Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
282
MEHNAT BOZORIGA OLIY TA’LIM MUASSASALARI TOMONIDAN BITIRUVCHILARNI
TAYYORLASHNI TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY ASOSLARI
dots.
Saloxitdinov Sherzod Farxodovich
Oʻzbekiston Milliy
universiteti Jizzax filiali
ORCID: 0009-0001-1072-7452
Annotatsiya.
Mazkur maqolada mehnat bozoriga oliy ta’lim muassasalari tomonidan
bitiruvchilarni tayyorlash jarayon
ini tartibga solishning institutsional asoslari tahlil qilinadi. Oliy ta’lim
tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlash, talabalarning kasbiy
kompetensiyalarini shakllantirish hamda ularni ish bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan mexa
nizmlarni
rivojlantirish masalalari yoritiladi. Maqolada ta’lim dasturlari va mehnat bozori talablarining uyg‘unligi,
davlat va xususiy sektorning hamkorlikda ishtiroki, hamda innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish
zarurati o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar:
me
hnat bozori, oliy ta’lim muassasalari, institutsional asoslar, bitiruvchilarni
tayyorlash, kasbiy kompetensiyalar, davlat-xususiy sheriklik, innovatsion yondashuv.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РЕГУЛИРОВАНИЯ ПОДГОТОВКИ ВЫПУСКНИКОВ ВЫСШИМИ
УЧЕБНЫМИ ЗАВЕДЕНИЯМИ ДЛЯ РЫНКА ТРУДА
доц.
Салохитдинов Шерзод Фарходович
Джизакский филиал Национального университета Узбекистана
Аннотация.
В данной статье анализируются институциональные основы регулирования
процесса подготовки выпускников высшими учебными заведениями для рынка труда.
Освещаются вопросы обеспечения взаимосвязи между системой высшего образования и рынком
труда, разработки механизмов, направленных на формирование профессиональных компетенций
студентов и содействие их трудоустройству. В статье рассматриваются вопросы
согласованности образовательных программ с требованиями рынка труда, совместное участие
государственного и частного секторов, а также необходимость внедрения инновационных
подходов.
Ключевые слова:
рынок труда, высшие учебные заведения, институциональные основы,
подготовка
выпускников,
профессиональные
компетенции,
государственно
-
частное
партнерство, инновационный подход.
THEORETICAL FOUNDATIONS FOR REGULATING THE PREPARATION OF GRADUATES BY
HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS FOR THE LABOR MARKET
assoc. prof.
Salokhitdinov Sherzod Farkhodovich
Jizzakh branch of National University of Uzbekistan
Abstract.
This article analyzes the institutional foundations for regulating the process of preparing
graduates for the labor market by higher education institutions. It highlights the issues of ensuring the
interrelation between the higher education system and the labor market, developing mechanisms aimed
at forming students' professional competencies, and facilitating their employment. The article examines
the alignment of educational programs with labor market demands, the collaborative participation of the
public and private sectors, and the necessity of applying innovative approaches.
Keywords:
labor market, higher education institutions, institutional foundations, graduate
preparation, professional competencies, public-private partnership, innovative approach
.
UO
‘
K: 330.138.13
XI SON - NOYABR, 2024
282-288
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
283
Kirish.
Mehnat bozoriga oliy ta’lim muassasalari tomonidan
bitiruvchilarni tayyorlashni tartibga
solishning institutsional asoslari quyidagi qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy
ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2020 yil 6
noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim
-tarbiya va ilm-fan sohalarini
rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi farmonlari, 2020 yil 23 sentyabrdagi Ta’lim
to‘g‘risidagi Qo
nuni, 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-
son «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga
boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.
SHuningdek, ta’lim sohasida davlat xususiy sherikchilikni qo‘llab
-quvvatlash borasidagi bir
q
ator me’yoriy
-huquqiy hujjatlar 2018 yil 20 oktyabrdagi PQ-3980-
son “Davlat
-xususiy
sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo‘yicha birinchi
navbatdagi chora-
tadbirlar to‘g‘risida” qaror, O‘zbekiston Respublikasi Vazirla
r
Mahkamasining 2021 yil 11 avgustdagi “Davlat
-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni
jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”, gi qarorlari ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini ta’minlash, davlat
-xususiy
sheriklik asosida tashkil qilingan ta’lim muassasalari faoliyatini namoyon etishning
institutsional asoslari hisoblanadi.
