Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
332
TA’LIM TIZIMIDA DAVLAT
-XUSUSIY SHERIKLIKNI RIVOJLANTIRISHNING
O
‘
ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ubaydullaeva Vasila Sadullayevna
O‘zbekiston Milliy
universiteti Jizzax filiali
ubaydullayevavasila3@gmail.com
Annotatsiya.
Maqolada ta’lim sohasini
rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklikni tashkil
qilish va uning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq qilingan. Davlat
-xususiy sheriklikning nazariy
jihatlari va qonunchilik hujjatlari o‘rganilgan. Ta’lim tizimining rivojlanishida davlat
-xususiy
sherikchilig
ini rivojlantirish tamoyillari o‘rganilgan, uni takomillashtirish bo‘yicha muallif
qarashlari asoslangan.
Kalit so‘zlar
:
davlat-
xususiy sheriklik, ta’lim xizmatlari, xususiy sherik, ta’lim sohasi, DXSH
tamoyillari, kadrlar sifati.
ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ ГОСУДАРСТВЕННО
-
ЧАСТНОГО ПАРТНЕРСТВА В
СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ
Убайдуллаева Васила Садуллаевна
Джизакский филиал Национального университета Узбекистана
Аннотация.
В статье исследуются организация и особенности государственно
-
частного партнерства в развитии сферы образования. Проанализированы
теоретические аспекты государственно
-
частного партнерства и законодательные
акты. Изучены принципы развития государственно
-
частного партнерства в системе
образования, обоснованы авторские подходы к его совершенствованию.
Ключевые слова:
государственно
-
частное партнерство, образовательные услуги,
частный партнер, сфера образования, принципы ГЧП, качество кадров.
SPECIFIC FEATURES OF DEVELOPING PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIPS IN THE
EDUCATION SYSTEM
Ubaydullaeva Vasila Sadullayevna
Jizzakh branch of National University of Uzbekistan
Abstract.
The article examines the organization and specific features of public-private
partnerships in the development of the education sector. The theoretical aspects of public-private
partnerships and relevant legislative documents have been analyzed. The principles for
developing public-private partnerships in the education system have been explored, and the
author's perspectives on their improvement have been substantiated.
Keywords:
public-private partnership, educational services, private partner, education
sector, PPP principles, quality of personnel.
UO
‘
K: 331.364
XI SON - NOYABR, 2024
332-336
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
333
Kirish.
Ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishda davlat bilan xususiy sheriklar o‘rtasidagi mulkiy
hamkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy muammolarni joylarda bartaraf etishda xususiy
sektor bilan davlat sektorini hamkorligi munosabatlari muhim o‘rin egallamoqda.
Jahonda
“Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda YaIM tarkibida xizmat ko‘rsatish va servis sohasining
ulushi 60-80%ni, ilm-
fan va innovatsion faoliyatni investitsiyalashga sarflanayotgan mablag‘lar
YaIMga nisbatan 3,0%ni tashkil etgan holda, jami mablag‘larning
2/3 qismi tadbirkorlik sohasi
hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va mazkur sohada davlat
-xususiy sherikligi loyihalarining ulushi
qariyb 65,0%ni tashkil etmoqda”
.
38
Shunga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish sohasida davlat
-xususiy
sherikligining rivojlanish uslubiyatini tak
omillashtirish dolzarb muammolardan biri bo‘lib
qolmoqda.
Bugungi kunda ta’lim tizimida xizmat ko‘rsatishning davlat
-xususiy sherikchiligini
rivojlantirish ob’ektiv zaruratga aylanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
“...ta’lim muassasalarini t
ashkil etishda davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan keng
foydalanish kerak”ligini alohida ta’kidladilar (Murojaatnoma, 2018).
Bu borada mamlakatimizda qonunchilik asoslari takomillashtirib borilmoqda, jumladan,
“Davlat
-
xususiy sheriklik to‘g‘risida”g
i Qonunining 3-
moddasida keltirilganidek, “...
davlat-
xususiy sheriklik
-davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan
rasmiylashtirilgan, davlat-
xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini
birlashtirishiga as
oslangan hamkorligi” deb keltirilgan. Shuningdek,
davlat-xususiy sheriklik
loyihasi
—
iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy
investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy etish asosida
amalga
oshiriladigan tadbirlar majmui ekanligi qayd qilingan (Qonun, 2019).
