Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
264
SAVDO XIZMATLARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI
BIZNES-
MODELINI QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Rakhimov
Akmal Anvar o‘g‘li
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID: 0009-0004-8327-2702
Annotatsiya.
Maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida savdo xizmatlari
ko‘rsatishning barcha biznes jarayonlarini raqamlashtirish, mijozlarning yangicha iste’mol xulq
-atvori va
taomillarini shakllantirishda bozor subyektlarining yangi formatiga asoslangan raqamli o‘zaro
munosabatlar muhitini shakllantirish, an’anaviy biznes modelini omnikanalli shaklga o‘zgartirish va yangi
raqamli vositalar, texnologiyalar, bilim, malaka va o‘quvlar, resurslar hamda infratuzilmani shakllantirish
imkonini beruvchi savdo xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishning raqamli biznes-modelini ishlab
chiqish taklif qilingan.
Kalit so‘zlar:
savdo xizmatlari, raqobatbardoshlik, omnikanalli tizim, raqamli iste’molchi, raqamli
xaridor, raqamli malaka va o‘quvlar.
ВОЗМОЖНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ БИЗНЕС
-
МОДЕЛЕЙ
КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ ТОРГОВЫХ УСЛУГ
Рахимов Акмал Анвар угли
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация
.
В статье рассматривается цифровизация бизнес
-
процессов торговых услуг в
условиях развития цифровой экономики, формирование цифровой бизнес
-
среды на основе нового
формата взаимодействия субъектов рынка в формировании нового потребительского
поведения и трансформация традиционной бизнес
-
модели в омниканальной формат развития.
предложены разработки цифровую бизнес
-
модель повышения конкурентоспособности торговых
услуг позволяющее формировать цифровые ресурсы и инфраструктуру организации торговых
услуг.
Ключевые слова:
торговые услуги, конкурентоспособность, омниканалность, цифровой
потребитель, цифровой покупатель, цифровые навыки и умение
THE POSSIBILITIES OF USING DIGITAL BUSINESS MODELS FOR THE
COMPETITIVENESS OF TRADE SERVICES
Rakhimov Akmal Anvar ugli
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
The article examines the digitalization of business processes of trade services in the context
of the development of the digital economy, the formation of a digital business environment based on a new
format of interaction between market subjects in the formation of new consumer behavior and the
transformation of the traditional business model into an omnichannel development format. The
development of a digital business model for increasing the competitiveness of trade services has been
proposed, allowing for the formation of digital resources and infrastructure for organizing trade services.
Keywords:
trade services, competitiveness, omnichannel, digital consumer, digital buyer, digital
skills and abilities.
UO
‘
K: 338.439.5
XI SON - NOYABR, 2024
264-268
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
265
Kirish.
Bugungi iqtisodiy sharoitlarda savdo xizmatlarining jadal suratlar bilan rivojlanishi va
raqobatbardoshligi iqtisodiy munosabatlarning raqamlashib borishi, raqamli o‘zaro
munosabatlarining rivojlanishi tufayli ro‘y berayotgan o‘zgarishlar asosida mazkur
xizmatlarning yangicha iste’mol taomillari asosida iste’mol
qimmatdorligining shakllanishi
bilan ham tavsiflanadi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar yordamida savdo xizmatlari
samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishning zamonaviy mexanizmlari tobora
ommalashib, foydani oshirish, savdo xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’ektlarning ijobiy imijini
shakllantirish (Shavqiyev va boshq. 2019), mavjud raqobat ustunliklarini rivojlantirish asosida
bozorni keng miqyosda qamrab olishda biznesning raqamli texnologiyalarini qo‘llash
imkoniyatlarini yanada kengaytirish zarurat
i paydo bo‘ldi. Shunga ko‘ra Biznes jarayonlarining
omnikanalli sotish tizimlariga o‘tib borishi tufayli savdo xizmatlarini an’anaviy va onlayn
formatlarda rivojlantirishda savdo xizmati ko‘rsatish samaradorligini baholashga nisbatan
yangicha yondashuvlarn
i qo‘llash lozim.
Adabiyotlar sharhi.
Xorijlik olimlardan
P.Druker (2004) raqobatbardoshlik masalalariga bag‘ishlangan
tadqiqotlarida tadbirkorlik faoliyatiga keng urg‘u berilgan bo‘lib, “...tadbirkorlik faoliyatining
asosiy maqsadi foyda olish
hisoblanadi. tadbirkor qancha ko‘p foyda olsa u iste’molchilarga
shuncha yaxshi xizmat ko‘rsatishni, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
Natijada u boshqa ishtirokchilariga nisbatan raqobatbardosh hisoblanadi”.
