Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
326
INVESTITSIYA JARAYONI MODELLARI VA ULARNING IQTISODIY
RIVOJLANISHDAGI
O‘
RNI
DSc, prof.
Tuxliyev Bozor Karimovich
Texnologiya, Menejment va Kommunikatsiya instituti
ORCID 0000-0002-4328-3261
Annotatsiya.
Maqolada
«investitsiya jarayonlari» tushunchasi haqida fikr yuritiladi.
«Investitsiya jarayonlari» tushunchasiga shu sohadagi yetakchi olimlarning ta’riflari va fi
kr
mulohazalari keltirilgan. Bu yerda investitsiya jarayonlari bilan investitsiya
faoliyati o‘rtasidagi
farq ochib berilgan. Investitsiya jarayonlarining asosiy tarkibiy qismlari va ularning mazmuni
ifoda etilgan. Shuningdek, maqolada j
ahon amaliyotiga ko‘ra, davlatlarning iqtisodiy rivojlanish
tajribasiga asosan investitsiya jarayonlarining bir nechta modellari tahlil qilingan. Yuqoridagi
tahlillar asosida tegishli xulosa va takliflar shakllantirilgan.
Kalit so‘zlar:
investitsiya jarayonlari, investitsiya faoliyati, investitsiya jarayonlarining
asosiy tarkibiy qismlari, investitsiya jarayonlarining modellari, proteksionistik investitsiya
jarayonlar modeli, ochiq dunyo bozori modeli, chetdan jalb etish modeli, rejali-taqsimot modeli,
aralash iqtisodiyot.
МОДЕЛИ ИНВЕСТИЦИОННОГО ПРОЦЕССА И ИХ РОЛЬ
В ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ
DSc
, проф
.
Тухлиев Бозор Каримович
Технологии, менеджмент и коммуникации институт
Аннотация.
В статье рассматривается понятие «инвестиционные процессы».
Даны определения и мнения ведущих ученых в этой области понятию «инвестиционные
процессы». Вот в чем разница между инвестиционными процессами и инвестиционной
деятельностью. Выражены основные составляющие инвестиционных процессов и их
содержание. Также в статье
анализируются несколько моделей инвестиционных
процессов на основе опыта экономического развития стран согласно мировой практике.
На основе приведенного анализа сделаны соответствующие выводы и предложения.
Ключевые слова:
инвестиционные процессы, инвестиционная деятельность,
основные компоненты инвестиционных процессов, модели инвестиционных процессов,
протекционистская модель инвестиционного процесса, модель открытого мирового
рынка, модель внешнего участия, модель планового распределения, смешанная
экономика.
UO‘K:
330.322.011
XI SON - NOYABR, 2024
326-331
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
327
MODELS OF THE INVESTMENT PROCESS AND THEIR ROLE
IN ECONOMIC DEVELOPMENT
DSc, prof.
Tuxliyev Bozor Karimovich
Institute of Technology, Management and Communication
Abstract.
The article examines the concept of "investment processes". Definitions and
opinions of leading scientists in this field are given to the concept of "investment processes". This
is the difference between investment processes and investment activities. The main components of
investment processes and their content are expressed. The article also analyzes several models of
investment processes based on the experience of economic development of countries in accordance
with world practice. Based on the analysis provided, appropriate conclusions and proposals are
made.
Keywords:
investment processes, investment activity, main components of investment
processes, investment process models, protectionist model of the investment process, open world
market model, external participation model, planned distribution model, mixed economy.
Kirish.
Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Investitsiyalar va
investitsiya faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonunda investitsiyalarga quyidagicha taʼrif
berilgan:
“investitsiyalar —
investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy
va boshqa faoliyat turlari obʼektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va
nomoddiy boyliklar hamda ularga boʼlgan huquqlar, shu jumlada
n intellektual mulk
obʼektlariga boʼlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar boʼlib, ular quyidagilarni oʼz ichiga
olishi mumkin:”
(Қонун
, 2019)
Investitsiyalar nazariyasida «investitsiyalar» singari «investitsiya jarayonlari»
tushunchasi ham aniq bir
ta’rifga ega emas. Ayrim mualliflar investitsiya jarayonlarini tor
ma’noda baholab, investitsiya bozorlarida amalga oshiriladigan investitsiya kelishuvlariga
asosiy e’tiborlarini qaratadi. Aslida, investitsiya jarayonlari kelishuvlar bilan tugamaydi, balki
aksincha, iqtisodiyotning moddiy sohasida daromadlar yaratish va taqsimlash bilan davom
etib, u bir nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi (Tuxliyev, 2023).