Mazkur qonunchilik hujjalari mehnat bozorida kadrlarning o‘z munosib o‘rnini
egallashlariga ham asos
bo‘lib, mehnat bozori talab va takliflarini o‘rganish, bashoratlash va
tahlil qilish asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmalarini shakllantirishga
xizmta qiladi.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha ish bilan band bo‘lgan
430 millionga yaqin yoshlarning 55 millionga yaqini (13 foizi) kam ish xaqi to‘lanadigan
(kuniga 1.9 AQSH dollaridan kam) ish o‘rinlarida ishlamoqda (ILO, 2021). Bunday holat esa esa
zamonaviy mehnat bozori talab qiladigan har tomonlama raqobadbardosh kadrlar tayyorlash
masalasini alohida kun tartibiga olib chiqadi.
Adabiyotlar sharhi.
“Hozirga kelib, ta’lim xizmatlari xalqaro bozorining hajmi 100 mlrd. AQSH dollarni tashkil
etmoqda. «Inson kapitali» dunyo milliy boyligining 64 foizini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich
rivojlangan mamlakatlarda 70 foiz, o‘rta daromadli mamlakatlarda 58 foiz, quyi daromadli
mamlakatlarda 41 foizni tashkil etmoqda”
31
.
Bunday ko‘rsatkichlar xalqaro miqyosda ham tan olinib, uning natijasi bevosita “.oliy
ta’lim boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar aksariyat holatlarda texnologiyalar, jamiyat hayotida
yuz berayotgan jarayonlar, siyosiy kon’yuktura hamda “yumshoq kuch” ta’siri
ni kuchaytirish
bilan bog‘liq ekanligi qayd etilgan”.
Oliy ta’lim sohasida bitiruvchilar raqobatbardoshlik darajasini oshirish ta’lim tizimi va
mehnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro asosiy ijtimoiy
-iqtisodiy omil ekanligi bilan izohlanadi. Bu
borada ilmiy tadq
iqot olib borgan olimlardan Maksimovning (2005) fikricha “bitiruvchining
raqobatbardoshligi -
bu asosiy kompetensiyalar majmuini, muhim, qimmatli yo‘nalishlarini
namoyon etib, shaxsga jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishiga imkoniyat yaratib
beradi
gan, shaxsning umumiy, ajralmas sifatlari” dir.
Mahalliy olimlardan Jumaevning (2016) fikricha “Ta’lim sifati –
bu hozirgi kunda
mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida eng ko‘p bahs
-munozaralarga duch kelayotgan va davlat
hamda jamiyat tomonidan alohida e’tibor
qaratilayotgan muammolardan biridir. CHunki,
mutaxassislarni tayyorlash sifatining past yoki yuqoriligi doimo ish beruvchilar, talabalar,
ularning ota- onalari
–
umuman olganda butun jamiyat a’zolarining diqqat markazida turadigan
masala sanaladi. Shu bil
an bir vaqtda, “ta’lim sifati” tushunchasining o‘ziga yagona
31
https://cyberleninka.ru/article/n/mirovoy-rynok-obrazovatelnyh-uslug-vysshey-shkoly;http://www.m-
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
284
yondashuvlarning shu paytlargacha ham shakllanib ulgurmaganligi bu masalaning ijtimoiy
muhokamasini yanada murakkablashtiradi, unga bo‘lgan turlicha yondashuvlar kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi”.