Xorijlik olimlardan M.Mesk
on, M.Albert, F.Xeodurilarning (2004) fikriga ko‘ra,
“...raqobatbardoshlik iste’molchilarni jalb qilish va ularni saqlab qolish imkoniyatini ifoda etadi.
Bunda eng asosiy masala harajatlarni raqobatchi korxona darajasida saqlab qolishdir.
Shuningdek, raqob
atbardoshlik tovar narxi va iste’molchining ushbu tovardan olishi mumkin
bo‘lgan nafliligi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik hamdir”
K.M.Ibodovning (2022) ilmiy-
uslubiy ishlarida korxona yoki tadbirkorlik sub’ektlarining
raqobatbardoshligi, xizmatlar raqobatbar
doshligini oshirish masalasi “...xizmat ko‘rsatish
jarayonini mijozlarning individual xohish-
istaklari negizida takomillashtirishga ko‘p jihatdan
bog‘liq” ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
U.N.Normurodov (2022) tadqiqotlarida raqobatbardoshlik chakana savdo korxonasi
darajasida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bu tushunchaga
–
“...
raqobatchilarga nisbatan chakana savdo
xizmatlari ko‘rsatuvchi iqtisodiy sub’ektning aholi uchun qulay joylashishi, savdo maydonining
qulay va zamonaviy sotish usullariga mos jihozlanganligi, tovarlar assortimentlarini mo‘l
-
ko‘lligi hamda haridorlarga tova
rlarni vaqt birligida malakali xodimlar tomonidan sifatli savdo
servisi ko‘rsatish orqali ko‘proq sotishga va yuqori foydaga erishishidagi ustunligi” sifatida
ta’rif
berilgan.
Shu bilan birga zamonaviy iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish yo‘nalishida ra
qamli
texnologiyalarni qo‘llash asosida savdo xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari
ortib bormoqda.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot davomida induksiya va deduksiya, o‘rtacha miqdorlar, guruhlash, ijtimoiy
so‘rov, anketa, mantiqiy tahlil
, usullardan foydalanilgan. Tadqiqot natijalarini umumiy yaxlit
tarzda ifodalash maqsadida jadval va rasmlardan foydalanilgan. Tadqiqot gipotezasi savdo
xizmatlari ko‘rsatishda raqamli biznes
-
modellarini qo‘llash kelgusida raqobatbardoshligini
oshirishi mumkinligiga asoslanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
1-rasm. Savdo xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishning raqamli biznes-modeli
Manba:
muallif ishlanmasi.
Iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlar
Vazifalar:
omnikanallilik tamoyiliga ko‘ra
iste’molchilarning ehtiyojini raqamli texnologiyalar
asosida maksimal qondirishga erishish.
Funksiyalar:
raqamli integratsiyalashuv,
ommaboplikka erishish, raqamli muhitda
cheklanmagan harid va kirish huquqini belgilash.
Yondashuvlar:
harid to‘g‘risida optimal qaror qabul
qilish, raqamli-marketing, mijozlarga
yo‘naltirilganlik, qidiruvni optimallashtirish va shu
kabilar.
Raqamli texnologiya va usullar:
BigData, sun’iy
intellekt, virtual reallik, kontent va target reklamasi,
neyromarketing.
Ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro
munosabatlar
Vazifalar:
bozor ishtirokchilar o‘rtasida
omnikanallilik tamoyiliga ko‘ra raqamli
texnologiyalar asosida munosabatlarni yo‘lga
qo‘yish.
Funksiyalar:
raqamli integratsiyalashuv,
agregatsiya, raqamli huquq va vakolatlarni
belgilash.
Yondashuvlar:
harid to‘g‘risida optimal qaror
qabul qilish, logistik optimallashtirish, data-
driven-
ta’minot zanjiri va shu kabilar.
Raqamli texnologiya va usullar:
blokcheyn,
smart-shartnoma, BigData, CRM-texnologiyasi.
Savdo xodimlari bilan o‘zaro munosabatlar
Vazifalar:
omnikanallilik tamoyiliga ko‘ra savdo
jarayonlarini tashkil qilish raqamli texnologiyalar
asosida zamonaviy savdo xizmatlari
infratuzilmasini yaratish.
Funksiyalar:
bo‘limlar bilan aloqalarni
raqamli
integratsiyalash, raqamli huquq, burch va
majburiyatlarni belgilash.
Yondashuvlar:
xizmat ko‘rsatish jarayonlarini
optimallashtirish, lean production, lean
management, SMART-planing va shu kabilar.
Raqamli texnologiya va usullar:
BigData, Wi-Fi,
sun’iy
intellekt, bulutli texnologiyalar.