2023 yilda Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun
jami moliy
alashtirish manbalari hisobidan 352,1 trln. soʻm oʻzlashtirilgan boʻlib, 2022 yilga
nisbatan 122,1 % ni tashkil etdi
Soʻnggi besh yil ichida oʻsish sur’atlarini koʻradigan boʻlsak, 2019 yilda 138,1 % ga etgan,
2020 yilda turgʻun holatda boʻlgan –
95,6 % ni
tashkil etgan, 2021 yilda koʻpayib –
102,9 %
kuzatildi, hozirgi davrgacha yana oʻsish tendensiyasiga ega boʻlib –
122,1 % ni tashkil etdi.
2023 yilda jami investisiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari
hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investisiyalarning ulushi, 2022 yilga nisbatan 3,0
% punktga kamayib, 12,7 % ni yoki 44,8 trln. soʻmni tashkil etdi. Mos ravishda,
markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 307,3 trln. soʻm yoki jami
investisiyalarning 87,3 % investis
iyalari oʻzlashtirilib, 2022 yilga nisbatan 3,0 % punktga
koʻpaydi.
2023 yilda asosiy kapitalga investisiyalarning 66,4 % i yoki 233,8 trln. soʻmi jalb etilgan
mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilgan boʻlsa, korxona, tashkilot va aholining oʻz mablagʻlari
hisobidan 33,6 % yoki 118,3 trln. soʻm moliyalashtirildi. 2023 yil yanvar
-dekabr oylari
yakunlari boʻyicha investisiya statistikasi koʻrsatkichlarini shakllantirish boʻyicha 3 701 ta yirik
korxona va 4 409 ta kichik biznes sub’ektlari tomonidan
hisobotlar qabul qilindi.
37
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
328
Adabiyotlar sharhi.
Investitsiyalar nazariyasida «investitsiyalar» singari «investitsiya jarayonlari»
tushunchasi ham aniq bir ta’rifga ega emas. Ayrim mualliflar investitsiya jarayonlarini tor
ma’noda baholab,
investitsiya bozorlarida amalga oshiriladigan investitsiya kelishuvlariga
asosiy e’tiborlarini qaratadi. Jumladan, Jdanovning (2001) fikricha investitsiya jarayoni
kapitalning kelajakda harakatlanishi va joylanishi bosqichlarini loyihalashtirishni o‘z ichi
ga
oladi. Alohida olib borilgan iqtisodiy akt sifatida kapital joylashtirilgandan so‘ng investitsiya
jarayoni yakunlanadi.
Ivanovning (2002) fikricha «investitsiya jarayonlari –
bu turli obyektlarda investitsiya
resurslarini qo‘yish, shakllantirish va ular
ni ketma-ket, bosqichma-bosqich transformatsiya
qilishdan toki fikr va g‘oyalarni oxirigacha amalga oshirish»dir. Muallif o‘zining ushbu ta’rifida
«fikr va g‘oyalar» so‘zlariga izoh berar ekan, aytadiki;
•
investitsiya jarayoni muayyan investitsiya loyihalarida, jumladan, investitsiya portfelini
shakllantirish; yangi texnika va texnologiyani yaratish;
•
boshqaruv va tashkil etishni takomillashtirish;
•
moddiy ishlab chiqarishga taalluqli obyektlarni qurish, texnik qayta qurollantirish,
kengaytirish, qayta qurish, shuningdek nomoddiy ishlab chiqarishga taalluqli obyektlarni
ta’mirlash va boshqalarda o‘z ifodasini topadi.
Shuningdek, uning quyidagi fikr-
mulohazasi ham diqqatga sazovor, ya’ni “investitsiya
jarayonlari
–
bu turli tarmoqlarda investitsiya resurslarini
qo‘yish, shakllantirish va kapitalni
ko‘paytirish maqsadida takror ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarining ko‘p qirrali
faoliyatidir.