Oliy ta’lim muassasalarida xizmatlar sifatini tadqiq etgan olimlardan
a
kademiklar
Gulyamov,
Abduraxmonov (2004) “Oliy ta’limdan kutiladigan xususiy manfaat bu bevosita
ta’lim oluvchilar uchundir. Ta’limning iqtisodiy natijalari shakli turlicha, ya’ni natur
a va pul
ko‘rinishida, bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, inson qanchalik yuqori
darajada ta’lim olsa, u shunchalik ko‘p oylik maosh oladi (pul ko‘rinishidagi samara), nufuzli
ishga kirishda imkoniyati oshadi (pul ko‘rinishida bo‘lmagan
samara), ilmiy-texnik taraqqiyot
tufayli bo‘layotgan o‘zgarish va yangilanishlarga tezda moslashadi (bilvosita samara). Zero,
barcha samaradorlik (manfaat) son bilan hisoblanmaydi. SHuning uchun ta’limning tahlilda
qo‘llaniladigan iqtisodiy samaradorligining asosiy shakli pul ko‘rinishidagi samaradir
xodim(mutaxassis)ning umumta’limiy va maxsus tayyorgarlik darajasining ortishi natijasida
uning oylik maoshining ortishi”ni ta’kidlaydilar.
Muxtarovaning
(2001)
ta’biricha
“Davlat
siyosatining
inson
kapitaliga
yo‘naltirilganligining mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etishi yoritilgan. Inson
kapitalini rivojlantirishga qaratilgan siyosat orqali mamlakat aholi hayoti turmush sifati va
darajasi yaxshilanadi deb hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan
fikrlarga qo‘shilgan holda, oliy ta’lim xizmatlari sifatini baholash
tizimi samaradorligini oshirishning uslubiy yondashuvlarini ishlab chiqish, tizimdagi sifat
o‘zgarishlarini baholash mezonlarini takomillashtirish,
ta’lim sifatini oshirish uchun k
adrlar
buyurtmachilari takliflarini e’tiborga olgan holda asoslash tadqiqotlar mavzuning dolzarbligini
belgilaydi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada mehnat bozoriga oliy talim muassasalari bitiruvchilarini tayerlashni tartibga
solishning institutsional asoslar
i bo‘yicha mantiqiy va taqqoslash tahlili, tadqiqotni o‘rganishda
tizimli va vaziyatli yondashuv,tahlil va sintez, kompleks baholash hamda sotsiologiya tadqiqot
uslullaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston Respublikasida mehnat bozoriga oliy ta’lim muassasalari tomonidan
bitiruvchilarni tayyorlashda asosiy e’tibor oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, uni yangi
bosqichga ko‘tarishda kreativ fikrlaydigan raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni
tayyorlashdir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlanganidek,
(Murojaatnoma, 2020) “Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish
maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo‘yicha
kadrlar tayyorlash imkoni
ni beradi. Oliy ma’lumot olaman, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman,
degan, yuragida o‘ti bor, jo‘shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni
yaratishimiz shart. SHuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish
darajasini 2020 yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-
60 foizga etkazamiz”.
Olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib, bitiruvchilar raqobatbardoshligining o‘ziga xos
xususiyatlari uchta yirik guruhga ajratiladi:
Birinchi guruh - kasbiy malakasi darajasi ular uchun raqatbardoshlik bazaviy asosi
hisoblanadi, ta’lim dasturi darajasi va murakkabligini, tayyorgarlik sifati, bilimlarni
o‘zlashtirish va boshqa jihatlarni aks ettiradi. (Bunda diplomlar, sertifikatlar, o‘qishning ta’lim
shakli, mutaxassislik bo‘yicha d
iplomlar asosiy natijalardir).
Ikkinchi guruh- Raqobatbardosh bitiruvchining salohiyati, kasbiy xususiyatlariga xos
bo‘lgan ambitsiyalarining namoyon bo‘lishi, o‘z imkoniyatlari darajasining bahosi va fazilatlari.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
285
Uchinchi guruh
–
Har bir bitiruvchining me
hnat bozorida egallagan o‘rni va marketing
salohiyati, o‘zi tomonidan karera rejalari, kelajakda ishga joylashish jarayonidagi qat’iyati
o‘ziga xos bo‘lgan nuqtai nazari, yondashuvi.