Raqamli uquvlar:
raqamli savodxonlik, raqamli kontentlar bilan ishlash, raqamli tajriba, raqamli muhitda ishlashga moslashuvchanlik,
raqamli muhitda ijtimoiy-javobgarlik, raqamli ish joylarini tashkil qilish va boshqarish, biznes jarayonlarni raqamlashtirish va
optimallashtirish,
kiberxavfsizlikni ta’minlash va unga rioya qilish.
Raqamli resurslar:
internet, ma’lumotlar bazasi, raqamli kontent, raqamli xavfsizlik vositalari va shu kabilar.
Raqamli infratuzilma:
raqamli platforma va servislar, saytlar, internet-hamjamiyat, messenje
rlar, markazlar, virtual to‘lov tizimlari,
mobil ilova va marketpleyslar, elektron savdo maydonchalari va shu kabilar
Savdo xizmatlari ko‘rsatish
Savdo xizmatlari raqobatbardoshlik darajasining oshishi
Missiyasi.
Iste’molchilarning savdo xizmatlariga bo‘lgan talabini yuqori darajada qondirish
Maqsadi.
Savdo xizmatlari ko‘rsatishda iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasida samarali hamkorlik va iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish ha
mda raqamli resurslardan
samarali foydalanish asosida iqtisodiy manfaatdorlikka erishish
Savdo xizmatlari ko‘rsatishning raqamli ishtirokchilari
(ishlab chiqaruvchilar
, ulgurji savdo, raqobatchilar, iste’molchilar, notijorat
tashkilotlar, boshqa qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlar)
Sa
vdo
xiz
m
atl
ar
in
i ko
r
sa
ti
sh
m
u
hiti
Savdo
xizmatlarining
raqamlashuv
darajasi
Raqamli biznes modeli
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
267
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, savdo xizmatlari raqobatbardoshligini bir vaqtning o‘zida
an’anaviy va raqamli savdo kanallaridan foydalangan holda baholash uning alohida jabhalarini
qamrab olgan (Tashmatov, 2023). Mazkur jarayonda bozor ishtirokchilarining
o‘zaro
munosabatlarini, savdo xodimlarining raqamli muhitdagi kasbiy bilim, malaka va
ko‘nikmalarini, raqamli savdo xizmatlari ko‘rsatishning resurs bazasini ham hisobga olgan
holda raqobat ustunligiga erishish yo‘llarini ham hisobga olish lozim bo‘ladi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida savdo xizmatlari ko‘rsatishning umumiy
xususiyatini savdo biznesi va uning ishtirokchilari uchun tegishli bo‘lgan barcha biznes
jarayonlarini raqamlashtirish zarurligini keltirib chiqaradi. Shunga asoslanib mijozlarning
yangicha iste’mol xulq
-
atvori va taomillarini shakllantirishda bozor sub’ektlarining yangi
formati, ya’ni raqamli haridorlar mavjudligiga asoslangan raqamli o‘zaro munosabatar
muhitini shakllantirish, savdo xizmatlari ko‘rsatuvchi iqtisodiy sub’ektlarning an’anaviy biznes
modelini omnikanalli shaklga o‘zgartirish va yangi raqamli vositalar, texnologiyalar, bilim,
malaka va o‘quvlar, resurslar hamda infratuzilmani shakllantirish imkonini beruvchi savdo
xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishning raqamli biznes-modelini ishlab chiqish maqsadga
muvofiq (1-rasm).
Fikrimizcha, savdo xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishda raqamli biznes-modelini
qo‘llashda avvalo ushbu modelning savdo xizmatlari ko‘rsatishda raqamli rivojlanish darajasini
hisobga
maqsadga muvofiq. Ushbu maqsadda savdo xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’ektlarning
raqamli muhitda strategik bozor pozitsiyasini ifodalovchi “savdo xizmati samaradorligi
-
raqamli rivojlanish darajasi” matritsasi foydalanish lozim (
1-jadval).
1-jadval
Savdo xizmatlari ko‘rsatishda “samaradorlik –
raqamlashuv darajasi” matritsasi
Savdo xizmatlarining raqobatbardoshlik darajasi
Sa
vdo
xizmat
lar
i k
o‘
rsa
tish
n
in
g
raq
aml
as
huv
da
rajas
i
quyi
o‘rta
yuqori
quyi
1. Autsayder.
Savdo
xizmatlari ko‘rsatish
zaruratini baholash
2. Innovatsiya.
Biznes-
jarayonlarni
raqamlashtirish
3. Joriy rivojlanish
strategiyasi.
Strategik
reja va yo‘nalishning
mavjud emasligi
o‘rta
4. Imitatsiya.
Biznes-
jarayonlarni strategik
marketing tahlili
5. Istiqbolli pozitsiya.
Riqojlanishning istiqbolli
yo‘nalishining mavjudligi
6. Strategik
motivatsiya.
Yangi
raqamli resurs
manbalaridan
foydalanishni
kengaytirish
yuqori
7. Marketing-miopiyasi
.