Yuqoridagilardan farqli o‘laroq, Uilyam Sharp va boshqa guruh mualliflar (2003)
investitsiya jarayonlariga qimmatli
qog‘ozlar nuqtai
-
nazaridan yondashib, quyidagi fikrni olg‘a
suradilar: «investitsiya jarayonlari investorlarga qimmatli qog‘ozlarga nisbatan qaror qabul
qilish, investitsiyalashni amalga oshirish, uning hajmi va muddatini belgilash kabi
yo‘nalishlarda o‘z
aksini topadi.
Kiseleva, Borovikova va boshqa bir guruh mualliflarning (2005) fikricha investitsiya
jarayoni
–
bu investitsiyalarning turli shakl va darajalardagi harakatlar majmuyidir.
Jamiyat iqtisodiyotining qaysi tipida bo‘lishidan qat’i nazar investit
siya jarayonlarini
amalga oshirish bir qator shart-
sharoitlarning bo‘lishini taqozo etadi. Ulardan asosiylari
quyidagilar hisoblanadi:
-
investitsiya jarayonlarini amalga oshirish qobiliyatidagi xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning mavjudligi;
- investitsiya faoliyati obyektlari orasida investitsiya resurslarining harakatlanish
mexanizmlarining yaratilganligi;
-
investitsiya jarayonlarini amalga oshirish uchun mamlakat o‘z ichki manbalari hisobidan
kompleks to‘liq investitsiya resurslariga ega bo‘
lishi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqotning metodologik asosini tadqiqotning dialektik usuli, tizimli va jarayonli
yondashuvlar tashkil etadi. Ishda ilmiy abstraksiya, sintez, guruhlash va taqqoslash, moliyaviy
tahlil kabi tadqiqot usullaridan hamda rasmiy axborot bazasidan foydalanilgan.
Yuqorida bayon qilingan investitsiya jarayonlarini tahlil qilish va bu sohada yetakchi
olimlarning qarashlarini guruhlash va ularga munosabat bildirilgan hamda ilmiy-amaliy
asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Investitsiya faoliyati qatnashchilari tarkibiga quyidagilar kiradi: investorlar,
buyurtmachilar, pudratchilar, investitsiya obyektidan foydalanuvchilar, materiallar va jihozlar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
329
yetkazib beruvchilar, xorijiy investorlar, davlat va xalqaro tashkilotlar, moliya va bank
muassasalari, sug‘urta kompaniyalari, investitsion fond va kompaniyalar.
Investorlar mulkchilik shakllariga qarab xususiy, davlat, xorijiy va qo‘shma investitsiyali
subyektlar bo‘lishi mumkin. Jumladan, investit
siya jarayonlarida davlatning roli va ahamiyati
mamlakat iqtisodiyotida yuz berayotgan bir qancha omillar asosida aniqlanadi. Bunday
omillardan asosiylari bo‘lib mamlakatda muayyan davrda bozor munosabatlarining rivojlanish
bosqichlari va iqtisodiy rivojlanish darajasi hisoblanadi.
Quyidagi besh bosqich investitsiya jarayonlarining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi:
1. Investitsiya siyosatini tanlash.
2. Qimmatli qog‘ozlarni tahlil etish.
3. Qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirish.
4. Qimmatli qog‘ozlar portfelini ko‘rib chiqish.
5. Qimmatli qog‘ozlar portfeli samaradorligini baholash»
(
Шарп
, 2003).
1. Investitsiya siyosatini tanlash bosqichida, investorning maqsadi va har bir moliyaviy
instrument bo‘yicha daromadlilik va risk darajasi,
shuningdek, uni amalga oshirish uchun zarur
mablag‘lar hajmi aniqlanadi. Mazkur bosqich moliyaviy portfelga kirishi mumkin bo‘lgan
potensial turdagi moliyaviy aktivlarni aniqlash bilan tugallanadi.
2. Qimmatli qog‘ozlarni tahlil etish bosqichida, muayyan davrda bozor kon’yunkturasi
asosida ayrim qimmatli qog‘ozlar turlarining kurs qiymati va muayyan firma aksiyasining
istiqboldagi kurs dinamikasi aniqlanadi. Bunday yondashuv texnik tahlil deb nomlanadi.
Olingan ma’lumotlarga asosan fundamental tahlil olib b
oriladi.
3. Qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirish bosqichida investitsiyalash uchun aniq
aktivlar tanlash mo‘ljallanadi, shuningdek investitsiyalanadigan kapital doirasida aktivlar
orasidan oqilona variantlar, jami portfel bo‘yicha risklarni diversi
fikatsiyalash va operatsiyalar
vaqti tanlanadi.
4. Qimmatli qog‘ozlar portfelini ko‘rib chiqish bosqichi investitsiyalash maqsadining
o‘zgarishi bilan joriy portfel va optimal portfel o‘rtasidagi farqlarni hisobga olgan holda joriy
portfelni davriy baholas
hni o‘z ichiga oladi. Shunga ko‘ra ilgari va keyingi sotib olingan
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha investitsiya qarorlari qabul qilish mumkin.
5. Qimmatli qog‘ozlar portfeli samaradorligini baholash bosqichida haqiqatdagi
daromadlar va risklik darajasi davriy
baholanadi va ular mavjud standartlar bo‘yicha
taqqoslanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan investitsiya jarayonlarini amalga oshirishda talab etilayotgan
shart-
sharoitlar, boshqacha qilib aytganda, investitsiya faoliyati subyektlarini, ya’ni investitsiya
jarayoni qatnashchilari va ular orasidagi munosabat predmetlari va shakllarini anglatadi.
Jahon amaliyotiga ko‘ra, davlatlarning iqtisodiy rivojlanish tajribasiga asosan investitsiya
jarayonlarining bir nechta modellari mavjud.
Bu modellarning har biri ma’lum bir
maqsad va sharoitlardan kelib chiqqan holda
xarakterlanib, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining turli bosqichlari va tashqi iqtisodiy
sharoitlarini hisobga olgan holda, amalga oshiriladi.
Tanlangan va amalga oshiriladigan investitsiya modeli muayyan bir davrda
iqtisodiyotning istiqboldagi rivojini ta’minlashi va uning samaradorligini oshirishga
ko‘maklashishi va shuningdek, davlatning ijtimoiy
-iqtisodiy va siyosiy vazifalarini hal etishi
lozim.
Jumladan, akademik N.V. Igoshin (2001) investitsiya jarayonlarining quyidagi modellarini
taklif qiladi:
1. I
qtisodiyotni to‘liq erkinlashtirish sharoitida davlat himoyasidagi proteksionistik
investitsiya jarayonlar modeli;
2. I
qtisodiyotni to‘liq erkinlashtirish sharoitida investitsiya jarayonlari va ochiq dunyo
bozori modeli;
3. Investitsiyalarni chetdan jalb etish modeli;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
330
4. Investitsiya jarayonlarining rejali-taqsimot modeli;
5. Aralash iqtisodiyot uchun investitsiya jarayonlari modeli.
1.
Iqtisodiyotni to‘liq erkinlashtirish sharoitida davlat
himoyasidagi proteksionistik
investitsiya jarayonlari modeli
iqtisodiyotni to‘liq erkinlashtirish sharoitida davlat himoyasida
proteksionistik tatrtibda olib boriladi. Bunday model yetarli ichki investitsiya resurslariga ega
bo‘lgan va ayni vaqtda bozor munosabatlarini qonun ustuvorligida tartibga solib borayotgan
mamalakatlarda faoliyat ko‘rsatadi. Raqobat kurashida omadsiz ishlab chiqaruvchilar va
investorlar mag‘lubiyatga uchraydi va jamiyatda kattagina moliyaviy mablag‘lar o‘z qo‘lida
to‘planib qolgan, tor qatlamdagi «g‘oliblar» sinfini keltirib chiqaradi. Natij
ada erkin raqobat
monopoliya bilan almashinadi, shuningdek raqobat kurashi monopolistlar o‘rtasida ham
zo‘ravonlikni keltirib chiqaradi va o‘zaro kelishishga majbur qiladi hamda tor qatlamdagi
«g‘oliblar»ning kapitallari tovarlar va xizmatlar ishlab chiqar
ishni yana ham kengaytirish
hisobiga to‘planib boradi.