Davlat-xususiy sherikligi
–
bu davlat va ijtimoiy mulk ob’yektlari hamda turli xil ijtimoiy
ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning
muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, ular o‘rtasida risklarni taqsimlashga
asoslangan davlat va biznes o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikdir.
Bugungi kunda DXSh imkoniyatlaridan ta’lim sohasini jadal rivojlantirishda foydalanish
va uni ta’lim tizimiga moslashtirish masalasi ham o‘ta dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Adabiyotlar sharhi.
MDH va mahalliy olimlar tomonidan olib
borilgan ilmiy izlanishlarda ta’lim xizmatlari
sifatini baholash va mazmunini shakllantirish, qo‘shma ta’lim loyihalari, fan va innovatsiyalar
sohasini DXSh asosida rivojlantirish bo‘yicha bir qator izlanishlar olib borilgan. Shu jumladan,
Korovin (2006) “
DXSh
–
davlat va xususiy sektor o‘rtasida o‘rta muddatli yoki uzoq muddatli
hamkorlik sifatida bo‘lib, uning doirasida siyosiy vazifalar bir necha tarmoqlarning tajribasini
birlashtirish hamda moliyaviy xatarlar va foydalarni taqsimlash asosida hal qilinad
i” deb
ta’kidlaydi.
Milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda O‘zbekistonda iqtisodchi olimlardan Yusupov
va Karabaev (2013) BMT taraqqiyot dasturi doirasida DXShning shakllanishi va
rivojlanishining ayrim nazariy-uslubiy masalalarini tadqiq qilganlar.
Djumaniyazov (2017) esa “Davlat
-xususiy sherikchiligi asosida korporativ boshqaruvni
rivojlantirishning ayrim nazariy uslubiy masalalari”ga bag‘ishlangan maqolasida “DXSh –
amaldagi qonunlar doirasida davlatning uzoq muddatli strategik vazifalari va maqsadlaridan
kelib chiqqan holda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xil iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy
va boshqa tavakkalchiliklar, xavf-xatarlar, risklarni taqsimlash asosida xususiy sektor bilan
aholi uchun o‘ta ijtimoiy
-
iqtisodiy, kerak bo‘lsa, siyosiy ahamiyatga molik ob’ektlarni qurish
yoki shu asnodagi ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish uchun xususiy sektor bilan amalga
oshiradigan tom ma’nodagi o‘zaro manfaatli aloqalaridir” deb ta’riflaydi.
38
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
334
Davlat-xususiy sherikchiligining rivojlanishi asosida T
oxirovning (2021) ta’kidlashicha
“...ta’lim tizimining moddiy
-texnik bazasi zamonaviylashib, turli laborotoriyalar va boshqa
jihozlar bilan ta’minlanishi ortadi. O‘quv muassasalarining soni ko‘payishi natijasida yoshlarni
ta’lim bilan (maktabgacha ta’limdan tortib, oliy ta’limgacha) qamrab olish darajasi ortib boradi.
Bulardan tashqari o‘quv muassasalari o‘rtasida raqobat muhiti yaratilib, ta’lim sifatini oshirish
uchun zarurat paydo bo‘ladi. Pirovardida inson kapitali ham zamonaviy raqobatbardosh
kadrlar s
ifatida shakllanadi. Bu esa o‘z navbatida, mamlakatimizning iqtisodiy
-ijtimoiy
rivojlanishini ta’minlaydigan kuchli omilning yuzaga kelishi uchun keng qamrovli asos bo‘ladi”.
