va innovatsiyalarga jiddiy yondashgan

holda rivojlanish uchun samarali

strategiyalarni ishlab chiqishga e’tibor qaratish lozim.

Xulosa va takliflar.

Innovatsion jarayonda kompaniya yaxshi strategiyaga ega bo‘lsa, innovatsiyalarning

muvaffaqiyatlilik darajasi tezda oshadi. Shubhasiz, kompaniya uchun unga qiymat keltiradigan

natijalarni beradigan aniq va maqsadga yo‘naltirilgan strategiya bo‘lishi kerak. Innovatsion

strategiyani ishlab chiqish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan model:

1. Kashfiyot.

Amalga oshirish mumkin bo‘lgan eng yaxshi innova

tsion strategiyani ishlab chiqish uchun

innovatsiyalarning ichki va tashqi tomonlari bo‘yicha tahlil o‘tkazilishi kerak. Boshlash uchun

joriy strategik rejalar qanchalik samarali ekanligini o‘rganish va yetarli darajada bozor

tadqiqotlarini o‘tkazish mumki

n. Quyida bajariladigan qadamlar aniq keltirilgan:

• Bozor tahlili;

• Innovatsion tendensiyalar va ishlanmalar bo‘yicha tadqiqotlar;

• Mijozlar, hamkorlar va xodimlarni fikr

-mulohazalarni taqdim etishga jalb qilish;

Bu yerda to‘plangan ma’lumotlardan keyin SWOT, ko‘rsatkichlar va boshqalar kabi

modellar to‘plamlaridan foydalanish mumkin.

2. Rivojlanish.
Ushbu bosqichda dastlabki tadqiqot va xulosalar asosida innovatsion strategiyaning asosi

quriladi. Strategiya qanday qismlardan iborat b

o‘lishini ishlab chiqish. Masalan ba’zi

elementlarni ko‘rishimiz mumkin:

• Kutilmalar va missiya;

• Asosiy qiymatlar;

• Strategiyalar;

• Prognoz va maqsadlar;

Bu jarayonda muhim maqsadli guruhlarni aniqlash, mijozlar, xodimlar va muhim

hamkorlarni jalb qilish mumkin. Jarayonni iloji boricha optimallashtirish uchun innovatsion

poydevor qo‘yilishi kerak.

3. Rejalar.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

275

Barcha joyda aytilganidek, “Agar u qog‘ozda bo‘lmasa, u mavjud emas”. Ushbu bosqichda

innovatsion strategiya rejasi tuziladi, chunki strategiyada bajariladigan vazifalar yanada

aniqroq bo‘ladi va ilk xulosalar chiqariladi. Rejalarni jismoniy ravishda qog‘ozga yozish shart

bo‘lmasa

-

da, korxona quyidagilarni o‘z ichiga olgan yo‘l xaritasidan foydalanishi mumkin:

• Uzoq muddatli ma

qsadlar;

• Qisqa muddatli maqsadlar (uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun qo‘yiladigan bir

nechta kichik qadamlar);

Bundan tashqari, yuqori sifat darajasidagi reja va uning asosiy ko‘rsatkichlar belgilanishi

kerak. Bu yerda tashkilot ichidagi har bir b

o‘lim uchun rejalar bilan birga barcha xodimlarning

mas’uliyati ham ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, kerak bo‘lganda zarur yangilanishlarni

tavsiya qilish uchun muntazam yig‘ilishlarni tashkil qilish ham muhimdir.

4. Ishga tushirish.
Strategik reja rasmi

ylashtirilgandan so‘ng, faqat uni ishga tushirish qoldi. Manfaatdor

tomonlar erishilishi kerak bo‘lgan maqsadlardan xabardor bo‘lishlari kerak. Ishga tushirish

qanchalik yaxshi bo‘lsa, innovatsion strategiya shunchalik yaxshi bo‘ladi.

5. Ijro.

Endi strate

giya ishga tushirilgandan so‘ng, keyingi qism rejalarni amalga oshirish bo‘ladi.

Innovatsion strategiya -

bu har yili qayta ko‘rib chiqiladigan va o‘sha yil davomida amal

qiladigan reja. Hammani bir kemada ushlab turish va to‘g‘ri narsalarga e’tibor qarati

shning eng

yaxshi usullari raqamlar haqida tushuncha berish, muntazam ravishda qisqa maslahatlashuvlar

o‘tkazishdir hamda muloqot va ijobiy xatti

-harakatlar orqali strategiyani saqlab qolishdir

(Accept Mission veb sayti).

Adabiyotlar/ Литература/ Referenc

e:

Juan Carlos, José Fernando, José Luis (2019). Technological management and innovation in

organizations: A systematic review of the literature, 20.

Nishat Jahan Islam, Mohammad Shafiul Basar (2022). A comparative study on Innovation

management processes in the context of developing and developed countries.

Pouran Yasini (2016). Specific characteristics of innovation management process.

International Journal of Organizational Leadership 5, 162-171.

Rasmus Lema, Erika Kraemer-Mbula, Marija Rakas (2021). Innovation in developing

countries: examining two decades of research. Innovation and development, 189

210.

Soumitra Dutta, Bruno Lanvin, Lorena Rivera León, Sacha Wunsch

-Vincent (2023). Global

Innovation Index 2023 Innovation in the face of uncertainty, 16

th

ed. World Intellectual Property

Organization, 191-205.

https://www.countrynavigator.com/blog/top-10-innovative-countries-in-the-world/

https://www.acceptmission.com/blog/innovation-strategy/

https://www.visualcapitalist.com/most-innovative-countries-in-2023/

Библиографические ссылки

Juan Carlos, José Fernando, José Luis (2019). Technological management and innovation in organizations: A systematic review of the literature, 20.

Nishat Jahan Islam, Mohammad Shafiul Basar (2022). A comparative study on Innovation management processes in the context of developing and developed countries.

Pouran Yasini (2016). Specific characteristics of innovation management process. International Journal of Organizational Leadership 5, 162-171.

Rasmus Lema, Erika Kraemer-Mbula, Marija Rakas (2021). Innovation in developing countries: examining two decades of research. Innovation and development, 189–210.

Soumitra Dutta, Bruno Lanvin, Lorena Rivera León, Sacha Wunsch-Vincent (2023). Global Innovation Index 2023 Innovation in the face of uncertainty, 16th ed. World Intellectual Property Organization, 191-205.