Bu esa ba’zi badavlat kishilar qo‘lida pul massasining katta qismi to‘planishi va natijada
aholi katta qismining to‘lov qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Raqobatbardosh bo‘lmagan
ishchi kuchining bir qismi ishlab chiqarishdan siqib chiqariladi va ishsizlar armiyasi vujudga
keladi. Uzoq muddatli investitsiya loyihalarini, jumladan yer osti boyliklarini o‘zlashtirish,
ustuvor ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va boshqa sohalarni xususiy sektor eplay
olmaydi. Bunday investitsiya loyihalarini davlat talabi bilan davlat budjeti hisobidan
moliyalashtirish hisobiga amalga oshirish mumkin. Bu esa iqtisodiyotni erkinlashtirish emas,
balki ishlab chiqarish va bozorni davlat tomonidan tartibga solish hisoblanadi.
Umuman olganda bunday model bilan ikkinchi jahon urushidan keyin bir qator davlatlar
o‘z iqtisodiyotini bir qadar rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Hozirgi kun uchun bu model
taklif etilmaydi.
2.
Iqtisodiyotni to‘liq erkinlashtirish sharo
itida investitsiya jarayonlari va ochiq dunyo
bozori modeli
yuqorida ko‘rib o‘tilgan modelning modifikatsiyalashgan shakli hisoblanadi. Bu
model tashqi bozorlar ta’siri davlat himoyasida bo‘lmay, sof bozor iqtisodiyoti modeli
hisoblanadi. Ushbu modelda inv
estitsiyalar hajmi va yo‘nalishi nafaqat milliy bozorda, balki
dunyo bozori talab va takliflariga asoslangan holda aniqlanadi. Bu modelni tatbiq qilishda
ishlab chiqarishni barpo etishga qaratilgan milliy iqtisodiyot uchun kerak va milliy bozor
sharoitida rentabelli hisoblangan investitsiyalar dunyo bozori nuqtayi nazaridan qaraganda
norentabelli bo‘lsa, bunday investitsiyalar ijobiy tipdagi, jozibador investitsiyalar hisoblan
-
maydi.
3. Favqulotdagi vaziyatlarda investitsiyalarni chetdan jalb etish modelini
urushlar,
buzilishlar, iqtisodiy inqirozlar sharoitlarida, iqtisodiyot izdan chiqqan holatlarda qo‘llash
mumkin. Bunday vaziyatlarda davlat tashqi iqtisodiy faoliyatni, pul va boshqa turdagi
resurslarni o‘z qo‘lida ushlashga, investitsiyalar va iqtisodiyotni strategik rejalashtirishni to‘liq
monopollashtirib oladi. Bu modeldan nisbatan uzoq muddatga foydalanilmaydi, favqulotdagi
vaziyatlardan so‘ng uning samaradorligi tez yo‘qoladi va u boshqa modelga almashtiriladi.
4. Investitsiya jarayonlarining rejali-taqsimot modeli
xo‘jalik yuritishni chetdan jalb etish
(mobilazatsiyalash) modelidan kelib chiqqan holda, u asosan moliya-
xo‘jalik shakllari bilan
to‘ldirilganligi bilan farq qiladi. Ya’ni, chetdan jalb qilish (mobilazatsion) modelida hattoki,
passiv daraj
ada ta’sir ko‘rsatsada, pul shaklidagi qiymat ko‘rsatkichlar asosiy rol o‘ynaydi va
ular rejali-
taqsimot qarorlarini qabul qilishda birinchi navbatda e’tiborga olinadi. Bunday
hollarda investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari o‘z mahsulotlarini bozorla
rda faol
realizatsiya qila oladigan korxonalarda to‘plana boshlaydi. Umuman olganda esa investitsiya
jarayonlarining rejali-taqsimot modelida deyarli barcha investitsiya loyihalari davlat
tomonidan qabul qilinadi va amalga oshiriladi.