Bu borada tadqiqot olib borgan Konoplyanskiy (2015)
oliy ta’lim muassasa
si
bitiruvchisining raqobatbardoshligini shakllantirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar
mavjud deb hisoblaydi (1-jadval).
1-jadval
Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining raqobatbardosh
-
ligini shakllantirishga ta’sir
etuvchi ichki va tashqi omillar
(
Коноплянский
, 2015)
Tashqi omillar:
Institutsional (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, demografik, texnologik).
Mehnat bozoridagi talab va taklif munosabatlari.
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini raqobatda ustunlik tomonlarini
shakllantirishda real ishlab chiqarish bilan, ya’ni, davlat
-xususiy sektor
hamkorligi, ijtimoiy sherikchilik, strategik hamkorlik munosabatlari.
Oliy ta’lim muassasasining mustaqilligi.
Ichki omillar:
Oliy ta’lim muassasasining innovatsion va investitsion
faolligi.
Oliy ta’lim muassasasining moslashuvchanlik darajasi.
Oliy ta’lim muassasasining nufuzi (imidj) darajasi va raqobatbardoshligi.
Oliy ta’lim muassasasining raqobatbardosh bitiruvchisini shakllantirishda
aniq belgilab olingan pedagogik strategiyasining mavjudligi.
Shuningdek, bitiruvchi talaba raqobatbardoshlik darajasini talab darajasida
shakllantirishi va rivojlantirishiga qaratilgan xatti-
harakatlarida quyidagi ba’zi bir bevosita
omillarni ham nazarda tutishi kerakki, bu ichki va tashqi omillar bilan birga har bir bitiruvchi
talabaning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarda ifodalanadi:
Birinchi omilga mehnat bozorida talabaning tadbirkorlik-strategik xatti-harakatlari
ifodalanib, raqobat kurashida individual o‘ziga xos ustunlik pozitsiyas
iga olib chiqishga
yo‘naltirilgan istiqboldagi samarali xatti
-harakatlari, kasbiy harakatchanlik, kasbiy faoliyatini
o‘zlashtirishga intilishning o‘ziga xosligi, ishchanlik qobiliyati va imkoniyatlarini etarli darajada
namoyish eta olish darajasi, etakchil
ik qobiliyatini o‘sitirib borishi va h.k.
Ikkinchi omilga esa talabaning ta’lim olishdagi joriy xatti
-
harkatlari e’tiborga olinib,
o‘zining birlamchi belgilab olingan strategik maqsadlariga erishishda oliy ta’lim o‘quv dasturi
talablari asosida jadal
o‘zlashtirib borishi, o‘zining hayoti va tahsil olish jarayonida to‘g‘ri
rejalashtirish tizimidan foydalanishi, tayyorgarlik jarayonida doimiy monitoring va h.k.
Oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va
iqtisodiyot
tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat
bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish
ko‘rsatilgan, bu borada OTMlarni bitirgan mutaxassislarning salmog‘ini ko‘rib o‘tish lozi
m (2-
jadval).
Mamlakatimizda keyingi bir necha yillarda OTMni bitirayotgan mutaxassislar soni
muntazam o‘sisb borib, 2017 yilda bitiruvchilar soni 64,1 ming kishini, 2022 yilda esa 103,9
ming nafarni tashkil qilgan bo‘lsa Jizzax viloyatida esa bu ko‘rsatki
ch tahlil qilingan yillarda 1,6
% ga oshib borganligini ko‘rish mumkin.