Tadqiqot metodologiyasi
Mazkur ilmiy maqolani tayyorlashda olib borilgan tadqi
qot jarayonida to‘plangan
ma’lumotlardan samarali foydalanish va ularni tahlil qilishda ilmiy mushohada va absrakt
-
mantiqiy fikrlash usullaridan keng foydalanildi. Ta’lim tizimida DXShni tashkil qilish va
rivojlantirishning prinsiplari va ularning ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq
qilish natijasida bir qancha xulosalarga kelindi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
DXSHning asosiy afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: ta’lim sohasidagi
imkoniyatlar, qisqa davrda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish
imkoniyatlarining mavjudligi; iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida foydalanish
imkoniyatining mavjudligi; davlat obyektlariga xususiy moliyalashtirish bo‘yicha ko‘proq
miqdorda mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari; avtomobil yo‘llarini saqlash, ta‘mirlash va
ekspluatatsiya qilishga davlat xarajatlarini qisqarishi; xususiy mablag‘lar hisobiga davlat
ijtimoiy ob’yektlarini bunyod etishga moliyalashtirish; davlat va xususiy sub’yektlar o‘rtasida
risklarni taqsimlash; ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlanishida zamonaviy texnika va
texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari.
1-jadval
DXShning ta
’
lim sohasidagi tamoyillari va yoshlarni oliy ta
’
lim bilan qamrash
mutanosibligi
DXShning ta’lim sohasidagi
tamoyillari
Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrovini oshirish
tamoyillari
Jamiyat talabiga mos raqobatbardosh
kadrlarni tayyorlash tamoyili
Oliy ta’limning moliyaviy mustaqilligini
ta’minlashga qaratilgan tamoyil
Oliy ta’limning ilmiy salohiyatini
muntazam oshirib borishga qaratilgan
tamoyil
Oliy ta’limda qog‘ozbozlikni kamaytirishga
qaratilgan raqamli ta’limni joriy qilish tamoyili
Oliy ta’limga akademik va tashkiliy
boshqaruv bo‘yicha mustaqillik tamoyili
Ta’lim tizimi samaradorligi va
xizmatlari sifatini
oshirish uchun mahalliy va xorijiy sheriklarni jalb
qilish tamoyili.
Davlat-xususiy sheriklikni amalga
oshirishdagi qoidalar va tartib-
taomillarning shaffofligi tamoyili
Yoshlarning iqtidorlarini oshirishda ular
tomonidan olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarni
qo‘llab
-quvvatlash, zamonaviy uslublar va
texnologiyalarni joriy etish tamoyili.
Mehnat bozori talablaridan kelib chiqib, yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovini
oshirishga manfaatdorlik prinsipi ta’lim sohasi uchun juda
muhimdir. Mazkur prinsip asosan
oliy ta’lim tizimiga xos bo‘lgan prinsiplardan biri bo‘lib, hozirgi paytda davlat siyosatining
amalga oshirilishiga ta’lluqli bo‘lib, 2030 yillarga borib keltirilgan DXShning asosiy prinsiplari
ham ta’lim tizimiga moslashgan holda takomillashtiriladi va bugungi kunda ta’lim xizmatlari
ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgan vazifalarning bajarilishida xizmat
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
335
qiladi. DXShning ta’lim sohasidagi tamoyillari va yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrash
mutanosibligi quyidagi rasmda umumlashtirilgan (1-jadval).
Ta’lim xizmati ko‘rsatish sohasida davlat va biznes o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini
rivojlantirish bo‘yicha iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar tajribalaridan foydalanish hamda
ularning tajribalaridan amalda foydalanish DXSh samaradorligini oshirishning muhim
yo‘nalishi bo‘lib hisoblanadi, rivojlangan mamlakatlarda DXSh loyihalaridan foydalanishda
ta’lim tizimida eng yuqori natijalar Buyuk Britaniya, Germaniya va Italiya egallaydi
.
39
Xulosa va takliflar.
Bizning fikrimizcha zamonaviy shart-
sharoitlardan kelib chiqib, ta’lim tizimida DXSh
ishtirokchilarining va DXShdan manfaatdor sub’ektlariga o‘zaro bog‘liqligini doimiy o‘rganib
borish lozim zero, ta’lim sohasiga oid DXSh bo‘yicha mahalliy hokimiyat orga
nlari, tegishli
vazirligi hamda tashabbuskorlar tomonidan amalga oshirishda o‘zaro manfaatdorlik va sifatli
ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadga muvofiq. Ta’lim tizimi samaradorligini oshirish va
ta’lim xizmatlari sifatini ko‘tarish uchun mahalliy s
heriklar bilan birga xorijiy sheriklarni ham
jalb qilib, ularga investitsiyasi bilan birga mamlakatimizda yetishmayotgan zamonaviy kadrlar
ehtiyojidan kelib chiqib, ilg‘or ta’lim dasturlari bilan kirib kelishga ham keng imkoniyatlar
yaratilishi maqsadga muvofiq. Chunki hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda orqada
qolib ketmaslik maqsadida raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun albatta zamon talabiga javob
beradigan texnologiyalarni iqtisodiy-ijtimoiy hayotimizga joriy qilishga va ularni boshqarishga
to‘g‘ri keladi. Bunday kadrlarni o‘zimizda tayyor qilguncha xorijiy investorlar imkoniyatlaridan
ham foydalanib turish maqsadga muvofiqdir.