5. Aralash iqtisodiyot uchun investitsiya jarayonlari modeli
boshqa modellardan farqli
ravishda bozor va rejali xo‘jalik yuritish mexanizmlarining o‘zaro uyg‘unlashgan shaklida
namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda muhim bir xulosani keltirish lozimki, sobiq Ittifoqning tarqalib
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
331
ketishidan oldingi 15-
20 yillik davrda xo‘jalik yuritishning rejali taqsimot mexanizmini bozor
mexanizmi bilan to‘ldirish choralari ko‘rilgan bo‘lsada, biroq o‘ta markazlashgan ma’muriy
-
buyruqbozlik tizimi bu harakatlarni deyarli chippakka chiqardi. Faqatgina sobiq Ittifoq
respubliklarining erishgan mustaqilligi bu jarayonni yangidan, bozor mexanizmlarini tadrijiy
yo‘l bilan joriy qilishga yo‘l ochib berdi va ikki tipdagi xo‘jalik yuritish mexanizmlarining bir
-
biri bilan integratsiyalashuvining mumkinligini asoslab berdi. Bunga jumladan dunyoning
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlaridan hisoblangan AQSH, Germaniya, Yaponiya va boshqa
davlatlar tajribasi guvohlik beradi. Rejali-taqsimot mexanizmidan bosqichma-bosqich tadrijiy
yo‘l bilan bozor mexanizmlarini joriy qilish tajribasi, shuningdek O‘zbekiston uchun ham
xosligini ta’kidlash o‘rinlidir. Va bu strategiya o‘zining ijobiy natijalarini berayotganligini
mamlakatimiz iqtisodiyotining dinamik ravishda o‘sishi ham isbotlamoqda.
Investitsiya jarayonlarining yetuklik darajasi turli mamlakatlarda qabul qilingan va amal
qiladigan moliya tizimlariga bevosita bog‘liq. Moliya tizimlarining tuzilishi mamlakat
iqtisodiyotining taraqqiyot darajasi, tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, mavjud
me’yoriy
-huquqiy baza va bosh
qa shu kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ularning bir
-biridan
farqini quyidagi, ya’ni investitsiyalanuvchi obyektlarning ochiqlik darajasi va to‘lov
qobiliyatlari, mulkchilik shakli, investitsiya qarorlari qabul qilish ustidan nazorat qilishning
ustuvor shak
llari va ularni moliyaviy ta’minlash usullari kabi mezonlarga ko‘ra aniqlash
mumkin.
Xulosa va takliflar.
Yuqoridagi fikr-
mulohazalar asosida keltirilgan mavjud faktlarni O‘zbekiston sharoitiga
taqqoslaydigan bo‘lsak quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin. O‘zbekistonda iqtisodiy
islohotlarning ochiqlik siyosatiga amal qilinayotganligi izohlash mumkin. Bank tizimini
rivojlantirish iqtisodiyotning mustahkam faoliyat yuritishiga, mamlakatda samarali
investitsiya va ishbilarmonlik muhiti shakllanishiga shart-sharoit yaratildi. Investitsiya
jarayonlarini resurslar bilan ta’minlovchi bozor infratuzilmasi institutlari faoliyati yo‘lga
qo‘yildi. Biroq, mahalliy tadbirkorlar investitsiya resurslarining tanqisligi tufayli bu mexanizm
to‘liq ko‘zda tutilgan natijalar
ni bermayapti. Shunga qaramasdan, Fond bozoriga xorijiy
investorlarni jalb qilish bo‘yicha ko‘mak va imtiyozlar berilmoqda.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Tuxliyev B.K., (2023) Investitsiyalarni moliyalashtirishning dolzarb masalalaria:
Monographie. -T, 161 b.
Жданов В.П.
(2001)
Инвестиционные механизмы регионального развития. –
Калининград, БИЭФ, 15с.
Иванов Г.И.
(2002)
Инвестиции: сущность. Виды, механизмы функционирования
/Серия «Учебники, учебные пособия», Ростов н/Д: Феникс, С.80.
Игошин Н.В. (2001) Инвестиции. Организация управления и финансирование: Учебник
для вузов. 2
-
е изд., перераб. и доп. –М.: ЮНИТИ
-
ДАНА, С.91
-106.
Киселева Н.В., Боровикова Т.В., Захарова Г.В. и др. (2005) Инвестиционная
деятельность: Учебное пособие / Под ред.
Г.П. Подшиваленко и Н.В. Киселевой. –М.:
КНОРУС, С.17.
Қонун
(2019) Инвестициялар ва инвестиция фаолияти” тўғрисидаги Ўзбекистон
Республикасининг Қонуни. 2019 йил 25 декабрь. http://www.lex.uz (норматив
-
ҳуқуқий
ҳужжатлар тизими).
Шарп У., Александер Г., Бэйли Дж. (2003) Инвестиции: Пер. с анг. –
М.: ИНФРА
-
М,
XII,
с.10.