Keyingi bir necha yillarda respublikamizda yoshlarining oliy ma’lumot darajasini qo‘lga
kiritishlari uchun tanlov imkoniyatlari kengayib borayotganligini ko‘rish mumkin. Mazkur
jarayo
nda davlat OTMlari bilan birlagikda xorijiy, nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari
sonining ham ortib borayotganligi bilan asoslash mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
286
2-jadval
Hududlarda oliy ta’lim muassasalarini bitirgan mutaxassislar sonining ozgarishi,
(ming kishi)
Hududlar
o‘quv yillari
2017-2022
y.y. o‘sish,
%
2017
2018
2019
2020
2021
2022
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
3,9
4,3
4,5
4,3
5,5
6,5
1,7
viloyatlar
:
Andijon
4,0
4,2
4,8
4,3
4,6
6,4
1,6
Buxoro
3,4
3,4
3,5
3,8
4,8
6,2
1,8
Jizzax
2,3
2,7
2,9
2,9
3,9
3,6
1,6
Qashqadaryo
3,1
3,6
3,8
3,9
5,2
5,9
1,9
Navoiy
2,1
2,2
2,3
2,4
3,1
3,9
1,9
Namangan
2,7
2,9
3,0
3,2
4,1
5,5
2,0
Samarqand
6,0
6,4
6,9
6,8
7,2
8,5
1,4
Sirdaryo
1,0
1,0
1,0
1,0
1,6
2,2
2,2
Surxondaryo
1,7
1,9
2,0
2,1
3,3
3,6
2,1
Toshkent
1,8
1,7
2,7
2,8
4,1
3,7
2,1
Farg‘ona
4,6
4,8
4,6
4,8
5,8
9,3
2,0
Xorazm
2,0
2,2
2,2
2,4
3,2
4,2
2,1
Toshkent sh.
25,5
26,1
26,1
26,1
27,5
34,4
1,3
Respublika bo‘yicha
64,1
67,4
70,3
70,8
83,9
103,9
1,6
Manba;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida Muallif
tomonidan tuzilgan.
O‘zbekiston Respublikasida keyingi yillarda Oliy ta’limda o‘qib bitirgan bitiruvchilarning
soni oshib borayotganligini ko‘rish mumkin, jumladan, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va
magistratura mutaxassisligini bitirganlar soni 2017 yilda 61,2 ming kishidan 2022 yilda 235,9
ming kishiga teng bo‘lagn, yoki bu ko‘rsatkich deyarli 4 barobarga ortgan. Bu ko‘rsatkichdan
bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tuga
tganlar 70,8 foizga, magistratura mutaxassisligi
bitiruvchilari soni esa 2 barobarga oshgan.
Mazkur ko‘rsatkichlar bo‘yicha asosiy natijalar quyidagi
3-jadvalda keltiriladi.
3-jadval
Jizzax viloyatida oliy ta’lim muassasalari
bitiruvchilarining ishga joylashish
salmog‘ining o‘zgarishi
Ko‘rsatkichlar
O‘quv yillari
2017
2018
2019
2020
2022
Oliy ta’limning bakalavriat
bosqichini tugatganlar soni
2375
2913
4243
3635
4600
Bitiruvchilarning ishga
joylashish darajasi, %
99,2
98,69
98,28
95,6
94,2
Oliy ta’limning magistratura
mutaxassis-ligini tugatganlar
soni
87
90
114
197
1083
Bitiruvchi magistrlarning ishga
joylashish darajasi, %
97,70
97,77
98,24
98,98
99,04
Manba;
Jizzax viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi ma’lumotlari asosida
muallif tomonidan tuzilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
287
Jizzax viloyatida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish salmog‘ining
o‘zgarishini kuzatadigan bo‘lsak, bitiruvchilarning ishga joylashishi darajasi Bitiruvchilarning
ishga joylashish darajasi 94,2
% teng bo‘lib,magistrlarning ishga j
oylashish darajasi 98,9 % ni
tashkil qilgan, demak xulosa qilish mumkinki, viloyatda oliy ta’lim muassasalari
bitiruvchilarining ishga joylashish salmog‘i mutanosib ravishda oshib borayotganligini ko‘rish
mumkin. Bu borada mehnat bozoriga kirib kelayotgan
yoshlarning o‘zgarishiga ham e’tibor
qaratish lozim.
Xulosa va takliflar.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda quyidagilarni amalga oshirish lozim:
1.
OTM bitiruvchilari raqobatbardoshligining o‘ziga xos xususiyatlari: kasbiy malakasi
darajasi ular uchun
raqatbardoshlik bazaviy asosi hisoblanadi, ta’lim dasturi darajasi va
murakkabligini, tayyorgarlik sifati, bilimlarni o‘zlashtirish va boshqa jihatlarni aks ettiradi.