Xizmatlar samaradorligini
oshirish, biznes
yondashuvlarni strategik
rivojlantirish
8. Mavjud pozitsiyani
saqlab qolish.
Savdo
xizmatlari ko‘rsatishning
barqaror biznes-modeliga
o‘tish
9. Yetakchilik.
Strategik jihatdan
ustuvor bo‘lgan
rivojlanish yo‘nalishini
tanlash (Porter, 2006)
Manba:
muallif ishlanmasi.
Bunda raqamli rivojlanish yoki raqamlashish darajasini baholashni 0-60%
–
past; 60%-
80%
–
o‘rta va 80%
-100% -
yuqori darajalarda qo‘llash mumkin (Ibodov, 2022).
Taklif etilayotgan “samaradorlik
-
raqamli rivojlanish darajasi” matritsaning har bir
bosqichi va darajasi raqamli biznes-
modelini rivojlantirish bo‘yicha qo‘llanilish tavsiya etilgan
strategiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu matritsa asosida savdo xizmatlar
ining
raqobatbardoshligini har tomonlama tahlil qilish va baholash, shuningdek, raqamli ilovalar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
268
yaratish asosida resurs bazasini kengaytirish, sodiqlik dasturlarini takomillashtirish, mobil-
konsalting kabi ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi.
Xulosa va takliflar.
Raqamli texnologiyalarni joriy etilish darajasini hisobga olgan holda savdo xizmatlarining
samaradorligini har tomonlama baholash savdo korxonalarining ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini ta’minlash va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yaxshilash imkon
ini beradi.
–
savdo xizatlari ko‘rsatishda yangi biznes
-
munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, xizmatlar
samaradorligini va raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi;
–
bir vaqtning o‘zida an’anaviy va raqamli savdo kanallaridan foydalangan holda baholash
un
ing alohida jabhalarini qamrab olish savdo xizmatlari raqobatbardoshligini ta’minlashga
xizmat qiladi.
Fikrimizcha:
–
raqamli integratsiyalashuv.
Tovar taqsimoti zanjirining barcha ishtirokchilarini
iste’molchilarning savdo xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini yuqori darajada qondirish uchun
eng maqbul bo‘lgan shart
-
sharoitlarni ta’minlash imkoniga ega raqamli tizimga birlashtirish
lozim$
Raqamli tex
nologiyalardan foydalanishga o‘tish.
Tovar taqsimoti yoki ta’minot
zanjirida
o‘zaro hamorlikda raqamli sotuvchi va raqamli haridor xususiyatlarini aks ettiruvchi biznes
yondashuvlari va, savdo xizmatlari ko‘rsatishda blokcheyn, Big Data, smart
-kelishuvlar, CRM-
texnologiyalari va boshqalardan keng foydalanish.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Ibodov K.M. (2022)
Marketing tadqiqotlari. O‘quv qo‘llanma. T:, “IQTISOD
-
MOLIYA”
nashriyoti, 260 b. 172 bet.
Друкер, П, Ф.
(20040
. Энциклопедия менеджмента.: Пер. с англ. –
М. : Издательский
дом. "Вильяме",–
432 с
.
Ибодов К.М.
(2022)
Ресторан хизматлари соҳаси рақобатбардошлигини ошириш
механизмларини такомиллаштириш. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори
(PhD) дисс.автореферат: 08.00.05: 08.00.11/Ибодов Камолиддин Маматқулович.
-
08.00.05:08.00.11. С.: Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти,–
52 б
.
Майкл Мескон, Майкл Альберт, Франклин Хедоури.
(2004)
Основы менеджмента
(Management). Пер. с англ. –
М. : Издательство: Дело, 704 стр.
Нормуродов У.Н.
(2022)
Ўзбекистонда савдо корхоналари рақобатбардошлиги ва
иқтисодий самарадорлигини ошириш. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори
(PhD) диссертацияси автореферати. Самарқанд–58 б.
Портер М.
(2006)
Конкурентная стратегия: методика анализа отраслей и
конкурентов / М. Портер ; пер. с англ. –
2-
е изд. –
М. : Альпина Бизнес Букс,–
454 с
.
Ташматов Ш.У.
(2023)
Интернет
-
савдо хизматларини ривожлантиришнинг
ташкилий
-
бошқарув механизмларини такомиллаштириш. Иқтисодиёт фанлари бўйича
фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати, СамИСИ. Самарқанд, 53 б.
Шавқиев Э., Нормуродов У.Н., Рахимов З.К. (2019) Иқтисодиётнинг инновацион
ривожланиши шароитида савдо хизматлари сифатини ошириш йўллари // “Иқтисодиёт
ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 1, январь
-
февраль, 1
-
10 б.