Bizning fikrimizcha, ta’lim tizimida davlat
-xususiy sheriklikni rivojlantirish xususiyatlari
qatoriga yana bir qanch
a qo‘shimchalarni kiritish va DXShni amalga oshirishda ushbu
qo‘shimchalarni inobatga olish lozim bo‘ladi:
-
davlat ta’lim muassasalari va tadbirkorlik faoliyati o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy
yo‘nalishlarini rivojlantirish, ta’limning mazmuni va sifatini
shakllantirish orqali ta’lim
xizmatlari sifatini oshirishga erishish;
-
hudududlarda o‘quv muassasalari o‘rtasida raqobat muhiti yaratilib, ta’lim sifatini
oshirish uchun tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar vositalarini shakllantirish;
-barqaror ijtimoiy-iqtis
odiy rivojlanishni ta’minlash asosida fundamental va amaliy
fanning innovatsion rivojlanishini ham ta’minlaydigan DXSh muhitini yaratish;
-
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini raqobatda ustunlik tomonlarini shakllantirishda
real ishlab chiqarish bilan
ya’ni, davlat
-xususiy sektor hamkorligi, ijtimoiy sherikchilik,
strategik hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish;
-
oliy ta’lim muassasalariga akademik va tashkiliy
-
boshqaruv bo‘yicha mustaqil qaror
qabul qilish vakolatini berish prinsipining ham joriy
qilinishi bugungi kunda ta’lim tizimda ham
DXShni rivojlantirish va har tomonlama qo‘llab quvvatlashga asos bo‘ladi.
Olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib ta’kidlash lozimki, ta’lim tizimida strategik
loyihalarni boshqarish va
moliyalashtirish bo‘yicha xususiy sektorning ishtirokini ta‘minlash
zamonaviy sharoitlarda alohida o‘rin egallab, ta’lim tizimidagi DXSh loyihalarini boshqarish
mexanizmi davlat sektori faoliyati samaradorligini oshishi bo‘yicha jiddiy sifat o‘zgarishlarg
a
shart-sharoit yaratadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
336
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Murojaatnoma, (2018). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy
Majlisga Murojaatnomasi. 28.12.2018.
Djumaniyazov U.I. (2017) “Davlat
-xususiy sherikchiligi asosida korporativ boshqaruvni
rivojlantirishning ayrim nazariy-
uslubiy masalalari”, “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar”
ilmiy elektron jurnali.
№ 3, may
- iyun, 9-bet.
Korovin Ye. (2006) Kreditniy risk proyektov chastno-gosudarstvennogo partnerstva i
mexanizmi podderjki. Vistupleniye na kruglom stole «Federalniye instrumenti podderjki
investorov» 10 oktyabrya URL: regionalistica.ru/project/investproject/fed_inst
Qonun, (2019)O‘zbekiston Respubli
kasi 11.05.2019 Davlat-
xususiy sheriklik to‘g‘risida
Qonuni. Lex.uz.
Toxirov J. (2021) Davlat-xususiy sheriklikni tashkil qilish va rivojlantirishning prinsiplari va
ularning ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlari “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar”
ilmiy elektron jurnali. № 4, iyul
-
avgust, 2164/2021 (№ 00054)
Yusupov N., Karabaev F. (2013) Teoriya i praktika gosudarstvenno-chastnogo partnerstva.
Uchebniy modul. Pod.redak. A.E.Shayxova Tashkent /www.undp.uz
https://www.researchgate.net/publication/313412685_Analiz_mirovogo_opyta_primenen
ia_mehanizma_gosudarstvenno-castnogo_partnerstva
http://www.worldbank.org/eca/russian/