(Bunda diplomlar, sertifikatlar, o‘qishning ta’lim shakli, mutaxassislik bo‘yicha diploml
ar
asosiy natijalardir). Raqobatbardosh bitiruvchining salohiyati, kasbiy xususiyatlariga xos
bo‘lgan ambitsiyalarining namoyon bo‘lishi, o‘z imkoniyatlari darajasining bahosi va fazilatlari,
har bir bitiruvchining mehnat bozorida egallagan o‘rni va marketing salohiyati, o‘zi tomonidan
karera rejalari, kelajakda ishga joylashish jarayonidagi qat’iyati o‘ziga xos bo‘lgan nuqtai nazari,
yondashuvi asoslangan.
2. Zamonaviy mehnat bozorida bitiruvchilar raqobatbardoshligini oshirishni tartibga
solish,
ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, har bir hududning ijtimoiy
-iqtisodiy
rivojlanishi, darajasidan kelib chiqqan holda, oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlari va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab
chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash,
raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish
yo‘nalishlari takomillashtirilgan.
3.
O‘zbekistonda ta’
lim tizimini boshqarishni modernizatsiyalash, boshqaruv modellarini
takomillashtirish, mexanizmlar, usul va vositalarni jalb etish bilan birga moliyaviy-iqtisodiy
kompetensiyalarga alohida e’tibor, rahbar xodimlarning kasbiy layoqatiga qo‘yiladigan
standart va talablarni ishlab chiqish, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimini tubdan isloh qilish, ushbu standartlarda kasbiy (tashkiliy-boshqaruv), kommunikativ,
axborot kommunikatsiya texnologiyalari va media savodxonlik, o‘z
-
o‘zini rivojlantirish, o‘z
ustida ishlash, mas’uliyat va moslashuvchanlik, inklyuziv ta’limni olib borishdagi asosiy
samaradorlik ko‘rstakichlari takomillashtirildi. Tadqiqotlarga asoslanib oliy ta’lim tizimida
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishning moliya
-iqtisod mexanizmlari samaradorligini
ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar guruhlanib oliy ta’lim m
uassasalarining
moliyaviy barqarorligini ta’minlash, moddiy
-texnika bazasini mustahkamlash uchun moliyaviy
resurslardan samarali foydalanish
bo‘yicha muallifning ilmiy asoslangan tavsiyalari ilgari
surilgan.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
ILO (2020) Global employment Trends for Youth 2020: Technology and the future of jobs
International Labour Office
–
Geneva: ILO.
Jumaev Z.T. (2016) Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining sifatiga ta’sir etuvchi omillar.
Journal of
“Irrigation and melioration” №4(6). 73 B.
Murojaatnoma, (2020
) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoevning Oliy
Majlisga Murojaatnomasi.
–
Toshkent, “Xalq so‘zi” gazetasi, 2020 yil 25 yanvar.
Manba: www.
press-servise.uz.
Гулямова С.С., Абдурахмонова К.Х.
(2004)
Образование в системе человеческого
развития: мировая практика и опыт Узбекистана // Под ред. акад. Гулямова С.С., акад.
Абдурахмонова К.Х. –
Ташкент.–
34-
35 с.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
288
Коноплянский Д.А. (2015) Формирование конкурентоспособности выпускника ВУЗа в
процессе обучение: роль государственно
-
частного партнерства. Вестник КемГУКИ
33/2015.-
179 с.
Максимова Е.В. (2005) Развитие конкурентоспособности студента в
образовательном процессе университета: автореф.дис. канд.пед.наук. Оренбург, 14
-
16 с.
Мухтарова К.С. (2001) Распределение доходов и бедность в переходной экономике. –
Алматы, –
223 с. Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали.
№ 2, март
-
апрель, 2018.
https://cyberleninka.ru/article/n/mirovoy-rynok-obrazovatelnyh-uslug-vysshey-
shkoly;http://www.m-economy.ru/art.php?nArtId=3649
